O‘ZBEKISTONNING MUSTAQILLIKKA KIRISHISH DAVRI, ISTIQLOLGA ERISHISHINING SERMASHAQQAT YO‘LI VA TAHLIKALI DAVRI
Yuklangan vaqt
2024-05-18
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
23
Faytl hajmi
73,3 KB
Ilmiybaza.uz
O‘ZBEKISTONNING MUSTAQILLIKKA KIRISHISH DAVRI,
ISTIQLOLGA ERISHISHINING SERMASHAQQAT YO‘LI VA
TAHLIKALI DAVRI
Reja:
1) Istiqlol arafasi va O‘zbekiston mustaqillikka erishish yo‘liga o‘tishi.
2) Demokratik davlat qurishning turli nazariyalari va modellari. O‘zbekistonda
demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlashda jahon tajribasining chuqur
o‘rganilishi
3) Mamlakatni isloh etish strategiyasi asoslarini ishlab chiqish, milliy
davlatchilik va barqaror taraqqiyot poydevorini barpo etish yo‘lidagi dastlabki
qadamlar.
Ilmiybaza.uz
Bashariyat tarixi shundan dalolat beradiki, har bir xalq faqat erkin va ozod
bo‘lgan taqdirdagina, o‘z hayoti va kelajagini mustaqil barpo etish huquqiga ega
bo‘ladi. “Haq berilmas, haq olinur!” deb millat ozodligi yo‘lida jonini fido qilgan
ulug‘ ajdodlarimizning buyuk maqsadi ham shu edi.
Xalqimizning beqiyos jasorati va matonati bilan Birinchi Prezidentimiz
muhtaram Islom Abdug‘anievich Karimov boshchiligida qo‘lga kiritilgan davlat
mustaqilligi ana shu asriy orzumizni amalda ta’minlagan olamshumul voqeadir.
Biz qanday tahlikali va suronli davrlarni boshimizdan kechirmaylik, qanday yutuq
va natijalarga erishgan bo‘lmaylik, mustaqillik g‘oyasi, istiqlol ruhi bizga doimo
tog‘dek tayanch bo‘lmoqda.
Hap qanday davlat bopki, yukcak dapajadagi taraqqiyotga epishish,
pivojlangan davlatlap qatorida mynocib o‘pinga ega bo‘lish, o‘z fuqarolapi ychyn
fapovon typmysh tapzini yapatish maqsadida myayyan islohotlapni amalga oshipadi.
Davlatning eng muhim funksiyalaridan biri ham aynan islohotchilik funksiyasidir.
Islohotlap mazmyn-mohiyatiga ko‘pa bir qancha turlapga bo‘linadi. Ulap jymlaciga
iqtisodiy, ijtimoiy, ciyociy, ma’naviy, madaniy va h.q cohalapdagi islohotlapni
kipitish mymkin.
Vatanimizning mustaqillik yillarida bosib o‘tgan murakkab yo‘liga yana bir
bor nazar tashlash, shu yillar ichida amalga oshirilgan ishlar, ulkan yutuqlarga
erishishda qanday murakkab jarayonlardan o‘tilganligi haqidagi ma’lumotlarni
aholiga, jumladan yoshlarga yetkazish nihoyatda muhimdir.
Bu borada sobiq ittifoq parokandalikka yuz tutganda O‘zbekistonda yuzaga kelgan
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy vaziyatni eslash maqsadga muvofiqdir
Sovetlar davrida Respublikaning ortda qolib ketishiga asosiy sabablardan biri
uning xom ashyo yetkazib beruvchi o‘lkaga aylanib qolganligi va paxta yakka
hokimligidir.1930 yillardan boshlab sho‘rolar paxta mustaqilligiga erishish
maqsadida O‘zbekistonni paxtaga ixtisoslashtirish siyosati natijasida respublika
iqtisodiyoti biryoqlama rivojlanib, Ittifoqning xom ashyo bazasiga aylanib qoldi.
Natijada O‘zbekiston eng oddiy sanoat mahsulotlariga bo‘lgan o‘z ehtiyojining
Ilmiybaza.uz
yarmini ham qondirishga qodir emas. Bir qancha viloyat va rayonlarda ekin
maydonlari nisbatida paxtazorlar 75-80 foizni tashkil qildi
1980 yillarda O‘zbekiston Ittifoqda yetishtiriladigan paxtaning 70 foizini
tayyorlashiga qaramasdan,etishtirilgan jami paxta tolasining atigi 7 foizi o‘zimizda
qayta ishlanar edi. Bu ko‘rsatkich bugungi kunda 44 foizni tashkil etmoqda.
Paxta yetishtirishda mehnatning 84 foizi O‘zbekiston zimmasiga tushgan, uni
dastlabki qayta ishlashdan tushadigan daromadning atigi 16 foizi respublikaga
tekkan.
Mustaqillikka qadar sanoatda tayyor mahsulotning ulushi bor-yo‘g‘i 50 foizni
tashkil etardi, qishloq xo‘jaligi mahsulotining 80 foizdan ko‘prog‘i mutlaqo qayta
ishlanmasdan respublika tashqarisiga chiqarilgan. Respublikadan olib ketilayotgan
mahsulotning uchdan ikki qismi xom ashyo, materiallar va chala tayyor mahsulotlar
bo‘lib, Respublikaga keltirilayotgan tovarlarning 60 foizi esa mashinalar, asbob-
uskunalar, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati mahsulotlaridir.
