Oziq-ovqat mahsulotlarini organizmda hazm bo`lishi va so`rilishi
Me’dada ovqatning hazmlanishi.
Iste’mol qilingan ovqatlar og’iz bo’shlig’idan me’daga tushadi va u yerda
navbatdagi kimyoviy va mexanik qayta ishlanadi. 10-12 yoshli bolalarning
me’dasining hajmi 1,5 L gacha bo’lsa, voyaga yetgan odamlarda esa 3,0 L gacha
bo’ladi. Suyuqliklarni ko’p iste’mol qiluvchi odamlarda esa me’daning hajmi
ayrim paytlarda 5-10 l.gacha yetishi mumkin bo’lsa, otlarda 6-15 l, qoramollarda
esa – 100 l.ga yaqindir. Odamlar me’dasi odatda ikkita hazmlovchi bir-biridan
tuzilishi va funksiyasi jihatidan jiddiy farq qiluvchi ikkita bo’shliqdan iborat
bo’lib, ular fundal va pilorik qismlar deb ataladi.
Bir kamerali oshqozonga ega bo’lgan hayvonlarda esa me’dalar uch qismga
farqlanadi va kardial qismi ham mavjud. Kardial qism bezsiz, fundal va pilorik
qismlar bezli bo’shliqlar hisoblanadi. Odamlarda fundal bo’shlig’i me’daning
umumiy hajmining 4/5 qismini tashkil etsa, pilorik bo’shlig’i 1/5 qismini tashkil
etadi. Bu bo’shliqlar doimo bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lib turish bilan birga
muskulli qovuzloq (pilorik oldi sfinektri) bilan ajralib turadi. Bunday ajralib
turish ovqat hazmining ayrim davrlarida yuz beradi. me’daning shilliq qavatida
bez hujayralari bo’lib, ular bosh, qoplama va qo’shimcha bezlarga farqlanadi.
Fundal qismidagi bosh hujayralardan fermentlar, qo’shimcha bezlardan – shilliq
va qoplama bezlardan xlorid kislota ishlab chiqiladi. Xlorid kislotaning hosil
bo’lishida oqsillarning sulfagidril guruhi ishtirok etadi. Fundal qismning shirasi
kislotali muhitga ega bo’lsa, pilorik qism esa ishqoriy muhitga ega bo’ladi.
Me’daning pilorik qismida faqatgina bosh hujayralarni eslatuvchi
hujayralar bo’lib ularning miqdori fundal qismidagidan ancha kam va qoplama
bezlar bilan birgalikda shilliq parda devorlarida joylashgan bo’ladi. Bundan
tashqari pilorik qism fundal qismidan kuchli rivojlangan muskulli devor bo’lishi
bilan farq qiladi. Unda moddalarning so’rilishi kuzatiladi, lekin fundal qismida
esa so’rilish jarayoni juda kuchsiz holda bajariladi.
Me’da shirasining tarkibi. Me’daning fundal qismining shirasi 99-99,5 %
suvdan, 0,3-0,4 % qattiq moddalardan va 0,4-0,5 % mineral tuzlardan (xloridar,
azot tuzi, fosfatlar, sulfatlar, xlorid kislota va hokazo) iborat bo’lib odamlar
me’dasining toza shirasining muhiti 1,0 dan 2,5 (ph) gacha o’zgarib turadi.
Kislota fermentlarni faollashtirish bilan, oqsillarni ko’pchitadi va bu bilan unga
fermentlarning ta’sirini yengillashtiradi. Odamlarda bir kecha-kunduzda 1,5-2 l
me’da shirasi ajralsa, otlarda 30 l.gacha ajraladi. Oqsillar bilan oziqlantirilganda
me’da shirasining miqdori ortsa, uglevodlar bilan oziqlantirilganida esa
kamayadi.
Shira tarkibida quyidagi fermentlar bo’ladi:
1. Pepsin - oqsillarni albumoz va peptonlargacha gidrolizlovchi proteolitik
ferment bo’lib, go’sht oqsillarini juda tez parchalasa, tuxum oqsillarini
sekin parchalaydi. Pepsin pepsinogenga xlorid kislota ta’sir etishida hosil
bo’ladi. Pepsin muhit ph 1,5-2,0 bo’lganda faol proteolitik ta’sir
ko’rsatadi.
2. Gastraksin – pepsinga nisbatan faol, lekin tuxum oqsilini ancha kuchsiz
hazm qiladi, ph-3,2 bo’lganida maksimal darajadagi faollik ko’rsatadi.
3. Pepsin V yoki parapepsin parapepsinogendan hosil bo’ladi.
4. Rennin, shirdon fermenti yoki ximozin (u sut emizuvchilar oshqozonida,
ayniqsa buzoqlar shirdonida katta miqdorda bo’ladi). Sutni ivitadi, undan ivigan
oqsil kaziyenni ajralib chiqishini va erimaydigan shaklga o’tishini ta’minlaydi.
