O‘zbekistonning jahon siyosiy xaritasidagi o‘rni, ma’muriy-hududiy bo‘linishi
Reja
1. O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanining o‘rganish ob’ekti,
predmeti, maqsad va vazifalari.
2. Fanning tadqiqot usullari va boshqa fanlar bilan aloqasi.
3. O‘zbekiston Respublikasining geografik o‘rni.
4. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy hududiy bo‘linishi.
Tayanch iboralar
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, tadqiqot usullari, kartografik, taqqoslash,
statistika, rayonlashtirish, balans, tarixiy, tizim-tarkib, ekstropolyasiya usuli
1. O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanining o‘rganish ob’ekti,
predmeti, maqsad va vazifalari.
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fani iqtisodiy va ijtimoiy fan
bo‘lib, geografiya fanlar sistemasiga kiradi. Bu fan respublikamizda sodir
bo‘layotgan iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni hududiy geografik jihatdan
o‘rganadi. Bu fan bir tomondan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish, ikkinchi
tomondan esa tabiiy qonuniyatlarga tayangan holda tabiat-aholi-xo‘jalik
sistemasidagi hududiy o‘zaro ta’sir munosabatlarni tadqiq etadi. O‘zbekiston
iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanining o‘rganish ob’ekti ishlab chiqarish
kuchlarining turli xil hududlardagi sistemasidan yoki har xil masshtabdagi hududiy
ishlab chiqarish komplekslari, uning shakllanish jarayonlarini, yuritilish va
boshqarish, joylashtirish qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat. Bu fan har xil
tizimdagi ishlab chiqarish majmualarini tashkil qilish va joylashtirish
qonuniyatlarini o‘rganadi.
Bugungi kunda jahonda sodir bo‘layotgan iqtisodiy ijtimoiy va siyosiy
o‘zgarishlar, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni xususiy tashkil etishda
fanning bevosita ishtiroki ortib bormokda. Xalq xo‘jaligini hududiy tashkil etishni
takomillashtirish, geografik mehnat taqsimoti asosida yangi iqtisodiy rayonlar,
hududiy ishlab chiqarish majmualari, shahar va transport tizimi, moddiy va
ma’naviy infrastruktura tarmoqlarini shakllanishi va rivojlanishida o‘ziga xos
qonuniyatlar mavjuddir. Ularni mukammal o‘rganish ushbu fanning asosiy maqsad
va vazifalarini belgilab berishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fani bir tomondan iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanish, ikkinchi tomondan esa tarbiya qonunlariga tayangan holda
tabiat-aholi-xo‘jalik tizimidagi hududiy o‘zaro ta’sir munosabatlarni tadqiq etadi.
Uning asosiy o‘rganadigan, tekshiradigan ob’ekti ishlab chiqarish kuchlarining har
xil hududdagi tizimidan yoki har xil masshtabdagi hududiy ishlab chiqarish
komplekslari, uning shakllanish jarayonlarining yuritilishini, boshqarish va
joylashtirish qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasida ayrim tarmoqlar yoki
rayonlarni o‘rganishdan tarmoqlararo va hududiy ishlab chiqarish majmualarini
turli yirik miqyosidagi davlat, davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy rayonlar va zonalarni
har tomonlama chuqur tahlil qilishga e’tibor ortmoqda. Shuning uchun bu fanni
o‘rganish hozirgi vaqtda ahamiyatlidir.
2. Fanning tadqiqot usullari va boshqa fanlar bilan aloqasi.
Har bir fan o‘zining ilmiy tadqiqot uslublariga egadir. O‘zbekiston iqtisodiy
va ijtimoiy geografiyasi fanining ilmiy tadqiqot uslublari va ulardan maqsad
doirasida foydalanish xususiyatlariga kelsak ular quyidagilardan iboratdir:
taqqoslash, kartografiya, statistik, matematik, modellashtirish, tarixiy, tizimi-tarkib,
esktropolyasiya, energiya ishlab chiqarish majmualari va boshqalardir.
