O‘ZBEKISTONDAGI ENG YIRIK OLTIN QAZIB OLUVCHI KONCHILIK KORXONASI

Yuklangan vaqt

2024-03-11

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

12

Faytl hajmi

59,2 KB


 
 
 
 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MUSTAQIL ISH 
 
 
 
 
 
O‘ZBEKISTONDAGI ENG YIRIK OLTIN QAZIB OLUVCHI KONCHILIK 
KORXONASI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent 
 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MUSTAQIL ISH O‘ZBEKISTONDAGI ENG YIRIK OLTIN QAZIB OLUVCHI KONCHILIK KORXONASI Toshkent
 
1 
 
 
 
 
 
Mundarija: 
 
I.Kirish…………………………………………………………….………………... 3                   
II.Asosiy qism: 
1. Dunyodagi eng yirik “Muruntov” oltin koni haqida ………………………..4    
2. Navoiy kon metallurgiya kambinati ……...………………………………….7 
III.Xulosa ……………………………………………………………………………10 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
Internet tarmoqlari: 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1 Mundarija: I.Kirish…………………………………………………………….………………... 3 II.Asosiy qism: 1. Dunyodagi eng yirik “Muruntov” oltin koni haqida ………………………..4 2. Navoiy kon metallurgiya kambinati ……...………………………………….7 III.Xulosa ……………………………………………………………………………10 Foydalanilgan adabiyotlar: Internet tarmoqlari:
 
2 
 
Kirish 
         O`zbekiston iqtisodiyotida mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash 
yetakchi o`rinlardan birini egallamoqda. Hozirgi paytda sanoatning har bir jabhasini 
foydali qazilmalarsiz tasavvur qilish qiyin. Shu sababdan Respublikamizda foydali 
qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashga talab kuchaymoqda.  Joylarda hududiy 
ishlab chiqarishni rivojlantirish, sanoat korxonalarini qurish, ishlab chiqarishga jalb 
etiladigan kadrlar salohiyatini har tomonlama oshirish borasida olib borilayotgan 
amaliy ishlar natijasida bugungi kunda ishlab chiqarish quvvatining ortib borayotgani, 
jahon moliyaviy- iqtisodiy inqiroz sharoitida bo`lishiga qaramasdan o`sish 
sur`atlarining izchil oshib borayotganligi bilan ham izohlash mumkin.  Istiqlolning ilk 
yillarida O`zbekiston kon-metallurgiya majmuining ustuvor rivojlanishi va foydali 
qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash sanoati uchun yuqori malakali 
mutaxassislar tayyorlab berish maqsadida - Navoiy davlat konchilik instituti tashkil 
qilinishi ham bugungi kunda zarur sohalarni malakali kadrlar bilan ta`minlash 
imkonini berdi. Konchilik soxasida tayyorlangan yetuk kadrlar jahon fundamental va 
amaliy tadqiqotlari yutuqlarini o`rganish asosida foydali qazilmalarni qazib olish 
hamda qayta ishlash sohasida o`z ilmiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish, 
shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasida yangi ilg’or  
texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni respublikaning muayyan geologik hamda 
iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda amaliyotga joriy qilish malakalariga ega 
bo`ladilar. Respublikamizda kon sanoatining jadal sur`atlarda rivojlanib borishi 
talabalardan bu sohadagi bilimlarini qunt bilan egallash va nazariyani amaliyotda tatbiq 
