O‘ZBEKISTONDA JAMIYAT VA SHAXS MUNOSABATLARINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI. OILA, BOLALAR VA YOSHLAR HUQUQLARINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI
Yuklangan vaqt
2025-03-18
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
28
Faytl hajmi
38,9 KB
O‘ZBEKISTONDA JAMIYAT VA SHAXS MUNOSABATLARINING
.
1. Jamiyatning iqtisodiy negizlari
2. Fuqarolik jamiyati institutlari
3. Oila, bolalar va yoshlar
4. Ommaviy axborot vositalari
1. Jamiyatning iqtisodiy negizlari
65-modda. Fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston
iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat bozor
munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi,
iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat,
tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi. O‘zbekiston Respublikasida
barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi
ta’minlanadi. Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda
tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda
mahrum etilishi mumkin emas.
Har bir oila — alohida davlat. Uning o‘z iqtisodiy masalalari va turli
yo‘nalishdagi yechimlari bo‘ladi. Iqtisodiy bilimga ega bo‘lgan oila a’zolari turmush
farovonligini oshirib, yuqori daromadni ta’minlay oladi. Bu borada savodxonligi
yetarli bo‘lmagan kishilar bor daromadni ham yo‘qqa chiqarishi, moddiy resurslarni
to‘g‘ri taqsimlay olmasligi, natijada kambag‘allikka uchrashi mumkin.
Vaholanki, yurtimizda har bir insonning farovon hayot kechirishi uchun barcha
sharoitlar, har sohada bo‘sh ish o‘rinlari yaratish, odamlarning ilm egallashi, kasb-
hunar, tadbirkorlikka o‘qitishga ko‘maklashish orqali doimiy daromad manbaiga
ega bo‘lishlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor vazifasiga aylangan. Birgina
2022 yilning o‘zida kambag‘allikni qisqartirish maqsadida 200 mingga yaqin
tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etilib, 10 mingta korxona faoliyati kengaytirilgani
buning kichik bir misoli.
Fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining
negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat bozor munosabatlarini
rivojlantirish, halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, iste’molchining
huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va
mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va
huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta’minlanadi.
Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan
hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda
mahrum etilishi mumkin emas.
Konstitutsiyaga taklif etilayotgan ushbu norma mulkiy huquqlarning ishonchli
himoyasini yaratishga, xususiy mulk himoyasi kafolatlarini yanada kuchaytirishga
xizmat qiladi.
Fuqarolarni mol-mulkidan sudning qarorisiz mahrum etmaslik to‘g‘risidagi
normaning kiritilishi kelajakda aholining turmush farovonligini oshirish,
tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, mulkchilik munosabatlarini
huquqiy jihatdan kafolatlash, xususiy mulkning daxlsizligini kuchaytirishga katta
turtki bo‘ladi.
Shuning uchun amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida
fuqarolarning mulki bilan bog‘liq munosabatlarni huquqiy jihatdan mustahkamlash,
aholining uy-joyga bo‘lgan huquqlari daxlsizligini kafolatlash bilan bog‘liq
normalarni konstitutsiya darajasida mustahkamlash zarurati tug‘ilmoqda.
Xususiy mulk daxlsizligi hamda undan sud qarorisiz mahrum etilishi mumkin
emasligi to‘g‘risidagi normalar Fransiya, Germaniya, Daniya, Indoneziya, Gruziya
kabi davlatlar konstitutsiyalarida aks ettirilgan. Deyarli barcha rivojlangan
davlatlarda xususiy mulk huquqi sud himoyasi ostiga olingan. Bu avvalambor, odil
sudlov institutiga bo‘lgan ishonch, uning xolisligi, mustaqilligi va erkinligi bilan
bog‘liq. Sud himoyasi mulk huquqining asossiz, qonunga xilof ravishda
cheklanishining oldini oladi va xususiy mulkning ishonchli himoyasini ta’minlaydi.
Xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash, turli tajovuzlardan himoya qilish,
xususiy mulkni saqlash va ko‘paytirish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni
yaratish, mulkdorlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka
mustaqil egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish huquqlarini himoya qilish
kafolatlarini yanada kuchaytirish, bu – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik
jamiyatining eng muhim mezoni bo‘lib xizmat qiladi.
Davlat xususiy mulk daxlsizligi ishonchli ta’minlamas ekan, bozor
munosabatlarini rivojlantirish, halol raqobat uchun shart-sharoit yaratish va
tadbirkorlikni himoya qilish deyarli imkonsiz bir ish bo‘ladi.
Shu bois xususiy mulk huquqi daxlsiz ekanligi,
uning ishonchli himoyasini ta’minlash mexanizmlari, mulkdor o‘z mol-
mulkidan sud qarorisiz mahrum etilishi mumkin emasligi Konstitutsiya darajasida
mustahkamlanmoqda.
