PEDAGOGIK AKSIOLOGIYA – PEDAGOGIKANING MUSTAQIL SOHASI SIFATIDA
Yuklangan vaqt
2024-10-01
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
11
Faytl hajmi
36,4 KB
Ilmiybaza.uz
PEDAGOGIK AKSIOLOGIYA – PEDAGOGIKANING MUSTAQIL
SOHASI SIFATIDA
REJA :
Pedagogik aksiologiya mazmuni va mohiyati.
Pedagogik aksiologiyaning predmeti, maqsad va vazifalari.
Pedagogik aksiologiya tushunchasi. Bizning davrimizda ta’limiy qadriyatlar,
ularning tabiati, funksiyalari, o‘zaro aloqadorligi haqidagi pedagogikaning yangi
sohasi – pedagogik aksiologiya rivojlanib bormokda. Chunki zamonaviy jamiyat
ta’limni o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashining maqsadga
yo‘naltirilgan jarayoni va natijasi sifatida tushunishdan uzoqlashdi. Ta’lim bu
insonda insoniylikni tarkib toptirishdir. Uning asl mohiyati ham ana shunda.
Ta’limniig ma’naviyatni tarkib toptirishdagi ahamiyati uni qadriyatli
bilimlarni uzatish va uning asosida insonda qadriyatli munosabat, qadriyatli xulq-
atvorni shakllantirishda ekanligini o‘z vaqtida Aflotun ham ta’kidlab o‘tgan edi. U
davlatning asosini qolgan barchasi unga bogliq bo‘lgan yagona birlik aks ettiradi,
deb hisoblagan. Bunday asos - olijanoblikdir. Olim yuksak olijanoblik sifatida hech
narsa yaxshilik va yomonlik haqida unday ma’lumot bera olmaydigan bilimni e’tirof
etadi.
Bilimda kanchalik olijanoblik o‘z ifodasini topganligini esa ta’lim jarayonida
o‘rganish mumkin.
Pedagogik aksiologiya inson va ta’limni qadriyat deb e’tirof etgan holda,
ta’limiy qadriyatlarni muhokama etuvchi hamda ta’limga qadriyatli yondashuvni
amalga oshiruvchi pedagogik bilimlar sohasidir.
Ilmiybaza.uz
Pedagogik aksiologiyaning predmetini shaxsning qadriyatli ongi, qadriyatli
munosabati, qadriyatli xulq-atvorini shakllantirish tashkil etadi.
Aksiologik muammolarga doir nazariy manbalardagi kadriyat tushunchasining
mohiyatini taxdil etish asosida pedagogik aksiologiya qadriyat tushunchasiga shaxs
va jamiyat faoliyatida ideal namuna va yo‘nalishlarni aks ettiruvchi individual va
ijtimoiy ongni tashkil etuvchi maxsus ta’lim sifatida qaraydi. Alohida shaxs yoki
jamiyat yaxlitlikda qadriyatlarni uzatuvchisi sifatida qaraladi, nihoyasi esa,
insonning xulq-atvori va xatti-harakatini
ragbatlaydi. Xulq-atvor va xatti-harakatlarning tavsifi shaxsning atrof-muhitga,
o‘z-o‘ziga munosabati haqida guvohlik beradi.
Falsafadan farqli ravishda pedagogik aksiologiya «qadriyat» va ularni
kadriyatli ong, munosabat, xulq-atvor deb nomlash orqali «kadriyatli»
tushunchalariga alohida-alohida qaraydi.Uni tashkil etish va boshqarishga kadriyatli
yondashuvning zaruriyat ekanliginidan kelib chiqib, uzluksiz ta’lim maqsadlarining
o‘zgarishi pedagogik aksiologiyaning muhim vazifalari sifatida kuyidagilarni
aniklashga imkon beradi:
- qadriyatlar nazariyasi nuqtai nazaridan pedagogika nazariyasi va ta’lim
amaliyotining tarixiy rivojini taxdil etish;
- uning aksiologik yo‘nalganligini aks ettiruvchi ta’limning kadriyatli asoslarini
aniqlash;
- milliy ta’lim mazmuni va rivojlanish strategiyasini aniqlashga doir qadriyatli
yondashuvni ishlab chikish.
