PEDAGOGIK AKSIOLOGIYANI TADQIQ ETISHGA DOIR METODOLOGIK YONDASHUVLAR
Yuklangan vaqt
2024-06-09
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
22
Faytl hajmi
148,5 KB
Ilmiybaza.uz
PEDAGOGIK AKSIOLOGIYANI TADQIQ ETISHGA DOIR
METODOLOGIK YONDASHUVLAR
REJA:
Ta’lim falsafasi va uning moxiyati.
Pedagogik qadriyatlarni tasnif etishga turlicha yondashuvlar.
Ilmiybaza.uz
XVIII—XX asrlardagi pedagog olimlarining ilmiy izlanishlari shundan
dalolat beradiki, amaliyoti dastlabki davrlardanok falsafa maqsadidan kelib
chikkan zamonaviy maktab va ta’lim uzining rivojida,Ya.A.Komenskiy,
U.G.Pestalotsi, F.Frebelem, I.F.Gerbart,A.Disterverg, J.Dyui, Abdulla Avloniy,
Hamza Hakimzoda Niyoziy va boshqa klassik pedagoglar tomonidan ilgari
surilgan falsafiy-pedagogik goyalar bilan boyib borgan. Ularning goyalari
ta’limning klassik modeli asosida yuzaga kelgan bo‘lib, o‘zining mazmunida
avvalgi asoslarni saklab kolgan: ta’limning maqsadi va mazmuni, ta’limning shakl
va metodlari, ta’lim muassasasi va ta’lim jarayoniiing tashkil etish usullari.
XX asrga kelib esa bu goyalar orasida ta’lim olganlik goyasi alohida
ahamiyat kasb eta boshladi. Ta’lim olganlik – bilimlarni egallaganlik va uni
amalda qo‘llay olish demakdir. Bu davrdagi pedagogik goyalar insonning
imkoniyatlarini -
oliy nerv faoliyati fiziologiyasidan pedagogik psixologiyagacha bo‘lgan
konsepsiyalarni ilgari surgani bilan xarakterlidir:
«yaqin zonadan» rivojlanish (L.S.Vigotskiy),shaxs rivojlanishida nazariy
bilimlarning
hal
qiluvchilik
roli
(L.V.Zankov),
ta’lim
shart-sharoitlari
(S.L.Rubinshteyn),rivojlanishning ijtimoiy vaziyati (L.I.Bojovich), akliy
faoliyatning
bosqichma-bosqich
rivojlanishi
(P.Ya.Galperin),ta’limda
onglilikni shakllantirish (V.V. Davidov).
XX aerning 60-yillarida pedagogikada madaniy dialog,hamkorlik, birgalikdagi
harakat, boshqa karashlarni tushuna olish zarur, shaxsga xurmat, uning xuquqlari
kabi goyalar amaliy ta’limni inkor etmagan holda yuzaga keldi. Ular o‘rtasidagi
bogliqlik shunda ko‘rinadiki, ta’limning klassik modeli jamiyat va
zamonaviy ishlab chiqarish talablariga javob berishdan kelib chiqqan bo‘lsa,
falsafiy-pedagogik goyalarda imkoniyat yuzaga chiqadi. Ya’ni pedagogikaning
yangi metodologiyasi an’anaviy ta’lim jarayonlarini intellektual qayta ishlangani,
deyish mumkin.
Ta’lim falsafasining rivoji pedagogik amaliyotda muloqot an’anaviy
tushunishning nazariy anglash shart-sharoitlari sifatida yuzaga chiqadi. Pedagogika
Ilmiybaza.uz
fanidagi murakkab tizimlar va tushunchalar klassik ta’limning falsafiy goyalariga
asoslangan. Ularni nazariy idrok etish ta’limda boshqa falsafiy-dunyoqarashli
tushunchalarni keltirib chiqaradi.
Zamonaviy pedagogika fanining asosiy tendensiyasi – uning shaxsni
«anglash», o‘z dunyoqarashishiga asoslanishga e’tibor qaratganligidir. Bu esa
zamonaviy pedagogik amaliyotning muhim jihatiga aylandi. Pedagogika va inson
amaliyotida insonparvarlik an’analarining rivojlanishi, uning o‘z hayotida qo‘ygan
muhim vazifalarini o‘zida aks ettiradi.
Inson hayoti har doim bo‘lib o‘tgan vokealarni baholash, vazifalarni qo‘yish,
izlash, xulosalar qabul qilish, dunyoqarash vaziyatlarida kechadi. Bunda uning
atrof-muhit bilan munosabatlari ikkita fark bilan o‘zaro bogliq: amaliy va abstrakt-
nazariy (bilish). Bundan kelib chiqadiki, pedagogika metodologiyasi ta’lim
falsafasiga haqiqiy insonparvarlikning mohiyati, borlikning yangilanishi va
pedagogik bilish xaqidagi nazariy qoidalar yigindisi sifatida qaraydi. Bunday
metodologiyaga
muvofiq,
fanlarning,
shu
jumladan,
pedagogikaning
insonparvarlik mohiyatidan kelib chiqadigan vazifasi o‘zida insonga bilish,
muloqot, ijod sub’ekta sifatida yondashishni aks ettiradi.