O‘zbekiston g‘alla va un mahsulotlariga bo‘lgan ichki ehtiyojning 80 foizdan ortig‘i
chetdan keltirilgan mahsulotlar hisobidan qoplanar edi. Mustaqillikning dastlabki
yillarida respublikamizda xalq iste’moli mollarining 60-70 foizi chetdan olib kelinar
edi. O‘sha yillari mamlakat importi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi
73,8 foizni tashkil etar edi.
Respublika barcha asosiy iqtisodiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha
Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ham ancha orqada bo‘lib, mamlakatda oxirgi
o‘rinlardan birida edi. O‘zbekiston kishi boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab
chiqarish bo‘yicha mamlakatda 12-o‘rinda, aholi jon boshiga milliy daromad ishlab
chiqarish bo‘yicha esa ko‘rsatkich Ittifoqdagi o‘rtacha darajadan ikki hissa past edi.
O‘zbekiston aholisi o‘rta hisobda go‘sht mahsulotlarini, sut va sut mahsulotlarini,
tuxumni, mamlakat aholisiga nisbatan ikki barobar kam iste’mol qilgan.
Masalan, O‘zbekistonda go‘sht iste’mol qilish har bir odamga o‘rtacha 29
kilogrammdan to‘g‘ri kelsa, bu ko‘rsatkich RSFSR da 71 kg ni, Ukrainada 67 kg ni,
qo‘shni Qozog‘istonda 63 kg ni tashkil etgan.
Ilmiybaza.uz
O‘zbekiston bolalar o‘limi bo‘yicha Ittifoqda birinchi o‘rinda turgan.Bu yerda 1980
yillarda har ming boladan 31 tasi bir yoshga yetmasdan nobud bo‘lgan, bu
ko‘rsatkich Ukrainada 17 tani, Belorussiyada 18 tani, Litvada 19 tani, Latviya va
Estoniyada 17 tani tashkil etgan.
1990 yilda davlat byudjeti harajatlarining atigi 31 foizi ijtimoiy sohalarni
moliyalashtirishga yo‘naltirilgan. 1992 yilda madaniy-ijtimoiy tadbirlar uchun
davlat byudjetining 35,43 foizi sarflangan, bu raqam 1993 yilda 37,79 foiz, 1994
yilda 43,03 foiz, 1995 yilda 45,29 foizni, 2008 yilda esa 50 foizdan oshiqni tashkil
etgan. 2016 yil byudjetida ijtimoiy sohaga qariyb 60 foiz mablag‘lar yo‘naltirildi.
Uning 34 foizi ta’lim, 15 foizi sog‘liqni saqlash sohasiga yo‘naltirilgan.
Shuni ham nazarda tutish zarurki, Mustaqillikka erishgan paytda yurtimizda o‘ta
qaltis ijtimoiy vaziyat vujudga kelgan edi. Aholining o‘sish sur’atlari o‘rtacha sobiq
ittifoq ko‘rsatkichdan 3 barobar yuqori edi. Buning ustiga, mehnat resurslari
aholining o‘rtacha o‘sish ko‘rsatkichidan 2 barobar tez o‘sayotgandi. Oxir-oqibatda
ishsizlik darajasi ortib, aholi daromadlari keskin tushib bormokda edi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida Respublikadagi aholining sotsial ahvoli, ularni
sotsial ta’minoti va ijtimoiy himoya qilish mutlaqo qoniqarsiz edi.
Sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha bolalar muassasalari juda og‘ir
ahvolga tushib qolgan, maktab va kasalxonalarning 60 foizi nobop binolarda
joylashtirilgan, Respublikada 1700 ta maktab vayron holda, qurilayotgan maktablar
soni esa aholining ko‘payish sur’atini arang qondirardi. Sog‘liqni saqlash ishlari
bo‘yicha mamlakat eng oxirgi pog‘onalardan birida edi. Masalaning yana bir muhim
jihati shundan iborat ediki, Sobiq Ittifoq davrida ma’lum qadriyatlarga ega bo‘lgan
kishilarning muayyan ijtimoiy ongi shakllanganligini ham e’tiborga olmaslik
mumkin emas edi.Sobiq Ittifoq davrida xususiy mulkni yo‘qotish g‘oyasi
amaliyotga tatbiq etildi.
