O‘zbekistonda olimpiya harakatining rivojlanishi
Reja:
1. Mustaqil O‘zbekiston Respudlikasida olimpiya harakatining yangi bosqichi.
2. O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasining (O‘zMOQ) tashkil topishi
(1992).
3. O‘zMOQ Nizomi Olimpiya xartiyasiga mos ravishda tuzilgan xujjat sifatida.
4. O‘zMOQning XOQ tomonidan tan olinishi. O‘zMOQning maqsadi va
vazifalari.
5. O‘zbekiston MOQning tarkibi va asosiy organlari.
6. O‘zMOQ prezidentlari.
7. O‘zbekiston Respublikasi Olimpiya Akademiyasi, unung maqsadi va
vazifalari.
8. O‘zbekiston Olimpiya Shon-shuhrati muzeyi.
9. O‘zbekiston sportchilarining Olimpiya o‘yinlari, Osiyo o‘yinlari, Paralimpiya
va Paraosiyo o‘yinlari, Jahon Universiadalari, Jahon Yoshlar o‘yinlaridagi
ishtiroki va yutuqlari.
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti mustaqillikka erishish va
uning istiqbolida aholi salomatligining o‘ta qimmatliligini va unga ega bo‘lish
yo‘llarini katta ko‘tarinkilik bilan izhor qilib bergan, Ya’ni: «Bizning zaminimiz
polvonlar va botirlarini mehr bilan tarbiyalab kelmoqda. Bugungi kunda hamma
joyda sportning milliy turlari qayta tiklanmoqda... o‘zining salomatligi haqida
shaxsan g‘amxo‘rlik qilib borish madaniyatini yoshlikdan, maktab, mahalla,
sog‘liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sportning ko‘magida singdirish kerak»,
- deb haqli ravishda aytgan.
27-rasm. XOQ prezidenti Xuan Antoniyo Samaranj tomonidan birinchi
prezidentimiz I.A. Karimovga berilgan oltin orden.
O‘zbekiston olimpiya harakati Xalqaro olimpiya harakatining tarkibiy qismi
bo‘lib, uning maqsadi olimpiya harakati printsiplarini ommalashtirish, jismoniy
tarbiya va sportni rivojlantirishga kumaklashish, sport sohasida halqaro hamkorlikni
mustahkamlash, Olimpiya o‘yinlarida hamda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi
boshchiligida o‘tkaziladigan boshqa xalqaro sport tadbirlarida ishtirok etishdan
iboratdir.
O‘zbekiston olimpiya harakati O‘zbekiston olimpiya ko‘mitasi – respublika
nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan boshqariladi, ushbu qo‘mita o‘z faoliyatini
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, Xalqaro olimpiya ko‘mitasining
Olimpiya xartiyasiga hamda o‘z ustaviga muvofiq amalga oshiradi. Davlat
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga o‘z ustavida belgilangan maqsadlarini
amalga oshirishiga har tomonlama ko‘maklashgan holda O‘zbekiston olimpiya
harakatini tan oladi va qo‘llab-quvvatlaydi (27-rasm).
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi:
olimpiya harakati printsiplarini ommalashtiradi, yuksak yutuqlarga
erishiladigan sportni va ommaviy sportni rivojlantirishga ko‘maklashadi;
Xalqaro olimpiya qo‘mitasining Olimpiya xartiyasiga muvofiq Olimpiya
o‘yinlarida hamda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi boshchiligida o‘tkaziladigan boshqa
xalqaro sport tadbirlarida O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish yuritadi;
Sportchilarni Olimpiya o‘yinlarida hamda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi
boshchiligida o‘tkaziladigan boshqa xalqaro sport tadbirlarida ishtirok etishga
tayyorlashning zarur darajasini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab
chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Sportda dopingning oldini olish hamda unga qarshi kurashishga,
shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida kamsitish va zo‘ravonlikning har
qanday shakllari yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashadi;
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining hamda O‘zbekiston Milliy olimpiya
qo‘mitasining olimpiya ramzlari, shiori, bayrog‘i, madhiyasidan,”olimpiya”,
“olimpiada”
nomlaridan
foydalanishga
bo‘lgan
haquqlarini
O‘zbekiston
Respublikasi hududida himiya qilish choralarini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi o‘z vakolatlarini maxsus vakolatli
davlat organi, sport federatsiyalari (uyushmalari) hamda boshqa tashkilotlar bilan
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston sportchilari ko‘pgina nufuzli xalqaro sport
musobaqalarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.
O‘zbekiston mustaqilligi davomida jismoniy tarbiya va sport ishlari ancha
rivoj topdi. Ommaviylik asosida sport mahoratlarni oshirish ancha o‘shdi. Futbol,
tennis, o‘zbek kurashi, boks, sharqona yakka kurashlar (karate, dzyu-do, taekvando,
ushu, qo‘l to‘pi va h.k.) yoshlar orasida tobora ommalashmoqda. Buning eng asosiy
sabablari shundaki, «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonun hamda qator
qarorlarini amalga oshirishda katta tadbirlar o‘tkazildi. Ularning natijalari esa
respublikada o‘tkazilgan sport musobaqalari, xalqaro turnirlar va sportchilarning
Osiyo va jahon birinchiliklarida ishtirok etishi, erishilgan yutuqlar mazmunida
namoyon bo‘lmoqda.
28-rasm. Milliy Olimpiya qo‘mitasini bosh assotsasiyasining birinchi
prezidentimiz I.A. Karimovga taqdim qilingan oltin orden
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi o‘z vakolatlarini maxsus vakolatli
davlat organi, sport federatsiyalari (uyushmalari) hamda boshqa tashkilotlar bilan
vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston sportchilari ko‘pgina nufuzli xalqaro sport
musobaqalarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.
O‘zbekiston mustaqilligi davomida jismoniy tarbiya va sport ishlari ancha
rivoj topdi. Ommaviylik asosida sport mahoratlarni oshirish ancha o‘shdi. Futbol,
tennis, o‘zbek kurashi, boks, sharqona yakka kurashlar (karate, dzyu-do, taekvando,
ushu, qo‘l to‘pi va h.k.) yoshlar orasida tobora ommalashmoqda. Buning eng asosiy
sabablari shundaki, «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi qonun hamda qator
qarorlami amalga oshirishda katta tadbirlar o‘tkazildi. Ularning natijalari esa
respublikada o‘tkazilgan sport musobaqalari, xalqaro turnirlar va sportchilarning
Osiyo va jahon birinchiliklarida ishtirok etishi, erishilgan yutuqlar mazmunida
namoyon bo‘lmoqda (28-rasm).
O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish, tennis, boks va kurash bo‘yicha
xalqaro turnirlar o‘tkazish haqidagi hukumat qarorlari muhim ahamiyatga egadir.
Ayniqsa, «O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi
qarori barcha davlat idoralari hamda nodavlat va jamoat tashkilotlari oldiga katta
mas'uliyatlarni yukladi. Shu asosida aholining barcha tabaqalari va ishlab chiqarish,
savdo, tijorat, tarbiya, o‘quv muassasalari sohalarida jismoniy tarbiya va sportni
keng yo‘lga qo‘yish masalalari jiddiy vazifa bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining Farmoni bilan 1993 yil
martda «Sog‘lom avlod uchun» ordeni ta’sis etildi. Uning nizomida ifodalanishicha
ta’lim-tarbiya hamda tibbiyot maskanlarida a’lo darajada xizmat qilgan xodimlar,
rahbarlar va bu sohaga ulkan hissa qo‘shgan shaxslarga I-III darajali ordenlar
berilmoqda. Respublikaning deyarli barcha viloyatlardagi jismoniy tarbiya
o‘qituvchilari, BO‘SMning murabbiy va rahbarlari, sport tashkilotlarining mas'ul
xodimlari bu orden bilan mukafotlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning «Ta’lim-
tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni
voyaga yetkazish to‘g‘risida»gi Farmoni (1997yil 10 oktabr), O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi qarori va boshqa rasmiy
hujjatlar asosida «Sog‘lom avlod» davlat dasturi» ishlab chiqildi va amalga
oshirilmoqda. Dasturning asosiy yo‘nalishi tibbiyot, ta’lim, mahalla va boshqa
sohalarda aholining salomatligini muhofaza qilish, sog‘liqni yaxshilash bo‘yicha
ta’lim-tarbiya jarayonlarini yanada yaxshilash, bunda oila, mahalla va mehnat
jamoalarda ijtimoiy turmush sharoitni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni maqsadli
o‘tkazish ko‘zda tutildi. Eng avvalo, «Sog‘lom ona va sog‘lom bola» shiori ustuvor
bo‘lishi ta’kidlangan.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida xalqaro sport harakatida
munosib o‘rin egallashga bor imkoniyatlarini ishga soldi.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti «O‘zbekiston kelajagi buyuk
davlat» shiorini faqat yurtimizdagina emas, balki taraqqiy qilgan mamlakatlar
orasida ham chuqur va keng tarqalishiga erishdi. Bunda xalq xo‘jaligining barcha
tarmoqlari kabi jismoniy tarbiya va sport harakatiga ham alohida e’tibor berildi.
