PEDAGOGIK AKSIOLOGIYANI TADQIQ ETISHGA DOIR METODOLOGIK YONDASHUVLAR
Yuklangan vaqt
2024-10-01
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
20
Faytl hajmi
46,0 KB
Ilmiybaza.uz
PEDAGOGIK AKSIOLOGIYANI TADQIQ ETISHGA DOIR
METODOLOGIK YONDASHUVLAR
REJA:
Ta’lim falsafasi va uning moxiyati.
Pedagogik qadriyatlarni tasnif etishga turlicha yondashuvlar.
XVIII—XX asrlardagi pedagog olimlarining ilmiy izlanishlari shundan dalolat
beradiki, amaliyoti dastlabki davrlardanok falsafa maqsadidan kelib chikkan
zamonaviy maktab va ta’lim uzining rivojida,Ya.A.Komenskiy, U.G.Pestalotsi,
F.Frebelem, I.F.Gerbart,A.Disterverg, J.Dyui, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda
Niyoziy va boshqa klassik pedagoglar tomonidan ilgari surilgan falsafiy-pedagogik
goyalar bilan boyib borgan. Ularning goyalari ta’limning klassik modeli asosida
yuzaga kelgan bo‘lib, o‘zining mazmunida avvalgi asoslarni saklab kolgan:
ta’limning maqsadi va mazmuni, ta’limning shakl va metodlari, ta’lim muassasasi
va ta’lim jarayoniiing tashkil etish usullari.
XX asrga kelib esa bu goyalar orasida ta’lim olganlik goyasi alohida ahamiyat
kasb eta boshladi. Ta’lim olganlik – bilimlarni egallaganlik va uni amalda qo‘llay
olish demakdir. Bu davrdagi pedagogik goyalar insonning imkoniyatlarini -
oliy nerv faoliyati fiziologiyasidan pedagogik psixologiyagacha bo‘lgan
konsepsiyalarni ilgari surgani bilan xarakterlidir:
«yaqin zonadan» rivojlanish (L.S.Vigotskiy),shaxs rivojlanishida nazariy
bilimlarning
hal
qiluvchilik
roli
(L.V.Zankov),
ta’lim
shart-sharoitlari
(S.L.Rubinshteyn),rivojlanishning ijtimoiy vaziyati (L.I.Bojovich), akliy
faoliyatning bosqichma-bosqich rivojlanishi (P.Ya.Galperin),ta’limda onglilikni
shakllantirish (V.V. Davidov).
Ilmiybaza.uz
XX aerning 60-yillarida pedagogikada madaniy dialog,hamkorlik, birgalikdagi
harakat, boshqa karashlarni tushuna olish zarur, shaxsga xurmat, uning xuquqlari
kabi goyalar amaliy ta’limni inkor etmagan holda yuzaga keldi. Ular o‘rtasidagi
bogliqlik shunda ko‘rinadiki, ta’limning klassik modeli jamiyat va zamonaviy
ishlab chiqarish talablariga javob berishdan kelib chiqqan bo‘lsa, falsafiy-pedagogik
goyalarda imkoniyat yuzaga chiqadi. Ya’ni pedagogikaning yangi metodologiyasi
an’anaviy ta’lim jarayonlarini intellektual qayta ishlangani, deyish mumkin.
Ta’lim falsafasining rivoji pedagogik amaliyotda muloqot an’anaviy
tushunishning nazariy anglash shart-sharoitlari sifatida yuzaga chiqadi. Pedagogika
fanidagi murakkab tizimlar va tushunchalar klassik ta’limning falsafiy goyalariga
asoslangan. Ularni nazariy idrok etish ta’limda boshqa
falsafiy-dunyoqarashli tushunchalarni keltirib chiqaradi.
Zamonaviy pedagogika fanining asosiy tendensiyasi – uning shaxsni «anglash»,
o‘z dunyoqarashishiga asoslanishga e’tibor qaratganligidir. Bu esa zamonaviy
pedagogik amaliyotning muhim jihatiga aylandi. Pedagogika va inson amaliyotida
insonparvarlik an’analarining rivojlanishi, uning o‘z hayotida
qo‘ygan muhim vazifalarini o‘zida aks ettiradi.
Inson hayoti har doim bo‘lib o‘tgan vokealarni baholash, vazifalarni qo‘yish,
izlash, xulosalar qabul qilish, dunyoqarash vaziyatlarida kechadi. Bunda uning atrof-
muhit bilan munosabatlari ikkita fark bilan o‘zaro bogliq: amaliy va
abstrakt-nazariy (bilish). Bundan kelib chiqadiki, pedagogika metodologiyasi
ta’lim falsafasiga haqiqiy insonparvarlikning mohiyati, borlikning yangilanishi va
pedagogik bilish xaqidagi nazariy qoidalar yigindisi sifatida qaraydi. Bunday
metodologiyaga muvofiq, fanlarning, shu jumladan, pedagogikaning insonparvarlik
mohiyatidan kelib chiqadigan vazifasi o‘zida insonga bilish, muloqot, ijod sub’ekta
sifatida yondashishni aks ettiradi.
Bizga ma’lumki, ilmiy bilish, shuning barobarida pedagogik bilish faqatgina
ijodkorliknigina emas, ijtimoiy ehtiyojlarni to‘la qondirish maqsadini ham ro‘yobga
chiqaradi. Nazariy va amaliy bilish orasidagi «ko‘prik» vazifasini aksiologik yoki
qadriyat sifatidagi yondashuv bajaradi.
