O’ZBEKISTONNING YER RESURSLARI. LALMI VA YAYLOV TUPROQLAR

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

6

File size

Fayl hajmi

24,3 KB


O’ZBEKISTONNING YER RESURSLARI. LALMI VA YAYLOV
TUPROQLAR
Reja
1. O‘zbekistonning tuproq qoplami
2. Yaylov mintaqasi
3. Tog’ mintaqasi
Kalit  so’zlar:  tupror  qoplami,  tog’  mintaqasi,  yaylov,  o’simlik,  tuproq
xaritasi, xaritanomasi, cho’l va adir.
O‘zbekistonning tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot dunyosi juda xilma-xil
bo‘lib, ular tabiatning boshqa elementlariga, xususan, relyefi va iqlimiga bog‘liq
holda joylashgan.
K.Z.Zokirov tavsiya etgan to‘rtta: cho‘l, adir, tog‘ va yaylov mintaqalarining
har biri o‘ziga xos iqlim, tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ega.
Cho‘l mintaqasi O‘zbekiston hududining 70 foizini ishg‘ol qiladi.
Cho‘l  tuproqlari  xilma-xil  bo‘lib,  unda  sur-qo‘ng‘ir,  qumli  cho‘l,  o‘tloq-
botqoq, taqir va bo‘z tuproqlar uchraydi.
Ustyurt platosi, Qizilqumdagi past tog‘lar va Nurota tog‘ etaklaridagi toshloq
cho‘llarda sur-qo‘ng‘ir tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlarda chirindi juda kam
(0,3-1 foiz) bo‘ladi.
Qizilqum, Markaziy Farg‘ona va Mirzacho‘ldagi qumli tekisliklarda qumli
cho‘l tuproqlari tarqalgan bo‘lib, chirindi miqdori 0,3-0,6 foizni tashkil etadi.
Logotip
O’ZBEKISTONNING YER RESURSLARI. LALMI VA YAYLOV TUPROQLAR Reja 1. O‘zbekistonning tuproq qoplami 2. Yaylov mintaqasi 3. Tog’ mintaqasi Kalit so’zlar: tupror qoplami, tog’ mintaqasi, yaylov, o’simlik, tuproq xaritasi, xaritanomasi, cho’l va adir. O‘zbekistonning tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot dunyosi juda xilma-xil bo‘lib, ular tabiatning boshqa elementlariga, xususan, relyefi va iqlimiga bog‘liq holda joylashgan. K.Z.Zokirov tavsiya etgan to‘rtta: cho‘l, adir, tog‘ va yaylov mintaqalarining har biri o‘ziga xos iqlim, tuproq qoplami, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ega. Cho‘l mintaqasi O‘zbekiston hududining 70 foizini ishg‘ol qiladi. Cho‘l tuproqlari xilma-xil bo‘lib, unda sur-qo‘ng‘ir, qumli cho‘l, o‘tloq- botqoq, taqir va bo‘z tuproqlar uchraydi. Ustyurt platosi, Qizilqumdagi past tog‘lar va Nurota tog‘ etaklaridagi toshloq cho‘llarda sur-qo‘ng‘ir tuproqlar tarqalgan. Bunday tuproqlarda chirindi juda kam (0,3-1 foiz) bo‘ladi. Qizilqum, Markaziy Farg‘ona va Mirzacho‘ldagi qumli tekisliklarda qumli cho‘l tuproqlari tarqalgan bo‘lib, chirindi miqdori 0,3-0,6 foizni tashkil etadi.
Gilli jinslardan tarkib topgan cho‘llarda taqirlar ham uchraydi, ular tarkibidagi
chirindi miqdori 0,5-1 foizga yetadi.
Yerosti  suvlari  yer  betiga yaqin bo‘lgan Mirzacho‘l, Markaziy  Farg‘ona,
Qarshi cho‘llari va Amudaryo etagida sho‘rxok va sho‘r tuproqlar tarqalgan.
O‘zbekistonning yirik daryo vodiylarida o‘tloq va botqoq tuproqlari uchraydi.
Zarafshon,  Chirchiq,  Ohangaron,  Qashqadaryo,  Quyi  Amudaryo  va
Surxondaryo vodiylaridagi  bo‘z tuproqlar  uzoq vaqt ishlov berilishi natijasida
tabiiy xususiyatini o‘zgartirib, madaniy bo‘z tuproqlarga aylangan.
