O‘zbekistonning tabiiy sharoiti va resurslari ularning xo‘jalikdagi ahamiyati.
Reja
1. Relefi va tabiiy sharoitiga umumiy tavsif.
2. Iqlimi va agroiqlim resurslari, ichki suvlari.
3. Tabiiy boyliklari, ularning tarqalishi va xo‘jalikdagi ahamiyati.
Tayanch iboralar
Relef, tabiiy sharoit, tekislik, adir-tog‘, cho‘l, botiq, seysmik mintaqa, iqlim,
kontinental iqlim, agroiqlim resurslari, ichki suvlari, tabiiy boyliklar, berk havza.
1.
Relefi va tabiiy sharoitiga umumiy tavsif.
Jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar bilan bog‘liq bo‘lgan muammo-
masalalar bilan ko‘pgina fanlar vakillari ilmiy tadqiqot olib boradilar. Ammo bu
borada geografiya fani alohida o‘rin tutadi. Chunki tadqiqot ob’ekti tabiat-aholi-
xo‘jalik bo‘lib kelgan va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, ularning
kelajagi to‘g‘risida ish olib borish ushbu huduiy fanlar uchun nihoyatda muhimdir.
Jumladan, geografiya fanining alohida sohasi bo‘lgan iqtisodiy geografiya tabiiy
sharoit va tabiiy resurslarning xo‘jalikni ixtisoslashuvi, tarkibiy tuzilishi, joylanish
xususiyatlariga ta’sirini o‘rganadi.
O‘zbekiston tabiatining xususiyatlaridan biri uning materik markazida
joylashgani va okeanlardan uzoqligidir. O‘zbekiston Respublikasi O‘rta Osiyo
mintaqasining markazida, Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida joylashgan bo‘lib,
g‘arbiy qismi Turon pastekisligini, janubiy va sharqiy qismlari esa tog‘li o‘lkalarni
o‘z ichiga oladi. Mamlakatimiz hududi jami quruqlikning 0,3%ini, Yevrosiyo
materigining 0,8%ini, MDHning 2%ini O‘rta Osiyo davlatlari hududining 11,2
foizini egallaydi. Jahon aholisining 0,42%ini, Yevrosiyo materigi aholisining
0,56%ini, MDH aholisining 9,4%ini O‘rta Osiyo davlatlari aholisining esa 45,4%
ni birlashtiradi.
O‘zbekiston hududi relefiga ko‘ra, tekislik va adir-tog‘ qismlarga bo‘linadi.
Tekisliklar, asosan, shimoli-g‘arbda bo‘lib, Turon tekisligining bir qismidan iborat.
Tog‘lar mamlakatning sharqida joylashgan. Ustyurt platosining O‘zbekiston
hududida joylashgan qismining o‘rtacha balandligi 120-180m, eng baland joyi
290m (Qorabovur qirlari). Orolbo‘yi pasttekisligidan janubi-sharqda asosiy qismi
platodan iborat Qizilqum cho‘li (umumiy maydoni qariyb 300 ming km2)
joylashgan. Qizilqumning shimoli-g‘arbiy chekkasida kenglik bo‘ylab Bo‘kantov
qoldiq tog‘lari (eng baland joyi — Irlir tog‘i, 764m) cho‘zilgan. Undan janubda
Mingbuloq botig‘i joylashgan, botiqning tubi Qizilqumda, umuman O‘zbekistonda
eng past nuqtadir (dengiz sathidan 12 m past).
Respublika hududi janubi-sharqdan shimoli-g‘arbga cho‘zilgan va yuzasi
ham shu yo‘nalishda yirik daryolar oqimiga mos ravishda pasayib boradi.
Mamlakatning shimoli-g‘arbiy chekkasida, Qizilqum bilan Ustyurt oralig‘ida Orol
dengizi joylashgan. Hududining katta qismini (78,7 foiz) tekisliklar egallaydi,
qolgan qismi esa (21,3 foiz) tog‘lardan va tog‘ oralig‘i botiqlaridan iborat.