Umumiy aksiologiya uchun uning o‘rganish ob’ekti sifatida aks etadigan xilma-
xil qadriyatli taniflar xarakterlidir. Chet el aksiologiyasida sub’ektivli yo‘nalganlik
Ilmiybaza.uz
(emotivizm,ekzistensializm, affektiv-iroda nazariyasi); sub’ektivistik yo‘nalganlik
(neokantchilik, neotomizm); empirik maktab (ijtimoiy-psixologik nazariya,
lingvistik tahlil, neonaturapizm) kabi maktablarning ajralib chiqishi mazkur
masalani yanada murakkablashtaradi.
Chet el falsafasida qadriyatlar tabiatini taxdil qilishga yondashuvlarni
umumlashtirish asosida M.A. Kisel qadriyatning manbaiga asoslanib, ularni
ehtiyojli, ideal turmush, oliy qadriyatli voqelik, intuitsiya qadriyatlari tarzida tasnif
etadi.
Qadriyatli tasnifda qadriyatlarning rivojlanib borishi turli nuqtai nazardan
ko‘rib chiqiladi. Faqatgina umumiy aksiologiyadagi barcha murakkab qadriyatli
tizimlar real ta’limiy muammolarni hal etish bilan bevosita o‘zaro aloqadar, deb
ta’kidlash to‘gri bo‘lmaydi. Bir paytning o‘zida o‘zaro aloqadorlik ham ma’lum
bo‘ladi va u ko‘p jihatdan ta’lim falsafasiga asoslanadi.
«Ta’lim falsafasi» atamasi ham turlicha talqin etiladi.Britaniyada nashr etilgan
ensiklopediyada ta’lim falsafasiga ta’lim mohiyati, uning rivojlanish qonuniyatlarini
ochib berishga doir muammolar bilan shug‘ullanuvchi bilim sohasi; ta’limning
falsafiy nazariyasi sifatida ta’limning rivojlanish masalalarini ko‘rib chikuvchi turli
yo‘nalishlar yig‘indisi sifatida ta’rif beriladi. Ta’lim falsafasining alohida tadqiqot
yo‘nalishi sifatida ajralib chiqishi XX asrning 40-yillarida Kolumbiya universitetida
falsafa va pedagogika nazariyasi sohasi mutaxassislarining ilmiy jamiyatining
yaratilishi bilan bog‘likdir. Uning faoliyat maqsadi sifatida ta’limning falsafiy
muammolarini tadqiq etish, ta’limiy dasturlarni falsafiy ekspertiza qilish, o‘quv
kurslarini ishlab chiqish va o‘rta maxsus va universitetlar uchun kadrlar tayyorlash
aks etadi.
Ta’lim falsafasi tarixi tushunchasi XX asrning 60-yillarida R.Piters tomonidan
ta’lim asosi sifatidagi asosiy manbalar: Madaniyat, Jamiyat, Individga asoslanib,
qabul qilindi.
Hozirgi vaqtda ta’lim falsafasi deganda, ta’limning qadriyatli-mohiyatli qismi,
uning rivojlanish qonuniyatlari va vazifalarini ochib beradigan falsafiy bilimlar
sohasi tushuniladi. U G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida muhim o‘rin egallaydi va
ta’limiy qadriyatlarni umumiy qadriyatlar bilan taqqoslash asosida ta’limni
asoslashga turlicha yondashuvni amalga oshiradigan qator yo‘nalishlar (empirik-
Ilmiybaza.uz
analitik, gumanitar, dialogli, ekzistensial-germenevtik)ni o‘z ichiga qamrab oladi.
Masalan, idealizm, ratsionalizm, konservatizm, diniy falsafa umumiy qadriyatlar
sifatida axloqiy va diniy qoidalar, ijtimoiylik, shaxsiy olijanoblikni e’tirof etsa,
ta’limda katta e’tibor o‘quvchilarning fikrlashini rivojlantirishga qaratilishi
kerakligini ta’kidlashadi. Madaniyat, geremenevtika, analitik falsafada madaniyat
ob’ektlari umumiy qadriyat sifatida sanaladi. Ta’limiy kadriyatlar sifatida aql-
zakovat,bilimdonlik
ajratib
ko‘rsatiladi.
Realizm,
pozitivizm,empirizmda
kadriyatlar ijtimoiy va kasbiy mutanosiblik,fuqarolik ta’limiy qadriyatlari bilan
bog‘lanadi.
Pedagogik qadriyatlarni tasnif etishga turlicha yondashuvlar. «Pedagogik
kadriyatlar — bu pedagogik faoliyatning shunday o‘ziga xosligiki, ular nafaqat
pedagogik ehtiyojlarni qondirishga imkon beradi, balki uning ijtimoiy va kasbiy
faolligini mo‘ljalga olishga xizmat qiladi. Pedagogik kadriyatlar hayotda o‘z-o‘zidan
tasdig‘ini topmaydi. Ular jamiyatdagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy aloqalarga bogliq».
V.A.Slastyoninning fikriga ko‘ra, «Pedagogik faoliyatga doir qadriyatlarning
interiorizatsiyasi bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy madaniyatiga tamal toshini
qo‘yadi».O‘qituvchining ongida mustahkamlangan pedagogik kadriyatlar uning
shaxdlararo muloqotida, ijodiy faoliyatida, bola shaxsining rivojlanishida, kasbiy
hamkorliqda, ma’naviy kadriyatlar almashinuvidagi kasbiy yo‘nalishlari tizimini
hosil kiladi. Olimlar tomonidan pedagogik qadriyatlarning ikki jihati alohida tadqiq
etilgan:
- o‘kituvchiga uning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishiga imkon
beruvchi va ijtimoiy ahamiyatli insonparvar maqsadlarga erishishga qaratilgan uning
ijtimoiy va kasbiy faolligida yo‘l ko‘rsatuvchi belgi bo‘lib xizmat qiladigan o‘ziga
xos jihatlar;
- pedagogik faoliyatni tartibga soluvchi me’yorlar va ta’lim hamda pedagogik
faoliyat sohasidagi vujudga keladigan ijtimoiy dunyoqarash orasida vosita va
boglovchi bo‘gin bo‘lib keluvchi bilish-faoliyat tizimi.