O‘simliklari.Cho‘l  mintaqasining  yozi  quruq,  jazirama  issiq,  yog‘inga
nisbatan potensial bug‘lanish ko‘p bo‘lganligi tufayli, o‘simliklar shu sharoitga
moslashgan.
Cho‘lda  bahorda  arpag‘on,  lola,  lolaqizg‘aldoq,  qorabosh,  boychechak,
binafsha, chuchmoma, tariqbosh, chig‘ir, isfarak,  iloq, kovrak kabilar o‘sadi. Bu
o‘tlar  yozda  sarg‘ayib,  qurib  qoladi,  qurg‘oqchilikka  chidamli  o‘simliklar  esa
o‘saveradi.  Ularning  eng  muhimlari  qumli  yerlarda  o‘suvchi  saksovul,  selin,
juzg‘un, qora qandim, cherkez, quyonsuyak va iloq.
O‘zbekistonning  sho‘rxok  joylarida  yulg‘un,  sho‘ra,  sho‘r  ajriq,  shuvoq,
sarisazan, baliqko‘z o‘ssa, toshloqli yerlarida siyrak holda  burgan, qora bayalich,
isiriq o‘sadi.
O‘zbekiston  cho‘l  mintaqasining  daryo  vodiylarida  (Amudaryo,  Sirdaryo,
Zarafshon,  Chirchiq va  b.)  to‘qayzorlar  joylashib,  qizilmiya,  yantoq, qamish,
qo‘g‘a, kendir, turang‘il, tol, jiyda, yulg‘un, chakanda (oblepixa) kabi o‘simliklar
o‘sadi.
Cho‘l hayvonlari. Cho‘l hayvonlari mahalliy sharoitga moslashgan bo‘lib,
aksariyatining rangi qum rangidadir. Cho‘llardagi ba’zi hayvonlar (yumronqoziq,
qo‘shoyoq, ko‘rsichqon) jazirama issiq va quruq yozga moslashgan.
Yozda kunduzi qumlar +75 + 80°C qizib ketganligi tufayli, ba’zi hasharotlar,
kaltakesak, ilon va boshqalar salqin joy- larda yoki inlarida bekinib, kech kirishi
bilan faollashadi.
Cho‘l  mintaqasida  sutemizuvchilardan  cho‘l  mushugi,  jayron,  oqquyruq,
qoraquloq,  qoplon,  xongul,  tulki  va  
bo‘rilar  yashaydi.  Shuningdek,
Logotip
Gilli jinslardan tarkib topgan cho‘llarda taqirlar ham uchraydi, ular tarkibidagi chirindi miqdori 0,5-1 foizga yetadi. Yerosti suvlari yer betiga yaqin bo‘lgan Mirzacho‘l, Markaziy Farg‘ona, Qarshi cho‘llari va Amudaryo etagida sho‘rxok va sho‘r tuproqlar tarqalgan. O‘zbekistonning yirik daryo vodiylarida o‘tloq va botqoq tuproqlari uchraydi. Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron, Qashqadaryo, Quyi Amudaryo va Surxondaryo vodiylaridagi bo‘z tuproqlar uzoq vaqt ishlov berilishi natijasida tabiiy xususiyatini o‘zgartirib, madaniy bo‘z tuproqlarga aylangan. O‘simliklari.Cho‘l mintaqasining yozi quruq, jazirama issiq, yog‘inga nisbatan potensial bug‘lanish ko‘p bo‘lganligi tufayli, o‘simliklar shu sharoitga moslashgan. Cho‘lda bahorda arpag‘on, lola, lolaqizg‘aldoq, qorabosh, boychechak, binafsha, chuchmoma, tariqbosh, chig‘ir, isfarak,  iloq, kovrak kabilar o‘sadi. Bu o‘tlar yozda sarg‘ayib, qurib qoladi, qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar esa o‘saveradi. Ularning eng muhimlari qumli yerlarda o‘suvchi saksovul, selin, juzg‘un, qora qandim, cherkez, quyonsuyak va iloq. O‘zbekistonning sho‘rxok joylarida yulg‘un, sho‘ra, sho‘r ajriq, shuvoq, sarisazan, baliqko‘z o‘ssa, toshloqli yerlarida siyrak holda  burgan, qora bayalich, isiriq o‘sadi. O‘zbekiston cho‘l mintaqasining daryo vodiylarida (Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq va b.) to‘qayzorlar joylashib,  qizilmiya, yantoq, qamish, qo‘g‘a, kendir, turang‘il, tol, jiyda, yulg‘un, chakanda (oblepixa) kabi o‘simliklar o‘sadi. Cho‘l hayvonlari. Cho‘l hayvonlari mahalliy sharoitga moslashgan bo‘lib, aksariyatining rangi qum rangidadir. Cho‘llardagi ba’zi hayvonlar (yumronqoziq, qo‘shoyoq, ko‘rsichqon) jazirama issiq va quruq yozga moslashgan. Yozda kunduzi qumlar +75 + 80°C qizib ketganligi tufayli, ba’zi hasharotlar, kaltakesak, ilon va boshqalar salqin joy- larda yoki inlarida bekinib, kech kirishi bilan faollashadi. Cho‘l mintaqasida sutemizuvchilardan cho‘l mushugi, jayron, oqquyruq, qoraquloq, qoplon, xongul, tulki va  bo‘rilar yashaydi. Shuningdek,
kemiruvchilardan  yumronqoziqlar,  qumsichqon,  qo‘shoyoq,  ko‘rsichqon  va 
tiрratikan  uchraydi.