Bizga ma’lumki, ilmiy bilish, shuning barobarida pedagogik bilish faqatgina
ijodkorliknigina emas, ijtimoiy ehtiyojlarni to‘la qondirish maqsadini ham
ro‘yobga chiqaradi. Nazariy va amaliy bilish orasidagi «ko‘prik» vazifasini
aksiologik yoki qadriyat sifatidagi yondashuv bajaradi.
Umumiy aksiologiya uchun uning o‘rganish ob’ekti sifatida aks etadigan xilma-xil
qadriyatli taniflar xarakterlidir. Chet el aksiologiyasida sub’ektivli yo‘nalganlik
(emotivizm,ekzistensializm, affektiv-iroda nazariyasi); sub’ektivistik yo‘nalganlik
(neokantchilik, neotomizm); empirik maktab (ijtimoiy-psixologik nazariya,
lingvistik tahlil, neonaturapizm) kabi maktablarning ajralib chiqishi mazkur
masalani yanada murakkablashtaradi.
Chet el falsafasida qadriyatlar tabiatini taxdil qilishga yondashuvlarni
umumlashtirish asosida M.A. Kisel qadriyatning manbaiga asoslanib, ularni
Ilmiybaza.uz
ehtiyojli, ideal turmush, oliy qadriyatli voqelik, intuitsiya qadriyatlari tarzida tasnif
etadi.
Qadriyatli tasnifda qadriyatlarning rivojlanib borishi turli nuqtai nazardan
ko‘rib chiqiladi. Faqatgina umumiy aksiologiyadagi barcha murakkab qadriyatli
tizimlar real ta’limiy muammolarni hal etish bilan bevosita o‘zaro aloqadar, deb
ta’kidlash to‘gri bo‘lmaydi. Bir paytning o‘zida o‘zaro aloqadorlik ham ma’lum
bo‘ladi va u ko‘p jihatdan ta’lim falsafasiga asoslanadi.
«Ta’lim falsafasi» atamasi ham turlicha talqin etiladi.Britaniyada nashr
etilgan ensiklopediyada ta’lim falsafasiga ta’lim mohiyati, uning rivojlanish
qonuniyatlarini ochib berishga doir muammolar bilan shug‘ullanuvchi bilim
sohasi; ta’limning falsafiy nazariyasi sifatida ta’limning rivojlanish masalalarini
ko‘rib chikuvchi turli yo‘nalishlar yig‘indisi sifatida ta’rif beriladi. Ta’lim
falsafasining alohida tadqiqot yo‘nalishi sifatida ajralib chiqishi XX asrning 40-
yillarida Kolumbiya universitetida falsafa va pedagogika nazariyasi sohasi
mutaxassislarining ilmiy jamiyatining yaratilishi bilan bog‘likdir. Uning faoliyat
maqsadi sifatida ta’limning falsafiy muammolarini tadqiq etish, ta’limiy dasturlarni
falsafiy ekspertiza qilish, o‘quv kurslarini ishlab chiqish va o‘rta maxsus va
universitetlar uchun kadrlar tayyorlash aks etadi.
Ta’lim falsafasi tarixi tushunchasi XX asrning 60-yillarida R.Piters
tomonidan ta’lim asosi sifatidagi asosiy manbalar: Madaniyat, Jamiyat, Individga
asoslanib, qabul qilindi.
Hozirgi vaqtda ta’lim falsafasi deganda, ta’limning qadriyatli-mohiyatli qismi,
uning rivojlanish qonuniyatlari va vazifalarini ochib beradigan falsafiy bilimlar
sohasi tushuniladi. U G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida muhim o‘rin egallaydi va
ta’limiy qadriyatlarni umumiy qadriyatlar bilan taqqoslash asosida ta’limni
asoslashga turlicha yondashuvni amalga oshiradigan qator yo‘nalishlar (empirik-
analitik, gumanitar, dialogli, ekzistensial-germenevtik)ni o‘z ichiga qamrab oladi.
Masalan, idealizm, ratsionalizm, konservatizm, diniy falsafa umumiy qadriyatlar
sifatida axloqiy va diniy qoidalar, ijtimoiylik, shaxsiy olijanoblikni e’tirof etsa,
ta’limda katta e’tibor o‘quvchilarning fikrlashini rivojlantirishga qaratilishi
Ilmiybaza.uz
kerakligini ta’kidlashadi. Madaniyat, geremenevtika, analitik falsafada madaniyat
ob’ektlari umumiy qadriyat sifatida sanaladi. Ta’limiy kadriyatlar sifatida aql-
zakovat,bilimdonlik
ajratib
ko‘rsatiladi.