80-yillarning
o‘rtalarida
turli
olomonchilik
mitinglari,
ba’zi
norasmiy
tashkilotlarning bosh ko‘tarishi oqibatida uzoq totalitar davrda to‘planib qolgan
muammolar “qayta qurish” davrida paydo bo‘lgan muammolar bilan qo‘shilib,
ijtimoiy-siyosiy bo‘xronlarning alomatlari ochiqdan-ochiq ko‘rina boshladi.1989-
Ilmiybaza.uz
1990 yillarda Farg‘ona viloyati, Parkent tumanida va Andijon shahrida millatlararo
mojorolar va to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Bo‘lib o‘tgan mojorolar va to‘qnashuvlar sabablari yillar davomida ichida
to‘planib qolgan ijtimoiy muammolar, iqtisodiy tushkunlik, ma’naviy beqarorlik,
shuningdek, uzoq yillar yakka hokimlik bir mafkura ostida,qullik ruhiyati ostida
yashagan odamlarning olomonchilik harakati bilan o‘zining his-tuyg‘ularini
qondirishga intilishi kabi omillar edi. O‘zbekistonda ro‘y bergan voqealar 1989-
1990yillar davomida Ittifoqdagi barcha markaziy nashrlar-jurnallar va gazetalarda
bosildi. Televedinie va radioda maxsus ko‘rsatuv va eshittirishlar berildi. Ularning
barchasi bir g‘oyani ilgari surar edi:O‘zbekistonda chuqur inqirozlar boshlangan;
xalqning kayfiyati tushib ketgan; respublikada korrupsiya avjiga chiqqan;
rusiyzabon xalq O‘zbekistonni tashlab chiqib ketmoqda; millatchilik va millatlararo
ziddiyatlar kuchaygan; markazning yordamisiz bu yerdagi muammolarni hal etish
mumkin emas va hakazo. Albatta, bunday xatti-harakatlarning maqsadi aniq edi. O‘z
mustaqilligiga intilayotgan O‘zbekistonni yo‘ldan qaytarish.
1990 yil 20 iyunda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Oliy Kengashining ikkinchi
sessiyasi bir ovozdan “Mustaqillik Deklaratsiyasi”ni qabul qildi. Boshqacha
aytganda, respublika qonunlari Ittifoq qonunlaridan ustuvorligi tamoyili qaror topdi.
E’tiborli tomoni shundaki, O‘zbekistondagi ana shu tarixiy voqealardan keyingina,
ya’ni 1990 yilning oxiriga kelib Litva, Latviya, Estoniya, Gruziya, Ozarbayjon
respublikalari Ittifoq tarkibidan chiqib ketishga doir huquqiy hujjatlarni qabul
qildilar. 1991 yilning 31 avgustida chiqarilgan O‘zbekiston Oliy Kengashining
sessiyasida deputatlar bir ovozdan Prezident ilgari surgan mustaqillik g‘oyalarini
qo‘llab-quvvatladilar. Natijada, sessiyada O‘zbekiston Respublikasining Davlat
mustaqilligi to‘g‘risidagi Qonun qabul qilindi. Qonunda 1 sentabr O‘zbekiston
Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilandi.
1991-yil 31-avgustda o‘z davlat mustaqilligini e’lon qilgan O‘zbekiston oldingi
totalitar jamiyat — sotsialistik jamiyatdan demokratik jamiyatga o‘tish yo‘lini tutdi.
Shu bilan biiga, Prezident I.A.Karimov mamlakatda fuqarolik jamiyati va huquqiy
davlat qurishni asosiy strategik pirovard maqsad sifatida e’lon qilishi bilan jamiyat
Ilmiybaza.uz
butunlay yangi rivojlanish yo‘liga kirdi. «Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik
jamiyati sari» tamoyili asosida «o‘zbek modeli»ga muvofiq ro‘y bergan bu
o‘zgarishlarning nazariy va arnaliy jihatlari haqida bilimlar berish, biz qurayotgan
fuqarolik jamiyatining nazariy jihatlarini yoshlarga yetkazish O‘zbekistonda
demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining yana bir predmetini
tashkil etadi.
Mamlakat iqtisodiyotida ham tub o‘zgarishlar amalga oshirildi. Ko‘p ukladli
iqtisodiyotga o‘tildi. Tarixda birinchi marta xususiy mulkchilik qonunlashtirildi.
Jamiyatning iqtisodiy asosi bo‘lgan — kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish davlat
siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘rta mulkdorlar ijtimoiy qatlamining shakllanishi
uchun barcha huquqiy va ijtimoiy asoslar yaratildi. Mamlakatda tezlik bilan bozor
iqtisodiyoti munosabatlari, uning zamonaviy infratuzilmasi shakllana boshladi.
o‘tish davri qiyinchiliklarini bartaraf etish maqsadida davlatning kuchli ijtimoiy
siyosat olib borishi belgilandi.
«Demokratiya», ya’ni «xalq hokimiyati» atamasi muhim masalalarni yechishda
barcha aholining bevosita ovoz berishi bilan hal qilingan qadimgi Afinaning o‘zini
o‘zi boshqaruv tizimi nomidan kelib chiqdi. Hozirgi davrda liberalizm,
konservatizm, sotsializm, millatchilik, fashizm, anarxizm kabi harbir mafkuraviy
oqimlaro‘z demokratik konsepsiyalarini «haqiqiy» demokratizm deb e’lon
qilmoqdalar. Demokratiya maqsad sifatida individ mustaqilligi va uning umumiy
manfaatlari ustunligini ta’minlaydi. U vosita sifatida esa nizolarni bartaraf etish,
zo‘ravonlikka chek qo‘yish, turli ijtimoiy guruhlarga siyosiy ta’sir qilish yo‘li bilan
ularning murosaga kelishini, konsensusini ta’minlaydi.