Neytral, kuchsiz kislotali va ishqorli muhitda faoliyat ko’rsatadi.
Me’da shirasida bulardan tashqari proteolitik ferment bo’lmagan fermentlar
ham uchraydi: lipaza – emulsiyalangan yog’larni parchalovchi; amilaza –
uglevodlarni parchalovchi; lizosim – bakteriosidlik funksiyasini bajaruvchi,
ya’ni bakteriyalarni parchalovchi va boshqalar. Ularning miqdori kam, yosh
bolalarda lipaza lipokinaza fermenti ta’sirida faollashadi.
Me’daning pilorik qismining shirasi ishqoriy muhitga (ph-8) ega. Uning
tarkibida hali xuddi o’sha yuqoridagi fermentlar bor bo’lsada, ularning miqdori
kam bo’ladi va ishqoriy muhitga ta’sir ko’rsatadi. O’tkazilgan tadqiqot
ishlarining natijalariga ko’ra pilorik qism shirasining hazmlovchi kuchi fundal
qismidagidan 4 marta kam ekan (E.E.Martinson,1952).
Me’da shilliq pardasining bezlari shiralardan tashqari shilimshiq modda
ham ajratadi va o’z navbatida me’da shilliq pardasining turli mexanik va ximik
ta’sirlardan saqlovchi himoya funktsiyasini bajaradi. Bundan tashqari shilimshiq
modda o’z yuzasida fermentlarni jamlab olishi hisobiga (qayta so’rishi –
adsorbsiyalash) ozuqalarni hazmlashda ishtirok etadi.
Mo’tadil fiziologik holatlarda me’da o’z-o’zidan hazmlanishi mumkin
emas, chunki uning devorlarida antifermentlar ham mavjuddir. Demak, shuni
ta’kidlash mumkinki fermentlar tirik hujayra-to’qima oqsillarini parchalay
olmaydi, balki faqatgina denaturatsiyaga uchragan oqsillargagina o’z ta’sirini
ko’rsatadi. Me’daning shilliq pardasi bo’ylab harakatlanuvchi xlorid kislotaning
vodorod ionlari uni parchalashi mumkin, lekin uning kirishiga shilliq pardaning
baland silindr shaklidagi epitelial hujayralari va qon tomirlaridan teskari
yo’nalishda harakat qilayotgan natriy ionlari baryer sifatida qarshilik ko’rsatadi.
Odamlar 20 yoshga kirganida me’da shirasining ajralish miqdori va undagi
saqlanuvchi fermentlar va xlorid kislotaning miqdori ham kamayadi.
Me’da shirasining tarkibiga turli ozuqali qo’zg’atuvchilarning ta’siri.
Odamlarda unchalik katta bo’lmagan miqdordagi shira doimiy ravishda ajraladi,
lekin kechqurun va ertalab uning sekresiyasi minimal holga tushadi yoki
to’xtaydi. Bundan tashqari sharoitga, oziqlanish xarakteriga va inson yoshiga
bog’liq holda shira ajralishining individual ravishdagi o’zgarishlari ham
kuzatiladi.
Me’dada ovqatning hazm qilinishi.
1-me’da, 2-jigar, 3-me’da osti bezi, 4-ichak, 5-o’t xaltasi.
U tiniq, rangsiz, kislota muhitli suyuqliq bo’lib, tarkibida xilma-xil organik va
anorganik moddalar uchraydi. Shiraning, anopganik moddalarning kalsiy, kaliy,
natriy, magniy, alimuyniy kabi elementlarning, xlorli, vodorodli, karbonatli va
sulfatli tuzlar va xlorid kislota tashkil qiladi. Organik moddalar esa sut kislota
oqsillar, aminokislotalar; pepsin, ximozin, lipaza, elastoza (jelatinaza), katepsin
kabi fermentlardan tashkil topgandir. Shira tarkibida xlorid kislota medadagi
hazm hujayralarida muhim rol o’ynaydi. Jumladan u boshqa organik kislotalar
bilan birgalikda shiraga kislotali muhit beradi. Me’da shirasining asosiy
fermenti bo’lmish pepsin esa faqat o’sha kislotali muhit tarkibida bo’ladi.