Cho‘llarda sudralib yuruvchilardan echkemar, qum bo‘g‘ma iloni, kapcha ilon
(Turkiston kobrasi), chiрor ilon, o‘qilon, charxilon, kaltakesaklar, cho‘l toshbaqasi
yashaydi. Kaltakesaklar ichida eng kattasi echkemar bo‘lib, uzunligi 1,5 m ga
yetib, mayda kaltakesak, ilon kabi sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi.
Cho‘lda hasharotlardan  qoraqurt, chayon, falanga  (biy), chigirtka  kabilar
mavjud. Bular ichida qoraqurt o‘ta zaharli o‘rgimchaksimonlar turiga kiradi.
Cho‘l  mintaqasi  to‘qayzorlarida  chiyabo‘ri,  tulki,  bo‘ri,  to‘qay  mushugi,
to‘ng‘iz, qirg‘ovul, qarqara, birqozon, g‘oz, o‘rdak va boshqalar yashaydi.
Adir mintaqasi. Okean sathidan 400-500 m.dan 1000-1200 m.gacha bo‘lgan
balandliklarda joylashgan.
Oddiy bo‘z tuproq tog‘ etaklarida, 500-600 m dan 1000 m gacha bo‘lgan
balandliklarda tarqalgan, tarkibida chirindi 1,5-2,5 foizni tashkil etadi.
Okean  sathidan  1000-1600  m  balandliklarda  to‘q  tusli  bo‘z  tuproqlar
tarqalgan  bo‘lib,  tarkibidagi  chirindi  miqdori  3-4  foizga  boradi,  ko‘pincha
bahorikor ekinlar ekiladi.
Adir mintaqasida cho‘lga nisbatan o‘simliklar ko‘proq bo‘lib, bahorda qizil,
sariq  rangdagi  lolalar  va  chuchmomalar  bilan  qoplanadi.  Shuningdek,
qo‘ng‘irbosh, rang, sasir, yantoq, kavrak va gulxayrilar o‘sadi. Adirlarda zirk,
na’matak, do‘lana kabi buta  va chinor, terak, qayrag‘och kabi daraxtlar o‘sadi.
Adir mintaqasida cho‘lga xos sudralib yuruvchilardan  kaltakesak (agama,
gekkon)lar, ilon (kapchabosh ilon, zaharli ko‘k ilon)lar, hatto falanga, chayon kabi
hasharotlar ham uchraydi.
Adirda  tulki, bo‘ri, toshbaqa, yumronqoziq, jayra, bo‘rsiq va tiрratikanlar 
uchraydi. Qushlardan pushtirang chug‘urchuq (asalarilar kushandasi), ko‘k qarg‘a,
kaklik, zog‘cha, kalxat, qirg‘iy  va  burgut  kabilar yashaydi.
Adir  vohalarida  musicha,  chumchuq,  bulbul,  mayna,  qaldirg‘och  va 
sassiqpopishak  va boshqalar mavjud.
Tog‘  mintaqasi. Okean  sathidan  1000-1200  m  dan  2700-2800  m  gacha
bo‘lgan balandlikdagi joylarni o‘z ichiga oladi.