Pedagogik aksiologiyaga oid adabiyotlarda pedagogik qadriyatlarning xilma-xil
tasniflari mavjuddir. Jumladan,Z.I.Ravkin pedagogik qadriyatlarni quyidagicha
tasnif etadi:
Ilmiybaza.uz
1) ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar: ta’limning hamma uchun ochiqligi va bepulligi,
millatidan qati nazar, barcha fuqarolarning bilim olishdagi teng huquqliligi,
o‘quvchilarni va ota-onalarning ta’lim muassasasini tanlash erkinligi;
2) intellektual qadriyatlar: bilishga ehtiyoj, bilishga qiziqish va faollik,
o‘quvchilarning ijodiy faoliyati, fikrning go‘zalligi va so‘z bilish faoliyati vositasi
sifatida;
3) axloqiy qadriyatlar: o‘kuvchining burch va shaxsiy majburiyatlari, uning
pedagogik jarayonning sub’ekta bo‘lish huquqi, bilimlarni egallashdagi axloqiy
ragbatlar va motivlar,vatanparvarlik va fuqarolik, mehnat va boshqa kishilarning
mehnatini hurmat qilish;
4) kasbiy-pedagogik faoliyatga doir qadriyatlar: o‘qituvchi-tarbiyachini mehnat
qilishga chorlash, tanlagan kasbiga mas’uliyat bilan yondashuv, pedagogning
mahorati, uning izlanishli-tadqiqotchilik, innovatsion faoliyati, kommunikativ
qobiliyati, o‘quvchilar bilan muloqotdagi ijobiylik, pedagogik mahorat.
V.A.Slastenin esa kasbiy yo‘nalganlik tizimiga asoslangan holda, pedagogik
qadriyatlarni quyidagicha tasnif etadi:
1) maqsadli qadriyatlar: shaxsiy Men va kasbiy Men yigindisidagi bo‘lg‘usi
o‘qituvchining shaxsiy konsepsiyasi.
Pedagog pedagogik faoliyat maqsadlarini amalga oshirish yo‘llarini qidirar ekan,
o‘zini va o‘zgalarni rivojlantirish yo‘lidagi o‘z kasbiy strategiyasini tanlab oladi.
Binobarin, maqsadli qadriyatlar davlatning ta’lim siyosatini va pedagogika ilmining
rivojlanish darajasini aks ettiradi. Bu qadriyatlar sub’ektlashgan holda pedagogik
faoliyatning ahamiyatli omillariga aylanadi va vositali qadriyatlarga ta’sir ko‘rsatadi.
Ular nazariya, metodologiya, pedagogik texnologiyalarni egallash natijasida
shakllanib, pedagogning kasbiy ta’limi asosini tashkil etadi.shaxs uchun zaruriy
qadriyatlar kuyidagi maqsadli qadriyatlarni o‘zida aks ettiradi: o‘qituvchi
mehnatining ijodiy va serqirralilik tavsifi, uning nufuzi va ahamiyatliligi, jamiyat
olidagi yuksak ma’suliyat, o‘zini namoyon qilish, bolalarga mehr va boshqalar.
Bunday qadriyatlar ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchi shaxeining, talabalar jamoasi
va pedagogik jamoaning rivojlanishi bilan bog‘liq pedagogik faoliyatda o‘z ifodasini
topadi;
Ilmiybaza.uz
2) vositali qadriyatlar: pedagogik muloqot, texnika va texnologiya, monitoring,
innovatika, intuitsiya tizimi. Vositali qadriyatlar maqsadli qadriyatlarga erishishda
vosita bo‘lib xizmat qiladi (mehnat natijalarining jamiyatda tan olinishi, shaxsning
qiziqishlari va qobiliyatlarini pedagogik faoliyat tavsifiga muvofiqligi, kasbiy o‘sish
va b.;
3) munosabatli qadriyatlar: pedagogik jarayon ishtirokchilarining munosabati,
kasbiy-pedagogik faoliyatga munosabat;
4) sifat qadriyatlari: shaxsning xulk-atvor, faoliyatga doir xilma-xil sifatlari:
5) bilishga oid qadriyatlar: o‘qituvchilik kasbining bilishga doir kadriyatlari
nazariy darajada o‘quvchilarning o‘qituvchilik kasbiga doir qadriyatlarni e’tirof
etishi va qabul qilishi bilan bog‘liq.
N.M.Egamberdieva esa, talabalarni shaxsiy va kasbiy jtimoiylashtirish nuqtai
nazaridan pedagogik qadriyatlarni ikkita katta guruhga tasnif etishni taklif etadi:
ijtimoiy-pedagogik va shaxsiy-pedagogik qadriyatlar.
Ijtimoiy-pedagogik qadriyatlar turli ijtimoiy tizimlarda ish olib boruvchi va
ijtimoiy ongda namoyon bo‘luvchi qadriyatlarning tavsifi va mazmunini aks ettiradi.
Bu ta’lim sohasidagi jamiyat faoliyatini tartibga soluvchi goyalar,tushunchalar,
me’yorlar, qoidalar, an’analar majmuidir.
