O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichlari. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri va uning O‘zbekistondagi xususiyatlari
Yuklangan vaqt
2024-07-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
32,3 KB
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichlari. Bozor
iqtisodiyotiga o‘tish davri va uning O‘zbekistondagi xususiyatlari
Reja
1. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning milliy modellari. Bozor iqtisodiyotiga
o’tishning o’zbek modeli, uning tamoyillari va xususiyatlari. O’zbek modelida
hozirgi davrdagi jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining salbiy taʼsirlaridan himoya
vositasining mujassamlashganligi.
2. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichlari. Iqtisodiy
islohotlarning mazmuni. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish
konsepsiyasi va strategiyasi.
3. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari. Iqtisodiy
islohotlarning bosqichlari va ularning vazifalari. O’zbekistonda islohotlarni
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirishning asosiy yo’nalishlari.
4. O’zbekistonda milliy taraqqiyot bosqichlari. Dastlabki bosqichning
mazmuni va vazifalari. Ularni amalga oshirish orqali erishilgan natijalar. Ikkinchi
bosqich – faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish
davrining vazifalari.
5. Modernizatsiyalash
jarayonining
mazmuni
va
ahamiyati.
Modernizatsiyalash jarayonining tamoyillari, asosiy belgi va tarkibiy qismlari.
O’zbekistonda modernizatsiyalash jarayonlarining asosiy yo’nalishlari.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishning milliy modellari. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning
o’zbek modeli, uning tamoyillari va xususiyatlari.
Markazlashgan ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor
iqtisodiyotiga o’tishda maqsad bir xil bo’lsada, turli mamlakatlar turli yollarni
tanlashlari mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, bir tizimdan ikkinchi tizimga
o’tishning revolyusion va evolyusion yo’llari mavjud. Polsha, Chexoslovakiya,
Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o’tishning revolyusion
yo’lini, birdaniga katta to’ntarishlar qilish yolini tanladilar. O’zbekistonda esa
o’ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlarni hamda bu yo’ldagi
jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyusion to’ntarishlarsiz, ijtimoiy
to’qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin
qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’li
tanlandi.
«Faqatgina biz tanlagan bosqichma-bosqich, tadrijiy rivojlanish yo’li
xalqimiz ko’zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik
talablarga javob beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari
eng oliy qadriyat bo’lgan qonun ustuvorligini ta’minlaydigan jamiyat barpo
etishga olib kelishi muqarrar. Buni hayotimizning o’zi bugun isbotlab
bermoqda».
O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichlari. Iqtisodiy
islohotlarning mazmuni. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga
oshirish konsepsiyasi va strategiyasi.
О‘zbekistonda bozor munosabatlariga о‘tish va keyingi taraqqiyot yoli
ijtimoiy-yo’naltirilgan zamonaviy bozor iqtisodiyotini shakllantirishga yo’l bo’lib,
puxta o’ylab, ishlab chiqilgan, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga qaratilgan “o’zbek
modeli” deb nom qozongan taraqqiyot yo’li edi. Bu yo’lni amalga oshirishga
birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim
tamoyil asos qilib olingan:
- iqtisodiyotni mafkuradan holi qilish, uning siyosatga nisbatan ustuvorligini
ta’minlash;
- o’tish davrida davlatning bosh islohotchi bo’lishi;
- butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar
ustuvorligining ta’minlanishi;
- bozor munosabatlariga o’tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash
sohasida kuchli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.
Bozor munosabatlariga o’tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim
ahamiyatga egadir, lekin ularing ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich
o’tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozor
infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko’nikmalarini hosil qilish, yangi
sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo’ladi.
Ushbu holatni yana bir bor e’tirof etgan holda, birinchi Prezidentimiz shunday
ta’kidlaydi: “Jamiyatimizni isloh qilish borasidagi maqsad va vazifalarimizning
ma’no-mohiyatini ana shunday tushunishdan kelib chiqib bayon etilgan “Islohotlar
- islohot uchun emas, awalo, inson uchun”, “Yangi uyni qurmasdan turib eskisini
buzmang” degan mashhur shiorlar el-yurtimiz o’rtasida keng yoyilib, qo’llab-
quwatlanayotgani bejiz emas, albatta».
Biz tanlab olgan va mashhur besh tamoyilga asoslangan taraqqiyot
modelining naqadar to’g’ri ekani siyosiy va iqtisodiy tizimni demokratlashtirish,
umuman, mamlakatimiz hayotidagi tub o’zgarishlar, O’zbekistonning istiqlol
yillaridagi jadal rivojlanishi misolida o’zining amaliy tasdig’ini topmoqda. Bundan
tashqari, bozor munosabatlariga o’tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o’zgartirish
bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bog’liq bo’lgan
barcha sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy va boshqa
sohalarni ham tubdan o’zgartirishni taqozo qiladi. Bularing hammasi bozor
iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyusion yol bilan o’tish haqidagi g’oya juda
muhim va afzal ekanligini ko’rsatadi. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich
o’tish tamoyilini amalga oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichlarini
aniq farqlash, bu bosqichlarning har biri uchun aniq maqsadlarni, ularga erishish
vositalarini belgilab olishni talab qiladi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida bozor iqtisodiyotiga
o’tishning birinchi bosqichida eng avvalo, quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal
qilish maqsad qilib qo’yilganligi ta’kidlanadi:
- totalitar tizimning og’ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish,
iqtisodiyotni barqarorlashtirish;
- Respublikaning o’ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda
bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish.
Shu vazifalarni hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilishning quyidagi
muhim yo’nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi:
- o’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarining qonuniy-
huquqiy negizini mustahkamlash;
- mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini
xususiylashtirish, qishloq xo’jaligida va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida
mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;
- ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning
barqarorlashuvini ta’minlash.
