Oʻzbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi tarixi
Reja:
1. “Avestoʻ va adabiy manbalarda ijtimoiy-pedagogik gʻoyalar.
2. Oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy-pedagogik
gʻoyalari.
3. XI-XIX asr maʼrifatparvarlarining ijtimoiy-pedagogik qarashlari.
4. XX asr boshlarida ijtimoiy- pedagogik faoliyat.
4.1. “Avestoʻ va adabiy manbalarda ijtimoiy-pedagogik gʻoyalar.
Ijtimoiy pedagogika fani bundan 200 ming yil oldin ham mavjud boʻlgan. Faqat
unda bu fan pedagogikaning tarkibida boʻlgan. Pedagogik sotsiologiya fanning ilk
kurtaklari Yevropa va Osiyoda yozilgan. Bu fan asosan 820-829-yillardan boshlab
rivojlangan, albatta fan boʻlib emas. Hozirda pedagogik sotsiologiya fan sifatida
kiritilgan. Pedagogik sotsiologiya fanining integratsiya tarmogʻi sifatida.
Har bir fan aniq bir haqiqatdan “oʻsib chiqadi”, uning aksini ifodalaydi.
Ilmiy bilimlar amaliy faoliyatidan uzilgan holda rivojlana olmaydi. Aynan
amaliyot istalgan fanning manbai hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha amaliy
faoliyat ham agar ilm-fan yutuqlariga asoslangan boʻlsa yanada samarali boʻladi.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida ham, amaliy faoliyat muhiti sifatida ham
farqlaydilar, aslida ular bir-biri bilan oʻzaro bogʻliq. Amaliy faoliyat – bu ijtimoiy
pedagogikaning aniq bir bola yoki bolalar guruhi bilan olib boradigan ishidir.
Ijtimoiy pedagogika oʻquv fani sifatida ham oldinga chiqishi mumkin.
Oʻquv fani –bu umumtaʼlim yoki maxsus taʼlim muassasalalarida oʻrganiladigan
predmetdir. Oʻzbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi oʻziga xos
xususiyatga ega – fan, ilmiy bilimlar sohasida maxsus amaliy faoliyat hamda oʻquv
fani sifatida. Qadim antik davrlardayoq bolani himoya qilish maqsadida oʻz
ijtimoiy pedagogik tarbiyaga oid muammolarni oldinga surganlar. Eramizdan
avvalgi 7-6 asrlar Markaziy Osiyo hududida jahon dinlari orasida eng qadimgi din
zardushtiylik dini hukmronlik qildi. Bu din insoniyatga katta taʼsir qildi, yani
insonni birinchi oʻringa olib chiqdi. Zardushtiylarning muqaddas kitobi “Avesto”
(olovga sigʻinish) oʻz erasining oʻziga xos qomusiy asari deb hisoblash mumkin.
Zardushtiy dinda axloqiy meʼyorlar asosi (axloqiy mezonlar) uchlikka tayangan
edi. “Avesto” da inson yaxshi fikrlarga ega boʻlishi, faqat yaxshi soʻzlar va savobli
ishlar qilishi lozim deb yozilgan (xulq atvor).
“Avesto” ning katta qismi boʻlgan “Yasna” larda inson kamolini
koʻrsatuvchi axloq – odob mezoni ana shu uchlikda humata (gumata) – yaxshi fikr,
hukta (gukta) – yaxshi soz va hvarsha (gvarshta) – yaxshi ishlarda ifodalanadi.
“Men yaxshi fikr, yaxshi soʻz, yaxshi ishga shon-shavkat bahsh etaman. Men
yaxshilikdan iborat qonunga shon-shavkat baxsh etaman” (“yasna”, 14), deyiladi.
“Avesto” tadqiqotchisi A.O.Makovelskiy inson firi, soʻzlari va ishlariga ikki
qarama -qarshi kuch: Voxu Mana (“Ezgu fikr”) va Apo Mana (“Yovoʻz fikr”)
taʼsir koʻrsatadi deydi. Barcha fikrlar, soʻzlar va ishlar ichida aslida ezgulik va
yovuzlik yotadi. “Yaxshi fikr” deganda ilohiy-qonun ruhidagi kishisiga mehribon
boʻlish, muhtojlarga koʻmaklashishga, yovuzlikka qarshi kurashishga tayyor turish,
kishilarni baxt-saodati uchun harakat qilish, ahillik va doʻstlik, totuvlikda
yashashga intilish ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushunilgan. Inson oʻz
fikri hayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi dargʻazab
boʻlmaydi va boshqa jihatlarga berilmaydi. Chunki bunday holatda inson yaxshi
niyatni yoʻqotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojoʻya haraktalar qiladi.
