Oziq-ovqat xavfsizligining buguni va kelajagi.
Ma’ruza rejasi:
1.Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash texnologiyasi fanining rivojlaaanishi
2.Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash texnologiyasi fanining bugungi
kundagi ahamiyati.
3. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash texnologiyasi fanining kelajagi
Xalqlarning ovqatlanish tarzi ular madaniyatining ajralmas qismi hisoblanadi.
Shu boisdan ham ovqatlanish madaniyati jamiyatning rivojlanish tarixi bilan
bevosita bog‘liq. Markaziy Osiyo xalqlarining ma’naviy dunyosi Qadimiy Sharq
va antiq dunyo madaniyati negizida vujudga kelgan. Uning eng rivojlanish davri
arab-musulmon davlatining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lib, bu davr sharq
tiklanish davri deb ataladi. Ushbu davrda o‘tkazilgan iqtisodiy islohotlar natijasida
xalqlar ma’naviy hayotining negizi hisoblangan dunyoqarashlar, siyosat, axloq, fan
va dinda ifodalangan tasavvurlar, ma’naviy etiqodlar, ruhiy holat, turmush tarzi,
shu jumladan ovqatlanish tarzi, qayta yangilanib boshladi.
Ovqatlanish bo‘yicha ilk bor dunyoqarashlar olovning paydo bo‘lishi bilan
bevosita bog‘liq bo‘lgan. Qadimiy hindilar agar issiqlik olovdan chiqsa va olov
ovqatni pishirsa, demak, olov oshqozonda ovqatning hazm bo‘lishini ta’minlaydi
degan fikrda bo‘lishgan. Gippokrat ham ovqat issiqliq tufayli hazm bo‘ladi degan.
Akslepiada fikriga ko‘ra taom qanday chaynab yutilgan bo‘lsa, parchalanmasdan
butun tanaga tarqaladi. Erazistrat taom oshqozonda ishqalanib eziladi, Praksagor
shogirdi Plistonik taom oshqozonda irib ketadi degan.
Maxsus adabiyotlardagi ma’lumotlarga qaraganda «Oziqa moddalar»
tushunchasi taomlar va mahsulotlarning oqsillarini, uglevodlarini va yog‘larini o‘z
ichiga oladi. Ushbu bandda ularning miqdorlarini taomlarda yetishmaganda yoki
me’yoridan doimo ortiq bo‘lganda organizmga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlari
o‘rganiladi.
Bundan oldin ta’kidlab o‘tilganidek, taomlar va oziq-ovqat mahsulotlarining
oziqa moddalaridan eng asosiysi oqsil hisoblanadi. Yana bir bor talabalar diqqatini
tortish o‘rinliki, hayot oqsilsiz bo‘lmaydi. Shu boisdan ham iste’mol qilinadigan
taomlarda oqsil miqdorining doimo yoki uzokroq muddat davomida yetishmasligi,
meyoridan oshiq tushganga qaraganda, organizm uchun juda og‘ir kechadi.
Inson qishloq xo‘jalik mahsulotlarini iste’mol qila boshlagandan buyon uni
saqlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanib kelgan. Yetishtirilgan mahsulotni nes-
nobud qilmasdan va sifatini pasaytirmasdan saqlash, undan unumli foydalanish
qadimdan inson extiyojlaridan biri bulgan. Ko‘chmanchi xalqlar yig‘ilgan meva va
urug‘larni saqlash uchun maxsus yertulalar qurishgan. Qabilalar o‘troq bo‘lib
yashay boshlagan paytda ortiqcha mahsulotlarni saqlash, shunindek,
zararkunandalardan boshlashgan.
Mamlakatimizning turli hududlarida olib borilgan arxeologik qazilmalar
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash quldorlik tuzumi davridayoq amalga
oshirilganligidan dalolat beradi. Bu yerda mahsulotlar saqlanadigan ko‘za va
boshqa turli idishlar topilgan.
O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston sharoitida ham qadimdan qishloq
xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga e’tibor berib kelingan.
Mintaqamizda ob-havo yil va bir kecha-kunduz davomida o‘zgaruvchan
bo‘lganligi sababli go‘sht, yog‘, sut, baliq, tuxum kabi mahsulotlar issiqda tez
ayniydi, juda qattiq sovuqdan esa sabzavot va mevalar muzlab qoladi. O‘zbekiston
qishloq xo‘jalik mahsulotlari saqlashning eng qadimgi usullaridan ko‘mib yoki
osib saqlash, qoqi qilish, quritish kabilar keng qo‘llaniladi. Mahsulotlarni saqlash,
qayta achitish, sabzavot, don, meva, go‘sht, qazi va tuxumni ko‘mib saqlash, poliz
mahsulotlarini osib saqlash, turli meva, turli qovun, pomidordan qoqi tayyorlash,
uzum, ukrop, kashnich, rayhon, jambil va qizil qalampirni quritish amalda keng
qo‘llanib kelingan.Asosan, quruq mahsulotlar tez buzilmaydigan mahsulotlar
hisoblanib, ular quruq joyda, shisha, chinni yoki sopol idishlarda, yopiladigan
qog‘oz qutilarda saqlangan.