Mamlakat relefida tekisliklar, tepaliklar va tog‘liklar o‘ziga xos ravishda
uyg‘unlashib ketgan. Mamlakat hududidagi tog‘larning eng baland qismi 4643m ga
teng Hazrati Sulton cho‘qqisi (Hisor tizmasida)dir.
2.1-jadval. O‘zbekiston hududida bo‘lib o‘tgan ba’zi kuchli zilzilalar
t/r
Zilzilalar nomi
Yillar
t/r
Zilzilalar nomi
Yillar
1
Urganch
1240
13
Chotqol
1946
2
Urgut
1797
14
Sangzor
1957
3
Buxoro
1818
15
Burchmulla
1959
4
Buxoro
1821
16
Qoshtepa
1965
5
O‘sh
1883
17
Toshkent
1966
6
Andijon
1902
18
Qizilqum
1968
7
Oim
1903
19
Gazli
1976
8
Qoratog‘
1907
20
Botkent
1977
9
Namangan
1927
21
Tovoqsoy
1977
10
Tomdibuloq
1932
22
Haydarkon
1977
11
Boysun
1935
23
Nazarbek
1980
12
Piskom
1937
24
Pop
1984
O‘zbekistonning janubi-sharqiy qismini egallagan tog‘liklar respublikaning
suvga bo‘lgan talab-ehtiyojini ma’lum jihatdan ta’minlab turishda ahamiyat kasb
etadi. Respublikamiz sharqiy qismlarida tog‘lar oralig‘ida bir qancha tog‘ oralig‘i
botiqlari joylashgan bo‘lib, shulardan ayniqsa Farg‘ona botig‘i va Surxondaryo
vodiylari Chirchiq-Ohangaron o‘ziga xosdir. Farg‘ona botig‘i shimoldan janubga
190-200km, g‘arbdan sharqga esa 370km masofaga cho‘zilgan. Vodiy hamma
tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan bo‘lib, bodomsimon shaklni hosil qilgan.
Faqatgina g‘arbiy qismida Ho‘jand darvozasi orqali Mirzacho‘l va Dalvarzin
tekisliklari bilan tutashgan. O‘zbekistonning tekislik qismlariga asosan Ustyurt
platosi va Qizilqum cho‘llari kiradi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston
hududi seysmik mintaqada joylashgan. Bu yerda qator yuqori balli zilzilalar bo‘lib
o‘tgan.
2. Iqlimi va agroiqlim resurslari, ichki suvlari.
O‘zbekiston iqlimi quruq-kontinental bo‘lib, quyidagi o‘ziga xosliklarga ega:
-
Yozi juda issiq va uzoq. Iyul oyining o‘rtacha harorati +300C, eng yuqori
havo harorati Termizda +470C ga etadi.
-
Qishda havo harorati 00 gacha pasayadi. Yanvar oyida Ustyurtda -90C,
Toshkentda -10C, Termizda esa -30C bo‘ladi.
-
O‘zbekiston iqlimiga shimoldan Arktika va G‘arbiy Sibirdan, g‘arbdan
esa Atlantika okeanidan keladigan havo massalari katta ta’sir ko‘rsatadi. Arktika
havo massalari sovuq va quruq bo‘lsa, Atlantika okeani havo massalari nam va
iliqdir.
-
Yog‘in miqdori hududlar bo‘yicha notekis taqsimlangan.
Respublikamizning g‘arbiy qismlarida o‘rtacha 100mm dan janubi-sharqda 700-
800mm gacha yog‘in tushadi.Yog‘inlarning asosiy qismi qish va bahor oylariga
to‘g‘ri keladi. Eng kam yog‘in yoz oylarida bo‘ladi. Bu davrda jami yog‘in
miqdorining atigi 7-10 foiz yog‘adi.
