O‘ZBEKISTONNING DUNYONING RIVOJLANGAN DAVLATLARI BILAN IQTISODIY HAMKORLIGI
Yuklangan vaqt
2024-03-26
Yuklab olishlar soni
10
Sahifalar soni
36
Faytl hajmi
92,0 KB
KURS ISHI
MAVZU: O‘ZBEKISTONNING DUNYONING RIVOJLANGAN
DAVLATLARI BILAN IQTISODIY HAMKORLIGI.
1
REJA:
KIRISH
I – BOB. TASHQI IQTISODIY ALOQALARNI RIVOJLANTIRISHNING
MAMLAKAT IQTISODIYOTIGA TA’SIRI
1.1. Jahon iqtisodiy tizimida milliy iqtisodiyotning tutgan o‘rni
1.2. Tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga tahdidlar
II
–
BOB.
O‘ZBEKISTONNING
DUNYONING
RIVOJLANGAN
DAVLATLARI BILAN IQTISODIY HAMKORLIGI
2.1. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar geografiyasi
2.2. O‘zbekistonning Yevropa mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar bilan
o‘zaro manfaatli hamkorligi
2.3. O‘zbekistonning rivojlangan Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy
hamkorligi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
2
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Globallashuv jarayonining hozirgi bosqichidagi
muhim yo’nalishlardan biri – O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada
erkinlashtirish hamda jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv jarayonlarini
kuchaytirish hisoblanadi. Bu borada mamlakatimizning ko’plab mamlakatlar bilan
iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yishi, jahondagi turli iqtisodiy va
moliyaviy tashkilotlarning teng huquqli a’zosiga aylanishi e’tiborga molikdir.
Tashqi savdo aloqalari xalqaro hamkorlikning muhim sohalaridan biri bo’lib, turli
mamlakatlar bilan ilmiytexnik, madaniy aloqalarni yo’lga qo’yish ular o’rtasida
diplomatik munosabatlar o’rnatish iqtisodiyotni faol va har tomonlama
rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda yordam beruvchi
vositadir.
Mamlakatimizda tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish, jahon bozorlariga
yuqori sifatli tayyor mahsulotlar bilan kirib borish va mustahkam o’rin egallash,
eksport hajmini oshirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi
davrda mamlakatimizning tashqi iqtisodiy faoliyatidagi asosiy strategiyasi import
o’rnini bosuvchi ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan birga eksportga yo’naltirilgan
mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish va o’zining jahon bozoridagi
raqobatbardoshligini kuchaytirishdan iborat.
O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar
strategiyasida “eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport
tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va
hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish”1 alohida ustuvor
vazifalar sifatida belgilab berilgan.
Mazkur vazifalarning samarali bajaralishi mamlakatimizdagi ishbilarmonlik
muhitining yanada yaxshilanishini, korxonalar ishlab chiqarishiga xorijdan
1 Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича
Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги Фармони. ПФ-4947-сон, 2017 йил 7 феврал. – Ўзбекистон Республикаси
қонун ҳужжатлари тўплами. 2017 й., 6-сон, 70-модда
3
zamonaviy texnikatexnologiyalarni jalb etishni faollashtirishni taqozo etadi, bu esa
o’z navbatida mahsulotlar eksportini ko’payishiga, umuman olganda eksport
salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni faol tarzda amaliyotga joriy
etishga bo’lgan talabni kuchaytiradi.
O’zbekiston Respublikasining jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvida uning
hududiy va global darajadagi raqobatbardoshligi bo’yicha qiyosiy ustunligi, tashqi
iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirish bilan ko’p jihatdan bog’liq.
Amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar bo’yicha qizg’in munozaralarning
mavjudligiga qaramasdan, tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda, mamlakatning
geografik, ishlab chiqarish va texnologik, mehnat resurslaridan foydalanish
samarasini inobatga olish muhim o’rin tutadi. Chunki, xalqaro mehnat taqsimotining
kuchayishi xalqaro moliyaviy munosabatlar ishtirokchilaridan yuqori darajadagi
raqobatbardoshlikni talab etadi.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash har bir mustaqil davlat uchun muhim
ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning dolzarbligi uning milliy
iqtisodiyotning aholi uchun normal hayot kechirish sharoitlarini, uni barqaror tarzda
resurslar bilan ta’minlash, milliy davlat manfaatlarini ro‘yobga chiqara olishga
qodirligi bilan ham belgilanadi. Ayniqsa, yesh mustaqil davlatlar iqtisodiyotining
biryoqlamaligi va qaramligi, aholining past turmush darajasi o‘zida ijtimoiy tahdidni
ifodalab, xavfsizlikni saqlashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Milliy iqtisodiyotning turli ichki va tashqi tahdidlarga bardoshliligi hamda
iqtisodiy
xavfsizlikni
ta’minlash,
uning
jahon
iqtisodiy
tizimida
raqobatbardoshligini oshirishga oid masalalarni tahlil qilish mazkur o‘quv
qo‘llanmaning maqsadi hisoblanadi. Bozor iqgisodiyotiga o‘tish davrida milliy
iqtisodiyotga, korxona (firma) va alohida shaxsga nisbatan xavf tug‘dirayotgan
taxdidlarni keltirib chiqaruvchi ijtimoiy-iqtmsodiy jarayonlarning barchasi o‘quv
qo‘llanmada bayon qilikgan masalalarning ob’ekti hisoblanadi.
Zero, bugungi rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir fuqaro,
shaxs iqgisodiy hayotda sodir bo‘layotgan jarayonlarning o‘zi, oilasi va mamlakat
4
uchun qay darajada ta’sir etishi haqida mustaqil fikrlash, iqgisodiy tahdidlarni
aniqlash hamda xavfsizlikni mikro va makro darajada ta’minlashda yuzaga
keladigan muammolar yechimini izlab togshsh yo‘l-yo‘riqlarini o‘rganishi lozim.
Xavfsizlik muammosi mustaqil davlatchilikning shakllanishi va jamiyatda
ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy manfaatlarning qaror topishi bilan bir paytda vujudga
keladi. Chunki shu vaqtdan boshlab barqarorlik, rivojlanish bilan bir qatorda, xavf-
xatar, turli-tuman tahdidlar ham paydo bo‘lib, ularni hisobga olish, ularga asoslanib,
davlat strategiyasi va siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirish mamlakat
xavfsizligini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi. Darhaqiqat, “xavfsizlik"
tushunchasi Rober ma’ lumotnomasiga ko‘ra 1190 yilda paydo bo‘ldi2. Bu
tushuncha o‘zini har qanday xavf-xatardan himoyalangan deb hisoblovchi inson
ruhining xotirjam holatini ifodalagan3.
Ushbu ma’noda mazkur termin G‘arbiy Yevropa halslari leksikonida XVII
asrgacha qo‘llangan. Tarixning keyingi davrlarida davlat tuzilmalarining
shakllanishi bilan bog‘liq ravishda “xavfsizlik" tushunchasi moddiy, siyosiy va
iqtisodiy sohalarda davlat kurilishi, boshqarish organlari tendensiyalariga mos
keladigan real xavf-xatar (jismoniy va ma’naviy)ning yo‘qligi natijasida vujudga
keladigan tinchlik holati ma’nosini anglatgan.4
Kurs ishining ob’ekti va predmeti: O‘zbekistonning dunyoning rivojlangan
davlatlari bilan iqtisodiy hamkorligi, kurs ishining predmeti sifatida esa
O‘zbekistonning dunyoning rivojlangan davlatlari bilan iqtisodiy hamkorligidagi
yutuq va muammolar o‘rganiladi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari: O‘zbekistonning dunyoning
rivojlangan davlatlari bilan iqtisodiy hamkorligini ilmiy tahlil qilish hisoblanadi.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi:
2 Михайлушкин А.И ., Шимко.Д. Международная экономика: теория и практика: У чебник для вузов. —
СПб.: П итер, 2018. 464 с.
3 Основм экономической беаопасности. — М., 1996. -С.З
4 Экономическая безопасность хозяйственньгх систем. Учебник. - М.: Изд-во РАГС, 2001. -С.8
5
Jahon iqtisodiy tizimida milliy iqtisodiyotning tutgan o‘rni nazariy jihatdan
asoslash
Tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga tahdidlarini muhokama
qilish
O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar geografiyasini ilmiy o‘rganish
O‘zbekistonning Yevropa mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro
manfaatli hamkorligini tahlil qilish
O‘zbekistonning
rivojlangan
Osiyo
mamlakatlari
bilan
iqtisodiy
hamkorligini tahlil qilish
Kurs ishining hajmi va tuzilishi.
6
I – BOB. MILLIY IQTISODIYOTNING AHAMIYATI VA UNGA
BO‘LADIGAN TAHDIDLAR
1.1. Jahon iqtisodiy tizimida milliy iqtisodiyotning tutgan o‘rni va uning
manfaatlariga tahdidlar
Zamonaviy jahon iqgisodiyoti xalqaro mehnat taqsimoti asosida milliy
iqtisodiyotlar o‘rtasida barqaror, har tomonlama o‘zaro alokadorlikning shakllanishi
oqibatida xo‘jalik haetining xalqaro miqyosda internatsionallashuvini ifodalaydi.