N.A.Astonovaning «Konseptualnыe osnovы pedagogicheskoy aksiologii»
maqolasida PA predmeti sifatida shaxsning madaniy munosabatini rivojlantirish
e’tirof etiladi. Maqolada qayd etilishicha, ana shu jihat bilan bog‘liqlikda PA
funksiyalari uning o‘ziga xosliklarini belgilashga imkon beradi. Quyida ularni ko‘rib
o‘tamiz:
• mazmunli muvofiqlik (ta’limning mazmunli va protsessual jihatlarini
birlashtirganligi sababli, intellektual tashabbusni ragbatlantiradi) - fikriy jarayon,
ob’ektni aktuallashtirish, aniq dalil va isbotlarni belgilash, axborotni tanqidiy
mushohada etish, ma’no-mazmunini tushunish, shaxsiy fikrning o‘sishi;
Ilmiybaza.uz
• baholovchi - pedagogik jarayon ishtirokchilarida borliq va ma’naviy
hodisalarni adekvat baholashni rivojlantirishni aks etiradi;
• yo‘naltirish funksiyasi - «qadriyatlar ierarxiyasi»ning ma’lum parametrlari
asosida shaxsiy, kasbiy tavsifning muhim qoidalarini aniqlash imkoniyatlari bilan
bog‘liq;
• me’yoriy (normativli) — pedagog va tarbiyachining aksiosferasining
tarkibiy qismlari, o‘zida qadriyat tarzini aks ettiruvchi ularning o‘zaro munosabatlari
tizimini «qonuniylashtiradi»;
• boshqaruvchilik - insonparvar mazmunga ega milliy va umuminsoniy
qadriyatlar oqimidagi tizim sub’ektlari, ta’lim tizimi rivojlanishini yo‘naltiradi,
ta’lim sohasidagi o‘zaro zaruriy harakatni hosil qiladi;
• nazorat qiluvchi - madaniy-tarixiylik kontekstida qadriyatning rivoji,
shaxsda qadriyatga yo‘nalganlikni shakllantirish imkonini beradi.
Pedagogik aksiologiyaning mazmuni. PAning mazkur vazifa va funksiyalari
ilmiylik, amaliylik, tajriba birligini ifoda etuvchi pedagogik aksiologiya mazmunini
ochib beradi. Ilmiy jihat (aspekt) boshqa barcha ijtimoiy jarayonlarni aniqlab
beruvchi, asosiy qadriyat sifatida ta’limni ko‘rib chiqish asosida ta’limiy
qadriyatlarni o‘rganuvchi pedagogikaning yangi ilmiy yo‘nalishi - pedagogik
aksiologiyaning muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni talab etadi. Bu
yerda asosiy vazifalardan biri sifatida aniq shart-sharoitlarni hisobga olgan holda,
ta’limni qadriyatli bashoratlashni ilmiy asoslash aks etadi. Aksiologik bilimlarni
tizimlashtirish maqsadida pedagogikadagi kadriyatli merosni o‘rganish va
pedagogik aksiologiyaning tushunchali apparatnыy aniqlash ham kam bo‘lmagan
vazifa hisoblanadi.
Amaliy jihat o‘quv rejalari va dasturlari tuzish, darslik va o‘kuv qo‘llanmalarni
yaratish, didaktik va metodik materiallarni ishlab chiqish, ta’lim va tarbiya
konsepsiyasini yaratishda ta’lim sohasi xodimlarining aksiologik bilimlardan
foydalana olishini tahlil etadi.