Demokratik jamiyat amal qilishi zarur bo‘lgan qonuniyatlar sifatida
demokratiyaning qator ustunlari qabul qilindi. Ular quyidagilardan iboratdir:
Xalq hokimiyati;
Fuqarolar roziligiga tayanuvchi hukumat;
Ko‘pchilikning ovozi qoidasi;
Ozchilik huquqlarini himoya etish;
Asosiy inson huquqlari kafolati;
Ilmiybaza.uz
Erkin va adolatli saylovlar;
Qonun oldida barchaning tengligi;
Odil sud yuritish;
Hukumat faoliyatining konstitutsiyaviy cheklanganligi;
Ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy pluralizm;
Tolerantlik, omilkorlik, hamkorlik, o‘zaro kelishuv
O‘zbekistonda demokratik fuqarolik jamiyati qurishda ikki muhim jihatga
e’tibor qaratdi:
1. rivojlangan mamlakatlarda tarixiy sinovlardan o‘tgan fuqarolik jamiyati
qurish tajribasi va jahonda e’tirof etilgan demokratik tamoyillar;
2. milliy tariximizda shakllangan, milliy-madaniy merosimizga mansub bo‘lgan,
o‘zida milliy xususiyatlami ifodalagan demokratik qadriyatlar.
Bu har ikkala tajriba bir-biri bilan o‘zaro uyg‘unlashishga moyil bo‘lib,
mamlakatda demokratikjamiyat qurishda mazkur har ikkala tajribaga amal qilinadi.
Mazkur tajribalami e’tirof etmaslik bir tomondan, islohotlarni umuminsoniy
qadriyatlarga, ikkinchi tomondan, milliy qadriyatlarga zid kelishiga olib kelishi
tabiiy bir holdir. Shuningdek, bu kabi holat nodemokratik rejimlaming kirib
kelishiga, yoki milliy manfaatlarga yot bo‘lgan tuzumning yana bosh ko‘tarishiga
sabab bo‘lishi, mamlakatda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish
strategiyasiga zid kelishi mumkin.
Mustaqillik davrida mamlakatda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatga xos
bo‘lgan yangi demokratik institutlar shakllandi.
Hozirgi davrda ular yanada demokratlashish va takomillashish jarayonini o‘z
boshidan kechirmoqda. Xususan, mustaqillik davrida quyidagi siyosiy va ijtimoiy
institutlar shakllandi:
- ko‘ppartiyaviylik asosida shakllanadigan ikki palatali parlament;
- xalq irodasi va parlamentdagi ko‘pchilik irodasi asosida shakllanadigan hamda
faoliyat yuritadigan ijroiya hokimiyat;
- jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlamlar manfaatlari asosida faoliyat yuritishga
qodir bo‘lgan ko‘ppartiyaviylik tizimi;
Ilmiybaza.uz
- qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatlarini demokratik prinsiplar asosida
ucliga bo‘linishi va ulaming bir-birlaridan o‘zaro mas’uliyat asosida faoliyat yuritish
tajribasi;
- jamiyat instituti sifatida nodavlat notijorat tashkilotlar;
- demokratik prinsiplar asosida faoliyat yuritadigan o‘zini o‘zi boshqarish
organlari;
- o‘zida pluralistik qarashlarni ifodalovchi mustaqil ommaviy axborot vositalari
tizimi;
- hokimiyat organlari ustidan jamoatchilik nazorati olib borishning huquqiy
asoslari va bu sohadagi dastlabki tajribalar;
- yangi fuqarolik jamiyatining iqtisodiy asoslari — xususiy mulkchilik va
tadbirkorlik korxonalari, fermerlik xo‘jaliklari.
Hozirda 5 ta siyosiy partiya, o‘n mingga yaqin o‘zini o‘zi boshqarish organlari
(ulardan 8200 ga yaqini mahallalar) faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish asosiy strategik
pirovard maqsad, deb e’lon qilingan. Albatta, huquqiy davlat asoslarini
shakllantirmasdan turib fuqarolik jamiyatini qurib bo‘lmaydi. Chunki, huquqiy
davlat fuqarolik jamiyatisiz, aksincha, fuqarolik jamiyati huquqiy davlatsiz yashay
olmaydi. Shuning uchun ham huquqiy davlat va uning mazmun- mohiyatini
o‘rganish demokratik jamiyat qurish vazifasi bilan uzviy ravishda bogiiqdir.
Huquqiy davlat konstitutsion davlatchilikning real amalga oshishidir. Uning
asosida insonni davlat terrori, uning e’tiqodi ustidan kuch ishlatishi, hokimiyat
organlari tomonidan mayda homiylik qilishidan himoya qilishga intilish yotadi.
Huquqiy davlat suveren xalq irodasiga bo‘ysunuvchi, insonning erkinligi va boshqa
huquqlarini himoya qiluvchi, o‘z faoliyatini qonunlar bilan cheklovchi davlatdir.
Bunday davlatda shaxs bilan hokimiyat o‘rtasidagi munosabatlar konstitutsiyada
belgilab qo‘yiladi, shuningdek, xalq bilan hokimiyat o‘rtasidagi munosabatlar
«ijtimoiy bitimlar» asosida ro‘y beradi.
Turli mamlakatlarda huquqiy davlatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi
tajribasi e’tiborga olinsa, bunday davlatning quyidagi belgilarga ega ekanligini
Ilmiybaza.uz
kuzatish mumkin:
1. Rivojlangan fuqarolik jamiyatining mavjudligi.
2. Shaxsning erkinligi
3. Barcha fuqarolaming huquqiy tengligi, qonunlardan inson huquqlarining
ustivorligi.