Shaxsiy-pedagogik qadriyatlar ijtimoiy-psixologik ta’lim sifatida yuzaga
chiqib, ularda o‘qituvchi shaxsining maqsadlari, motivlari, ideallari va boshqa
dunyoqarashga oid xususiyatlari aks etadi. Bu xususiyatlar majmui uning kadriyatlar
yo‘nalishi tizimini tashkil etadi. Qadriyatlar yo‘nalishi sifatidagi aksiologik «Men»
nafaqat kognitiv (bilishga doir)tarkibiy qismlarni, balki insonning ichki
yo‘nalganligida muhim o‘rin tutuvchi hissiy-irodaviy tarkibiy qismlarni ham o‘z
ichiga oladi. Unda xam ijtimoiy-pedagogik, ham pedagogik qadriyatlarning
individual-shaxsiy tizimiga asos bo‘lib xizmat qiluvchi kasbiy-jamoaviy qadriyatlar
o‘rin olgan.
Shuningdek, o‘z navbatida pedagogik qadriyatlarni bunday xilma-xilligi ularni
umumiy tarzda ta’limiy va tarbiyaviy qadriyatlarga ajratishga imkon beradi.
Ta’limiy qadriyatlar shaxsga ilmiy-nazariy bilimlarni berish, unda yuksak
ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalash,uning har tomonlama barkamol bo‘lib
Ilmiybaza.uz
voyaga yetishida muhim ijtimoiy-pedagogik ahamiyatga ega bo‘lgan, shuningdek,
o‘ziga xos ahamiyat kasb etuvchi ob’ektiv va sub’ektiv omillar majmuasidir.
Ta’limiy qadriyat - ta’limning milliy yo‘nalganligi, uniig milliy tarix bilan
uyg‘unligi, O‘zbekiston xalqlari madaniyatini asrash va boyitish, ta’limning milliy
rivojlanishning muhim vositasi ekani, boshqa xalqlar tarixi va madaniyatini hurmat
qilishdan iboratdir.
Uzbekistonda ta’limiy qadriyatlar sohasida tadqiqot olib borgan olim
Sh.Mardonov ta’limiy qadriyatlarning o‘ziga xosligiga ko‘ra, bir necha guruhga
tasnif etadi:
1) global konseptual-ta’lim qadriyatlari;
2) aniq ta’limiy kadriyatlar;
3) ta’limning individual-shaxsiy xarakterdagi qadriyatlari;
4) innovatsion pedagogik texnologiyalar — umumbashariy (global)-konseptual
ta’limiy kadriyatlar;
5) shaxsni shakllantirish;
6) ta’limning demokratik va gumanitar yo‘nalganligi;
7) insonparvarlik,shaxs dunyoqarashini shakllantirish.
Ta’limiy kadriyatlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ma’naviy-axloqiy, kasbiy hamda
ijtimoiy kadriyatlar sifatida guruxlanadi xamda umummadaniy, ma’naviy-axloqiy,
estetik, intellektual va ijodiy yo‘nalishga ega bo‘ladi.
Ta’limiy kadriyatlar ahamiyatlilik xususiyatiga ko‘ra kuyidagi guruhlarga
bo‘linadi:
1) konseptual-yo‘naltirilgan;
2) bazali (manbali), o‘quv-rejali;
3) shaxsiy qadriyatli va kasbiy-shaxsiy;
4) nazariy-pedagogik;
5)
nazariy-amaliy
va
protsessual-pedagogik,
innovatsion-pedagogik
texnologiyalar;
6) ilg‘or axborot texnologiyalari;
7) ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarning
tarbiyalanishiga alohida e’tibor berish;
8) o‘z-o‘zini takomillashtirish.
Ilmiybaza.uz
Ta’limniig shaxsiy-axamiyatli qadriyatlari sifatida quyidagilar e’tirof etiladi:
1) ijtimoiy-g‘oyaviy, insonparvar, estetik dunyoqarashning shakllanishi;
2) yuksak ma’naviyatga ega bo‘lish;
3) ijtimoiy-kommunikativ faollik, har tomonlama rivojlanish, umummadaniy,
kasbiy, intellektual, ijodiy,ma’naviy-axloqiy, estetik, ekologik va boshkalar;
4) o‘z-o‘zini tarbiyalash, rivojlantirish, shaxsiy, kasb-xunar yo‘nalishini
takomillashtirish, «Men» konsepsiyasining shakllanishi.
Ta’limniig konseptual-yo‘naltirilgan qadriyatlari:
1)shaxs, uning shakllanishi va har tomonlama, to‘laqonli rivojlanishi;
2) boy dunyoqarashga ega bo‘lish;
3) ta’limni insonparvarlashtirish, demokratlashtirish, uning milliy yo‘nalganligi
(o‘ziga xos madaniy-tarixiy va ma’naviy-axloqiy an’analar, milliy va umuminsoniy
g‘oyalar; fan, texnika,texnologiya va madaniyat, shuningdek, milliy va jahon
pedagogikasining ilg‘or yutuqlari).
Ta’limniig bazali (manbali) qadriyatlari:
1) ta’limniig xozirgi zamon metodologiyasi;
2) milliy va umuminsoniy madaniyat;
3) Sharq mutafakkirlarining pedagogik qarashlari;
4) xalq pedagogikasi goyalari;
5) milliy va jahon pedagogikasi;
6) shaxsga yo‘naltirilgan pedagogika fani, pedagogik jarayon psixologiyasi.
Ta’limniig kasbiy-shaxsiy qadriyatlari:
1)ijtimoiy-shaxsiy daraja - sababli-qadriyatli omil;
2) pedagogik faoliyatga nisbatan emotsional munosabat (bo‘lajak, xozirgi);
3)kasb-hunar ta’limining shaxsiy mazmuni va ijtimoiy ahamiyatga ega
ko‘rsatmalar: unga qiziqish, talabgorlik;
4) pedagogik tashabbus, qat’iylik. javobgarlik, intizom;
5) pedagog shaxsining o‘z-o‘zini qadrlashi, uning tan olinishi (o‘quv va ijtimoiy
faoliyatga individual yondasha olish» sharti bilan);
6)individuallik, ijodkorlik layokatiga egalik, shaxsiy qiziqishlari, qobiliyati
xamda hayotiy ehtiyojlari;
Ilmiybaza.uz
7)biror bir faoliyatda o‘zini namoyon qilish, anglash, kasbiy va shaxsiy
faoliyatni faollashtirish, erkin fikrlash imkoniyatiga egalik;
8)o‘ziga baho berishda «Men» konsepsiyasidan foydalanish.