Realizm,
pozitivizm,empirizmda
kadriyatlar ijtimoiy va kasbiy mutanosiblik,fuqarolik ta’limiy qadriyatlari bilan
bog‘lanadi.
Pedagogik qadriyatlarni tasnif etishga turlicha yondashuvlar. «Pedagogik
kadriyatlar — bu pedagogik faoliyatning shunday o‘ziga xosligiki, ular nafaqat
pedagogik ehtiyojlarni qondirishga imkon beradi, balki uning ijtimoiy va kasbiy
faolligini mo‘ljalga olishga xizmat qiladi. Pedagogik kadriyatlar hayotda o‘z-
o‘zidan tasdig‘ini topmaydi. Ular jamiyatdagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy
aloqalarga bogliq».
V.A.Slastyoninning
fikriga
ko‘ra,
«Pedagogik
faoliyatga
doir
qadriyatlarning interiorizatsiyasi bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy madaniyatiga
tamal toshini qo‘yadi».O‘qituvchining ongida mustahkamlangan pedagogik
kadriyatlar uning shaxdlararo muloqotida, ijodiy faoliyatida, bola shaxsining
rivojlanishida, kasbiy hamkorliqda, ma’naviy kadriyatlar almashinuvidagi kasbiy
yo‘nalishlari tizimini hosil kiladi. Olimlar tomonidan pedagogik qadriyatlarning
ikki jihati alohida tadqiq etilgan:
- o‘kituvchiga uning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishiga imkon
beruvchi va ijtimoiy ahamiyatli insonparvar maqsadlarga erishishga qaratilgan
uning ijtimoiy va kasbiy faolligida yo‘l ko‘rsatuvchi belgi bo‘lib xizmat qiladigan
o‘ziga xos jihatlar;
- pedagogik faoliyatni tartibga soluvchi me’yorlar va ta’lim hamda
pedagogik faoliyat sohasidagi vujudga keladigan ijtimoiy dunyoqarash orasida
vosita va boglovchi bo‘gin bo‘lib keluvchi bilish-faoliyat tizimi.
Pedagogik aksiologiyaga oid adabiyotlarda pedagogik qadriyatlarning xilma-
xil tasniflari mavjuddir. Jumladan,Z.I.Ravkin pedagogik qadriyatlarni quyidagicha
tasnif etadi:
Ilmiybaza.uz
1) ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar: ta’limning hamma uchun ochiqligi va
bepulligi, millatidan qati nazar, barcha fuqarolarning bilim olishdagi teng
huquqliligi, o‘quvchilarni va ota-onalarning ta’lim muassasasini tanlash erkinligi;
2) intellektual qadriyatlar: bilishga ehtiyoj, bilishga qiziqish va faollik,
o‘quvchilarning ijodiy faoliyati, fikrning go‘zalligi va so‘z bilish faoliyati vositasi
sifatida;
3) axloqiy qadriyatlar: o‘kuvchining burch va shaxsiy majburiyatlari, uning
pedagogik jarayonning sub’ekta bo‘lish huquqi, bilimlarni egallashdagi axloqiy
ragbatlar va motivlar,vatanparvarlik va fuqarolik, mehnat va boshqa kishilarning
mehnatini hurmat qilish;
4) kasbiy-pedagogik faoliyatga doir qadriyatlar: o‘qituvchi-tarbiyachini mehnat
qilishga chorlash, tanlagan kasbiga mas’uliyat bilan yondashuv, pedagogning
mahorati, uning izlanishli-tadqiqotchilik, innovatsion faoliyati, kommunikativ
qobiliyati, o‘quvchilar bilan muloqotdagi ijobiylik, pedagogik mahorat.
V.A.Slastenin esa kasbiy yo‘nalganlik tizimiga asoslangan holda, pedagogik
qadriyatlarni quyidagicha tasnif etadi:
1) maqsadli qadriyatlar: shaxsiy Men va kasbiy Men yigindisidagi bo‘lg‘usi
o‘qituvchining shaxsiy konsepsiyasi.
Pedagog pedagogik faoliyat maqsadlarini amalga oshirish yo‘llarini qidirar ekan,
o‘zini va o‘zgalarni rivojlantirish yo‘lidagi o‘z kasbiy strategiyasini tanlab oladi.
