O‘ZBEKISTONNIG MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARI BILAN HAMKORLIGI

Yuklangan vaqt

2024-05-03

Yuklab olishlar soni

4

Sahifalar soni

25

Faytl hajmi

157,8 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
O‘ZBEKISTONNIG MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARI BILAN 
HAMKORLIGI 
 
 
Reja: 
Kirish 
1.O’zbekistonning Markaziy osiyo bilan hamkorlik davrida 
2.O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida mintaqalararo hamkorlikni 
amalga oshirishning ijobiy jihatlari quyidagilardan iborat: 
3.Zamonaviy Oʻzbekiston tashqi siyosatida jahonning barcha davlatlar bilan oʻzaro 
manfaatli hamkorlik aloqalarini, uzoq muddatli va koʻp qirrali sheriklikni yanada 
kuchaytirish boʻyicha soʻngi yillarda aniq chora-tadbirlar koʻrilmoqda 
4.O`zbekistonning Markaziy Osiyo respublikalari bilan o`zaro hamkorligi 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz O‘ZBEKISTONNIG MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARI BILAN HAMKORLIGI Reja: Kirish 1.O’zbekistonning Markaziy osiyo bilan hamkorlik davrida 2.O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida mintaqalararo hamkorlikni amalga oshirishning ijobiy jihatlari quyidagilardan iborat: 3.Zamonaviy Oʻzbekiston tashqi siyosatida jahonning barcha davlatlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini, uzoq muddatli va koʻp qirrali sheriklikni yanada kuchaytirish boʻyicha soʻngi yillarda aniq chora-tadbirlar koʻrilmoqda 4.O`zbekistonning Markaziy Osiyo respublikalari bilan o`zaro hamkorligi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
 
 
 
Kirish 
Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi. 
O‘zbekiston tashqi siyosatining yetakchi yo‘nalishlaridan biri Markaziy 
Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, 
Turkmaniston bilan do‘stlik, hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan.  
1993-yilning yanvarida Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov 
tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkent uchrashuvi 
tashkil etildi. 
Oliy darajadagi bu uchrashuvda Markaziy Osiyo Hamdo‘stligiga asos solindi.  
Besh davlat – Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston 
rahbarlari Hamdo‘stlik haqidagi bitimga imzo chekishdi.  
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 1993-yil Qozog‘iston Respublikasining Qizil 
O‘rda shahrida,  
1995-yil yana Nukus shahrida Orol dengizi muammosiga bag‘ishlangan 
uchrashuvlar o‘tkazdilar.  
1999-yil Turkmanistonning Ashxobod shahrida Orolni qutqarish Xalqaro 
jamg‘armasining majlisi bo‘lib o‘tdi. 
2018-yil mart oyida esa Tojikistonda oliy darajadagi uchrashuv amalga oshirildi 
.O‘zbekiston – Qozog‘iston. 
1992 
yil 
iyun 
oyida 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
bilan  
Qozog‘iston 
Respublikasi 
o‘rtasida 
do‘stlik 
va 
hamkorlik 
to‘g‘risidagi  
shartnoma imzolandi  
2017-yil sentabrda Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev rasmiy tashrif 
bilan O‘zbekistonga keldi.  
Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni  “El-yurt hurmati” ordeni bilan 
taqdirladi.  
O‘zbekiston – Qirg‘iziston. 
1992 yil O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan ikki tomonlama hamkorlik do‘stlik, 
o‘zaro yordam haqida shartnoma imzoladilar.  
Kirish Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi. O‘zbekiston tashqi siyosatining yetakchi yo‘nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan do‘stlik, hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. 1993-yilning yanvarida Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkent uchrashuvi tashkil etildi. Oliy darajadagi bu uchrashuvda Markaziy Osiyo Hamdo‘stligiga asos solindi. Besh davlat – Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston rahbarlari Hamdo‘stlik haqidagi bitimga imzo chekishdi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 1993-yil Qozog‘iston Respublikasining Qizil O‘rda shahrida, 1995-yil yana Nukus shahrida Orol dengizi muammosiga bag‘ishlangan uchrashuvlar o‘tkazdilar. 1999-yil Turkmanistonning Ashxobod shahrida Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasining majlisi bo‘lib o‘tdi. 2018-yil mart oyida esa Tojikistonda oliy darajadagi uchrashuv amalga oshirildi .O‘zbekiston – Qozog‘iston. 1992 yil iyun oyida O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi 2017-yil sentabrda Qozog‘iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirladi. O‘zbekiston – Qirg‘iziston. 1992 yil O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan ikki tomonlama hamkorlik do‘stlik, o‘zaro yordam haqida shartnoma imzoladilar.
 
 
2017-yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 
taklifi ga binoan Qirg‘iziston Respublikasining yangi saylangan Prezidenti 
Sooranbay Jeenbekov rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.  
O‘zbekiston – Tojikiston. 
2017-yil may oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni 
poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan AQSh va arabmusulmon davlatlari 
sammitida ishtiroki doirasida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan ilk bor 
uchrashdi.  
Arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammiti. 2017-yil. Ar-Riyod  
2017-yilning aprelida 25 yillik tanaffusdan so‘ng Dushanbe va Toshkent o‘rtasidagi 
aviaqatnov yana tiklandi. 
O‘zbekiston – Turkmaniston. 
1991-yilda O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari uchrashuvida 
O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va 
hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolangan.  
2017-yil mart oyidagi muzokaralar yakunida prezidentlar O‘zbekiston bilan 
Turkmaniston o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. 
 
1.O’zbekistonning Markaziy osiyo bilan hamkorlik davrida 
O‘zbekistonning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvini kengaytirish 
iqtisodiyotda davom etayotgan tarkibiy o‘zgarishlarning muhim elementi bo‘lib, 
barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun muhim zamin bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish strategiyasida mamlakat va uning mintaqalarini 
eksportga yo‘naltirilgan rivojlanish modeliga o‘tish, jumladan, hududlarning 
eksport salohiyatini oshirish va qo‘llab-quvvatlash, ichki bozordagi tovar va 
xizmatlarni jahon bozorlariga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi 
zarurligi bayon etilgan[1]. 
Shu tufayli davlatimiz rahbari BMT bosh Assambleyasining 72-sessiyasida 
Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida mintaqalararo hamkorlikni kuchaytirish 
muhimligini ta’kidlab, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni 
2017-yil dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifi ga binoan Qirg‘iziston Respublikasining yangi saylangan Prezidenti Sooranbay Jeenbekov rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. O‘zbekiston – Tojikiston. 2017-yil may oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan AQSh va arabmusulmon davlatlari sammitida ishtiroki doirasida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan ilk bor uchrashdi. Arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammiti. 2017-yil. Ar-Riyod 2017-yilning aprelida 25 yillik tanaffusdan so‘ng Dushanbe va Toshkent o‘rtasidagi aviaqatnov yana tiklandi. O‘zbekiston – Turkmaniston. 1991-yilda O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolangan. 2017-yil mart oyidagi muzokaralar yakunida prezidentlar O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasida Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. 1.O’zbekistonning Markaziy osiyo bilan hamkorlik davrida O‘zbekistonning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvini kengaytirish iqtisodiyotda davom etayotgan tarkibiy o‘zgarishlarning muhim elementi bo‘lib, barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun muhim zamin bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish strategiyasida mamlakat va uning mintaqalarini eksportga yo‘naltirilgan rivojlanish modeliga o‘tish, jumladan, hududlarning eksport salohiyatini oshirish va qo‘llab-quvvatlash, ichki bozordagi tovar va xizmatlarni jahon bozorlariga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarurligi bayon etilgan[1]. Shu tufayli davlatimiz rahbari BMT bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida mintaqalararo hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta’kidlab, Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni
 