Zardushtiylik dinida uchlik asosga tayangan holda axloqiy meʼyorlar: yaxshi fikr
yaxshi soʻz yaxshi (xulq-atvor) qadimgi davrlardanoq shunday insoniy hislatlar
qadrlangan.
Inson bilimlarga ega boʻlishi (Yaʼni kasb-hunarga ega boʻlishi), adolatli
boʻlishi (yaʼni insoniy boʻlishi), shunday axloqiy xususiyatlarga ega boʻlishi lozim
ediki, yaʼni mehribon, kamtarin, jasur, chiroyli nutqga ega, vatanparvar kuchli
iroda, bilim sohibi boʻlishi zarur edi.
4.2. Oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy-
pedagogik gʻoyalari.
Pedagogika fani tarixi qadimgi davrlariga borib taqaladi. Koʻp ming asrlar
mobaynida pedagogika falsafaning ichida rivojlandi. Qadimgi zamonlardan buyon
olamda insonning oʻrni va roli, shaxsning axloqiy shakllanishida madaniyat va
dinning ahamiyati barkamol shaxs rivojlanishi masalalari va shu kabilar. Sharq
uygʻonish davri (9-11asrlar) qomusiy olimlari Abu Nasr al Farobiy (873–1037)
shunday ijtimoiy pedagogik gʻoyalarni aytib oʻtganlarki, bolani ayni goʻdaklik
chogʻidanoq tarbiyalay boshlashning zarurati, shuningdek bolaning tarbiyasiga
tabiat atrof — muhitning taʼsiri va boshqa fikrlar kabidir. 15-16 asrlarda Markaziy
Osiyoda tabiatshunos-faylasuflari, tarixchi, shoir va rassom-musavvirlari oʻz
ijodlarida ijtimoiy fanlarga alohida eʼtibor bilan qarab, tabiat sirlarini oʻrganishga
intilganlar. Bular qatorida Nuriddin Abdurahmon Jomiy (1414-1492), Jaloliddin
Davoniy( 1427–1502), Alisher Navoiy (1441–1501), Xusayn Voiz Koshifiy (1440-
1505) oʻz asarlarida inson aqli tafakkuri, uning qobiliyati, insonning alohida
axloqiy hislatlari, insoniylik gʻoyalari, bolalar tarbiyasida umuminsoniy qadriyat
hisoblanadi. Shu jumladan, oʻzbek tilini asoschisi buyuk alloma, musiqachi, davlat
arbobi, Alisher Navoiyning ijtimoiy pedagogik gʻoyalari, yuksak darajada
insonparvarligi bilan ajralib turadi. U insonni butun koinotda, bu olamda eng oliy
mavjudot deb hisoblagan. Bolani esa oilaga quvonch ham baxt keltiruvchi
muqaddas inʼom sifatida uyni yoritib yuboradi deb hisoblaydi. Inson oʻz
farzandigina emas, balki kelajak avlod boʻlgan barcha bolalarni sevmogʻi shart deb
yozadi shoir.
Ijtimoiy pedagogika oid fikrlarni bizning olim va allomalarimiz,
marifatparvarlarimiz, jadidchilik harakati yetakchilari, 20 asr boshlarida yashab,
ijod qilgan allomalar Maxmudhoʻja Behbudiy (1874-1919), Munavvar qori
Abdurashidov (1878-1931), Abdulla Avloniy (1878-1934), Abduqodir Shakuriy
(1875-1943), X.H.Niyoziy (1839-1929) va boshqalarning asarlarida ham koʻplab
keltirish mumkin.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida vujudga kelishi 20 asr 20-30-yillari
alohida oʻrin tutadi. Bu davrda A.Avloniy, A.Shakuriy, Munavvar qori
Abdurashidxonov,
X.H.Niyoziy,
V.F.Lubensov,
N.P.Arxongeliskiy,
O.Sharofiddinov kabi pedagoglarning faoliyati muhim ahamiyatga molik. Ular
avvalo ijtimoiy izdan chiqib ketayotgan bolalarga yordam koʻrsatish, yaʼni bu
allomalar ijtimoiy pedagoglar boʻlib, ular tashkil etgan maktablar shuningdek,
boshqa pedagoglar tajribalariga tayanganlar. A.Avloniy nomidagi
X.G.Chernishevskiy nomidagi bolalar tajriba maktablari va boshqa muassasalar
ijtimoiy pedagogikaning amaliy manbai boʻlib hisoblanadilar.