Konstitutsiyaga kiritilayotgan mazkur o‘zgarish kelajakda davlat tomonidan
bozor iqtisodiyotini rivojlanishi uchun iqtisodiy erkinlikni ta’minlash, qulay
ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhitni yaratish, xususiy mulk dahlsizligini
huquqiy jihatdan kafolatlashga shart-sharoit yaratadi.
66-modda. Mulkdor o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulkka o‘z xohishicha egalik
qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mol-mulkdan foydalanish atrof-
muhitga zarar yetkazmasligi, boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning
huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzmasligi kerak.
Dunyo davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining bugungi bosqichida
integratsiyalashuv va globallashuv tobora kuchayib boryapti. Bunda har bir
mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi, eng avvalo, hududda istiqomat
qiladigan aholining iqtisodiy jihatdan ijtimoiylashgani, iqtisodiy tarbiyalangani
hamda iqtisodiy yo‘nalganligi darajasi bilan aniqlanadi. Davlatning iqtisodiy ta’lim
borasidagi olib borayotgan siyosati, amalga oshirayotgan islohotlari, barcha ilmiy,
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlarining yakuniy ko‘rsatkichi, qisqacha aytganda,
iqtisodiy bilimdonligi raqobatbardoshlikning ta’minlanishi bilan xarakterlanadi.
Gap, bugungi davr insonlarining iqtisodiy bilim va tushunchalarga ega bo‘lishi,
bu borada erkin qarorlar qabul qila olishi, jarayonga to‘g‘ri yondashuvi hamda
buning uchun sharoitlar yaratish haqida bormoqda. Buni O‘zbekistonning oxirgi
yillardagi islohotlari, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotini erkinlashtirish borasidagi
faol harakatlari misolida yaqqol ko‘rish mumkin. Davlatimiz rahbarining har bir
nutqi va asarlarida mulkdorlar sinfi, tadbirkorlar, kichik biznes, dehqon va fermer
xo‘jaliklari muammolariga alohida o‘rin berilishi Yangi O‘zbekiston fuqarolari
shaxsida
sotsial-iqtisodiy
tarbiyani
mustahkamlash,
iqtisodiy
tafakkurni
shakllantirish, shaxs tuzilmasida iqtisodiy ong komponentlarining o‘rni qanchalik
katta ahamiyatga ega ekanligini isbotlaydi. Zero, bozor munosabatlariga o‘tishda
sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan sotsial-iqtisodiy tanazzulning oldini olish, yuzaga
kelishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy qoloqlikning o‘rnini sog‘lom g‘oyalar, ilmiy
asoslangan bilimlar, tushunchalar va dunyoqarash bilan to‘ldirish ishbilarmon inson
shaxsini shakllantirishdagi muhim vazifadir.
67-modda. Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini
ta’minlaydi. Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga
oshirishga va o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar, xizmatlar,
mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi.
Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi.
Erkin bozor mexanizmlarini joriy qilish, sog‘lom raqobat va xususiy mulk
daxlsizligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlar
yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. Ilg‘or tajribalar asosida soliq va bojxona
ma’murchiligi yengillashtirilyapti. Joriy yilda ham qo‘shilgan qiymat solig‘i
stavkasi 15 foizdan 12 foizga pasaytirildi. Buning hisobiga tadbirkorlar ixtiyorida
kamida 14 trillion so‘m mablag‘ qolishi hisob-kitob qilingan. Tabiiyki, bu mablag‘
biznesni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va ishchi-xodimlarning, demakki,
aholining turmush farovonligi uchun yo‘naltiriladi. Ya’ni, fuqarolarning ta’lim
olishi, munosib sharoitlarda mehnat qilib, daromad topishi uchun sharoit,
imkoniyatlar yaratilyapti. Endi hamma gap, shu imkoniyatlardan to‘g‘ri va unumli
foydalanishda. Buning uchun esa iqtisodiy bilim va ko‘nikma zarur.
Davlat qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini ta’minlaydi.
Tadbirkorlar qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga
va o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi hududida iqtisodiy makon birligi, tovarlar,
xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi
kafolatlanadi.
Monopolistik faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi.
Erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning iqtisodiy jarayonlarni
boshqarishga doir konstitutsiyaviy vazifa va funksiyalarini aniq belgilash muhim
ahamiyat kasb etadi.
Bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarga qaramasdan,
tadbirkorlikka aralashish yoki ularning faoliyatiga to‘sqinlik qilish kabi holatlarga
xanuzgacha guvoh bo‘lmoqdamiz. Hattoki ushbu harakatlar uchun javobgarlik
kiritilganligi ham ularning oldini olishga lozim darajada imkoniyat bermayapti.
Shu bilan birga, hammamiz uchun ayrim mulkdorlar tomonidan atrof muhitga
zarar yetkazish (daraxtlarni kesish, xavoni ifloslantirish va hoq.) “kun mavzusi”ga
aylangan bo‘lib, ko‘p hollarda aholining noroziligiga sabab bo‘lmoqda.