-
Respublika hududida bir qancha mahalliy shamollar hosil bo‘ladi. Bular
Farg‘ona vodiysida Qo‘qon shamoli, Dalvarzin tekisligida Bekobod shamoli,
Surxondaryo vodiysida issiq “Afg‘on” shamolidir.
-
Quyoshdan kelayotgan issiqlik hudud iqlimining tarkib topishida muhim
omil bo‘lishi bilan birga, respublikaning tabiiy boyliklaridan biri hisoblanadi va
O‘zbekistonda qimmatli issiqsevar o‘simliklarni yetishtirishga imkon beradi.
Quyosh radiatsiyasidan sanoatda, maishiy xizmatda, tibbiyotda ham keng
foydalaniladi.
Savol: Nima uchun O‘rta Osiyodagi ikki eng yirik daryo oqib o‘tishiga
qaramay, respublikaning suvga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirmaydi?
Respublika daryolari berk havzaga kiradi, ular hudud bo‘yicha notekis
taqsimlangan. Daryolar asosan tog‘lardan boshlanadi va ko‘pchiligi tekisliklarga
kelib, sug‘orishga ishlatilganligi sababli qurib qoladi. O‘zbekiston hududining
qariyb uchdan ikki qismini egallagan poyonsiz tekisliklarda suv manbalari juda
ham kam. Ayni paytda respublika sharqiy qismida joylashgan tog‘lardan ko‘plab
soy va daryolar boshlanadi.
Yer usti suvlarining respublika hududlari boylab notekis taqsimlanishi
mamlakatimiz tabiiy sharoiti natijasidir. Bu esa o‘z navbatida mamlakat qishloq
ho‘jaligining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekistonni suv bilan
tahminlashda O‘rta Osiyoning eng yirik daryolari: Amudaryo va Sirdaryo katta
ahamiyatga egadir. Eng uzun daryo Sirdaryo bo‘lib, uning o‘zunligi 2981 km ni
tashkil qiladi. Eng sersuv daryo esa Amudaryo, uning uzunligi 2660 km dir. Ammo
bu ikki daryo respublikaning suvga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirmaydi.
O‘zbekiston dehqonchiligi sun’iy sug‘orishga asoslangan mintaqalar
qatoriga kiradi. Shu sababli, daryolar mohiyatan, ularning roli mavjud dehqonchilik
yyerlari uchungina emas, balki yangi yyerlarni o‘zlashtirish uchun ham katta
ahamiyat kasb etadi. Respublika hududida sug‘orishni yaxshilash maqsadida
qadimdan daryolardan ko‘plab kanallar qazilgan. Ayniqsa Amudaryo, Sirdaryo,
Zarafshon, Chirchiq daryolaridan, Farg‘ona vodiysidagi Qoradaryo, Norin, Isfara,
So‘h kabi soylardan qator kanallar boshlangan. Bu kanallar asosan sug‘orish
maqsadida hamda gidroelektrostansiyalar qurilishida katta ahamiyatga egadir. Eng
yirik kanallardan Katta Farg‘ona kanali, Shimoliy Farg‘ona, Namangan, Eski
Anhor, Amu-Buxoro, Bo‘zsuv va boshqalardir. O‘zbekiston hududida 250ga yaqin
ko‘llar bo‘lib, ular asosan mayda ko‘llardan iborat.
Hozirgi kunda mamlakatimizda jami 55ta suv ombori, 160 ming suv inshooti
bor. Yirik suv omborlaridan–Tuyamo‘yin, Chorvoq, Kattaqo‘rg‘on, Tuyabo‘g‘iz,
Ohangaron, Janubiy Surxon, Chimqo‘rg‘on va boshqalar misol bo‘ladi. Suv
omborlari asosan daryo rejimini tartibga solib, bahorgi, qishki, kuzgi suvlarni
to‘plab, yozda suv tanqis bo‘lgan paytda ekin dalalarini suv bilan ta’minlash
maqsadida qurilgan.