Tajribaviy(praktik) jihat o‘quvchi, talaba, o‘qituvchilarning kadriyatli ongi,
munosabati,
xulq-atvorini
shakllantirish,ularni
kadriyatli
yo‘nalganligini
rivojlantirishga doir aniq muammolarini hal etishga qaratilgan ta’lim muassasalari
faoliyatini o‘z ichiga oladi. Ularning vazifasi hozirgi vaqtda pedagogik aksiologiya
Ilmiybaza.uz
nimani taqozo etsa, shularning barchasidan mohirona foydalanishni o‘zida aks ettira
olishdir.
Amaliy jihatni amalga oshirish to‘liq ravishda kadriyatli yo‘nalganlikning
nazariy asoslarini aniqlab beradigan ilmiy jihatni rivojlanganligiga va ta’lim sohasi
barcha bo‘g‘inlari faoliyati yo‘nalganligini shakllantirilganligiga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik aksiologiyaning asosiy tushunchalari. Pedagogik aksiologiyaning
asosiy tushunchalari qatoriga quyidagilar kiradi: qadriyat, kadriyatli ong, kadriyatli
munosabat, kadriyatli xulq-atvor, kadriyatli ustanovka, kadriyatli yo‘nalganlik,
ta’lim,tarbiya.
Qadriyatlar qachonki, insonda kadriyatli ong, kadriyatli munosabat va
ustanovkalar shakllantirilgan sharoitdagina, uning faoliyati va xulk-atvorini
mo‘ljalga olishga imkon beradi.
Qadriyatga yo‘nalganlik yaxlitlikda shaxsning faoliyat va xulq-atvordagi aniq
kadriyatlarga yo‘nalganligini aks ettiradi, har bir anik vaziyatlarda esa shaxs
kadriyatli ong va kadriyatli munosabatlarga rahbarlik qiladi.
Qadriyatli
ong.
«Ong»,
«munosabat»,
«xulq-atvor»kategoriyalarini
psixologiya va falsafa o‘rganadi. Ijtimoiy ong,ijtimoiy xulq-atvorni shakllantirish
metodlarini esa pedagogika aniklab beradi.
Falsafada ong odatiy usullar bilan tushuntirish va tadqiq etish mumkin
bo‘lmagan muhim ob’ekt sifatida qaraladi. Ong biologik substansiyani aks
ettirmaydi; u insonga hayotiy faoliyatni jismu joni doirasida amalga oshirishga
imkon beradi; bevosita alokasiz xilma-xil faoliyat turlariga kirishish,odamlar,
madaniy kadriyatlar bilan o‘zaro harakatida yuzaga chiqadi. Ya’ni ong tufayli inson
nafaqat anik, balki mavhum muhitda ham yashay oladi.
Keng ma’noda «ong» inson hayotining muammosi va ijtimoiy jarayonlarning
muammoliligini aks ettirish usullari sifatida izohlanadi.
Aniqroq kilib aytganda esa, ong deganda faqat insonga xos ob’ektiv borliqni aks
ettirishning oliy shakli; uning dunyoga va o‘z-o‘ziga munosabat usuli; insonning
ob’ektiv dunyo va shaxsiy hayoti mazmunini anglashida faol ishtirok etuvchi psixik
jarayonlar birligi tushuniladi.
Ilmiybaza.uz
Inson falsafada ong tashuvchisi sifatida qaraladi. Inson hayotining maqsadi
shaxsiy ongni yaratish, ya’ni o‘z dunyosini anglashni aks ettiradi. Ong o‘zida yuksak
qadriyatni aks ettiradi.
«Ong» tushunchasi (lotinchadan tarjima qilinganda sopzsie -bilish, xabardor
bo‘lish degani) ongsiz va ong osti holatdan farqli ravishda, o‘zida ruhning o‘rnini
anglash uchun qo‘llaniladi.
Falsafada ijtimoiy ong va individ ongi farqlanadi.