Bunday holatlarni oldini olish maqsadida Konstitutsiyaning 67-moddasiga
o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Xususan, kiritilayotgan o‘zgartirishlar quyidagi holatlarni mustahkamlaydi:
• Davlat bozor iqtisodiyotining rivojlanishi va halol raqobat uchun zamin
yaratadi.
• Davlat tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik va
investitsiyaviy muhitni, shart- sharoitlarni ta’minlaydi.
• Tadbirkorlar o‘z faoliyatining yo‘nalishini mustaqil ravishda tanlashga haqli.
Tadbirkor uchun o‘z faoliyatining yo‘nalishini mustaqil ravishda tanlash
qanchalik ahamiyatli?
Birinchidan, bu tadbirkorlar uchun iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarida
faoliyat yuritish imkoniyatini taqdim etadi. Bunda, muayyan faoliyat bilan
shug‘ullanishi qonun hujjatlari bilan taqiq qo‘yilmaganligi talab etiladi, xolos.
Ikkinchidan, bu tadbirkorlarga o‘z biznes strategiyalarini boshqa shaxslarni,
davlat organi va uni mansabdor shaxslarining o‘zboshimchalik bilan aralashuvisiz
ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatini beradi.
• O‘zbekiston Respublikasida tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va moliyaviy
mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi.
Sodda qilib aytganda, hokim bo‘ladimi, vazir bo‘ladimi, hech bir amaldor
tadbirkor va fermerlar mahsulotlarini bir viloyatdan boshqa viloyatga olib o‘tishiga,
sotilishiga to‘sqinlik qilishiga haqqi bo‘lmaydi.
• Monopolistik faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi.
Monopolistik faoliyatni bozor qonuniyatlariga amal qilgan holda tartibga solish
nazarda tutilmoqda, chunki iqtisodiyotdagi har qanday monopollashuvdan barcha
birdek aziyat chekadi: mijoz ham, tadbirkor ham, davlat ham. Shu bois, davlat
tarafidan monopolistik faoliyatga qarshi kurashish kabi muhim vazifani o‘z
zimmasiga olishi biznes hamjamiyatning ham, fuqarolarning ham manfaatiga javob
beradi.
Konstitutsiyaga ushbu normaning kiritilishi tovar va xizmatlar bozorining
barcha ishtirokchilari uchun teng iqtisodiy-huquqiy imkoniyatlar yaratish orqali
tadbirkorlar o‘rtasida halol raqobatni rivojlantirishga hamda ishlab chiqarishga
yangiliklarni tezkor joriy etish orqali samaradorligini ortishiga xizmat qiladi.
Konstitutsiyaga kiritilayotgan mazkur o‘zgarishlar kelajakda davlat tomonidan
bozor iqtisodiyotini rivojlanishi uchun iqtisodiy erkinlikni ta’minlash, qulay
ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhitni yaratish, tadbirkorlar o‘zlarini faoliyat
yo‘nalishini mustaqil tanlash hamda O‘zbekistonda tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi
va moliyaviy mablag‘larni erkin harakatlanishiga shart-sharoit yaratadi.
Ushbu qoida kelgusida turli darajadagi mansabdor shaxslar tomonidan tovarlar,
xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishini
cheklovchi qarorlar qabul qilinishini taqiqlaydi.
Konstitutsiyaga kiritilayotgan mazkur qo‘shimchalar “qonunda taqiqlanmagan
har qanday faoliyatga ruxsat beriladi” tamoyili asosida tadbirkorlik faoliyatini davlat
tomonidan tartibga solishni asosiy mezonlarini konstitutsiyaviy darajada
mustahkamlaydi.
Ushbu qoidaning kiritilishi tadbirkorlik faoliyatini to‘sqinliksiz amalga
oshirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi, shuningdek, mamlakatda
biznes muhitini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
68-modda. Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda
boshqa tabiiy resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va
ular davlat muhofazasidadir. Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona
foydalanishni va uni umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta’minlovchi
shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo‘lishi mumkin.
Yer xususiy mulk bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda 2022 yildan e’tiboran
qishloq
xo‘jaligiga
mo‘ljallanmagan
yer
uchastkalarini
xususiylashtirish
boshlangan. Shu bilan deyarli bir vaqtda, o‘tgan yili e’lon qilingan yangi
konstitutsiya loyihasining birlamchi versiyasida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan
yerlarni xususiylashtirish mumkin emasligiga ishora qilingan edi. Yakuniy talqindan
bunday cheklov olib tashlandi va yerni xususiylashtirishga oid norma quyidagicha
shaklga keltirildi:
Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni
umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta’minlovchi shartlar asosida va
tartibda xususiy mulk bo‘lishi mumkin.
Bosh qomusning o‘tgan yili e’lon qilingan birinchi loyihasida unga
quyidagicha jumlani kiritish taklif etilgan edi: “Iqtisodiy faoliyatda insofsiz
raqobatga, monopollashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi”. Yakunda bu boradagi normalar
quyidagicha ko‘rinish oldi:
Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-
sharoitlar yaratadi.
Monopol faoliyat qonun bilan tartibga solinadi va cheklanadi.
