PALEOLIT DAVRI ARXEOLOGIYASI
REJA:
1. Paleolit - tosh davrining dastlabki bosqichi.
2. Paleolit davrining o'rganilish tarixi.
3. Paleolit davrining xo'jalik xususiyati va shakllari.
4. Osiyo, Yevropa va Afrikaning paleolit davriga oid yodgorliklari tavsifi.
T A Y A N CH S O’ Z L A R
Paleolit, Olduvay, Sent-Ashel, Shell, Mustye, Altamir, La-Mut, Teshiktosh,
Obirahmat, antropologiya, arxantrop, arxey, paleozoy, mezozoy, kaynozoy,
irqshunoslik, paleoantropologiya, pitekantrop, sinantrop, neandertal, geydelberg.
Tosh davri eng uzoq davom etgan tarixiy davr hisoblanib, qadimgi odamlar
tomonidan mazkur davrda asosiy mehnat qurollari toshdan yasalgan. Tosh davri
milodgacha IV ming yillikkacha davom etgan.
Tosh davri arxeologiyada qadimgi (paleolit) va yangi (neolit) tosh davrlariga
bo’linadi. Shuningdek, paleolitdan neolitga o’tish davrini bir-biriga bog’lovchi o’rta
tosh davri (mezolit) ga ham bo’linadi.
Tosh davrida insoniyat rivojlanishining natijasi o’laroq ko’plab yirik
kashfiyotlar qilingan. Ular sirasiga olovni olish va undan foydalanish, kiyim-kechak
tayyorlash, uy-joy qurish, kamonning kashf etilishi, turli mehnat, ov va baliqchilik
qurollarining yasalishini alohida ko’rsatib o’tish mumkin. Tosh davrining oxiriga
kelib odamlar turli idishlar yasashni, mato tayyorlashni o’rganadilar. Shuningdek,
turli narsa buyumlar, o’simliklar va hayvonlarning foydali tomonlarini ham
o’zlashtirdilar. Eng diqqatga sazovor jihati dehqonchilik va chorvachilikning
vujudga kelishi, ya’ni mehnat taqsimoti bo’ldi.
Paleolit davri tosh davrining eng qadimgi davri bo’lib, bundan 2,5 mln.dan 14
ming yillikkacha bo’lgan davr kiradi.
Paleolit davri o’z navbatida 3 bosqichga bo’linadi: quyi yoki ilk paleolit (2,5
mln. – 150 mingyillik), o’rta paleolit (150 ming yillikdan – 40 ming yillikgacha) va
yuqori yoki so’nggi paleolit (40 – 14 ming yilliklar).
Insoniyatning qadimgi davri haqida antik davr mualliflarining asarlarida
dastlabki ma’lumotlar keltiriladi. Yunon faylasufi Demokrit (mil.av. 460-370)
ibtidoiy davr odamlarining hayotini tasvirlar ekan, ularni boshpanasiz, kiyim-
kechaksiz, olovni bilmay va tartibsiz hayot kechirganliklarini keltirib o’tadi.
Aristotel, mil.avv. I asrning 1-yarmida yashab o’tgan faylasuf Lukretsiyning
asarlarida ham qadimgi odamlar hayoti haqida ayrim ma’lumotlar uchraydi.
1813 yilda daniyalik tarixchi Vedel Simonsen qadimgi davr - tosh, bronza va
temir davriga bo’linishini taklif qilgan bo’sada arxeologik jihatdan isbot qilib bera
olmagan. Buni yana bir daniyalik tarixchi, Kopengagen muzeyining direktori,
arxeolog Kristian Yurgensen Tomsen (1788-1865) amalga oshiradi. U topilgan
moddiy ashyolarni 3 davr bo’yicha taqsimlab chiqadi. U aniq bir davrni bermagan
bo’lsada, mehnat qurollarining yasalish uslublaridan kelib chiqib bosqichlarga
bo’lganligini ko’rsatadi. Uning bu fikri ko’pchilik tarixchilar, xususan nemis
mutaxasislari tomonidan qattiq tanqid qilinadi.
Shved arxeologi Gildebrand Tomsen bilan tanishgach, Lund va
Stokgolmdagi muzeylarni uning davrlashtirishi bo’yicha tuzadi. Keyinchalik buni
Germaniyadagi Shverin muzeyi direktori Fredrix Mel ham amalga oshiradi.
Shunday qilib Tomsenning arxeologik davrlashtirishi boshqa tarixchilar tomonidan
ham qabul qilinadi.
1832 yilda Fransiyaning Somma daryosi bo’yidagi Abbivil shahri yaqinida
olib borilayotgan qurilish ishlari jarayonida juda katta, hozirgi biror hayvonga teng
kelmaydigan suyak qoldiqlari, kremen toshi topiladi. Bu topilmalar bojxona
amaldori, havaskor arxeolog Bushe de Pertga katta qiziqish uyg’otadi.
XIX asrning 50-yillarida Olduvay (Tanzaniya) dan keyin 2-o’rinda turuvchi
qadimgi manzilgoh - Sent Ashel tolpiladi. Bu yerdan juda ko’plab toshdan qilingan
“boltalar” topiladi (800 ga yaqin). Ular ustida 25 yil davomida tadqiqot ishlarini olib
boragan arxeolog Rigollo ularni soxta emasligini tasdiqlaydi. Keyinchalik Shell
(Fransiya), Ispaniyaning Dordon departamentida Solyutre va Mustye manzilgoh-
larining topilishi tosh davri qurollarining yasalish uslubi va texnikasini o’rganishga
yo’l ochib berdi. 1868 yilda Shimoliy Ispaniyada Altamir g’oridagi qoyatosh
suratlari ovchilar tomonidan topiladi va arxeolog Savtuola tomonidan o’rganiladi.
Bunga o’xshash qoyatosh suratlari Dordondagi La-Mut g’orida arxeolog Emil
River tomonidan o’rganiladi. 1892 yilda birinchi marta Brassempuida suyakdan
qilingan ayol haykalchasi topiladi.
O’rta Osiyoda paleolit davrining o’rganilish tarixi 1938 yildan boshlanadi. Bu
yilda A.P. Okladnikov tomonidan Teshiktosh g’ori topiladi va mustye davri
madaniyati hamda neandertal tipga mansub odam suyaklari topiladi. Bu esa, O’rta
Osiyoning boshqa hududlarida ham ilk paleolit davriga oid yodgorliklarini topib
o’rganish imkoniyati paydo bo’ldi. Ilk paleolit davri yodgorliklarida D.N. Lev, B.A.
Ranov, M.M. Gerasimov, R.H. Suleymanov, M.R. Qosimov, N.X.Toshkanboyev, O’.I.
Islomovlar tomonidan tadqiqotlar olib bordilar.
Ilk paleolit davrida insoniyat tarixida tabiat katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Inson va uni o’rab turgan tabiat o’rtasidagi doimiy munosabatlar uzluksiz jarayon
shaklini olgan.
Ilk paleolitda biologik jihatdan – tabiiy saralanish va jinsiy tanlanish, mehnat
jarayonida arxantroplar (dastlabki odamlar) o’tmishdoshlaridan juda uzoqlashib
ketadilar. Mehnat qurollarini yasash, qo’lning mehnat faoliyati uchun bo’shashi, uni
alohida vazifalar bajarishi, go’shtli ovqatning iste’mol qilinishi va boshqa ijtimoiy
va tabiiy omillar tufayli odamzod rivojlanib borgan.
Ilk paleolitning dastlabki davrida Janubiy va O’rta Yevropada iqlim subtropik,
Janubiy Osiyo va Afrikada esa, tropik bo’lib, issiqsevar hayvonlar keng tarqalgan.