Buning oqibatida iqgisodiy makon vujudga kelmoqsa. Ushbu makonda xalqaro
tovarlar, xizmatlar, xom ashyo resurslari, moliyaviy mablaglar, kapital, ishchi kuchi
bozorlari vujudga kelib, ular o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik hamda bog‘liqlik
kuchaymoqda. Jahon miqyosida global-texnologik, moliyaviy, axborot, madaniy
tizimlar jadal ravishda rivojlanmoqda. Milliy iqtisodiyot, xalqaro mehnat
taqsimotiga ko‘ra, ixtisoslashuvi, o‘zining foydali qazilma boyliklari, geografik
joylashuvi, fan-texnika taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, xalqaro
savdo, xalqaro iqgisodiy faoliyatining faolligiga muvofiq jahon iqgisodiy tizimida
o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Jahon iqgisodiyotita integratsiyalashish uchun milliy
iqtisodiyot xalqaro hamkorlikka ochiq bo‘lishi, ya’ni ochiq iqtisodiyot tavsifiga ega
bo‘lishi lozim. Ochiq iqtisadiyotning xususiyatlari va potensial imkoniyatlarini
quyidagicha tavsiflash mumkin:
- o‘tish davrshsh o‘e boshidan kechirayotgan mamlakatda bozor mexanizmi
va unsurlari raqobat muhiti shakllanishining jadallashuvi;
- jahon xo‘jaligi bilan o‘zaro aloqada milliy iqtisodiyot an’anaviy tovar
ayirboshlashdan tashqari, kapitalni netga chiqarish va chetdan kiritish, ilmiy-
texnikaning kooperatsiyalashuvi, ishlab chiqarish integratsiyasi kabi shakllarda
integrallashadi;
- xalqaro resurslar aylanmasi va uning samaradorligini oshirishga asoslangan
holda ichki ishlab chiqarish hajmlariga nisbatan milliy daromadning o‘sishi;
- xalqaro ayirboshlashning mutanosib iqtisodiy o‘sish omili sifatidagi rolining
ko‘payishi;
7
- xalqaro resurslar aylanmasi va uning samaradorligini oshirish hisobiga ichki
ishlab chiqarish ko‘lamiga nisbatan milliy daromadning ko‘proq o‘sishi O‘zbekiston
mustaqillikka erishganidan so‘ng, xalqaro mehnat taqsimotida faol ishtirok etish
yo‘li bilan ochiq turdaga bozor iqgisodiyotini vujudga keltirmoqda.
Mamlakatimizda ochiq iqtisodiyotni shakllantirish va uni rivojlantirish
istiqbollari ustun darajada uning jahon xo‘jaligi tizimiga kirib borishiga bog‘liqsir.
Ushbu maqsadni amalga oshiriil uchun Prezident SH.M.Mirziyoyev tomonidan
respublikamiz tashqi iqtisodiy siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanishi belgilab
berilgan5:
- mafkuraviy kurashlardan qat’i nazar tashqi munosabatlarda oshkoralik;
- teng huquqli va o‘zaro manfaatli hamkorlik, boshqa mamlakatlarning ichki
ishlariga aralashmaslik;
- o‘zining milliy davlat manfaatlari ustuvorligida o‘aaro manfaatlarki har
tomonlama hisobga olish;
- to‘la ishonch, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar doirasidagi
hamkorlikni chuqurlashtirish asosida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tashqi
aloqalar o‘rnatish hamda ularni rivojlantirish;
- umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalariga rioya qilish va xalqaro
tartiblarga izchillik bilan o‘tish.
Prezidentimiz tomonidan tashqi iqtisodiy siyosat respublikaning jahon
bozoridagi mavkeini mustahkamlash, uning to‘lov belansini kuchaytirish va xorijiy
investitsiya uchun qulay muhitni vujudga keltirishga qaratilishi alohida ta’kidlab
o‘tilgan Iqgisodiyotning ochiqligini ta’minlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni
erkinlaiggirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi oqibatida
mamlakatga xorijiy investitsiyalar kirib kela boshladi, qo‘shma korxonalar ko‘paya
bordi, ichki bozor tovarlar bilan to‘la boshladi.
5 www.mineconomy.uz – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi sayti.
8
Ammo, shu bilan birga, buning mamlakat manfaatlariga zid tomoni ham
ko‘zga tashlana boshladi.
Bunday holat quyidagilarda namoyon bo‘ldi:
- respublikaning ilg‘or texnologiyalarga ega bo‘lishiga cheklovlarning
mavjudligi;
- mamlakatga ma’naviy va moddiy eskirgan texnika hamda texnologiyalarni
olib kirishga urinish;
- milliy raqobatbardosh mahsulotlarni xorijiy bozorlarga chiqarishga
to‘sqinlik qilish, ilgari o‘zlashtirilgan bozorlardan siqib chiqarishga urinish;
- milliy boylikning bir qismini xorijiy kapital tomonidan qo‘lga kiritishga
intilish;
- muhim xom ashyo tovarlari va kapitalni chetga chiqarish ustidan nazorat
qilish mexanizmining yetarli darajada shakllanmagailigi.
Tashqi iqtisodiy aloqalarning erkinlashtirilishi sharoitida xo‘jalik sub’ektlari
faoliyatini nazorat qilish mexanizmish1ng takomillashmaganligi tufayli, bu sohada
jinoky guruhlar, korrupsiya, xufyona iqtisadiyot, narkobiznes, iqgisodiy qaroqchilik
ham jonlana boshladi. Shuningdek, ayrim holatlarda jahon xo‘jaligi tizimiga
integratsiyalashuv maqsadlari bilan milliy ishlab chikaruvchilar manfaatlari
o‘rtasida eiddiyat vujudga kelganligi tufayli, asosiy energiya va xom ashyo
mahsulotlarining jahon hamda ichki narxlari o‘rtasida nomutanosibliklar vujudga
keldi.
O‘tish iqgisodiyotiga ega mampakatlarda iqtisodiyotni tezda ochiq qilib
qo‘yish, tashqi iqtisodiy faoliyatni jadal erkinlashtirish mamlakat ikgisodiy
xavfsizlitga tahdidlarning kuchayishiga olib keldi. Bu holat esa milliy ishlab
chiqarunchilar faollitening cheklab qo‘yilishi, moliyaviy pul tizimining normal
faoliyatiga xavf tutalishi, importga, xalqaro iqgisodiy tashkilotlarga o‘ta qaram
bo‘lib qolishga olib kelishi mumkin. Shu boisdan, ochiq iqtisodiyotni shakllantirshn
va tashqi iqtisodiy foaliyatni erkinlashtirish jarayoni informatsion yo‘l bilan,
bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak bo‘ladi.
9
Mamlakat iqgisodiy xavfsizligi, manfaatlariga tahdidlardan himoyalanish
uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim6:
- taklif etilayotgan investitsion loyiha va xorijiy hamkorlar bilan tuzilgan yirik
bitimlar, iqtisodiy xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda, dastlabki mustaqil
ekspertizadan o‘tkazish;
- xorijiy kapital uchun ustuvor soha va tarmoqlar bilan bir qatorda, ularning
kiritilishi man qilinadigan soha va tarmoqlar ham qonuniy asosda belgilab qo‘yilishi
kerak;
- xorijiy investorlar tomonidan ayrim sohalarda aksiyalarni xarid qilish
jarayonlarini qat’iylashtirish;
- xorijiy investorlarning strategik tarmoqparda milliy boyliklarimizning katta
kismini qulga kiritishlariga yo‘l qo‘ymaslik;
- mamlakat bank tizimining ishonchini himoyalash; — tashqi faoliyat bilan
shug‘ullanuvchi xo‘jalik sub’ektlaridagi rahbar kadrlarning malakasini oshirish,
ularni o‘qitish va qayta tayyorlash;
- ichki bozorni, milliy ishlab chikaruvchilarni tashqi rakobatchilar tajovuzidan
himoya qilish;
- tashqi iqgisodiy aloqalar infratuzilmasini rivojlantirish;
- tashqi bozorlarda milliy eksportchilar va ishlab chiqaruvchilarimiening
diskreminatsiya qilinmasligi, kamsitilshpidan himoya qilish;
- tashqi iqtisodii faoliyat sohasidagi nieo va kelishmovchiliklarki »so‘p
tomonlama tartibga solish mexa nizmlari teng huqukli shartnomalar tuzish orqali hal
qlpinishiga intilish lozim bo‘ladi. Bunda asosiy e’tibor mamlakat tovar ishlab
chiqaruvchilari va fukarslarimizning manfaatlarini himoya qilishga qaratiladi;
- chet ellardagi respublika mulkini himoya qilish;
- tashqi iqtisodiy faolint tashqi savdodan yuqori foyda, iqtisodiy samara
olishga intilish bilan bir vaqgda, mamlakatning jahon iqtisodiyoti tizimida o‘zsha
6 Xodiyev B.Y.,Shodmonov Sh.Sh. “Iqtisodiyot nazariyasi”. Darslk.- Т.: IQTISOD-MOLIYA, 2017.-783b.
Toshkent. “Barkamol fayz media”
10
mos nufuzli o‘rinni egallashiga intilishi kabilarni amalga oshirish maqsadga
muvofiqdir.
Mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va unint xavfsizligini
ta’minlashda davlat markaziy o‘rin egallaydi.