Logotip
kemiruvchilardan yumronqoziqlar, qumsichqon, qo‘shoyoq, ko‘rsichqon va  tiрratikan  uchraydi. Cho‘llarda sudralib yuruvchilardan echkemar, qum bo‘g‘ma iloni, kapcha ilon (Turkiston kobrasi), chiрor ilon, o‘qilon, charxilon, kaltakesaklar, cho‘l toshbaqasi yashaydi. Kaltakesaklar ichida eng kattasi echkemar bo‘lib, uzunligi 1,5 m ga yetib, mayda kaltakesak, ilon kabi sudralib yuruvchilar bilan oziqlanadi. Cho‘lda hasharotlardan qoraqurt, chayon, falanga (biy), chigirtka  kabilar mavjud. Bular ichida qoraqurt o‘ta zaharli o‘rgimchaksimonlar turiga kiradi. Cho‘l mintaqasi to‘qayzorlarida  chiyabo‘ri, tulki, bo‘ri, to‘qay mushugi, to‘ng‘iz, qirg‘ovul, qarqara, birqozon, g‘oz, o‘rdak va boshqalar yashaydi. Adir mintaqasi. Okean sathidan 400-500 m.dan 1000-1200 m.gacha bo‘lgan balandliklarda joylashgan. Oddiy bo‘z tuproq tog‘ etaklarida, 500-600 m dan 1000 m gacha bo‘lgan balandliklarda tarqalgan, tarkibida chirindi 1,5-2,5 foizni tashkil etadi. Okean sathidan 1000-1600 m balandliklarda to‘q tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan bo‘lib, tarkibidagi chirindi miqdori 3-4 foizga boradi, ko‘pincha bahorikor ekinlar ekiladi. Adir mintaqasida cho‘lga nisbatan o‘simliklar ko‘proq bo‘lib, bahorda qizil, sariq rangdagi lolalar va chuchmomalar bilan qoplanadi. Shuningdek, qo‘ng‘irbosh, rang, sasir, yantoq, kavrak va gulxayrilar o‘sadi. Adirlarda zirk, na’matak, do‘lana kabi buta  va chinor, terak, qayrag‘och kabi daraxtlar o‘sadi. Adir mintaqasida cho‘lga xos sudralib yuruvchilardan  kaltakesak (agama, gekkon)lar, ilon (kapchabosh ilon, zaharli ko‘k ilon)lar, hatto falanga, chayon kabi hasharotlar ham uchraydi. Adirda  tulki, bo‘ri, toshbaqa, yumronqoziq, jayra, bo‘rsiq va tiрratikanlar  uchraydi. Qushlardan pushtirang chug‘urchuq (asalarilar kushandasi), ko‘k qarg‘a, kaklik, zog‘cha, kalxat, qirg‘iy  va  burgut  kabilar yashaydi. Adir vohalarida musicha, chumchuq, bulbul, mayna, qaldirg‘och va  sassiqpopishak  va boshqalar mavjud. Tog‘ mintaqasi. Okean sathidan 1000-1200 m dan 2700-2800 m gacha bo‘lgan balandlikdagi joylarni o‘z ichiga oladi.
Tog‘larda  tog‘-qo‘ng‘ir  va  tog‘-jigarrang  tuproqlari  tarkib  topgan  bo‘lib,
tarkibida chirindi miqdori 4-6 foizgacha yetadi.
Tog‘  mintaqasining  daryo  vodiylari  va  qayirlarida  o‘tloq,  botqoq-o‘tloq
tuproqlari uchraydi.
Tog‘larda  betaga, rovoch, tog‘ yalpizi kabi o‘tlar, na’matak, zirk, dukcho‘p
va  irg‘ay  kabi butalar o‘sadi. Tog‘da bodom, pista, do‘lana, o‘rik, olma, olcha,
nok, xandon pista kabi mevali daraxtlar ham uchraydi.
Tog‘ mintaqasining 1400 m dan 2500 m gacha bo‘lgan balandliklarida  archa,
yong‘oq, Turkiston qayini, teraklardan tashkil topgan o‘rmonlar uchraydi.
O‘rmonlar suv oqimlarini tartibga soladi, sellarning oldini oladi, tuproqlarni
yuvilib ketishdan saqlaydi, havo haroratini mo‘tadillashtiradi,  havodagi  zararli
moddalarni yutib, kislorod chiqaradi.
Tog‘  mintaqasida  hayvon  turlari  adirga  nisbatan  ko‘p.  Lekin  havoning
salqinligi  tufayli  sudralib  yuruvchilar  kam  bo‘lib,  Oloy  tog‘  iloni,  Turkiston
agamasi uchraydi.
Tog‘  mintaqasida  o‘rmon  sichqoni,  oq  sichqon,  ko‘rshapalak,  oq  suvsar,
qunduz,  o‘rmon  olmaxoni,  qo‘ng‘ir  ayiq,  chiрor  sirtlon,  silovsin,  bo‘ri,  tulki,
bo‘rsiq,  quyon,  to‘ng‘iz  yashaydi.  Qushlardan  burgut,  tasqara,  itolg‘a,  kaklik,
boltatumshuq, bulbul kabilar mavjud.