 
mustahkamlash, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lida qator konstruktiv 
g‘oya va tashabbuslarni ilgari surganligi bejiz emas. 
Demak, O‘zbekiston va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi mintaqalararo 
hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bugungi 
kunda dolzarb vazifa hisoblanadi. Shularni inobatga olgan holda, mualliflar, 
O‘zbekiston bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi mintaqalararo 
hamkorlikni mustahkamlash masalalarini mamlakat va uning mintaqalari iqtisodiy 
o‘sishining muhim manbai, deb hisoblashadi. 
Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston bilan Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida 
mintaqalararo hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishdan iborat. 
Ishning asosiy vazifalari: tashqi savdo aylanmasini baholash, mamlakatning raqobat 
ustunliklari va salohiyati, O‘zbekiston mintaqalararo hamkorligining tamoyillari va 
asosiy yo‘nalishlarini belgilash hisoblanadi. 
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, mintaqalararo iqtisodiy hamkorlik faoliyat turlarini 
diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning zamonaviy 
shakllarini joriy etish hamda mahalliy mahsulot va xizmatlarni sotish, xomashyo 
sotib olish, mamlakatlar mintaqalari o‘rtasida investitsiya va mehnat resurslari 
harakatida kuzatiladigan to‘siqlarni bartaraf etishga ko‘maklashadi[2]. 
2017-2019 yillar bo‘yicha “Tovar va xizmatlar eksport, import” O‘zbekiston 
Respublikasi Statistika davlat qo‘mitasining statistik byulletenlari axborot bazasi 
bo‘lib xizmat qildi[3]. Tadqiqotda qiyosiy baholash, guruhlash, tizim va tizimli tahlil 
usullaridan foydalanildi. 
2016 yilda boshlangan yangi iqtisodiy siyosatda iqtisodiyotdagi tarkibiy 
o‘zgarishlarning eng muhim elementlaridan biri O‘zbekistonning jahon iqtisodiy 
tizimiga integratsiyalashuvining sezilarli darajada faollashuvi bo‘ldi. Mamlakat va 
uning mintaqalaridagi mavjud tabiiy-iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanish 
Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo hajmini bosqichma-bosqich 
oshirish imkonini berdi. 
2017-2019 yillarda O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishning asosiy 
yo‘nalishlari eksport salohiyatini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish 
mustahkamlash, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lida qator konstruktiv g‘oya va tashabbuslarni ilgari surganligi bejiz emas. Demak, O‘zbekiston va xorijiy davlatlar o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bugungi kunda dolzarb vazifa hisoblanadi. Shularni inobatga olgan holda, mualliflar, O‘zbekiston bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash masalalarini mamlakat va uning mintaqalari iqtisodiy o‘sishining muhim manbai, deb hisoblashadi. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston bilan Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida mintaqalararo hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishdan iborat. Ishning asosiy vazifalari: tashqi savdo aylanmasini baholash, mamlakatning raqobat ustunliklari va salohiyati, O‘zbekiston mintaqalararo hamkorligining tamoyillari va asosiy yo‘nalishlarini belgilash hisoblanadi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, mintaqalararo iqtisodiy hamkorlik faoliyat turlarini diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning zamonaviy shakllarini joriy etish hamda mahalliy mahsulot va xizmatlarni sotish, xomashyo sotib olish, mamlakatlar mintaqalari o‘rtasida investitsiya va mehnat resurslari harakatida kuzatiladigan to‘siqlarni bartaraf etishga ko‘maklashadi[2]. 2017-2019 yillar bo‘yicha “Tovar va xizmatlar eksport, import” O‘zbekiston Respublikasi Statistika davlat qo‘mitasining statistik byulletenlari axborot bazasi bo‘lib xizmat qildi[3]. Tadqiqotda qiyosiy baholash, guruhlash, tizim va tizimli tahlil usullaridan foydalanildi. 2016 yilda boshlangan yangi iqtisodiy siyosatda iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarning eng muhim elementlaridan biri O‘zbekistonning jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvining sezilarli darajada faollashuvi bo‘ldi. Mamlakat va uning mintaqalaridagi mavjud tabiiy-iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanish Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo hajmini bosqichma-bosqich oshirish imkonini berdi. 2017-2019 yillarda O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari eksport salohiyatini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish
 
 
ko‘lamini kengaytirish va import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarish jarayonlarini 
chuqurlashtirish bo‘ldi. Tahlil qilingan davrda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo 
mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2,9 barobar oshdi, bu mamlakat savdo 
aylanmasining umumiy qiymati o‘sishidan yuqori (O‘zbekiston tashqi savdo 
aylanmasining umumiy hajmi shu davr mobaynida 1,5 barobar oshdi) bo‘ldi. 
Natijada Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi savdodagi hissasi 2017 yilda 10,2% 
dan 2019 yilda 19,1% gacha oshgan bo‘lib, bu mintaqalararo iqtisodiy hamkorlikni 
mustahkamlashdan dalolat beradi (1-jadval). 
ko‘lamini kengaytirish va import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘ldi. Tahlil qilingan davrda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2,9 barobar oshdi, bu mamlakat savdo aylanmasining umumiy qiymati o‘sishidan yuqori (O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining umumiy hajmi shu davr mobaynida 1,5 barobar oshdi) bo‘ldi. Natijada Markaziy Osiyo davlatlarining tashqi savdodagi hissasi 2017 yilda 10,2% dan 2019 yilda 19,1% gacha oshgan bo‘lib, bu mintaqalararo iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashdan dalolat beradi (1-jadval).
 
