O‘ZBEKISTONNING JANUBIY TURISTIK MINTAQASI.

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

6

File size

Fayl hajmi

28,9 KB


O‘ZBEKISTONNING JANUBIY TURISTIK MINTAQASI.
Reja:
1. O‘zbekistonning janubiy turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
hayotidagi o‘rni. 
2. Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari. 
3. Mintaqaning turistik resurslari salohiyati. 
4.Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari.
1.O‘zbekistonning janubiy turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
hayotidagi o‘rni.
Janubiy turistik rayon ma’muriy jihatdan Qashqadaryo va Surxondaryo
viloyatlaridan  iborat  bo’lib,  tarixiy  va  tabiiy  turistik  resurslarga  ega.
Qashqadaryo  viloyati  o’zining  qadimiy  shaharlariga  ega.  Qadimda  yirik
savdo  va  hunarmandchilik  markazi  hisoblangan  Shahrisabz  shahri  Amir
Temur  qurdirgan  Oqsaroy  ansambli  ko’plab  diniy  ziyoratgohlarga
boydir.Viloyat  markazi  hisoblanagan  Qarshi  bir  necha  arxitektura
yodgorliklarga  ega.  Bular:  Ko’kgumbaz  masjidi  (1463y),  Jome’  masjidi,
Minorali  Qo’rg’oncha,  Xo’ja  Abdulaziz  madrasasi,  Qilichboy  madrasasi,
Zaxox  –  Moron  shaharchasi  xarobalari  va  Qashqadaryo  daryosi  ustidan
o’tgan qadimiy ko’prik kabilar. Mazkur shaharning 2006 yilda 2700 yillik
yubileyi munosabati bilan yuqoridagi arxitektura obidalarning jozibadorligi
yanada oshdi.
Turistik  rayonning  yana  bir  qadimiy  shaharlaridan  biri  Termizdir.
Termiz shahri eramizdan oldingi II-I asrlarda Hindistonni Markaziy Osiyo
orqali  Yevropa  bilan  bog’lovchi  korvon  yo’llarining  chorrahasida  paydo
bo’lgan. Termiz yonida eramizdan oldingi III-II asrlarda Yunon – Baqtriya
Logotip
O‘ZBEKISTONNING JANUBIY TURISTIK MINTAQASI. Reja: 1. O‘zbekistonning janubiy turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni. 2. Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari. 3. Mintaqaning turistik resurslari salohiyati. 4.Mintaqada turizm turlarini rivojlantirish imkoniyatlari. 1.O‘zbekistonning janubiy turistik mintaqasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘rni. Janubiy turistik rayon ma’muriy jihatdan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan iborat bo’lib, tarixiy va tabiiy turistik resurslarga ega. Qashqadaryo viloyati o’zining qadimiy shaharlariga ega. Qadimda yirik savdo va hunarmandchilik markazi hisoblangan Shahrisabz shahri Amir Temur qurdirgan Oqsaroy ansambli ko’plab diniy ziyoratgohlarga boydir.Viloyat markazi hisoblanagan Qarshi bir necha arxitektura yodgorliklarga ega. Bular: Ko’kgumbaz masjidi (1463y), Jome’ masjidi, Minorali Qo’rg’oncha, Xo’ja Abdulaziz madrasasi, Qilichboy madrasasi, Zaxox – Moron shaharchasi xarobalari va Qashqadaryo daryosi ustidan o’tgan qadimiy ko’prik kabilar. Mazkur shaharning 2006 yilda 2700 yillik yubileyi munosabati bilan yuqoridagi arxitektura obidalarning jozibadorligi yanada oshdi. Turistik rayonning yana bir qadimiy shaharlaridan biri Termizdir. Termiz shahri eramizdan oldingi II-I asrlarda Hindistonni Markaziy Osiyo orqali Yevropa bilan bog’lovchi korvon yo’llarining chorrahasida paydo bo’lgan. Termiz yonida eramizdan oldingi III-II asrlarda Yunon – Baqtriya
davlatiga  tegishli  turar  joylar  topilgan.  Qoratepada  Budda  madaniyatiga
tegishli  turli  yodgorliklar,  Fayoztepada  Budda  ibodatxonasi  xarobalari
mavjudligi, bu joylarga sharqiy Osiyolik turistlarni jalb qilmoqda.
Turistik rayon tabiiy – iqlimiy turistik resurslarga ham boy hisoblanadi.