O‘zbekiston sobiq Ittifoq davrida jahon sport hamjamiyatlariga a’zo bo‘lgan
emas. Sharq va g‘arb mamlakatlari bilan sport aloqalar u yoki bu darajada olib
borilgan bo‘lsada, u ham faqat sho‘rolar hukumati ruxsati va nazorati ostida
o‘tkazilgan.
Xalqaro sport va Olimpiya harakatining keng rivojlanishi, qit’alarda turli xil
sport musobaqalari, qit’a o‘yinlarining o‘tkazilishi, jahon chempionatlari va
Olimpiya o‘yinlarining an’anaviy tashkil etilishi har bir mamlakatda sport turlarini
rivojlantirishni qadimdan taqozo etib kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasi (O‘zMOQ)
O‘zbekiston Respublikasi MOQ 1992 yil 21 yanvarda Toshkent shahrida
chaqirilgan ta’sis konferensiyasi qarori bilan tashkil topgan. O‘zbekiston mustaqil
davlat sifatida xalqaro sport hamjamiyatlariga a’zo bo‘lib kirish maqsadida Milliy
Olimpiya qo‘mitasini tashkil etdi. XOQ Olimpiya xartiyasi asosida va jahon sport
harakatining ilg‘or tajribalariga tayanilgan holda MOQ nizomi ishlab chiqildi va
qabul qilindi. 1993 yil sentyabrda bo‘lib o‘tgan XOQning 101-sessiyasida
O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi XOQ tomonidan tan olingan.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi – bu muntazam faoliyat
ko‘rsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotdir. O‘zMOQ o‘z faoliyatini O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligi, Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining Olimpiya xartiyasi
hamda O‘zMOQning Nizomi asosida amalga oshiradi. O‘zbekiston Milliy olimpiya
qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
O‘zbekistonda Olimpiya harakatini rivojlantirish, olimpizm g‘oyalarini
keng targ‘ib etish;
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi, Osiyo Olimpiya Kengashi, boshqa
mamlakatlar milliy olimpiya qo‘mitalari, Xalqaro sport federatsiyalari va
uyushmalari bilan hamkorlik qilish, XOQning “Olimpiya birdamligi” dasturida
ishtirok etish;
Mamlakat terma jamoalari va sport zaxiralarini tayyorlashda davlat,
jismoniy tarbiya va sport tashkilotlariga ko‘maklashish;
Respublika aholisini jismoniy va ma’naviy tarbiyalashga, jismoniy
tarbiya va sport, milliy sport turlarini, nogironlar o‘rtasida sportni rivojlantirishni
ta’minlash;
Yoshlarni boshqa mamlakatlar sportchilari bilan do‘stlik va
birodarlikni mustahkamlash, musobaqalarda halol kurashish, raqibiga olijanoblik
bilan munosabatda bo‘lish tamoyillari asosida tarbiyalash;
O‘zbekiston sportchilari yutuqlarini keng targ‘ib qilish;
Sport kadrlari o‘rtasida tajriba almashish, ular malakalarini oshirish
uchun anjumanlar tashkil etish.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Milliy olimpiya qo‘mitalari
assotsiatsiyasi – ANOKning teng huquqli a’zosidir.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi tarkibi quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti, bosh kotibi, vitse-
prezidentlari va a’zolaridan;
Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan milliy sport federatsiyalari
vakillaridan;
Sportning olimpiya turlari bo‘lmagan hamda milliy sport federatsiyalari
vakillaridan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sport
tashkilotlari vakillaridan;
Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari bo‘lgan sportchilar vakillaridan
hamda boshqa alohida shaxslardan iboratdir.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining rahbar organlari:
Bosh assambleya;
Ijroya qo‘mita;
Ijroya qo‘mita byurosi hisoblanidi.
Bosh assambleyalar oralig‘ida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi
faoliyatiga Ijroya qo‘mita rahbarlik qiladi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining quyidagi doimiy komissiyalari
mavjud:
Atletlar komissiyasi;
Ayollar va sport komissiyasi;
Sport va atrof-muhit komissiyasi.
1993 yil 18 aprelda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzurida
Olimpiya akademiyasi tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi MOQ prezidenti etib O.Nazirov saylandi. U bir
vaqtda respublika Davlat sport qo‘mitasining raisi ham edi. Bu XOQ xartiyasi va
O‘zbekiston Respublikasi MOQ nizomiga to‘g‘ri kelmas edi. Shunday bo‘lsada,
respublika sharoiti va moddiy-texnik hamda moliyaviy ta’minlashning ba’zi bir
sabablariga ko‘ra rahbarlik ishlari davom etdi.
Avval MOQ vitse-prezidenti bo‘lgan S.Ro‘ziyev keyinchalik (1994) MOQ
Prezidenti etib saylandi. Bu esa xartiya va nizom talablariga to‘la asoslandi.
Nizomga ko‘ra MOQ faoliyatini yurituvchi ijroqo‘m, a’zolari, Olimpiya
akademiyasi va boshqa tuzilmalar tashkil etildi.
O‘zbekistonda olimpiya harakatining rivojlanish bosqichlari
I - bosqich
II- bosqich
1952–1992 yy.
1992 – hozirgi davrgacha
Umumiy xususiyatlari
O‘zbekiston
sportchilari
Olimpiya
o‘yinlarida sobiq ittifoq terma jamoasi
tarkibida ishtirok etgan.
Mustaqil
O‘zbekistonda
olimpiya
harakatining
tashkiliy
tuzilmalari
shakllandi: MOQ, O‘zOA va h.k.
O‘zbekiston
sportchilarining
sobiq
ittifoq terma jamoasi tarkibidagi soni bir
nechta
nafar
ishtirokchilar
bilan
chegaralangan.
O‘zbekiston
Respublikasi
terma
jamoasining
Olimpiya
o‘yinlarida
ishtiroki xalqaro olimpiya harakatining
qoidalari asosida shakllandi.
Sobiq
ittifoq
markaziy
organlari
tomonidan tanlab olingan sportchilar
sobiq ittifoq terma jamoasi tarkibiga
kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi sportchilari
Olimpiya o‘yinlari va xalqaro sport
musobaqalarida mustaqil jamoa sifatida
qatnashish huquqiga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston sportchilarining olimpiya
o‘yinlaridagi g‘alabasi sharafiga sobiq
ittifoqi madhiyasi chalingan va qizil
bayrog‘i ko‘tarilgan.
O‘zbekiston sportchilarining olimpiya,
osiyo,
paralimpiya
o‘yinlaridagi
g‘alabasi
sharafiga
o‘zbekiston
respublikasi
davlat
madhiyasi
yangraydi
va
davlat
bayrog‘i
ko‘tariladi.
O‘zbekistonda sobiq ittifoq davrida
olimpiya g‘oyalarini targ‘ibot qilish
ishlari yo‘lga qo‘yilmagan.
O‘zbekiston Respublikasida olimpizm,
olimpiya ta’limi va olimpiya sport
turlarini
targ‘ibot
qilish
bo‘yicha
markazlar tuzildi.
Respublika MOQ o‘zining Kongresslari va boshqa rasmiy yig‘ilishlarida eng
muhim masalalarni muhokama qilmoqda. Bunda rejalarni tasdiqlash, ijrolar
natijalarini eshitish, xalqaro Olimpiya harakatida ishtirok etish, olimpiya g‘oyalarini
keng yoyish eng muhimi sportchilarni Osiyo, jahon chempionatlari, xalqaro turnirlar
va Olimpiya o‘yinlariga tayyorlash bilan bog‘liq masalalarni doimiy ravishda
muhokama qilib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi MOQning ichki tuzilishi va asosiy maqsad hamda
vazifalari. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi tarkibiga 127 nafar vakil a’zolar
va 11 nafar fahriy a’zolar kiradi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi faoliyatining asosiy maqsadlari:
olimpiya harakati va havaskorlar sportini rivojlantirish, Olimpiya xartiyasi asosida
mamlakatda olimpizm tamoyillarini himoya qilishga yordam berish; Olimpiya
o‘yinlarida Respublika sportchilarining ishtirok etishini ta’minlashdan iborat.
MOQning Oliy organi Bosh assambleya bo‘lib, har yilda bir marta
chaqiriladi. Favqulotda assambleya majlisi Prezident tomonidan yoki Ijroiya
qo‘mita tomonidan chaqirilishi mumkin.