 
Shuni ta’kidlash joizki, ayrim iqtisodiy faoliyat turlarida o‘ziga xos xususiyatlar va 
raqobat ustunliklariga ega bo‘lgan O‘zbekiston tovar va xizmatlarni eksport qilishda 
munosib o‘rin egallaydi (2019 yilda mamlakat tovar va xizmatlarini eksport qilishda 
Markaziy Osiyo mamlakatlarining ulushi 14,5% ni tashkil etdi, bu esa 2017 yilga 
nisbatan yuqoridir). 
Shu bilan birga, mintaqa mamlakatlari orasida asosiy importchilar Qozog‘iston 
(umumiy eksportning 8,0%) va Qirg‘iziston (3,8%) hisoblanadi, Tojikiston va 
Turkmaniston esa o‘rtacha ko‘rsatkichlarga ega (1,9% va 0,8%, mos ravishda). 
Tovarlar va xizmatlar eksport tarkibining tahlili shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston 
kimyo mahsulotlari va undan olinadigan mahsulotlar, mashina va uskunalar, oziq-
ovqat mahsulotlari (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmanistonga), 
shuningdek, qora metallar (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistonga eksport) ishlab 
chiqarish va eksport qilishda raqobat ustunligiga ega (2-jadval). 
Shuni ta’kidlash joizki, ayrim iqtisodiy faoliyat turlarida o‘ziga xos xususiyatlar va raqobat ustunliklariga ega bo‘lgan O‘zbekiston tovar va xizmatlarni eksport qilishda munosib o‘rin egallaydi (2019 yilda mamlakat tovar va xizmatlarini eksport qilishda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ulushi 14,5% ni tashkil etdi, bu esa 2017 yilga nisbatan yuqoridir). Shu bilan birga, mintaqa mamlakatlari orasida asosiy importchilar Qozog‘iston (umumiy eksportning 8,0%) va Qirg‘iziston (3,8%) hisoblanadi, Tojikiston va Turkmaniston esa o‘rtacha ko‘rsatkichlarga ega (1,9% va 0,8%, mos ravishda). Tovarlar va xizmatlar eksport tarkibining tahlili shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekiston kimyo mahsulotlari va undan olinadigan mahsulotlar, mashina va uskunalar, oziq- ovqat mahsulotlari (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmanistonga), shuningdek, qora metallar (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistonga eksport) ishlab chiqarish va eksport qilishda raqobat ustunligiga ega (2-jadval).
 
 
 
Shu bilan birga, O‘zbekiston Markaziy Osiyodan energiya va neft mahsulotlari, 
rangli va qora metallar va boshqa mahsulotlarning asosiy importyori hisoblanadi. 
Umuman olganda, bugungi kunga kelib, Markaziy Osiyo hukumatlari tomonidan 
sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik, mintaqalararo hamkorlik, sarmoyalarni 
o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish, ta’lim-tarbiya hujjatlarini o‘zaro tan olish 
to‘g‘risida 
shartnomalar 
imzolandi. 
O‘zbekiston 
mashinasozlik, 
elektr, 
to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati sohalarida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish 
hamkorlik uchun yaxshi istiqbollarni ko‘rmoqda. 
Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston iqtisodiy mintaqalararo 
rivojlanish va mintaqada ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida ham O‘zbekiston 
uchun muhim hamkorlardir. Bu mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar xalqlarning 
tarixiy yaqinligi va o‘zaro siyosiy va iqtisodiy manfaatlarga asoslanadi. 
Hamkorlikni kengaytirishning muhim omili qo‘shma va xorijiy korxonalarning 
muvaffaqiyatli faoliyat yuritishidir. Hozirgi kunda O‘zbekistonda qozoq sarmoyasi 
Shu bilan birga, O‘zbekiston Markaziy Osiyodan energiya va neft mahsulotlari, rangli va qora metallar va boshqa mahsulotlarning asosiy importyori hisoblanadi. Umuman olganda, bugungi kunga kelib, Markaziy Osiyo hukumatlari tomonidan sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik, mintaqalararo hamkorlik, sarmoyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish, ta’lim-tarbiya hujjatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘risida shartnomalar imzolandi. O‘zbekiston mashinasozlik, elektr, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati sohalarida ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamkorlik uchun yaxshi istiqbollarni ko‘rmoqda. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston iqtisodiy mintaqalararo rivojlanish va mintaqada ekologik xavfsizlikni ta’minlash borasida ham O‘zbekiston uchun muhim hamkorlardir. Bu mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar xalqlarning tarixiy yaqinligi va o‘zaro siyosiy va iqtisodiy manfaatlarga asoslanadi. Hamkorlikni kengaytirishning muhim omili qo‘shma va xorijiy korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishidir. Hozirgi kunda O‘zbekistonda qozoq sarmoyasi
 
 
ishtirokida tuzilgan 200 dan ortiq korxona (83% qo‘shma korxona va 100% qozoq 
sarmoyasi bilan 17% korxona) va qirg‘iz sarmoyadorlari ishtirokida tuzilgan 96 ga 
yaqin kompaniya mavjud. O‘z navbatida, Qozog‘iston hududida 150 ga yaqin 
korxona, Qirg‘izistonda esa keng turdagi tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan 200 dan ortiq qo‘shma qirg‘iz – o‘zbek korxonalari faoliyat 
ko‘rsatmoqda. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2.O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida mintaqalararo 
hamkorlikni amalga oshirishning ijobiy jihatlari quyidagilardan iborat: 
- yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, hududiy klaster, savdo zonalarni 
tashkil etish; 
- yuqori texnologiyali faoliyat turlarini (mashinasozlik, farmatsevtika, asbobsozlik, 
axborotlashtirish va aloqa) rivojlantirish va amalga oshirishda tuman va shaharlarda 
sanoatni rivojlantirish maqsadida hududlarga investitsiya resurslarini jalb qilish; 
- mahalliy mahsulotlar, masalan, to‘qimachilik mahsulotlari uchun o‘z brendini 
shakllantirish, Markaziy Osiyoda savdo uylari va markazlarini tashkil etish; 
ishtirokida tuzilgan 200 dan ortiq korxona (83% qo‘shma korxona va 100% qozoq sarmoyasi bilan 17% korxona) va qirg‘iz sarmoyadorlari ishtirokida tuzilgan 96 ga yaqin kompaniya mavjud. O‘z navbatida, Qozog‘iston hududida 150 ga yaqin korxona, Qirg‘izistonda esa keng turdagi tovar va xizmatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan 200 dan ortiq qo‘shma qirg‘iz – o‘zbek korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. 2.O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida mintaqalararo hamkorlikni amalga oshirishning ijobiy jihatlari quyidagilardan iborat: - yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, hududiy klaster, savdo zonalarni tashkil etish; - yuqori texnologiyali faoliyat turlarini (mashinasozlik, farmatsevtika, asbobsozlik, axborotlashtirish va aloqa) rivojlantirish va amalga oshirishda tuman va shaharlarda sanoatni rivojlantirish maqsadida hududlarga investitsiya resurslarini jalb qilish; - mahalliy mahsulotlar, masalan, to‘qimachilik mahsulotlari uchun o‘z brendini shakllantirish, Markaziy Osiyoda savdo uylari va markazlarini tashkil etish;
 