Masalan, Yevropada fillar, begemotlar, primitiv (Stenon otlar) otlar; Osiyoda esa,
ibtidoiy xo’kizlar, karkidonlar, zebra paydo bo’lgan. O’simliklar esa, hamisha yashil
rangda bo’lgan. Janubiy va Markaziy Yevropa hududlarida shamshod, dafna, anjir;
Yevropaning boshqa hududlarida esa, qalin, keng bargli daraxtlardan tashkil topgan
o’rmonlar tarqalgan. Osiyo va Afrika hududlarida ham issiqsevar o’simliklar keng
tarqalgan.
Ilk paleolitda dastlabki odamlar Shimoliy Afrika, Yevropa va Osiyo
hududlarida yashagan. Miloddan avvalgi 600-400 ming yilliklarga kelib, ular
Markaziy Osiyo, Kavkazorti hududlariga ham o’rnashadi.
Ilk paleolit davrida yashagan ibtidoiy odamlar tosh qurollar yasagan va
ulardan o’zlarining mehnat faoliyatlarida foydalangan. Bu davrning asosiy quroli –
cho’qmor bo’lib, u 20 sm uzunlikda va 1 kg dan ortiq og’irlikda, ko’pincha
bodomsimon shaklda bo’lgan. Cho’qmor chopqi deb ham ataladi. Cho’qmor shell
davrining asosiy quroli bo’lib, u ikki tomonlama simmetriyali qilib, urib to’g’rilash
texnikasi (usuli) bilan yasalgan. Cho’qmorning pastki qismi toshni kertib ishlash
texnikasi (usuli) bilan yasalgan bo’lib, u o’tkirlangan, chetlari notekis, egri-bugri
shaklga ega bo’lgan. Har qanday tosh shell davri qurolini yasash uchun yaroqli
bo’lmagan. Tosh qattiq va tez uchirmalar hosil qilish imkonini berishi kerak edi.
Shuning uchun ham, dastlab qurollar yasash uchun asosiy xomashyo vazifasini
daryo va dengiz toshlari bajargan. Dengizdan, daryochalardan kvarts, kremen
toshlari olib kelinib, ulardan qurollar yasalgan. Ilk paleolitda chaqmoqtoshlardan
ham ko’plab tosh qurollar yasalgan. Ular boshqa toshlarga nisbatan mo’rt bo’lsada
turli shaklga keltirilib, o’tkir, keskir xususiyatga keltirilgan. Ammo chaqmoqtoshlar
tabiatda ko’p uchramagan. Chaqmoq-toshlardan qurollar yasash quyidagicha
amalga oshirilgan: dastlab chaqmoqtosh olingan bo’lib, uning atrofi boshqa bir tosh
bilan (u qattiqroq bo’lgan va tosh uchirgich - bolg’a vazifasini bajargan) urib
uchirilgan. Uning o’rni esa, keskir va o’tkir shaklga aylangan. Tosh qurollar
yasashning ushbu usuli – toshni kertib ishlash texnikasi deb atalib, ushbu usul bilan
shell davrida dastasiz cho’qmorlar yasalgan1.
Shuni ta’kidlash kerakki, ashel davri xronologik jihatdan shell davridan katta
farq qilmasada, ashel qurollari shell qurollariga nisbatan hiyla taraqqiy etgan. Ashel
qurollarida tosh uzoqdan uchrindilar olingan joy ma’lum shaklga ega bo’lgan. Ya’ni
bu davrda odamlar tosh qurollarni qulayroq shaklga keltira olgan. Uchburchak
shakldagi, uzunchoq, dumaloq va boshqa shakldagi qurollar hosil qilingan. Ashel
davrida ayrim qurollarning shakli uni ishlatish xususiyatiga bog’liq bo’lgan.
So’nggi ashelda tabiat keskin o’zgara boshlaydi. O’simliklar, hayvonot
dunyosi, iqlimning o’zgarishi ibtidoiy odam xo’jaligiga ham ta’sir etadi. Iqlimning
o’zgarishi yer yuzini ulkan muzliklar qoplashi bilan xarakterlanadi. Muzlik –
odamning paydo bo’lishi davri bo’lgan kaynozoy erasining to’rtlamchi bosqichida
siljiy boshlaydi. Muzlik izlarini olimlar mo’tadil iqlim mintaqalarida o’rganganlar.
Tropik
zonalarda
muzlikning
siljishi
plyuvia
davrini
(plyuvia-yomg’ir)
shakllantirgan. Masalan, bu davrda Sahroi Kabirdan daryolar oqqan.
Ashel davrida Shimoliy Amerika hududlari deyarli muzlik bilan qoplangan.
Janubiy Amerikada muzlik ancha ichkariga kirib borgan. Yevropaning katta va
Osiyoning bir qismini muzlik egallagan. Muzlikning markazi Grenlandiya bo’lgan.
Muzlik paleolit davrida bir necha million kv.km. ni tashkil etgan. Uning balandligi
1-2 km dan ortiq bo’lgan.
Olimlar to’rt marotaba muz siljib kelgan degan fikrni ilgari suradi.
Muzlikning siljishini gints, mindel, riss va vyurm deb bosqichlarga bo’lganlar. Bu
terminlar Alp tog’idagi qishloqlar nomidan kelib chiqqan. Bu qishloqlarda muzliklar
va muzlik yotqiziqlari birin-ketin qatlamlangan bo’lib, uning izlari XX asrning
o’rtalarigacha saqlanib qolgan. Gints va mindel muzligi O’rta Yevropa hududlariga
yetib kelgan. Riss esa, yanada kengroq hududlarni qoplagan. So’nggi ashel davri
esa, xronologik jihatdan riss muzligidan oldingi bosqich bo’lgan. Muzlikning siljib
kelishi natijasida sovuqqa chidamsiz hayvonlar qirilib ketadi. Ularning ko’p qismi
1 Egamberdiyeva N.A. Arxeologiya.-T.: “Fan va texnologiya”, 2011. 18-19-bet.
janubiy hududlarga qarab siljidi. Muzlik bilan kurashish vositalari kam bo’lganligi
uchun ko’plab ibtidoiy odamlar sovuqqa bardosh bera olmagan.
Shell va ashel makonlari ochiq turdagi makonlar bo’lib, ular chaqmoqtosh
xom ashyolari mavjud bo’lgan ochiq joylarda, tepaliklarda joylashgan. Ibtidoiy
odamlar o’z ehtiyojini qondirish maqsadida bir joydan ikkinchi joyga ko’chib
yurgan. Ular tabiatdagi tayyor mahsulotlarni o’zlashtirib, hayot kechirgan. Ovchilik
ham ular hayotida asosiy o’rinda bo’lgan. Odamlarning eng qadimgi mashg’uloti -
terimchilik va ov-o’zlashtiruvchi xo’jalik deb nomlanadi.
Shell davrida yashagan odamlar asta-sekin yer yuzining ko’plab hududlariga
o’rnasha boshlagan. Ashel davrida ular shimoliy hududlarga qarab siljigan. Ashel
davridan odamlar sun’iy makonlarda yashashga harakat qiladi. Dastlabki sun’iy
makonlar - g’orlar edi. Qadimgi odamlarning g’orlarga joylashishi va o’rnashishi
bilan odamlar ko’chmanchi hayotdan o’troq kun kechirishga o’ta boshladi. Ibtidoiy
to’da ichida ayollar va erkaklar o’rtasidagi mehnat taqsimlanadi. Ya’ni erkaklar
ozuqa topish zarurati tufayli ko’proq ovga intilgan bo’lsa, ayollar g’orni qo’riqlash,
bu davrda o’zlashtirilgan olovni o’chirmasdan saqlashga harakat qilishgan.
Bu davr ozuqalari – yeyish mumkin bo’lgan o’simlik tomirlari, o’simlik
mevalari, hayvon go’shtlari edi. Yangi ko’nikmalarning paydo bo’lishi va
o’zlashtirilishi ijtimoiy munosabatlarni rivojlantiradi. Ilg’or jarayonlarning
rivojlanishiga olovdan foydalanish kuchli turtki beradi. Tabiat bilan kurashish
vositalarini topilishi bundan keyingi kishilik madaniyati taraqqiyotining bevosita
natijasi bo’ladi. Chunki odamzodni halokatdan saqlab qolgan vosita - mehnat
ko’nikmasi edi. So’nggi ashelda odamzod olovdan tabiiy holda foydalangan. Chunki
o’t - olov sovuqdan, yirtqich hayvonlardan saqlanish uchun zarur edi.