Bosh assambleyalar oralig‘idagi davr ichida davlatimizda olimpiya
harakatiga rahbarlik qilish MOQ Ijroiya qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Uning tarkibiga prezident, 3 ta vitse-prezident, bosh kotib, bosh direktor va 7 nafar
a’zolar kiradi. Ular 4 yil muddatga saylanadi.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qomitasining asosiy vazifalari
Ichki vazifalar
Tashqi vazifalar
O‘zbekistonda
olimpiya
harakatini
Olimpiya
xartiyasining
asosiy
tamoyillari asosida rivojlantirish
Xalqaro sport maydonida O‘zbekiston
Respublikasi mavqeini oshirish va
mustahkamlash
Respublika aholisining ma’naviy va
jismoniy tarbiya ishlariga hissa qo‘shish
O‘zbekiston
Respublika
sport
delegatsiyasini
Olimpiya,
Osiyo,
Paralimpiya,
Jahon
yoshlar
o‘yinlaridagi
ishtirokini
ta’minlab
berish
O‘zbekistonda
ommaviy
jismoniy
tarbiya va sport, milliy sport turlari,
nogironlar sportini rivojlantirish
XOQ ning “Olimpiya hamkorligi”
dasturida ishtirok etish, Osiyo olimpiya
kengashi, XSF va MOQlar bilan
aloqalarni rivojlantirish
Mamlakatimizda terma jamoalari va
sport zahiralarini tayyorlashda davlat va
jamoat tashkilotlariga yordam berish
Respublika sport federatsiyalari va sport
tashkilotlariga
xalqaro
sport
birlashmalari bilan hamkorlik ishlariga
ko‘maklashish
Yoshlarni xaqqoniy sport bellashuvi,
xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va
do‘stlik ruhida tarbiyalash
MOQ vakolati doirasidagi masalalar
bo‘yicha chet el firma va tashkilotlari
bilan hamkorlik ishlarini yo‘iga qo‘yish
O‘zbekistonda
olimpizm,
olimpiya
ta’limi va olimpiya sport turlarini
targ‘ibot qilish, sport kadrlarining
malakasini oshirish va tajriba almashish
bo‘yicha anjumanlar, seminarlar tashkil
qilish
Xalqaro
sport
tashkilotlarida
O‘zbekiston olimpiya harakati va sport
tashkilotlarining manfaatini himoya
qilish
Mamlakatimizda sportni rivojlantirish
maqsadida homiylik jamg‘armalar va
tashkilotlarini
tuzishni
qo‘llab
quvvatlash;
sport
faxriylari,
murabbiylar, xakamlar manfaatlarini
himoya qilish
Xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lish va
ular bilan hamkorlik qilish; turli xudud
va mamlakatlarning sport tashkilotlari
bilan shartnoma tuzish
Respublikaning xalqaro sport tashkilotlari bilan olib borayotgan o‘zaro
munosabatlari va aloqalarida birinchi Prezident I.A.Karimovning hissasi g‘oyat
kattadir. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining bosh shtabida birinchi Prezidentimizning
Olimpiada oltin ordeni bilan mukofatlanishi, XOQ Prezidenti X.A.Samaranchning
bir necha marotaba yurtimizga tashrifi, (1994-1995). Arab mamlakatlari, Osiyo
o‘yinlari Kengashining Prezidenti va Yunesko xalqaro tashkilotlarning rahbarlari,
mas'ul xodimlari O‘zbekistonga kelishi muhim voqea bo‘ldi. Shular natijasida 1996-
yil avgustda Toshkentda «Olimpiya shon-shuhrat» niuzeyi ochildi. Unda
mamlakatimiz sport tarixi, olimpiya harakati, sportchilarning erishgan yutuqlari o‘z
ifodasini topdi. O‘tgan davrlarda muzeyni tomosha qilish uchun Fransiya, Italiya,
Germaniya, Angliya, Shvetsiya, Rossiya, Bolgariya va juda ko‘p Yevropa, Osiyo
Afrika, Amerika, Avstraliya qit’alaridagi mamlakatlarning rasmiy kishilari,
sayohatclIIlari va sportchilari kelib ketishdi. Mazkur muzey respublika sportini
targ‘ibot qilishning markaziy maskanlaridan biriga aylanmoqda.
Respublika
Milliy
Olimpiya
qo‘mitasi
(MOQ)
xodimlari,
sport
federatsiyalarning rahbarlari, olimlar va boshqa rasmiy kishilar XOQ joylashgan
Lozzana va juda ko‘p mamlakatlarning MOQ huzurida bo‘lib, Kongresslar,
sessiyalar va ilmiy anjumanlarda ishtirok etmoqda.
Ayniqsa, O‘zbek kurashini o‘rganish va o‘rgatish borasida respublika
murabbiylari Hindiston, Janubiy Afrika Respublikasi, Avstraliya, Afrika, Amerika
va Yevropa qit’alariga borib kelishmoqda. O‘z navbatida barcha qit’alarning rasmiy
vakillari O‘zbekistonda bo‘lib, kurash va boshqa sport turlari bo‘yicha tajribalar
almashishmoqda. Bu esa sportchilarning xalqaro turnirlar, o‘rtoqlik uchrashuvlar va
boshqa musobaqalarni tashkil qilishga zamin tayyorlamoqda.
O‘zbekiston Respublikasi MOQning tashkil etilishi xalqaro sport aloqalarni
yanada kengaytirish, olimpiya g‘oyalarini aholi o‘rtasida singdirish va eng muhimi,
sportchilarni xalqaro sport musobaqalariga tayyorlashda muhim voqea bo‘ldi.
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi Prezidenti Xuan Antonio Samaranchning
vatani – Barselonadagi XXV Olimpiya o‘yinlari 1992 yil 24 iyul – 9 avgust kunlari
bo‘lib o‘tdi. Barselona yaqinida eng zamonaviy “Olimpik” sport shaharchasi barpo
etildi. Olimpiada mash’alasi bilan estafeta yugurishida mamlakat qiroli Xuan Karlos
ham ishtirok etdi.
Bu vaqtda jahon haritasida katta o‘zgarishlar ro‘y bergan edi. Sovet davlati
parchalanib ketib, sobiq Ittifoq tarkibida bo‘lgan respublikalar Xalqaro Birlashgan
Millarlar Tashkiloti tomonidan mustaqil davlatlar sifatida tan olingan edi. Ularning
Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish masalasini XOQ tezlik bilan hal etishi kerak edi.
XOQ Latviya, Litva va Estoniyaning ikkinchi jahon urushiga qadar ularning
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasidagi a’zoliklarini tikladi. Bu respublikalar Barselonada
o‘z davlatlari milliy olimpiya jamoalari tarkibida ishtirok etishlarga ruxsat berildi.
Qolgan yangi mustaqil davlatlarning sportchilari esa bu mamlakatlarda
milliy olimpiya qo‘mitalari tashkil etilib, ular XOQ tomonidan tan olinishiga qadar
Olimpiya o‘yinlarida Birlashgan Davlatlar Hamdo‘stligi jamoasi tarkibida
qatnashishga ruxsat berildi. MDH Birlashgan jamoasining tashkil etilishi majburiy
chora bo‘lib, ramziy xususiyatga ega edi. Chunki bu Birlashgan jamoa tarkibidagi
har bir mustaqil davlat vakillari olimpiya o‘yinlarida qatnashayotgan boshqa milliy
olimpiya jamoalari a’zolari ega bo‘lgan barcha huquqlarga ega edilar.
Mustaqillik sharofati bilan O‘zbekiston Respublikasi sportchilari ham jahon
sport musobaqalarining eng oliysi hisoblangan Olimpiada o‘yinlarida o‘z davlatlari
nomini dunyoga tanitdilar. MDH Birlashgan jamoasi tarkibiga O‘zbekiston
Respublikasining 17 nafar sportchisi kiritildi. Ular 3 oltin, 2 kumush va 1 bronza
medalini qo‘lga kiritdilar.O‘zbekiston sharafini O.Chusovitina, R.Galieva,
M.Shmonina, S.Sirtsov, A.Asrabaev, V.Zaharevich, A.Grigoryan va boshqalar
himoya qildilar. Barselonada Olimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan MDH Birlashgan
jamoasi sportchilari sharafiga Olimpiya bayrog‘i ko‘tarilib, Olimpiya madhiyasi ijro
etildi.
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq jismoniy tarbiya va
sportni, shu jumladan, sportning olimpiya turlarini rivojlantirishga alohida e’tibor
berildi. Davlatimiz parlamenti tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi
qonunining qabul qilinishi huddi shundan dalolat beradi.
Mamlakatda milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini tiklash, ularni
ommalashtirish va keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratila boshlandi. 1994 yilda
birinchi marta Jizzah viloyatining Forish tumanida 1 Xalq o‘yinlari festivali
o‘tkazildi. O‘sha davrdan boshlab muntazam ravishda, har ikki yilda bir marta (1998
yildan “Alpomish” milliy sport turlari va o‘yinlari festivali nomi bilan)
o‘tkazilmoqda. Festivallarda Xalq o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar bilan bir qatorda
ilmiy amaliy anjumanlar ham o‘tkaziladi.