Bu boradagi davlatning vazifalari quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:
- davlatni mikro va makro darajada iqgisodiy tartiblash ko‘lamlarini o‘z ichiga
oladigan tik xamda strategik qarorlarni asoslash, qabul qilish uchun dastaklar bilan
ta’minlash;
- iqtisodiy va ma’muriy dastak, vosita hamda usullar yordamida iqtisodiy
strategiya va joriy dastlelarni amalga oshirish, erishilgan natijalarni tahlil qilish va
baholash, mavjud sharoitlarga mos ravishda ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga
tuzatishlar kiritish;
- boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro aloqalar tizimida ximoyalanishni
rag‘batlantirish rejimlarini ko‘zda tutadigan qonunlar va me’yoriy hujjatlarni
hayotga tatbiq etish orqali mamlakattyut iqtisodiy suverenitetini huquqiy va siyosiy
jihatdan himoyalashni ta’minlash;
- iqtisodiyotda yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni tezlikda hal qilish
uchun davlat boshqaruvi organlari hamda mansabdor shaxslarning huquqlari,
vazifalari mas’uliyatini oqilona taqsimlash va ularning o‘zaro bir o‘lchamdagi
faoliyatini uyg‘unlashtirish.
Mamlakat
xavfsizligini
ta’minlashni
boshqarish
tizimi
o‘z
ichiga
quyidagilarni oladi:
- tashkiliy tuzilmalar;
- kommunikatsiya va o‘zaro aloqalar tizimi;
- axborotlar;
- har tomonlama tayyorlangan kadrlar.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan boshqaruv ishlari
ikki, o‘zaro bog‘liq yo‘nalishda olib boriladi:
11
- iqtisodiy huquqbuzarliklarning manbalari va ularning sub’ektlariga qarshi
kurashish;
- barcha qonun, me’yoriy hujjatlar hamda bonlfruv qarorlarini iqtisodiy
xavfsielikni mustahkamlash talablariga mosligini aniqlash uchun ekspertizadan
o‘tkazish.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning muhim sharti ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarni boshqarishning bozor iqgisodiyotini daalat tomonidan tartibga
solishning samaradorligini oshirish hisoblanadi. Zero mamlakat iqtisodiy xavfsizligi
darajasi uning iqtisodiy salohiyati bilan belgilanadi. Bu salohiyat millii iqtisodiyot
resurslari, zaxiralari, amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosatning samaradorligi,
bozor strukturasi, boshqarish tizimi, sanoatni tashkil etish hamda tashqi bozor
konyunkturasining o‘egarishlarga moslashuvchashtgi boshqa mamlakatlarning
qo‘llab-quvvatlashi, xalqaro uyushma va tashkilotlarda ishtirok eta olishi bilan
ifodalanadi.
Mamlakatning iqtisodiy mustahkamligi, unga nisbatan qo‘llanilayotgan
blokada, sanksiya va tahdidlar kuch bilan ta’sir qilishga qarshilik ko‘rsatishga
qodirlshini o‘ziga mujassamlashtiradi. Uni ta’minlash uchun milliy manfaatlarni
kelishtirish, muvofiqlashtirishning siyosiy mexanizmlarini qiyosiy tahlil qilish
lozim. Iqgisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun milliy iqgisodiyotning jahon
hamjamiyati bilan takror ishlab chiqarish jarayonlariga to‘sqinlik kilmaydigan
hamda tahdidlar xavfini keskin kamaytirishga imkoniyat beradigan o‘earo
uyg‘unlashish sharoitlarini yaratishga intiladi.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun asosiy mahsulotlar
bo‘yicha importga bog‘liqlikka barham berish, tayyor mahsulotlarni eksport qilishni
kuchaytirish kerak bo‘ladi7. Bunrshg uchun mamlakat iqtisodiyoti tarkibiy
tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xom ashyo, oraliq mahsulotlar ishlab chiqarishga
yo‘naltirilgan
iqtisodiyotni,
mahsulotlarni
eksport
qilishga
yo‘naltirilgan
7 Майкл Портер. Международная конкуренция. Конкурентные преимущества стран. Издательство-Альпина
Паблишер, 2017 г. 947 с.
12
mahsulotga aylantirish maqsadga muvofiqdir. Shundagina mamlakatning iqgisodiy
ahvoli jahon bozorlaridagi konyunktura o‘zgarishlariga, resurs baholarining
o‘zgarishiga bogliq bo‘lmaydi. Shu boisdan, mamlakat iqgisodiy xavfsizligini
ta’minlashga qaratilgan daalat strategiyasi iqgisodiyotda chuqur tarkibiy
o‘zgartirishlar qilishga, sanoat, moliya va bank tizimini mustahkamlashga qaratiladi.
Buning uchun, texnologik jihatdan orqada qrlishga barham berish, ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish lozim bo‘ladi.
Shuningdek, milliy tovar ishlab chiqarzgvchilarning manfaatlarini ichki va
tashqi bozorda himoya qilishga qaratilgan oqilona proteksionizm siyosatini amalga
oshirish lozim.
Bu siyosat quyidagilarni ko‘zda tutipsh kerak8:
- monopolistik faoliyatni cheklash;
- tayyor ishlab beruvchi sanoat mahsulotlari, asosan, mashina va asbob-
uskunalarni eksport qilishni rag‘batlantirish uchun soliq imtiyozlari, imtiyozli
kreditlash usullarini qo‘llash;
- turli ishlab chikdrish tarmoqlarida kichik biznes va xugusiy tadbirkorlikni,
yangi tashkil topgan xo‘jalik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun qulay
sharoitlar yaratish;
- ichki bozorga noqonuniy yo‘llar bilan areon, iste’molchilar salomatligiga
salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tovarlar kirib kelishining oldini olish;
- ichki bozorda milliy tovar ishlab chikaruvchilar manfaatini ko‘zlash, ularni
tashqi bozorga chiqishlarini qullab-quvvatlash;
- yirik ishlab chiqarish birlashmalarini ko‘llab-quvvatlashning oqilona
tieimini yaratish. Iqgisodiy xavfsizlixni ta’minlash maqsadida davlat tomonidan
iqgisodiyotni tartibga solishning samarali tizimi shakllantiriladi.
U o‘z ichiga keshidagilarni oladi:
8 Michael E. Porter. Competitive strategy: Techniques Analyzing Industries and Competitors. The free press. New
York London Toronto Sydney Singapore. 2017 y. 840 p.
13
- barcha turdagi korxona va tashkilotlar xo‘jalik yuritishining umumiy
qoidalarini o‘rnatuvchi makroiqtisodiy tartiblash;
- iqtisodiy rivojlanishni prognozlashtirish va indikativ rejalashtirish;
- davlat va xo‘jalik boshqaruvi salohiyatini muvofiqlashtirish hamda davlat
mulkini boshqarishshyut samarali metodlarini qo‘llash.
Mamlakat
iqgisodii
xavfsialigini
ta’minlash
uchun
iqgisodiyotning
kriminallashuviga qarshi kurashish lozim. Jinoiy guruhlarning iqgisodiyotga kirib
kelishining aldini olish uchun quyidashlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:
- daromadlarni deklaratsiya qilish tizimini takomillashtirish;
- nodavlat xo‘jalik sub’ektlarining ayrim faoliyat turlarini qonun yo‘li bilan
cheklash;
- ro‘yxatga olinmasdan turib tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni man
qilish;
- iste’molchilar salomatligiga zarar yetkazuvchi mahsulotlar va litsenziyasiz,
sifat sertifikatisiz tovar sotishni man qilish;
- huquq-targ‘ibot organlarida iqgisodiy qonzgabuzarliklarga qdrshi kurashish
bo‘limlari fapliyatini quchaytirish;
- iqtisodiyotni erkinlapggirish sharoitida turli nazorat va davlat organlarining
tadbirkorlar xo‘jalik faoliyatiga noqonuniy aralashishlarini cheklash va bunga qarshi
kurashish;
- iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmlari erkin amal qilishini
ta’minlash bilan bir qatorda, davlat organlarining iqtisodiyotni tartibga solish
faoliyati samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish kabilar maqsadga muvofiqdir.
14
1.2. Tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga tahdidlar
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xalqaro mehnat taqsimotida faol
qatnashish, fan-texnika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish yo‘li bilantina
iektimoiy-iqgisodiy taraqqiyotga erishish mumkin. Tashqi iqtisodiy faoliyatni
rivojlantirishda jahon iqtisodiy tizimidagi raqobatning kuchayishi, o‘zaro hisob-
kitob va tarsport aloqalarining murakkablashuvi, kerakli tajribaning kamligi, yuqori
malakali mutaxassis kadrlarning yetishmasligiga alohida e’tibor qaratish loeim
bo‘ladi Tashqi iqgisodiy faoliyat sohasidagi asosiy vazifa chet mamlakatlar bilan
savdo, ilm-fan, texnika, ta’lim, investitsiya kabi sohalarda o‘aaro manfaatli iqtisodiy
munosabatlarni ta’minlash orkdli mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdan
iboratdir.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning muhim yo‘nalishi xalqaro savdo bo‘lib, bunda
mamlakat chegarasidan tashqarida amalga oshiriladigan tovar va xizmatlar
almashuvi tushuniladi. Xalqaro savdoning vujudga kelishi mutlaq xarajatlardagi
tafovutlar va qiyosiy xarajatlardagi tavofutlar bilan tavsiflanadi. Shunga ko‘ra korxo
nalar (yoki mamlakatlar) tashqi savdoni amalga oshirayotganida, o‘zlari ishlab
chiqarmagan (yoki bu ular uchun chetdan sotib olish arzonga tushadigan)
maxsulotlarni sotib oladilar hamda o‘elari foydalanmaydigan (yoki foydalanishdan
ortib qoladigan) mahsulotlarni chet el mamlakatlari yoki korxonalariga sotadilar. Bu
hol ularning ma’lum tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishini
bildiradi. Oqibatda, ular boshqalar ishlab chiqarmaydigan yoki ishlab chiqarish ular
uchun qimmatga tushadigan tovarlarni tayyorlab, sotadilar. Bunday ixtisoslashuv
savdoda ustunlikni vujudga keltirib, ularga foyda keltiradi. Mamlakat va xorij
o‘rtasida ma’lum vaqt oralig‘ida amalga oshirilgan transoperatsiyalar statistikada
to‘lov balansida aks ettiriladi. To‘lov balansi joriy moddalar, ya’ni savdo balansi,
xiematlar va o‘tkaziladigan balanslar, shuningdek, kapital harakati balansiki o‘z
ichiga oladi9.