Xlorid kislota me’da hazm jarayonlarining to’g’ri borishida, achish-bijg’ish
jarayonlarini ro’yobga chiqarishda, xilma-xil mineral moddalarning erishida,
me’da va ichakda harakat faoliyatlarining, hususan me’dadan o’n ikki barmoq
ichakga ozuqa o’tkazishini boshqarishda ishtirok etadi. Bu kislota oqsillarni
bo’rttirib, hazm bo’lishiga yordam beradi. Shirada o’rtacha 0.4-0.5% atrofida
xlorid kislota bo’lib, u erkin va xilma-xil organik moddalar bilan birikgan holda
uchraydi. Me’da shirasida sezilarli miqdorda xlorid kislota bo’lsa ham, u me’da
devoriga zararli ta’sir qilmaydi. G.Devmport me’da devorining xlorid kislota
ta’sirida hazmlanmasligi (himoya to’siq) xususiyati katta ahamiyatga ega deb
ta’kidlaydi.Uning fikricha, shilliq pardalar silindrik epiteliyalarning ustki
murakkab lipidlar bilan qoplangan. Shuning uchun normada silindrik epiteliyalar
orasidan H+ ionlari shilliq parda tomoniga, ichkaridagi Na+ ionlari esa, me’da
ichiga o’tmaydi; shunga ko’ra shilliq pardani kislota jarohatlantirmaydi. Agar
lipidlarning parchalanishi uchun sharoit tug’ilsa (organizmda bu lipidlarni o’t
kislotasining tuzlari, o’t tarkibidagi lizosim, to’qimalardagi gistaminni
parchalaydi), me’da devorining baryer funksiyasi buzilib, H+ kationi shilliq
pardaga, Na+ kationi esa, me’da ichiga o’ta oladigan bo’lib qoladi. Oqibatda
me’daning shilliq pardasi kislota ta’sirida jarohatlanib, ma’lum darajada hazm
bo’ladi va tezda bitmaydigan yaralar paydo bo’ladi. Me’dada bo’lib o’tadigan
hazm jarayonlarining jadalligi, fermentlar faolligi va faoliyati bilan belgilanadi.
Binobarin, me’dada ovqat hazm bo’lishida fermentlar hal qiluvchi omil bo’lib
xisoblanadi. Me’da shirasining fermentlari quyidagicha xarakterlanadi:
Pepsin. Bu fermentni me’da shilliq pardasidagi bosh hujayralar eng faol
pepsinogen modda ajratadi. Pepsinogen xlorid kislota ta’sirida faol pepsinga
aylanadi. Uning faoliyati uchun muhit o’ta kislotali, pH 0,8–2,0, harorat esa 38 –
400 atrofida bo’lishi lozim. Pepsin proteolitik ferment bo’lib, oqsillarni albumoz
va peptonlargacha parchalaydi. Pepsinni ta’sir shiddati turli xil oqsillar uchun bir
xil emas. Jumladan, u fibrinni, go’sht oqsillarini ancha tez parchalagani holda
tuxum oqsili va kollagenni ancha sekin parchalaydi. Pepsinning hazm kuchini
aniqlash uchun Mett usulidan foydalanadi. Buning uchun qismlarga bo’lingan va
tuxum oqsili to’ldirilgan maxsus shisha naycha tana haroratigacha isitilgan
me’da shirasiga solinadi. Keyin ma’lum vaqt davomida shiradagi pepsin ta’sirida
naychadagi pepsinning hazm kuchi to’g’risida fikr yuritadi.
Ximozin (renin) fermenti asosan kuchsiz kislotali, kuchsiz ishqoriy yoki neytral
muhitlarda kalsiy ionlarining ishtirokida faol bo’ladi. Sut emuvchi hayvonlarda
muhim ahamiyatga ega. Chunki u sut, oqsili – kazeinogenga ta’sir qilib, uni
kazeinga aylantiradi, sutni ivitadi. Shu sababli sut emadigan hayvonlarning
me’da shirasida ximozin boshqa fermentlarga qaraganda ko’proq bo’ladi.
Hayvon ulg’aya borib, ozuqa iste’mol qilishga o’ta borgan sari, me’da shirasida
ximozin kamayib, pepsin bilan xlorid kislota ko’payadi.
Katepsin – kuchsiz kislotali muhitda, faol. Oqsillarni peptidlargacha
parchalaydi.
Lipazia – odam va hayvonlar uchun ahamiyatli bo’lib, miqdori juda kam,
me’daning pilorus qismining bosh hujayralarida hosil bo’ladi. Bu ferment
neytral yog’larni glitserin va yog’ kislotalarigacha parchalaydi. Asosan
emultsiya holidagi yog’larga, masalan sut yog’lariga yaxshi ta’sir qiladi.