etishda jonbozlikni talab etadi. Talabalar respublikamiz konchilik sanoatining 
rivojlanish istiqbollari va kon korxonalari, foydali qazilmalar va ularni qazib olish 
to`g’risida umumiy ma`lumotlar, ishlab chiqarish jarayonlari va ushbu jarayonlarda 
qo`llaniladigan kon-texnika vositalarini ishlash tamoyillari bo`yicha egallagan bilim, 
ko`nikma va malakalarini kon korxonalarida amaliyotni yaxshi bajarishga va 
mutaxassislik fanlarini mukammal egallashida, shuningdek, kelgusida ishlab 
chiqarishda qo`llash imkoni va malakalariga ega bo`ladilar.  Yurtimiz kelajagi, 
xalqimiz, mamlakatimizning intellektual salohiyatiga, aql-zakovatiga, milliy ta`lim-
2 Kirish O`zbekiston iqtisodiyotida mineral xom ashyoni qazib olish va qayta ishlash yetakchi o`rinlardan birini egallamoqda. Hozirgi paytda sanoatning har bir jabhasini foydali qazilmalarsiz tasavvur qilish qiyin. Shu sababdan Respublikamizda foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashga talab kuchaymoqda. Joylarda hududiy ishlab chiqarishni rivojlantirish, sanoat korxonalarini qurish, ishlab chiqarishga jalb etiladigan kadrlar salohiyatini har tomonlama oshirish borasida olib borilayotgan amaliy ishlar natijasida bugungi kunda ishlab chiqarish quvvatining ortib borayotgani, jahon moliyaviy- iqtisodiy inqiroz sharoitida bo`lishiga qaramasdan o`sish sur`atlarining izchil oshib borayotganligi bilan ham izohlash mumkin. Istiqlolning ilk yillarida O`zbekiston kon-metallurgiya majmuining ustuvor rivojlanishi va foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash sanoati uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab berish maqsadida - Navoiy davlat konchilik instituti tashkil qilinishi ham bugungi kunda zarur sohalarni malakali kadrlar bilan ta`minlash imkonini berdi. Konchilik soxasida tayyorlangan yetuk kadrlar jahon fundamental va amaliy tadqiqotlari yutuqlarini o`rganish asosida foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash sohasida o`z ilmiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasida yangi ilg’or texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni respublikaning muayyan geologik hamda iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda amaliyotga joriy qilish malakalariga ega bo`ladilar. Respublikamizda kon sanoatining jadal sur`atlarda rivojlanib borishi talabalardan bu sohadagi bilimlarini qunt bilan egallash va nazariyani amaliyotda tatbiq etishda jonbozlikni talab etadi. Talabalar respublikamiz konchilik sanoatining rivojlanish istiqbollari va kon korxonalari, foydali qazilmalar va ularni qazib olish to`g’risida umumiy ma`lumotlar, ishlab chiqarish jarayonlari va ushbu jarayonlarda qo`llaniladigan kon-texnika vositalarini ishlash tamoyillari bo`yicha egallagan bilim, ko`nikma va malakalarini kon korxonalarida amaliyotni yaxshi bajarishga va mutaxassislik fanlarini mukammal egallashida, shuningdek, kelgusida ishlab chiqarishda qo`llash imkoni va malakalariga ega bo`ladilar. Yurtimiz kelajagi, xalqimiz, mamlakatimizning intellektual salohiyatiga, aql-zakovatiga, milliy ta`lim-
 