 
- mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorlarga, xususan, Markaziy Osiyo 
mamlakatlariga, erkin savdo zonalari to‘g‘risidagi bitimlarni amalga oshirish 
doirasida chiqarish; 
- ta’lim, sog‘liqni saqlash, biznesni rivojlantirish va investitsion jozibadorlikni 
oshirish sohasida tajriba almashish, ilg‘or texnika va texnologiyalar ishlab 
chiqarishga jalb etish; 
- mahalliy quvvatlar va resurslarga asoslangan qo‘shma loyihalar orqali uzoq va 
chegara hududlarini (qishloq joylarini) rivojlantirish va boshqalar. 
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tomonidan tadqiqot ishlari 
doirasida o‘tkazilgan mintaqalarning tabiiy-iqtisodiy salohiyatini baholash 
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ko‘p tomonlama hamkorligi 
uchun istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlash imkonini berdi[4]. 
Birinchidan, ishlab chiqarishni joylashtirish (paxta-to‘qimachilik va agrosanoat 
klaster) zamonaviy shakllarini joriy etish asosida qayta ishlab chiqarishni 
chuqurlashtirishga qaratilgan davlat sanoat siyosati iqtisodiyotning xomashyoga 
yo‘naltirilgan ixtisoslashuvini kamaytirish va tayyor mahsulotlar (qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari, tayyor meva va sabzavot, go‘sht va sut mahsulotlari, to‘qimachilik, 
farmatsevtika, va hokazo) eksport salohiyatini oshirish uchun zaxira ekanligini 
ta’kidlash lozim. Shu munosabat bilan mintaqalararo loyihalarni amalga oshirishda 
xorijiy investitsiyalarni jalb etish, to‘plangan tajribani (masalan, Farg‘ona 
vodiysining yerga ishlov berish, qurilish ishlari bo‘yicha tajribasi va boshqalar) joriy 
etish, tovarlar va xizmatlarni sotishga yordam berish uchun qo‘shni mamlakatlarda 
biznes markazlari va savdo uylari yaratish mumkin. 
Ikkinchidan, O‘zbekiston yo‘lovchilar va yuklarni transchegaraviy tashishni 
yanada rivojlantirish uchun yetarli darajada rivojlangan transport infratuzilmasiga 
ega. Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtiruvchi va tashqi bozorlarga chiquvchi eng 
muhim transport yo‘laklarini barpo etish va modernizatsiya qilish loyihalarini 
- mahalliy mahsulotlarning tashqi bozorlarga, xususan, Markaziy Osiyo mamlakatlariga, erkin savdo zonalari to‘g‘risidagi bitimlarni amalga oshirish doirasida chiqarish; - ta’lim, sog‘liqni saqlash, biznesni rivojlantirish va investitsion jozibadorlikni oshirish sohasida tajriba almashish, ilg‘or texnika va texnologiyalar ishlab chiqarishga jalb etish; - mahalliy quvvatlar va resurslarga asoslangan qo‘shma loyihalar orqali uzoq va chegara hududlarini (qishloq joylarini) rivojlantirish va boshqalar. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tomonidan tadqiqot ishlari doirasida o‘tkazilgan mintaqalarning tabiiy-iqtisodiy salohiyatini baholash O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ko‘p tomonlama hamkorligi uchun istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlash imkonini berdi[4]. Birinchidan, ishlab chiqarishni joylashtirish (paxta-to‘qimachilik va agrosanoat klaster) zamonaviy shakllarini joriy etish asosida qayta ishlab chiqarishni chuqurlashtirishga qaratilgan davlat sanoat siyosati iqtisodiyotning xomashyoga yo‘naltirilgan ixtisoslashuvini kamaytirish va tayyor mahsulotlar (qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, tayyor meva va sabzavot, go‘sht va sut mahsulotlari, to‘qimachilik, farmatsevtika, va hokazo) eksport salohiyatini oshirish uchun zaxira ekanligini ta’kidlash lozim. Shu munosabat bilan mintaqalararo loyihalarni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarni jalb etish, to‘plangan tajribani (masalan, Farg‘ona vodiysining yerga ishlov berish, qurilish ishlari bo‘yicha tajribasi va boshqalar) joriy etish, tovarlar va xizmatlarni sotishga yordam berish uchun qo‘shni mamlakatlarda biznes markazlari va savdo uylari yaratish mumkin. Ikkinchidan, O‘zbekiston yo‘lovchilar va yuklarni transchegaraviy tashishni yanada rivojlantirish uchun yetarli darajada rivojlangan transport infratuzilmasiga ega. Markaziy Osiyo davlatlarini birlashtiruvchi va tashqi bozorlarga chiquvchi eng muhim transport yo‘laklarini barpo etish va modernizatsiya qilish loyihalarini
 