Elastaza (jelatinaza) – miqdori juda kam bo’lib, proteolitik fermentlar qatoriga
kiradi, biriktiruvchi to’qima oqsili – jelatinani parchalaydi. Toza me’da shirasida
amilolitik fermentlar bo’lmaydi. Ammo me’dada uglevodlar qisman
parchalanadi. Chunki me’daga tushgan ozuqa luqmasiga shira asta-sekin
shimiladi. Luqmaning ichki qismiga shira shimilib borgancha u yerdagi muhit
ishqoriyligicha turadi; shunga ko’ra luqma bilan kelgan so’lak va ozuqa
fermentlari ta’sir ko’rsatishda davom etadi. Luqmaning me’da shirasi shimilgan
joylarida esa muhit zudlik bilan o’zgarib kislotali bo’lib qoladi, oqibatda
amilolitik fermentlarning faolligi so’nadi va me’da shirasi fermentlari ta’sir
ko’rsata boshlaydi. Me’da pilorus qismining shirasi fundal qismi shirasidan farq
qiladi. Me’daning bu qismidan ajralgan shira zaif ishqoriy muhitga ega.
Tarkibida pepsin kam, buning ustiga pepsinning faolligi, demak shiraning
hazmlash kuchi past pilorus shirasi – yog’li ozuqalarni parchalashda, katta
ahamiyatga ega. Chunki yog’li ozuqalar iste’mol qilinganda me’daning fundal
qismidagi hujayralar faoliyati tormozlanadi. Shu sababli me’daning fundal
qismida yog’larga aloqador biriktiruvchi to’qimalar to’la hazm bo’lmaydi. Bu
to’qimalar pilorusda kuchsiz kislotali muhitdagi pepsin ta’sirida hazm bo’ladi.
Shundan keyingina yog’lar ichaklarda batamom hazm bo’lishi mumkin.
Me’dadagi qo’shimcha bezlar ajratadigan shilimshiq ham hazm jarayonlarining
yaxshi kechishida katta ahamiyatga ega. U me’da devorini turli ta’sirotlardan
saqlaydi. Jumladan, dag’al ozuqalarni ho’llab, yumshatadi, shu tariqa me’da
devoriga ko’rsatadigan ta’sirini kamaytiradi, kislota va boshqa zararli
moddalarni suyultirib, zararsizlantiradi. Me’da shirasining tarkibida faol
proteolitik ferment –pepsin bo’lsada, me’da devorining o’zi shu ferment ta’sirida
hazm bo’lmaydi. Buning sababi to’g’risida bir necha fikrlar bayon etilgan.
Ayrim olimlar buning boisi shilimshiq va himoya – to’siq xususiyatlari tufayli
me’da devori saqlanib qoladi, deb xisoblasa, boshqalari me’da devori bo’ylab
oqayotgan qonning ishqoriy muhitga egaligi pepsin faolligini pasaytiradi, deb
tushuntiradilar. Keyingi paytlarda me’da devorida antipepsin hosil bo’lib turadi,
degan ma’lumotlar paydo bo’ldi.
Me’dada hazm bo’lgan oziq moddalarning ichakka o’tkazilishi.
Ozuqa me’daga tegishli ravishda hazm bolganidan keyin, me’da devorining,
peristaltik harakati va pilorus sfinkterining faoliyati tufayli o’n ikki barmoq
ichakka o’tkaziladi. Me’daga ozuqa luqmalarining tushishi undagi harakatlarni
jumladan, peristaltik harakatni ancha jonlantiradi va yaxshi aralishib hazm bo’la
boshlaydi hamda me’daning pilorus qismiga o’tadi. Me’da tubidan kelayotgan o’ta
kislotali shu ozuqa bo’tqasi pilorus retseptorlarini ta’sirlaydi. Oqibatda hosil
bo’lgan qo’zg’alish adashgan nervlarning afferent tolalari orqali uning uzunchoq
miyadagi markaziy yadrosi qisqartiladi.
Markaziy javob reaksiyasi tufayli pilorus sfinkteri ochiladi va pilorusning
ritm bilan ko’chli qisqarishi natijasida ozuqa u yerdagi ishqorli muhitda o’z
ta’sirini avalroq namayon qila olmaydi. Shu sababli to ichakdagi ozuqaning
kislotali ta’siri namayon bo’lgunicha, me’dadan ichakka ozuqa o’taveradi. Ichakka
o’tgan ozuqa ko’paya borib, oqibatda o’zining kislotali ta’sirini namoyon qiladi.
Oqibatda ichak devoridagi retseptorlar ta’sirlanib hosil bo’lgan qo’zg’alish
markazga uzatiladi va refleks yo’li bilan pilorus sfinkterining yopilishiga sabab
bo’ladi. Ichakka o’tgan ozuqa ichakdagi ishqoriy muhit ta’sirida
neytrallashmaguncha, sfinkter yopiq qoladi. Ozuqa ichakdagi ishqoriy muhit
neytral holga kelishi bilan me’daning tubidan pilorusiga o’tgan ozuqa, pilorusidagi
retseptorlarni qo’zg’atib pilorus sfinkterini yana ochadi va ozuqa yana ichakka
o’tadi. Sfinkternig ochilib-yopilishi ana shu tariqa takrorlanaveradi, natijada
me’dada hazm bo’layotgan ozuqa ichakka bo’linib-bo’linib o’tib turadi.