1999 yildan esa xotin-qizlar o‘rtasida “To‘maris” milliy sport turlari va Xalq
o‘yinlari festivali ham o‘tkazila boshlandi.
1992 yil 21 yanvarda Toshkentda O‘zbekiston Milliy Olimpiya
Qo‘mitasining ta’sis konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi. XOQning 1993 yil sentyabrda
bo‘lib o‘tgan 101 sessiyasida O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi XOQ
tomonidan tan olindi.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Birlashgan jamoasini 1992-yil 8-23-fevral
kunlari Fransiyaning Albervil shaxrida bo‘lib o‘tgan XVI qishki Olimpiyadaga,
keyin XVI olimpiya o‘yinlariga tayyorlash va muvaffaqiyatli ishtirok etishni
ta’minlash juda murakkab muammolarni hal etishni talab qilardi. Olimpiyadachilar
O‘yinlarga tayyorgarlik mashqlarini o‘tkazadigan sport bazalari bu paytda turli
yangi mustaqil davlatlarga tegishli edi. Olimpiada har bir sport turida MDH
Birlashgan jamoasi tarkibida ishtirok etadigan sportchilar, ularga murabbiylik
qiladigan mutaxassislarni tanlash ham oson kechmadi.
Shu kabi muammolar va tabiy qiyinchiliklarga qaramasdan MDH Birlashgan
jamoasi Barselonadagi 1992-yil 24 iyul – 9 avgust kunlari bo‘lib o‘tgan XXV
Olimpiya O‘yinlarida boshqa davlatlar olimpiyadachilari, mutaxassislari hamda
sport ixlosmandlari uchun hech kutilmaganda peshqadam bo‘ldilar. Ular norasmiy
umumjamoa hisobida 112 ta medalni (45 ta oltin, 38 ta kumush va 29 ta bronza)
qo‘lga kiritib, 1-o‘rinni oldilar. Bu Olimpiya o‘yinlariga 172 davlatdan 10563
sportchi keldi. Ular 257 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib bordilar.
MDH Birlashgan jamoasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasining 17 nafar
sportchisi kiritildi. Ular Barselona Olimpiyadasida 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta
bronza medalini qo‘lga kiritdilar. Sportchilarimizdan ayollar o‘rtasida sport
gimnastikasi bo‘yicha Oksana Chusovitina va Rozaliya Galiyevalar, hamda yengil
atletika bo‘yicha 4 x 400 metrlik estafeta g‘olibi Marina Shmonina oltin madallarga
sazovor bo‘ldilar. Og‘ir atletikachi Sergey Sirtsov va o‘q otish sporti bo‘yicha
Anatoliy Asrabayevlar olimpiyadaning kumush medaliga sazovor bo‘ldilar.
Qilichbozlik sportida esa hamyurtimiz Valeriy Zaxarevich jamoa musobaqalarida
bronza medali bilan taqdirlandi.
XVI qishki Olimpiyada o‘yinlari Fransiyaning Albervil shaxrida 65
mamlakatdan kelgan 1084 sportchini to‘pladi, hamda ular 12 ta sport turida 57 ta
medallar shodasi uchun bellashdilar. Respublikamiz sportchilari MDH Birlashgan
jamoasi tarkibida ishtirok etdilar. Mazkur Olimpiyadada sportchilarimizdan Lina
Cheryazova fristaylning akrobatik sakrash usulida faxrli 5-o‘rinni egallashga
muvaffaq bo‘ldi.
1994 yilning 12-27-fevralida Norvegiyaning Lillexammer shahrida XVII
qishki Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bu yerga 67 davlatdan 1923 sportchi tashrif
buyurdi. Mazkur qishki Olimpiyadada hamyurtimiz Lina Cheryazova fristyl
bo‘yicha Olimpiyada chempioni bo‘lib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston
Respublikasi sportchilari 67 mamlakat orasida umumjamoa hisobida 14-o‘rinni
oldilar.
1996 yilning 19 iyul – 4 avgust sanalarida AQShning Atlanta shahrida
XXVI yozgi Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Bu o‘yinlarda dunyoning 197
mamlakatidan 10320 sportchi 26 ta sport turi bo‘yicha 271 ta medallar shodasi uchun
kurash olib bordilar. O‘zbekiston sportchilaridan dzyu-do bo‘yicha Armen
Bagdasarov kumush, boks bo‘yicha esa Karim To‘laganov bronza medallarini
qo‘lga kiritdilar. Atlanta ringida vatandoshlarimizdan Dilshod Yorbekov, Narimon
Otayev 5-8-o‘rinlarani, yunon-rim kurashida Grigoriy Pulyayev 6-o‘rinni
egallashib, jamoamizga qimmatli ochkolar keltirdilar va bu bilan O‘zbekistinning
XXVI yozgi Olimpiyadada ishtirok etgan 197 mamlakat orasida 58-o‘rinni olishiga
o‘z ulushlarini qo‘shdilar.
1998 yil 7-22-fevral kunlari Yaponiyaning Nagano shahrida XVIII qishki
Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Naganoga jahonning 72 mamlakatidan kelgan 2302
sportrchi 14 ta qishki sport turi bo‘yicha 68 ta medallar shodasi uchun kurashdi. Bu
o‘yinlarda ishtirok etgan O‘zbekiston milliy olimpiya terma jamoasi sportchilaridan
quyidagilar musobaqalarda faxrli o‘rinlarni egalladilar: Lina Cheryazova fristayl
bo‘yicha 13-o‘rin, Tatyana Malinina yakkalik figurali uchushda 8-o‘rin, Roman
Skornyakov figurali uchishda 19-o‘rin, Komil O‘rinboyev esa tog‘ chang‘isi
sportida 29-o‘rinni egalladilar.
2000 yil 16-30-sentabrida Avstraliyaning Sidney shahrida XXVII yozgi
Olimpiyada bo‘lib o‘tdi. Mazkur Olimpiya o‘yinlariga 199 davlatdan 10651 nafar
sportchi qatnashdi, hamda ular 37 ta sport turi bo‘yicha 300 ta medallar shodasi
uchun bellashdilar. Mamlakatimiz terma jamoasi safidagi 77 nafar olimpiyadachi
musobaqalar dasturidan o‘rin olgan sportning 13 turida ishtirok etdilar.
Olimpiyadachilarimizdan Muhammadqodir Abdullayev boks bo‘yicha oltin, Artur
Taymazov erkin kurashda kumush, Rustam Saidov va Sergey Mixaylovlar esa boks
bo‘yicha bronza medallari sovrindori bo‘ldilar. Olimpiya terma jamoamiz norasmiy
umumjamoa hisobida 41-o‘rinni oldilar.
2002 yilning 8-24-fevral kunlari AQShning Solt-Leyk-Siti shahrida XIX
qishki Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur Olimpiyadada ishtirok etish uchun 77
mamlakatdan 2399 nafar sportchi tashrif buyurdi. Ishtirokchilar sportning 15 turi
bo‘yicha 78 ta medallar shodasi uchun bahs yuritishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004-yil 7-iyundagi
«O‘zbekiston Respublikasi sportchilarini Afina shaxri (Gresiya)da o‘tkaziladigan
2004-yilgi XXVIII yozgi olimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etishlarini
ta’minlash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Olimpiada vatani poytaxtidagi
stadionga o‘yinlar tantanali ochilishi paytida O‘zbekiston Respublikasi sportchilari
delegatsiyasi ham kirib keldilar. XXVIII Olimpiada mash’alasini yoqish sharafi grek
yaxtachisi Nikolas Kaklamanisga nasib etdi.
Afina Olimpiadasida mamlakatimizdan 69 sportchi o‘yinlar dasturiga
kiritilgan sportning 37 turidan 15 tasi qatnashdi. Sport gimnastikasida Oksana
Chusovitina, eshkak eshishda Ruslan Naurzaliyev va Sergey Bogdanov, Vladimir
Chernenko, Yelena O‘sarova, suzishda Irina Shlemova va Mariya Bugakova, dzyu-
do Sanjar Zokirov, merganlikda Vyacheslav Skromnov va boshqalar, afsuski,
saralash musobaqalarida finalga yo‘llanma ola olmadilar. Velosportda shosseda
guruh poygasida Sergey Lagutin marraga 56-bo‘lib yetib keldi. Biroq polvonlarimiz
va bokschilarimiz an’ana bo‘yicha bu yozgi Olimpiadada ham juda quvonarli
yutuqlarga erishdilar. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi Artur Taymazov
erkin kurashda eng og‘ir vaznli raqiblari o‘rtasida eng kuchli ekanligini ishonarli
ravishda tasdiqladi va Olimpiada chempioni bo‘ldi (29-rasm).
