O’ZBEKISTONNING GEOSIYOSIY O’RNI VA KELAJAGI
Reja:
1. O’zbekiston jahon siyosiy va iqtisodiy xaritasida
2. O’zbekistonning geosiyosiy o’rni
Ushbu mavzuda O’zbekiston dunyo iqtisodiy va siyosiy xaritasida,
O’zbekistonning geosiyosiy o’rni mavzulari bilan tanishasiz.
Prezidentimiz I. A. Karimovning “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida:
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” deb nomlangan
kitobida mamlakatimiz geosiyosiy o’rni har tomonlama va chuqur tahlil etilgan.
Unda O’zbekiston qulay geostrategik o’rniga ega ekanligi asoslab berilgan.
O’zbekiston qulay geostrategik o’ringa egaligidan tashqari O’rta Osiyo
mintaqasining iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakati hamdir.
Ushbu mavzular bilan tanishar ekansiz, respublikamizning hozirgi zamon
siyosiy va iqtisodiy xaritasida egallagan o’rni to’g’risida batafsil ma’lumotga ega
bo’lasiz.
1. O’zbekiston jahon siyosiy va iqtisodiy xaritasida
O’zbekiston Respublikasi O’rta Osiyoning markazida joylashgan bo’lib,
hududi shimoli g’arbda Orol dengizi va Ustyurt platosidan, janubda Afg’oniston
bilan Amudaryogacha, sharq va janubi sharq tomonlarda Tyanshan va Hisor-Orol
tog’larigacha cho’zilgan.
Hududining eng muhum jihatlaridan biri shundan iboratki, bu yerda qorli
cho’qqilar, baland tog’ muzliklari, katta vodiylar, keng vohalar bilan bepoyon cho’l
va qir-adirlar mavjud.
O’zbekistonning maydoni 447,4 ming kv.km, shuning to’rtdan uch qismini
tekisliklar va platolar, qolgan to’rtdan bir qismini tog’ oldi hududlari va tog’lar
tashkil etadi. Hududning katta qismida mo’tadil iqlim, faqat chekka janubida
subtropik iqlim hukmron.
O’zbekistonning makrogeografik o’rni noqulay. U Dunyo okeanidan ancha
uzoqda, materik ichkarisida joylashgan. Dunyo okeaniga chiqish uchun shimol
tomonda Qozog’iston va Rossiya (Novorossiysk, Naxodka), Latviya (Klaypeda)
portlari, janubi g’arb tomonda Fors ko’rfazidagi (Abadan) portga Turkmaniston va
Eron hududlari orqali avtomobil vat emir yo’llarda boorish mumkin. Undan
tashqari Qirg’iziston va Xitoy hududlari orqali (Toshkent – Andijon – O’sh –
Ergashtom – Qashqar – Tinch okean) Tinch okeanga, Afg’oniston va Pokiston
hududlari orqali Hind okeaniga chiqish imkoniyatiga ega. Ammo ohirgi yo’nalish
to’g’risida Afg’onistondagi siyosiy vaziyat yanada yaxshilashgandan keyingina
so’z yuritish mumkin.
O’zbekistonning mezogeografik o’rni ham makrogeografik o’rniga o’xshab
ketadi. Shu bilan birga mamlakatning mikrogeografik (ya’ni O’rta Osiyo
mintaqasidagi) o’rni qulay deb baholanadi. O’zbekiston O’rta Osiyo mamlakatlari
o’rtasida joylashgan, shuning uvhun uning hududi boshqa mamlakatlar uchun
ko’prik vazifasini bajaradi..
O’zbekiston xilma-xil tabiiy, ayniqsa, mineral resurslarga boy mamlakat. U
O’rta Osiyo mamlakatlari ichida iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatdir. Unda
sug’orma dehqonchilik va u bilan bog’liq paxtachilik, ipakchilik va qorako’lchilik
yuqori darajada taraqqiy etgan. Shu sababli, O’zbekiston paxta, pilla yetishtirish
hamda qorako’l teri tayyorlash bo’yicha jahon mamlakatlari orasida yuqori
o’rinlarni egallab kelmoqda.
O’zbekiston rivojlangan sanoat majmuiga ega. Sanoat tarmoqlari ichida
elektroenergetika, yoqilg’I sanoati, mashinasozlik (traktorsozlik va qishloq
xo’jaligi mashinasozligi, avtomobilsozlik), kimyo va neft kimyosi, qurilish
materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati katta ahamiyatga ega.
O’zbekistonda 2002-yilda 2,5 mln tonna ko’mir, 7,5 mln tonna neft, 57 mlrd
kub m gaz qazib olindi. Tabiiy gazning deyarli 20 foizi eksport qilinadi.
Mamlakatimiz dunyoda oltin, kumush, qo’rg’oshin, rux, mis v auran rudalari qazib
olishda ham yuqori o’rinlarni egallaydi.