Me’daning harakati va pilorus sfenkterining tabiyatiga, demak, ozuqaning
me’dadan ichakka o’tkazilishiga bir qancha omillar ta’sir ko’rsatadi. Ozuqaning
xili, konsistensiyasi (quyuq, suyuqlik darajasi), muhiti, osmotik bosimi va
ichaklarning ozuqa bilan nechoqli to’lishuvi ana shunday omillardandir. Me’dadan
ichakka suv va suyuq ozuqa tezroq o’tsa, quyuq ozuqa sekinroq o’tadi. Uglevodli
ozuqa jadalroq, oqsilli ozuqa esa sekinroq o’tadi, yog’li ozuqa esa yana ham sekin
o’tadi. Chunki ichakka o’tadigan yog’lar, u erda enterogastron hosil bo’lishiga olib
keladi, enterogastron esa me’da devori harakatini susaytiradi va shunga ko’ra
ozuqa o’tishi bir muncha tormozlanadi. Ishqorli ozuqa ichakka kislotali ozuqaga
qaraganda tezroq, gipertonik eritmalar esa, izotonik eritmalarga aylanganidan
keyingina o’tadi. Ozuqaning me’dadan ichakka o’tish tezligiga harakat ham ta’sir
ko’rsatadi. Jumladan, issiq harorat suvning ichakka o’tkazilishini tezlashtirsa,
kislotali moddalar evakuatsiyasini ancha tormozlaydi. Issiq harorat ta’sirida ichak
ishqoriy muhitini zaiflashtirib, me’dadan o’tgan kislotali mahsulotlarning ichakda
tezda neytrallashavermasligi shunga sabab bo’ladi.
Ozuqalarning ichaklarda hazm bo’lishi.
Me’dada etarlicha hazm bo’lgan ozuqa massasi ichakka o’tkaziladi va u yerda
hazm bo’lishda davom etadi. Qushlarning ichagi kalta, me’da osti bezi va jigari
katta bo’ladi. Ozuqalar tovuqlar hazm tizimidan boshdan-oyoq bor-yo’g’i 24
soatda bosib o’tadi. Hazm tizimining, ayniqsa uning asosiy qismlaridan biri
bo’lgan ichakning kalta bo’lishi, hazm jarayonlarining nihoyatda jadal
kechishini taqozo qiladi. Me’da osti bezi va jigar kattaligining sababi ham
shunda. Hajmi kattaligi tufayli, bu bezlar nihoyatda faollik qiladi, oqibatda
ichakka suyuqliklarni (me’da osti bezi shirasi va o’tni) ancha jadallik bilan
ajratadi. Bular esa o’z navbatida ichakka oziqalarning jadal ravishda hazm
bo’lishini ta’minlaydi. Jigarning chap va o’ng qismidagi o’t yo’llari birikib, o’t
havzasini hosil qiladi. Ana shu o’t havzasidan o’t zaruriyat tug’ilganda o’t
pufagiga tushmasdan ichakka chiqarilishi mumkin. Demak, o’t ikki yo’l bilan:
o’t pufagi yoki bevosita o’t havzasi orqali ichakka chiqariladi. Qush zo’r berib
oziqlanayotgan paytda o’t pufagi va jigaridan birdaniga o’t chiqariladi.
Qushlarning ko’r ichagiga faqat ximusning bir qismi tushadi. Ko’r ichakka
bakteriyalar ishtirokida oqsillar, yog’lar va uglevodlar parchalanadi. Sut
emizuvchilar ichagida ko’zatiladigan harakatlarga o’xshash bo’lib, peristaltik
harakat bilan birgalikda ancha jonli-antiperistaltik harakat ham kuzatiladi. Shu
sababli qushlarning ichagida hazm bo’layotgan ozuqa yengillik bilan me’dasiga
qaytarilishi mumkin. Qushlarning ichagi to’g’ri ichak bilan tugallanadi, to’g’ri
ichak kloakaga ochiladi. Kloaka 4 qismdan iborat bo’lib, to’g’ri ichak uning eng
katta qismiga ochiladi. Keyingi qismiga tuxum yoki urug’ yo’llari va siydik
yo’llari ochiladi. Defekatsiya jarayoni ham sut emizuvchilardagidek yuzaga
chiqadi. Qush axlati tarkibida 74% atrofida suv bo’ladi, chunki siydik ham axlat
bilan birga chiqariladi. Gong ustida mochevina oq kristallari bo’ladi. Qushlarda
so’rilish jarayonlari intensivdir. Ichakning shilliq pardasida juda ko’p
so’rg’ichlar bor. Ular ko’ndalang egri-bugri bo’lib joylashgan, bu so’rilish
jarayonlarining intensiv kechishini ta’minlaydi. Yo’g’on ichaklarida suv va unda
erigan ayrim ohak va mineral moddalar so’riladi. Ichaklarda kuzatiladigan
sekretor va motor jarayonlar sut emizuvchilardagidek boshqariladi.