Ijtimoiy ong deganda, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy hayotini aks ettiruvchi
jamiyat rivojining ma’naviy natijasi tushuniladi.
Individ ongi esa, o‘zida uning ichki ma’naviy dunyosini aks ettiradi. Bundan
tashqari, u individning o‘zidagi ijtimoiy aloqalarni ham qayd etadi (soznanie –
hamkorlikdagi bilish).
Qadriyatli ong - axloqiy-ma’naviy tarzda o‘z xayotiy faoliyati sohasi
sub’ektlarini aniqlashga imkon beruvchi ob’ektiv borliqni aks ettirish shakli;
ma’naviy qadriyatlar dunyosi sifatida borliqni aks ettirish asosida insonda dunyoni
va o‘zining shaxsiy dunyosini anglashida faol ishtirok etuvchi psixik jarayonlar
birligi.
Qadriyatli munosabat. Falsafada munosabat deganda, undagi yashirin
xususiyatlarni aniqlash va amalga oshirish sharti sifatida xayotiy narsa-hodisaparga
aloqadorlik usuli tushuniladi.
Munosabat narsada aks etmaydi va narsalarning xususiyatlarini ham aks
ettirmaydi, u nimanidir kilishda ishtirok etish shakli sifatida, nimanidir ahamiyatini
ochib beradi. Munosabat ikkinchisi uchun birinchisining ahamiyatini tavsiflovchi
narsa-hodisalar va sub’ekt orasidagi aloqalarni ko‘rsatib beradi.
Falsafada «qadriyat» tushunchasi «ahamiyat» tushunchasi bilan yaqin.
Qachonki, sub’ekt ob’ekt bilan harakatga kirishganda, inson faoliyatining
moddiy va ma’naviy dunyosini qamrab olgandi ob’ektning yoki uning
xususiyatlarining aniq ahamiyati namoyon bo‘ladi. Faqat faoliyatdagina qadriyat
o‘zining muhim mavjudlik maqomini oladi.
Qadriyatli munosabat - shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatlilikning o‘zaro
aloqadorligini aks ettiruvchi shaxsning ichki pozitsiyasi.
Ilmiybaza.uz
Qadrnyatli ustanovka. Shaxsning o‘zining ichki pozitsiyasini anglashi va aniq
qadriyatlar bilan bog‘liqlikda faoliyatga tayyorgarlikning mavjudligi kadriyatli
ustanovka sifatida aniqlanadi. AShShye (ustanovka, munosabat) atamasi aynan
inson faoliyatining yo‘nalganligi ma’nosida birinchi marotaba U.Tomas va
F.Znaneskiy tomonidan qo‘llanilgan. Ustanovka shaxsning anik faoliyatga tayyorlik
holatini aks ettiruvchi yo‘naptirilganlik tavsifini egallaydi. Unda kognitiv (bilim,
axborot) va affektov (emotsiya, xissiyot) tarkibiy qismlar namoyon bo‘ladi.
Qadriyatli ustanovka - shaxsning o‘zingng ichki pozitsiyasini anglashi va aniq
kadriyatlar bilan botiqlikda faoliyatga tayyorlik darajasidir.
Qadriyatli yo‘nalganlik. Qadriyatli yo‘nalganlik u yoki bu qadriyatlarga
yo‘nalganlik sifatida tavsiflanadi. Yo‘naltirish jarayonining quyidagi bir-biriga
tutash fazalari aniqlangan: shaxsiy qadriyatlarni o‘zlashtirish; o‘zlashtirilgan
qadriyatlar asosida shaxsni o‘zgartirish; shaxsning o‘z-o‘zini loyihalay va o‘z-o‘zini
bashorat qila olishi.