9 Чиркунов Олег Анатольевич Государство и конкуренция; Новое литературное обозрение (НЛО) - М., 2016.
- 277 c.
15
Ochiq iqtisodietga ega mamlakatlarda tashqi savdo faoliyati ancha
erkinlashtirilgan. Ammo barcha mamlakatlarda hukumatlar ta’sirida cheklangan.
tartibga solinadigan tashqi savdo amalga oshiriladi. Uning asosiy vositasi tarif bareri
deb ataladigan bojxona poshlinasi hisoblanadi. Shushyutdek, tarifsiz cheklashlar
ham mavjud bo‘lib, u import va eksport kvotalarini belgilashni hamda o‘zini-o‘zi
cheklash usulini o‘z ichiga oladi.
O‘zini-o‘zi cheklash usuli eksport qiluvchi mamlakat hukumati o‘zining
eksport qiluvchi korxonalaridan savdo bozoriga chiqariladigan tovarlarining
ma’lum yillik hajmidan (qiymatidai) oshib ketmaslikni talab qilgan holda namoyon
bo‘ladi. Mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalanish limitini belgilash
ham tashqi savdoni cheklashning o‘ziga xos turi hisoblanadi.
Hukumat tomonidan tarifli va tarifsie cheklashlardan maqsad mamlakatda
ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki bozorda sotilishshsh opshrish yo‘li bilan
to‘lov va tashqi savdo balansining musbat samarasini olish, shuningdek, milliy tovar
ishlab chiqaruvchilarni tashqi raqobatchilar tajovuzidan himoya qilishdan iborat.
Jahon xo‘jalik tizimiga integratsiyalashuv sharoitida mamlakatshgng
iqgisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim
bo‘ladi10:
- eksportning optimal tarkibini shakllantirish. Uning tarkibida tayyor yuqori
texnologik, ilmtalab mahsulotlar va yuqori sifatli xizmatlarning ulushini keskik
oshirish chora-tadbirlarini ko‘rish lozim bo‘ladi;
- mamlakatning mavjud raqobat ustunligi imkoniyatlaridan foydalanib, milliy
tovar ishlab chikaruvchilarning mahsulotlarini eksport qilishning yangi, istiqbolli
bozorlarini o‘zlashtirish; ularda muvaffaqiyat qozonish uchun xalqaro marketing
strategiyalarini amalga oshirish; ishlab chiqarish kooperatsiyasi, injiniring, lizingni
rivojlantirish;
10 Овчинников, В. В. Глобальная конкуренция. М.: Институт экономических стратегий, 2016. - 360 c.
16
- chet el mamlakatlari, ularning savdo-iqgisodiy tashkilotlari, uyushma va
ittifoqlari bilan o‘earo munosa batlarda qulay imtiyozli savdo rejimlariga erishish; -
mamlakat korxonalariga eksport va import qiluvchi sifatida xalqaro zamonaviy
mashina, texnika va texnologiyalar, asbob-uskunalar, axborot va kapital bozorlariga
chiqishlari, transport kommunikatsiyalaridan foydalanishlari uchun sharoitlar
yaratishga ko‘maklashish;
- kreditor mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar hamda qarzdor davlatlar bilan
bo‘ladigan o‘zaro valyuta moliyaviy muammolarni tartibga solish. Ushbu chora-
tadbirlarni amalga oshirishda belgilangan huquqiy me’yor va normalar asos bo‘lib
xiemat kiladi.
Bu normalar, o‘z navbatida, tovar va xizmatlar, intellektual mehnat natijalari,
shuningdek, jismoniy hamda xuquqiy shaxslarning mamlakatlararo harakat
yo‘nalishlari, shakllari, usullari, shartlarini belgilab beradi. Mamlakatnrshg
iqgisodiy xavfsialigini ta’minlash uchun davlat tashqi iqgisodii faaliyatni tartibga
soladi. Davlatning tashqi iqgisodiy faoliyatni tartibga ssshish mexanizmi iqshsodiy
va efgquqiy-ma’muriy usullarni o‘z ichiga oladi. Iqtisodiy tartibga solish usullari
bojxona poshlina (to‘lov)lari, yig‘imlari, qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlardan
iborat.
Xuquqiy-ma’muriy
usullar
litsenziyalash,
kvotalash,
tovar
sifatini
sertifikatsiyalash, ayrim tovarlar eksporti va importiga davlat monopoliyasini
o‘rnatish, shuningdek, bojxona chegaralari orqali tovarlar, kapitallar va
xiematlarning o‘tib turishi bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy va tashkiliy-texnik chora-
tadbirlarni o‘z ichiga oladi Mamlakatning eksport hamda import qilish bilan bog‘lik
milliy manfaatlari va xavfsizlitni himoya qilish uchun samarali va moslashuvchan
eksport nazorati tizimini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi11.
Eksport nazorati asosida eksport shartnomalarining xalqaro majburiyatlarga,
mamlakat iqtisodiy xavfsizligi talablariga mosligi ta’minlanadi. Shuningdek,
11 Mamatov A.A., Abulqosimov H.P., Mamatov S.A., Saidgaziyeva S.Sh. Iqtisodiy xavfsizlik. Darslik. – Toshkent:
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, 2022.- 731 bet.
17
mamlakat iqtisodiy xavfsizligi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tovar va
texnologiyalar ekcporti litsenziyalashtiriladi. Ushbu nazorat asosida biron-bir
strategix aqamiyatga ega bo‘lgan mahsulotni eksport qilish man qilinsa, undan
mamlakat ichida foydalanish imkoniyatlari yaratilishi kerak. Mamlakatning
iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda davlatning bojxona organlari muhim rol
o‘ynaydi. Vojxona organlari chetga ruxsatsiya, noqonuniy ravishda kapital, milliy
va madaniy boyliklar, intellektual mahsulotlarning olib ketilishi, noqonuniy valmta
operatsiyalari,
qurol-yarog‘,
strategik
material
va
narkotik
moddalar
kontrabandasining oldini olishga qaratilgan faoliyat yuritadilar.
Davlat organlari bojxona nazorati vazifalarini bajarish uchun xalqaro
tajribada ko‘tt qullanuvchi quyidagi usullardan foydalaniladi: - bojxana yig‘imlari
miqdorini tartibga solish orqali mamlakatga kirib kelayotgan tovarlar tarkibiga ta’sir
ko‘rsatish.
Bunda tovarlarning mamlakat haet faoliyati uchun qay darajada muhimligi
e’tiborga olinadi. Aholi va mamlakat ehtiyojlari uchun muhim bo‘lgan import
mahsulotlarita boj to‘lovlari kamaytiriladi yoki bekor qilinadi. Boshqa tovarlarga
esa boj to‘lovlari yuqori darajada belgilanadi; - mamlakatning hisob va to‘lov
balansining holatini hisobga olgan holda tarif qoidalarini tartibga solish; - milliy
iqtisodiyotni jahon bozoridagi mahsulotlar sifat ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarish
xarajatlaridagi farqpar hamda ichki va tashqi bozorlardagi narx qaychisi tufayli
yuzaga keladigan salbiy omillar ta’siridan himoya qilish. Ichki va jahon bozorlari
narxlarini muvofiqlashtirish uchun bojxona dastaklari hamda vositalaridan
foydalaniladi.
Bojxona organlarining muhim vazifalaridan biri muhim strategik xom
ashyolar, valyutalarni noqonuniy tarzda chetga olib chiqib ketilishiga yoki eksport
va barter operatsiyalari tufayli olingan valyuta tushumlarining qaytmasligiga hamda
kontrabandaga yo‘l qo‘ymaglik hisoblanadi. Iqtisodiy kontrabandaga qarshi kurash
muhim ahamiyatga ega. Tashkiliy jinoiy guruhlar va ayrim tadbirkorlar tomonidan
mamlakatga noqonuniy tarzda tovarlarining olib kelinishi ichki bozorlardagi
18
tovarlarning rasobatbardoshligiga ta’sir ko‘rsatadi. Chunki kontrabanda tovarlari
bojxona to‘lovlari, soliqlarni to‘lamasdan olib kirilgani uchun ichki bozordagi milliy
tovarlarga nisbatan arzon bo‘ladi. Natijada, ular milliy tovarlarning bozorini kasod
qilib, tovar ishlab chiqaruvchilarning xonavayron bo‘lishiga olib keladigan
kontrabandistlarning maqsadi qisqa muddatda tovarlarini sotib, foyda olishdan
iborat.