Bu davrda ibtidoiy odamlar turar joylarga ham zarurat seza boshladi. Chunki
iqlim sovuq, havo nam bo’lib, odamlar g’orlarni egallashga kirishadi. Asta – sekin
hayvon terilariga ehtiyoj tug’iladi. Bu davrda xo’jalik hayoti yuritilishida ham
o’zgarishlar paydo bo’ladi. O’zlashtiruvchi xo’jalikni asosiy shakli bo’lgan
terimchilik o’zining hal qiluvchi ahamiyatini yo’qota boshladi. Sababi, sovuq
iqlimda tabiatda uchraydigan daraxt mevalari, o’simlik tomirlari kamyob bo’lib
qoladi. Natijada hayvonlarni ovlashning ahamiyati ortadi. Asta - sekin ovlash
usullari ishlab chiqiladi.
Ovchilikda yog’och nayzalar, chaqmoqtosh qurollar ishlatila boshlanadi.
Yangi sharoit va yashash zarurati ehtiyojni qondirish yo’llarini izlash (qurollarni
mukammallashtirish, teridan kiyim tikish), qurollar evolyutsiyasida yangiliklarni
paydo bo’lishiga olib keladi.
Paleolitning ilk bosqichi izlari arxeologlar tomonidan yer yuzining ko’plab
hududlaridan topib o’rganilgan. Bu davrda yashagan pitekantrop (maymun odam),
sinantrop (Xitoy odami), geydelberg (Germaniya odami) tipidagi odamlar tuzilishi
jihatidan odam bilan (odamsimon) maymun o’rtasidagi holatda bo’lganlar. Ular
yuqorida aytilgandek, to’da bo’lib, yashagan, so’zlashishni bilmagan, toshga ishlov
berishning shell va ashel texnikalaridan foydalangan. Eng qadimgi odamlardan
pitekantrop izlari Yava orolida, Sinantrop izlari Xitoyda topilgan. Shell va ashel
madaniyati qoldiqlari Old Osiyo, Kavkazorti, Qora Dengiz, Osiyo va Afrika
hududlarida ham saqlanib qolgan.
Ma’lumki, Markaziy Osiyo, xususan O’zbekiston hududida eng qadimgi
odamlar ilk paleolit davrida taxminan mil. avv. 700-500 ming yillar oldin paydo
bo’lgan. O’zbekiston hududida yashagan odamlar Janubi-sharqiy va Sharqiy
Osiyoning eng qadimgi odamlari bo’lgan «Sinantrop» - «Xitoy odamlari» ga yaqin
bo’lgan.
Markaziy Osiyo hududlaridan ibtidoiy kishilarning eng qadimgi tosh davri
yodgorliklari topilgan. Ko’lbuloq, Uchtut, Bo’riqazigan, Tanirqazigan, Onarcha,
Qoratangir, Qizqal’a, Yangaja, Takali, Kamar, Uchbuloq, Qoratog’, Havolang va
boshqa makonlar arxeologlar tomonidan o’rganilgan.
Ko’lbuloq makoni Toshkent viloyati Angren shahri yaqinida Qizilolma
soyining chap sohilida joylashgan. Ko’lbuloq makoni fanga 1963 yildan ma’lum.
Makon dastlab arxeolog M.R. Qosimov tomonidan o’rganila boshlangan. Ko’lbuloq
41 qatlamli yodgorlik bo’lib, uning yuqori qatlamlari so’nggi tosh va mustye
davrlariga oid, quyi qatlamlari ashel’ davriga mansubdir. Makondan ko’plab
chaqmoqtoshlar, kvarts, slaneslardan yasalgan qurollar topilgan. Nukleuslar,
parrakchalar, qo’l chopqilari, sodda tosh kirgichlari ham topilgan bo’lib, ular
ishlanish texnikasi jihatidan o’ziga xos xususiyatlarga egadir. Ko’lbuloq makonida
yashagan ibtidoiy odamlar ovchilik va terimchilik bilan shug’ullangan. Ko’lbuloqqa
ajdodlarimiz bundan 200 ming yillar burun kelib o’rnashgan. Bu erda arxantroplar,
sinantroplar va kramon’on tipidagi odamlar yashagan.
Ko’lbuloq makonida 2002 yildan tadqiqot ishlari qayta boshlandi. O’zR FA
Arxeologiya instituti Toshkent bo’limi, O’zMU olimlari tomonidan olib borilgan
tinimsiz izlanishlar natijasida 10.000 ga yaqin birlamchi va ikkilamchi ishlov
berilagn tosh qurollar o’rganildi. 2003 yilning 3 oktyabrida Ko’lbuloq makoni
moddiy manbalari asosida Xalqaro ilmiy konferentsiya o’tkazildi. Hozirgi kunda
Ko’lbuloq makoniga davlat tomonidan muhofaza etiladigan «Tarixiy qo’riqxona»
maqomi berilgan2.
O’zbekistonda Janubiy Farg’onadagi Selung’ur va Toshkent viloyatidagi
Boltag’or makonlarida ham ashel davri tosh qurollari topilagn. Selung’ur g’ori
madaniy qatlamlaridan eng qadimgi odam - arxantrop tish parchalari topilgan. Fanga
Selung’ur g’ori 1958 yildan ma’lum. Dastlab g’or-makon akademik A.P. Okladnikov
tomonidan o’rganilgan va u so’nggi poleolit davriga oid degan fikr bildirilgan. 1980
yilda akademik O’.I. Islomov g’orda qayta qazish ishlarini o’tkazib, ko’plab tosh
qurollar, hayvon suyaklari qoldiqlarini topadi. O’.Ismoilov g’orni ashel davriga
mansubligini ilmiy asosda isbotlaydi.
O’rta Osiyo, xususan O’zbekiston odamzodning ilk bor paydo bo’lgan
mintaqalar qatoriga qo’shildi.
1955 yilda Toshkentdan 15 km g’arbda Shoimko’prik deb nomlangan joyda
Qoraqamish suvining bo’yida ashel davriga mansub madaniy qatlamlar o’rganilgan.
Madaniy qatlamlardan ko’plab tosh qurollar topilgan bo’lib, ular hozirgi kunda
O’zbekiston Davlat Tarix Muzeyida saqlanmoqda.
Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumanida, Farg’ona vodiysining Qayrag’och
qishlog’i yaqinidagi Boqirg’on darasida, Isfayram soyida, Palman qishlog’i yaqinida,
Ho’jaxayr soyining o’ng sohilida, Navoiy viloyatining Uchtut qishlog’i yaqinidagi
2 Egamberdiyeva N.A. Arxeologiya.-T.: “Fan va texnologiya”, 2011. 21-22-bet.
Voush tog’ining yon bag’rida joylashgan makonlar (Ijond-Voush) da, shuningdek,
Janubiy Turkmaniston hududlarida ham ilk poleolit davri ibtidoiy odamlarning izlari
o’rganilgan.
Umuman olganda ilk poleolit davri odamlari toshdan qurol yasab, uni ishlatib
va qurollarni takomillashtirib borgan sari, o’zlari ham rivojlanib borganlar. Bundan
400-500 ming yillar ilgari «shell» va «ashel» madaniyatini yaratgan, dastlabki tosh
qurol - cho’qmor yasash orqali kishilik madaniyatiga asos solgan odamlar yashash
uchun qulay bo’lgan hududlarda o’rnashgan. Ular o’z faoliyati izlarini oddiy
yodgorliklar bo’lgan qadimgi makonlar va ulardagi madaniy qatlamlarda
qoldirganlar. O’rta Osiyo, jumladan hozirgi O’zbekistonning geografik sharoiti
ibtidoiy odamlarning yashashi uchun juda qulay bo’lgan va bu davrda uning keng
hududlarida
odamlar
yashab,
yaratuvchanlik
faoliyatlarini
boshlaganligi
shubhasizdir.