Oʻrta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy pedagogik gʻoyalari. Ijtimoiy
pedagogik gʻoyalar va nazariyalarning shakllanishida sharq uygʻonishi davri
olimlarining asarlari beqiyos oʻringa ega. Ular faoliyatining mohiyati shuki avval
mavjud boʻlgan oʻsha davrni ijtimoiylashtirish usullari ilmiy asoslangan tizimi
asosida toʻplanganligidadir. yetuk olimlarning faoliyat xarakteri-ilm bilan
mashgʻul boʻlish ijtimoiy pedagogik qarashlarning mazmuniga oʻz taʼsirini
koʻrsatdi.
Buyuk olim Al-Xorazmiy (783-850 y)ning asarlari yorqin didaktik xarakterga
egadir. U savol-javob metodi orqali bilimlar qo‘lga kiritilishini, bu jarayonda shaxs
boshqalar bilan munosabatlarga kiritilishini, jamiyatning faol aʼzosiga aylanishini
taʼkidlagan.
Al-Xorazmiy-Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulugʻbek-kabi olimlar oʻz ilmiy va
pedagogik faoliyatlarida rivojlantiruvchi, tarbiyalovchi va taʼlim beruvchi taʼsir
kuchlarini oʻsib kelayotgan avlodga qaratish gʻoyasini tushunishgan va buni tadbiq
etishgan. Bu avvalambor ular taʼlimning maqsadi hayotga tayyorlash, axloqiy
norma va qoidalar, kasbiy malakalar va chuqur bilimlarga ega boʻlishida deb
bilganliklarida namoyon boʻlgan.
Buyuk qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy (973-1050 y) taʼlim jarayoniga
qoʻllaniladigan ilmiy usullarni ishlab chiqqan. U shuningdek taʼlim tamoyillarini
ham tasniflagan. Uning pedagogik qarashlarining ijtimoiy yoʻnaltirilishi u axloqni
ijtimoiy xususiyatlar va hissiyotlarning ifodasi sifatida tushunganligida oʻz
ifodasini topgan. Olimning tarbiya, shaxsning shakllanishida va jamiyatdagi
amaliy hayot uchun ilm va mehnatning ahamiyati haqidagi gʻoyalari hozirgacha
muhimligini saqlab qolgan.
Buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino (980-1037 y) oʻz davrining barcha
bilim sohalarini qamrab oluvchi katta ilmiy meros qoldirgan. Uning barcha
asarlarida pedagogik qarashlar mavjud. Biz uning bilim, iroda va insonning
rivojlanish jarayonidagi maqsadga intiluvchanligi, atrof-muhit taʼsiri, axloqiy va
mehnat tarbiyasi, muomala sanʼati, bolalarni jamoada oʻqitish haqidagi gʻoyalari
muhim hisoblanadi.
Forobiy, Ibn Sino, Beruniy taʼlim muammolari boʻyicha bir xil fikrlar
bildirgan va insonning jamiyatga sermahsul xizmat qilishi uchun oʻz aqliy,
jismoniy, axloqiy, estetik va mehnat qobiliyatlaridan samarali foydalanish
imkonini beruvchi taʼlim vazifasini ajratib koʻrsatganlar. Taʼlimning
rivojlatiruvchi vazifasini amalga oshirish maqsadida ular quyidagi didaktik
tamoyillardan foydalanishni maslahat berganlar:
asta-sekin tushunchalarning murakkablashuvi;
amaliyotni tajriba bilan bogʻlash;
qabul qila olishlik;
koʻrgazmalilik.
