O‘ZBEKISTONDA MAXSUS YORDAMGA MUXTOJ BOLALAR UCHUN
TASHKIL ETILGAN MUASSASALAR.
Reja:
1. Xalq ta’limi vazirliga qoshidagi maktabgacha va maktab yoshigacha bolalar
uchun tashkil etilgan maxsus ta’lim – tarbiya muassasalari.
2. Sog’liqni saqlash vazirligi qoshidagi muassasalar.
3. Ijtimoiy ta’minot vazirligi qoshidagi muassasalar.
4. Nuqsonli bolalarni maxsus muassasalarga saralash.
Tayanch iboralar.
T.P.K. - tibbiy pedagogik komissiya
B.S.F.- bolalar serebral falaji.
Jamiyatimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biri buyuk Vatanimizning
kelajagini yaratuvchi yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlarni
tarbiyalashdir. Bu ishni amalga oshirishda, ya’ni sog’lom avlodni shakllantirish
ishlarida oila asosiy o’rinni egallaydi.Bugungi kunda har bir oila bolaning unga
bitilgan sog’lom tarbiya ertangi kun yaratuvchisini sog’lom bo’lib yetishishini
ta’minlaydi.
“Sog’lom avlod uchun”, “Oila kodeksi”, “Ta’lim” to’g’risidagi qabul qilingan
qarorlar va dasturlar nogironlikni oldini olish ularning muhitini yaxshilash, ilk bor
nogironlikni aniqlash, saralash, maxsus ta’lim-tarbiya berish va korreksion-
pedagogik ishlar orqali korreksiyalash, kasbga yo’naltirish, jismoniy tarbiyalash,
nogironlar bilan ishlash uchun kadrlar tayyorlash masalalari yoritilgan.
Respublikamizda qabul qilingan “Bolalik ” nogironligi masalalari, ularga
g’amxo’rlik qilish, hayotga moslashtirish ishlarini tashkil etish konsepsiyasi
umumjahon tajribalariga asoslangan xolda ishlab chiqilgan bo’lib, nuqsonni
bartaraf etishni faollashtirishning qo’yidagi dolzarb muammolarini hal etishni va
amalga oshirishni maqsad qilib qo’yadi.
O’zbekistonda maxsus ta’lim tizimi umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib,
sivilizatsiya yutuqlaridan foydalangan holda rivojlanib borishni talab etadi.
Ommaviy va maxsus maktab va maktabgacha muassasalar o’rtasidagi to’siqlarni
yo’qotish yangi turdagi ta’limni tashkil etish.
Har bir oila, mahalla hududida yashovchi nogiron bolani erta aniqlash,
saralash.
Yoshlar, yangi turmush qurgan oilalar orasida axborot vasitalari orqali
tashviqot ishlarini olib borib, nogironlik muammolari haqida tushunchalar hosil
qilish.
Nogiron bolalarni aniqlash, o’rganish ishlarini takomillashtirish.
Oilada yashovchi murakkab nuqsonli bolalar uchun maxsus murabbiylar
uylarini tashkil etish va korreksion ishlarini takomillashtirish.
Oila hamkorligida jismoniy, ruhiy nuqsonli bolalar va o’smirlarni ijtimoiy
foydali mehnatga jalb etish.
Respublikamizda nuqsonli bolalarga yordam ko’rsatish uch yo’nalishda: xalq
ta’limi, sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vazirliklari orqali olib boriladi.
Xalq ta’limi vazirligi qoshida tashkil etilgan muassasalar.
Aqli zaif bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalari, yordamida
maktab, maktab internatlari mavjud. Maxsus maktabgacha muassasalarga 3-6
yoshdagi debil bolalar qabul qilinadi. Bolalar uylariga yetimlari, bog’chalarga ota-
onasi bor bolalar qabul qilinadi. Maxsus bog’chalarda bolalar maktabga
tayyorlanadi.
Yordamchi maktab, maktab internatlariga 7 yoshdan debil bolalar qabul
qilinadi. Sinflarda o’quvchilar soni, 12 tagacha bo’ladi. Maxsus muassasalarda
oliygofpedagog, vrach, psixolik, logoped, tarbiyachilar ishlaydilar. Muassasalarda
komplektlash T.P.K tomonidan amalga oshiriladi.
Eshitishida nuqsoni bor bolalar uchun kar, zaif eshituvchilar, ta’lim
muassasalari, maktab internatlari mavjud yasli bog’chalarga 1.5 yosh, bog’chasiga
uch yoshli bolalar qabul qilinadi. Guruhlarda 10-12 ta murakkab nuqsoni bo’lgan
bolalar guruhlarida 8 ta bola tarbiyalanadi.
Maktab internatiga 7 yoshdan bola qabul qilinadi. Sinfda 10-12 nafar,
murakkab nuqsonli bolalar sinfda 5-7 ta o’quvchidan iborat bo’ladi. Maxsus
muassasalarda surdopedogog, vrach, logoped, tarbiyachilar ishlaydi. Maxsus
muassasalarga komplektlash TPK tomonidan amalga oshiriladi.