Janubiy Qozog’iston hududida ham ilk paleolit davriga oid bir qancha
yodgorliklar ochib o’rganilgan. Takali, Bo’riqazigan, Tanirqazigan, Kamar va
Shabakti shular jumlasidandir.
Takali joy-makonlari Qoratog’ tizmasi yonbag’irlarida joylashgan
yodgorliklar majmuasi hisoblanadi. Bu yerdan yirik tosh chopqilar, yirik uchrindilar
va yumaloq toshlardan iborat jami 300 dan ortiq tosh qurollari topilgan. Olimlarning
fikriga ko’ra, Takali tosh qurollari ilk tosh asrining so’nggi bosqichi – ashell-mustye
davriga, ya’ni mil. avv. 300-100 ming yilliklarga mansubdir3.
Qirg’ziston hududida ham ilk tosh davriga oid yodgorliklar topib o’rganilgan.
1953 yilda On Archa degan joyidan mil. avv. 300-100 ming yilliklarga mansub
chaqmoqtoshdan yasalgan qo’l cho’qmorlari, nukleuslar, uchrindi va boshqa tosh
parchalari topilgan.
Tojikistonda arxeologlar va geologlalning hamkorligidagi tadqiqotlari
natijasida Qoratog’ I, Lohutiy I va Havolang kabi joy-makonlari topildi.
Qoratog’ I joy-makoni Dushanbe shahridan 50 km janubi-sharqda, O’tagan
qishlog’idan 1 km janubi-sharqda joylashgan. Bu yerdan qirg’ich, teshgich, chopper,
3 Egamberdiyeva N.A. Arxeologiya.-T.: “Fan va texnologiya”, 2011. 28-bet.
uchrindilar, tosh parchalari, nukleuslar, qayroq toshlar, qo’pol tosh chopqilari
topilgan.
1947 yilda mash’hur arxeolog olim A.P. Okladnikov Turkmanistonning
janubiy qismida, Kopetdog’ etaklaridan ilk tosh davriga oid yodgorliklarni tadqiq
etgan. Yaganja va Qora Tanger shular jumlasidandir.
Mustye davrining o’rganilishi O’rta Osiyo hududida Teshiktosh g’orining
ochilishi bilan bog’liq. Bugungi kungacha mustye davriga oid 100 dan ortiq
yodgorliklar ochib o’rganilgan. O’rta Osiyoning eng mash’hur mustye
yodgorliklariga Teshiktosh, Omonqo’ton, Obirahmat, Xo’jakent, Ko’lbuloq,
Qo’tirbuloq, Uchtut, Qayroqqum, Og’zikichik, Oqjar, Qora-Bura, Tossar va
boshqalarni kiritish mumkin.
Teshiktosh g’or-makoni Surxondaryo viloyati Boysuntog’ tumanidagi
Boysun tog’ining janubiy yonbag’ridagi Turgandaryoning Zavlatashgansoy
darasida, dengiz sathidan 1500 m balandda joylashgan. G’or shimoli-sharqqa
qaragan, kengligi 20 m, chuqurligi 21 m, balandligi 9 m. Olib borilgan qazuv ishlari
natijasida 5 ta madaniy qatlam borligi aniqlangan. Madaniy qatlamlardan 2859 ta
toshdan yasalgan mehnat qurollari, gulxan izlari va kul qoldiqlari, tog’ echkisi,
bug’u, yovvoyi ot, ayiq, quyon, kemiruvchi va parrandalarning suyak qoldiqlari
topildi. Teshiktoshdan topilgan topilmalar orasida 25 sm chuqurlikda neandertal
tipdagi odam suyagi qoldiqlari topildi. Bu topilmani mash’hur antropolog olim
M.Gerasimov o’rganib chiqib, uning taxminiy qiyofasini tiklagan. Teshiktoshliklar
asosan ovchilik va qisman termachilik bilan shug’ullanganlar4.
Omonqo’ton g’or-makoni Samarqand viloyatidagi Zarafshon tog’
tizmasining g’arbiy yonbag’rida joylashgan Omonqo’ton qishlog’i yaqinida
joylashgan. G’orning kengligi 1,5 m, balandligi 0,9 m, chuqurligi 25 m. G’or-
makonning madaniy qatlamlaridan qirg’ich, paykon, plastinkalar, nukleuslar, qo’l
chopqilari, Osiyo mufloni (arxar), qo’ng’ir ayiq, tog’ echkisi suyagi, gulxan
qoldiqlari topilgan. Bu yerda yashagan qadimgi odamlar asosan ovchilik va
termachilik bilan shug’ullanishgan.
4 Egamberdiyeva N.A. Arxeologiya.-T.: “Fan va texnologiya”, 2011. 25-bet.
Obirahmat g’or-makoni Toshkent shahridan 100 km shimili-sharqda,
G’arbiy Tyan-Shan – Chotqol tizmasidagi Paltov soyining yuqori sohilidi
joylashgan. Qazuv ishlari jarayonida 21 ta madaniy qatlam mavjud ekanligi
aniqlandi. Ko’plab tosh qurollar, har xil hayvonlar suyaklari, gulxan va kul
qoldiqlari topilgan.
Olimlarning farazlariga ko’ra, bu yodgorlikda odamlar bundan 120-40 ming
yil muqaddam istiqomat qilishgan5.
Xo’jakent manzilgohi Toshkent shahridan 80 km shimoli-sharqda, Chirchiq
daryosining chap sohilidagi Xo’jakent qishlog’i yaqinida joylashgan. G’or shimoli-
g’arbga qaragan, balandligi 2,5 m, kengligi 6 m, chuqurligi 4 m. G’ordan ishlov
berilgan nekleuslar, qo’l chopqilari, parrakchalar, teshgich-bigizlar topilgan bo’lib,
odamlar miloddan 100-40 ming yillar ilgari yashaganlar va asosan termachilik
hamda ovchilik bilan shug’ullanganlar.
Ko’buloq joy-makoni Ohangaron daryosining o’ng irmog’idan biri – Qizil
olma soyining o’rta oqimida, Angren shahridan 10-12 km g’arbda joylashgan Obliq
qishlog’idan 5 km shimoli-g’arbda joylashgan. Bu yodgorlik ko’p qatlamli bo’lib,
unda arxantroplar, neandertallar va kramonyonlar yashashgan. Ko’lbuloq 41 ta
qatlamdan iborat bo’lib, 4-8 qatlamlari mustye davriga taalluqlidir6.
Qo’tirbuloq makoni Samarqand viloyati, Kattaqo’rg’on tumanidagi Charxin
qishlog’idan 700-800 m uzoqda joylashgan ochiq manzilgohdir. Bu yerdan ko’plab
paykonlar, qirg’ichlar, chopping, chopper, yassi nukleuslar, fil, tur, bug’u, yovvoyi
ot, Buxoro bug’usi suyagi qoldiqlari, gulxan va kul qoldiqlari topilgan7.
Mustye davriga oid yodgorliklarda olb borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki,
mustye neandertallari g’orlarda ham, ulkan mamont suyaklaridan qilingan turar joy
– chumalarda ham yashaganlar. Mazkur davrda odamlar olovni saqlabgina qolmay,
balki yog’ochni bir-biriga ishqalash yo’li bilan yoki chaqmoqtoshni bir-biriga urish
natijasida olov hosil qilishgan.