4. Huquqning umumiyligi, uning barcha fuqarolar, tashkilotlar, muassasalar,
jumladan davlat hokimiyati uchun ham teng taalluqli bo‘lishi.
5. Xalq suvereniteti, davlat suverenitetining konstitutsion — hu- quqiy
jihatlardan muvofiqlashtirilishi. Xalqning amalda hokimiyat manbayi bolishi, davlat
suverenitetining vakolatli xarakter kasb etishi.
6. Qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatlarining bo‘linishi.birligi.
7. Davlatning
fuqarolik
munosabatlarini
muvofiqlashtirishda
ta’qiqlash
usulining chegaradan chiqish usuliga nisbatan ustuvorligi. Buning ma’nosi shuki,
huquqiy davlatda «Qonun bilan ta’qiqlanmagan barcha narsalarga ruxsat etiladi»
prinsipiga amal qilinadi. Bunda chegaradan chiqish usuli faqat davlatga nisbatan
qo‘llanilib, davlat faqat rasmiy qabul qilingan vakolatlar doirasidan chetga
chiqmasligi lozim.
8. Individ erkinligini cheklash faqat barcha kishilar erkinligi va huquqlarini
himoya qilish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Huquqiy davlat shaxsning mutlaq
erkinligini bildirmaydi. Har bir shaxsning erkinligi boshqa kishining erkinligiga
zid kela boshlasa, xuddi shu yerda uning erkinligi chegarasi tugaydi.
Hozirgi davrda O‘zbekistonda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo
etishning konstitutsion va qonuniy asoslari yaratildi. Demokratik tipdagi milliy
davlatchilik shakllandi. Fuqarolik jamiyatining belgisi sifatida ko‘p partiyaviylik,
o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat tashkilotlar tizimi shakllandi.
Shu bilan biiga, huquqiy davlat — bu dunyoviy davlat hamdir. Chunki, bu
kabi davlatda turli dinlar bilan bir qatorda turli maf- kuralar va g‘oyalar ham
jamiyatni rivojlantirish va uning barqarorligini ta’minlash omili sifatida erkin
yashaydi. Jamiyatda biron bir din yoki mafkuraning ustun yoki ustuvor
bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi
Ilmiybaza.uz
Konstitutsiyasining 12-moddasida quyidagi prinsip o‘z ifodasini topgan:
«O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va
fikrlarning xilma-xilligi asosida rivoj- lanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi
sifatida o‘rnatilishi mumkin emas». Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 61-moddasida «Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan
ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga
aralashmaydi», degan qoidaning kiritilishi O‘zbekiston Respublikasining dunyoviy
davlat ekanligini anglatadi.
Demokratik jamiyat qurishning jahon tajribasi
Demokratik jamiyat qurishning nazariyasi va amaliyoti hozirgi kunda
ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga jalb etayotgan siyosiy jarayondir. Buni jahonning
ko‘pgina mamlakatlarida avtoritar tuzumlarning ag‘darilgani va ularda demokratik
institutlarni barpo etish borasida olib borilayotgan hatti-harakatlarda ham ko‘rish
mumkin. Amerikalik taniqli olim S. Xantington
S. Xantington bu jarayonga mamlakatlarning katta guruhini qamrab olgan
demokratlashtirishning uchinchi to‘lqini deb ta’rif beradi. U bu jarayonni jahon
demokratik inqilobi deb ta’riflaydi, XX asrning 90-yillari boshiga kelib demokratiya
«har qanday avtoritar tuzumning yagona qonuniy va yashovchan muqobili» deb
baholanishini qayd etadi.
Demokratlashtirishning “birinchi to‘lqini”. 1828—1926 yillar. “Birinchi
to‘lqinning” ildizlari amerika va fransuz revolyusiyalariga borib taqaladi.
Demokratlashtirishning ravnaq topishi ketidan, odatda inqiroz keladi. Birinchi
inqiroz (orqaga qaytish) 1922–1942 yillarda qayd etildi. Demokratlashtirishning
“ikkinchi to‘lqin”i natsional-sotsializm ustidan erishilgan g‘alaba, avvalambor,
GDR, Italiya, Yaponiyada demokratiya o‘rnalitishi bilan boshlandi. Bu to‘lqin XX
asrning 60-yillar o‘rtalarigacha davom etdi (1943–1962 yillar). Ikkinchi inqiroz
(orqaga qaytish) 1958–1975 yillar oralig‘ida sodir bo‘ldi. 1974 yil, ya’ni Salazar
(Portugaliya diktatori) diktaturasi ag‘darilgan paytda demokratlashtirishning
uchinchi bosqichi boshlandi. U janubiy Yevropaning Ispaniya va Gresiya
Ilmiybaza.uz
mamlakatlarida yuz berdi, so‘ng Lotin Amerikasiga tarqaldi. XX asrning 80-yillar
o‘rtalariga kelib demokratlashtirish Osiyo, Markaziy va Sharqiy Yevropaning bir
qator mamlakatlariga, so‘ng esa SSSRga tarqaldi. Demokratlashtirishning
“uchinchi to‘lqini”ni boshidan kechirayotgan mamlakatlarning siyosiy rivojlanish
tajribasi mazkur jarayonning qanchalik murakkab va ziddiyatli tomonlari mavjud
ekanligini ko‘rsatib berdi.