Hujjatning birlamchi loyihasida mavjud bo‘lgan: “Xususiylashtirish natijalari
qayta ko‘rib chiqilmaydi hamda bekor qilinmaydi” degan normani konstitutsiyaga
kiritmaslikka qaror qilindi. Eslatib o‘tamiz, amaldagi qonunchilikda ham bunaqa
qoida yo‘q.
Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy
resurslar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat
muhofazasidadir.
Yer qonunda nazarda tutilgan hamda undan oqilona foydalanishni va uni
umummilliy boylik sifatida muhofaza qilishni ta’minlovchi shartlar asosida va
tartibda xususiy mulk bo‘lishi mumkin.
Uzoq yillar mobaynida O‘zbekistonda yerga nisbatan xususiy mulkning
to‘laqonli
joriy
etilmaganligi
haqiqiy
mulkdorlar
qatlamini
yetarlicha
shakllanmasligiga, yerni haqiqiy tovar sifatida bozor muomalasiga kiritilmasligiga
hamda xorijiy investorlarni milliy iqtisodiyotga nisbatan ishonchini pasayishiga olib
keldi.
Shu bois, ushbu norma yangi Konstitutsiyadagi haqiqiy inqilobiy
o‘zgarishlardan biri sifatida mulkchilik munosabatlari rivojiga xizmat qiladi.
Yerni xususiy mulk sifatida e’tirof etilishi bevosita mulkdorga qanday manfaat
beradi?
Xususiylashtirilgan yer uchastkasi mulkdori yerni sotish, hadya qilish,
ayirboshlash, garovga qo‘yish, meros qilib qoldirish kabi huquqlarni qo‘lga kiritadi.
Xususiy mulk bo‘lgan yerni davlat faqat mulkdorni roziligi bilan, shartnoma
asosida, bozor narxida jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olishi mumkin. Ya’ni,
yer “snos”ga tushib ketmaydi, davlat yerni kelishilgan narxda sotib olsagina, yer
begonalashtirilishi mumkin.
Yerga nisbatan xususiy mulk tadbirkorlarning kredit layoqatlilik darajasini
ortishiga ham xizmat qiladi hamda mol-mulkni oqilona boshqarish orqali
daromadlarni ko‘paytirish imkonini beradi.
Yerning xususiy mulk sifatida e’tirof etilishi mulkdorlar qatlamini
kengayishiga, yer bozorining rivojlanishiga, yer uchastkalaridan foydalanish
bo‘yicha iqtisodiy samaradorlikni oshishiga xizmat qiladi.
Yerdan foydalanish sohasida bozor mexanizmlarini joriy etish, ushbu sohadagi
mulkiy va huquqiy munosabatlarning barqarorligini ta’minlash, yer egalarining
mulkiy huquqlarini kafolatlash maqsadida bu norma juda muhim.
Ushbu normaning Konstitutsiyaga kiritilishi fuqarolar va tadbirkorlik
sub’ektlarining
yerga
bo‘lgan
mulk
huquqini
konstitutsiyaviy
darajada
mustahkamlashga imkon yaratadi. Bu, o‘z navbatida, mulkdorlarning huquqlarini
ishonchli himoya qilish va kafolatlashga xizmat qiladi, shuningdek, ularning yerga
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish majburiyatini mustahkamlaydi.
Shu bilan birga qonunda nazarda tutilgan holatlarda yerni xususiy mulk qilib
berish mexanizmlari amaliyotga joriy etiladi. Buni xalqimiz anchadan buyon
kutayotgan edi.
2. Fuqarolik jamiyati institutlari
69-modda. Fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan jamoat birlashmalari
va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organlari, ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etadi.
Fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
Yangi Konstitutsiyamizga ko‘ra, davlat va jamiyat boshqaruvida jamoatchilik
va fuqarolik jamiyati ishtiroki yanada ortmoqda. Nodavlat notijorat tashkilotlar,
ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari,
huquqshunos olimlar, akademik hamjamiyat, “aql markazlari”ning konstitutsiyaviy
islohotlardagi faol ishtirokini e’tirof etish lozim.
Konstitutsiyaviy islohotlarda jamoatchilik, xususan, fuqarolik jamiyati
institutlari ishtiroki – chinakam xalq Konstitutsiyasi garovi. Negaki, “inson –
jamiyat – davlat” konstitutsiyaviy tamoyilini amalga oshirish adolatli va ochiq
fuqarolik jamiyatining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini mustahkamlash, uning
institutlari roli va mavqeini oshirish bilan uzviy bog‘liqdir.
70-modda. O‘zbekiston Respublikasida kasaba uyushmalari, siyosiy
partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar, yoshlar va
nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar
hamda fuqarolarning boshqa birlashmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof
etiladi. Jamoat birlashmalarini tarqatib yuborish, ularning faoliyatini taqiqlab yoki
cheklab qo‘yish faqat sud qarori asosidagina amalga oshiriladi.