Respublikada bozor munosabatlariga o’tishning
birinchi bosqichida
iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o’zgarishlar uning o’z taraqqiyotida
keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o’ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit
yaratdi. Shu bilan birga isloh qilishning birinchi bosqichi natijalari keyingi
bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo’nalishlarini aniq belgilab olish
imkonini berdi.
Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy
o’zgarishlarni amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o’sishni ta’minlab,
bozor munosabatlarini to’liq joriy qilish maqsad qilib qo'yiladi. Shu maqsaddan
kelib chiqib I.A.Karimov mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan
quyidagi bir qator vazifalarni ko’rsatib berdi:
- davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga
yetkazish;
- ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va
makroiqtisodiy
barqarorlikni ta’minlash;
- milliy valyuta - so’mni yanada mustahkamlash;
- iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o’zgartirish, xomashyo yetkazib
berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o’tish.
O’tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini
ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ко‘rsatish borasida
birinchi bosqichda tutilgan yo’l davom ettirildi.
Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek, hozirgi bosqichda
«erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham
ijtimoiy, ham siyosiy vazifalarni hal qilishning asosiy shartidir». Bu esa iqtisodiyot
sohasida quyidagi aniq vazifalarni amalga oshirishni ko’zda tutadi:
- iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini
izchillik bilan o’tkazish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish;
- xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu asosida amalda
mulkdorlar sinfini shakllantirish;
- mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo’naltirilgan
sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy
omillarni yanada kuchaytirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o’rin
egallashiga erishish;
- mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash,
iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng koiamda integratsiyalashuvini
ta’minlash;
- iqtisodiyotda
mamlakatimiz
iqtisodiy
mustaqilligini
yanada
mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish. Mashhur
besh tamoyilga - asoslangan o’zbek modeli bozor munosabatlariga asoslangan
huquqiy demokratik davlat qurish strategiyasi sifatida barcha amaliy ishlarimizning
mustahkam poydevori, taraqqiyotimizning asosiy yo’nalishiga aylandi.
Shu narsani aytish mumkinki, bu strategik ahamiyatga ega bo’lgan bu model
bozor iqtisodiyoti nazariyalarini yanada boyitdi, o’tish davrini boshidan
kechirayotgan davlatlar uchun yana bir namunaga aylandi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari. Iqtisodiy
islohotlarning bosqichlari va ularning vazifalari. O’zbekistonda islohotlarni
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirishning asosiy yo’nalishlari.
O’zbekistonda milliy taraqqiyot bosqichlari. Dastlabki bosqichning mazmuni va
vazifalari. Ularni amalga oshirish orqali erishilgan natijalar. Ikkinchi bosqich –
faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davrining
vazifalari.
Iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining bir turidan
butunlay boshqa yangi turiga o’tish, iqtisodiy islohotlar strategiyasini ishlab chiqish
va uning asosiy yo’nalishlarini aniq-lab olishni taqozo qiladi. Iqtisodiy islohotlar
iqtisodiyotda tub o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratilgan iqtisodiy chora-
tadbirlar majmui.
Iqtisodiy islohotlardan ko’zda tutilgan maqsad mamlakat aholisi uchun yashash
va faoliyat ko’rsatishning eng yaxshi sharoitlarini yaratish, ularing ma’naviy-
axloqiy yetukligiga erishish, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashdan
iborat.
Islohotlarni amalga oshirishdan oldin bozor iqtisodiyotiga o’tishning nazariy
modeli yaratildi.
Bu modelda yangi iqtisodiyotga o’tishning umumiy tomonlari va milliy
xususiyatlari nazarda tutiladi, islohotlarning asosiy yo’nalishlari belgilanadi.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari
quyidagilardan iborat:
mulkiy munosabatlarni isloh qilish;
agrar islohotlar;
moliya-kredit va narx-navo islohoti;
boshqarish tizimini isloh qilish va bozor infratuzilmasini yaratish;
tashqi iqtisodiy aloqalar islohoti;
ijtimoiy islohotlar.
Iqtisodiy islohotlarning bosh bo’g’ini mulkchilik munosabatlarini tubdan
o’zgartirishdir, chunki shu orqali ko’p ukladli iqtisodiyot va raqobatlashish muhiti
shakllantiriladi hamda bozor iqtisodiyotiga o’tishning shart-sharoitlari vujudga
keltiriladi. Shu sababli respublikada mulkiy munosabatlarni isloh qilishdan ko’zda
tutilgan maqsad davlat mulki monopolizmini tugatish va bu mulkni xususiylashtirish
hisobiga ko’p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirishdan iborat.
Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning dastlabki
bosqichidayoq qishloq xo’jaligini isloh qilishga ustunlik berildi. Bunga quyidagilar
sabab boldi:
- Respublikamiz iqtisodiyotida agrar sohaning salmoqli o’ringa egaligi, ishchi
kuchining ko’pgina qismi qishloq xo’jaligida bandligi, iqtisodiy o’sishning ko’p
jihatdan shu tarmoq ahvoliga bogliqligi;
- Respublika butun sanoat potensialining yarmiga yaqinini tashkil qiladigan
sanoat tarmoqlarini (paxta tozalash, to’qimachilik, yengil, oziq-ovqat, kimyo
sanoati, qishloq xo’jalik mashinasozligi va boshqalar) rivojlantirish istiqbollari
bevosita qishloq xo’jaligiga bog’liqligi;
- o’tish davrining boshlarida qishloq xo’jalik mahsulotlari (asosan paxta),
valyuta resurslari, respublika uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-
darmonlar, texnika va texnologiya uskunalarini chetdan sotib olishni ta’minlayotgan