Taraqqiyot yo‘lining turli modellari
XX asming 2- yarmidan boshlangan chuqur iqtisodiy- ijtimoiy va siyosiy
o‘zgarishlar natijasida rivojlanishning zamonaviy modellari shakllana boshladi.
«Model» tushunchasining talqinlari turlicha, Ba’zi olimlar modelni «davlat tuzumi»
desa, boshqalari «ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya» deb talqin etadi. Yana ba’zilari esa
uni «ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish yo‘li shaklining chizgilari (ko‘rinishi)», deb
talqin etadi. Ba’zi o‘zbek olimlarining fikricha, model — «iqtisodiy bazisning asosi
bo‘lgan huquqiy, ma’muriy, xo‘jalik (bank, kredit, soliq va boshqa) mexanizmlar
yordamida muvofiqlashadigan o‘zaro iqtisodiy munosabatlaming keng koiamli
tizimidir»61. Shuningdek, model ko‘pincha «rivojlanish modeli» yoki «iqtisodiy
rivojlanish modeli» tushunchasi sifatida ilmiy muomalaga kira boshladi. Keyingi
o‘n yilliklarda bozor, buyruqbozlik va aralash modellami bir-biridan ajratib
ko‘rsatish rusumga kirdi. Aksariyat mamlakatlar intilayotgan model — bu bozor
iqtisodiyoti modelidir.
Bozor iqtisodiyotining asosiy prinsiplari quyidagilardan iboratdir: xo‘jalik
faoliyatining erkinligi; bozor subektlarining teng huquqli bo‘lishi; iqtisodiy
mas’uliyat va tadbirkorlar tavakkal qilishga moyilligi; iqtisodiy raqobat;
mollarga baho belgilash erkinligi; moliyaviy ko‘rsatkichlaming yetakchilik
roli; bozoming barchaga taalluqli bo‘lishi; bozoming ochiqligi; davlat
tomonidan muvofiqlashuvi; aholini ijtimoiy himoyalash.
Iqtisodiy jihatdan zaif mamlakatlarda an ‘anaviy iqtisodiy tizimga amal qilinadi.
Iqtisodiy tizimning bu xili uchun qoloq texnologiya, qo‘l mehnatining keng
tarqalishi, ko‘p ukladli iqtisodiyotning mavjudligi xosdir.
Ma’muriy-buyruqbozlik (markazlashgan-rejali) tizim ilgari SSSR, Sharqiy
Ilmiybaza.uz
Yevropa mamlakatlari, XXR, Kuba, Vetnam, KXDR kabi mamlakatlarda
hukmronlik qilgan edi63.
Xo‘jalik yuritishning bozor tizimi iqtisodiy rivojlanishning turli modelining
shakllanishini taqozo etdi. Ulaming ichida rivojla- nishning amerikacha, yapon,
nemis, shved, fransuz va janubiy Koreya modellari o‘zining samarali va
rivojlanuvchanligi bilan ajralib turadi.
Amerikacha model aholining faol qismini boyishiga, tadbirkorlik faolligini
har tomonlama rag‘batlantirish tizimi asosiga qurilgan. Aholining kam
ta’minlangan gumhlari uchun turli imtiyozlar va ko‘mak berish hisobidan
maqbul hayot darajasi yaratiladi. Bu modelda ijtimoiy tenglik masalasi
qo‘yilmaydi. Bu model yuqori mehnat unumdorligiga va shaxsiy muvafaqqiyat
qozonishga asoslanadi. Umuman amerikacha modelga iqtisodiy muvozanat va
barqaror vaziyatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat ta’sirini qo‘llash xarakterli
jihatdir.
Amerika modeli uchun quyidagilar xarakteriidir:
- davlat mulki ulushining kamligi va davlatning muvofiqlashtirish rolining
kamligi;
-
tadbirkorlikning har tomonlama rag‘batlantirilishi (80 % yangi ish
o‘rinlari kichik biznes hisobiga ochiladi);
- aholining boy va kambag‘allarga keskin tabaqalashuvi;
- aholining kam ta’minlangan guruhlari uchun maqbul hayot darajasining
mavjudligi;
- fuqarolarning
mulkiy
va
ijtimoiy
jihatlardan
o‘zaro
notengligini
qisqartirishning oldindan ko‘zlanmasligi.
Yapon modeli uchun mehnat unumdorligining o‘sishiga nisbatan aholining
hayot darajasini (jumladan, ish haqi darajasi ham) orqada qolishi xarakterli
jihatdir. Ana shu hisobdan mahsulot tannarxini pasaytirishga erishiladi, bu
mahsulotlaming jahon bozoridagi raqobatbardoshligi oshib boradi. Bu kabi
model milliy o‘zini o‘zi anglashning yuqori darajasiga erishish, ayrim olingan inson
manfaatlaridan millat manfaatlarini ustuvorligini ta’minlash, aholini mamlakatni
Ilmiybaza.uz
gullab-yashnashi uchun fidoyilik qilish salohiyatini rivojlanishi natijasi asosidagina
yashay
oladi.