Qadriyatga yo‘nalganlik shaxs yo‘nalganligining mazmunli tomonini, uning
borliqqa munosabatini aks ettiradi. Shu bilan birga, qadriyatli yo‘nalganlik sub’ekt
uchun shaxsiy ahamiyatga ega ijtimoiy kadriyatlar bilan bog‘liqlikda atrof-borliqqa
sub’ektning bahosi sifatida qaraladi.
Qadriyatga yo‘nalganlik maqsadni ochib beradi, qiziqish,ehtiyoj, shaxsning
e’tiqodini tavsiflovchi idealarni aks ettiradi.
Qadriyatli yondashuv qiyosiy jihatdan avtonom(alohida)dir,sababi qadriyatlar
haqidagi tasavvur dunyoqarashlarga tayanadi.Biroq shakllangandan so‘ng, ular o‘z
ta’sirini ko‘rsatadi: qiziqish,ehtiyoj, faoliyat maqsadi, shaxs hayotiy faoliyati va
ijtimoiy tuzilmalarning har tomonlama rivojlanishi. Ushbu mexanizm jamiyat hayoti
va ta’limniig ijtimoiy fenomen sifatida
insonparvarlashishini shart qilib qo‘yadi. Qadriyatli yondashuvda faqatgina
shaxsning tajribasigagina emas, balki birinchi navbatda, odamzot tomonidan
to‘plangan tarixiy tajribalarga tayaniladi. Bu esa, ma’lum bir me’yor va mezonlar
tizimi bo‘lib,har bir shaxs foydalanishi mumkin bo‘lgan madaniy faoliyat
chegaralarini belgilab beradi.
Qadriyatli yondashuvlar axloqiy ideallarda uz aksini topadi, bular esa shaxs
faoliyatida maqsadli ravishda oliy ko‘rinish hosil qiladi. Ideallar o‘zida belgilangan
Ilmiybaza.uz
maqsadlarni namoyish etib,bu dunyoqarashlar tizimining oliy qadriyatidir. Ular
ko‘ppogonali haqikatni ideallashtirish jarayonini nihoyasiga yetkazadi.
Qadriyatli yondashuvlarni axlokiy ideallar sifatida tushunish ijtimoiylik va
shaxsiylik o‘rtasidagi zidsiyatni kuchaytiradi. Yuzaga kelgan ziddiyatda o‘z
navbatida, biri boshqasining o‘rniga qurbon bo‘ladi. Biroq insonparvar kishi
axloqiy ideal talablari asosida ishni amapga oshiradi. Axloqiy ideallar, o‘z
navbatida, shaxs rivojlanish darajasini yutuqlarini shartlaydiki, bu esa aynan
insonparvar kishining o‘zligiga to‘g‘ri keladi. Ular insonparvarlik qadriyatlarining
birligini o‘zida aks ettiradi, aynan jamiyat rivojlanishi ehtiyojining rivojlanayotgan
shaxs ehtiyojlariga to‘g‘ri kelishidadir. Ularda
shaxsning va jamiyatning ilg‘or kiziqishlari birligi uyg‘un ravishda namoyon
bo‘ladi, sababi ular birgalikda insonparvarlik dunyoqarashining ijtimoiy
funksiyasini namoyon etishadi.
Axloqiy ideallar butun umrga aniq bir etalon sifatida berib qo‘yilmagan. Ular
rivojlanadi, namuna sifatida takomillashadi, shaxs rivojlanishi istiqbollarini
aniqlaydi.
Rivojlanish insonparvar axloqiy ideallar sifatida xarakterlanib namoyon
bo‘ladi, shuning uchun ham ular shaxs takomillashishi motivi sifatida namoyon
bo‘lishadi. Ideallarni tarixiy davr va avlod bog‘lab turadi, eng yaxshi insonparvarlik
an’analarini vorisiylik bilan egallab olinadi va birinchi
navbatda bu ta’lim orqali amalga oshadi.