Binobarin, maqsadli qadriyatlar davlatning ta’lim siyosatini va pedagogika
ilmining rivojlanish darajasini aks ettiradi. Bu qadriyatlar sub’ektlashgan holda
pedagogik faoliyatning ahamiyatli omillariga aylanadi va vositali qadriyatlarga
ta’sir ko‘rsatadi. Ular nazariya, metodologiya, pedagogik texnologiyalarni egallash
natijasida shakllanib, pedagogning kasbiy ta’limi asosini tashkil etadi.shaxs uchun
zaruriy qadriyatlar kuyidagi maqsadli qadriyatlarni o‘zida aks ettiradi: o‘qituvchi
mehnatining ijodiy va serqirralilik tavsifi, uning nufuzi va ahamiyatliligi, jamiyat
olidagi yuksak ma’suliyat, o‘zini namoyon qilish, bolalarga mehr va boshqalar.
Bunday qadriyatlar ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi shaxeining, talabalar jamoasi
Ilmiybaza.uz
va pedagogik jamoaning rivojlanishi bilan bog‘liq pedagogik faoliyatda o‘z
ifodasini topadi;
2) vositali qadriyatlar: pedagogik muloqot, texnika va texnologiya, monitoring,
innovatika, intuitsiya tizimi. Vositali qadriyatlar maqsadli qadriyatlarga erishishda
vosita bo‘lib xizmat qiladi (mehnat natijalarining jamiyatda tan olinishi, shaxsning
qiziqishlari va qobiliyatlarini pedagogik faoliyat tavsifiga muvofiqligi, kasbiy
o‘sish va b.;
3) munosabatli qadriyatlar: pedagogik jarayon ishtirokchilarining munosabati,
kasbiy-pedagogik faoliyatga munosabat;
4) sifat qadriyatlari: shaxsning xulk-atvor, faoliyatga doir xilma-xil sifatlari:
5) bilishga oid qadriyatlar: o‘qituvchilik kasbining bilishga doir kadriyatlari
nazariy darajada o‘quvchilarning o‘qituvchilik kasbiga doir qadriyatlarni e’tirof
etishi va qabul qilishi bilan bog‘liq.
N.M.Egamberdieva esa, talabalarni shaxsiy va kasbiy jtimoiylashtirish nuqtai
nazaridan pedagogik qadriyatlarni ikkita katta guruhga tasnif etishni taklif etadi:
ijtimoiy-pedagogik va shaxsiy-pedagogik qadriyatlar.
Ijtimoiy-pedagogik qadriyatlar turli ijtimoiy tizimlarda ish olib boruvchi va
ijtimoiy ongda namoyon bo‘luvchi qadriyatlarning tavsifi va mazmunini aks
ettiradi.
Bu
ta’lim
sohasidagi
jamiyat
faoliyatini
tartibga
soluvchi
goyalar,tushunchalar, me’yorlar, qoidalar, an’analar majmuidir.
Shaxsiy-pedagogik qadriyatlar ijtimoiy-psixologik ta’lim sifatida yuzaga chiqib,
ularda o‘qituvchi shaxsining maqsadlari, motivlari, ideallari va boshqa
dunyoqarashga oid xususiyatlari aks etadi. Bu xususiyatlar majmui uning
kadriyatlar yo‘nalishi tizimini tashkil etadi. Qadriyatlar yo‘nalishi sifatidagi
aksiologik «Men» nafaqat kognitiv (bilishga doir)tarkibiy qismlarni, balki
insonning ichki yo‘nalganligida muhim o‘rin tutuvchi hissiy-irodaviy tarkibiy
qismlarni ham o‘z ichiga oladi. Unda xam ijtimoiy-pedagogik, ham pedagogik
qadriyatlarning individual-shaxsiy tizimiga asos bo‘lib xizmat qiluvchi kasbiy-
jamoaviy qadriyatlar o‘rin olgan.
Ilmiybaza.uz
Shuningdek, o‘z navbatida pedagogik qadriyatlarni bunday xilma-xilligi
ularni umumiy tarzda ta’limiy va tarbiyaviy qadriyatlarga ajratishga imkon beradi.
Ta’limiy qadriyatlar shaxsga ilmiy-nazariy bilimlarni berish, unda yuksak
ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash,uning har tomonlama barkamol bo‘lib
voyaga yetishida muhim ijtimoiy-pedagogik ahamiyatga ega bo‘lgan, shuningdek,
o‘ziga xos ahamiyat kasb etuvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar majmuasidir.
Ta’limiy qadriyat - ta’limning milliy yo‘nalganligi, uniig milliy tarix bilan
uyg‘unligi, O‘zbekiston xalqlari madaniyatini asrash va boyitish, ta’limning milliy
rivojlanishning muhim vositasi ekani, boshqa xalqlar tarixi va madaniyatini hurmat
qilishdan iboratdir.