3 
 
tarbiya tizimini jahon andozalari asosida takomillashtirish,  ta`lim tizimini yangi  
zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilishga, kadrlar tayyorlashga 
bevosita bog’liq. Yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo`lgan barkamol 
tashkilotchi va zukko mutaxassis kadrlarga ega bo`lishi uchun avvalo ta`lim-tarbiya 
tizimini tubdan  
o`zgartirish, uni hozirgi davr talabi darajasiga ko`tarish zarur va muhimligini hayot 
taqozo etayapti.  Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, ushbu tayyorlangan o`quv 
qo`llanma hozirgi davr talabi darajasidagi zamonaviy bilimlarga ega bo`lgan barkamol 
tashkilotchi va zukko mutaxassis kadrlar yetkazishda tashlangan muhim qadamlardan 
biri hisoblanadi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3 tarbiya tizimini jahon andozalari asosida takomillashtirish, ta`lim tizimini yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilishga, kadrlar tayyorlashga bevosita bog’liq. Yangicha fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo`lgan barkamol tashkilotchi va zukko mutaxassis kadrlarga ega bo`lishi uchun avvalo ta`lim-tarbiya tizimini tubdan o`zgartirish, uni hozirgi davr talabi darajasiga ko`tarish zarur va muhimligini hayot taqozo etayapti. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, ushbu tayyorlangan o`quv qo`llanma hozirgi davr talabi darajasidagi zamonaviy bilimlarga ega bo`lgan barkamol tashkilotchi va zukko mutaxassis kadrlar yetkazishda tashlangan muhim qadamlardan biri hisoblanadi.
 