Axloqiy ideallar shaxs motivatsion-qadriyatli munosabatining oliy mezoni
sifatida namoyon bo‘ladi. U shaxsni jamiyat oldidagi burchi, ma’suliyatini anglab
yetishi bilan tavsiflanadi.
Shaxs munosabati insonning atrof-muhitdagi narsa-hodisa va boshqa insonlar
ob’ektiv aloqasiga yo‘naltiradi va shaxsning sub’ektiv pozitsiyasiii u yoki bu
sub’ektga nisbatan nisbiy, shu bilan birga, uning ahamiyatliligini baholaydi. Shu
ma’noda «munosabat» bir vaqtning o‘zida ikki xolatda namoyon bo‘ladi:
protsessual tavsif sifatida (baholash aktini qo‘shadi) va barkaror shaxs ta’limi,
bu esa shaxsni insonparvarlik qadriyatlarining (kadriyatli yondashuv) tashuvchisi
sifatida namoyon qiladi. Shaxs bu holda borliq haqiqati bilan aloqador faol faoliyat
ko‘rsatuvchi sifatida namoyon bo‘ladi, u tanlash imkoniyatiga ega bo‘lgan va uning
Ilmiybaza.uz
asosida o‘zining rivojlanadigan faoliyati tabiatini yo‘naltiruvchisidir. Munosabatlar
muhit va shaxsning o‘zaro aloqasi orqali amalga oshiriladi va mazmun jihatdan
shaxs yo‘nalganligini aniqlaydi, sub’ektivlikning asosiy fenomeni(qarashlar, motiv,
ehtiyoj, baholash, hissiyot, ko‘nikish,qadriyatli munosabat)ni o‘zaro bog‘laydi va
muvofiqlashtiradi.
Biroq shaxs munosabatlarida uning faqatgina sub’ektivligi emas, balki ob’ektiv
berilgan mazmun xam aks etadi, sababi unda ob’ektiv maqsadlar takdim etiladi.
Shaxs munosabatlarining ob’ektiv lahzalari sifatida uning ijtimoiy mavqei yuzaga
chiqadi, u esa o‘zida aloqalarning majmuaviyligini namoyon etadi,bular esa
shaxslararo munosabatlarning referent tizimida va
ijtimoiy ahamiyatli faoliyatda yuzaga keladi. Shaxs munosabati mazmuni
motivlarning ob’ekta va predmeta (qadriyatlari) bo‘la oladi, ular esa uning ongida
o‘ziga xos ijtimoiy mavqeda namoyon bo‘ladi.
Jamiyat me’yor, talab, ideal, madaniy qadriyatlar shaxs tomonidan yakka va
tanlangan holda qabul qilinadi va o‘zlashtiriladi. Shaxs kadriyatli munosabati
shuning uchun ham har doim jamiyat tomonidan qabul qilingan va e’tirof etiladigan
qadriyatlarga mos kelmaydi. Jamiyat qadriyatlari qachon stimul va
faoliyat ko‘rsatishga uygotuvchi kuch bo‘ladi, qachonki, inson tomonidan ongli
ravishda qabul qilinsa va o‘zlashtirilsa hamda uning shaxsiy qadriyati, da’vati, ideali
maqeadiga mos kelsagina, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Insonning shaxs sifatida
shakllanishi insonparvarlik qadriyatlari tizimini o‘zlashtirishni nazarda tutadi, u esa
o‘zida insonparvarlik madaniyati asoslarini aks ettiradi. Ushbu qadriyatlarni ta’lim
jarayoniga joriy etish masalasi o‘zida katta ijtimoiy ahamiyatni ifoda etadi. Uning
muvaffaqiyatli yechimi
ko‘p hollarda ta’limning insonparvarlashishiga bog‘liqdir. Uning mazmuni
shundan iboratki, shaxs tomonidan ongli ravishda madaniy qadriyatlar tanlovini
ta’minlash va uning negizida mustahkam, inkor etmaydigan, insonparvar kadriyatli
munosabatlar individual tizimini shakllantirishdir.