Uzbekistonda ta’limiy qadriyatlar sohasida tadqiqot olib borgan olim Sh.Mardonov
ta’limiy qadriyatlarning o‘ziga xosligiga ko‘ra, bir necha guruhga tasnif etadi:
1) global konseptual-ta’lim qadriyatlari;
2) aniq ta’limiy kadriyatlar;
3) ta’limning individual-shaxsiy xarakterdagi qadriyatlari;
4) innovatsion pedagogik texnologiyalar — umumbashariy (global)-konseptual
ta’limiy kadriyatlar;
5) shaxsni shakllantirish;
6) ta’limning demokratik va gumanitar yo‘nalganligi;
7) insonparvarlik,shaxs dunyoqarashini shakllantirish.
Ta’limiy kadriyatlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ma’naviy-axloqiy, kasbiy hamda
ijtimoiy kadriyatlar sifatida guruxlanadi xamda umummadaniy, ma’naviy-axloqiy,
estetik, intellektual va ijodiy yo‘nalishga ega bo‘ladi.
Ta’limiy kadriyatlar ahamiyatlilik xususiyatiga ko‘ra kuyidagi guruhlarga
bo‘linadi:
1) konseptual-yo‘naltirilgan;
2) bazali (manbali), o‘quv-rejali;
3) shaxsiy qadriyatli va kasbiy-shaxsiy;
4) nazariy-pedagogik;
Ilmiybaza.uz
5)
nazariy-amaliy
va
protsessual-pedagogik,
innovatsion-pedagogik
texnologiyalar;
6) ilg‘or axborot texnologiyalari;
7)
ta’lim
jarayonida
ta’lim
oluvchilarda
ma’naviy-axloqiy
sifatlarning
tarbiyalanishiga alohida e’tibor berish;
8) o‘z-o‘zini takomillashtirish.
Ta’limniig shaxsiy-axamiyatli qadriyatlari sifatida quyidagilar e’tirof etiladi:
1) ijtimoiy-g‘oyaviy, insonparvar, estetik dunyoqarashning shakllanishi;
2) yuksak ma’naviyatga ega bo‘lish;
3) ijtimoiy-kommunikativ faollik, har tomonlama rivojlanish, umummadaniy,
kasbiy, intellektual, ijodiy,ma’naviy-axloqiy, estetik, ekologik va boshkalar;
4) o‘z-o‘zini tarbiyalash, rivojlantirish, shaxsiy, kasb-xunar yo‘nalishini
takomillashtirish, «Men» konsepsiyasining shakllanishi.
Ta’limniig konseptual-yo‘naltirilgan qadriyatlari:
1)shaxs, uning shakllanishi va har tomonlama, to‘laqonli rivojlanishi;
2) boy dunyoqarashga ega bo‘lish;
3) ta’limni insonparvarlashtirish, demokratlashtirish, uning milliy yo‘nalganligi
(o‘ziga
xos
madaniy-tarixiy
va
ma’naviy-axloqiy
an’analar,
milliy
va
umuminsoniy g‘oyalar; fan, texnika,texnologiya va madaniyat, shuningdek, milliy
va jahon pedagogikasining ilg‘or yutuqlari).
Ta’limniig bazali (manbali) qadriyatlari:
1) ta’limniig xozirgi zamon metodologiyasi;
2) milliy va umuminsoniy madaniyat;
3) Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari;
4) xalq pedagogikasi goyalari;
5) milliy va jahon pedagogikasi;
6) shaxsga yo‘naltirilgan pedagogika fani, pedagogik jarayon psixologiyasi.
Ta’limniig kasbiy-shaxsiy qadriyatlari:
1)ijtimoiy-shaxsiy daraja - sababli-qadriyatli omil;
2) pedagogik faoliyatga nisbatan emotsional munosabat (bo‘lajak, xozirgi);
Ilmiybaza.uz
3)kasb-hunar ta’limining shaxsiy mazmuni va ijtimoiy ahamiyatga ega
ko‘rsatmalar: unga qiziqish, talabgorlik;
4) pedagogik tashabbus, qat’iylik. javobgarlik, intizom;
5) pedagog shaxsining o‘z-o‘zini qadrlashi, uning tan olinishi (o‘quv va ijtimoiy
faoliyatga individual yondasha olish» sharti bilan);
6)individuallik, ijodkorlik layokatiga egalik, shaxsiy qiziqishlari, qobiliyati
xamda hayotiy ehtiyojlari;
7)biror bir faoliyatda o‘zini namoyon qilish, anglash, kasbiy va shaxsiy faoliyatni
faollashtirish, erkin fikrlash imkoniyatiga egalik;
8)o‘ziga baho berishda «Men» konsepsiyasidan foydalanish.