Konstitutsiyaviy
islohotlar
jarayonida
Inson
huquqlari
umumjahon
deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda qayd
etilgan tavsiyalar, YeXHTning, jumladan, Yangi Yevropa uchun Parij xartiyasi,
Asosiy huquqlar bo‘yicha Yevropa Ittifoqi xartiyasi va boshqa xalqaro tuzilmalar
doirasida jamiyatning barcha qatlamlari vakillarini davlat va jamiyat boshqaruvi
jarayonlariga jalb etish bo‘yicha qabul qilingan xalqaro va mintaqaviy huquqiy
hujjatlar alohida hisobga olindi.
Fuqarolik jamiyati institutlarini tashkil etish va ular faoliyati asoslarini
konstitutsiyaviy jihatdan tartibga solishga alohida e’tibor qaratildi. So‘nggi yillarda
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari roli va ahamiyatini tubdan oshirish
bo‘yicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar ko‘rildi. Xususan, 200 dan ortiq akt,
xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2021–2025 yillarda fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish konsepsiyasi amalga oshirilmoqda.
Natijada oxirgi besh yil davomida nodavlat notijorat tashkilotlar soni 22 foiz
oshdi, jumladan, respublika bo‘yicha 200 ga yaqin yirik nodavlat notijorat tashkilot
faoliyat boshladi. Bugungi kunda ushbu fuqarolik jamiyati institutlari inson qadr-
qimmati, huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda himoya qilish, aholining huquqiy
madaniyatini oshirish, jamiyatda bag‘rikenglik va inson huquqlariga doir
madaniyatni shakllantirish, barqaror rivojlanishning eng muhim vazifalari ijrosida
muhim rol o‘ynamoqda.
Xorijiy mamlakatlar tajribasi ko‘rsatadiki, konstitutsiyaviy islohotlar
jarayonida keng jamoatchilik ishtiroki katta ahamiyatga ega. Masalan, 2022 yil 29
sentyabr kuni Toshkentda BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori, Yevropa
Ittifoqi delegatsiyasi va BMT Bolalar jamg‘armasining mamlakatimizdagi
vakolatxonasi ishtirokida o‘tkazilgan “Konstitutsiyaviy islohotlarda jamoatchilik
ishtiroki: milliy va xalqaro tajriba” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari
qabul qilgan hujjatda O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlar milliy o‘zlikni
anglash va siyosiy, ijtimoiy-ma’naviy taraqqiyot garovi ekani, ushbu jarayonda
fuqarolik jamiyati institutlari o‘rni va maqomi e’tirof etildi. “Jamiyat – islohotlar
tashabbuskori” tamoyilini konstitutsiyaviy mustahkamlash masalasi ham anjuman
ishtirokchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Zero, mazkur omil xalqparvar
davlatni bunyod etishning eng muhim shartidir.
71-modda. Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib
qo‘yuvchi, O‘zbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va
xavfsizligiga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni
targ‘ib qiluvchi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga,
aholining sog‘lig‘iga, ijtimoiy axloqqa tajovuz qiluvchi siyosiy partiyalarning,
boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining, shuningdek milliy va diniy belgilariga
ko‘ra siyosiy partiyalarning, harbiylashtirilgan birlashmalarning tashkil etilishi va
faoliyati taqiqlanadi. Maxfiy jamiyatlar va birlashmalar tashkil etish taqiqlanadi.
Demak, yuqorida ko‘rsatilgan holatlarni amalga oshirish Konstitutsiyada
qat’iyan man qilinganligi va agarda ushbu holatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan
jinoiy ish qo‘zg‘atilishi nazarda tutilgan.
72-modda. Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy
manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga jamiyat hayotida ishtirok etish
uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratadi. Davlat organlari va mansabdor
shaxslarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek
nodavlat notijorat tashkilotlarining davlat organlari va mansabdor shaxslar
faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ushbu normaga binoan davlat organlari va mansabdor shaxslarning nodavlat
notijorat tashkilotlari faoliyatiga aralashishiga, shuningdek nodavlat notijorat
tashkilotlarining davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashishiga
yo‘l qo‘yilmasligi qan’iy norma sifatida belgilangan bo‘lib, mansabdor shaxslarning
NNTlar faoliyatiga noqonuniy aralashuvi jinoiy ish sifatida ko‘rilishi belgilab
qo‘yilgan..
73-modda. Kasaba uyushmalari xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini
va manfaatlarini ifoda etadilar va himoya qiladilar. Kasaba uyushmalariga a’zo
bo‘lish ixtiyoriydir.