 
amalga oshirish, transport logistikasini rivojlantirish xarajatlarni kamaytiradi, 
mamlakatlar o‘rtasidagi savdoni oshiradi va Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab turizmni 
rivojlantirish istiqbollarini ochadi. 
Bundan tashqari, O‘zbekiston chegara hududlari bilan qo‘shni davlatlarning tegishli 
chegara hududlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan 
transchegaraviy savdoni tashkil etish nuqtai nazaridan yagona yo‘lak yaratish 
maqsadga muvofiqdir. 
Uchinchidan, aholi nisbatan zich joylashgan hudud va mehnat resurslarining 
mavjudligi bilan ajralib turadigan O‘zbekiston uchun aholining faol mehnat 
migratsiyasi dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Tashqi mehnat migratsiyasi - 
mehnat va malakali kadrlarning mamlakat hududlaridan iqtisodiy jihatdan nisbatan 
rivojlangan mamlakatlarga chiqishi bilan izohlanadi. O‘zbekiston aholisining 
Markaziy Osiyo davlatlari bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha mintaqalararo 
hamkorlikni tashkil etish doirasida barcha tomonlar uchun qulay bitimlarga erishish 
mumkin. Bu yo‘nalishda ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasini kengaytirish, 
keyinchalik aholi bandligini ta’minlash imkoniyatlari ham mavjud. 
To‘rtinchidan, Markaziy Osiyo mintaqalarining umumiy muammosi suv-
energetika 
resurslaridan 
oqilona 
foydalanish 
va 
ekologik 
vaziyatni 
barqarorlashtirishdir[5]. 
Yagona energetika tizimining qayta tiklanishi O‘zbekiston, Turkmaniston, 
Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonga umumiy quvvatlardan foydalanish va 
energiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish imkonini beradi. 
Yagona elektr energiyasi bozori iste’molchilarga oshkora narxlar belgilash imkonini 
beradi va a’zo davlatlarning iqtisodiy o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Markaziy Osiyo mintaqalaridagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha 
birgalikdagi sa’y-harakatlar doirasida “suvning quyi qismi”dagi davlatlarda 
(Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston) suv tanqisligini bartaraf etish, 
amalga oshirish, transport logistikasini rivojlantirish xarajatlarni kamaytiradi, mamlakatlar o‘rtasidagi savdoni oshiradi va Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab turizmni rivojlantirish istiqbollarini ochadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston chegara hududlari bilan qo‘shni davlatlarning tegishli chegara hududlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan transchegaraviy savdoni tashkil etish nuqtai nazaridan yagona yo‘lak yaratish maqsadga muvofiqdir. Uchinchidan, aholi nisbatan zich joylashgan hudud va mehnat resurslarining mavjudligi bilan ajralib turadigan O‘zbekiston uchun aholining faol mehnat migratsiyasi dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda. Tashqi mehnat migratsiyasi - mehnat va malakali kadrlarning mamlakat hududlaridan iqtisodiy jihatdan nisbatan rivojlangan mamlakatlarga chiqishi bilan izohlanadi. O‘zbekiston aholisining Markaziy Osiyo davlatlari bilan bandligini ta’minlash bo‘yicha mintaqalararo hamkorlikni tashkil etish doirasida barcha tomonlar uchun qulay bitimlarga erishish mumkin. Bu yo‘nalishda ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasini kengaytirish, keyinchalik aholi bandligini ta’minlash imkoniyatlari ham mavjud. To‘rtinchidan, Markaziy Osiyo mintaqalarining umumiy muammosi suv- energetika resurslaridan oqilona foydalanish va ekologik vaziyatni barqarorlashtirishdir[5]. Yagona energetika tizimining qayta tiklanishi O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonga umumiy quvvatlardan foydalanish va energiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish imkonini beradi. Yagona elektr energiyasi bozori iste’molchilarga oshkora narxlar belgilash imkonini beradi va a’zo davlatlarning iqtisodiy o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Markaziy Osiyo mintaqalaridagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlar doirasida “suvning quyi qismi”dagi davlatlarda (Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston) suv tanqisligini bartaraf etish,
 
 
“suvning yuqori qismi”dagi mamlakatlarni (Qirg‘iziston va Tojikiston) esa 
gidroelektr stansiyalaridan elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, qishloq 
xo‘jaligini intensivlashtirish orqali suv sarfini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar 
o‘tkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Shunday qilib, mintaqaviy va mintaqalararo iqtisodiy munosabatlarni yanada 
kuchaytirish Markaziy Osiyo davlatlari uchun yagona iqtisodiy bozorni yaratish, 
mintaqaviy va jahon bozorlarida mahsulotning raqobatbardosh-ligini oshirish, 
mavjud resurslardan samarali foydalanish, innovatsion jarayonlarni jadallashtirish, 
yagona ilmiy va ta’lim salohiyatini shakllantirish, ishlab chiqarish xarajatlarini 
kamaytirish orqali ularning taraqqiyotiga sezilarli ijobiy turtki beradi. 
 
 
 
 
3.Zamonaviy Oʻzbekiston tashqi siyosatida jahonning barcha davlatlar bilan 
oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini, uzoq muddatli va koʻp qirrali 
sheriklikni yanada kuchaytirish boʻyicha soʻngi yillarda aniq chora-tadbirlar 
koʻrilmoqda. 
Xususan, davlatimiz tomonidan azaliy va yagona tarixiy ildizlarga ega boʻlgan 
Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan boʻlgan munosabatlar rivojiga alohida eʼtibor 
qaratilmoqda 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining soʻnggi hisob-kitoblariga koʻra, hozirgi kunda 
Markaziy Osiyo aholisi 72,5 million kishini tashkil etadi. Bunda Oʻzbekistonning 
ulushi 45% atrofida, Qozogʻiston - 25%, Tojikiston - 13%, Qirgʻiziston va 
Turkmaniston - har biri 8,5% ni tashkil etadi. 
“suvning yuqori qismi”dagi mamlakatlarni (Qirg‘iziston va Tojikiston) esa gidroelektr stansiyalaridan elektr energiyasi bilan ta’minlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligini intensivlashtirish orqali suv sarfini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar o‘tkazish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunday qilib, mintaqaviy va mintaqalararo iqtisodiy munosabatlarni yanada kuchaytirish Markaziy Osiyo davlatlari uchun yagona iqtisodiy bozorni yaratish, mintaqaviy va jahon bozorlarida mahsulotning raqobatbardosh-ligini oshirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish, innovatsion jarayonlarni jadallashtirish, yagona ilmiy va ta’lim salohiyatini shakllantirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish orqali ularning taraqqiyotiga sezilarli ijobiy turtki beradi. 3.Zamonaviy Oʻzbekiston tashqi siyosatida jahonning barcha davlatlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini, uzoq muddatli va koʻp qirrali sheriklikni yanada kuchaytirish boʻyicha soʻngi yillarda aniq chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Xususan, davlatimiz tomonidan azaliy va yagona tarixiy ildizlarga ega boʻlgan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan boʻlgan munosabatlar rivojiga alohida eʼtibor qaratilmoqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining soʻnggi hisob-kitoblariga koʻra, hozirgi kunda Markaziy Osiyo aholisi 72,5 million kishini tashkil etadi. Bunda Oʻzbekistonning ulushi 45% atrofida, Qozogʻiston - 25%, Tojikiston - 13%, Qirgʻiziston va Turkmaniston - har biri 8,5% ni tashkil etadi.
 