Ibn Sinoning fikricha ijtimoiylashtirish koʻnikmalari jamoa boʻlib oʻqitish
shaklida yaxshi shakllanadi. Buning uchun u quyidagilarga asoslanishi lozim:
1.Taʼlim oluvchilar, oʻqituvchi va oʻquvchilar orasida tajriba, bilim, maʼnaviy va
axloqiy qadriyatlar almashinuvini tashkil qilish.
2.Musobaqalashuv elementidan foydalanish.
3.Oʻquvchining ijtimoiy axloqiy xususiyatlarini-muomala, oʻzaro tushunish, oʻzaro
yordam, doʻstlik hissini rivojlantirish.
Buyuk olimlarning pedagogik qarashlari va faoliyatlarining ijtimoiy
pedagogik yoʻnaltirilganligi, ularning avvalambor hayotga har tomonlama
tayyorlash hisoblangan taʼlim maqsadini sharhlashlarida oʻz ifodasini topgan.
Shaxsning jamiyatda oʻz oʻrnini belgilab olishini taʼminlab beruvchi eng muhim
xususiyatlar deb, ular mehribonlik, yaqinlarga yordam, gʻurur, vijdon, yaxshi
niyatlilik, sabrni bilishgan. Oʻquvchilarning har tomonlama intellektual va mehnat
tayyorgarliklariga katta eʼtibor qaratib, Forobiy va Ibn Sino yoshlarning jamiyatga
“kirish”larining eng muhim omillari sifatida, faollik, mustaqil tashabbuskorlik,
intiluvchanlik, qiziquvchanlik, ijodiy qobiliyatni hisoblashgan.
Ijtimoiy tarbiyada oʻqituvchiga yetakchi oʻrin ajratib, Forobiy uning
faoliyatini, jamiyatning kelajagi unga bogʻliq boʻlgan hukmdor faoliyatiga
qiyoslaydi. Forobiy ham Ibn Sino kabi pedagog oʻquvchilarning bilimlarini
hayotga tadbiq etishlariga eʼtibor berish lozimligiga ishora qilgan.
Qomusiy olimlar shaxsiy namunaga nihoyatda katta eʼtibor berishgan hamda
oʻzlari ham intiluvchanlik, yuqori ijtimoiy mavqeʼga erishganlik namunasi boʻlib
xizmat qilishgan. Forobiy nihoyatda mehnatsevar, irodali, kamtar, sodda boʻlgan
va doim yordamga intilgan. Forobiyning oʻquvchilarning individual psixologik va
aqliy xususiyatlariga mos tushuvchi taʼlimni usuli, kasb tanlash muhimligi
haqidagi fikrlari hozir ham katta ahamiyatga ega.
Oʻrta Osiyo olimlari tomonidan tarbiya va taʼlimning ijtimoiy oʻrnini
tushunishlari shunda namoyon boʻldiki, ular ijtimoiylashuvining mikroomillar-
muhit, oila, oʻquvchilar guruhiga eʼtibor qaratganlar va ota-onalar, pedagog va
oʻquvchining harakatlarini mujassamlashtirishni maslahat berganlar.
Shunday qilib, oʻrta asr olimlari ijtimoiy pedagogik yoʻnaltirilganlikga ega
katta pedagogik meros qoldirganlar. Ularning ilmiy pedagogik asarlari zamonaviy
ijtimoiy pedagogika ilmining rivojlantirish uchun muhim manba hisoblanadi.
4.3. XI-XIX asr maʼrifatparvarlarining ijtimoiy-pedagogik qarashlari.
Farobiy, Ibn Sinolarning falsafiy va pedagogik konsepsiyalari keyingi
davrlarning yetakchi taʼlimotlarini rivojlantirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan.
XI-XII asr Markaziy Osiyo maʼrifatparvar olimlari turli fanlar, shu jumladan
pedagogikaning rivojiga katta hissa qoʻshishdi. Yusuf Xos Xojib, Burxoniddin
Zarnujiy va Ahmad Yugnakiylar bolalarning jamiyatda oʻz oʻrnini topib olishi
uchun bilimning, ota-onaning, oilasining oʻrniga eʼtibor qaratishgan. Ular
tarbiyaning asosiy maqsadi deb yaxshi odam qilib tarbiyalash, unga yetishish
vositasi deb esa qattiqqoʻllik, doimiy mehnatga oʻrgatish deb bilishgan.