Konstitutsiyada O‘zbekiston tarixida ilk marotaba fuqarolik institutlarining
bevosita ishtiroki va tashabbusi asosida jamoatchilik, gender, bola huquqlari, inson
huquqlari, xususan, nogironligi bor shaxslarning qadr-qimmati, huquq va
erkinliklarini himoya qilish, ijtimoiy davlat qurish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
va xususiy mulkni himoya qilish kabi qator yo‘nalishlar hamda aksilkorrupsiya va
lingvistik jihatlariga alohida e’tibor qaratilgan
Fuqarolik jamiyati institutlari takliflari, jumladan, “inson sha’ni va qadrini
ulug‘lash”, yangi “inson – jamiyat – davlat” paradigmasini hayotga izchil tatbiq
etish, xalqchil, adolatli va ijtimoiy davlat qurish, fuqarolik jamiyati institutlarining
o‘rni va maqomini konstitutsiyaviy mustahkamlash, bolalar, xotin-qizlar va
nogironligi bor shaxslar erkinliklari, huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash,
ekologik muammolarni hal etish kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga qamrab olgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida islohotlarning turli jabhalariga
bag‘ishlangan 6 ta respublika va 10 dan ortiq xalqaro forumda jamoatchilik
ekspertizasi materiallari o‘z aksini topgan. Bu boradagi barcha tadbirlar natijasida
fuqarolik jamiyati institutlari vakillari tomonidan konstitutsiyaviy qonun loyihasi
yuzasidan 200 dan ortiq taklif ishlab chiqilib, o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga
doir takliflarni shakllantirish uchun Konstitutsiyaviy komissiyaga kiritilgan.
Jamoatchilik ekspertizasi jamiyat va davlat taraqqiyotining “Inson – jamiyat –
davlat”, “Inson sha’ni va qadr-qimmati yo‘lida” degan yangi paradigmasi,
tamoyillari prizmasi orqali amalga oshirilgan.
74-modda. Siyosiy partiyalar turli ijtimoiy tabaqa va guruhlarning siyosiy
irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan
vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. Siyosiy partiyalar o‘z
faoliyatining moliyalashtirilishi manbalari haqida O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasiga yoki u vakolat bergan organga belgilangan
tartibda oshkora hisobotlar taqdim etadilar.
Siyosiy partiyalarga a’zolik yakka tartibda qayd etilib, quyidagilar siyosiy
partiyalarga a’zo bo‘la olmaydilar: sudyalar, prokurorlar va prokuratura
tergovchilari, ichki ishlar organlari, milliy xavfsizlik xizmati xodimlari, harbiy
xizmatchilar, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.
“Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasiga ko‘ra , davlat
siyosiy partiyalar huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini kafolatlaydi,
ustavda belgilangan o‘z maqsadlari va vazifalarini bajarishlari uchun ularga teng
huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari,
korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining siyosiy
partiyalar ichki ishlariga aralashishlari yohud, agar faoliyat qonunga hamda o‘z
ustavlariga muvofiq amalga oshirilayotgan bo‘lsa, ular faoliyatiga u yoki bu tarzda
to‘sqinlik qilishlari man etiladi.
Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish belgilangan
tartibda faqat ana shu maqsadlar uchun ajratiladigan davlat mablag‘lari hisobidan
amalga oshiriladi. Siyosiy partiyalarni saylovda boshqa mablag‘lar hisobidan
moliyalashtirish va moddiy jihatdan o‘zgacha tarzda qo‘llab-quvvatlash taqiqlanadi.
Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun
ajratiladigan davlat mablag‘larining bir nomzod hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun
ajratiladigan davlat mablag‘lari shu partiyadan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga
olinganidan keyin ro‘yxatga olingan nomzodlar soniga muvofiq hajmda siyosiy
partiyaning hisob-kitob varag‘iga belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Saylovda siyosiy partiyalarning ishtirok etishini moliyalashtirish uchun
ajratilgan mablag‘lar siyosiy partiya tomonidan:
tashviqot olib borishga;
nomzodlarning ishonchli vakillari va tashviqot o‘tkazish uchun jalb
qilinadigan boshqa faollar ishini tashkil etishga;
saylov kampaniyasini o‘tkazishga doir umumpartiyaviy tadbirlarga
sarflanishi kerak.
Agar Qonunchilik palatasiga saylov yakunlari bo‘yicha siyosiy partiya fraksiya
tuzish uchun zarur miqdorda deputatlik o‘rinlarini ololmagan bo‘lsa, siyosiy
partiyaning Qonunchilik palatasiga saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun
ajratilgan davlat mablag‘lari mazkur partiyaning boshqa manbalardan olgan
mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga qaytarilishi
kerak.
75-modda. Diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan hamda qonun oldida
tengdirlar. Davlat diniy tashkilotlarning faoliyatiga aralashmaydi. Davlat qonunda
belgilangan tartibda faoliyat ko‘rsatayotgan diniy tashkilotlar faoliyatining
erkinligini kafolatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir dinga yoki diniy
e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga
yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va ularga e’tiqod
qilmaydigan fuqarolar, har xil e’tiqodlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida
o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi, diniy va o‘zga
mutaassiblikka hamda ekstremizmga, munosabatlarni qarama-qarshi qo‘yish va
keskinlashtirishga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan
xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi.
Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-
quvvatlaydi. Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan
xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek boshqa har qanday missionerlik faoliyati
man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida
belgilangan javobgarlikka tortiladilar.