5 Egamberdiyeva N.A. Arxeologiya.-T.: “Fan va texnologiya”, 2011. 25-26-bet.
6 Egamberdiyeva N.A. Arxeologiya.-T.: “Fan va texnologiya”, 2011. 26-27-bet.
7 Egamberdiyeva N.A. Arxeologiya.-T.: “Fan va texnologiya”, 2011. 29-bet.
O’rta paleolit davri odamlarining asosiy mashg’uloti mamont, bison, bug’u,
tog’ echkisi, arxar va boshqa hayvonlarni ovlab kun ko’rish bo’lib, ovchilik ular
hayotida muhim o’rin tutgan. Ovchilar chaqmoqtosh, o’q qadalgan nayzalar,
gavronlar bilan qurollangan edilar. Lekin termachilik ham ular xo’jalik hayotining
asosini tashkil etgan.
Mustye davri kishilari neandertallar hisoblanib, hali ularning tashqi qiyofasida
maymunga xos belgilar birmuncha saqlanib qolgan edi. Ularda hozirgi qiyofadagi
kishilarga o’tish jarayoni borayotgan, ishlab chiqarish qurollari takomillashayotgan,
nutq madaniyati o’sa borib, fikrlash ancha oshgan, olov sun’iy tarzda yaratila
boshlangan. Mazkur davrda ibtidoiy to’dadan urug’chilik tuzumiga o’tila
boshlangan. Shuningdek, bu davrda murdalarni sun’iy tarzda kovlangan qabrga
ko’mish birinchi bor qo’llanilganki, bu ancha murakkab g’oyaviy tushunchalar
paydo bo’lganligidan dalolatdir.
Olimlarning ilmiy farazlariga ko’ra, biz yashab turgan Yer sayyorasi 5 mlrd.
yil muqaddam paydo bo’lib, dastlab unda hech qanday hayot bo’lmagan. Yer tarixi
geologik jihatdan arxey, paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralariga bo’linadi.
Arxey erasining oxirida Yerda juda oddiy tirik mavjudotlar, paleozoyda suvda va
quruqlikda yashovchi hayvonlar, mezozoyda sudralib yuruvchilar paydo bo’ladi.
Yer tarixining kaynozoy erasida esa, sut emizuvchi hayvonlar tarqaladi. Bu era, o’z
navbatida, uchlamchi va to’rtlamchi bosqichlarga bo’linib, uchlamchi bosqich 50-
60 mln., to’rtlamchi bosqich 3-3,5 mln. yilni o’z ichiga oladi.
To’rtlamchi bosqich boshlarida iqlim hozirgiga nisbatan issiqroq bo’lib,
Periney yarimorolidan Xitoygacha bo’lgan hududlar subtropik, Osiyoning janubi va
Afrikaning katta qismida esa, tropik mintaqalar edi. Uchlamchi bosqichning oxiri va
to’rtlamchi bosqichning boshlarida mazkur o’lkalarda maymunlarning xilma-xil
turlari yashagan.
Biz fan tomonidan isbotlangan, odamning hayvonot dunyosidan uzoq vaqt
davom etgan rivojlanish jarayoni oqibatida ajralib chiqqanligi haqidagi fikrga
yondashamiz. Odamning oliy tipdagi maymunsimon ajdodlar bilan bog’liqligi
haqidagi g’oya Ch.Darvinga taalluqli bo’lib, u evalyutsion jarayon natijasida odam
huddi shu odamsimon maymundan kelib chiqqanligini ta’kidlaydi. Ya’ni,
maymunning odamga aylanishida asosiy omillardan biri – tabiiy saralanish va jinsiy
tanlanishdir, degan nazariyani ilgari suradi. Jamiyatshunos olimlar maymunning
odamga aylanishi jarayonida asosiy omillardan yana biri – mehnat ekanligini
ko’rsatib o’tadi.
Biz yuqorida, yer tarixi kaynazoy erasining to’rtlamchi bosqichida odamzod
paydo bo’la boshlaganligini aytgan edik. Uchlamchi bosqich boshlarida iqlim
hozirgiga nisbatan issiqroq bo’lib, Pireney yarim orolidan Xitoygacha bo’lgan
maydonlar subtropik mintaqalar edi. Mazkur o’lkalarda to’rtlamchi bosqich
boshlarida hayvonlarning, shuningdek, maymunlarning xilma xil turlari yashagan.
Ular orasida odamsimon maymunlar ham bo’lib, ular odamning eng qadimgi
ajdodlari hisoblangan. Ular driopitek, ramapitek, avstrolopiteklar bo’lib, shulardan
avstrolopiteklar odamga ko’proq o’xshashligi bilan ajralib turgan. Driopiteklar
hozirgi kunimizdan 15-12 mln yillar ilgari yashagan. Driopitek – «daraxtda yuruvchi
odam» deb nomlanadi. 1856 yilda frantsuz arxeologi Larte Avstriyaning Yuqori
Goranna degan joyidan yer tarixining miotsen yotqiziqlaridan (bundan 5-12 mln. yil
burun) eng oliy tipdagi odamsimon «maymun» driopiteklarga tegishli bo’lgan 3 ta
tish qoldiqlarini topgan. Driopitek odamsimon maymunlar turiga kiradi. Olimlar
uning miya suyagini hajmini o’lganda 600 sm3 bo’lganligini qayd etadi.
Hozirgi kunda dunyoning har xil joylaridan driopiteklarning 10 dan ortiq
turlari topib o’rganilgan. Ch.Darvin Avstriya topilmasini o’rganib uning tishlarida
odamzod tishlariga xos belgilar borligini isbotladi. Ch.Darvin driopitekda
odamzodning ajdodini ko’ra bildi. Darvin yaratgan ta’limotga ko’ra barcha
driopiteklar odamzodning ajdodi bo’la olmaydi. Undan qolgan iz so’nggi (Yuqori
Gerannadagi) si avlod izi bo’lgan. Ramapiteklar ham odamsimon maymunlar turiga
mansub bo’lib, uning qoldiqlari Afrika, Hindiston hududlaridan topilgan.
Ramapiteklar 12-7 mln. yillar ilgari yashagan.
Avstrolopiteklar keyingi tur bo’lib, ular odamga ko’proq o’xshagan va hozirgi
kunimizdan 3 mln. yillar ilgari yashagan. Ularning miya suyagining hajmi 600-700
sm3 bo’lib, avstrolopiteklar ikki oyoqda tik turgan, o’simlik va go’shtni ovqat sifatida
iste’mol qilgan. 1924 yilda Janubiy Afrika hududlaridan odamzodning ilk ajdodi
bo’lgan avstrolopitekning suyaklari topilgan. Olimlar unga «Janubiy odam» deb nom
berishgan.
Yer qa’rining plyutsen (bundan 3-4 mln. yil oldin) yotqiziqlaridan olimlarning
xulosasiga ko’ra, driopitek eng oliy tipdagi odamsimon «maymun» bo’lsa,
avstrolopitek esa, «maymunsimon» odam vakili bo’lgan. Avstrolopitek odamzodning
hayvonlar olamidan odamlar dunyosiga o’tishda qo’yilgan birinchi qadami edi.
1960 yilda arxeolog Luis Liki Sharqiy Afrikaning Olduvay darasidan
odamzodning qadimgi ajdodlari suyak qoldiqlarini topdilar. Olduvayda odam,
hayvon suyaklari bilan bir qatorda tosh qurollar ham topildi. Olimlar bu erdan
topilgan mavjudotni zinjantrop deb atadi va uning yashagan davrini avstrolopitek va
pitekantrop oralig’i deb belgiladi.
Zinjantrop deb atalishiga sabab, uning Tanzaniyaning Zinji nomli qishlog’i
atrofidan topilishi edi. Zinjantroplarga «Homo Hobilis» - «ishbilarmon odami» deb
nom beriladi. Chunki u eng sodda mehnat qurollarini yasay olar edi. Zinjantrop
qoldiqlari Keniya va Efiopiya hududlaridan ham topib o’rganilgan. Zinjantroplar
suyagi topilgan joylardan hayvon suyaklari va tosh qurollar ham topiladi. Afrikadan
«ishbilarmon odamlar» topilgan geologik qatlamning sanasi 3-2 mln. yillar bilan
belgilanmoqda. Bu esa, odamzodning mehnat qila boshlagan ilk ajdodi pitekantropga
qadar zinjantroplar bo’lgan, degan xulosaga olib keladi. Afrikadan topilgan
ishbilarmon odamlar arxantroplar deb nomlangan. Yunoncha «Arxayos» - qadimgi,
«antropos» - odam degan ma’nolarni bildiradi. Demak, arxantroplar toshdan qurol
yasash qobiliyatiga ega bo’lgan odamzodning dastlabki ajdodlaridir.