Nazariy-pedagogik qadriyatlar:
1) pedagogik ta’limning yangi yo‘nalishlari;
2)ta’limning modifikatsiyalashtirilgan, yangilangan maqsad va vazifalari;
3) zamonaviy pedagogik kadrlarga qo‘yiladigan talablar;
4) pedagogik kadrlarni tayyorlash mazmunining yanada takomillashtirilishi;
5) kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiluvchi yangi talablar;
6)zamonaviy ta’limning nazariy-pedagogik qonuniyatlari;
7) nazariy ta’limning amaliy yo‘nalganligi;
8)idrok etish, mustakil ta’lim olish faoliyati, uni faollashtirish;
9) intellektual-ijodiy va ilmiy tadqikotchilik ishlari, o‘qitish va rivojlanishdagi
nisbatlar, zamonaviy o‘quvchi shaxsini shakllantirish va tarbiyalash;
10) innovatsion ta’lim masalalari, ijodiy analitik va muqobil fikrlash, taxmin
qilish, kutish (ijtimoiy-kasbiy), shaxsiy fikrlarni himoya qilish, muhim qarorlarga
kelish.
Tarbiyaviy kadriyatlar deganda esa, ijobiy tarzdagi ob’ektiv ijtimoiy shart-
sharoitlar, munosabatlar orqali tarbiyalanuvchi shaxsiga samarali ta’sir ko‘rsatuvchi
modsiy va ma’naviy voqelik tushuniladi. Tarbiyaviy qadriyatlar o‘zida ota-onalar va
pedagoglar tarbiyalanuvchi shaxsida tarkib toptirishni xoxlaydigan, fuqarolik
jamiyati uchun foydali, mazkur ijtimoiy sharoitda muhim va zaruriy ahamiyat kasb
etuvchi fazilat, sifat, xohish-
istak, intilish kabilarni aks ettiradi.
Tarbiyaviy qadriyatlar to‘rt asosiy o‘zaro uyg‘un manbaga ega:
1) genetik, psixosomatik, individual-shaxsiy;
2 ) tabiiy;
3 ) sotsiumga doir;
4) ijtimoiy-kosmik.
Quyida mazkur tarbiyaviy qadriyat manbalariga alohida-alohida to‘xtalib
o‘tamiz:
Genetik, psixosomatik, individual-shaxsiy tarbiyaviy qadriyat manbalari.
Ilmiybaza.uz
Genetik tarbiyaviy qadriyat manbalariga instinkt, psixik jarayonlar, individning
energetik rusurslari kabi tabiiy-genetik fenomenlar kiradi. Aynan instinkt asosida
shaxe xulqida iroda, sog‘lom turmush tarzi, ehtiyotkorlik kabi tarbiyaviy qadriyatlar
shakllanadi. Muhnm ahamiyatga ega organizmning sog‘lomligi, uning barcha
intellektual va jismoniy mohiyatga ega kuchlarni rivojlantirishga potensial
imkoniyati tarbiyaviy qadriyati psixosomatik jarayonlar natijasida paydo bo‘ladi.
Psixosomatik jarayonlar uz navbatida individning jismoniy soglomligi, erki, irodasi,
maqsadga yo‘nalganligi, mehnatga ishtiyoqi, o‘ziga ishonch kabi individual-shaxsiy
sifatlari haqida gapirishga imkon beradi. Barcha mazkur energetik-psixosomatik
hodisalar mustiqillik, o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini
takomillashtirish, o‘z-o‘zini namoyon etish, ijtimoiy faollik kabi yuksak amaliy
faoliyat bilan bog‘liq qadriyatlarni yuzaga keltiradi.
2. Tarbiyaviy qadriyatlarning yana bir asosiy manbai – bu tabiat dunyosidir.
Inson tabiatning ajralmas qismi va uning tabiat bilan o‘zaro munosabati ko‘p
jihatdan har bir individning insoniyligi, yaxlitligini belgilab beradi. Tabiat bilan
me’yoriy o‘zaro harakat insonda qator tarbiyaviy qadriyatli munosabatni yuzaga
keltiradi. Eng avvalo, tabiat inson uchun tarbiyaviy,jismoniy-sog‘lomlashtiruvchi va
ma’naviy qadriyat sifatida aks
etadi. Tabiatdagi har bir narsa-hodisa individni tarbiyalaydi.Tarbiyaviy
qadriyatlarning tabiiy manbasi shaxsda tabiat,inson va jamiyatga nisbatan muhim
qadriyatli munosabatni shakllantiradi. Tabiat insonda moddiy borliq, uning paydo
bo‘lishi, moddiy borliq shakl va qonunlari birligi haqidagi falsafiy dunyoqarashni
hosil qiladi. Insonda tabiatga tarbiyaviy-qadriyatli, ilmiy bilishga doir munosabatni
rivojlantirish unda ilmiy, bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash; real moddiy
hayot harakat qonunlarini bilish; moddiy
hayot mohiyatini falsafiy jihatdan tushunib yegish; tabiat qonunlari bilan
bog‘liqlikda tabiiy boyliklarni o‘zlashtirishdagi amaliy harakatga intilishni
rag‘batlaydi.