Zarnujiyning Yusuf Xos Xojibning “Qutadgʻu bilig” asari Oʻrta Osiyoda
“Taʼlimda oʻquvchiga pandlar” kitobi Markaziy Osiyoda pedagogikadan birinchi
kitob hisoblanadi?
Tarbiyaning ijtimoiy xarakteri haqidagi gʻoyalar Alisher Navoiyning sheʼriy
merosida nihoyatda aniq ifodasini topgan. Shoirning pedagogik qarashlari
insonparvar xarakterga ega. Inson egallashi lozim boʻlgan barcha bilim va kasb-
hunarlar u tomonidan vatan foydasi uchun qoʻllanilishi kerak.
XIX asrning maʼrifatparvar shoirlari Munis Xorazmiy (1778-1829),
Muhammad Ogahiy (1809-1874), Ubaydulla Zavqiy (1853-1921) birinchi oʻringa
keng ommaning maʼrifatli qilish va taʼlim masalalarini qo‘yishgan. Taʼlimning
asosiy vazifasi ular axloqiy mukammallashuvida va mehnatga oʻrgatishda deb
bilishgan.
Saidahmad Siddiqiyning (1864-1927) qarashlari oʻzoqni koʻra olishlik va
zakovati bilan ajralib turgan. Dehqon oilasidan chiqqan pedagog, demokrat shoir
oʻz qishlogʻi hovlisida dehqon va xunarmandlar uchun ilk maktabni ochgan,
kattalar uchun maktab tuzgan, 1914-yil kitob, darslik va oʻquv qoʻllanmalari bilan
savdo qiluvchi doʻkon ochgan. Keyinchalik Siddiqiy yana bir nechta qishloq
maktablari ochgan va ularda oʻzbek, tojik, rus bolalariga taʼlim-tarbiya bergan.
Tabiatshunoslik va geografiya darslari tabiat qoʻynida oʻtkazilgan.
XX asr demokrat shoirlarining
ijtimoiy pedagogik qarashlari.
Maʼrifatparvarlik va demokratik gʻoyalari XIX asrning oxiri XX asr boshlarida oʻz
choʻqqisiga koʻtarildi. Oʻrta asr islom gʻoyalari: soʻfiylik, zohidlik, dogmatizm,
sxolastikaga qarshi chiqib oʻzbek demokratlari eski sharoitlarga umuman mos
kelmaydigan taʼlim usullari va tamoyillarini ilgari surdilar: har tomonlama (aqliy,
axloqiy, jismoniy, mehnat) dunyoviy, oʻgʻil bolalar va qizlar uchun bir xil,
insoniylik, demokratiya, vatanparvarlik ruhidagi tarbiyani ilgari surdilar va asoslab
berdilar.
Oʻzbekistondagi demokratik pedagogik gʻoyaning taraqqiyparvar
yoʻnalishining yirik vakillaridan biri Abdulla Avloniydir (1878-1934) sharq tillari
va adabiyotini yoshligida chuqur oʻrganib, u mumtoz oʻzbek sheʼriyati taʼsirida
sheʼrlar yozgan. Uzoq vaqt mobaynida Toshkent maktablarining birida bolalarga
taʼlim bergan. Avloniyning oʻzbek pedagogikasiga qoʻshgan hissasi shuki, u ilk
marta tarbiya oldida ijtimoiy vazifalarini qoʻya olgan. Bu shoir va pedagogning
katta jasorati oʻz asarlarida shaxsning rivojlanishida tarbiyaning hal qiluvchi
rolining eʼtirof etilishi boʻldi. Uning fikricha, tarbiya ijtimoiy maqsadlarini
koʻzlashi kerak. Avloniy “yangi kishi” tushunchasini shaxsiy emas, balki ijtimoiy
manfaatlardan kelib chiquvchi jamoat arbobi sifatida taʼriflaydi. Tarbiyaning
muvaffaqiyati Avloniy fikricha oila, ota-onalar va pedagoglarning shaxsiy
namunaviy roli bilan belgilanadi. Eng muhim ijtimoiy xususiyat deb u mustaqillik,
tashabbuskorlik, amaliy tajribani bilgan.