Yapon
modelining
yana
bir
xususiyati
iqtisodiyotni
modemizatsiyalash jarayonida (ayniqsa, uning boshlang‘ich davrida) davlatning faol
roli bilan izohlanadi.
Yapon modeli uchun xos jihatlar:
- iqtisodiyotning asosiy sohalariga davlat ta’sirining yuqoriligi;
- iqtisodiyotning rivojlantirilishni oldindan belgilanishi;
- firma rahbarlari bilan xizmatchilaming ish haqlari darajalari farqlarining
kamligi;
- modelning ijtimoiy yo‘naltirilganligi.
GFR ijtimoiy bozor xojaligi. Bu model fashistlar davridagi konsernlarni
tugatish, barcha turdagi xo‘jalik yuritish shakllariga (yirik, o‘rta, mayda)
barqaror rivojlanish imkoniyatlarini yaratish asosida shakllandi. Shu bilan birga,
mittelshtand deb ataluvchi, ya’ni mayda va o‘rta korxonalar, fermerlik xo‘jaliklari
homiylikning alohida turidan keng foydalanadi. Davlat baholashlar, bojlar va
texnikaviy me’yorlami o‘rnatishga faol ta’sir etadi. Bu tizim asosida yotadigan
bozor
iqtisodiyoti
yuqori
samarali
xo‘jalik
faoliyatiga
undaydigan
rag‘batlantirishlarga ega bo‘ldi.
Nemis modelining xarakterli jihatlari:
- iqtisodiyotga davlat ta’sirining yuqori darajada ekanligi;
- asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning oldindan bashorat qilinishi;
- firma rahbarlari bilan xizmatchilaming ish haqlan darajalari farqlarining
kamligi;
- modelning ijtimoiy yo‘naltirilganligi.
Shved modeli aholining kam ta’minlangan qatlamlari foydasiga milliy
daromadni qayta taqsimlash hisobiga mulkiy tengsizlikni qisqartirishga
mo‘ljallangan kuchli ijtimoiy siyosat yuritish bilan ajralib turadi. Bu davlat
hammasi bo‘lib 4 % asosiy fondlarga egalik qilsada, o‘tgan asming 90-yillaridan
boshlab davlat xarajatlari yalpi ichki mahsulotning 50 %idan ortiqrog‘ini tashkil eta
boshladi. Biroq, bu xarajatlarning yarmidan ko‘prog‘i ijtimoiy ehtiyojlar uchun
Ilmiybaza.uz
yo‘naltiriladi. Tabiiyki, bunga yuqori soliq yuki (ayniqsa, jismoniy shaxslar
hisobiga) sharoitidagina erishish mumkin.
Shved modelining xarakterli jihatlari:
- iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘naltirilganligi;
- mulkiy tengsizlik milliy daromadni taqsimlash vositasida qisqartirilishi;
- aholining kam ta’minlangan qatlamlariga g‘amxo‘rlik qilish;
- davlatning mollarga baho belgilash va uni o‘rnatish jarayonlariga faol
aralashuvi;
- mulkchilikdagi davlat sektorining nodavlat va shaxsiy sektorga nisbatan yuqori
ulushga ega ekanligi.
Fransuz modeli:
- davlatning yuqori muvofiqlashtiruvchi roli (1947-yildan buyon rivojlanishning
besh yilliklar bo‘yicha istiqbolni belgilashga amal qilinadi);
- davlatning to‘g‘ridan to‘g‘ri ishbilarmonlik faoliyatining ancha keng miqyosli
ekanligi;
- davlatning kapital jamg‘arish jarayoniga aralashuvi.
Janubiy Koreya modelining yapon modeliga o‘xshash umumiy
jihatlari mavjud. Ularga mamlakat aholisining psixologik taxliti, yuqori darajada
mehnatsevarligi va o‘z burchiga mas’uliyat bilan yondashuvi, shuningdek
konfutsiychilik axloqiy me’yorlarga asoslanishini misol tariqasida keltirish mumkin.
Har ikkala model uchun xos jihat sifatida davlat organlarining iqtisodiyotni qayta
qurishda faol ishtirok etishlarini keltirish mumkin.
Iqtisodiyotni modemizatsiyalashni tezlashtirish maqsadlarida soliq, tarif va
valuta siyosatidan keng foydalaniladi. Uzoq vaqtlar resurslarbaholari, ishlab
chiqarish va iste’mol uchun mo‘ljallangan mollar ustidan nazorat qilish saqlanib
qoldi. Janubiy Koreyada yuzaga kelgan iqtisodiyotni davlat tomonidan
muvofiqlashtirish tizimi Janubiy Koreya mollarini jahon bozorida raqobatbar-
doshligining oshishiga imkoniyat yaratib berdi.
Shu tariqa, Yaponiyaga nisbatan ozroq bo‘lsada Janubiy Koreya bozor
munosabatlarining rivojlanishi chebol deb atala- digan yirik korporatsiyalar
Ilmiybaza.uz
timsolida (keyinchalik moliyaviy- sanoat guruhlariga o‘sib o‘tgan) bozor
iqtisodiyoti uchun kuchli poydevor yaratishga imkoniyatlar yaratdi.