Iqtisodiy kontrabandaga qarshi kurashning asosiy yo‘llari quyidagilardan
iborat:12
- barcha transport vositalaridan foydalanib, bojxona nazoratidan yashirincha
bojxona chegaralari orqali tovar, boyliklar hamda boshqa buyumlarni olib o‘tishga
bo‘lgan urinishlarni aniqlash va ularning oldini olish;
- kontrabanda buyumlarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni musodara kilishning
texnologik sxemalarini ishlab chiqish. Buning uchun bojxona chegara postlarini
zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash, yuqori malakali bojxona
xodimlarini tayyorlash va ularni vatanparvar qilib tarbiyalash lozim bo‘ladi.
Shuningdek, kontrabanda bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning javobgarligi, ularni
jazoga tortishning konuniy-me’yoriy asoslarini kuchaytirish kerak;
- tashqi iktisodiy faoliyat ishtirokchilari o‘rtasida profilaktika ishlarini olib
borish; - davlat bojxona organlarining xavfsizlik va huquqtartibot organlari hamda
jamoatchilik bilan xamkorliqsa faoliyat olib borishlarini ta’minlash;
- kontrabandaga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlarni tartibga soluvchi,
ularning qonuniyligini ta’minlovchi hujjatlarni ishlab chiqish.
12 Mamatov A.A., Abulqosimov H.P., Mamatov S.A., Saidgaziyeva S.Sh. Iqtisodiy xavfsizlik. Darslik. – Toshkent:
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, 2022.- 731 bet.
19
II – BOB. O‘ZBEKISTONNING DUNYONING RIVOJLANGAN
DAVLATLARI BILAN IQTISODIY HAMKORLIGI
2.1. O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar geografiyasi
Mustaqil O‘zbekiston nafaqat jahon siyosati balki jahon iqtisodiyotiga ham
tez kirib bormoqda va qator mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini o`rnatish va
rivojlantirishga intilmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalar xalqaro hamkorlikning eng
muhim sohalaridan biridir. Turli mamlakatlar bilan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va
madaniy aloqalarini tobora takomillashib borishi, ayrim tarmoqlarni zamonaviy
texnika va texnologiya bilan qurollanishga, yer-suv, qazilma boyliklar va mehnat
resurslaridan samarali foydalanish imkonini yaratadi.
Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimotida, tashqi iqtisodiy aloqalarni
samarali yo`lga qo`yish va kengaytirishda faol ishtirok etish uchun respublikada
katta imkoniyatlar mavjud.
O`zbekiston juda qadim zamonlardan buyon ko`hna karvon yili-Buyuk ipak
yo`lida joylashib, tashqi dunyo (G`arb bilan Sharq) bilan faol iqtisodiy aloqalar olib
borgan. Mustaqillik sharofati bilan esa mamlakatimiz iqtisodiyotida yangi yo`nalish
- tashqi dunyo bilan turli sohalarda hamkorlikka keng yo`l ochildi. Endilikda
O`zbekiston tovarlar, kapital, ishchi kuchini mamlakatlararo tranzit etishga, jahon
iqtisodini integratsiyalash, yirik transmilliy va xalqaro loyihalarni amalga oshirishga
qodir.
Mamlakatda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solish
maqsadida Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy
banki, bojxona qo`mitasi tuzildi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida yangi strategiya ishlab chiqilib, unda
eksportning xom ashyoviy yo`nalishini bartaraf etish hamda xorijiy investitsiyalar
oqimi kengayishiga ko`maklashish kabi yo`nalishlar belgilab olindi. Mamlakatda
tashqi iqtisodiy aloqalar tizimi, ularni yo`lga qo`yishdagi asosiy tamoyillar ishlab
chiqildi. Xorijiy davlatlar firma, bank tizimlari bilan aloqalarni barpo etish yo`lida
siyosiy, huquqiy va tashkiliy omillar yaratildi. "Tashqi iqtisodiy faoliyat
20
to`g`risida", "Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining
kafolatlari to`g`risida"gi va boshqa bir qator qonun va me`yoriy hujjatlar qabul
qilindi. Ular tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat
sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun sharoit yaratdi.
O`zbekiston jahon hamjamiyatiga dadil kirib borib, ko`pchilik davlatlar bilan
iqtisodiy, texnikaviy, savdo-sotiq va madaniy aloqalarni amalga oshirmoqda. Tashqi
aloqalar ham ko`p tomonlama, ham ikki tomonlama rivojlanmoqda. Vatanimizda
iqtisodiy faoliyatni keng ko`lamda rivojlantirish, yuksak taraqqiy etgan
davlatlardagi ishlab chiqarishning texnologiya va iqtisodiy jarayonlari bilan
tanishish, xorijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlikda qo`shma korxonalar,
supermarketlar, savdo filiallari tashkil qilish imkoniyati yaratilmoqda.
O`zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi.
O`zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati keng qamrovli bo`lib bormoqda.
Mamlakatimizda chet el firmalari mablag`i ishtirokida tuzilgan qo`shma korxonalar
soni 6 mingdan oshib ketdi. Ular orasida dunyoga tanilgan "Samsung", "DEU",
"Nyumont-Mayning", "Filips" va boshqalar samarali faoliyat ko`rsatmoqda. Hozirgi
vaqtda O`zbekistonni dunyoning 170 ga yaqin mamlakati tan olgan, shundan 140
dan ortig`i bilan diplomatik munosabatlar o`rnatilgan. Poytaxt - Toshkentda 50 ga
yaqin mamlakatning elchixonalari faoliyat ko`rsatmoqda. O`zbekistonning chet
mamlakatlarda elchixonalari, konsulliklari va 30 dan ortiq vakolatxonalari ishlab
turibdi.
O`zbekistonning xorijiy kompaniya va firmalar bilan hamkorligi, ularning
hududimizda to`la faoliyat ko`rsatib ishlashiga kafolat berilganligi tashqi savdoga
ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda. Shunday qilib, mamlakatimiz tashqi aloqasi, savdo
geografiyasi juda kengayib bormoqda. O`zbekiston barcha qit`alarda joylashgan
davlatlar bilan keng qamrovli savdo-sotiq aloqalarini olib bormoqda. Tashqi
savdoda Yevropa-66,3, Osiyo-28,0, Amerika qit`asi-5,4, Afrika-0,1, Avstraliya va
Okeaniya-0,2 foizni egallaydi. Keyingi yillarda O`zbekiston tashqi savdo
21
aylanmasida MDH va xorijiy mamlakatlar hissasida birmuncha o`zgarishlar sodir
bo`ldi.
Agar 1994 yilda tashqi savdo aylanmasining 58 foizi MDH davlatlari
hissasiga to`g`ri kelgan bo`lsa, 2004 yilga kelib bu ko`rsatkich 34,6 foizga teng
bo`ldi. Uzoq xorij mamlakatlarining salmog`i esa 1994-2004 yillarda mos ravishda
42 foizdan 65,4 foizga o`sdi
Shuni
alohida
ta`kidlash
lozimki,
MDH
mamlakatlari
orasida
O`zbekistonning asosiy savdo hamkorlari Rossiya, Qozog`iston va Ukraina
hisoblanadi. 2004 yilda jami eksportning 14,9 foizi Rossiya, 3,8 foizi Qozog`iston,
2,3 foizi Ukraina hissasiga to`g`ri kelgan bo`lsa, jami importda mazkur
mamlakatlarning ulushi muvofiq ravishda 24,0; 6,3 va 4,5 foizni tashkil etdi.
Uzoq xorij mamlakatlari orasida Buyuk Britaniya (7,9 %), Eron (6,9 %),
Turkiya (4,1 %), va AQSH (3,1 %) mamlakatimiz eksportida sezilarli o`ringa ega
bo`lsa, import tarkibida AQSH (10,3 %), Janubiy Koreya (9,2 %), Germaniya (7,1
%), Xitoy (7,0 %) yuqori salmoqqa ega.
So`nggi yillarda mamlakatimiz eksport tarkibida bir qator o`zgarishlar yuz
berdi. Paxta tolasi mamlakat eksportida muhim o`rin tutsada, uning ulushi
mustaqillik yillarida 2,6 martadan ziyodroqqa pasaydi (1992 yilda 47,9 foizdan 2004
yilda 18,1 foizgacha). Istiqlol davrida eksport tarkibida yangi soha-xizmatlar paydo
bo`ldi va uning jami eksportdagi ulushi 2004 yilda 11,8 foizni tashkil etdi. Umuman,
O`zbekistonning eksporti to`g`risida 8-chizmadan to`liq ma`lumot olish mumkin.
Kelajakda O`zbekiston eksportining tovar tarkibini oziq-ovqatlar, mashina
va asbob-uskunalar, shuningdek, boshqa tayyor mahsulotlar eksportini oshirish
orqali mamlakat eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish mumkin.
Bugungi kunda respublikamizda o`tish iqtisodiyotining o`ziga xos
xususiyatlari va tarkibiy o`zgarishlar yo`nalishlaridan kelib chiqqan holda import
tarkibini takomillashtirish sohasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu
chora-tadbirlarning natijasi o`laroq mustaqillik yillarida importning tovar tarkibida
sezilarli ijobiy o`zgarishlarga erishilmoqda.