Mintaqaning  tabiiy  go’zal  va  o’ziga  xos  tabiati,  relyefi  turizmni  turli
yo’nalishlari  rivojlantirish  imkoni  beradi. Ayniqsa,  Hisor  tog’ining go’zal
manzarasi va undagi ko’plab shifobaxsh buloq va chashmalar aholini dam
olish  va  salomatligini  tiklashda  ahamiyati  katta.  Yana  rayondagi  alohida
muhofaza qilinadigan hududlar hisoblangan Kitob geologik qo’riqxognasi,
Hisor,  Surxondaryo,  Payg’ambarorol  davlat  qo’riqxonalarida  ekologik
turizmni  rivojlantirish  imkoniyatlari  mavjud.  Shuningdek,  bu  mintaqada
yashayotganxalqning o’zoq o’tmish an’analari, san’ati, madaniyati va urf –
odatlari mahalliy hamda xorij turistlarini qiziqtirishi shubhasizdir.
1.
Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari.
Qashqadaryo rayoni O’zbekistonning janubiy qismida joylashgan bo’lib, u
cho’l, dasht, tog’oldi va tog’li xududlardan iborat. Bu rayonda yoz va bahor
oylarida cho’l va dashtlarda, yilning barcha fasllarida esa tog’ oldi va tog’li
hududlariga ekoturlar uyushtirish mumkin. Qashqadaryo rayonida 1979 yilda
tashkil etilgan, 3938 ga maydonga ega bo’lgan, MDH davlatlari ichida yagona
- "Kitob davlat geologiya qo’riqxonasi", 1992 yilda tashkil etilgan "Muborak
buyurtmaxonasi", 1992 yilda tashkil etilgan "Sechenko’l buyurtmaxonasi"
mavjud.  Qashqadaryo  rayonida  ekoturizmni  tarixiy,  diniy  turizm  bilan
birgalikda olib borish uchun birqancha arxitektura yodgorliklari va diniy
qadamjoylar mavjud.
Hisor rayonida 1983 yilda tashkil toptan O’zbekiston Respublikasi Qishloq va
suv  vazirligiga qarashli,  absolyut  balandligi  1150-4349 m.bo’lgan,  870 xil
o’simlik, 140 xil hayvonot olamiga ega, maydoni 80,9 ming ga bo’lgan Hisor
davlat  qo’riqxonasi  mavjud.  Bu  rayonda  ekoturlarni  mahalliy  aholining
madaniyatini aks etgiruvchi "Boysun" etnografik-folklor ansambli chiqishlari
bilan  uyg’unlikda  olib  borish  sayohlarni  o’ziga  ko’proq  jalb  qilish
Logotip
davlatiga tegishli turar joylar topilgan. Qoratepada Budda madaniyatiga tegishli turli yodgorliklar, Fayoztepada Budda ibodatxonasi xarobalari mavjudligi, bu joylarga sharqiy Osiyolik turistlarni jalb qilmoqda. Turistik rayon tabiiy – iqlimiy turistik resurslarga ham boy hisoblanadi. Mintaqaning tabiiy go’zal va o’ziga xos tabiati, relyefi turizmni turli yo’nalishlari rivojlantirish imkoni beradi. Ayniqsa, Hisor tog’ining go’zal manzarasi va undagi ko’plab shifobaxsh buloq va chashmalar aholini dam olish va salomatligini tiklashda ahamiyati katta. Yana rayondagi alohida muhofaza qilinadigan hududlar hisoblangan Kitob geologik qo’riqxognasi, Hisor, Surxondaryo, Payg’ambarorol davlat qo’riqxonalarida ekologik turizmni rivojlantirish imkoniyatlari mavjud. Shuningdek, bu mintaqada yashayotganxalqning o’zoq o’tmish an’analari, san’ati, madaniyati va urf – odatlari mahalliy hamda xorij turistlarini qiziqtirishi shubhasizdir. 1. Mintaqada turizmning rivojlanish tendensiyalari. Qashqadaryo rayoni O’zbekistonning janubiy qismida joylashgan bo’lib, u cho’l, dasht, tog’oldi va tog’li xududlardan iborat. Bu rayonda yoz va bahor oylarida cho’l va dashtlarda, yilning barcha fasllarida esa tog’ oldi va tog’li hududlariga ekoturlar uyushtirish mumkin. Qashqadaryo rayonida 1979 yilda tashkil etilgan, 3938 ga maydonga ega bo’lgan, MDH davlatlari ichida yagona - "Kitob davlat geologiya qo’riqxonasi", 1992 yilda tashkil etilgan "Muborak buyurtmaxonasi", 1992 yilda tashkil etilgan "Sechenko’l buyurtmaxonasi" mavjud. Qashqadaryo rayonida ekoturizmni tarixiy, diniy turizm bilan birgalikda olib borish uchun birqancha arxitektura yodgorliklari va diniy qadamjoylar mavjud. Hisor rayonida 1983 yilda tashkil toptan O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv vazirligiga qarashli, absolyut balandligi 1150-4349 m.bo’lgan, 870 xil o’simlik, 140 xil hayvonot olamiga ega, maydoni 80,9 ming ga bo’lgan Hisor davlat qo’riqxonasi mavjud. Bu rayonda ekoturlarni mahalliy aholining madaniyatini aks etgiruvchi "Boysun" etnografik-folklor ansambli chiqishlari bilan uyg’unlikda olib borish sayohlarni o’ziga ko’proq jalb qilish
imkoniyatini beradi.