Bundan tashqari tabiat tarbiyaviy qadriyat sifatida ob’ektiv go‘zallik
hodisasidir. Tabiat shaxsda estetiklikni, badiiy-estetik ongni; dunyo go‘zalligini
idrok etish va yaratish qobiliyatini shakllantiradi.
Ilmiybaza.uz
3. Tarbiyaviy qadriyatlar manbai sifatida sotsium ham aloqida ahamiyat kasb
etadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, inson nafaqat tarbiyaviy qadriyatlarni
yaratadi, balki uning o‘zi ham mohiyatiga ko‘ra tabiiy va muhim tarbiyaviy
qadriyatdir. Katta avlod vakillari, ayniqsa, ota-onalar va pedagoglar, davlat va
jamoat arboblari, fan va san’at namoyondalari o‘zlarida tarbiyalanuvchilarga yorqin
va kuchli ta’sir etuvchi shaxs fazilatlari va xususiyatlari, uning faoliyati va xulq-
atvori namunasini aks ettiradi. Har kanday ma’naviy yetuk, keng tafakkurli, ijodkor,
yaratuvchan, mas’uliyatli inson o‘zida ma’naviy ustoz maqomini ifoda etadi.
4. Nixoyat, yana bir muxim tarbiyaviy qadriyat sifatida Kosmos: insonning u
xaqidagi o‘y-fikrlarn, tasavvurlari,farazlari, afsonalari aks etadi. Chunki Kosmos
insonga kosmik fazoga xayolan intilishni, uni o‘zlashtirish ishtiyoqni, inson va
insoniyatning abadiy mavjudligi haqidagi ta’limotni,astrofizik va astronavtik
apparatlarni loyihalashni taqdim etdi. Eng asosiysi, Kosmos insonga hayot
mazmunini anglab yetishga katta ta’sir o‘tkazdi.
Yuqorida bayon etilgan manbalar taxlilidan ko‘rinadiki,tarbiyaviy qadriyatlar
ijtimoiy hayot va inson ongida xilma-xil muddatlarda mavjud bo‘lishi; mazkur
qadriyatlarning barcha jamiyatlar uchun bir xil ahamiyatga ega bo‘lmasligi;
tarbiyaviy tizimlarda mavjud bo‘la olishi va pedagogik samaradorlikni belgilashga
xizmat qiladi. Ana shu bilan bog‘liqlikda tarbiyaviy qadriyatlar absolyut - shu
jumladan, genetik manbadan yuzaga keluvchi umuminsoniy qadriyatlar; vaqt bilan
bog‘liq (vaqtinchalik) - anik-tarixi; barkaror - mental, etnik;
individual-shaxsiy kabi turlarga bo‘linadi.
Absolyut umuminsoniy qadriyatlarga quyidagilar kiradi:
- diniy-ma’naviy;
barcha
mohiyat-e’tiborga
molik
kuch
va
individual
qobiliyatlarni
rivojlantirishga imkon beruvchi;
- ichki axloqiy erkinlik, burch va majburiyatli ongni tarkib toptirishga yordam
beruvchi;
- vijdon, sevgi, ishonch, burch, ziyolilik kabi ma’naviy poydevorga ega axloqiy
individuallik va jamoaviylikni shakllantiruvchi;
- intellektual mulk va jismoniy mehnatga doir qobiliyatni rivojlantiruvchi;
- dunyoni axloqiy, estetik va ekologik idrok etish va anglashga imkon beruvchi.
Ilmiybaza.uz
Aniq tarixiy shart-sharoit va vaziyat bilan bog‘liqlikda mavjud bo‘lgan
tarbiyaviy qadriyatlarga kuyidagilar kiradi:
- mafkuraviy va siyosiy qarashlar;
- huquqiy va axloqiy ong va me’yor tizimi;
- fuqarolik ongi, xulq-atvori va fazilati darajasi;
- hayot va amaliy yo‘nalganlik istiqboli;
- moda, etiketga yo‘nalganlik;
- kasbiy yo‘nalishlar.
Barkaror mental-etnik tarbiyaviy qadriyatlarga kuyidagilar kiradi:
- yaxlit milliy tarixiy-tajriba, ishlab chiqarishdagi o‘ziga xosliklar, milliy
madaniyat, geografik shart-sharoitlar, xalqaro vaziyat asosida yuzaga keluvchi
milliy xarakter xususiyatlari;
- an’analar, urf-odatlar, xalk ogzaki ijodi, xalq amaliy san’ati namunalari,
obidalar, yodgorliklar;
- ta’limiy an’analar (ta’lim mazmuni, shakl, metod va vositalari);
- oilaviy an’analar va munosabatlardagi o‘ziga xosliklar;
- xalq xunarmandchiligi;
milliy badiiy tasviriy san’at, musiqa, teatr, kinomatografiya, poetik ijod;
- diniy qarash va e’tiqoddagi o‘ziga xoslik.
Absolyut ijtimoiy ahamiyatga ega individual-shaxsiy qadriyatlarga esa
kuyidagilar kiradi:
- iroda erkinligi;
- mustaqil fikrlash, xatti-harakatlardagi mustakillik;
- qonunlarga rioya etish va qonunlarni takomillashtirishga
qobiliyatlilik;
- adolatparvarlik;
- ziyraklik;
- g‘amxo‘rlik;
- go‘zallik va ezgulikka ishonch;
intizomlilik, o‘z-o‘zini takomillashtirish, o‘z-o‘zini
boshqarish;
- o‘zligini saqlab qolish, ichki insoniy borlig‘ini anglash.