A.M. Muzaffarov (1909-1987) O‘zbekistonda eksperimental algologiya-ning
asoschisidir. Olim mikroskopik suv o‘tlarini iqlim, ekologik sharoit-larga qarab
taraqqiy etishini o‘rganib mamlakatimizning suv o‘tlari va tuban o‘simliklarining
ta’rifnomasini nashr qilgan. Respublikamizda suv o‘tlari-ni katta hajmda o‘stirib,
qishloq xo‘jaligida qo‘llash uchun sanoat qurilmalarini ishlab chiqqan.
A.S/GXolmuradov (1939-1997) mikroorganizmlarni vitaminlari va
kofermentlarini o‘rgangan. Shu birikmalardan biologik preparatlar tayyorlab,
ularni chorvachilikda qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqqan.
A.S. Xolmuradov O‘zR fanlar akademiyasining Mikrobiologiya institu-tini
direktori bo‘lgan vaqtida mikrobiolog - fan doktorlari pleyadasini (atoqli arboblar
guruhi) tayyorladi. hozirgi vaqtda ular O‘zbekistonda mikro-biologiya fanining
asosiy yo‘nalishlarini boshqarib bormoqdalar.
M.I. Mavlyani O‘zbekiston mintaqasining achitqilarini o‘rgangan. Oziq-
ovqat sanoati uchun yuqori faol (aktiv) achitqilarning turini tanlovi, yangi navlari
(seleksiyasi) va tasnifini (sistematikasini) yaratdi. Olima achitqi-larning faol
turlarini non va sharob ishlab chiqarishlarga joriy qildi. Qishloq xo‘jaligi va sanoat
chiqindilarini asosida achitqilar yordamida oqsilga boy yem tayyorladi.
Q.D. Davronovning ilmiy inshari mikroorganizmlar fermentlari sohasida
bo‘lib, ayniqsa lipaza bo‘yicha chuqur tadqiqotlar qilgan. Olim, lipaza fermentini
faol ishlab chiqaruvchi mikroorganizmlarning yangi navini yaratib, ularning
maxalliy shtammlari lipazani sintez qilishi yo‘llarini o‘rgandi hamda ferment
tarkibini (strukturasini) va issiqqa bardoshlik mexanizmini aniqladi.
Dunyo dietolog olimlarining fikriga qaraganda sababi ko‘zga aniq ko‘rinib
turmaydigan kasalliklarning deyarli 99% noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq. Bu
ratsional ovqatlanishning odam sog‘ligi uchun ahamiyati o‘ta kattaligidan yaqqol
dalolat beradi. Ovqatlanishning inson sog‘ligiga ta’sirini hisobga olib, olimlar
ovqatlanish muammolari bilan qadimdan shug‘ullanib kelishgan. Ovqatlanish
fanining rivojlanishiga hozirgi Markaziy Osiyo hududida yashab o‘tgan olimlar
ham katta hissa qo‘shishgan.
Butun dunyoda, shu jumladan Markaziy Osiyoda, ovqatlanish konsepsiyalari
va ularning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan olimlarning dunyoqarashlari
V.I.Is’haqov va T.I. Is’haqovalarning monografiyasida (Drevo mudrosti i
zdorovya. Pitanie v istorii kulturы narodov Vostoka. – T.: “Fan”, 1991) batafsil
ko‘rib chiqilgan.
2.Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi
tashkiloti xamda Jahon sog‘lig‘ini saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, xozirgi
vaqtda dunyoda deyarli xar to‘qqiz odamning biri to‘yib ovqatlanmayapti,
sayyoramiz aholisining 30 foizidan ziyodi to‘laqonli ravishda ovqatlanmaslik, eng
asosiy mikroelement va vitaminlar yetishmasligi muammosini boshidan
kechirmoqda.
“Er yuzi aholisining tez ko‘payib borayotgani bilan oziq-ovqat mahsulotlari
ishlab chiqarish hajmining o‘sish imkoniyatlari cheklangani o‘rtasidagi tafovut
oziq-ovqat dasturini xal etish masalasi yildan-yilga keskinlashib borayotganining
asosiy sababi ekani, natijada atrof-muxitning ekologik jihatdan buzilishi xamon
davom etayotgani, iqlim o‘zgarishlarining oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlari,
tez-tez takrorlanayotgan qurg‘oqchilik va suv resurslari taqchilligi, jumladan,
sug‘orish uchun yer osti suvlarining tugab borayotgani, irrigatsiya, meloratsiya va
yerlarning unumdorligini qayta tiklashga yo‘naltiriladigan investesiyalarning
yetarli emasligi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida xal etishni talab
qilayotgan o‘ta muhim mhammolar”dir [14].
Mamlakatimiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Bugungi
kunda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida xal etishni talab qilayotgan o‘ta
muhim mhammolar, xech shubxasiz, shu boradagi sa’y-xarakatlarni yanada
muvofiqlashtirish va keng miqiyosdagi xalqaro xamkorlikni, kelajakka qaratilgan
yondashuv va xulosalarni birgalikda ishlab chiqishni taqozo etadi. Va o‘z-o‘zidan
tushunarliki, jahonning turli mamlakatlarida to‘plangan tajriba va amaliyot bilan
tizimli va doimiy ravishda almashib turishni talab qiladi [25]. Oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlash borasida xal etishni talab qilayotgan o‘ta muhim
mhammolar yuzasidan Prezident I.A.Karimov tomonidan jahonning turli