Surxondaryo rayonida Kuhitang tog’li hududda 1987 yil tashkil etilgan 53,7
ming ga maydonda 800 xil o’simlik va 290 ta qush hamda 20 dan ortiq hayvon
turlarini  muhofaza  qilishga  yo’naltirilgan  "Surxon  davlat  qo’riqxonasi"
mavjud. Surxondaryo rayoni Respublikamizning o’ziga xos rayonlaridan biri
hisoblanib, bu yerda quruq subtropik iqlim mintaqasi hukmron.  Shuning
uchun ham yilning ko’p oylarida ekoturlar uyushtirish imkoniyati bor.
Xulosa qilib aytganda, ekoturistik rayonlashtirishni joyning geoekologik
xususiyatlaridan  kelib  chikkan  tarzda  amalga  oshirish  tabiat  va  jamiyat
o’rtasidagi munosabatlarni uyg’unlashtirishga xizmat qiladi. 
3.Mintaqaning turistik resurslari salohiyati.
Hakim at-Termiziy yodgorlik majmuasi. X-XIV asrlar. Bu me’moriy
obida Eski Termiz qal’asining shimoliy-g`arbida barpo etilgan. Abu Abdulloh
Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bashir al-Hakim at-Termiziy qator diniy-
falsafiy asarlar muallifi, din arbobi, yirik mutasavvif va mashhur olimdir.
Hakim  at-Termiziy  maqbarasi  qadimgi  xonaqoh  hujralaridan  biri  bo`lib,
alloma  shu  yerda  faoliyat  yuritgan:  muridlari,  shogirdlari  va  boshqa
darvishlarni qabul qilgan, ular bilan suhbatlashgan. SHu xonaqohda dafn
etilgan.  Qabr  ustiga  Amir  Temur  o`g`li  SHohruh  Mirzo  zamonida  katta
qabrtosh  o`rnatilgan.  Qabrtosh  Temuriylar  davridagi  toshtaroshlik,
o`ymakorlik va bezakchilik san’atidan dalolatdir. Hakim at-Termiziy 880 yil
Termizda  vafot  etgan.  Hayoti  davomida  to`rt  yuzdan  ortiq  asar  yozgan.
SHulardan o`ndan ziyodrog`i bizning zamonamizgacha yetib kelgan. Hadis
ilmiga  bag`ishlangan  "Jome’  al-usul"  nomli  qo`lyozma  asari  O`zbekiston
musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanmoqda.
Sulton  Saodat  majmuasi.  XI asr.  Sulton  Saodat  sayyidlar  sulolasining
maqbarasidir.  Bu  me’moriy  majmua  oilaviy  maqbaralar  va  marosim
xonalaridan iborat bo`lib, asrlar davomida tashkil topgan yaxlit inshootdir.