Kramonon odami zamonasiga kelib ilk ajdodlarimizning biologik, jismoniy
tuzilishi hozirgi zamon odamidan farq qilmaydigan holatga kirdi. Kramon’onlar
davri urug’chilik jamoasining boshlanishi birinchi jamoachilik kurtagining
tugilishidir. Bu o’zgarishlarning barchasiga inson o’z mehnati tufayli erishdi.
Yuqorida ko’rdikki, tabiiy tanlanish va jinsiy saralanish, shuningdek birinchi
navbatda mehnat jarayonida inson tafakkurining rivojlanishi natijasida neandertal
qiyofadagi odamlar hozirgi qiyofadagi kishilarga aylana bordilar. Ular ham aqliy,
ham jismoniy jihatdan kamol topib, uzoq vaqt davom etgan rivojlanish jarayonida
hozirgi qiyofadagi kishilarni shakllantirdi va shu bilan antropogenez jarayoni
nihoyasiga etdi. Huddi shu davrda yevropoid, negroid va mo’g’ul deb nomlangan
dastlabki irqlar vujudga keldi. Insoniyat o’zining hozirgi qiyofasiga yetib kelguncha
2-3 million yillik katta tarixiy davrni bosib o’tdi. Bu kishilar fanda «homo sapines» -
«aql-idrokli odamlar», deb ataladi.
Paleolit – odamning shakllanish davri hisoblanadi. Bu davrda odamlar
ibtidoiy gala davridan urug’chilik tuzumiga o’tishgan. Odamlar o’zlari uchun tosh,
suyak va yog’ochdan ov hamda mehnat qurollari yasay boshlashgan. Bir toshga
ishlov berish uchun odam ikkinchi toshni, suyak yoki yog’ochni ishga solgan. Tosh
qurollariga ishlov berish texnologiyasiga qarab ularni quyidagi bosqichlarga bo’lish
mumkin:
Olduvay bosqichi (bundan 3 mln.-700 ming yil muqaddam). Qurollarning
sodda va oddiyligiga ko’ra ularning jismoniy qiyofasi va tafakkuri hali yetarli
darajada rivojlanmaganligi bilan xarakterlanadi. Bu davr uchun uch xil ko’rinishdagi
qurollar xos. Birinchisi ko’pqirrali tosh qurol bo’lib, asosan o’simliklarni tanalarini
qirishda va hayvonlarni terisini shilishda ishlatilgan. Ikkinchisi tosh uchrindilar
bo’lib, ular toshni toshga urish natijasida hosil qilingan. Bu arxeologiyada retush
texnikasi deb nomlanadi.
Uchinchisi chopperlar bo’lib, asosan chopqi sifatida ishlatilgan. Shu bilan
birga choppenglar ham bo’lib, ularga ikki taraflama urib ishlov berilib, ushlashga
juda qulay qilib ishlangan.
Olduvay tosh qurollari orasida nukleuslar alohida ahamiyatga ega. Ular tosh
qurol yasashda asos vazifasini bajarsa-da, chopperdan ajratish ancha qiyin. Olduvay
qurollarining o’lchami 8-10 sm atrofida.
Bu davrda yashagan qadimgi odamlar tabiatdan ajralmagan holda, olovni
bilmay termachilik va ovchilik bilan shug’ullanishgan. Ular jamoa ko’rinishida
yashab, ovni ham jamoa bo’lib uyushtirishgan.
Ashel davri (bundan 700-150-120 ming yil muqaddam). Ashel davrida yangi
tosh quroli – qo’l chopqilari (ручные рубила) va teshgichlar (кливера) paydo
bo’lgan. Bu davr qurollari olduvay qurollariga nisbatan katta bo’lib, 35 sm gacha
bo’lgan.
Ashel davrida odamlar ovchilikka qulay muqim joyga o’rnashib, tosh qurollar
yasaladigan maxsus “ustaxonalar” tashkil etishgan. Bu davrda olov kashf etilib,
odamlar gorlarda yashab, o’zlarini yovvoyi hayvonlardan himoya qilishga sharoit
yarata boshlaganlar. Jinslar o’rasida taqsimot vujudga kela boshlagan: erkaklar
ovchilik bilan, ayollar esa, “uyda” olovni saqlash, bolalarga va qariyalarga
g’amxo’rlik ko’rsatishgan.
Mustye davri – asheldan keyingi, xronologik jihatdan muzlikning riss
bosqichiga muvofiq keladigan davrdir. Bu bosqich bir necha 10 ming yillar davom
etgan bo’lib, taxminan 40 ming yillar burun tugagan va u Frantsiyadagi Must’e g’or-
makoni nomi bilan atalgan.
Mustye madaniyati – neandertal odamlar hayoti, faoliyati, maishiy
munosabatlarining aks etishidir. Bu davrda neandertallar keng territoriyaga
yoyilgan, tabiat bilan ilk paleolit odamlariga nisbatan faolroq munosabatga
kirishgan. Tabiiy sharoit sovub, Yevropa, Osiyo, Amerika shimoliy viloyatlarining
katta qismini ulkan muzliklar qoplagan. Sharqiy Yevropa hududlariga ham muz
qatlamlari siljigan (uning markaziy Skandinaviya bo’lgan) va qalinligi 2 km.ni
tashkil etgan. Hatto must’e bosqichida O’rta va G’arbiy Sibirni ulkan muzlik qatlami
qoplagan. Shimoli-sharqda esa, markazi Chukotka bo’lgan muzlik qoplagan.
Umuman, million km2 ni muz qoplab, bu joy inson faoliyat ko’rsata olmaydigan
hududga aylangan.
Mustye davrida – mamontlar, shimol bug’ilari va boshqa hayvonlar keng
tarqalgan. Muzlikning siljishi natijasida ob-havoning sovushi qadimgi odamlarni
tabiiy sharoitga moslashishiga turtki bo’ladi. Qadimgi odamlar tabiatning dahshatli
sinovi (sovug’i) ga chidash uchun yashash zaruriyatining turli formalarini topishga
harakat qiladi. Bu harakat (sovuqdan saqlanish, kiyim kiyish, ehtiyojni qondirish)
natijasida insoniyat o’z taraqqiyotida hal qiluvchi asosiy qadamlardan birini
tashladi.
Insonning rivojlanish jarayonida ongning taraqqiy etishi asosiy hal qiluvchi
omillardan biridir. Mustye davrida yashagan va antropogenez jarayonida 2 chi
asosiy hal qiluvchi bosqich hisoblangan – neandertallar dunyoni bilish, tabiat
to’g’risida, undagi o’zgarishlar va real voqealarcha munosabat borasida ma’lum
fikrga kela boshladi. O’z faoliyati davomida bilimga ega bo’lish va fikrlash
ko’nikmalarini sekin-asta egallanishi odamni (insonni) rivojlantiradi. Natijada
tabiatdagi voqealarning sehrli tuyulishi ta’sirida dastlabki diniy tasavvurlar paydo
bo’ladi. Ya’ni hayratlanish, o’zgarishlarni sehr sifatida idrok etilishi murdalarni
ko’mish – chuqur kovlash, murda yoniga uning qurollarini quyilishi va hakozolar
«narigi dunyo» yoki ruh haqidagi tushunchalarni paydo bo’lganligidan dalolat
beradi.