29-rasm. Xalqaro sport kurashi assotsasiyasi tomonidan birinchi
prezidentimiz I.A. Karimovga berilgan oltin orden
Milliy jamoamizga ikkinchi oltin medalni yunon-rim kurashi bo‘yicha 74 kg
vaznli sportchilar bilan birga gilamga chiqqan Aleksandr Dokturashvili olib keldi.
U saralash musobaqalari va yarim finalda bir necha nomdor polvonlarni
mag‘lubiyatga uchratdi. O‘zbekistonlik sportchi hal qiluvchi bellashuvda yana bir
jahon chempioni fin Marko Ili-Xannukselagni mag‘lubiyatga uchratib, Olimpiada
chempioni bo‘ldi.
Erkin kurash bo‘yicha 96 kg vaznli sportchilar o‘rtasida yana bir
vatandoshimiz – Mogamed Ibragimov XXVIII-Olimpiya o‘yinlarining kumush
medali sovrindori bo‘ldi. Bokschilarimizdan O‘tkir Haydarov 81 kg, Bahodir
Sultonov esa 51 kg vaznli charm qo‘lqop ustalari o‘rtasida bronza medallariga
sazovor bo‘ldilar.
Ko‘p jihatdan ana shu sportchilarimizning zafarlari O‘zbekiston
Respublikasi milliy olimpiya jamoasidaga Gresiya poytaxtidagi o‘yinlarda ishtirok
etgan 202 davlat o‘rtasida 34-o‘rinni egallash imkonini berdi. Mamlakatimiz
vakillari norasmiy umumjamoa hisobida Sidney Olimpiadasiga nisbatan yana yetti,
1996-yilgi Atlantadagi o‘yinlardagiga qaraganda esa yigirma to‘rt pog‘ona yuqoriga
ko‘tarilishga erishdilar. XXVIII yozgi Olimpiada yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston
sportchilari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari o‘rtasida beshinchi,
Markaziy Osiyoda esa 1-o‘ringa chiqdilar.
O‘zbekiston jahonda sport jadal rivojlanayotgan mamlakatlar qatoridan
mustahkam o‘rin oldi. Iroda To‘laganova eng nufuzli Uimbldon turnirida g‘olib
chiqqanligi, 2004-yilda Rustam Qosimjonov Jahon shaxmat federatsiyasi – FIDE
yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi.
O‘zbek boks maktabining yosh va yorqin namoyondasi Abbos Atoyev esa
2007-yil 23 oktabr – 3 noyabr AQShning Chikago shaxrida 120 mamlakatdan kelgan
700 nafardan ortiq eng mohir charm qo‘lqop ustalari ishtirok etgan jahon
birinchiligida o‘z vaznida chempion bo‘ldi hamda Pekin Olimpiadasiga chiqish
huquqini qo‘lga kiritdi.
XX qishki Olimpiada o‘yinlari 2006-yil 10-28 fevral kunlari Italiyaning
Turin shaxrida o‘tkazildi. Unda 85 mamlakatdan kelgan 2600dan ko‘proq sportchi
qish sportining 15 turi bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Ularda Jazoir, Keniya, Senegal,
Efiopiya, Marokash, Janubiy Afrika Respublikasi kabi qish sporti to‘g‘risida yaqin-
yaqingacha umuman tasavvurlari bo‘lmagan mamlakatlar vakillari ham ishtirok
etganligi e’tiborga molik bo‘ldi. Bu Olimpiadada O‘zbekistondan tog‘ chang‘i
sportida Qayrat Ermatov, figurali uchishda yakkalik musobaqalarida Anastasiya
Gimazetdinova, juftlikda esa Marina Aginina va Artem Knyazev qatnashdilar.
Turin qishki Olimpiadasida norasmiy umumjamoa hisobida 29 ta (11ta oltin,
12 ta kumush va 6 ta bronza) medallarni qo‘lga kiritgan Germaniya sportchilari 1-
o‘rinni oldilar. AQSh - 25 ta medal bilan ikkinchi, 22 ta medal bilan Avstiya 3-
o‘rinni egalladilar.
2012 yil 27 iyul - 16 avgust kunlari London shahrida bo‘lib o‘tgan XXX
yozgi Olimpiada o‘yinlarida jahonning 205 davlatidan 10500 nafar sportchi 302
komplekt medallari uchun 26 sport turlari bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etishdi.
Olimpiada o‘yinlari davomida jami 44 ta jahon va 117 ta olimpiya rekordlari
o‘rnatildi. Ozbekiston sportchisi Artur Taymazov uch karra Olimpiya chempioni
bo‘ldi.
Yurtimizda o‘zbek kurashi bo‘yicha Jahon chempionati, boks, erkin kurash,
yunon-rum kurashi, shaxmat, pauerlifting va sambo bo‘yicha Osiyo chempionatlari,
Taekvondo (ITF) bo‘yicha jahon chempionati, Yunon-rum erkin va ayollar
kurashlari, shaxmat va boshqa ko‘plab sport turlari bo‘yicha an’naviy yirik xalqaro
turnirlar o‘tkazilmoqda.
Bunyodkor va Paxtakor stadionlari rekonstruktsiya qilinib, tez fursatda
xamyurtlarimizga tuhfa etilgan bo‘lsa. Qarshi shahridagi Nasaf va Toshkent
shahridagi Bunyodkor stadionlari xorijiy stadionlar bilan teng raqobat qila oladigan
talabda qayta qurildi.
2012 yilda sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston sport delegatsiyasi London
(Buyuk Britaniya) shahrida bo‘lib o‘tgan XXX yozgi Olimpiya o‘yinlarida samarali
ishtirok etishib, Erkin kurash bo‘yicha Artur Taymazov oltin, erkin kurash bo‘yicha
Soslan Tigiev, dzyudo bo‘yicha Rishod Sobirov, Boks bo‘yicha Abbos Atoevlar
bronza medallarini qo‘lga kiritishga musharraf bo‘ldilar.
Xalqaro darajada muvafaqqiyatli ishtirok etgan yurtdoshlarimizdan Futbol
bo‘yicha Jahonning eng yaxshi hakami-Jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p
o‘yinlarni boshqargan (rekord 9 ta o‘yin) Ravshan Irmatov va Osiyoning eng yaxshi
futbolchisi Server Jeparov, erkin kurash bo‘yicha 3 karra olimpiya o‘yinlari
chempioni (Afina 2004, Pekin 2008, London 2012) Artur Taymazov, dzyudo
bo‘yicha 2 karra Jahon chempioni va olimpiya o‘yinlari (Pekin 2008, London 2012)
bronza medallari sovrindori Rishod Sobirov (2011 yilda “Dunyoning eng kuchli
sportchisi”), boks bo‘yicha 2 karra Jahon chempioni va olimpiya o‘yinlari (London
2012) bronza medali sovrindori Abbos Atoev va olimpiya o‘yinlari g‘olibi
Muhammadqodir Abdullaev (Sidney 2000), baydarka va kanoeda eshkak eshish
bo‘yicha 2 karra jahon chempioni Vadim Men'kov, shaxmat bo‘yicha jahon
chempioni Rustam Qosimjonov, erkin kurash bo‘yicha jahon chempioni Dilshod
Mansurov, og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni va Butunjahon Universiada
(Qozon 2013) o‘yinlari g‘olibi Ruslan Nurudinov, futbol bo‘yicha 2012 yil Erondagi
Osiyo chemponati g‘olibi bo‘lgan Dilshod Nuraliev boshchiligidagi o‘smirlar terma
jamoasi, Osiyo Futbol Kondederatsiyasi Kubogi g‘olibi Qarshining “Nasaf” futbol
klubi, Shaxmat bo‘yicha Jahon chempionlari Abdusattarov Nodirbek, Sindarov
Islombek va Sindarov Javohirlarni misol keltirishimiz mumkin.
O‘zbekiston sportchilari yozgi Olimpiya o‘yinlarida
O‘zbekiston terma jamoasining yozgi Olimpiya o‘yinlarida mustaqil
ishtiroki 1996 yilda boshlangan. 1996 yilning 19 iyul – 4 avgust sanalarida
AQShning Atlanta shahrida XXVI yozgi Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tgan. Bu
o‘yinlarda dunyoning 197 mamlakatidan 10320 sportchi 26 ta sport turi bo‘yicha
271 ta medallar komplekti uchun kurash olib borgan.