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fani asosan tabiiy geografiya,
iqtisodiy nazariya hamda xususiy tarmoqlar iqtisodiyotining statistika,
demografiya, tarix, kartografiya va boshqa fanlar bilan yaqindan aloqadordir. Bu
fan birinchi galda tabiiy geografiya fani bilan yaqindan aloqadadir. Chunki
iqtisodiy geografiya u yoki bu regionni iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan
o‘rganayotganda, o‘sha joyning tabiiy sharoiti, tabiiy resurslarining hududiy
xususiyatlarini har tomonlama bilmasdan turib, o‘sha joyga iqtisodiy jihatdan baho
bermasdan turib, ishlab chiqarish kuchlarini ilmiy jihatdan tashkil qilish va
O‘zbekiston
gegrafiyasi
Gegrafiya
fanlari
Iqtisodiy va
ijtimoiy
fanlari
Gidrologiya
Tuproqlar
geografiyasi
Geologiya va
geomorfologiya
biogeografiya
Topografiya va
kartografiya
Transport
geografiyasi
Sanoat
geografiyasi
Transport
geografiyasi
Iqtisod
iyot
tarix
Mate
matika
va
statisti
ka
sotsiol
ogiya
Umumiy yer
bilimi
Toponomika
Aholi
geografiyasi
Jahon
geografiyasi
joylashtirish mumkin emas. Ya’ni tabiat jamiyat taraqqiyotida eng muhim moddiy
sharoitlardan biridir.
1.1-rasm. O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasining boshqa fanlar bilan
aloqadorligi
Iqtisodiy geografiya fani iqtisod fani bilan ham yaqindan aloqadordir.
Chunki, u yoki bu mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarini iqtisodiy
geografik jihatdan o‘rganayotganda iqtisodiy nazariyaga va bozor iqtisodiy
sharoitiga oid kishilar va ayrim iqtisodiy mulohazalardan bu fan foydalanadi.
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fani statistik fanlar bilan ham
aloqadordir, chunki mamlakatlarni xo‘jalik tarmoqlarini yoki aholi mehnat
resurslarini o‘rganayotganda va boshqa sohalarda, statistik ma’lumotlardan
iqtisodiy geografiya fani keng foydalanadi. O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy
geografiyasi fani kartografiya fani bilan ham yaqindan aloqadordir, chunki u yoki
bu davlatlarni iqtisodiy geografik jihatdan o‘rganayotganda kartografiyadan keng
foydalaniladi. Bu fanda karta-sxema kartogramma, diogramma usullarisiz hech
mumkin emasdir. Bundan tashqari O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi
fani “Demografiya” fani bilan ham yaqindan aloqadordir. Chunki, aholi va mehnat
resursi jamiyatda eng asosiy kuch hisoblanadi. O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy
geografiyasida aholi bo‘limi asosiy qism hisoblanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasining geografik o‘rni
Mustaqillika erishgan O‘zbekiston, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotini o‘z
manfaatlari asosida mustaqil tashkil etishga kirishdi. Hozirgi paytda uning
mustaqilligini 120 dan ortiq davlatlar tan oldi, 150 dan ortiq mamlakatlarning
elchixonalari ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotiga
va boshqa ko‘pgina nufuzli dunyoviy, siyosiy, iqtisodiy tashkilotlarga teng huquqli
a’zodir. Maydoni - 448,97 ming km2. Maydonining kattaligiga ko‘ra jahonda – 55-
o‘rinda turadi. Aholisi – 32650 ming kishi (2018yil 1 yanvar). Aholi soniga ko‘ra
jahonda 44-o‘rinda turadi (2017y). Poytaxti – Toshkent.