4 
 
Dunyodagi eng yirik oltin koni 
       Muruntov oltin koni – Markaziy Qizilqumning Muruntov ruda maydoni 
mintakasidagi kon. Navoiy shahridan 180 km shim.da, Zarafshon shahridan 40 km 
sharqda, Tomditovning jan. etagida joylashgan. Ruda zaxiralarining koʻlami, rudani 
qazib olish texnologik sharoitlarining qulayligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot 
sifatining yuqoriligi va boshqa xususiyatlariga koʻra dunyodagi noyob konlar sirasiga 
kiradi. Markaziy Osiyo, xususan, Markaziy 
Qizilqum va Nurota togʻlarida, oltin rudalari mavjudligi miloddan avvalgi 6—
5asrlardan maʼlum boʻlgan. Oʻlkada oltin konlarini izlash boʻyicha dastlabki maxsus 
tadqiqot ishlari I.V.Mushketov, G.D.Romanovskiy, G.D.Obruchev va boshqa 
tomonidan amalga oshirilgan. Markaziy Qizilqumda oltin konlari boʻlishi 
mumkinligini geolog olimlar A.Ye.Fersman va D.I.Shcherbakovlar 20asrning 30-
yillaridagi 
geologik 
tadqiqotlari 
asosida 
bashorat 
qilganlar. 
1930-yillarda 
Tomditovning jan. etaklarida oltin zarralari boʻlgan bir necha kvars va kvarsdala shpati 
tomirlari aniqlandi, 1934 yilda Besapan qishlogʻi yaqinida oltin mineraliza-siyasi 
zonasi 
belgilandi. Shundan ke-yin Besapan, Oltintov, Taxtatov manzillarida, Tomditovning 
jan. yon bagridagi kremniyli slanetslarda keng koʻlamda oltin qidiruv va razvedka 
ishlari olib borildi. 1951—53 yillarda Muruntov oltin koni Oʻzbekistonning gʻarbiy 
hududida oltinni koʻpincha margi-mush bilan uzviy bogʻliq holda uchrashi 
qonuniyatini aniqladi. Shu asosda 1954— 56 yillarda Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida 
2 xil oltin konlari borligi: birida oltin margimush kolchedani (arsenopirit minerali) 
bilan, ikkinchisida juda siyrak xrlda kvars tomirlarida uchrashi maʼlum boʻldi.1958 yil 
oltinmargimush bogʻliqligi asosida Muruntov yonida margimushga 
boy boʻlgan anomaliya maydonlari belgilandi. Oʻsha yili margimushning yuqori 
konsentratsiyasi mavjud boʻlgan anomaliyalardan biri — Muruntov rudali maydonida 
olib borilgan izlanishlardan keyin bu ruda maydoni oʻta istiqbolli deb baholandi. 
Mazkur ruda maydonida 1959 —62 yillarda olib borilgan batafsil qidiruv ishlari 
natijasida konning asosiy hududi belgilandi va oltinga boy uchastkalarining 
oʻlchamlari juda yirikligi aniqlandi. Muruntov oltin konik.ningochilishigasalmokli 
4 Dunyodagi eng yirik oltin koni Muruntov oltin koni – Markaziy Qizilqumning Muruntov ruda maydoni mintakasidagi kon. Navoiy shahridan 180 km shim.da, Zarafshon shahridan 40 km sharqda, Tomditovning jan. etagida joylashgan. Ruda zaxiralarining koʻlami, rudani qazib olish texnologik sharoitlarining qulayligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yuqoriligi va boshqa xususiyatlariga koʻra dunyodagi noyob konlar sirasiga kiradi. Markaziy Osiyo, xususan, Markaziy Qizilqum va Nurota togʻlarida, oltin rudalari mavjudligi miloddan avvalgi 6— 5asrlardan maʼlum boʻlgan. Oʻlkada oltin konlarini izlash boʻyicha dastlabki maxsus tadqiqot ishlari I.V.Mushketov, G.D.Romanovskiy, G.D.Obruchev va boshqa tomonidan amalga oshirilgan. Markaziy Qizilqumda oltin konlari boʻlishi mumkinligini geolog olimlar A.Ye.Fersman va D.I.Shcherbakovlar 20asrning 30- yillaridagi geologik tadqiqotlari asosida bashorat qilganlar. 1930-yillarda Tomditovning jan. etaklarida oltin zarralari boʻlgan bir necha kvars va kvarsdala shpati tomirlari aniqlandi, 1934 yilda Besapan qishlogʻi yaqinida oltin mineraliza-siyasi zonasi belgilandi. Shundan ke-yin Besapan, Oltintov, Taxtatov manzillarida, Tomditovning jan. yon bagridagi kremniyli slanetslarda keng koʻlamda oltin qidiruv va razvedka ishlari olib borildi. 1951—53 yillarda Muruntov oltin koni Oʻzbekistonning gʻarbiy hududida oltinni koʻpincha margi-mush bilan uzviy bogʻliq holda uchrashi qonuniyatini aniqladi. Shu asosda 1954— 56 yillarda Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida 2 xil oltin konlari borligi: birida oltin margimush kolchedani (arsenopirit minerali) bilan, ikkinchisida juda siyrak xrlda kvars tomirlarida uchrashi maʼlum boʻldi.1958 yil oltinmargimush bogʻliqligi asosida Muruntov yonida margimushga boy boʻlgan anomaliya maydonlari belgilandi. Oʻsha yili margimushning yuqori konsentratsiyasi mavjud boʻlgan anomaliyalardan biri — Muruntov rudali maydonida olib borilgan izlanishlardan keyin bu ruda maydoni oʻta istiqbolli deb baholandi. Mazkur ruda maydonida 1959 —62 yillarda olib borilgan batafsil qidiruv ishlari natijasida konning asosiy hududi belgilandi va oltinga boy uchastkalarining oʻlchamlari juda yirikligi aniqlandi. Muruntov oltin konik.ningochilishigasalmokli
 