Qadriyatli mazmunga ega ta’limda shaxsning xulq-atvori mo‘ljalga olinadi, ular
esa uning insonparvarlikka yo‘nalganligini aniqlaydi va qadriyatli baholash asosi
sifatida namoyon bo‘ladi. Dunyoqarash shaxs qadriyatli munosabatining konseptual
Ilmiybaza.uz
interpretatsiyasi konteksti sifatida maydonga chiqadi, imperativ xulq-atvor - me’yor
sifatida, kadriyatli munosabat - u
yoki bu tizimga invariant sifatida namoyon bo‘ladi. Aynan mana shunday
ko‘rinishda dunyoni bilish aksi va kadriyatli munosabat ma’naviy boshqarilishi ham
yo‘naltiriladi hamda mazmunan shaxs faoliyati va xulq-atvorini tashkillashtiradi.
Shuning uchun tarbiya ijtimoiy-tashkillashtirilgan umuminsoniy kadriyatlar
interiorizatsiyasi jarayoni sifatida ko‘rilishi mumkin. Hayotda esa qadriyat shaxsni
faol faoliyatga, o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z-o‘zini rivojlantirishga uyg‘otishi
uchun,insonning ongli ravishda tushunib yetishi qali kamdir. Qadriyat faoliyat
motivini uygotuvchi kuch sifatida qachonki, shaxs
tomonidan interiorizatsiyalansa, ichki mavjudlikning zarur lahzalarini taqdim
etsa, inson o‘z faoliyati maqsadini aniq shakllantira olsa, uning insonparvarlik
ma’nosini tushina bilsa, maqsadlarni amalga oshirishning samarali vositalarini topsa,
to‘g‘ri va o‘z vaqtidagi nazorat, o‘z xatti-harakatini tuzata olsa va baholay
olgandagina, aniq namoyon bo‘ladi.
U yoki bu qadriyat qachonki tashkillashtirish, ob’ekt tanlash va sharoit yaratish,
maqsadli faoliyat amalga oshirilsa va u esa shaxs tomonidan baholash va
o‘zlashtirish zaruriyatini uygotsagina, shaxs ehtiyoj ob’ektiga aylanadi. Demak,
ma’naviy kadriyatlar qachonki, tarbiya ularning interiorizatsiyasi jarayoni sifatida
tashkillashtirilsa, inson ehtiyoji ob’ektiga aylanadi.
Interiorizatsiya umuminsoniy qadriyatlarning shaxs oliy psixik funksiyasiga
aylanishiga olib keladi. Shaxs rivojlanishi madaniyatining istalgan funksiyasi ham
interpsixik
va
interapsixik
ko‘rinishda
namoyon
bo‘ladi.
Shu
bilan
birga,interiorizatsiya eksteriorizatsiya hamkorligida amalga oshiriladi
- muhitni yangi ob’ektlarni yaratish yo‘li bilan ijodiy o‘zgartirishdir. Oxirgisi
yordamida ehtiyojlarni yaratish amalga oshiriladi, u esa shaxs qadriyatli munosabati
motivatsiyasi asosini tashkil qiladi.
Interiorizatsiyaning psixologik mexanizmi shaxs ma’naviy ehtiyojlari
dinamikasini tushunishga imkon beradi. Ma’lum bir sharoitda shaxs tomonidan
amalga oshiriladigan faoliyat, yangi ob’ektlarni yaratadi, ular esa yangi ehtiyojlarni
keltirib chiqaradi. Bu chizmada quyidagicha ko‘rinishga egadir:
raqamlarda ma’lum bir omillar (shart-sharoit, tamoyil, mazmun,
Ilmiybaza.uz
metodlar)ni tashkiliy faoliyati taqdim etilgan.