Davlat diniy tashkilotlar zimmasiga o‘zining hech qanday vazifasini bajarishni
yuklamaydi, ularning qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan faoliyatiga aralashmaydi.
Diniy tashkilotlar davlat vazifalarini bajarmaydi. Davlat diniy tashkilotlarning
faoliyatini hamda dahriylik targ‘ibotiga oid faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlamaydi.
O‘zbekiston Respublikasida diniy mohiyatdagi siyosiy partiya va jamoat harakati,
shuningdek respublikadan tashqarida tuzilgan diniy partiyalarning filiallari va
bo‘limlarini tuzishga va ularning faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Diniy tashkilotlar amaldagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishlari shart.
Dindan davlatga va konstitutsiyaga qarshi targ‘ibot olib borishda, dushmanlik,
nafrat, millatlararo adovat uyg‘otish, axloqiy negizlarni va fuqaroviy totuvlikni
buzishda, bo‘hton, vaziyatni beqarorlashtiruvchi uydirmalarni tarqatishda, aholi
o‘rtasida vahima chiqarishda hamda davlatga, jamiyat va shaxsga qarshi qaratilgan
boshqa xatti-harakatlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Terrorizm, narkobiznes
va uyushgan jinoyatchilikka ko‘maklashadigan, shuningdek boshqa g‘arazli
maqsadlarni ko‘zlovchi diniy tashkilotlar, oqimlar, sektalar va boshqalarning
faoliyati man etiladi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga, mansabdor
shaxslarga tazyiq o‘tkazishga qaratilgan har qanday urinish, shuningdek yashirin
diniy faoliyat qonun bilan taqiqlanadi.
3. Oila, bolalar va yoshlar
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIV bobi “Oila, bolalar va
yoshlar” deb ataladi. 2023 yilning 30 aprelda o’tkazilgan referendumdan keyin
amalda bo’lgan yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ushbu
bob o’z ichiga 76-80-moddalar, ya’ni 5 moddani o’z ichiga oladi. Oldingi
Konstitutsiyada bu bob 63-moddadan 66-moddagacha bo’lgan 4 moddani qamrab
olar edi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 76-moddasida ”Oila jamiyatning asosiy
bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir. Nikoh O‘zbekiston
xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga
va teng huquqliligiga asoslanadi. Davlat oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun
ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratadi”,-deyilgan.
1998 yil 1 sentyabrda kuchga kirgan O’zbekiston Respublikasi Oila
Kodeksining 13- va 14-moddalarida nikoh tuzishning tartibi va ixtiyoriyligi belgilab
berilgan. Ularga ko’ra nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish
organlarida tuziladi. Diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy
ahamiyatga ega emas. Nikoh tuzish ixtiyoriydir. Nikoh tuzish uchun bo‘lajak er-
xotin o‘z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. Nikoh tuzishga
majbur qilish esa ta’qiqlanadi. O’zbekistonda nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun
ham bir xil 18 yosh etib belgilangan.
Oila erkak va ayolning nikohdan o‘tib, bir yostiqqa bosh qo‘ygan kunidan
boshlanadi. Uning eng muhim vazifasi naslni davom ettirish, shuningdek, ota-
bobolarining eng yaxshi an’ana va udumlarini davom ettirish, turmushni
mustahkamlashdan iboratdir. Oila jamiyatning boshlang'ich hujayrasini tashkil etib,
unda aholini ko‘payishi va yosh avlodni tarbiyalash vazifalari bajariladi. Uning
muhim ijtimoiy vazifalari quyidagilardan iborat: birinchidan, u jamiyatning
demokratik hujayrasini tashkil etib, odamlar shu muqaddas koshonada tug‘ilib o‘sib,
jamiyat tarkibini tashkil etadi. Ikkinchidan, oila - muhim bo‘g ‘in bo‘lib. unda biz
mehnat jarayonida sarf qilgan kuchlarimizni tiklaymiz. Uchinchidan, oila - muhim
tarbiya o‘chog‘I va oxiri to‘rtinchidan, oila - nodir ruhiy muhitdir. Olimlarning
fikricha, odamlar hayotining birdan-bir to‘g ‘ri yoli oilaviy hayot ekan. Yolg'iz
bo‘lib yashash har xil falokatlarga va fojealarga olib kelar ekan.
Boy ilmiy-madaniy merosimiz, qadimiy urf-odat hamda anʼanalarimizdan
ayonki, har qanday zamon va makonda ham oila biz uchun muqaddas qadriyat
sanalgan. Binobarin, tarbiyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy, ruhiy-axloqiy, iqtisodiy-
huquqiy munosabatlarga asoslangan ijtimoiy birlik hisoblanmish oila qanchalik
mustahkam boʻlsa, jamiyat ham shunchalik barqaror taraqqiy etishini ajdodlarimiz
juda yaxshi anglashgan.