Nazariy-pedagogik qadriyatlar:
1) pedagogik ta’limning yangi yo‘nalishlari;
2)ta’limning modifikatsiyalashtirilgan, yangilangan maqsad va vazifalari;
3) zamonaviy pedagogik kadrlarga qo‘yiladigan talablar;
4) pedagogik kadrlarni tayyorlash mazmunining yanada takomillashtirilishi;
5) kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiluvchi yangi talablar;
6)zamonaviy ta’limning nazariy-pedagogik qonuniyatlari;
7) nazariy ta’limning amaliy yo‘nalganligi;
8)idrok etish, mustakil ta’lim olish faoliyati, uni faollashtirish;
9) intellektual-ijodiy va ilmiy tadqikotchilik ishlari, o‘qitish va rivojlanishdagi
nisbatlar, zamonaviy o‘quvchi shaxsini shakllantirish va tarbiyalash;
10) innovatsion ta’lim masalalari, ijodiy analitik va muqobil fikrlash, taxmin
qilish, kutish (ijtimoiy-kasbiy), shaxsiy fikrlarni himoya qilish, muhim qarorlarga
kelish.
Tarbiyaviy kadriyatlar deganda esa, ijobiy tarzdagi ob’ektiv ijtimoiy shart-
sharoitlar,
munosabatlar
orqali
tarbiyalanuvchi
shaxsiga
samarali
ta’sir
ko‘rsatuvchi modsiy va ma’naviy voqelik tushuniladi. Tarbiyaviy qadriyatlar
o‘zida ota-onalar va pedagoglar tarbiyalanuvchi shaxsida tarkib toptirishni
xoxlaydigan, fuqarolik jamiyati uchun foydali, mazkur ijtimoiy sharoitda muhim
va zaruriy ahamiyat kasb etuvchi fazilat, sifat, xohish-
Ilmiybaza.uz
istak, intilish kabilarni aks ettiradi.
Tarbiyaviy qadriyatlar to‘rt asosiy o‘zaro uyg‘un manbaga ega:
1) genetik, psixosomatik, individual-shaxsiy;
2 ) tabiiy;
3 ) sotsiumga doir;
4) ijtimoiy-kosmik.
Quyida mazkur tarbiyaviy qadriyat manbalariga alohida-alohida to‘xtalib o‘tamiz:
Genetik, psixosomatik, individual-shaxsiy tarbiyaviy qadriyat manbalari.
Genetik tarbiyaviy qadriyat manbalariga instinkt, psixik jarayonlar, individning
energetik rusurslari kabi tabiiy-genetik fenomenlar kiradi. Aynan instinkt asosida
shaxe xulqida iroda, sog‘lom turmush tarzi, ehtiyotkorlik kabi tarbiyaviy
qadriyatlar shakllanadi. Muhnm ahamiyatga ega organizmning sog‘lomligi, uning
barcha intellektual va jismoniy mohiyatga ega kuchlarni rivojlantirishga potensial
imkoniyati tarbiyaviy qadriyati psixosomatik jarayonlar natijasida paydo bo‘ladi.
Psixosomatik jarayonlar uz navbatida individning jismoniy soglomligi, erki,
irodasi, maqsadga yo‘nalganligi, mehnatga ishtiyoqi, o‘ziga ishonch kabi
individual-shaxsiy sifatlari haqida gapirishga imkon beradi. Barcha mazkur
energetik-psixosomatik hodisalar mustiqillik, o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini
anglash, o‘z-o‘zini takomillashtirish, o‘z-o‘zini namoyon etish, ijtimoiy faollik
kabi yuksak amaliy faoliyat bilan bog‘liq qadriyatlarni yuzaga keltiradi.
2. Tarbiyaviy qadriyatlarning yana bir asosiy manbai – bu tabiat dunyosidir. Inson
tabiatning ajralmas qismi va uning tabiat bilan o‘zaro munosabati ko‘p jihatdan har
bir individning insoniyligi, yaxlitligini belgilab beradi. Tabiat bilan me’yoriy
o‘zaro harakat insonda qator tarbiyaviy qadriyatli munosabatni yuzaga keltiradi.
Eng avvalo, tabiat inson uchun tarbiyaviy,jismoniy-sog‘lomlashtiruvchi va
ma’naviy qadriyat sifatida aks
etadi.
Tabiatdagi
har
bir
narsa-hodisa
individni
tarbiyalaydi.Tarbiyaviy
qadriyatlarning tabiiy manbasi shaxsda tabiat,inson va jamiyatga nisbatan muhim
qadriyatli munosabatni shakllantiradi. Tabiat insonda moddiy borliq, uning paydo
bo‘lishi, moddiy borliq shakl va qonunlari birligi haqidagi falsafiy dunyoqarashni
Ilmiybaza.uz
hosil qiladi. Insonda tabiatga tarbiyaviy-qadriyatli, ilmiy bilishga doir munosabatni
rivojlantirish unda ilmiy, bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash; real moddiy
hayot harakat qonunlarini bilish; moddiy
hayot mohiyatini falsafiy jihatdan tushunib yegish; tabiat qonunlari bilan
bog‘liqlikda tabiiy boyliklarni o‘zlashtirishdagi amaliy harakatga intilishni
rag‘batlaydi.