22
Istiqlol yillarida oziq-ovqat mahsulotlarining O`zbekiston jami importidagi
salmog`i sezilarli darajada pasaydi: agar 1992 yilda jami importning 36,8 foizi oziq-
ovqat mahsulotlari hissasiga to`g`ri kelgan bo`lsa, 2004 yilga kelib bu ko`rsatkich
6,8 foizga teng bo`ldi (9-chizmaga qarang). Bu eng avvalo, oziq-ovqat
mustaqilligini ta`minlashga qaratilgan dasturning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi
natijasidir.
Import tarkibida yana bir muhim o`zgarish shundan iboratki, mustaqillik
yillarida energiya manbalari importi sezilarli darajada kamaydi. Agar 1992 yilda
jami importning 25,5 foizini energiya manbalari tashkil etgan bo`lsa, 2004 yilga
kelib bu ko`rsatkich 2,1 foizga teng bo`ldi. Yuqoridagi o`zgarishlar natijasi o`laroq,
bugungi kunda mamlakatimiz don va yoqilg`iga bo`lgan ehtiyojlarini asosan milliy
ishlab chiqarish evaziga qoplanmoqda.
Import tarkibini optimallashtirish borasida erishilgan ijobiy natijalardan
yana biri jami importda mashina va asbob-uskunalar ulushining 1992 yilda 9,2
foizdan 2004 yilda 46,0 foizgacha o`sganligi hisoblanadi. Bu holat respublikamiz
hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan milliy iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan
qayta qurish va modernizatsiyalash strategiyasiga muvofiq keladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar har tomonlama taraqqiy ettirishning muhim va
samarali yo`llaridan biri xorijiy mamlakatlar bilan qator sohalarda qo`shma
korxonalar qurishdir. Tashqi iqtisodiy munosabatlarning bu yo`nalishi jahonning
ko`p mamlakatlarida keng tarqalgan. Qo`shma korxonalar tashkil etish va ularni
samarali taraqqiyot yo`liga solish ishchi kuchlari ko`p bo`lgan davlatlar qatoriga
kiruvchi mamlakatimiz uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Shunga ko`ra
O`zbekistonda ham bu borada katta ishlar amalga oshirilmoqda.
O`zbekistonda qo`shma korxonalarni tashkil qilishda jahonning ko`pgina
mamlakatlari ishtirok etmoqda. Ular orasida AQSH, Xitoy, Janubiy Koreya, Buyuk
Britaniya, Germaniya, Isroil, Hindiston, Rossiya, Ukraina kabi mamlakatlar
yetakchi o`rinni egallab kelmoqda. Respublikada vujudga kelayotgan qo`shma
korxonalar soni yil sayin ortib bormoqda. 1994 yilda bunday korxonalar soni 900
23
tani tashkil etgan bo`lsa, 2001 yilda 1958 ta, 2002 yilda 2087 ta, 2005 yilda 2627
taga yetdi.
1994 yilda xorijiy investitsiya hisobidagi korxonalar YAIMdagi ulushi 2,6
foizni tashkil etgan bo`lsa, 2004 yilga kelib mazkur ko`rsatkich 15,1 foizga yetdi.
Ular tomonidan amalga oshirilgan eksport hajmi 1994 yilda 2 mln dollardan 2004
yilda 785,2 mln dollargacha, mamlakat jami eksportidagi ulushi 1,0 foizdan 16,2
foizgacha o`sdi. Bunday korxonalarning respublika importdagi ulushi esa 1994 yilda
6 foizdan 2004 yilda 30,5 foizgacha ko`paygan.
Mustaqillik yillarida O`zbekiston hududida barpo etilgan qo`shma
korxonalar orasida "O`zDEU avto ", "Zarafshon-Nyumont", "Kabul-O`zbek",
"O`zBAT", "DEU Tekstil komponi" kabilar shuhrat qozongan. Mamlakat ma`muriy
mintaqalari doirasida tahlil qiladigan bo`lsak, O`zbekistondagi qo`shma
korxonalarning 68,5 foizi yoki 1800 tasi Toshkent shahriga to`g`ri keladi.
Shuningdek, ularni soni Samarqand (125 ta) va poytaxt viloyatlarida (193 ta) ham
nisbatan ko`p. Ayni vaqtda qo`shma korxonalar Sirdaryo (37 ta), Navoiy (36 ta),
Xorazm (29 ta) va Jizzax (25 ta) viloyatlarida yetarlicha rivojlanmagan. Kelajakda
mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishda uning har bir ma`muriy rayoni
(viloyat, tuman) hamda turli mulk shaklidagi korxonalar ishtirokini ta`minlash
vatanimiz iqtisodiyotini yuksaltirishga, xalqning turmush sharoitini yaxshilashga
ma`lum hissa bo`lib qo`shiladi.
Mustaqil mamlakatimiz tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda xalqaro
turizm katta o`rin tutmog`i lozim. Bu faoliyat to`g`ri va samarali tashkil etilsa, juda
katta iqtisodiy samara berishi hamda mamlakatga katta miqdorda chet el valyutasini
olib kelishi mumkin.
O`zbekiston xalqaro turizmni rivojlantirish uchun zarur bo`ladigan ulkan
imkoniyatlarga ega. Turizm haqida gap borganda tarix durdonalari bo`lmish va
jahon ahlini o`ziga qaratgan ajoyib obidalar saqlanayotgan Samarqand, Buxoro,
Xiva, Termiz, Marg`ilon kabi shaharlar muhim ahamiyat kasb etishi mumkinligini
aytib o`tish lozim.
24
Xalqaro turizm sohasini samarali rivojlantirish maqsadida 1992 yil iyulda
“O`zbekturizm” Milliy kompaniyasi tashkil etildi. Hozirgi kunda ushbu kompaniya
turizm borasida arzigulik ishlarni amalga oshirmoqda. Kelajakda mazkur sohani
yanada rivoj topishida 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan "Turizm to`g`risida"gi
qonun alohida o`ringa ega.
25
2.2. O‘zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli
hamkorligi
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari bilan hamkorlikni o‘z
tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb biladi. So‘nggi yillarda
O‘zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan barcha jabhalardagi munosabatlari
jadal sur’atlarda rivojlanib borishi natijasida o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi
davri boshlandi, deb aytsak bo‘ladi.
Birgina misol. Prezidentimizning Fransiya (2018 yil oktyabr), Germaniya
(2019 yil yanvar) va Turkiyaga (2017 yil oktyabr va 2020 yil fevral) rasmiy
tashriflari tashkil etilib, ularning natijalari bo‘yicha siyosiy, savdo-iqtisodiy,
investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda salmoqli kelishuvlarga
erishildi. O‘z navbatida, GFR Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer (2019 yil may)
va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an (2018 yil aprel) mamlakatimizga
javob tashrifini amalga oshirganini alohida qayd etish joiz.
Hozirgi vaqtda Vengriya, Italiya, Belgiya, Buyuk Britaniya va Chexiya kabi
davlatlar bilan bilan oliy darajadagi tashriflarni tashkil etish yuzasidan har
tomonlama ishlar olib borilmoqda.
So‘nggi bir yil davomida Yevropaning Avstriya, Germaniya, Buyuk
Britaniya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Italiya, Turkiya, Fransiya, Shveysariya,
Chexiya, Norvegiya, Finlyandiya, Latviya, Litva kabi mamlakatlari Tashqi ishlar
vazirliklari bilan 20 dan ziyod siyosiy maslahatlashuv o‘tkazildi.
Biz so‘nggi vaqtlarda Yevropa Ittifoqi bilan eng yuqori va oliy darajadagi
muloqot ilgari kuzatilmagan darajada faollashayotganiga guvoh bo‘ldik. Xususan,
2019 yil may oyida Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk ilk marotaba
O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bundan tashqari, YeIning Tashqi ishlar va xavfsizlik
siyosati bo‘yicha endilikda sobiq oliy vakili Federika Mogerini ikki marta (2017 yil
noyabr va 2018 yil mart oylari) respublikamizga tashrif buyurdi.
2020 yilning aprel oyida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Yevropa
kengashi rahbari Sharl Mishel o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkazildi. Tashqi ishlar
26
vaziri A.Komilov YeIning Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili,
Yevropa Ittifoqi Komissiyasi vitse-prezidenti Jozep Borrel (2020 yil yanvar oyida
Berlin shahrida va may oyida telefon orqali) bilan ikki marta suhbatlashdi.
Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi siyosiy-
diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda ko‘p qirrali
hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Mazkur muzokaralar chog‘ida Yevropa tomoni iqtisodiyot, savdo,
innovatsiya va investitsiya, transport, ilm-fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida
ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Shu o‘rinda Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy yo‘nalishda
hamkorlikni sezilarli tarzda o‘sib, rivojlanib borayotganini alohida ta’kidlab o‘tish
lozim. Jumladan, 2019 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va YeI mamlakatlari
o‘rtasidagi savdo hajmi 2016 yil bilan taqqoslaganda deyarli 60 foiz o‘sib, 4 milliard
AQSh dollarini tashkil etdi. Shu bilan birga, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan
mahsulotlarni Yevropaga eksport qilish 1,5 baravar ortgan holda 580 millionAQSh
dollari miqdoriga yetgan bo‘lsa, bu davrda import hajmi 1,5 barobar oshdi va 3,42
milliard dollarni tashkil etdi.