 
Qayd etish joizki, soʻnggi uch yil ichida Oʻzbekistonning mintaqaviy saʼy-
harakatlari tufayli Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida oʻzaro ishonch va hamkorlik 
yangi bosqichga koʻtarildi. Bu vaqt ichida mintaqamizda doʻstlik, yaxshi 
qoʻshnichilik va oʻzaro hamkorlik muhitini yaratishga erishildi. 
Oʻzbekistonda kechayotgan tub islohotlar, jamiyatimiz hayotidagi demokratik 
oʻzgarishlar, erishilgan natijalar nafaqat mamlakatimiz hududida balki qoʻshni 
davlatlardagi xalqlarda ham katta qiziqish uygʻotib, mintaqaviy jarayonlarga katta 
ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. 
Oʻzaro munosabatlarda yaqin-yaqingacha baʼzi mavzularda gapirish nooʻrin 
hisoblangan boʻlsa, hozirda biror bir yopiq va muhokama qilinmagan muammoli 
masala qolmadi. 
Xususan, chegara postlarining ochilishi va ular sonining koʻpaytirilishi, vizasiz 
rejimning 
joriy 
etilishi 
kabilar 
xalqlarimizning 
oʻzaro 
bordi-keldisini 
yengillashtirmoqda. Oʻzbekiston olib borayotgan tashqi siyosatdagi konstruktiv 
yondashuv tufayli yillar davomida muammo boʻlib kelgan koʻpgina masalalar, 
xususan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transchegaraviy, suv resurslaridan oqilona 
foydalanish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, fuqarolarning 
chegara punktlarini kesib oʻtishi, oʻzaro turizmni rivojlantirish kabi dolzarb 
masalalar mintaqa davlatlari tomonidan ochiq va doʻstona ruhda hal qilinmoqda. 
Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan mintaqaviy hamkorlikning yangi 
mexanizmlari tashkil etildi. Bunga misol qilib, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining 
Maslahatlashuv uchrashuvlarini keltirish mumkin. 
Ushbu institut mintaqaviy muammolarni birgalikda muhokama qilishning muhim 
mexanizmiga aylandi, deb aytish mumkin. 
Oʻzbekistonning mazkur yoʻnalishdagi siyosati rivojlangan xorijiy mamlakatlarning 
(AQSH, Xitoy, Yaponiya, Fransiya, Germaniya) yetakchi ekspert va olimlari 
Qayd etish joizki, soʻnggi uch yil ichida Oʻzbekistonning mintaqaviy saʼy- harakatlari tufayli Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida oʻzaro ishonch va hamkorlik yangi bosqichga koʻtarildi. Bu vaqt ichida mintaqamizda doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro hamkorlik muhitini yaratishga erishildi. Oʻzbekistonda kechayotgan tub islohotlar, jamiyatimiz hayotidagi demokratik oʻzgarishlar, erishilgan natijalar nafaqat mamlakatimiz hududida balki qoʻshni davlatlardagi xalqlarda ham katta qiziqish uygʻotib, mintaqaviy jarayonlarga katta ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda. Oʻzaro munosabatlarda yaqin-yaqingacha baʼzi mavzularda gapirish nooʻrin hisoblangan boʻlsa, hozirda biror bir yopiq va muhokama qilinmagan muammoli masala qolmadi. Xususan, chegara postlarining ochilishi va ular sonining koʻpaytirilishi, vizasiz rejimning joriy etilishi kabilar xalqlarimizning oʻzaro bordi-keldisini yengillashtirmoqda. Oʻzbekiston olib borayotgan tashqi siyosatdagi konstruktiv yondashuv tufayli yillar davomida muammo boʻlib kelgan koʻpgina masalalar, xususan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transchegaraviy, suv resurslaridan oqilona foydalanish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, fuqarolarning chegara punktlarini kesib oʻtishi, oʻzaro turizmni rivojlantirish kabi dolzarb masalalar mintaqa davlatlari tomonidan ochiq va doʻstona ruhda hal qilinmoqda. Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan mintaqaviy hamkorlikning yangi mexanizmlari tashkil etildi. Bunga misol qilib, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahatlashuv uchrashuvlarini keltirish mumkin. Ushbu institut mintaqaviy muammolarni birgalikda muhokama qilishning muhim mexanizmiga aylandi, deb aytish mumkin. Oʻzbekistonning mazkur yoʻnalishdagi siyosati rivojlangan xorijiy mamlakatlarning (AQSH, Xitoy, Yaponiya, Fransiya, Germaniya) yetakchi ekspert va olimlari
 
 
(F.Starr, S.Chjanchji, T.Tonaka, E.Dyupyui, M.Dornfeldt) tomonidan alohida eʼtirof 
etildi. 
Markaziy Osiyoning Oʻzbekiston tashqi siyosatida ustuvor yoʻnalish sifatida 
qaralishiga turtki berayotgan, mintaqa davlatlariga xos boʻlgan mushtarak 
omillardan quyidagilarini ajratib koʻrsatish mumkin: 
 mintaqa davlatlarining joʻgʻrofiy joylashuvi va xususan, Oʻzbekistonning 
mintaqa markazidan oʻrin olgani va ularning barchasi bilan chegaradoshligi; 
 milliy, madaniy, diniy va ijtimoiy-iqtisodiy qadriyatlarning oʻxshash va 
yaqinligi; 
 umumiy transport va energetika kommunikatsiyalarining mavjudligi; 
 mintaqadagi suv resurslarining oʻzaro oqilona taqsimoti; 
 mintaqada ekologik, xavfsizlik va barqarorlik masalalarining umumiyligi. 
Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida koʻpgina sohalar qatori tashqi 
siyosat sohasida 2021-yilda amalga oshirish ustuvor boʻlgan vazifalar belgilab 
berildi. 
Jumladan, milliy manfaatlarimizga javob beradigan, ochiq, pragmatik va amaliy 
tashqi siyosatni inobatga olib hamda uzoq muddatli strategik maqsadlardan kelib 
chiqqan holda 2012-yilda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi 
siyosiy faoliyat Konsepsiyasi takomillashtirilishi qayd etildi. 
Shuningdek, Oʻzbekiston tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlari boʻlgan Markaziy 
Osiyo mintaqasidagi mamlakatlari bilan koʻp asrlik doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik 
munosabatlari, strategik sheriklik va oʻzaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada 
mustahkamlash masalasiga 2021-yilda ham jiddiy eʼtibor qaratilishi taʼkidlandi. 
Shu maʼnoda nutqda “Murakkab pandemiya sharoiti biz bir-birimizga qanchalik 
bogʻliq va kerak ekanligimizni yana bir bor yaqqol namoyon etdi”, deya taʼkidlandi. 
(F.Starr, S.Chjanchji, T.Tonaka, E.Dyupyui, M.Dornfeldt) tomonidan alohida eʼtirof etildi. Markaziy Osiyoning Oʻzbekiston tashqi siyosatida ustuvor yoʻnalish sifatida qaralishiga turtki berayotgan, mintaqa davlatlariga xos boʻlgan mushtarak omillardan quyidagilarini ajratib koʻrsatish mumkin:  mintaqa davlatlarining joʻgʻrofiy joylashuvi va xususan, Oʻzbekistonning mintaqa markazidan oʻrin olgani va ularning barchasi bilan chegaradoshligi;  milliy, madaniy, diniy va ijtimoiy-iqtisodiy qadriyatlarning oʻxshash va yaqinligi;  umumiy transport va energetika kommunikatsiyalarining mavjudligi;  mintaqadagi suv resurslarining oʻzaro oqilona taqsimoti;  mintaqada ekologik, xavfsizlik va barqarorlik masalalarining umumiyligi. Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida koʻpgina sohalar qatori tashqi siyosat sohasida 2021-yilda amalga oshirish ustuvor boʻlgan vazifalar belgilab berildi. Jumladan, milliy manfaatlarimizga javob beradigan, ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosatni inobatga olib hamda uzoq muddatli strategik maqsadlardan kelib chiqqan holda 2012-yilda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyat Konsepsiyasi takomillashtirilishi qayd etildi. Shuningdek, Oʻzbekiston tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlari boʻlgan Markaziy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlari bilan koʻp asrlik doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari, strategik sheriklik va oʻzaro ishonch ruhidagi aloqalarimizni yanada mustahkamlash masalasiga 2021-yilda ham jiddiy eʼtibor qaratilishi taʼkidlandi. Shu maʼnoda nutqda “Murakkab pandemiya sharoiti biz bir-birimizga qanchalik bogʻliq va kerak ekanligimizni yana bir bor yaqqol namoyon etdi”, deya taʼkidlandi.
 