Ko’rishda nuqsoni bor bolalar uchun ko’r, zaif ko’ruvchi maktabgacha ta’lim
muassasalari, maktab internatlari mavjud.
Maktabgacha ta’lim muassasalarga 2-3 yoshdan bolalar qabul qilinadi.
Guruhlarda 10-12 ta bolalar bo’ladi. Muassasalarda bolalar maktab ta’limiga
tayyorlanadi.
Maxsus maktab internatlarida, ko’r va zaif ko’ruvchi bolalar 7 yoshdan
maktabga qabul qiladi. Bu muassasalarning maqsadi bolalarning buzilgan ko’rish
funksiyalarini imkor qadar tiklash va rivojlantirish, bolalarni tarbiyalash, davolash
ishlaridan iborat.
Ko’r, ko’zi ojiz , aqlan zaif bo’lgan bolalar uchun maktab internatlari
mavjud. Sinflarda 12 ta o’quvchi, murakkab sinflarda 5-7 ta o’quvchidan iborat. Bu
muassasalarga bolalar TPK tomonidan yuboriladi. Muassasalarda tiflopedagog,
vrach oftalmolog, psixolog tarbiyachilar ishlaydi.
Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun maktab internatlar mavjud.
Harakat- tayanch azolari jarohatlangan bolalar uchun maktabgacha ta’lim
muassasalari, maktab internatlar mavjud. Bu muassasalarga o’zi mustaqil harakat
qila oladigan bolalar (bolalar serebral falaj) qabul qilinadi. Maxsus muassasalarga
bolalar TPK tomonidan yuboriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarga 3 yoshdan 6 yoshgacha bolalar, maktab
internatiga 7 yoshdan o’quvchilar qabul qilinadi. Muassasalarda o’qituvchilar,
tarbiyachi, logoped, defektolog ishlaydi.
Nutq bog’ chalarida 3 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalar, nutqi umuman
rivojlanmagan bolalar guruhi, bolalarni umumta’lim maktablari yoki nutq
maktablaridan bilim olish uchun tayyorlaydi. Duduqlanuvchi bolalar guruhi
umumta’lim yoki nutq maktablaridan bilim olish uchun tayyorlanadi.
Poliklinikalar qoshida logopedik punktlar mavjud, bo’lib, nutq nuqsonlarini
oldini olish va bartaraf etish ishlari olib boriladi.
Sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli muassasalar.
Maktabgacha tarbiya yoshdagi aqli zaif bolalar uchun psixonevrologik
sanatoriyalar, maxsuslashtirilgan kasalxonalarga bolalar bo’limi, maxsus bolalar
uyida (tug’ulgan 3-4 yoshgacha) yoshlarga (1-3 yoshgacha) klinik jihatdan
murakkab guruh ya’ni serebral falajning turli formalari, daun, inbisil bolalar qabul
qilinadi.
Psixonevrologik sanatoriya maxsus va uzoq vaqt davolash kerak bo’lgan
bolalarga xizmat qiladi.
Sanatoriyalarda harakat-tayanch apparatlaridan nuqsoni bo’lgan bolalar, aqli
zaif bolalar davolanadi.
Psixonevrologik sanatoriyalarga, nevrozlar, serebrosteniya, markaziy
sestemasining erta jarohatlanishi natijasida nevrotik holatlar miya funksiyasida
somatok kasalliklari bo’lgan bolalar davolanadilar. Bu yerda nuqsonlarni
korreksiyalashga qaratilgan pedagogik ishlar olib boriladi.
Maxsuslashtirilgan kasalxonalarning bolalar bo’limida maxsus davolash
kursini o’tash yoki tashhisini aniqlash uchun yuboriladi. Kasalxonalarda bolalar
qisqa vaqt bo’lishlariga qaramay, ruhiy xolati yaxshilanish, rivojlanish, nutqini va
dunyoqarashini rivojlantirish ishlari amalga oshiriladi.
Sanotoriyalarning vazifasi bolalar nutq buzilishini tuzatish va bartaraf etish
maqsadida davolash, sog’lomlashtirish va logopedik tadbirlarni tashkil etishdan
iborat.
Maktab yoshdagi bolalar bilan umumta’lim fanlari bo’yicha sinflarga mos
holda o’qitish ishlari olib boriladi.
Ishtimoiy ta’minot vazirligiga qarashli muassasalar. Ishtimoiy ta’minot
vazirligiga qarashli maktabgacha bolalar uylarida, bolalar uylariga 4-yoshdan 10
yoshgacha imbesil bolalar qabul qilinadi. Ko’r, kar, saqov bolalar uchun bolalar
uylari mavjud. Imbisil va idiot darajasidagi chuqur aqli zaif bolalar uchun
maktabgacha tarbiya va tayyorlash guruhlaridagi tarbiyaviy ishning asosiy
maqsadi, ularning psixik va jismoniy nuqsonlarini kompensatsiya qilish va
mehnatga tayyorlashdir.