O‘zbekiston Respublikasi Yevrosiyoning o‘rtasida, Markaziy Osiyo siyosiy
geografik mintaqasida joylashgan. U bevosita jahon okeaniga chiqish imkoniyatiga
ega emas. Mamlakatimiz sharqda Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalari bilan,
janubi-g‘arbda Turkmaniston Respublikasi, shimolda katta masofada Qozog‘iston
Respublikasi bilan chegaradosh. Janub tomondan Amudaryo orqali Afg‘oniston
davlati bilan chegaradosh. CHegaralarining umumiy uzunligi - 6621km. Eng
chekka shimoliy nuqtasi shim.-sharqda — Ustyurt platosida Orol dengizining
g‘arbiy sohilida, 450 361 shimoliy kenglikda, eng chekka janubiy nuqtasi 370 111
shimoliy kenglikda joylashgan. Eng chekka g‘arbiy nuqtasi 560 sharqiy uzoqlikda,
eng chekka sharqiy nuqtasi esa 730 101
sharqiy uzoqlikda joylashgan.
Mamlakatimiz hududi g‘arbdan sharqqa tomon - 1425 km, shimoldan janubga –
930 km masofaga cho‘zilgan. Respublika hududi janubi-sharqdan shimoli-g‘arbga
cho‘zilgan va yuzasi ham shu yo‘nalishda yirik daryolar oqimiga mos ravishda
pasayib boradi. Eng baland nuqtasi 4643m bo‘lib, Hisor tizmasidadir. Eng past
nuqtasi esa dengiz sathidan -12m pastda joylashgan Mingbuloq botig‘i hisoblanadi.
Davlat tuzumi – Prezidentlik Respublikasi. Mustaqillik kuni -1991yil, 1sentyabr.
Ma’lumki, iqtisodiy geografik o‘rin, shu jumladan, siyosiy geografik mavqe
tabiiy geografik o‘ringa nisbatan tarixan o‘zgaruvchan hisoblanadi. Binobarin, bir
vaqtlar qulay bo‘lgan holat keyinchalik noqulay yoki aksincha bo‘lishi mumkin.
Shu nuqtai nazardan yondoshganda, o‘lkamizning qadimgi iqtisodiy va siyosiy
geografik o‘rni ancha qulay bo‘lgan. Zero, o‘sha davrlarda quruqlik transporti-
karvon yo‘llar katta ahamiyat kasb etgan, vatanimiz esa mag‘rib va mashriq
mamlakatlarini tutashtiruvchi xalqaro savdo yo‘llar o‘tgan hududda – Buyuk Ipak
yo‘lining markazida joylashgan. Hozirgi davrda esa u yoki bu davlat siyosiy-
iqtisodiy rivojlanishi, eng avvalo, suv transportiga bog‘liq, chunki yer yuzida
quruqlikdan ko‘ra suv ko‘proq, dengiz yoki okeanlar orqali aloqa esa boshqa
vositalarga nisbatan qulay va arzon. Shuning uchun mamlakatning Jahon okeaniga
chiqishi yoki uning yirik daryolar yordami bilan bunday imkoniyatga ega bo‘lishi
siyosiy geografik o‘rnining yaxshilanishiga yordam beradi.
O‘zbekistonning iqtisodiy-geografik o‘rni xususiyatlarini, mutaxassislar
e’tirof etganlaridek, uch jixatdan ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
O‘zbekistonning mikrogeografik o‘rni O‘zbekiston Respublikasining O‘rta
Osiyodagi mustaqil davltlarga nisbatan tutgan o‘rni avvalo uning iqtisodiy mintaqa
markaziy qismida joylashganligi, juda qulay transport imkoniyatlarini belgilaydi.
Mamlakatimiz O‘rta Osiyoning o‘ziga xos temir yo‘l darvozasi ham xisoblanadi.
O‘rta Osiyodagi birinchi temir yo‘llar ham O‘zbekistonni qo‘shni davlatlar bilan
bog‘lagan. 1880 – 1886 yillarda qurilgan Krasnovodsk – Chorjo‘y temir yo‘li 1899
yillarda Farg‘ona vodiysiga etkazilgan. Shu va 1905 yilda ishga tushirilgan
Toshkent-Orenburg temir yo‘li hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
O‘zbekistonning bu boradagi roli yaqin kelajakda qo‘shni Qirg‘iziston, Tojikiston,
Qozog‘iston Respublikalarini, Eron, Afg‘oniston, Turkiya kabi mamlakatlar bilan
tashqi iqtisodiy aloqalarni olib borishda yanada kuchayadi.