O’zbekiston kimyoviy xomashyo resurslari (osh va kaliy tuzlari, fosforitlar),
bezak toshlari (granit, mramor) va qurilish materiallarining katta zaxiralariga ega.
Bularning barchasi jahon miqyosida mamlakat obro’sini ko’taradi va uni dunyoga
mashxur qiladi.
Shu bilan birga, mineral resurslar, ayniqsa, strategik ahamiyatga ega
resurslarning (oltin, neft, gaz) katta zaxiralari mavjudligi O’zbekistonning
geostrategic ahamiyatini oshiradi. Agar mineral resurslarga yer-suv resurslari
qo’shilsa, mamlakat ahamiyati yanada yuqoriga ko’tariladi. Chunki yer-suv
resurslari asosida dehqonchilik ekinlari yetishtiriladigan sug’orma dehqonchilik
rivojlangan. Respublikada 4 mln gektardan ziyod sug’orma yerlar mavjud. Bu
MDH mamlakatlari ichida Rossiyadan keyingi ikkinchi ko’rsatkichdir. Sug’orma
yerlarning deyarli 95 foizi haydaladigan yerlardan iborat. Haydaladigan yerlarga
yana bahorikor dehqonchilik yerlari ham qo’shiladi. Haydaladigan yerlarning
umumiy maydoni ham 4 mln gektardan oshadi. Inson resurslarining 50,3 foizini
mehnat resurslari tashkil etadi.
O’zbekiston aholisining soni 2002-yil 1-yanvar ma’lumotlariga ko’ra 25,2
mln ga yetdi. Shundan 12,7 mln kishi mehnat resurslarini tashkil etdi. O’zbekiston
aholi soni bo’yicha jahondagi 230 ta mamlakat ichida 37-o’rinni egallaydi. Jami
aholining 37,1 foizi shahar va shaharchalarda, 62,9 foizi qishloq joylarida istiqomat
qiladi. Shahar aholisining hissasiga ko’ra O’zbekiston O’rta Osiyoda
Turkmanistondan keyingi o’rinda turadi. Lekin mintaqadagi shahar va
shaharchalarning asosiy qismi, shu jumladan, yirik va katta shahsrlarning
ko’pchiligi O’zbekistonda joylashgan.
O’zbekiston dunyo miqyosida neft qazib olish bo’yicha 22-24, gaz bo’yicha
5-6-o’rinlarni egallaydi. Mamlakat aholi jon boshiga hisoblaganda elektroenergiya
(1900 kVt/soat), mineral o’g’itlar, sement ishlab chiqarish bo’yicha ham jahon
mamlakatlari ichida munosib o’rinlarni egallaydi hamda qator Osiyo va Afrika
mamlaktlaridan oldinda turadi.
Geografik o’rin – tarixiy kategoriya bo’lib, u biron obyektning boshqa
obyektga nisbatan qanday joylashganligi, uning sabablari va omillari to’g’risidagi
ma’lumotlarga asoslanadi.
Tekislik – Yer yuzasining mutlaq balandligi 400 metrgacha bo’lgan tekis
qismi.
Tog’li hududlar – mutlaq balandligi 500 metrdan 1000 metrgacha bo’lgan
past tog’lardan, 1000 dan 2000 metrgacha o’rtacha balandlikdagi tog’lardan, 2000
metrdan ortiq bo’lgan baland tog’lardan tashkil topgan.
Shahar – aholisi soni 7 ming kishidan kam bo’lmagan, ish bilan band
aholisining kamida uchdan ikki qismi qishloq xo’jaligi bilan aloqador bo’lmagan
tarmoqlarda mehnat qilayotgan manzilgoh.
Shaharcha – aholisining soni 3 ming kishidan kam bo’lmagan, ish bilan
band aholisining kamida yarmi qishloq xo’jaligi bilan aloqador bo’lmagan
tarmoqlarda mehnat qilayotgan manzilgoh.
2. O’zbekistonning geosiyosiy o’rni
1991-yilda sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi uning asosida qator mustaqil
suveren davlatlarning, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasining vujudga
kelishiga sabab bo’ldi.
O’zbekiston Davlat mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab, o’zining
ichki va tashqi siyosatini ishlab chiqish, boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama va
ko’p tomonlama aloqalar o’rnatish borasida muhim tadbirlarni amalga oshirdi.
Sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi va O’zbekistonning Davlat
mustaqilligiga erishishi natijasida mamlakatimizda quyidagi o’zgarishlar sodir
bo’ldi:
1.
Ilgari “markaz” tomonidan boshqarilgan vazifalarni endi O’zbekistonning o’zi
mustaqil ravishda bajarishiga to’g’ri kelmoqda.
2.
Ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar iqtisodiy o’zgarishlarni amalga
oshirishni taqozo etmoqda. Bunda rejalashtiriladigan iqtisodiyotdan bozor
iqtisodiyotiga o’tish ushbu masalaning nazariy va amaliy muammolari
yechimini taqozo etmoqda.