Birinchi maqbarada IX asrning ikkinchi yarmida vafot etgan Hasan al-Amir
ismli  sayyidning  xoki  yotibdi.  U  shu  atrofdagi  yerlarning  egasi,
Logotip
imkoniyatini beradi. Surxondaryo rayonida Kuhitang tog’li hududda 1987 yil tashkil etilgan 53,7 ming ga maydonda 800 xil o’simlik va 290 ta qush hamda 20 dan ortiq hayvon turlarini muhofaza qilishga yo’naltirilgan "Surxon davlat qo’riqxonasi" mavjud. Surxondaryo rayoni Respublikamizning o’ziga xos rayonlaridan biri hisoblanib, bu yerda quruq subtropik iqlim mintaqasi hukmron. Shuning uchun ham yilning ko’p oylarida ekoturlar uyushtirish imkoniyati bor. Xulosa qilib aytganda, ekoturistik rayonlashtirishni joyning geoekologik xususiyatlaridan kelib chikkan tarzda amalga oshirish tabiat va jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni uyg’unlashtirishga xizmat qiladi. 3.Mintaqaning turistik resurslari salohiyati. Hakim at-Termiziy yodgorlik majmuasi. X-XIV asrlar. Bu me’moriy obida Eski Termiz qal’asining shimoliy-g`arbida barpo etilgan. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bashir al-Hakim at-Termiziy qator diniy- falsafiy asarlar muallifi, din arbobi, yirik mutasavvif va mashhur olimdir. Hakim at-Termiziy maqbarasi qadimgi xonaqoh hujralaridan biri bo`lib, alloma shu yerda faoliyat yuritgan: muridlari, shogirdlari va boshqa darvishlarni qabul qilgan, ular bilan suhbatlashgan. SHu xonaqohda dafn etilgan. Qabr ustiga Amir Temur o`g`li SHohruh Mirzo zamonida katta qabrtosh o`rnatilgan. Qabrtosh Temuriylar davridagi toshtaroshlik, o`ymakorlik va bezakchilik san’atidan dalolatdir. Hakim at-Termiziy 880 yil Termizda vafot etgan. Hayoti davomida to`rt yuzdan ortiq asar yozgan. SHulardan o`ndan ziyodrog`i bizning zamonamizgacha yetib kelgan. Hadis ilmiga bag`ishlangan "Jome’ al-usul" nomli qo`lyozma asari O`zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanmoqda. Sulton Saodat majmuasi. XI asr. Sulton Saodat sayyidlar sulolasining maqbarasidir. Bu me’moriy majmua oilaviy maqbaralar va marosim xonalaridan iborat bo`lib, asrlar davomida tashkil topgan yaxlit inshootdir. Birinchi maqbarada IX asrning ikkinchi yarmida vafot etgan Hasan al-Amir ismli sayyidning xoki yotibdi. U shu atrofdagi yerlarning egasi,
Payg`ambarimiz avlodlaridan hisoblanadi. Sulton Saodat mo`g`ullar istilosi
paytida vayron qilingan edi. Termizning sharqiy tomoniga joylashgan bu
ziyoratgoh yangidan bunyod etilgan. Qariyb yetti asr (X - XVII) davomida
shakllangan bu me’moriy majmua jami yigirmaga yaqin qabrni o`z ichiga
oladi.
Abu  Iso  at-Termiziy  maqbarasi.   Hozirgi  SHerobod  tumani  hududida
joylashgan  ushbu  maqbara  XI-  XII asrlar  me’moriy  yodgorliklaridan
hisoblanadi. At-Termiziy hijriy 209 yilda (mil. 824-825 y.) tavallud topgan.
Hofiz az-Zahabiy "Miyzon al-e’tidol "kitobida Termiziyning hijriy 279 yilda
vafot etganini zikr qilib, "Vafot etgan vaqtlarida 70 yoshda edilar", deydi.
Ismu nasablari - Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn az-Zahhok as-
Sulamiy al-Bug`iy at-Termiziy.  Alloma to`plagan hadislar  ishonchliligi  va
mo`’tabarligi jihatidan "Sihohi sitta" (oltita eng sahih hadislar to`plami)ning
biri  sanaladi.  Yoshliklarida  ko`p  yillar  davomida  Iroq,  Hijoz  kabi  arab
o`lkalarida  hadis  o`rganib,  ularni  jamlagan.  250  hijriy  yilda  Termizga
qaytganlar.  SHu  yili  Nishopurda  Imom  al-Buxoriy  bilan  uchrashib  ko`p
hadislar xususida mubohasalar olib borganlar. Bu buyuk vatandoshimizdan
"Al-Jome’  as-Sahih"  ("Sunani  Termiziy"),  "Ash-SHamoil"  ("SHamoili
Muhammadiya"), "Al-Hol", "At-Tarix", "Az-Zuhd", "Al-Asmou val-kunya"
("Ismlar va kunyalar") kabi asarlar bizgacha yetib kelgan.