O’n ikki barmoqli ichakda ovqat hazmi.
Ovqat hazmi kanalining markaziy qismi bo’lib ingichka ichaklar tizimining
boshlang’ich qismi o’n ikki barmoqli ichak hisoblanadi va u yerga tushuvchi
oziq moddalar uchta: me’da osti, o’t va ichaklarning hazm shiralari ta’siriga
uchraydi.
O’n ikki barmoqli ichakka oziq moddalar tushmaganida u yerdagi muhit
kuchsiz ishqoriy reaksiyaga ega bo’ladi. (pH-o’rtacha 7,2-8,0 teng). Me’dadan
kislotali moddalari o’n ikki barmoqli ichakka tushganidan keyin u yerdagi
ishqorli shiralar bilan neytrallanguniga qadar pH odamlarning o’n ikki
barmoqli ichagida muhit 4,5-8,0 ga qadar o’zgarib turadi. O’n ikki barmoqli
ichakka hazm shiralarini ajratuvchi hazm bezlarining faoliyati me’dadagi ovqat
hazmi bilan uzviy bog’langan.
Me’da osti bezi shirasining tarkibi va hazmlovchi xususiyatlari.
Odamlarning me’daosti bezi shirasi – rangsiz, tiniq suyuqlik bo’lib, 98,7 %
suv saqlab muhiti ishqoriydir (ph 7,5 dan 8,5 gacha) va bu ko’rsatkich natriy
gidrooksidining miqdoriga qarab o’zgarib turadi. Shu sababli ham katta
miqdordagi shiraning yo’qolishi organizmning kislota – ishqor muvozanatining
buzilishiga ham olib keladi. Shira tarkibida 10 % miqdorgacha yetadigan qattiq
moddalarning asosiy qismini oqsillar tashkil qiladi. Shiradagi fermentlarning
miqdoriga qarab oqsillarning miqdori 0,1 dan 10 % gacha o’zgarib turadi.
Me’daosti bezining shirasida proteazalar, amilazalar va lipaza fermentlari
saqlanadi. Bular orasida bosh yoki asosiy bo’lib proteolitik ferment tripsinogen
hisoblanadi va bu ferment ichaklar shirasi – entrokinaza fermenti ta’sirida faol –
tripsinga aylanadi. Tripsin bir necha proteazalar; tripsinni o’zi, ximotripsin va
karboksipeptidazalardan iboratdir. Ximotripsin ham faol bo’lmagan holatdagi
ximotripsinogendan entrokinaza fermenti ta’sirida faol holatga o’tadi. Tripsin
pepsindan farqli o’laroq kuchsiz ishqoriy, neytral yoki kuchsiz kislotali muhitda
butun oqsillarni va albumoz hamda peptonar kabi oqsillar parchalanishining
mahsulotlarini so’rilishi uchun yaroqli bo’lgan oxirgi mahsulotlargacha –
aminokislotalargacha parchalaydi.
Ikkinchi proteolitik ferment – eripsin va u faol holda ajraladi. U butun
oqsillarga ta’sir ko’rsatmasdan balki peptonlar va albumozlarni
aminokislotalargacha parchalaydi.
Me’daosti bezining amilolitik fermentlari:
amilaza
kraxmalni
disaxaridlargacha parchalasa, mal’taza – disaxaridlarni monosaxaridlargacha va
laktaza sut qandini monosaxaridlargacha parchalaydi. Bu fermentlar neytral
muhitda ancha faol bo’ladilar.
Me’daosti bezi shirasining lipazasi yog’larni gliserin va yog’
kislotalarigacha parchalaydi, yog’ kislotalari ishqorlar bilan birikib sovun hosil
qiladi.
Deyarlik barcha lipaza faol bo’lmagan holatda ajraladi va o’t kislotalari
yordamida faollashadi.
Me’daosti bezi shirasi va o’t suyuqligi ishqorlari yordamida yog’lar
emulsiyalanadi va natijada uning hazmlanishi ortadi. Fosfolipazalar
fosfolipidlarni parchalaydi. Me’daosti bezida proteolitik fermentlar faoliyatini
tormozlovchi oqsilli modda hosil bo’ladi. Taxmin qilinishicha bu modda bezning
o’zini o’z-o’zidan hazmlanishidan himoya qiladi.