5 
 
hissa qoʻshgan bir guruh geolog olim va mutaxassislar (I. H. Hamroboyev, 
H.T.Toʻlaganov, P.V.Xromishkin, V.G.Garkovets va boshqalar) 
mamlakatning oliy mukofotiga sazovor boʻldilar (1966). 1965—69 yillarda Muruntov 
oltin konik.ning sa-noat oʻzlashtirishi ishlari bajarilib, 1969 yil 21 iyulda dastlabki 
mahsulot — Muruntov quyma oltini chiqarila boshlandi va bu kon nomi dunyoga 
mashhur boʻldi. Dunyoda eng yirik karyerlardan biri — "Muruntov" karyerining uz. 
3,5 km, eni 2,7 km va chuqurligi 430 m. Karyerdan yiliga 35—37 mln. m3 hajmida 
togʻ jinslari qazib olinadi, shu bilan bogʻliq boʻlgan Zarafshon shahridagi oltin ishlab 
chiqarish kompleksi yiliga 24 mln. t rudani (2001 yil) qayta ishlaydi. Bu kompleks 
jahonda oltin ishlab chiqarish bilan mashhur boʻlgan eng yirik 
korxonalar qatorida 2-oʻrinda (Indoneziyadagi "Grosberg" korxonasidan keyin) turadi. 
Muruntov oltin koni 
Muruntov oltin konik.da 1995 yildan "ZarafshonNyumont" qoʻshma korxonasi faoliyat 
koʻrsatib kelmoqda. Mazkur qoʻshma korxona 1995—2001 yillar mobaynida 
balansdan tashqari boʻlgan va juda katta hajmda yigʻilib qolgan mineralli ; jinslar 
agʻdarmasining 84 mln. t sini ‘ qayta ishlab 82 t sof oltin ajratib olishga erishdi. 
Muruntov oltin konik. proterozoy erasining boshlanishida hosil boʻlgan choʻkindi 
meta- ; morfik togʻ jinslaridan tashkil topgan toshqazigan va besapan svitalari 
kdtlamlaridan iborat. Ushbu Oltin tarkibli kvarsli-sulfidli metasomatit katlamlarning 
quyi qismi yuqori darajali metamorfizmga uchragan yashil amfibolli va kvars-slyudali 
slanetslardan, kvarsit va ohaktoshlardan tuzilgan. Yuqori qismida yashil slanetslar 
miqdori kamayib, terrigen togʻ jinslarining miqdori ortib boradi. Konda k oltinli 
rudalar katlamlarning ayni shu qismida alevrolit, qumtosh va fillitsimon slanetslardan 
tashkil topgan terrigen togʻ jinslarining ordoviksilur davriga mansub besapan svitasi 
qatlamlarida namoyon boʻlgan. 1 Bevosita oltin rudasini oʻzida mujassam etgan 
mazkur svita katlamlarini 3 qismga boʻlish mumkin: ruda usti katlami ("yashil" 
besapan) — qalinligi 1600 m gacha; rudali qatlam ("aralash" besapan) 
— qalinligi 2000 m gacha; ruda osti katlami ("kulrang" besapan) — qalinligi 2000 m 
gacha. Oltin rudasi, asosan, svitaning oʻrta qismi — "aralash" besapan qatlamida 
joylashgan. Oltin zarralari mavjud boʻlgan ayrim kvars tomirlari svitasining ostki 
5 hissa qoʻshgan bir guruh geolog olim va mutaxassislar (I. H. Hamroboyev, H.T.Toʻlaganov, P.V.Xromishkin, V.G.Garkovets va boshqalar) mamlakatning oliy mukofotiga sazovor boʻldilar (1966). 1965—69 yillarda Muruntov oltin konik.ning sa-noat oʻzlashtirishi ishlari bajarilib, 1969 yil 21 iyulda dastlabki mahsulot — Muruntov quyma oltini chiqarila boshlandi va bu kon nomi dunyoga mashhur boʻldi. Dunyoda eng yirik karyerlardan biri — "Muruntov" karyerining uz. 3,5 km, eni 2,7 km va chuqurligi 430 m. Karyerdan yiliga 35—37 mln. m3 hajmida togʻ jinslari qazib olinadi, shu bilan bogʻliq boʻlgan Zarafshon shahridagi oltin ishlab chiqarish kompleksi yiliga 24 mln. t rudani (2001 yil) qayta ishlaydi. Bu kompleks jahonda oltin ishlab chiqarish bilan mashhur boʻlgan eng yirik korxonalar qatorida 2-oʻrinda (Indoneziyadagi "Grosberg" korxonasidan keyin) turadi. Muruntov oltin koni Muruntov oltin konik.da 1995 yildan "ZarafshonNyumont" qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Mazkur qoʻshma korxona 1995—2001 yillar mobaynida balansdan tashqari boʻlgan va juda katta hajmda yigʻilib qolgan mineralli ; jinslar agʻdarmasining 84 mln. t sini ‘ qayta ishlab 82 t sof oltin ajratib olishga erishdi. Muruntov oltin konik. proterozoy erasining boshlanishida hosil boʻlgan choʻkindi meta- ; morfik togʻ jinslaridan tashkil topgan toshqazigan va besapan svitalari kdtlamlaridan iborat. Ushbu Oltin tarkibli kvarsli-sulfidli metasomatit katlamlarning quyi qismi yuqori darajali metamorfizmga uchragan yashil amfibolli va kvars-slyudali slanetslardan, kvarsit va ohaktoshlardan tuzilgan. Yuqori qismida yashil slanetslar miqdori kamayib, terrigen togʻ jinslarining miqdori ortib boradi. Konda k oltinli rudalar katlamlarning ayni shu qismida alevrolit, qumtosh va fillitsimon slanetslardan tashkil topgan terrigen togʻ jinslarining ordoviksilur davriga mansub besapan svitasi qatlamlarida namoyon boʻlgan. 1 Bevosita oltin rudasini oʻzida mujassam etgan mazkur svita katlamlarini 3 qismga boʻlish mumkin: ruda usti katlami ("yashil" besapan) — qalinligi 1600 m gacha; rudali qatlam ("aralash" besapan) — qalinligi 2000 m gacha; ruda osti katlami ("kulrang" besapan) — qalinligi 2000 m gacha. Oltin rudasi, asosan, svitaning oʻrta qismi — "aralash" besapan qatlamida joylashgan. Oltin zarralari mavjud boʻlgan ayrim kvars tomirlari svitasining ostki
 