Shu bois ota-bobolarimiz oilaga juda katta eʼtibor bilan qarashgan. Buyuk
allomalarimiz Mahmud Koshgʻariy, Ahmad Yugnakiy, Kaykovusdan tortib
Beruniy, Ibn Sino, Forobiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulugʻbek va boshqalargacha oʻz
asarlarida oilaviy masalalar, xususan, oila aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar,
bola tarbiyasida ota-ona, bobo-buvining oʻrni, komil va vatanparvar shaxsni
yetishtirishda bu muhim ijtimoiy institutning roliga alohida yondashib, ibratli
hikoyatlar, rivoyatlar, farzandlarga maktublar, hikmatli soʻzlar, sheʼriy satrlar orqali
pand-nasihatlar, hayotiy xulosalar yozib qoldirganlar. Mahmudxoʻja Behbudiy,
Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Munavvarqori
Abdurashidxonov kabi maʼrifatparvarlarimiz ham odob-axloqi goʻzal, jismonan va
maʼnan yetuk avlodni tarbiyalashning yagona yoʻli — barqaror oila qurish ekanini,
oilani mustahkamlamasdan davlat va jamiyat taraqqiyotiga erishib boʻlmasligini
taʼkidlashgan.
Bugungi shiddat bilan oʻzgarib borayotgan globallashuv davriga kelib ham
Oʻzbekiston oʻz istiqboli va kelajagini oilani rivojlantirish, uni eʼzozlashda, deb
bilayotgani yuqoridagi anʼanaviy qadriyatlarimizni yanada boyitgan holda
zamonaviy, namunali va farovon oilani barpo etish davlat siyosatining ustuvor
yoʻnalishlaridan biriga aylanganida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda.
Oxirgi yillarda davlatimiz tomonidan oila institutiga alohida e’tibor
berilmoqda. Jumladan, 2018 yilning 29 iyunida chiqarilgan O’zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
“O’zbekiston
Respublikasida
oila
institutini
mustahkamlash Konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida” qarori, Prezidentimizning
2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini
mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan milliy hamda maʼnaviy qadriyatlarimiz asosida ushbu
sohada yillar davomida toʻplanib qolgan, eʼtibordan chetda qolib kelgan muammolar
yechimi yuzasidan tegishli davlat organlari hamda jamoat tashkilotlari oldiga eng
muhim va dolzarb vazifalar qoʻyildi. Mazkur Farmonga binoan, Vazirlar Mahkamasi
huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi oila instituti sohasida yagona davlat
siyosatini yurituvchi tizim sifatida tashkil etildi. Markazning asosiy vazifasi davlat
va jamoat tashkilotlari, parlament, siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari
hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini Oʻzbekiston oilalarini
mustahkamlash gʻoyasi atrofida birlashtirish, bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirib
borish, mamlakatda faqat sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat ustuni boʻla olishini aholi
ongiga singdirish, ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish orqali oila
institutini mustahkamlash etib belgilangani mamlakatimizda bu borada mutlaqo
yangi bosqichdagi saʼy-harakatlar boshlanganidan dalolat beradi.
“Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, baxtli bo‘lsa, vatan tinch bo‘ladi. O‘sha
baxtli kunlarni, vatanimizning, yoshlarimizning kamolini hozir niyat qilayotganimiz
kabi ko‘rish hammamizga nasib etsin!”, — deya ta’kidlagan edi O‘zbekiston
Prezidenti1.
Konstitutsiyaning 77-moddasida: “Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi
shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim
olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik
qilishga majburdirlar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni hamda ota-onasining
vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning ta’lim
olishini, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishini ta’minlaydi, shu
maqsadda xayriya faoliyatini rag‘batlantiradi”,-deyilgan. Bu modda mazmuni
oldingi asosiy qonunimizdagi 64-moddaning mazmuniga ko’ra birmuncha
kengaytirilgan. Davlat va jamiyatning yetim va ota-ona vasiyligidan mahrum
bo’lgan bolalarning sog’lig’i, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishini
ta’minlashligi ta’kidlangan.
Oldingi Konstitutsiyaning 65-moddasining mazmuni yangi tahrirdagi
Konstitutsiyaning 78- va 79-moddalarida aks etgan va kengaytirilgan. Jumladan,
yangi tahrirdagi Konstitutsiya 78-moddasida “Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi
va fuqarolik holatidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Bolaning huquqlari,
erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish, uning
jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-
sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.
Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Davlat va
jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni,
mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik
va Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish to‘g‘risida
g‘amxo‘rlik qiladi”,-deyilgan. Ushbu moddada bolalarning qonun oldida tengligi
tamoyili o’z aksini topgan va shu bilan birga bolalarning qonuniy manfaatlarini
davlat tomonidan muhofazasi xususiyatlari aniq berilgan hamda bolalarda milliy va
1
Prezident:
«Oila
kichik
vatan,
oila
tinch
bo‘lsa,
baxtli
bo‘lsa,
vatan
tinch
bo‘ladi».
https://www.xabar.uz/uz/siyosat/prezident-oila-kichik-vatan