Me’daosti bezi shirasining ajralishi. Odamlar va itlarda me’daosti
bezining shirasi oziqlar bo’lmaganida yoki ozuqaviy qo’zg’atuvchilar ta’sir
ko’rsatmaganda juda kam ajraladi yoki umuman ajralmaydi. Me’daosti bezining
shirasi ovqatlanish boshlanganidan 1-3 minut o’tganidan keyin boshlanadi. Har
bir turdagi ozuqaga turli miqdordagi, tarkibdagi turli fermentlar ajralishi bilan
farqlanadi. Shira ajralishining borishi ham, uning davomiyligi ham ozuqalar
turiga bog’liq holda kechadi.
Odamlarda me’daosti bezi shirasining ajralishi qanchalik ko’p yog’li ovqat
iste’mol qilsa, u shuncha kamaya boradi va yog’siz go’sht iste’mol qilganiga
nisbatan 2,5 marta kamayib ketadi.
Yog’li ovqatlarni ko’plab iste’mol qilish esa lipazalar ajralishini,
ugevodlarni iste’mol qilinishi – amilazalarni va oqsilli oziqlar esa tripsin
ajralishini tezlashtiradi. Kavshovchi hayvonlarga xashakni silos bilan
almashtirilishi esa tripsin va amilazalar faolligini oshiradi.
Sut iste’mol qilinishi esa barcha fermentlar ajralishini chaqiradi.
Odamlarda bir kecha-kunduzda 1,5-2,0 l me’da osti bezi shirasi, itlarda
600-800 ml, kavshovchilarda – 6-7 l, cho’chqalarda –8 l va ko’proq ajaraladi.
Odamlarda shiraning ajralish tezligi bir minutda o’rtacha 4,7 ml. bo’lsa itlarda
2,3 ml.ni tashkil etadi.
Ovqat hazm kanalida so’rilishi jarayoni
Oziq moddalar ovqat hazmi tizimida kimyoviy qayta ishlanishi natijasida,
to’yimli moddalarning parchalanishi natijasida mahsulotlarning suvda erigan
eritmalari hosil bo’ladi, ya’ni shilliq pardalarning epitelial hujayralari orqali qon
va limfa tomirlariga tushadi.
Ovqat hazmi kanali devorlariga tegib turuvchi oziqlar qatlami tabiiyki, dastlab
ichaklar shilliq pardalarida joylashgan bez hujayralaridan ajraluvchi hazm shiralari
tarkibidagi fermentlar ta’sirida parchalanadi va uning parchalanish mahsulotlari
hazmlanish darajasiga qarab so’riladi. Shu sababli ham hazmlanish kanali
devorlaridan uzoqlashayotgan oziqlar qatlamidagi ovqat hazmi kanalining shilliq
pardasidan uzoqlashgan sari moddalarning hazmlanishi va so’rilishi kamaya
boradi. So’rilish – ichki va tashqi muhit oralig’ida joylashgan ovqat hazmi kanali
devorlarida joylashgan hujayralarga xos bo’lgan fizioligik jarayondir.
Me’dada faqatgina uglevodlar parchalananishining mahsulotlari hamda suv,
tuzlar va alkogol juda sekin so’riladi. O’n ikki barmoqli ichakda to’yimli
moddalarning uncha katta –8% dan ortiq bo’lmagan qismi so’riladi.
So’rilishining asosiy joyi bo’lib och va yonbosh ichak hisoblanadi.
odamlarning ichaklarining umumiy so’ruvchi yuzasi 5 m2 ni tashkil etadi.
Ichaklarning shilliq pardasida 4 mln. ga yaqin so’rg’ichlar bo’lib, uning yuzasini 8
martacha kengaytiradi, demak uning yuzasi 40 m2 ni tashkil etadi. Bundan tashqari
hilpildoq epiteliyaning har bir kvadrat millimetrli yuzasida so’rg’ichlarni o’rab
turuvchi, faqatgina elektron mikroskop ostida ko’rish mumkin bo’lgan har qaysisi
50 dan 200 mln. gacha miqdordagi sitoplazmatik silindr shaklidagi o’siqliklardan
iborat popukli kigizga o’xshash epiteliya yopib turadi, demak ichaklarning umumiy
so’ruvchi yuzasi 500-600 m2 ni tashkil etadi.
Har bir so’rg’ichga 1-3 arteriolalar kelib tutashgan bo’ladi. Odamlarda har bir
arteriola to’g’ridan-to’g’ri epitelial hujayralar tagida joylashuvchi 15 tadan 20
gacha kapillyarlarga tarmoqlanib ketadi. So’rilish bajarilmagan paytda so’rg’ichlar
kapillyarlarining katta qismi faoliyat ko’rsatishmaydi va arteriolalardagi qon
bevosita mayda venalarga o’tadi. So’rilish paytida so’rg’ichlarning kapillyarlari
ochiladi va ularning teshiklari kengayadi.