O‘zbekiston Respublikasi chegaralarining muhim xususiyatlaridan biri
ularning aksariyat qismi tekisliklar orqali o‘tishidir. Xatto uning bilan ulkan tog‘lar
o‘lkalari-Qirg‘iziston va Tojikiston respublikalari o‘rtasidagi chegaralar ham
asosan qulay tog‘ oralig‘i vodiylari yoki u qadar baland bo‘lmagan tog‘ tizmalari
orqali o‘tgan. Ularni bog‘lab turadigan transport yo‘llari shu sababli iqtisodiy
jihatdan qadimdan yaxshi o‘zlashtirilgan hududlar orkali o‘tgan. Bu holat qo‘shni
respublikalar bilan xilma-xil iqtisodiy aloqalarni tashkil qilishda yanada
qo‘shimcha qulayliklar tug‘diradi. Qadim zamonlarda Sharq bilan G‘arbni bog‘lab
turgan Buyuk Ipak yo‘li O‘zbekiston orqali o‘tgan. Bu yerda savdo yo‘llari
tutashgan, tashqi aloqalar hamda turli madaniyatlarning bir-birini boyitish jarayoni
jadal ketgan. Bugungi kunda ham Yevropa va Yaqin Sharqdan Osiyo-Tinch okean
mintaqasiga olib boradigan quruqlikdagi yo‘llar shu yerda kesishadi. O‘rta Osiyo
davlatlari Hindiston yarim orolini Rossiya va Yevropa bilan bog‘lab turadi.
Mezogeografik o‘rni, avvalo uning O‘rta Osiyo-Qozog‘iston mikro
mintaqasidagi tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Bu yerda ham respublikaning
markaziy movqeiga ega ekanligi asosiy ijobiy xolat hisoblanadi. Bu, avvalo,
O‘zbekiston hududining juda katta masofada Qazog‘iston hududi bilan tutashligida
ko‘rinadi. 1996 yili Turkmanistonning janubi-sharqidagi Tejen daryosi bo‘ylab
Eronning Mashhad shahrigacha 305 km masofaga ega bo‘lgan Tejen-Saraxs-
Mashhad temir yo‘li qurildi. Bu yo‘l O‘rta Osiyo Respublikalarini Eron orqali Hind
okeani havzasiga chiqish imkoniyatini beradi.
11,2%
O‘zbekiston Respublikasining maydoni
0,8%
1.2-rasm. O‘zbekiston Respublikasining maydoniga ko‘ra O‘rta Osiyo mintaqasida
va Yevrosiyo materigida tutgan o‘rni
Makrogeografik o‘rni - O‘zbekiston dengizga tutash emas, shu sababli u
dengizga chiqish uchun boshqa mamlakatlar hududi orqali o‘tishi kerak. Bu esa
qator qiyinchiliklarga olib keladi. Shuning uchun O‘zbekistonning hukumat
boshliqlari makro iqtisodiy geografik o‘rindagi qiyinchiliklarni bartaraf etish
borasida qator ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, qadimda bu yerda rivoj
topgan Buyuk Ipak yo‘lini qaytadan tiklash ya’ni G‘arbiy Yevropa mamlakatlarini
Osiyoning sharqiy qismidagi mamlakatlar bilan O‘rta Osiyo hududi orqali
o‘tadigan avtomobil, temir yo‘llar bilan bog‘lash, Afg‘oniston va Eron hududi
orqali Fors qo‘ltig‘iga chiqish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki, temir yo‘l transporti respublikalar va rayonlarning o‘zaro
iqtisodiy aloqalarida ular o‘rtasida olib boriladigan yuk ayirboshlashda barcha
tarnsport tarmoqlari orasida yetakchi o‘rinda turadi. Shu naqtai-nazardan olib