Jarqo`rg`on minorasi. XII asr boshi. Hozirgi Jarqo`rg`on tumanining Alisher
Navoiy nomidagi jamoa xo`jaligida joylashgan. O`rta Osiyoning shu turdagi
minoralari orasida o`zining jimjimador o`n olti tutamlik yarim ustuni bilan
ajralib turadi. Bu ustunlar qavariq, (qovurg`a) shaklida bo`lib, yuzasi yotiq
kesimda ko`p yaproqli gulga o`xshaydi. Quyiga tusha borgan sari qavariqlar
go`yo  yig`ilib  ketganday  tuyuladi.  YUqori  qismida  esa  ular  ravoqchalar
zanjiri va enli epigrafik hoshiya bilan jipslashgan. Minora asosi baland sakkiz
qirrali kursiga o`rnatilgan. Har bir qirraning markazida xushbichim ravoqli
tahmonlar bor. Ana shu tahmonlardan bittasi janubiy-g`arbiy qirrada minora
ichki aylana zinasiga olib chiqadi. 
Oqsaroy. XIV asr. 1378-1379 yillarda Amir Temur Xorazmdagi barcha usta
va  hunarmandlarni  Keshga  keltirib,  shaharda  ulkan  obodonlashtirshi
Logotip
Payg`ambarimiz avlodlaridan hisoblanadi. Sulton Saodat mo`g`ullar istilosi paytida vayron qilingan edi. Termizning sharqiy tomoniga joylashgan bu ziyoratgoh yangidan bunyod etilgan. Qariyb yetti asr (X - XVII) davomida shakllangan bu me’moriy majmua jami yigirmaga yaqin qabrni o`z ichiga oladi. Abu Iso at-Termiziy maqbarasi. Hozirgi SHerobod tumani hududida joylashgan ushbu maqbara XI- XII asrlar me’moriy yodgorliklaridan hisoblanadi. At-Termiziy hijriy 209 yilda (mil. 824-825 y.) tavallud topgan. Hofiz az-Zahabiy "Miyzon al-e’tidol "kitobida Termiziyning hijriy 279 yilda vafot etganini zikr qilib, "Vafot etgan vaqtlarida 70 yoshda edilar", deydi. Ismu nasablari - Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn az-Zahhok as- Sulamiy al-Bug`iy at-Termiziy. Alloma to`plagan hadislar ishonchliligi va mo`’tabarligi jihatidan "Sihohi sitta" (oltita eng sahih hadislar to`plami)ning biri sanaladi. Yoshliklarida ko`p yillar davomida Iroq, Hijoz kabi arab o`lkalarida hadis o`rganib, ularni jamlagan. 250 hijriy yilda Termizga qaytganlar. SHu yili Nishopurda Imom al-Buxoriy bilan uchrashib ko`p hadislar xususida mubohasalar olib borganlar. Bu buyuk vatandoshimizdan "Al-Jome’ as-Sahih" ("Sunani Termiziy"), "Ash-SHamoil" ("SHamoili Muhammadiya"), "Al-Hol", "At-Tarix", "Az-Zuhd", "Al-Asmou val-kunya" ("Ismlar va kunyalar") kabi asarlar bizgacha yetib kelgan. Jarqo`rg`on minorasi. XII asr boshi. Hozirgi Jarqo`rg`on tumanining Alisher Navoiy nomidagi jamoa xo`jaligida joylashgan. O`rta Osiyoning shu turdagi minoralari orasida o`zining jimjimador o`n olti tutamlik yarim ustuni bilan ajralib turadi. Bu ustunlar qavariq, (qovurg`a) shaklida bo`lib, yuzasi yotiq kesimda ko`p yaproqli gulga o`xshaydi. Quyiga tusha borgan sari qavariqlar go`yo yig`ilib ketganday tuyuladi. YUqori qismida esa ular ravoqchalar zanjiri va enli epigrafik hoshiya bilan jipslashgan. Minora asosi baland sakkiz qirrali kursiga o`rnatilgan. Har bir qirraning markazida xushbichim ravoqli tahmonlar bor. Ana shu tahmonlardan bittasi janubiy-g`arbiy qirrada minora ichki aylana zinasiga olib chiqadi.  Oqsaroy. XIV asr. 1378-1379 yillarda Amir Temur Xorazmdagi barcha usta va hunarmandlarni Keshga keltirib, shaharda ulkan obodonlashtirshi