 
Bu boradagi ijobiy tajribalarni chuqur oʻrganish va yanada rivojlantirish maqsadida 
Markaziy Osiyo xalqaro instituti tomonidan shu yil 15-yanvarda Jahon iqtisodiyoti 
va diplomatiya universiteti bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo davlatlari bilan 
amaliy hamkorlik istiqbollari va mintaqaviy tadqiqotlarning dolzarb masalalari” 
mavzusida anjuman oʻtkazilgani eʼtiborga molikdir. 
Unda mamlakatimiz ekspertlari, olimlari va qoʻshni davlatlardagi elchilari ishtirok 
etib, mintaqaviy jarayonlarning dolzarb masalalarini atroflicha muhokama qildilar 
va bu boradagi ilmiy tadqiqotlarning asosiy yoʻnalishlarini belgilab olishgani 
murojaatnomada belgilangan muhim vazifalarni bajarish yoʻlida amaliy qadam 
boʻldi. 
Statistik maʼlumotlarga murojaat qilsak, Markaziy Osiyo davlatlarida oʻrtasida tovar 
ayirboshlash hajmi 2019-yilda 2016-yilga nisbatan 56 foizga oʻsganini kuzatish 
mumkin. Garchi murakkab pandemiya tufayli oʻtgan yili ushbu raqamlar biroz 
pasaygan boʻlsa-da, oʻsish koʻrsatkichlarini taʼminlash uchun joriy yilda barcha 
asoslar yetarlidir. 
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Murojaatnomada tashqi siyosatimizning eng 
ustuvor yoʻnalishi sifatida Markaziy Osiyo mintaqasiga alohida urgʻu qaratgani joriy 
yilda oʻzaro manfaatli munosabatlarni yanada kengaytirish borasida ham ikki 
tomonlama, ham koʻp tomonlama hamkorlik borasida gʻoyatda samarali boʻlishidan 
yaqqol dalolat beradi. 
 
 
 
 
 
Bu boradagi ijobiy tajribalarni chuqur oʻrganish va yanada rivojlantirish maqsadida Markaziy Osiyo xalqaro instituti tomonidan shu yil 15-yanvarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo davlatlari bilan amaliy hamkorlik istiqbollari va mintaqaviy tadqiqotlarning dolzarb masalalari” mavzusida anjuman oʻtkazilgani eʼtiborga molikdir. Unda mamlakatimiz ekspertlari, olimlari va qoʻshni davlatlardagi elchilari ishtirok etib, mintaqaviy jarayonlarning dolzarb masalalarini atroflicha muhokama qildilar va bu boradagi ilmiy tadqiqotlarning asosiy yoʻnalishlarini belgilab olishgani murojaatnomada belgilangan muhim vazifalarni bajarish yoʻlida amaliy qadam boʻldi. Statistik maʼlumotlarga murojaat qilsak, Markaziy Osiyo davlatlarida oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 2019-yilda 2016-yilga nisbatan 56 foizga oʻsganini kuzatish mumkin. Garchi murakkab pandemiya tufayli oʻtgan yili ushbu raqamlar biroz pasaygan boʻlsa-da, oʻsish koʻrsatkichlarini taʼminlash uchun joriy yilda barcha asoslar yetarlidir. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Murojaatnomada tashqi siyosatimizning eng ustuvor yoʻnalishi sifatida Markaziy Osiyo mintaqasiga alohida urgʻu qaratgani joriy yilda oʻzaro manfaatli munosabatlarni yanada kengaytirish borasida ham ikki tomonlama, ham koʻp tomonlama hamkorlik borasida gʻoyatda samarali boʻlishidan yaqqol dalolat beradi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4.O`zbekistonning Markaziy Osiyo respublikalari bilan o`zaro hamkorligi 
1993-yil Markaziy Osiyo rahbarlarining Almatida bo`lib o`tgan uchrashuvidan 
so`ng Markaziy Osiyo hamdo`stligiga asos solindi. Hamdo‘stlikka a’zo bo‘lgan 
davlatlarga milliy mudofaani kafolatlashga, ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlari va 
aloqa vositalari, yangi texnologiyaga erishish, xorijiy davlatlardan mahsulot tashish, 
zarur xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni keltirish hamda o‘z mahsulotini jahon 
bozoriga olib chiqish, tabiiy ofatlar oqibatini tugatish, ekologiya sohasida tadbirlarni 
birgalikda o‘tkazish uchun imkoniyatlar yaratildi. 
Din, e’tiqod, til birligi, azaliy qardoshlik munosabatlari bu davlatlar iqtisodiy 
taraqqiyotida shubhasiz katta ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda o`ziga ruxan, urf-
odatlari va an’analari bilan yaqin mamlakatlar bilan mustahkam munosabatlar 
o`rnatish suveren O`zbekistonning tashqi siyosatidagi muhim yo`nalishlardan 
biridir. Bu ishlar Turkiston xalqlarining asosiy manfaatlarini ifodalagani uchun, ular 
4.O`zbekistonning Markaziy Osiyo respublikalari bilan o`zaro hamkorligi 1993-yil Markaziy Osiyo rahbarlarining Almatida bo`lib o`tgan uchrashuvidan so`ng Markaziy Osiyo hamdo`stligiga asos solindi. Hamdo‘stlikka a’zo bo‘lgan davlatlarga milliy mudofaani kafolatlashga, ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlari va aloqa vositalari, yangi texnologiyaga erishish, xorijiy davlatlardan mahsulot tashish, zarur xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni keltirish hamda o‘z mahsulotini jahon bozoriga olib chiqish, tabiiy ofatlar oqibatini tugatish, ekologiya sohasida tadbirlarni birgalikda o‘tkazish uchun imkoniyatlar yaratildi. Din, e’tiqod, til birligi, azaliy qardoshlik munosabatlari bu davlatlar iqtisodiy taraqqiyotida shubhasiz katta ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda o`ziga ruxan, urf- odatlari va an’analari bilan yaqin mamlakatlar bilan mustahkam munosabatlar o`rnatish suveren O`zbekistonning tashqi siyosatidagi muhim yo`nalishlardan biridir. Bu ishlar Turkiston xalqlarining asosiy manfaatlarini ifodalagani uchun, ular
 