Respublikamiz yer osti suvlariga ham boy. Ayniqsa ularning zahiralari
tekisliklarda va tog‘ oralig‘i botiqlarida ko‘plab topilgan. Artezian suvlaridan
tashqari mineral suvlar ham ko‘p bo‘lib, ularning yirik zahiralari Farg‘ona,
Surxondaryo va Chirchiq vodiylarida topilgan. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 70ga
yaqin shifobaxsh mineral suv manbalari mavjud. Bulardan eng asosiylari Toshkent,
Chortoq, Farg‘ona, Oltiariq, Chimyon, Jayronxona va boshqa hududlarda topilgan.
Bunday suvlar tarkibida oltingugurt, vodorod, radiy, yod, brom kabilar ko‘p.
O‘zbekistonda ishlatiladigan yalpi suv miqdori 62-65 km3 ga teng. Buning 25 km3
Amudaryodan, 11 km3 esa Sirdaryodan olinadi. Qolgan qismi kichik daryo va
soylar hamda yer osti suvlari hisobiga to‘ldiriladi. Respublika boy agroiqlim
resursga ega kunlar yoki vegetatsiya davri quyi Amudaryoda 190-200 kun,
Farg‘ona vodiysida 210-225 kun, Toshkentda 200-210 kun, O‘zbekistonning
janubida 230-270 kundir. Mana shu sovuksiz kunlar Harorat umumiy yigindisi
4500-5500 S Haroratni tashkil qiladi. mana shunday iqlim sharoitida issiqsevar,
uzoq vegetatsiya davrini talab qiluvchi subtropik o‘simliklar o‘sishga ekinlar
etqazib berish imokniyatiga egadir. Yana eng muhimi, bir yerdan yiliga 2-3 marta
hosil olish imkoniyatiga egadir.
3. Tabiiy boyliklari, ularning tarqalishi va xo‘jalikdagi ahamiyati.
O‘zbekiston haqiqiy mustaqillikka ega bo‘lgandan keyin tabiiy resurslarni
izlash, o‘rganish va ulardan oqilona foydalanish Respublika xo‘jaligini har
tomonlama rivojlantirish uchun katta va keng istiqbollar ochib berdi. Hozirgi fan-
texnika taraqqiyoti davrida tabiatga ta’sir ortib bormoqda. Bunday jarayonda
O‘zbekistonda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ulardan tejab-tergab
foydalanish va kelajak-avlodlar manfaatlarini ham ko‘zlab ish yuritishni taqozo
etadi. Tekshirishlar va hayot shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston tabiati kishilarning
yashashi, Respublikada ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish hamda kelajak
istiqboli uchun juda qulaydir. O‘zbekistonda ishga solinayotgan foydali qazilma
konlari o‘zining zahiralari kattaligi bilangina emas, balki bir qator hususiyatlari
bilan ham ajralib turadi. Bu xususiyatlar quydagilar:
1. Tabiiy va mineral xomashyo zahiralari yirik konlarda to‘plangan, ularni
qazib olingan joyning o‘zida kompleks qayta ishlash imkoniyati mavjud.
2. Foydali qazilmalarning ko‘pgina turlari tarkibidagi foydali komponentlar
miqdori ko‘p bo‘libgina qolmay, katta miqdorda yo‘ldosh elementlarga ham ega.
3. Konlarning ko‘pchiligida qazilmani ochiq usulda olish mumkin,
rudalarni boyitish texnologiyasi ham nisbatan oddiyil Bu texnologiya foydali
komponentlarni ko‘p miqdorda chiqarishni va jahon bozorida haridorgir mahsulot
olishni ta’minlaydi.
4. Ko‘pgina foydali qazilma konlari aholi zich yashaydigan yaxshi
o‘zlashtirilgan mintaqalarda joylashgan. Ular transport yo‘llariga va hududlar
o‘rtasida resurslarni tashish vositalariga, shu jumladan suyuq va gaz holatidagi
foydali qazilmalar uchun quvur transportiga ega.