Janubiy Koreya modelining yana bir unsuri — bu davlat tomonidan qisqa
muddatlar ichida mayda va o‘rta tadbirkorlikning qo‘llab-quvvatlashi
natijasida o‘rta sinfning shakllanishini keltirish mumkin. o‘tgan asming 90-
yillari oxirida Janubiy Koreya va yapon modellari bozor mexanizmlariga kuchli
davlat aralashuvini o‘z boshidan kechirdilar. Natijada yapon modelining jahon
moliyaviy inqiroziga moslashish darajasi kuchsiz ekanligi sezildi.
Janubiy Koreya modelining ba’zi xarakterli jihatlari:
- istiqbolni belgilash rejalarining tuzilishi (1962-yildan buyon besh yillik
istiqbolni belgilash rejalari ishlab chiqiladi);
- kredit-moliya sohasida davlat nazoratining mavjudligi;
- tashqi iqtisodiy sohada eksportni rag‘batlantirish va importni cheklashga
qaratilgan muvofiqlashtirishning mavjudligi.64
Tahlillardan ko‘rinib turibdiki, barcha rivojlangan mamlakatlar o‘z kuch-
qudratlarini oshirib borishida bozor iqtisodiyoti me- xanizmlari asosiy rol
o‘ynayotgan bo‘lsa-da, har bir mamlakatning rivojlanish modellarida o‘ziga xoslik
va tarixiy milliy rivojlanish tajribasining ta’siri mavjud bo‘lib, ular modellarning
o‘zaro bir- biridan farqlanishida sezilib turadi.
Shuning uchun ham O‘zbekiston davlati mustaqillik davrida sobiq sho‘rolar
davridagiga butunlay o‘xshamaydigan milliy iqtisodiyotni shakllantirish yoiini tutdi.
Bu rivojlanishning milliy va xalqaro tamoyillariga asoslangan «o‘zbek modeli» edi.
Uni keyingi o‘n yillikda barcha xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar nafaqat
e’tirof etdi, balki uni ba’zi o‘tish davrini o‘z boshidan kechirayotgan mamlakatlarda
qo‘llash zarurligini ham ta’kidlamoqda.
1. Mustaqillik arafasidagi ijtimoiy-iqtisodiy holat va «o‘zbek modeli»ni ishlab
chiqishning zarurati
Sobiq ittifoqning inqirozga yuz tutishi natijasida agrar mintaqa bo‘lgan
O‘zbekiston jar yoqasiga kelib qolgan edi. Xuddi shu davrda mamlakat rahbari
bo‘lib kelgan I.A.Karimov ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy vaziyatni chuqur tahlil etib,
Ilmiybaza.uz
hali mamlakat tarixi uchun butunlay yangi bo‘lgan rivojlanishning «o‘zbek
modeli»ni ishlab chiqishni boshlagan edi. Mazkur modelning mazmun-mohiyati
besh tamoyilda mujassamlashdi:
1) iqtisodiyotni mafkuradan xoli qilish;
2) qonun ustuvorligini ta’minlash;
3) davlatning bosh islohotchi sifatidagi boshqaruvchilik rolini tan olish;
4) mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, kuchli
ijtimoiy siyosat yuritish;
5) islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat edi.
O‘zbekistonning uzoq davr sho‘rolar mamlakati tarkibida rivojlanishi, kom
munistik partiya siyosati tufayli milliy o‘zlik, milliy qadriyatlar va madaniyatning
inqirozga uchrashi, sobiq totalitar tuzumdan merosbo‘lib qolgan rejali iqtisodiyot,
mam- lakatning inqirozlar arafasiga kelib qolganligi rivojlanishning faqat va faqat
O‘zbekistonga xos bo‘lgan modelini ishlab chiqish va qoMlash zaruratini keltirib
chiqargan edi.
O‘zbekiston sobiq ittifoq davrida ham milliy, ham yakka hokim mafkura zulmi
ostida yashadi. Kommunistik mafkura o‘z tabiatiga binoan totalitar ruhdagi mafkura
bo‘lib, u asosan hayotning barcha jabhalarini egallashga, har bir insonning shaxsiy
hayotini ham butunlay nazorat qilishga da’vogar edi. Totalitar mafkura o‘z tabiati
va xarakteridan kelib chiqib «buyuk kelajak» uchun o‘tmishni ham, boshqa har
qanday mafkuralami ham inkor etgan edi.
Jamiyatning barcha sohasidagi hokimiyat butunlay partiyaga tegishli boMib,
kommunistik partiya bilan davlat apparati bir-biri bilan chirmashib va qo‘shilib
ketgan edi. Shuningdek, jamiyatning davlatlashtirish darajasi ham o‘zining eng
yuksak cho‘qqisiga chiqib, davlatdan mustaqil boMgan ijtimoiy hayot va
jamiyatning demokratik institutlari butunlay yo‘q qilindi: kommunistik partiyadan
boshqa barcha partiyalar tor-mor qilindi, barcha jamoat tashkilotlari va nodavlat
birliklar hukmron partiyaga bo‘ysundirildi. Huquq va qonunlarning jamiyatdagi
o‘rni pasayib, kommunistik partiya qonun bilan cheklanmagan va qonunga
bo‘ysunmagan cheksiz vakolatlarga ega boMdi. Kommunistik partiya apparati