Yaylov mintaqasi. Yaylov mintaqasi 2700-2800 m dan balandda joylashgan
bo‘lib, iqlimi sovuq va nam. Bunday sharoitda och qo‘ng‘ir va o‘tloq tuproqlar
hosil bo‘ladi.
Yaylov mintaqasi subalp va alp o‘tloqlaridan iborat. Ayrim, quyoshga teskari
yonbag‘irlarda yil bo‘yi qor saqlanishi mumkin. Subalp o‘tloqlarda, asosan, baland
bo‘yli o‘tlar, shuningdek, boshoqlilardan  yovvoyi arpa,  yovvoyi suli, betagalar
o‘sadi.
Alp  o‘tloqlarida  to‘ng‘izsirt,  qoqio‘t,  tiрchoq,  binafshalar  o‘sadi.  Yaylov
mintaqasida yirik sutemizuvchilardan alqor, bug‘u (elik), qo‘ng‘ir ayiq, tog‘ takasi,
muflon,  qoplon,  qor  barsi,  kiyiklar,  kemiruvchilardan  —  sug‘ur  yashaydi.
Yaylovdagi oq tirnoqli ayiq «O‘zbekiston Qizil kitobi»ga kiritilgan.
Logotip
Tog‘larda tog‘-qo‘ng‘ir va tog‘-jigarrang tuproqlari tarkib topgan bo‘lib, tarkibida chirindi miqdori 4-6 foizgacha yetadi. Tog‘ mintaqasining daryo vodiylari va qayirlarida o‘tloq, botqoq-o‘tloq tuproqlari uchraydi. Tog‘larda  betaga, rovoch, tog‘ yalpizi kabi o‘tlar, na’matak, zirk, dukcho‘p va  irg‘ay  kabi butalar o‘sadi. Tog‘da bodom, pista, do‘lana, o‘rik, olma, olcha, nok, xandon pista kabi mevali daraxtlar ham uchraydi. Tog‘ mintaqasining 1400 m dan 2500 m gacha bo‘lgan balandliklarida  archa, yong‘oq, Turkiston qayini, teraklardan tashkil topgan o‘rmonlar uchraydi. O‘rmonlar suv oqimlarini tartibga soladi, sellarning oldini oladi, tuproqlarni yuvilib ketishdan saqlaydi, havo haroratini mo‘tadillashtiradi,  havodagi  zararli moddalarni yutib, kislorod chiqaradi. Tog‘ mintaqasida hayvon turlari adirga nisbatan ko‘p. Lekin havoning salqinligi tufayli sudralib yuruvchilar kam bo‘lib, Oloy tog‘ iloni, Turkiston agamasi uchraydi. Tog‘ mintaqasida o‘rmon sichqoni, oq sichqon, ko‘rshapalak, oq suvsar, qunduz, o‘rmon olmaxoni, qo‘ng‘ir ayiq, chiрor sirtlon, silovsin, bo‘ri, tulki, bo‘rsiq, quyon, to‘ng‘iz yashaydi. Qushlardan burgut, tasqara, itolg‘a, kaklik, boltatumshuq, bulbul kabilar mavjud. Yaylov mintaqasi. Yaylov mintaqasi 2700-2800 m dan balandda joylashgan bo‘lib, iqlimi sovuq va nam. Bunday sharoitda och qo‘ng‘ir va o‘tloq tuproqlar hosil bo‘ladi. Yaylov mintaqasi subalp va alp o‘tloqlaridan iborat. Ayrim, quyoshga teskari yonbag‘irlarda yil bo‘yi qor saqlanishi mumkin. Subalp o‘tloqlarda, asosan, baland bo‘yli o‘tlar, shuningdek, boshoqlilardan  yovvoyi arpa,  yovvoyi suli, betagalar o‘sadi. Alp o‘tloqlarida to‘ng‘izsirt, qoqio‘t, tiрchoq, binafshalar o‘sadi. Yaylov mintaqasida yirik sutemizuvchilardan alqor, bug‘u (elik), qo‘ng‘ir ayiq, tog‘ takasi, muflon, qoplon, qor barsi, kiyiklar, kemiruvchilardan — sug‘ur yashaydi. Yaylovdagi oq tirnoqli ayiq «O‘zbekiston Qizil kitobi»ga kiritilgan.