5. Ishlab chiqarish va sotsial infrastruktura, malakali kadrlar, tog‘-kon
sanoati mutaxassislari tayyorlaydigan oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari tizimi
mavjud.
2.2-jadval. O‘zbekiston hududida tarqalgan foydali qazilmalarning
turlari
№
Foydali
qazilma
turi
Foydali qazilma
nomi
Tarqalgan hududlari
1
Yoqilg‘i
energetika
boyliklar
Neft , gaz, ko‘mir
Xovdog, Uchqizil, Ko‘kaydi, Odamtosh,
Gumbuloq, Pachkamar, Qizilbayroq,
Omanota, Mubo-rak, Oqjar, Saritosh,
Jarqoq, Qorovulbozor,Gazli,Ohangaron,
Sharg‘un, Boysun.
2
Rudali
foydali
Temir, titan, marga-
nets, xrom, volfram,
Qazg‘antog‘,
Syurenota,
SHabrez,
Mingbuloq, Ixnach, Chimgan, Orololdi,
qazilmalar molibden, qalay, vis-
mut, simob, surma,
qo‘rg‘oshin, rux, mis
va h.k.
Qizilqum, Tamdi-tog‘, Sulton Vays,
Qalmoqir, Ingichka, Chaqilkalon, Yaxton,
Kamangaron, Qoratepa, Jom, Sariko‘l,
Sazag‘an, Langar, Qo‘ytosh, Obizarang,
Oygaing, Shaugaz, Kengko‘l, Maydontol,
Sargar-don, Muruntog‘, Kokpatas .
3
Kimyoviy
xom
ashyolar
Osh tuzi, kaliy tuzi,
fosforit
konlari,
oltingugurut, flyu-orit,
mo‘miyo
Boybichakon, xo‘jaikon, Tyubega-
tang,Oqbosh, Laylimkon, Odam-tosh,
Oqmachit, Molg‘ulozor, Nurota tog‘lari va
Surxondaryo
botig‘ida,
Qizilarcha,
Andijon, Qurshob, xisor tizmasining
janubi-g‘arbiy hududlari.
4
Alyumin
xom
ashyolariga
Kaolin, alunit, boksit,
bentonitli
Qurama, Chotqol, Qorjantog‘ tiz malari
yonbag‘irlarida, Qizil-qum, Nurota, Hisor
tog‘larida, Azkamar, Kattaqo‘rg‘on va
boshqalar.
5
Nometal
xom
ashyolar
Grafit, asbest, korund,
topaz, bryuza, tog‘
billuri, yashma, nefrit,
lazurit, kvars qumlari,
qimmatbaho va yarim
qimmatbaho toshlar
Toshqazgan, Sulton Vays tizma-si,
Janubiy Farg‘ona, Hisor tizmalari,
Sharaqsoy, Oqtosh, Olmabuloq, Kenqol,
G‘ava, Charkasar, Sargardon, Ungurlikon,
SHaugaz, Urgaz, Qalmoqqir, Urgaz,
Aqturpoq, Ibrohimota, Samarqandiq,
Ayaqoshi Irlir, Ouminzatog‘, Muruntog‘,
Tosh- qazgan, Maydontol, G‘unjak,
Ajinakamar, Mayskiy, Ozod-boshi, Jeruy,
Karmana
6
Qurilish
materialla
ri
Soz tuproq, qum,
shag‘al, ohaktoshlar.
gips, marmar, granit,
granodiort, gabbro,
tuf, parfir
Tog‘ va tog‘ oldi hududlarda, G‘ozg‘on,
Omonqo‘ton, Arqutsoy, daryolarning quyi
oqimida va h.q.
7
Gidro-
mineral
Yer osti suvlari
Xo‘jai Pok, Obi-shifo, Arashan, Chimyon,
Polvontosh,
Xo‘jaobod,
Sho’rsuv,