O‘zbekiston sportchilaridan dzyu-do bo‘yicha Armen Bagdasarov kumush,
boks bo‘yicha Karim To‘laganov bronza medallarini qo‘lga kiritganlar. Atlanta
ringida vatandoshlarimizdan Dilshod Yorbekov, Narimon Otaev 5-8 o‘rinlarani,
yunon-rim kurashida Grigoriy Pulyaev 6-o‘rinni egallashib, jamoamizga qimmatli
ochkolarni keltirgan edi. O‘zbekiston terma jamoasi XXVI yozgi Olimpiyadada
ishtirok etgan 197 mamlakat orasida 58-o‘rinni olgan.
2000 yil 16-30 sentabrida Avstraliyaning Sidney shahrida XXVII yozgi
Olimpiya oyinlari bo‘lib o‘tgan. Mazkur Olimpiya o‘yinlariga 199 davlatdan 10651
nafar sportchi qatnashib, ular 37 ta sport turi bo‘yicha 300 ta medallar komplekti
uchun bellashgan.
Mamlakatimiz terma jamoasi safidagi 77 nafar sportchi Olimpiya o‘yinlari
dasturidan o‘rin olgan sportning 13 turi bo‘yicha musobaqalarda ishtirok etgan.
Olimpiya o‘yinlarida Muhammadqodir Abdullaev boks bo‘yicha oltin, Artur
Taymazov erkin kurash bo‘yicha kumush, Rustam Saidov va Sergey Mixaylov boks
bo‘yicha bronza medallari sovrindori bo‘lganlar. Olimpiya terma jamoamiz
norasmiy umumjamoa hisobida 199 ta mamlakat orasida 41-o‘rinni egallagan.
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
«O‘zbekiston
Respublikasi sportchilarini Afina shahrida (Gresiya) o‘tkaziladigan XXVIII yozgi
Olimpiya o‘yinlarida (2004 y.) munosib ishtirok etishlarini ta’minlash to‘g‘risida»gi
qarori 2004 yil 7 iyunda qabul qilingan. XXVIII Olimpiya o‘yinlarida
mamlakatimizdan 69 nafar sportchi o‘yinlar dasturiga kiritilgan sportning 37 turidan
15 tasi bo‘yicha musobaqalarda qatnashgan.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi Artur Taymazov erkin kurash
bo‘yicha eng og‘ir vaznli raqiblari o‘rtasida eng kuchli ekanligini tasdiqlab,
Olimpiada chempioni bo‘lgan.
Milliy jamoamizga ikkinchi oltin medalni yunon-rum kurashi bo‘yicha 74
kg vaznli sportchilar orasida Aleksandr Dokturashvili olib kelgan. Erkin kurash
bo‘yicha 96 kg vaznli sportchilar o‘rtasida yana Magamed Ibragimov kumush
medali sovrindori bo‘lgan. Boks bo‘yicha O‘tkir Haydarov 81 kg, Bahodir Sultonov
51 kg vaznli boks ustalari o‘rtasida bronza medallariga sazovor bo‘lganlar.
Natijada, O‘zbekiston Respublikasi milliy olimpiya jamoasi XXVIII yozgi
Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan 202 davlat o‘rtasida 34-o‘rinni egallagan.
Mamlakatimiz vakillari norasmiy umumjamoa hisobida Sidney Olimpiadasiga
nisbatan yana etti, 1996-yilgi Atlantadagi o‘yinlardagiga qaraganda esa yigirma to‘rt
pog‘ona yuqoriga ko‘tarilishga erishdilar.
XXVIII yozgi Olimpiada yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston sportchilari
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari o‘rtasida beshinchi, Markaziy
Osiyoda esa birinchi o‘ringa chiqdilar.
XXX yozgi Olimpiya o‘yinlari 2012 yil 27 iyul - 16 avgust kunlari London
shahrida bo‘lib o‘tgan. Olimpiya o‘yinlarida jahonning 205 davlatidan 10500 nafar
sportchi 302 komplekt medallari uchun 26 sport turlari bo‘yicha musobaqalarda
ishtirok etishdi. Olimpiada o‘yinlari davomida jami 44 ta jahon va 117 ta olimpiya
rekordlari o‘rnatildi.
Mashhur sportchi, ikki karra jahon chempioni Artur Taymazov Olimpiada
chempioni degan sharafli nomga uchinchi marta sazovor bo‘ldi. Bu mahoratli
sportchining Sidney Olimpiadasida kumush medalga sazovor bo‘lganini ham
inobatga oladigan bo‘lsak, u to‘rtta Olimpiadada zafar qozonib, to‘rtta medalni
qo‘lga kiritgan. Jahon sporti tarixida bunday yutuqlarga erishganlar kamdan-kam
bo‘lgan.
Yurtimizning yuksak ishonchini oqlab, Vatanimizga tarixiy g‘alaba bilan
qaytgan ikki karra Olimpiya o‘yinlari sovrindori, ikki karra jahon chempioni Rishod
Sobirov va ikki karra Olimpiya o‘yinlari sovrindori Soslan Tigiyev, ikki karra jahon
chempioni Abbos Atoyev va boshqa sportchilar ibrat bo‘lishi mumkin. Olimpiya
o‘yinlarida bronza medallar bilan taqdirlangan dzyudochi R.Sobirov, mashhur
bokschimiz A.Atoyev va erkin kurashchi S. Tigiyev murosasiz va shiddatli
kurashlarda g‘olib chiqib, yuksak mahorat va matonat namunasini ko‘rsatdilar.
Olimpiya musobaqalarida O‘zbekiston sportchilaridan 4 nafari sovrindor, 14 nafari
o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kuchli sakkizlikka kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2012-yil 14 avgust kuni
qabul qilingan “London shahrida bo‘lib o‘tgan XXX yozgi Olimpiada o‘yinlarida
yuksak natijalarga erishgan sportchilarimizdan bir guruhini mukofotlash
to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Vatanimiz sharafini munosib himoya qilgan
sportchilar
taqdirlandi.
Olimpiada
o‘yinlarida
erishgan
yutuqlari
bilan
Vatanimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini oshirishga qo‘shgan
katta hissasi uchun bronza medallari sohiblari bo‘lgan Rishod Sobirov va Soslan
Tigiyev “O‘zbekiston iftixori”, Abbos Atoyev “O‘zbekiston Respublikasida xizmat
ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvonlari bilan taqdirlandi. London Olimpiadasi
chempioni Artur Taymazov yurtimizning sport sohasidagi shon-shuhratini
yuksaltirish ishiga qo‘shgan ulkan hissasi, Olimpiada o‘yinlarida yuksak natijalarga
erishgani uchun “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi. Davlatimiz birinchi
rahbari Artur Taymazovga mashhur sportchimizning O‘zbekiston bayrog‘ini baland
tutib turgan oltin suvi yuritilgan haykalchasini sovg‘a qildi.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov XXX yozgi
Olimpiya o‘yinlarida medallarni qo‘lga kiritgan sportchilarimiz va ularning ustoz-
murabbiylarini taqdirlash marosimida so‘zlagan nutqida, – “Albatta, bunday nufuzli
musobaqalarda munosib qatnashish, g‘oliblikka erishish oson emas. Agar bugungi
kunda dunyoda 7 milliard aholi yashayotganini va ular orasida faqat o‘n yarim ming
nafar odam bu musobaqalarda qatnashish huquqini qo‘lga kiritganini e’tiborga
oladigan bo‘lsak, mazkur o‘yinlarning naqadar kuchli raqobat muhitida o‘tganini
anglash, sezish qiyin emas,” deb ta’kidlagan edi.
Davlatimizning birinchi rahbari sport jamoatchiligi, soha mutasaddilari
oldida 2016-yilda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkaziladigan o‘ttiz
birinchi yozgi Olimpiada o‘yinlariga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish, London
Olimpiadasi yakunlarini chuqur tahlil qilish va undan tegishli saboq va xulosa
chiqarish, Olimpiya o‘yinlarida eng yuqori natijalarga erishgan davlatlar tajribasini
o‘rganishga alohida e’tibor berish zarurligini, bu ishni bugundan, hozirdan boshlash
lozimligini ta’kidladi.
O‘zbekiston sportchilari qishki Olimpiya o‘yinlarida
O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi qishki Olimpiya o‘yinlarida ilk bor
1994 yildan boshlab ishtirok etgan.
1994 yil 12-27-fevral kunlari Lillexammer shahrida (Norvegiya) XVII
qishki Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tgan. Bu Olimpiya o‘yinlariga 67 davlatdan 1923
nafar sportchi tashrif buyurgan. Mazkur qishki Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston
sportchisi Lina Cheryazova fristayl bo‘yicha Olimpiyada chempioni bo‘lib, oltin
medalni qo‘lga kiritgan. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 67
mamlakat orasida 14-o‘rinni egallagan.
1998 yil 7-22-fevral kunlari Nagano shahrida (Yaponiya) XVIII qishki
Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tgan. Naganoga jahonning 72 mamlakatidan kelgan
2302 nafar sportrchi 14 ta qishki sport turi bo‘yicha 68 ta medallar komplekti uchun
kurashgan.