Bundan tashqari tabiat tarbiyaviy qadriyat sifatida ob’ektiv go‘zallik hodisasidir.
Tabiat shaxsda estetiklikni, badiiy-estetik ongni; dunyo go‘zalligini idrok etish va
yaratish qobiliyatini shakllantiradi.
3. Tarbiyaviy qadriyatlar manbai sifatida sotsium ham aloqida ahamiyat kasb
etadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, inson nafaqat tarbiyaviy qadriyatlarni
yaratadi, balki uning o‘zi ham mohiyatiga ko‘ra tabiiy va muhim tarbiyaviy
qadriyatdir. Katta avlod vakillari, ayniqsa, ota-onalar va pedagoglar, davlat va
jamoat arboblari, fan va san’at namoyondalari o‘zlarida tarbiyalanuvchilarga
yorqin va kuchli ta’sir etuvchi shaxs fazilatlari va xususiyatlari, uning faoliyati va
xulq-atvori namunasini aks ettiradi. Har kanday ma’naviy yetuk, keng tafakkurli,
ijodkor, yaratuvchan, mas’uliyatli inson o‘zida ma’naviy ustoz maqomini ifoda
etadi.
4. Nixoyat, yana bir muxim tarbiyaviy qadriyat sifatida Kosmos: insonning u
xaqidagi o‘y-fikrlarn, tasavvurlari,farazlari, afsonalari aks etadi. Chunki Kosmos
insonga kosmik fazoga xayolan intilishni, uni o‘zlashtirish ishtiyoqni, inson va
insoniyatning abadiy mavjudligi haqidagi ta’limotni,astrofizik va astronavtik
apparatlarni loyihalashni taqdim etdi. Eng asosiysi, Kosmos insonga hayot
mazmunini anglab yetishga katta ta’sir o‘tkazdi.
Yuqorida bayon etilgan manbalar taxlilidan ko‘rinadiki,tarbiyaviy qadriyatlar
ijtimoiy hayot va inson ongida xilma-xil muddatlarda mavjud bo‘lishi; mazkur
qadriyatlarning barcha jamiyatlar uchun bir xil ahamiyatga ega bo‘lmasligi;
tarbiyaviy tizimlarda mavjud bo‘la olishi va pedagogik samaradorlikni belgilashga
xizmat qiladi. Ana shu bilan bog‘liqlikda tarbiyaviy qadriyatlar absolyut - shu
Ilmiybaza.uz
jumladan, genetik manbadan yuzaga keluvchi umuminsoniy qadriyatlar; vaqt bilan
bog‘liq (vaqtinchalik) - anik-tarixi; barkaror - mental, etnik;
individual-shaxsiy kabi turlarga bo‘linadi.
Absolyut umuminsoniy qadriyatlarga quyidagilar kiradi:
- diniy-ma’naviy;
barcha mohiyat-e’tiborga molik kuch va individual qobiliyatlarni rivojlantirishga
imkon beruvchi;
- ichki axloqiy erkinlik, burch va majburiyatli ongni tarkib toptirishga yordam
beruvchi;
- vijdon, sevgi, ishonch, burch, ziyolilik kabi ma’naviy poydevorga ega axloqiy
individuallik va jamoaviylikni shakllantiruvchi;
- intellektual mulk va jismoniy mehnatga doir qobiliyatni rivojlantiruvchi;
- dunyoni axloqiy, estetik va ekologik idrok etish va anglashga imkon beruvchi.
Aniq tarixiy shart-sharoit va vaziyat bilan bog‘liqlikda mavjud bo‘lgan tarbiyaviy
qadriyatlarga kuyidagilar kiradi:
- mafkuraviy va siyosiy qarashlar;
- huquqiy va axloqiy ong va me’yor tizimi;
- fuqarolik ongi, xulq-atvori va fazilati darajasi;
- hayot va amaliy yo‘nalganlik istiqboli;
- moda, etiketga yo‘nalganlik;
- kasbiy yo‘nalishlar.
Barkaror mental-etnik tarbiyaviy qadriyatlarga kuyidagilar kiradi:
- yaxlit milliy tarixiy-tajriba, ishlab chiqarishdagi o‘ziga xosliklar, milliy
madaniyat, geografik shart-sharoitlar, xalqaro vaziyat asosida yuzaga keluvchi
milliy xarakter xususiyatlari;
- an’analar, urf-odatlar, xalk ogzaki ijodi, xalq amaliy san’ati namunalari,
obidalar, yodgorliklar;
- ta’limiy an’analar (ta’lim mazmuni, shakl, metod va vositalari);
- oilaviy an’analar va munosabatlardagi o‘ziga xosliklar;
- xalq xunarmandchiligi;
Ilmiybaza.uz
milliy badiiy tasviriy san’at, musiqa, teatr, kinomatografiya, poetik ijod;
- diniy qarash va e’tiqoddagi o‘ziga xoslik.