Joriy yil yanvar-may oylarida tovar ayirboshlash hajmi 1,315 milliard
dollarni, shu jumladan, eksport 196,6 million dollarni, import 1,11 milliard dollarni
tashkil etdi.
O‘zaro munosabatlarni sifat jihatidan yangi va yuqori darajaga ko‘tarish
maqsadida rasmiy Toshkent va Bryussel o‘rtasida yangi keng qamrovli ikki
tomonlama hujjat — Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni
tuzish bo‘yicha 2019 yildan boshlab faol muzokaralar o‘tkazilmoqda.
Yevropa Ittifoqi bilan ko‘p jabhali muloqotni rivojlantirishga xizmat
qilayotgan mazkur yo‘nalishga, asosan, 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan
Harakatlar strategiyasi doirasida O‘zbekistonda amalga oshirilgan tub islohotlar
tufayli erishildi.
27
So‘nggi yillarda Markaziy Osiyoda kuzatilayotgan hamkorlikning ijobiy
dinamikasi, shuningdek, O‘zbekistonning mintaqa davlatlariga nisbatan yaxshi
qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash va konstruktiv muloqot orqali barcha
masalalarni hal etishga qaratilgan yangi siyosati asosida Bryussel mintaqaga
nisbatan siyosatini mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish sari tubdan qayta ko‘rib
chiqdi.
Bularning barchasi Bryussel tomonidan Markaziy Osiyo uchun tasdiqlangan
(2019 yil iyun oyida) yangi strategiyada yaqqol namoyon bo‘ldi. Yevropa
tomonining pozitsiyasiga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi va unga a’zo davlatlar Markaziy
Osiyoning siyosiy barqarorligi va izchil rivojlanishidan, shuningdek, ikki mintaqa
o‘rtasidagi integratsiya aloqalarini faol rivojlantirishdan manfaatdordir.
Mintaqamizdagi barqaror vaziyatni e’tirof etgan holda, rasmiy Toshkent
tomonidan ilgari surilgan yaxshi qo‘shnichilik siyosati tufayli rasmiy Rim ilk marta
«Italiya — Markaziy Osiyo» formatidagi vazirlar uchrashuvini (2019 yil dekabr)
o‘tkazdi. O‘z navbatida, Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni kuchaytirish maqsadida
rasmiy Parij ham shu singari muloqotning ikkinchi bosqichini davom ettirishga
qaror qildi.
2020 yilning aprel va iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri
o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Yevropa Ittifoqi
savdo komissari F.Xogan bilan ikki marotaba videokonferensiya shaklida
uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar davomida O‘zbekiston va YeI o‘rtasida
kengaytirilgan sherikchilik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim loyihasi bo‘yicha
kelishish jarayonini faollashtirish borasida kelishuvga erishildi. O‘zbekistonning
JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhning 4-yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish
doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga, shuningdek, O‘zbekistonning
YeI «PBT+» imtiyoz tizimida benefitsiar mamlakat maqomini olishi jarayoniga
alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda COVID-19ning global miqyosda
tarqalishi va butun dunyo iqtisodiyotiga salbiy ta’siri sharoitida Yevropa Ittifoqi
28
uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekistonga 30 million yevrodan
ko‘proq mablag‘ ajratishga qaror qildi.
Bundan tashqari, BMT shafeligida O‘zbekistonning Orolbo‘yi mintaqasi
uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik Trast fondiga Yevropa Ittifoqi 5
million yevro, Norvegiya 1,1 million AQSh dollari va Finlyandiya 1 million yevro
miqdorida mablag‘ ajratdi.
Fursatdan foydalanib, Yevropadagi hamkorlarimizga O‘zbekistonning Jahon
savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi hamda respublikaning “GSP+”tizimi doirasida
benefitsiar maqomini olishi bo‘yicha sa’y-harakatlari, shuningdek, keng qamrovli
o‘zgarishlar sharoitida mamlakatimizga ko‘rsatayotgan moliyaviy va texnik
ko‘magi uchun minnatdorlik bildirmoqchiman.
Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasi uchun 2014 — 2020 yillarga
mo‘ljallangan beg‘araz yordami to‘g‘risidagi ko‘p yillik indikativ dasturi doirasida
respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish uchun qariyb 168
million yevro mablag‘ ajratildi.
Shu bilan birga, biz Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan O‘zbekiston
Respublikasi rahbariyati tomonidan Afg‘onistondagi mavjud vaziyatni tinch yo‘l
bilan hal etish bo‘yicha olib borayotgan xalqaro maydondagi sa’y-harakatlarini
qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdormiz. O‘zbekiston uchun qo‘shni davlatda
uzoq kutilgan tinchlikni o‘rnatish ustuvor ahamiyatga egadir.
Biz Yevropa bilan ikki va ko‘p tomonlama istiqbolli munosabatlarni davom
ettiramiz. Savdo-sotiq, investitsiya va moliya, yuqori texnologiyalar transferi, ilm-
fan, texnika, ta’lim, ekologiya, sog‘liqni saqlash va madaniyat sohalaridagi
hamkorlik, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash O‘zbekiston —
Yevropa munosabatlarining asosiy ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi.
29
2.3. O‘zbekistonning rivojlangan Osiyo mamlakatlari bilan iqtisodiy
hamkorligi
Zamonaviy Oʻzbekiston tashqi siyosatida jahonning barcha davlatlar bilan
oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini, uzoq muddatli va koʻp qirrali sheriklikni
yanada kuchaytirish boʻyicha soʻngi yillarda aniq chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Xususan, davlatimiz tomonidan azaliy va yagona tarixiy ildizlarga ega
boʻlgan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan boʻlgan munosabatlar rivojiga alohida
eʼtibor qaratilmoqda
Birlashgan Millatlar Tashkilotining soʻnggi hisob-kitoblariga koʻra, hozirgi
kunda Markaziy Osiyo aholisi 72,5 million kishini tashkil etadi. Bunda
Oʻzbekistonning ulushi 45% atrofida, Qozogʻiston - 25%, Tojikiston - 13%,
Qirgʻiziston va Turkmaniston - har biri 8,5% ni tashkil etadi.
Qayd etish joizki, soʻnggi uch yil ichida Oʻzbekistonning mintaqaviy saʼy-
harakatlari tufayli Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida oʻzaro ishonch va hamkorlik
yangi bosqichga koʻtarildi. Bu vaqt ichida mintaqamizda doʻstlik, yaxshi
qoʻshnichilik va oʻzaro hamkorlik muhitini yaratishga erishildi.
Oʻzbekistonda kechayotgan tub islohotlar, jamiyatimiz hayotidagi
demokratik oʻzgarishlar, erishilgan natijalar nafaqat mamlakatimiz hududida balki
qoʻshni davlatlardagi xalqlarda ham katta qiziqish uygʻotib, mintaqaviy
jarayonlarga katta ijobiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Oʻzaro munosabatlarda yaqin-yaqingacha baʼzi mavzularda gapirish nooʻrin
hisoblangan boʻlsa, hozirda biror bir yopiq va muhokama qilinmagan muammoli
masala qolmadi.
Xususan, chegara postlarining ochilishi va ular sonining koʻpaytirilishi,
vizasiz rejimning joriy etilishi kabilar xalqlarimizning oʻzaro bordi-keldisini
yengillashtirmoqda. Oʻzbekiston olib borayotgan tashqi siyosatdagi konstruktiv
yondashuv tufayli yillar davomida muammo boʻlib kelgan koʻpgina masalalar,
xususan siyosiy, savdo-iqtisodiy, transchegaraviy, suv resurslaridan oqilona
foydalanish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, fuqarolarning
30
chegara punktlarini kesib oʻtishi, oʻzaro turizmni rivojlantirish kabi dolzarb
masalalar mintaqa davlatlari tomonidan ochiq va doʻstona ruhda hal qilinmoqda.
O‘zbekistonda Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida barcha darajalardagi
aloqalar jadallashtirilgani tufayli o‘zaro ishonch va qo‘llab-quvvatlashning yangi
siyosiy muhiti shakllandi. Bu esa, avvalo savdo, sanoat, investitsiya, energetika,
transport va tranzit, suvdan foydalanish, ta’lim, xavfsizlik, ekologiya, mintaqa
aholisining ijtimoiy muhiti va turmush sharoiti sifatini yaxshilash borasida
umumhududiy rivojlanishning dolzarb masalalarini samarali, birgalikda hal etish
imkonini berdi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Janubiy Osiyo mintaqasida joylashgan
Hindiston va Pokiston kabi qator davlatlar bilan faol tashqi siyosat olib bormoqda.
O‘zbekistonning Janubiy Osiyo mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari o‘sib,
2020-yil yakunlari bo‘yicha tashqi savdo hajmi 1,38 mlrd. AQSh dollarini tashkil
qildi. Bu O‘zbekistonning jami tashqi savdo hajmining 3,8 foizini tashkil qiladi.
Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida savdo-iqtisodiy, transport, gumanitar,
turizm va boshqa sohalarda hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha O‘zbekiston
Prezidenti tomonidan bir qator muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda. Ushbu
tashbbuslar va amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar nafaqat iqtisodiy, balki
ijtimoiy-siyosiy ahamiyati bilan ham dolzarb ahamiyat kasb, mintaqada tinchlikni
ta’minlash va aholi farovonligini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Qolaversa, yirik infratuzilmaviy hamda madaniy-gumanitar loyihalarning
ro‘yobga chiqarilishi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarida barqarorlik va
iqtisodiy o'sishni ta’minlashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar kengayishi drayveri –
harakatlantiruvchi kuchi savdo-sotiq va iqtisodiy soha bo‘lib turibdi. Xitoy
O‘zbekistonning eng yirik savdo sherigiga aylandi va shu mavqeni saqlab qolayotir.
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, respublikaning Xitoy
bilan 2019 yildagi tashqi savdo aylanmasi 7,62 milliard AQSh dollari bo‘ldi.
Hozircha Xitoy savdo hajmi bo‘yicha Rossiyadan bir oz oldinda bormoqda. Bugungi
31
kunda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 16,8 foizi Xitoy hissasiga to‘g‘ri
kelmoqda. Undan keyin Rossiya (14,8 foiz), Qozog‘iston (7,3 foiz), Koreya
Respublikasi (5,8 foiz), Turkiya (5,2 foiz), Qirg‘iziston (2,4 foiz) va Germaniya (2,1
foiz) bormoqda.
O‘zbekistonning Xitoyga eksporti ortmoqda, biroq eksportning asosiy
qismini hozircha strategik xom ashyo: tabiiy gaz, uran, mis, paxta va mineral
o‘g‘itlar tashkil qilyapti. Ushbu tovarlar orasida eng muhim o‘rinni tabiiy gaz
egallaydi, Tabiiy gaz bo‘yicha 2011 yilda imzolangan ikki tomonlama oldi-sotdi
shartnomaga ko‘ra, XXRga uni yetkazib berish 25 yilga mo‘ljallangan.
O‘tgan yil oktyabrida O‘zbekistonda Xitoyning “Alibaba” savdo
platformasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish soddalashtirilgan edi. O‘zbekistonning
bir qandolatchilik kompaniyasi ushbu platforma bilan birinchilardan bo‘lib 3 million
AQSh dollarilik eksport shartnomasini imzoladi.
Savdo-sotiq aloqalarini kengaytirish maqsadida 2020 yil oktyabrida
O‘zbekiston Guanchjou shahrida bosh konsulligini ochdi. U O‘zbekiston
Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi bunday shakldagi ikkinchi
vakolatxonasidir, ilk vakolatxona Shanhay shahrida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Tomonlar bosh konsullik ochilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar
taraqqiyotiga qo‘shimcha turtki berishini, O‘zbekiston viloyatlari bilan Xitoyning
janubiy viloyatlari o‘rtasidagi tovar aylanmasi oshishini kutmoqda.
Bundan tashqari, Toshkent (Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari ham
shu qatorda) Pekin bilan O‘zbekistonda koronavirusga qarshi rekombinant
vaksinaning klinik sinovlarini o‘tkazish to‘g‘risida kelishib oldi. Muzokara vaqtida
qayd etilishicha, klinik sinovlar muvaffaqiyatli yakun topgan taqdirda O‘zbekiston
vaksinani o‘z muddatida va arzon narxda sotib olish uchun ustuvorlikka ega bo‘ladi.
32
XULOSA
Mamlakatimizning tashqi iqtisodiy sohasida tashqi savdo hajmi va eksportni
tizimli ravishda jadal oshirishga qaratilgan tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirildi,
xususan, valyuta siyosati liberallashtirildi, ma’muriy to’siqlar bartaraf etildi, eksport
qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari uchun narxlarni shakllantirish va to’lovning
bozor mexanizmi joriy qilindi. Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan tadbirlarning
samaradorligi ustidan muntazam ravishda olib borilayotgan monitoring tashqi savdo
va eksportning umumiy ijobiy dinamikasiga qaramasdan ular hajmlarining real
o’sish sur’atlari iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sur’atlariga muvofiq emasligini
ko’rsatmoqda. Birinchi navbatda raqobatbardosh afzalliklarga ega bo’lgan
tarmoqlarda bir qator tizimli muammolar va kamchiliklarning saqlanib
qolayotganligi eksport hajmlarining salmoqli o’sishini ta’minlashga to’sqinlik
qilmoqda.
Jumladan: birinchidan, ishlab chiqarish quvvatlaridan va keng turdagi
xomashyo, shuningdek, mehnat resurslari mavjud bo’lgan hamda tashqi bozorlarda
raqobatbardosh bo’lgan yuqori qo’shilgan qiymatga ega mahsulotlarni ishlab
chiqarishni
ta’minlovchi
afzalliklardan
to’liq
hajmda
foydalanilmayapti;
ikkinchidan, eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini moliyaviy qo’llab-quvvatlash
vositalari rivojlanmayapti, eksportoldi va eksportni moliyalashtirish mexanizmlari
mavjud emas; uchinchidan, chuqur marketing tadqiqotlarini o’tkazish, uzoq
muddatli barqaror tashqi bozorlarni shakllantirish va xorijda tashqi savdo
infratuzilmasini yaratishga etarli darajada e’tibor qaratilmayapti; to’rtinchidan, har
xil xizmat turlari eksportini tashkil qilish va ilgari surish bo’yicha tizimli ishlar
mavjud emas, ularni ko’rsatish uchun zarur infratuzilma rivojlanmagan.
Tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini tubdan oshirish, eksportbop
mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish, tashqi savdo muvozanatini ta’minlash
va valyuta tushumlarini ko’paytirish maqsadida 2018 yil 20 dekabrda O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Eksportga ko’maklashish va uni rag’batlantirishni
kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi.
33
Tadbirkorlik sub’ektlariga quyidagilarda har tomonlama ko’maklashish
asosiy vazifalari etib belgilandi: yuqori qo’shilgan qiymatga ega eksportbop
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish, xizmatlar (turistik,
tibbiy, ta’lim, transport, qurilish va boshqalar) eksporti hajmini keskin oshirish
hamda ularni ko’rsatish uchun tegishli infratuzilmani jadal barpo etish; o’zi ishlab
chiqargan mahsulotlarni etkazib berishda hamkorlarni izlash hamda tashkilotlar va
korxonalar bilan shartnomalar tuzish.
34
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Xodiyev B.Y.,Shodmonov Sh.Sh. “Iqtisodiyot nazariyasi”. Darslk.- Т.:
IQTISOD-MOLIYA, 2017.-783b. Toshkent. “Barkamol fayz media”
2. Mamatov A.A., Abulqosimov H.P., Mamatov S.A., Saidgaziyeva S.Sh. Iqtisodiy
xavfsizlik. Darslik. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi
universiteti, 2022.- 731 bet.
3. Xalqaro iqtisodiy huquq. Darslik. Mas’ul muxarrir prof. G.Yuldasheva.
Mualliflar jamoasi. Toshkent:TDYuU nashriyoti, 2019, 186 bet.
4. Isadjanov A.A., Ismailova N.S. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi. O‘quv
qo‘llanma. –T.: «IQTISODIYOT», 2019. – 154 b.
5. Kimsanboyeva.M.B. “Transmilliy korporatsiyalar faoliyatining iqtisodiyot
uchun afzalliklari”. International Conference on Developments in Education
Hosted
from
Amsterdam,
Netherlands.
June
8th
2022.
https:
econferencezone.org
6. Жек И., Жук И., Киреева Е., К равченко В. «Международные финансы».
Учеб. Пособие. Минск: «БГЭУ», 2007. 200 с.
7. . Лавруши н И.О. Деньги, кредит, банки . — Москва, «ФИНАНСЫИ
СТАТИСТИКА» 2022, 2-изд.
8. . Моисеев С. Международны евалютн о -кредитные отношения. — М.:
«ИНФРА -М », 2017. 573 с.
9. Михайлушкин А.И ., Шимко.Д. Международная экономика: теория и
практика: У чебник для вузов. — СПб.: П итер, 2018. 464 с.
10. Федякина Л .Н . Международные финансы . — СПб.: «Питер», 2019. 344 с.
11. Arynov, Z. 2021. “Opportunity and Threat Perceptions of the EU in Kazakhstan
and
Kyrgyzstan.”
Central
Asian
Survey.
doi:https://doi.org/10.1080/02634937.2021.1917516.
[Taylor
&
Francis
Online], [Google Scholar]
12. Azretbergenova, G., and A. Syzdykova. 2020. “The Dependence of the
Kazakhstan Economy on the Oil Sector and the Importance of Export
35
Diversification.” International Journal of Energy Economics and Policy 10 (6):
157–163. [Crossref], [Google Scholar]
13. Майкл
Портер.
Международная
конкуренция.
Конкурентные
преимущества стран. Издательство-Альпина Паблишер, 2017 г. 947 с.
14. Michael E. Porter. Competitive strategy: Techniques Analyzing Industries and
Competitors. The free press. New York London Toronto Sydney Singapore.
2017 y. 840 p.
15. Чиркунов Олег Анатольевич Государство и конкуренция; Новое
литературное обозрение (НЛО) - М., 2016. - 277 c.
16. Кулешова А. Б. Конкуренция в вопросах и ответах; ТК Велби, Проспект -
М., 2016. - 256 c.
17. Овчинников, В. В. Глобальная конкуренция. М.: Институт экономических
стратегий, 2016. - 360 c.
Internet saytlari
14. www.stat.uz – O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi sayti.
15. www.mineconomy.uz – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi sayti.
16. www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi sayti.