Bu o‘yinlarda ishtirok etgan O‘zbekiston milliy olimpiya terma jamoasi
sportchilaridan quyidagilar musobaqalarda faxrli o‘rinlarni egallagan: Lina
Cheryazova fristayl bo‘yicha 13-o‘rin, Tatyana Malinina yakkalik figurali uchushda
8-o‘rin, Roman Skornyakov figurali uchishda 19-o‘rin, Komil O‘rinboev esa tog‘
chang‘isi sportida 29-o‘rinni egallaganlar.
2002 yilning 8-24-fevral kunlari AQShning Solt-Leyk-Siti shahrida XIX
qishki Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tgan. Mazkur Olimpiyadada ishtirok etish uchun
77 mamlakatdan 2399 nafar sportchi tashrif buyurgan. Ishtirokchilar sportning 15
turi bo‘yicha 78 ta medallar komplekti uchun musobaqalarda qatnashgan.
XX qishki Olimpiada o‘yinlari 2006-yil 10-28 fevral kunlari Italiyaning
Turin shahrida o‘tkazilgan. Unda 85 mamlakatdan kelgan 2600 dan ziyod sportchi
qishki sportining 15 turi bo‘yicha o‘zaro bellashgan. Ularda Jazoir, Keniya, Senegal,
Efiopiya, Marokkash, Janubiy Afrika Respublikasi kabi qishki sporti to‘g‘risida
yaqin-yaqingacha umuman tasavvurlari bo‘lmagan mamlakatlar vakillari ham ilk
bor ishtirok etgan.
Bu Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekistondan tog‘ chang‘i sportida Qayrat
Ermetov, figurali uchishda yakkalik musobaqalarida Anastasiya Gimazetdinova,
juftlikda esa Marina Aginina va Artyom Knyazev qatnashganlar. Qishki Olimpiya
o‘yinlari tarixida ilk bor O‘zbekiston vakili Yevgeniy Roxin figurali uchish
musobaqalarida hakamlik qilgan.
Turin qishki Olimpiadasida norasmiy umumjamoa hisobida 29 ta (11ta oltin,
12 ta kumush va 6 ta bronza) medallarni qo‘lga kiritgan Germaniya sportchilari 1-
o‘rinni olgan. AQSh - 25 ta medal bilan ikkinchi, 22 ta medal bilan Avstiya 3-o‘rinni
egallagan.
XXI qishki Olimpiada o‘yinlari 2010 yil 12-28 fevral kunlari Vankuver
shahrida (Kanada) o‘tkazilgan. Olimpiya o‘yinlarida 80 ta mamlakatdan 5500
nafarga yaqin sportchilar qatnashgan. Ular 15 ta qishki sport turlari bo‘yicha
musobaqalarda medallar uchun kurash olib borganlar. O‘zbekistondan 3 nafar
sportchi: tog‘ chang‘isi sporti bo‘yicha Kseniya Grigoryeva va Olig Shamayev,
konkida figurali uchish boyicha Anastasiya Gimazetdinova ishtirok etgan.
XXII qishki Olimpiada o‘yinlari 2014 yil 10-26 fevral kunlari Sochi shahrida
(Rossiya) o‘tkazilgan.
O‘zbekiston sportchilarining Osiyo o‘yinlarida
Osiyo qit’asida eng yirik va ommaviy musobaqalardan biri – bu Osiyo
o‘yinlari bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi mustaqil bo‘lgandan so‘ng bu sport
o‘yinlarida faol ishtirok eta boshladi. O‘zbekiston ilk bor 1994 yil Xirosima
shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tgan XII Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan. Bu
o‘yinlarda 7300 nafar sportchilar 34 ta sport turi bo‘yicha musobaqalarda
qatnashgan va 337 ta medallar komplekti uchun kurash olib borilgan. O‘zbekiston
sportchilari Osiyo o‘yinlarida birinchi bor qatnashib, umumjamoa hisobida 42 ta
mamlakat ichida fahrli beshinchi o‘rinni egallagan.
XIII o‘yinlarda 44 ta sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘tqazildi va bunda 6
mingdan ziyod qit’aning eng kuchli sportchilari 379 ta oltin, kumush va 478 ta
bronza medallari uchun kurash olib bordilar. Respublikamiz sportchilari Bangkokda
o‘tkazilgan XIII Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi qit’aning 44
mamlakatlari orasida 10-o‘rinni egallagan.
Istiqlol yillarida O‘zbekiston sportchilari Olimpiya o‘yinlarida jami 25 ta
medallarga (9 ta oltin, 6 ta kumush, 10 ta bronza), Osiyo o‘yinlarida 277 ta
medallarga (63 ta oltin, 97 ta kumush, 117 ta bronza) sazovor bo‘lgan.
O‘zbekiston sportchilarining Paralimpiya o‘yinlaridagi ishtiroki
2007 yil 27 fevral kuni “O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi”
Adliya vazirligidan 341-sonli qarori bilan ro‘yxatdan o‘tgan. Xozirgi kunda
Assotsiatsiya O‘zbekiston Respublikasi miqyosida o‘zining ish faoliyatini
boshlagan. Assotsiatsiyaning Andijon, Namangan, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand,
Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo viloyat va Toshkent shahar bo‘limlari tashkil etilgan.
2008 yil sentyabr' oyida ilk bor O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi
Xalaqaro Paralimpiya Qo‘mitasining a’zosi sifatida Pekinda (Xitoy) XIII yozgi
Paralimpiya o‘yinlarida ikki sportchisi Ravil Diganshin (engil atletika va
pauerlifting) hamda Farxod Sayidov (suzish) bilan ishtirok etdilar.
2010 yil Xitoyning Guanchjou shahrida o‘tkazilingan Osiyo Paralimpiya
Qo‘mitasi Bosh Assambleyasida O‘zbekiston Markaziy Osiyoda eng rivojlangan
Milliy Paralimpiya Qo‘mitasi deb tan olindi hamda Markaziy Osiyo davlatlari Milliy
Paralimpiya Qo‘mitalari (Afg‘oniston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston,
Turkmaniston) ishini rivojlantirish vazifasi yuklatildi. 2010 yil Guanchjou shahrida
(Xitoy) o‘tkazilgan Paraosiyo o‘yinlarida O‘zbekiston paralimpiya sportchilari 1 ta
oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.
2012 yilning 29 avgust – 9 sentyabr' kuni Buyuk Britaniyaning London
shahrida XIV yozgi Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tgan. Paralimpiya o‘yinlarida
dunyoning 166 davlatidan 4200 sportchi 20 ta sport turi bo‘yicha ishtirok etgan. XIV
yozgi Paralimpiya o‘yinlarida 10 nafar O‘zbekiston paralimpiya sportchilari 4 ta
sport turlarida ishtirok etib, dzyudo, suzish, yengil atletika va pauerlifting sport
turlari bo‘yicha musobaqalarda qatnashgan. Paralimpiya o‘yinlarida mustaqil
O‘zbekiston Paralimpiya harakati ham taraqqiy etib borayotgani amalda namoyish
etildi. Yurtimiz sharafini himoya qilgan 10 nafar sportchilardan 9 nafari Paralimpiya
o‘yinlari saralash musobaqalaridan muvaffaqiyatli o‘tib, finalda medallar uchun
kurash olib bordilar. Yengil atletikaning disk uloqtirish musobaqalarida Xusniddin
Norbekov 4-o‘rinni egallagan bo‘lsa, suzish bo‘yicha ishtirok etgan Kirill Pankov
6-o‘rinni band etish bilan birga, ikki bor Osiyo rekordini yangilagan. Sharif Xalilov
dzyudo bo‘yicha kumush medal sovrindori bo‘lgan. Bu Paralimpiya o‘yinlarida
rasman ikkinchi bor ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan qo‘lga
kiritilgan dastlabki medal bo‘ldi. XIV Paralimpiya o‘yinlarining yopilishi
marosimiga O‘zbekiston bayrog‘ini olib o‘tish sharafi Paralimpiya va Paraosiyo
o‘yinlari sovrindori Sharif Xalilovga berilgan.
2014 yil Janubiy Koreyaning Incheon shahrida II Paraosiyo o‘yinlarida
O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Vatanimiz sha’nini yanada ulug‘lab, ozod va
obod yurtimizda Paralimpiya harakati jadal suratlarda taraqqiy etib borayotganligini
amalda yana bir bora isbotlaganlar. Paraosiyo o‘yinlarida ishtirok etgan 27 nafar
sportchimiz 22 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza jami 31 ta medalga sazovor
bo‘lib, umumjamoa hisobida 41 davlat orasida faxrli 5-o‘rinni egalladi.
Mamlakatimiz sportchilari Paraosiyo o‘yinlarida 12 marotaba Osiyo rekordini
yangilashga ham muvaffaq bo‘ldilar.