6 
 
"kulrang" besapan va ustki — "yashil" besapan qatlamlarida ham uchraydi. Mazkur 
besapan svitasidagi oltin mineralizatsiyasini quyidan toshqazigan svitasiga mansub 
choʻkindi chegaralab turadi. 
Magmatizm hosilalari tomirsimon struktura (dayka) larda joylashgan leykokrat tartibli 
togʻ jinslaridan iborat. Daykalar kon hududida turli tomonlarga 
yoʻnalgan bir necha tasmalar hrsil qilgan, uz. 70 m gacha. Tarkibi esa 
siyenitdioritgranofirli Muruntov magmatik kompleksiga kiruvchi granitporfir, 
sferolitporfir va monsonit porfirlardan tuzilgan. Muruntov oltin konik.ning jan.-sharqiy 
chegarasida Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan eng chuqur burgʻi qudugʻi SG-10 
yordamida yer qaʼrining 4000 m dan ortiq chuqurligida Muruntov granitoid intruzivi 
mavjudligi aniqlandi. Bu dalil oltin konining qosil boʻlish jarayonidagi asosiy 
omillaridan biridir. Mazkur intruziv massivi kaliynatriy qoʻshslyudali leykokrat va 
biotitli granitlardan tashkil toptan. Konning hozirgi tuzilishini yuzaga kelishida, 
shuningdek, ruda tarqalishi va 
joylashishida muhim ahamiyatga ega strukturalar quyidagilardir: 1) oʻq chizigʻi 
Muruntov oltin konik.dan janubrokda oʻtuvchi Toshqazigan antiklinalining shim. 
qanotini shakllantiruvchi Muruntov antiklinali va jan. sinklinal; 2) Muruntov "juft" yer 
yorigʻini tashkil qilgan jan. va strukturali yer yoriqlari, kenglik yoʻnalishida 
joylashgan, vertikal yoki ancha tik jan. ogʻish xrlatiga ega, ruda tarqalishi va 
joylashishida asosiy ahamiyatga ega; 3) shim.-gʻarbga 60— 70° burchak ostida ogʻib 
yotuvchi shimsharqiy yoʻnalishdagi yer yoriqlari. Tik joylashgan rudali zonalar oltinga 
eng boy boʻlib, oʻzaro parallel joylashgan kvars tomirlaridan va kvarsli, kvarssulfidli, 
kvars-turmalinli va karbonatli tomirchalardan iborat. Qiya yotuvchi ruda zonalarida 
oltin miqdori kam. Ruda tarkibi oltin, pirit, arsenopirit.xalkopirit, galenit, sfalerit, 
molibdenit, sheyelitdan, noruda minerallar esa kvars, dala shpati, biotit, turmalin, akti-
nolit, muskovit, kalsit kabilardan tashkil topgan. Oltin yirik va oʻrta donali kvars tomiri 
va tomirchalarida bir kancha sulfidli minerallar, sof vismut va kumush sulfasollari bilan 
birgalikda uchraydi. Muruntov oltin konik. rudalarining asosiy qismi (85% gacha) 
sheyelitoltinkarbonatkaliy shpati-kvars minerallarining paragenetik assotsiatsiyasini 
tashkil etadi. 
6 "kulrang" besapan va ustki — "yashil" besapan qatlamlarida ham uchraydi. Mazkur besapan svitasidagi oltin mineralizatsiyasini quyidan toshqazigan svitasiga mansub choʻkindi chegaralab turadi. Magmatizm hosilalari tomirsimon struktura (dayka) larda joylashgan leykokrat tartibli togʻ jinslaridan iborat. Daykalar kon hududida turli tomonlarga yoʻnalgan bir necha tasmalar hrsil qilgan, uz. 70 m gacha. Tarkibi esa siyenitdioritgranofirli Muruntov magmatik kompleksiga kiruvchi granitporfir, sferolitporfir va monsonit porfirlardan tuzilgan. Muruntov oltin konik.ning jan.-sharqiy chegarasida Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan eng chuqur burgʻi qudugʻi SG-10 yordamida yer qaʼrining 4000 m dan ortiq chuqurligida Muruntov granitoid intruzivi mavjudligi aniqlandi. Bu dalil oltin konining qosil boʻlish jarayonidagi asosiy omillaridan biridir. Mazkur intruziv massivi kaliynatriy qoʻshslyudali leykokrat va biotitli granitlardan tashkil toptan. Konning hozirgi tuzilishini yuzaga kelishida, shuningdek, ruda tarqalishi va joylashishida muhim ahamiyatga ega strukturalar quyidagilardir: 1) oʻq chizigʻi Muruntov oltin konik.dan janubrokda oʻtuvchi Toshqazigan antiklinalining shim. qanotini shakllantiruvchi Muruntov antiklinali va jan. sinklinal; 2) Muruntov "juft" yer yorigʻini tashkil qilgan jan. va strukturali yer yoriqlari, kenglik yoʻnalishida joylashgan, vertikal yoki ancha tik jan. ogʻish xrlatiga ega, ruda tarqalishi va joylashishida asosiy ahamiyatga ega; 3) shim.-gʻarbga 60— 70° burchak ostida ogʻib yotuvchi shimsharqiy yoʻnalishdagi yer yoriqlari. Tik joylashgan rudali zonalar oltinga eng boy boʻlib, oʻzaro parallel joylashgan kvars tomirlaridan va kvarsli, kvarssulfidli, kvars-turmalinli va karbonatli tomirchalardan iborat. Qiya yotuvchi ruda zonalarida oltin miqdori kam. Ruda tarkibi oltin, pirit, arsenopirit.xalkopirit, galenit, sfalerit, molibdenit, sheyelitdan, noruda minerallar esa kvars, dala shpati, biotit, turmalin, akti- nolit, muskovit, kalsit kabilardan tashkil topgan. Oltin yirik va oʻrta donali kvars tomiri va tomirchalarida bir kancha sulfidli minerallar, sof vismut va kumush sulfasollari bilan birgalikda uchraydi. Muruntov oltin konik. rudalarining asosiy qismi (85% gacha) sheyelitoltinkarbonatkaliy shpati-kvars minerallarining paragenetik assotsiatsiyasini tashkil etadi.
 