Oʻzbek maʼrifatparvarlarning yorqin vakili boʻlgan Avloniy “toʻgʻri”
gʻoyalarning kengaytirib va “notoʻgʻri” gʻoyalarni bartaraf qilibgina yovuzlikni
yoʻqotish mumkinligiga ishongan. Shuning uchun tarbiya mavzusi maʼrifat
gazetasi boʻlmish “Shuhrat” gazetasida keng yoritilgan.
Mustamlaka Turkiston sharoitlarida matbuot cheklangan oʻquvchilarga ega
boʻlgan, chunki aksariyat aholi savodsiz boʻlishgan. Bu holatda dramaturgiya
maʼrifiy gʻoyalarni tatbiq qilishning eng samarali usuli boʻlgan. Teatr Avloniy
uchun odamlarni tarbiyalash, birlashtirish vositasi boʻlgan. 1913-yilda Toshkentda
Avloniy “Turon” nomli teatr truppasini tashkil qildi. Truppaning maqsad-vazifalari
Toshkentdagi “Turon” dramatik sanʼat jamiyatining nizomida aniqlangan:
“sahnaga nisbatan muhabbat va jiddiy munosabat tugʻdirish, xalq uchun
spektakllar tashkil qilish”.
Bu maqsadga erishish uchun jamiyat kechalar, konsertlar, spektakllar va
boshqa ommaviy chiqishlarni tashkil etishga oʻz nomiga klub va musiqa kurslari,
kutubxona va qiroatxona tashkil qilishga, boshlangʻich maktablar ochishga,
taʼlimni oʻrta va oliy oʻquv yurtlarida davom ettirish uchun stipendiyalar taʼsis
etish huquqiga ega boʻlgan. Shuningdek, u mavjud hayriya va taʼlim
muassasalariga moddiy yordam koʻrsatishi mumkin.
Avloniyning maʼrifiy gʻoyalari nafaqat ijodda ilgari surgan. U tomonidan
1908-yilda kambagʻallar uchun maktab ochilgan va u yerda ona tilini oʻqitishning
yangi usullari qoʻllanilgan. Pedagogik faoliyat bilan sermahsul shugʻullanishni
kanda qilmay u darslik va qoʻllanmalar yoza boshlagan. Oʻz vaqtida uning
“Birinchi muallim”, “Ikkinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud axloq” darsligi
mashhur edi.
Avloniydan soʻng maʼrifatning va dunyoviy bilimlarning faol targʻibchisi
Miskin edi. Miskinning taʼlim va maʼrifiy qarashlari ijtimoiy-siyosiy mohiyatga
ega edi va oʻzbek ilgʻor pedagogik gʻoyalarining rivojiga katta hissa qoʻshgan.
Insonni reallikdan ajratib oluvchi va uni shukronalik ruhida tarbiyalovchi hukm
surgan musulmon pedagogikasiga qarshi Miskin taʼlim jarayonini yosh avlodni
xalqqa xizmat qilish uchun tarbiyalash deb tushungan va oʻz qarashini
rivojlantirgan. Miskin va boshqa oʻzbek maʼrifatparvarlarining intilishlari
tarbiyaning ijtimoiy jihatini oshirishga, ijtimoiy tarbiyani kengaytirishga,
insonning turli ijtimoiy munosabatlarga kirishi, boshqa davlatlar va xalqlar
hayotini oʻrganishga qaratilgan edi. Biroq bu ijtimoiy xususiyatlar bilan birga
oʻzbek maʼrifatparvarlari XIX asr ikkinchi yarmida oʻz qarashlarining ketma-ket
emasligi, ularning feodal-mustamlaka tuzumga qarshi kurashdagi ojizliklarini
keltirib chiqaruvchi mustahkam siyosiy dasturning yoʻqligi bilan ajralib turardilar.
Biroq ularning dunyoqarashining cheklanganligi va qarama-qarshiligiga qaramay
ular Oʻzbekistonda ilgʻor gʻoyaning rivojiga oʻz hissalarini qoʻshishdi.
XX asr boshidagi oʻzbek pedagogik gʻoyasida 3 asosiy yoʻnalishni ajratsa
boʻladi:
1) koʻproq hukmronlik qiluvchi oʻrta asr feodal klerikal yoʻnalishi;