Masalan, uni tashkil etishning individual-ijodiy yondashuv tamoyili. Ob’ekt
sifatida (01) g‘oyalar bo‘lishi, san’at asarlari, faoliyatni amalga oshirish usul va
metodlari. Sub’ekt va ob’ekt o‘rtasidagi aloqa esa, ikkitomonlama tavsifga ega:
interiorizatsiya va eksteriorizatsiya. U sub’ektda ehtiyojni (E 1) tug‘diradi, u esa o‘z
navbatida sub’ektni yangi ob’ektga (O 2) yo‘naltiradi, yangi ehtiyoj kelib chiqadi (E
2). Bu esa cheksiz ravishda davom etadi (1-rasm).A gar «o‘qituvchi-talaba»
pedagogik tizimiga tarbiyachining faoliyatini boshqarish uchun ma’lum bir omillarni
olib kirsak, u ma’naviy ehtiyojlarni shakllanishining kengaygan sharoitlarida mavjud
bo‘ladi. Talaba kelajakdagi faoliyatini o‘zining ichki xatti-harakatini joy-joyiga
qo‘yib, uni ijtimoiy talablarga mos ravishda bashorat qiladi va ichki holatiga
transformatsiyalaydi.
Tanlab olingan ob’ekt (O) ehtiyojlar (E)ga aylanadi, ya’ni interiorizatsiya
mexanizmi ishga tushadi.
Umuminsoniy qadriyatlarni shaxs tomonidan interiorizatsiyalanishi, aynan
talabalar tomonidan baholash faoliyatini amalga oshirish jarayonida unga jamiyat
etalonlari va belgilangan vazifaga muvofiq yangi faoliyatni loyihalashga yordam
beradi.
Faoliyatning yangi ob’ekta (O 1) yangi ehtiyojga (E 2)ga aylanadi -
eksteriorizatsiya amalga oshadi, ya’ni ro‘y beradi. Ushbu jarayonning
o‘ziga xos xususiyati va tavsifi, bu yerdagi o‘ziga xos faoliyat
shaklida inkorni inkor qonuni ko‘zga tashlanadi: ya’ni bir ehtiyoj
ikkinchisini inkor etadi.
U yoki bu ko‘rinishdagi faoliyatni baholash va egallashda aynan ehtiyojlarni
qondirish bilan bog‘liq xatti-harakat, yangi ob’ektlarni yaratadi, u esa yangi, sifat
jihatidan ancha murakkab ehtiyojlarni keltirib chiqaradi va alohida motivatsion-
qadriyatli munosabat darajasini tavsiflaydi.
Shaxs tomonidan interiorizatsiya va qabul qilish, u tomonidan umuminsoniy
qadriyatlarni hamda shaxsiy o‘zining kadriyatli munosabatini «ichki reja» sifatida
ishlab chiqish faqatgina anglash (kognitiv) bosqichida amalga oshirilmaydi. Ushbu
jarayonda hissiyotlar muxsm rol o‘ynaydi. Interiorizatsiya
Ilmiybaza.uz
jarayonining hissiyotga boy tabiati ko‘pgina tadqiqotlarda o‘z isbotini topgan.
Ularda ko‘rsatilishicha, ijtimoiy qadriyatlar faqatgina ong bilan, oqilona fikrlash
bilan emas, balki birinchi navbatda hissiyot bilan qabul qilinadi. Hattoki, ijtimoiy
ahamiyatli ekanligini tushunish faqatgina «kuzatilmaydi», balki hissiyot bilan
«bezaladi». Hissiyotlarning qatnashishi ushbu tushunchani shaxs tomonidan nafaqat
real ravishda qabul qilinishini, balki oddiygina tushunishini belgilamaydi. Shuning
uchun kadriyatlar interiorizatsiyasi kognitiv va hissiy, ratsional va amaliy
(faoliyatga tayyorligi), ijtimoiy va shaxsdagi individuallikning dialektik birligini
hisobga olinishini talab etadi.