2014 yil O‘zbekiston Markaziy Osiyoda eng rivojlangan Milliy Paralimpiya
Qo‘mitasi deb e’tirof etildi. O‘zbekiston Paralimpiya sportchilari qo‘lga kiritilgan
medallar bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi, Hamdo‘stlik
mamlakatlari o‘rtasida oltinchi, jahonda esa 67-o‘rinni egallab kelmoqda.
O‘zbekiston talaba yoshlarining Universiadalari
“Universiada”- oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun tashkil qilingan
musobaqalar hisoblanadi. “Kichik Olimpiada” deb atalgan bu nufuzli musobaqa oliy
o‘quv yurtlarida ilmu-fan cho‘qqilarini egallash bilan birga, sport maydonlarida ham
umidbaxsh natijalarga erishgan, mamlakatimizda o‘tkaziladigan yoshlar sport
o‘yinlarining eng yuqori bosqichi bo‘lgan “Universiada” musobaqalarida talabalar
tanlagan sport turi bo‘yicha katta yutuqlarni qo‘lga kiritmoqdalar.
O‘zbekiston talaba yoshlarining I Universiadasi 2000 yil Namangan
shahrida o‘tkazilgan. Universiada o‘yinlarida 1717 nafar talabalar voleybol, futbol,
kurash, yengil atletika, tennis, stol tennisi, shahmat bo‘yicha musobaqalarda
qatnashgan. Mamlakatimiz talaba-yoshlarining katta sport bayramiga Buxoro (2002
yil), Samarqand (2004) viloyatlari hamda Toshkent (2007), Andijon (2010), Buhoro
(2013) shaharlari mezbonlik qilgan.
II Universiada 2002 yil - Buxoroda bo‘lib o‘tgan va unda 2848 nafar talaba
ishtirok etgan. 2004 yilda Samarqandda III Universiada yana ham keng miqyosli
bo‘lgan va unda 2600 dan ziyod talaba-sportchi qatnashgan. Musobaqa dasturiga
mini-futbol va og‘ir atletika kiritilgan. Universiada o‘yinlarida 230 ta oltin, 230 ta
kumush va 251 ta bronza medallari uchun musobaqalari o‘tkazilgan. III Universiada
musobaqalarida mumjamoa hisobida birinchi o‘rinni "Toshkent-1" jamoasi
egallagan. Ularga O‘zbekiston Prezidentining sovg‘asi "Damas" rusumidagi
avtomobil, oltin medal va birinchi darajali diplom topshirilgan.
“Universiada-2010” musobaqalari Andijon viloyatida bo‘lib o‘tgan.
Musobaqa o‘z ichiga 12 sport turi bo‘yicha ayollar va erkaklar bellashuvini olgan.
Universiadaning Respublika sport musobaqalari final bosqichida 1178 nafar
sportchilar, 238 nafar murabbiylar, 154 nafar hakamlar, 450 nafar ommaviy axborot
vositalari vakillari, vazirlik bo‘limlari va oliy o‘quv yurtlarining 209 nafar vakillari
ishtirok etgan.
O‘zbekiston talaba yoshlarining “Universiada” musobaqalarini yuqori
saviyada o‘tkazish uchun avvalo joylarda, viloyat va shaharlarda zarur sharoitlar
yaratildi. Viloyat va shahrlarda o‘nlab sport saroylari va majmualari bunyod etildi,
qurilish, rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Bu esa har uch
yilda o‘tkaziladigan sport bayramiga davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan qanday
ulkan ahamiyat berilayotgani yanada yaqqol misoli bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Universiada – 2013”
sport o‘yinlari ishtirokchilariga so‘zlagan nutqlarida – “Bularning barchasi
yoshlarimizni jismoniy va ma’naviy jihatdan sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash,
taraqqiy topgan davlatlardagi tengdoshlaridan kam bo‘lmasligi, ular bilan bemalol
bellashuvga tayyor bo‘lishi uchun, yoshlarning O‘zbekiston intilayotgan yuksak
marralarga yetish yo‘lida hal qiluvchi kuch bo‘lib hayotga kirishi uchun – ana
shunday buyuk maqsadlarga erishish uchun amalga oshirilayotganini tushunish
darkor”, deb ta’kidlagan edi.
“Universiada – 2016” Farg‘ona
2-jadval
O‘zbekistonda yoshlarning uch bosqichli sport musobaqalari
«Umid nihollari»
«Barkamol avlod»
«Universiada»
2000
Namangan
2001
Jizzax
2002
Farg‘ona
2002
Buxoro
2003
Urganch
2003
Andijon
2004
Samarqand
2005
Toshkent
2006
Qarshi
2007
Toshkent
2008
Nukus
2009
Guliston
2010
Andijon
2011
Termiz
2012
Termiz
2013
Buxoro
2014
Farg‘ona
2015
Xorazm
2016
Farg‘ona
2017
Jizzax
2002 yilda Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan “Umid nihollari” sport
musobaqalarida 11 ta sport turi kiritilgan bo‘lsa, 2015 yilda Xorazmdagi “Umid
nihollari” musobaqalari 17 ta sport turi bo‘yicha o‘tkazildi.
O‘zbekiston terma jamoasining Olimpiya o‘yinlaridagi natijalari
Yil
Olimpiya
o‘yinlari
O‘kazish
joyi
Mamla-
kat soni
Sport-
chi
soni
oltin kum bron Jamoa
o‘rni
1996
XXVI
Atlanta
197
76
1
1
58
2000
XXVII
Sidney
200
77
1
1
2
41
2004
XXVIII
Afina
202
68
2
1
2
34
2008
XXIX
Pekin
204
56
1
2
3
40
2012
XXX
London
205
55
1
3
47
2016
XXXI
Rio-de-
Janeyro
207
70
4
2
7
21
O‘zbekiston Respublikasi sportchilarining Olimpiya O‘yinlaridagi yutuqlari
Olimpiya
o‘yinlari
Yil
O‘kazilgan
joyi
Sportchilarning
olgan o‘rni
Sport turi
XXVI
1996
Atlanta
AQSh
A. Bagdasarov – 2
K. To‘laganov – 3
dzyudo
boks
XXVII
2000
Sidney
Avstraliya
M. Abdullayev – 1
A. Taymazov – 2
R. Saidov – 3
S.Mixaylov – 3
boks
erk/kurash
boks
boks
XXVIII
2004
Afina
Gresiya
A. Taymazov – 1
A. Dokturashvili – 1
M. Ibragimov – 2
U. Xaydarov – 3
B. Sultonov - 3
erkin kurash
yunon rim kurash
yunon rim kurash
boks
boks
XXIX
2008
Pekin
Xitoy
A. Taymazov – 1
A. Tangriyev – 2
S. Tigiyev – 3
R. Sobirov – 3
Ye. Xilko – 3
A. Fokin – 3
erkin kurash
dzyudo
erkin kurash
dzyudo
trampolin
gimnastika
XXX
2012
London
Angliya
A. Taymazov – 1
R. Sobirov – 3
A.Atoyev – 3
erkin kurash
dzyudo
boks
XXXI
2016
Rio-de-Janeyro
Braziliya
X.Do‘smatov – 1
R.Nuruddinov – 1
Sh. Zoirov – 1
F.G‘oyibnazarov – 1
Sh. G‘iyosov – 2
boks
og‘ir atletika
boks
boks
boks
B.Meliqo‘ziyev – 2
D. Urazboyev – 3
R. Sobirov – 3
M. Ahmadaliyev – 3
R. To‘laganov – 3
E. Tasmuratov – 3
M. Ibragimov – 3
I. Navruzov – 3
boks
dzyudo
dzyudo
boks
boks
yun-rum kurash
erkin kurash
erkin kurash
Jahon va Osiyo chempionatlari
Xalqaro sport musobaqalarida
erishilgan natijalar 1991-2014 yil
Oltin
799 ta
Oltin
2874 ta
Kumush
884 ta
Kumush
2909 ta
Bronza
472 ta
Bronza
3471 ta
Jami
2155 ta
Jami
9254 ta
?
O‘zR “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Yangi taxriridagi Qonun
qachon qabul qilingan?
Mustaqillikning dastlabki yillarida jismoniy taibiya va spoit sohasida
qanday tadbirlar amalga oshirildi?
Sog‘lom avlod davlat dasturida jismoniy tarbiya va sportning o‘rni
qanday?
Nogironlar sporti haqida nimalarni bilasiz?
O‘zR Milliy Olimpiya Qo‘mitasi (MOQ) qachon tashkil qilingan?
MOQning tuzilishi va maqsad hamda vazifalari nimalardan iborat?
Qachon Mustaqil O‘zbekiston sport jamoasi birinchi marta yozgi
Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan?
2012-yilda Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimizning natijalari qanday
bo‘ldi?
2016-yilda Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimizning natijalari qanday
bo‘ldi?