Mustye davrida tabiatning keskin o’zgarishi odamlar faoliyatida, hayotida
katta muammolarni keltirib chiqardi. Avvalgi issiq iqlim o’rniga muz sovug’i -
havoning keskin o’zgarishi yashash zaruratini qiyinlashtirdi. Ko’plab odamlar
sovuqdan qirilib ketadi. Tabiat bilan kurashib, mol terilaridan kiyimlar tikib, ochiq
manzilgohlardan baland g’orlarga joylashgan odamlar jon saqlab yangi sharoitga
ko’nika boshlagan.
G’orlarga joylashgan odamlarni uzoq vaqt kollektiv mehnat faoliyati bog’lab
kelgan. Ularning asosiy xo’jalik mashg’uloti – ovchilik bo’lib, u ehtiyojni
qondirishdagi asosiga aylandi. Odamlarning birgalikda yashashi va uning
zaruriyatga aylanishi («kollektivda» yoki g’or ichida) ichki maishiy munosabatlarni
shakllanishiga olib keladi.
Mustye bosqichi ibtidoiy jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanishida
katta ahamiyat kasb etadi. Chunki bu davrda o’zining ishlab chiqarish
funktsiyalariga ko’ra turli tuman bo’lgan tosh qurollar paydo bo’ladi. Hozirgi kunda
must’e madaniyat qurollarining 60 turi topib o’rganilgan. Chaqmoqtosh qurollar
yasashning yangi texnikasi must’e davrida keng yoyildi. Qurollar yasashning yangi
usuli yorma texnika deb ataladi. Bu usul orqali tosh qurolning bosh tomoni urib
uchirilib, tekis maydonga hosil qilinadi. U zarb maydonchasi deb ataladi. Shunday
maydoncha hosil bo’lgandan keyin uning chetlaridan avvalgi texnika usuli vositasi
bilan hosil qilish mumkin bo’lmagan yupqa tosh parchalarini birin-ketin uchirib
olishga imkon tug’ilgan. Tosh parrakchalar uchirib olinib bo’lgach, nihoyat tosh
bo’lagidan boshqa uchirib bo’lmaydigan, tashqarisi tarashlangan o’zak qolgan. Bu
o’zak nukleus bo’lib, urib uchirish uchun ishlatiladigan yaxlit tosh esa, ushatgich
deb atalgan. Mustye uchun ikki asosiy qurol turi: o’tkir uchli qurollar va
tarashlagichlar xarakterli bo’lib, ular uch burchakli plastinkalardan yasalgan; bu
plastinkalar yangi sindirish texnikasini qo’llanib, disk (gardish) shaklidagi
nukleuslarga (yadro) otboynik (tosh) bilan urib hosil qilingan. Qisqa va keng
qurollar tayyorlangan. O’tkir uchli qurolning asosiy ishni bajaradigan qismi-o’tkir
cho’qqisi, tarashlagichning asosiy qismi esa, uch burchakli plastinkaning yoysimon
tagidir. Must’e davrida shakli jihatdan tarashlagichga o’xshab ketadigan bo’lsa ham,
lekin ishni bajaradigan chetidagi chuqurchasi bilan farq qiladigan o’roq randa paydo
bo’lgan. Bu asbob bilan randalashgan, po’stloqni shilib olishgan. Qurollar ko’pincha
chetlari o’tkir, yupqa bo’laklarga yorilishi mumkin bo’lgan qattiq chaqmoqtoshdan
yasalgan. Tabiatda chaqmoqtosh keng tarqalgan. So’nggi must’eda ahyon-ahyonda
istisno tariqasida suyakdan qurollar yasala boshlagan. Eng qadimgi odamlar har
narsani eyaveradigan bo’lganlar: o’simliklardan tayyorlangan va go’shtli ovqatlar
iste’mol qilgan. Odamzodning tongida o’simlik oziq-ovqatlar ko’proq iste’mol
qilingan bo’lsa kerak. Odamlar bunday oziq-ovqatni tabiatdan tayyor shaklda
olishgan. Ular o’simlik ildizlarini, mevalarini, zamburug’larni iste’mol qilgan.
Demak, mustye o’ziga xos arxeologik bosqich bo’lib, u miloddan avvalgi 100-
40 ming yilliklarni o’z ichiga olib, kishilik madaniyati rivojlanishida katta
ahamiyatga ega bo’lgan.
Mustye davriga kelib inson tashqi qiyofasida jiddiy o’zgarishlar ro’y bera
boshlagan. Arxantroplar paleoantroplarga (neandertallar) aylanib, ba‘zi maymunga
xos belgilar saqlanib qolgan bo’lsa-da, ularning fikrlash doirasi kengayib, nutq
paydo bo’la boshlagan.
Mustye davrida tosh qurollarga ishlov berishning o’ziga xos texnologiyasi
vujudga kelgan. Nukleuslarda zarb maydonchasi juda aniq olinganligi aniq seziladi.
Birgina zarb bilan toshning yuqori qismi sindirib olingan va natijada zarb
maydonchasi hosil qilingan. Natijada toshning chetlaridan turli ko’rinishdagi
uchrindilarni olish imkoni tug’ilgan. Bunday nukleuslardan ko’pincha uchrindi hosil
qilingan.
Mustye davri tosh qurollariga ishlov berish texnologiyasiga e‘tibor
qaratadigan bo’lsak, inson ongi va tafakkurining o’sishi natijasida tosh qurollarning
keraksiz, ishlatishda halaqit beradigan joylari olib tashlangan, ya‘ni tarashlangan.
Mustye davriga kelib tosh qurollarning asosiy shakllari – uchrindi pichoq va
qirg’ichlar paydo bo’lgan. Uchrindi pichoq kesishga ishlatilib, ov quroli
hisoblangan. Qirg’ich esa, asosan xo’jalik quroli bo’lib, teriga ishlov berishda
ishlatilgan. Shu bilan birga qo’l chopqilari ham saqlanib qolgan. Umuman olgandi
mustye davrida tosh qurollarning 60 ga yaqin turi mavjud bo’lgan.
Tosh qurollar bilan birga suyakdan yasalgan qurollar ham alohida ahamiyatga
ega. Suyakdan qilingan qurollarni o’rganish jarayonida odamlar ularni oddiygina
sindirish yoki u yoq, bu yog’ini yo’nish bilan cheklanganlar. Chunki suyaklarga
ishlov berayotganda ularning hammasi ham qovurg’a yoki kurak suyagi singari
egiluvchan, elastik xususiyatga ega bo’lmagan yoki ushlab turib yo’nishga
moslashmagan. Tosh davriga taalluqli suyak qurollari asosan jag’ suyagidan, qoziq
tishlar, mamont va fillarning tishlari, suyaklari, shoxli hayvonlarning shoxlaridan
yasalgan.
Suyakdan tosh qurollari yasalishi jarayonida ularga tosh qurollar bilan ishlov
berilgan. Suyakni ma‘lum bir shaklga kiritish uchun 200 gr yoki 500 gr
chaqmoqtoshdan foydalanilgan. Tosh bilan urib sindirilgan suyakning tig’li
tarafidan pichoq yoki bigiz sifatida ishlatilgan. Mamont yoki filning yon tishlariga
ishlov berish yoki uni sindirish ancha mehnat va kuchni talab etgan.
Mustye yodgorliklari Markaziy Osiyo hududlarida keng o’rganilgan. Mustye
yodgorliklarini o’rganish 1938 yildan boshlagan bo’lib, hozirgi kunda Markaziy
Osiyoda 300 ga yaqin mustye makonlari aniqlangan. Uning 100 ga yaqini
arxeologlar tomonidan keng o’rganilgan. O’zbekiston, Qozog’iston, Turkmaniston,
Tojikiston hududlarida must’e yodgorliklari mavjud. O’rta tosh asri - mustye davri
arxeologik yodgorliklari O’zbekiston hududida ham mavjud bo’lib, bu davrda
yashagan ajdodlarimiz antropogenez shajarasida neandertal odami nomi bilan
ma’lumdir.