7 
 
Assotsiatsiyada boʻlgan oltinning probasi 830 dan 980 gacha oʻzgaradi va bu oltinning 
tarkibida qoʻshimcha 3,84 — 9,36 % kumush ham uchraydi. Ikkinchi darajali boʻlgan 
minerallar assotsiatsiyasi (kondagi oltin rudalarining 5 % ini tashkil qiladi) — bu oltin-
arsenopirit-kvars minerallari assotsiatsiyasi. Muruntov oltin konik. rudalarining 
kimyoviy tarkibi turlicha boʻlib, oʻrtacha 1,0 — 29,0 g/t oltin, 0,8 — 7,2 g/t kumush, 
0,003 — 0,6% volfram oksidi, 0,07 — 2,19% oltingugurt, 0,03 — 1,73% margimush 
va boshqa noyob elementlar kam miqdorda bor. 
Kon rudasidagi 50—60% oltin zarralarining kattaligi 0,01—0,02 mm 
boʻlib, ularni faqat mikroskopda koʻrish mumkin. Bu oʻta mayda dispersli ruda 
tarkibidan oltin zarralarini ajratib olishda maxsus faol kimyoviy moddalardan 
foydalaniladi. Bunday hollarda oltin ajratib olish texnologik jarayonida atrof muhitga 
zarar yetkazmaslik maqsadida bir qancha maxsus uskunalar va moslamalar qoʻllaniladi 
va zarur texnologik tadbirlar bajariladi. Soʻnggi yillarda Muruntov oltin konik.ni 
qoʻshimcha oʻrganish maqsadida 20 dan ortiq ishlab chiqarish tashkilotlari tomonidan 
i.t. muassasalari bilan xamkorlikda bir necha dasturlar amalga oshirilmoqda. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
NKMK (Navoiy kon metallurgiya kambinati) 
7 Assotsiatsiyada boʻlgan oltinning probasi 830 dan 980 gacha oʻzgaradi va bu oltinning tarkibida qoʻshimcha 3,84 — 9,36 % kumush ham uchraydi. Ikkinchi darajali boʻlgan minerallar assotsiatsiyasi (kondagi oltin rudalarining 5 % ini tashkil qiladi) — bu oltin- arsenopirit-kvars minerallari assotsiatsiyasi. Muruntov oltin konik. rudalarining kimyoviy tarkibi turlicha boʻlib, oʻrtacha 1,0 — 29,0 g/t oltin, 0,8 — 7,2 g/t kumush, 0,003 — 0,6% volfram oksidi, 0,07 — 2,19% oltingugurt, 0,03 — 1,73% margimush va boshqa noyob elementlar kam miqdorda bor. Kon rudasidagi 50—60% oltin zarralarining kattaligi 0,01—0,02 mm boʻlib, ularni faqat mikroskopda koʻrish mumkin. Bu oʻta mayda dispersli ruda tarkibidan oltin zarralarini ajratib olishda maxsus faol kimyoviy moddalardan foydalaniladi. Bunday hollarda oltin ajratib olish texnologik jarayonida atrof muhitga zarar yetkazmaslik maqsadida bir qancha maxsus uskunalar va moslamalar qoʻllaniladi va zarur texnologik tadbirlar bajariladi. Soʻnggi yillarda Muruntov oltin konik.ni qoʻshimcha oʻrganish maqsadida 20 dan ortiq ishlab chiqarish tashkilotlari tomonidan i.t. muassasalari bilan xamkorlikda bir necha dasturlar amalga oshirilmoqda. NKMK (Navoiy kon metallurgiya kambinati)