Absolyut ijtimoiy ahamiyatga ega individual-shaxsiy qadriyatlarga esa
kuyidagilar kiradi:
- iroda erkinligi;
- mustaqil fikrlash, xatti-harakatlardagi mustakillik;
- qonunlarga rioya etish va qonunlarni takomillashtirishga
qobiliyatlilik;
- adolatparvarlik;
- ziyraklik;
- g‘amxo‘rlik;
- go‘zallik va ezgulikka ishonch;
intizomlilik, o‘z-o‘zini takomillashtirish, o‘z-o‘zini
boshqarish;
- o‘zligini saqlab qolish, ichki insoniy borlig‘ini anglash.
Ta’limning qadriyatli paradigmasi. Bugungi kunda ta’lim tizimining
rivojlanishidagi asosiy yo‘nalishlardan biri qadriyatli paradigmaga o‘tish jarayoni
ro‘y bermoqsa. Mazkur yondashuvga yo‘nalganlik qarashlarning konseptual
tizimlari,an’anaviy va innovatsion jarayonlarning qadriyatli asoslari yaqinlashuvini
ob’ektiv jihatdan talab etadi. Ana shu sababdan pedagogik hodisalarni o‘rganishda
aksiologik yondashuvning tarixiy ildizlarini, shakllanish va rivojlanish omillarini
hamda mazmun-mohiyatini to‘la anglab olish o‘ta muhimdir.
Aksiologik muammolar bilan mil. av. VI—V asrlardayoq qadimgi yunon
olimlari
-
Geraklit,
Demokrit,
Sukrot,
Aflotun,Aristotellar
shug‘ullana
boshlashgan. Ular asosiy aksiologik savollarni shakllantirishga harakat qilganlar:
oliy baxtga erishish mumkinmi? Hayot mazmuni nimada? Haqiqat bormi?
Go‘zallik nima?
Ilmiybaza.uz
Sharq mutafakkirlaridan Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn
Sino, Yusuf Xos X,ojib, Alisher Navoiylar inson hayoti, uning ta’lim va tarbiya
olishi muhimligini o‘z asarlarida ko‘rsatib berish orqali pedagogik
aksiologiyaning tamal toshini qo‘yganlar. Uzok vaqtlar nazariy-pedagogik
masalalar mustaqil tadqiqot sohasida sifatida emas, falsafa doirasida qarab
kelingan. Birok Sharq mutafakkirlarining g‘oyalari ta’lim, tarbiya, ta’lim
metodikasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, pedagogik fikrlar rivojida hal qiluvchi rol
o‘ynagan. Misol uchun, X asrda al-Xorazmiy tomonidan qo‘llanilgan kuzatilgan
voqea va hodisalarni tushuntirishda muntazamlilik, ketma-ketlik tamoyilini XIX
asr oxirida Abdulla Avloniyning pedagogik asarlarida uchratish mumkin.
Shaxsga yo‘naltirilgan qadriyatli bilimlar ikki jihatga qaratilgan: ichki - shaxsiy
muvaffaqiyatga erishish vositasi sifatida (Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,
Abu Nasr Forobiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy) va tashqi - o‘z-o‘zini
anglash va o‘z-o‘zini takomillashtirish vositasi sifatida
(Yusuf Hamadoniy, Xoja Hasan Andoqiy, Xoja Abdulloh Barraqiy (Barqiy), Xoja
Ahmad Yassaviy, Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy Xojagon, Bahouddin Naqshband
).
Qadimgi va o‘rta asrlarda shakllangan an’analar Sharq uyg‘onish davriga kelib,
o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘ldi. Ta’lim va tarbiya masalalari qaytadan ko‘rib
chiqila boshlandi va ularni hal qilishning yangi yo‘llari izlab topildi. Insonparvarlik
yo‘nalishiga ega bo‘lgan ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan talablar
o‘zgardi. Ustoz va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi munosabatlar o‘zgardi,faollik,
o‘rganish jarayonida ta’lim oluvchilarning mustakilligi qadriyati o‘sib bordi.
Ta’lim oluvchining bilishga qiziqishini shakllantirish g‘oyasi rivojlandi. Mazkur
davrda pedagogik g‘oyalar markazida bolaning individual rivojlanishi quyilsa-
da,biroq shaxs jamiyatga qarama-qarshi qo‘yilmagan. Bu bilan bog‘liqlikda ta’lim
ijtimoiy taraqqiyot sharti sifatida belgilangan.
Buyuk olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek esa, «bilim olishga intilish davlat
ravnaqiga yo‘l demakdir», degan aksiomani ilgari surib ta’limning aksiologik
qadriyat statusini anikbelgilab bera olgan edi.