Ilmiybaza.uz
Ta’limning qadriyatli paradigmasi. Bugungi kunda ta’lim tizimining
rivojlanishidagi asosiy yo‘nalishlardan biri qadriyatli paradigmaga o‘tish jarayoni
ro‘y bermoqsa. Mazkur yondashuvga yo‘nalganlik qarashlarning konseptual
tizimlari,an’anaviy va innovatsion jarayonlarning qadriyatli asoslari yaqinlashuvini
ob’ektiv jihatdan talab etadi. Ana shu sababdan pedagogik hodisalarni o‘rganishda
aksiologik yondashuvning tarixiy ildizlarini, shakllanish va rivojlanish omillarini
hamda mazmun-mohiyatini to‘la anglab olish o‘ta muhimdir.
Aksiologik muammolar bilan mil. av. VI—V asrlardayoq qadimgi yunon
olimlari - Geraklit, Demokrit, Sukrot, Aflotun,Aristotellar shug‘ullana boshlashgan.
Ular asosiy aksiologik savollarni shakllantirishga harakat qilganlar: oliy baxtga
erishish mumkinmi? Hayot mazmuni nimada? Haqiqat bormi? Go‘zallik nima?
Sharq mutafakkirlaridan Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn
Sino, Yusuf Xos X,ojib, Alisher Navoiylar inson hayoti, uning ta’lim va tarbiya
olishi muhimligini o‘z asarlarida ko‘rsatib berish orqali pedagogik
aksiologiyaning tamal toshini qo‘yganlar. Uzok vaqtlar nazariy-pedagogik
masalalar mustaqil tadqiqot sohasida sifatida emas, falsafa doirasida qarab kelingan.
Birok Sharq mutafakkirlarining g‘oyalari ta’lim, tarbiya, ta’lim metodikasi bilan
uzviy bog‘liq bo‘lib, pedagogik fikrlar rivojida hal qiluvchi rol o‘ynagan. Misol
uchun, X asrda al-Xorazmiy tomonidan qo‘llanilgan kuzatilgan voqea va hodisalarni
tushuntirishda muntazamlilik, ketma-ketlik tamoyilini XIX asr oxirida Abdulla
Avloniyning pedagogik asarlarida uchratish mumkin.
Shaxsga yo‘naltirilgan qadriyatli bilimlar ikki jihatga qaratilgan: ichki - shaxsiy
muvaffaqiyatga erishish vositasi sifatida (Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,
Abu Nasr Forobiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy) va tashqi - o‘z-o‘zini
anglash va o‘z-o‘zini takomillashtirish vositasi sifatida
(Yusuf Hamadoniy, Xoja Hasan Andoqiy, Xoja Abdulloh Barraqiy (Barqiy),
Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy Xojagon, Bahouddin
Naqshband ).
Qadimgi va o‘rta asrlarda shakllangan an’analar Sharq uyg‘onish davriga kelib,
o‘ziga xos ahamiyatga ega bo‘ldi. Ta’lim va tarbiya masalalari qaytadan ko‘rib
Ilmiybaza.uz
chiqila boshlandi va ularni hal qilishning yangi yo‘llari izlab topildi. Insonparvarlik
yo‘nalishiga ega bo‘lgan ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan talablar
o‘zgardi. Ustoz va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi munosabatlar o‘zgardi,faollik,
o‘rganish jarayonida ta’lim oluvchilarning mustakilligi qadriyati o‘sib bordi. Ta’lim
oluvchining bilishga qiziqishini shakllantirish g‘oyasi rivojlandi. Mazkur davrda
pedagogik g‘oyalar markazida bolaning individual rivojlanishi quyilsa-da,biroq
shaxs jamiyatga qarama-qarshi qo‘yilmagan. Bu bilan bog‘liqlikda ta’lim ijtimoiy
taraqqiyot sharti sifatida belgilangan.
Buyuk olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek esa, «bilim olishga intilish davlat
ravnaqiga yo‘l demakdir», degan aksiomani ilgari surib ta’limning aksiologik
qadriyat statusini anikbelgilab bera olgan edi.
Keyinchalik ma’rifagparvar pedagog olimlar - Zavqiy, Avaz O‘tar, Dilshodi
Barno, Furqatlarning, jadid pedagog olimlari - Mahmudxo‘ja Behbudiy,
Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzodalar
ta’limning davlat-jamiyat-shaxs rivojidagi integratsiyasini o‘z qarashlari orqali
ochib berishgan. Faqatgina XX asrning boshlaridan boshlab aksiologiya
dastlab falsafaning alohida yo‘nalishi sifatida o‘rganila boshlandi. Bu harakatni
1902 yildi nemis olimi P.Lapi boshlab bergan. Shundan so‘ng Yevropa faylasuflari
mazkur masalaga jiddiy e’tibor qarata boshladilar. Biroq sobiq ittifoq davlatida XX
asrning 60-yillarigacha mazkur masalaga idealistik yo‘nalish sifatida qaralib, tadqiq
etilmagan. Ana shu davrdan
boshlab
rus
olimlaridan
B.G.Ananv,
V.A.Vasilenko,
O.GDrobniskiy,
B.G.Kuznesov, N.M.Kuznesov, A.A.Ruchka, V.P.Tugarinov, V.A.Yadovlar
qadriyat muammosini tadqiq eta boshlaganlar. O‘zbek olimlaridan J. Tulenov
birinchilardan bo‘lib, qadriyatlar falsafasini tadqiq etgan. Keyinchalik faylasuf
olimlardan
E.Yusupov,
S.Komilova,
I.Karimov,
Q.Nazarov,
S.Valieva,M.Rustamova, K.Tulenovalar aksiologiyaning turli jihatlarini yoritishga
harakat qilganlar.