O’zbekistonda mustye davri yodgorliklariga Teshiktosh, Obirahmat,
Xo’jakent, Amir Temur g’ori, Qizilqum, Zirabuloq kabi joy makonlarini kiritish
mumkin. O’zbekistonda topilgan mustye davri yodgorliklari ichida Teshiktosh g’ori
alohida ahamiyatga ega. Teshiktosh g’ori 1938 yilda A.Okladnikov tomonidan
o’rganilgan. Teshiktosh g’oridan 9 yashar bolaning mozori - qabri topilgan. Bola
skleti chuqurcha qazib unga chalqanchasiga yotqizilgan. Qabrning atrofi hayvon
shoxlari (6 juft) bilan o’ralgan. G’orda qalin kul qatlami mavjud bo’lib, uning
orasidan turli hayvon suyaklari topilgan. G’orda neandertal odamlari yashagan
bo’lib, ularning asosiy mashg’uloti ovchilik bo’lgan.
Teshiktosh g’or-makoni Surxondaryo viloyati Boysuntog’ tumanidagi
Boysun tog’ining janubiy yonbag’ridagi Turgandaryoning Zavlatashgansoy
darasida, dengiz sathidan 1500 m balandda joylashgan. G’or shimoli-sharqqa
qaragan, kengligi 20 m, chuqurligi 21 m, balandligi 9 m. Olib borilgan qazuv ishlari
natijasida 5 ta madaniy qatlam borligi aniqlangan. Madaniy qatlamlardan 2859 ta
toshdan yasalgan mehnat qurollari, gulxan izlari va kul qoldiqlari, tog’ echkisi,
bug’u, yovvoyi ot, ayiq, quyon, kemiruvchi va parrandalarning suyak qoldiqlari
topildi. Teshiktoshdan topilgan topilmalar orasida 25 sm chuqurlikda neandertal
tipdagi odam suyagi qoldiqlari topildi. Bu topilmani mash’hur antropolog olim
M.Gerasimov o’rganib chiqib, uning taxminiy qiyofasini tiklagan. Teshiktoshliklar
asosan ovchilik va qisman termachilik bilan shug’ullanganlar8.
Omonqo’ton g’or-makoni Samarqand viloyatidagi Zarafshon tog’
tizmasining g’arbiy yonbag’rida joylashgan Omonqo’ton qishlog’i yaqinida
joylashgan. G’orning kengligi 1,5 m, balandligi 0,9 m, chuqurligi 25 m. G’or-
makonning madaniy qatlamlaridan qirg’ich, paykon, plastinkalar, nukleuslar, qo’l
chopqilari, Osiyo mufloni (arxar), qo’ng’ir ayiq, tog’ echkisi suyagi, gulxan
qoldiqlari topilgan. Bu yerda yashagan qadimgi odamlar asosan ovchilik va
termachilik bilan shug’ullanishgan.
Obirahmat g’or-makoni Toshkent shahridan 100 km shimili-sharqda,
G’arbiy Tyan-Shan – Chotqol tizmasidagi Paltov soyining yuqori sohilidi
joylashgan. Qazuv ishlari jarayonida 21 ta madaniy qatlam mavjud ekanligi
aniqlandi. Ko’plab tosh qurollar, har xil hayvonlar suyaklari, gulxan va kul
qoldiqlari topilgan. Undan 10 m qalinlikda 21 ta madaniy qatlam topiladi. Madaniy
qatlamlardan ohak toshli chaqmoqtoshdan yasalgan mehnat qurollari, nukleuslar,
parrakchalar, qirg’ichlar topilgan. 30 mingdan ortiq tosh uchrindilaridan
tayyorlangan pichoqlar mavjud bo’lgan.
Olimlarning farazlariga ko’ra, bu yodgorlikda odamlar bundan 120-40 ming
yil muqaddam istiqomat qilishgan.
Xo’jakent manzilgohi Toshkent shahridan 80 km shimoli-sharqda, Chirchiq
daryosining chap sohilidagi Xo’jakent qishlog’i yaqinida joylashgan. G’or shimoli-
g’arbga qaragan, balandligi 2,5 m, kengligi 6 m, chuqurligi 4 m. G’ordan ishlov
berilgan nekleuslar, qo’l chopqilari, parrakchalar, teshgich-bigizlar topilgan bo’lib,
odamlar miloddan 100-40 ming yillar ilgari yashaganlar va asosan termachilik
hamda ovchilik bilan shug’ullanganlar.
Ko’lbuloq joy-makoni Ohangaron daryosining o’ng irmog’idan biri – Qizil
olma soyining o’rta oqimida, Angren shahridan 10-12 km g’arbda joylashgan Obliq
qishlog’idan 5 km shimoli-g’arbda joylashgan. Bu yodgorlik ko’p qatlamli bo’lib,
8 Egamberdiyeva N.A. Arxeologiya.-T.: “Fan va texnologiya”, 2011. 25-bet.
unda arxantroplar, neandertallar va kramonyonlar yashashgan. Ko’lbuloq 41 ta
qatlamdan iborat bo’lib, 4-8 qatlamlari mustye davriga taalluqlidir.
Qo’tirbuloq makoni Samarqand viloyati, Kattaqo’pg’on tumanidagi Charxin
qishlog’idan 700-800 m uzoqda joylashgan ochiq manzilgohdir. Bu yerdan ko’plab
paykonlar, qirg’ichlar, chopping, chopper, yassi nukleuslar, fil, tur, bug’u, yovvoyi
ot, Buxoro bug’usi suyagi qoldiqlari, gulxan va kul qoldiqlari topilgan.
Mustye davri yodgorliklari nafaqat ochiq manzillarda, balki g’orlarda,
shuningdek tosh konlari bo’lgan ustaxonalarda ham aniqlangan. Yuqorida
keltirilgan
manzillardan
tashqari
Toshkent
vohasida
Xo’jakent
g’ori,
Samarqanddagi Omonqo’ton, Takalisoy, Zarafshonda Uchtut, Ijond tosh konlari
ham arxeologlar tomonidan o’rganilgan.
Odamlarning mehnat faoliyati va uning kengaya borishi, atrof-muhit haqidagi
tushunchalarga ega bo’lishi ularning fikrini o’zgartiradi. Mustye davri odamlari
tabiat hodisalari bo’lgan kun bilan tun almashishi, momaqaldiroq, vulqon otilishi,
zilzila va boshqalar haqida bosh qotirgan va ularga sig’inganlar. Hatto ular tug’ilish,
o’lim va narigi dunyo kabi tushunchalarga o’zlarini munosabatini bildirgan.
Masalan, Teshiktosh g’oridan topilgan qabrda dafn etilgan bola qanday falokatga
uchraganini ko’rish mumkin: 9-10 yoshli bola yirtqich hayvon ovi paytida
qoyatoshdan yoki boshqa sharoitda yiqilgan va og’ir jarohat olib halok bo’lgan. Bola
jasadi qabrga qo’yilib, atrofiga arxar shohlarini qadab qo’yilgan. Arxar shohlari
ularning e’tiqodicha o’lgan odamni narigi dunyoda muhofaza qiladi. Mustye
odamlari bu davrda tabiatdan tashqari kuchlarga ishongan. Insonni o’rab turgan
muhitda ruhlarning mavjudligiga ishonish fanda animizm deb ataladi. U diniy
tasavvurlarning dastlabki kurtagi hisoblanadi.
Bundan 40 ming yillar ilgari kishilik jamiyati tarixida yuqori paleolit deb
ataluvchi davr boshlanadi. U xronologik jihatdan arxeologik davrlashtirishda
miloddan avvalgi 40-12 ming yilliklar bilan belgilanadi. Yuqori paleolit odamning
zamonaviy jismoniy tipini shakllantirgan, ibtidoiy to’da davri vayronalarida kishilik
jamiyatining dastlabki bo’g’ini ibtidoiy jamoani tarkib toptirgan, tosh qurollar
ishlashda yangi yutuqlarni vujudga keltirgan davrdir. Ibtidoiy to’dadan ibtidoiy