 
orasida qadimiy do`stlik va birodarlikni mustahkamlash, o`zaro iqtisodiy 
muammolarni yechish, milliy-madaniy aloqalarni tiklash uchun juda qulay sharoit 
yaratib, kishilar qalbida mehr-oqibat, birodarlik tuyg‘ularini, uyg‘otib kelmoqda. 
1994-yil 10-yanvarda Qozog‘iston Prezdenti N.Nazarboevning O`zbekistonga 
tashrifi Markaziy Osiyo hamdo`stligiga amaliy poydevorni qo`ydi. Unda ikkala 
mamlakat rahbarlari “Yagona iqtisodiy hudud” barpo etish to`g‘risidagi shartnomani 
imzoladilar. 
Bu 
shartnomada 
O‘zbekiston 
bilan 
Qozog‘iston 
o‘rtasida 
tovarlar, xizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarining erkin o‘tib turishini nazarda 
tutuvchi hamda o‘zaro kelishilgan kredit, hisob-kitob, byudjet, soliq, narx, boj va 
valuta siyosatini ta’minlovchi yagona iqtisodiy makonni tashkil etish ko`zda tutildi. 
Fan, maorif, sog‘liqni saqlash yo`lida imzolangan hujjatlar bo`lsa, o`zaro 
hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi omil bo`lib qoldi. Bu shartnomaga 
Qirg‘iziston keyinchalik Tojikistonning ham kirishi Markaziy Osiyo mintaqasida 
iqtisodiy integratsiya jarayonining chuqurlashuviga katta imkoniyat yaratdi. 
O`zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Prezidentlarining bu oliy darajadagi 
uchrashuvining yangi nuqtasi 1994 yil Almati shahrida bo`lib o`tdi. Tomonlar 
Davlatlararo Kengash hamda uning doimiy ijroiya tashkiloti, Bosh Vazirlar 
kengashi, Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi kengashini ta’sis etdilar. 
Kelishuvda qatnashgan mamlakat vakillarining davlatlararo ijroya qo‘mitasi Almati 
shahrida joylashdi. 
1995-yil 15-dekabr Qozog‘iston va O‘zbekiston Respublikalari davlatlararo 
Kengashining Jambul shahrida navbatdagi kengashi bo‘ldi. Mazkur kengashda 
Prezidentlar 2000 yilgacha bo‘lgan iqtisodiy integratsiya va birinchi navbatda 
sarmoya sarflanishi lozim bo‘lgan loyihalar dasturlarni hayotga joriy etish, 
kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish masalalarini muhokoma etdilar. 
Integratsiya dasturida 53 ta loyiha ishlab chiqildi. 
Iqtisodiy sohadagi uzviy hamkorolikning davomi Markaziy Osiyo respublikalari 
prezidentlarining 1999-yil aprel oyida Cho`lpon Ota shaharidagi uchrashuvi bo`ldi. 
orasida qadimiy do`stlik va birodarlikni mustahkamlash, o`zaro iqtisodiy muammolarni yechish, milliy-madaniy aloqalarni tiklash uchun juda qulay sharoit yaratib, kishilar qalbida mehr-oqibat, birodarlik tuyg‘ularini, uyg‘otib kelmoqda. 1994-yil 10-yanvarda Qozog‘iston Prezdenti N.Nazarboevning O`zbekistonga tashrifi Markaziy Osiyo hamdo`stligiga amaliy poydevorni qo`ydi. Unda ikkala mamlakat rahbarlari “Yagona iqtisodiy hudud” barpo etish to`g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Bu shartnomada O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasida tovarlar, xizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarining erkin o‘tib turishini nazarda tutuvchi hamda o‘zaro kelishilgan kredit, hisob-kitob, byudjet, soliq, narx, boj va valuta siyosatini ta’minlovchi yagona iqtisodiy makonni tashkil etish ko`zda tutildi. Fan, maorif, sog‘liqni saqlash yo`lida imzolangan hujjatlar bo`lsa, o`zaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi omil bo`lib qoldi. Bu shartnomaga Qirg‘iziston keyinchalik Tojikistonning ham kirishi Markaziy Osiyo mintaqasida iqtisodiy integratsiya jarayonining chuqurlashuviga katta imkoniyat yaratdi. O`zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Prezidentlarining bu oliy darajadagi uchrashuvining yangi nuqtasi 1994 yil Almati shahrida bo`lib o`tdi. Tomonlar Davlatlararo Kengash hamda uning doimiy ijroiya tashkiloti, Bosh Vazirlar kengashi, Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi kengashini ta’sis etdilar. Kelishuvda qatnashgan mamlakat vakillarining davlatlararo ijroya qo‘mitasi Almati shahrida joylashdi. 1995-yil 15-dekabr Qozog‘iston va O‘zbekiston Respublikalari davlatlararo Kengashining Jambul shahrida navbatdagi kengashi bo‘ldi. Mazkur kengashda Prezidentlar 2000 yilgacha bo‘lgan iqtisodiy integratsiya va birinchi navbatda sarmoya sarflanishi lozim bo‘lgan loyihalar dasturlarni hayotga joriy etish, kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish masalalarini muhokoma etdilar. Integratsiya dasturida 53 ta loyiha ishlab chiqildi. Iqtisodiy sohadagi uzviy hamkorolikning davomi Markaziy Osiyo respublikalari prezidentlarining 1999-yil aprel oyida Cho`lpon Ota shaharidagi uchrashuvi bo`ldi.