Kapillyarlarning yuzasini deyarli 80% ni epiteliya tashkil etadi, demak
ichaklarning epitelyasi katta yuzada qon bilan to’g’ridan to’g’ri tutashgan bo’ladi,
ya’ni so’rilishni ta’minlaydi. So’rg’ichlarning ichida limfa tomirlari ham mavjud.
Limfa tomirlarida klapanlar bo’lganligi sababli limfa so’rg’ichlardan faqat bir
tomonga qarab oqadi. Limfa suyuqligi ko’krak oqimiga tushguniga qadar albatta
biron bir limfa tugunidan o’tadi.
So’rg’ichlarda meysnerli bog’lam bilan tutashgan silliq muskulli tolalar va
nerv turlari bo’lib ular shilliqosti qatlam tagida joylashgan. Bu silliq muskulli
tolalar qisqarib turadi. Bu paytda so’rg’ichlar torayadi va ulardagi qon hamda limfa
siqiladi, so’rg’ichlar bo’shashganidan keyin, to’yimli moddalarning suvdagi
eritmasi epitelial hujayralar orqali o’tadi, ya’ni yana so’riladi.
So’rg’ichlarning qisqarishi va bo’shashishi ovqatlangandan keyin bir necha
soat davomida bajariladi. Bundan qisqarishlarning chastotasi 1 minut davomida 6
martagacha kuzatiladi.
Ozuqa massalari so’rg’ichlarning asosiga tegishi bilan ularning qisqarishi
boshlanadi. Meysner o’rimininng ishtirokida qisqarish chaqiriladi va yuz nervlari
ta’sirlanganda esa ularning qisqarishini tezlashishini chaqiradi.
Me’da shirasi tarkibida ajraladigan xlorid kislota so’rg’ichlarni qisqarishiga
ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi ichaklarning shilliq pardasidan villikininnin gormoni
ajralishini ta’min etadi.
Piyoz, sarimsoq piyoz, qalampirlarning suyultirilgan eritmalari
so’rg’ichlarning faolligini 5 martadan ortiq tezlashtiradi.
So’rilish nazariyasi. Dyubua–Reymon (1908) so’rilishni faqatgina ximik-
fizik jarayoni ekanligi va u osmos, diffuziya va filtrlanish bilan ta’min etiladi deb
taxmin qilgan. Lekin shuni ta’kidlash kerakki so’rilish jarayoni faqatgina
filtrlanishning natijasi emasdir, chunki kapillyarlardagi qon bosimi 30-40 mm. sim.
ust. teng bo’lsa, ingichka ichaklar yuzasida esa 5 mm. sim. ust. teng, ichaklar
qisqarganida uning 10 mm. sim. ust. ortishi mumkin, ammo so’rilish u ortishi bilan
yana ortaveradi. So’rilish jarayonida diffuziya va osmos va diffuziya
qonuniyatlariga qarshi gipotonik eritmalaridan suvni so’rilishini tushuntirishning
imkoni yo’q.
Itlarning izolyasiya qilingan ichagining kesilgan bo’lagida so’rilish jarayonini
o’rganishda, ichakning ushbu bo’lagiga qon kiritilishi shuni ko’rsatadiki, ichak
devorining har ikki tomonida bir xil suyuqlik qon bo’lishiga qaramasdan ichak
ichidagi qon, biroz muddat o’tganidan keyin so’rilib ketadi. Ichakka narkotik
moddalar ta’sir ettirilganida so’rilish vaqtincha to’xtaydi va ichak to’qimalari
o’lganidan keyin to’lig’icha to’xtaydi. Bu esa shuni ko’rsatib turibdiki, so’rilish
faqatgina fizik-ximik jarayon bo’lib qolmay balki ichaklarning mo’tadil hayot
faoliyatida epitelial hujayralariga xos bo’lgan fizioligik jarayondir.
Buning fiziologik jarayon ekanligini so’rilish paytida ichaklar epiteliyasida
kislorodni iste’mol qilinishining ortishi va yuzaga keladigan morfologik
o’zgarishlar ham ko’rsatib turibdi.
So’rilish asab tizimi bilan boshqariladi va shartli reflektor yo’l bilan
o’zgarishi mumkin. Asab tizimi so’rilish jarayoniga tomirlar harakatini va ichaklar
motorikasini boshqaruvchi nervlar bilan ta’sir ko’rsatadi.
Adashgan nerv so’rilishni tezlashtirsa, simpatik, uyat nervlari keskin
kamaytiradi.
Ayrim ichki sekretsiya bezlari gormonlari (gipofiz, qolqonsimon bez,
me’daosti bezi) uglevodlar so’rilishini tezlashtiradi. O’t suyuqligi yog’larning
so’rilishini faqatgina ichaklarda tezlashtirib qolmasdan, balki me’dada ham
so’rilishini tezlashtiradi.
Suv, tuzlar va parchalanish mahsulotlarining so’rilish yo’li.