XX asrning 80-yillaridan boshlab pedagogik aksiologiya ta’lim falsafasi
sifatida tadqiqotlar sohasiga aylandi (B.S.Gershunskiy, V.M.Rozin, Yu.B.Tupalov,
M.I.Fisher,P.G.Щedroveskiy).
Ta’limniig
insonparvarlashuvi
sharoitida
o‘quvchilarning bilish faoliyatiga motivatsion-qadriyatli munosabat tadqiq etildi
Ilmiybaza.uz
(B.I.Dodonov,
B.G.Kuznesov,
Ye.A.Mamchur,V.B.Mironov
va
boshqalar).
Pedagogik
faoliyatning
aksiologik
tavsifi
B.Z.Vulfov,
V.A.Slastenin,
Ye.N.Shiyanovlarning ishlarida uz aksini topgan.
O‘zbekistonda
J.G‘.Yuldashev,
R.
Jo‘raev,
F.Yuzlikaev,Sh.Qurbonov,
R.Axliddinov,
M.Quronov,
R.Ibragimov,
S.Madiyorova,
R.Qodirova,
A.Kaldibekova,
A.Sulaymonov,
Sh.Mardonov,T.Toshlonov,
I.Reves,
N.Egamberdieva, A.Muxsieva, N.Djamilovalar o‘z tadqiqotlarini pedagogik
aksiologiya nuqtai nazaridan
yoritishga harakat qilganlar.
Bugungi kunga kelib esa pedagogik aksiologiyaning jadal rivojlanayotganligi
namoyon bo‘lmoqda. Buning asosiy sababi jamiyat ehtiyojlardan kelib chiqqan
holda,
shaxsning
ma’naviy
imkoniyatlariga
bo‘lgan
talablarning
oshib
borayotganligidadir. Davriy nashrlarda ta’limniig rivojlanishining aksiologiyaga
asoslangan strategiyasi; qadriyatlarga tarbiya maqsadining asosi sifatida qarash;
o‘quvchilarning qadriyatga yo‘nalganligini
shakllantirishning amaliy tajribasini taxdil etish, ta’limni qadriyatli tashxis
etishning vazifalarini shakllantirish kabi uning insonparvarlik mohiyatini aks
ettirishi ko‘zga tashlanadi (V.I.Ginesinskiy, I.F.Isaev, N.D.Nikandrov, Z.I.Ravkin,
N.S.Rozov,
V.A.Slastenin,
Ye.N.Shiyanov,
Sh.Mardonov,
T.Toshlonov,
Yu.Ismoilova, B. X.Xodjaev va boshqalar).
Umuman olganda, pedagogik aksiologiyaning shakllanish va rivojlanishi
jarayonida quyidagi muhim natijalar qo‘lga kiritilgan:
1) ta’lim va tarbiyaga shaxsning ijtimoiy va kasbiy ijtimoylashuvini aniqlab
beruvchi asosiy qadriyat sifatidaqarash;
2) qadriyatli fikrlashdan kelib chiqadigan individuallik;
3) shaxsning individual rivojlanishi jarayonida uning umuminsoniy
qadriyatlarga oshno etish orqali shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv;
4) inson tomonidan shaxsiy erkinlik, burch, majburiyat kabi qadriyatlarni anglab
olinishi lozimligi; 5) shaxsiy erkinlik, burch, majburiyat kabi qadriyatlarni har bir
insonning o‘zi va u yashayotgan jamiyatdagi odamlar tomonidan tan olinishi, ya’ni
har bir inson uchun qadriyatga aylanishi;
Ilmiybaza.uz
6) ta’lim va tarbiyaga aksiologik yondashuv qadriyatli ong, munosabat, xulk-
atvorni shakllantirishda katta ahamiyatga egaligi.
Ta’limga qadriyatli yondashuvning dolzarbligini aniqlovchi omillar. Turli resurs
manbalarida pedagogik aksiologiya XX asriing 80-yillaridan boshlab, bilimlarning
mustaqil sohasiga aylangani, 90-yillardan boshlab, uning jadal
shakllanishi va rivojlanishi sodir bo‘lganligi ta’kidlanadi.
Buning asosiy sababi jamiyat ehtiyojlardan kelib chiqqan holda,shaxsning
ma’naviy imkoniyatlariga birdaniga talablarning o‘sganligidir. Davriy nashrlarda
ta’limning rivojlanishining aksiologiyaga asoslangan strategiyasi; qadriyatlarga
tarbiya
maqsadining
asosi
sifatida
qarash;
o‘quvchilarning
qadriyatga
yo‘nalganligini shakllantirishning amaliy tajribasini taxlil
etish, ta’limni qadriyatli tashxis etishning vazifalarini shakllantirish kabi uning
insonparvarlik moxdyatini aks ettirishi ko‘zga tashlanadi (V.I. G inesinskiy, I.F.
Isaev,N.D.Nikandrov, Z.I. Ravkin, N.S. Rozov, V.A.Slastenin,
Ye.N.Shiyanov, Sh.Mardonov, T.Toshlonov, Yu.Ismoilova, B.Xodjaev va
boshqalar).
Ta’limga qadriyatli yondashuvning dolzarbligi qator omillar bilan aniqlanadi.
Ularga jahon ta’lim tizimini aksiologizatsiyalash;
zamonaviy ta’limning qadriyatli yo‘nalishlarini aniqlash;
avtoritar ta’lim paradigmasidan insonparvar ta’limga o‘tish kabilar kiradi.
Bugun jahon ta’lim tizimini qadriyatga yo‘nalgan faoliyatning istalgan sohasini
boshqaruvi, tez o‘zgaruvchan vaziyatlarda insonda faol ishtirok etish ko‘nikmasini
rivojlantirish murakkab kechmokda. Buning asosiy sababi,mintaqada yoki jahonda
sodir bo‘layotgan inson faoliyatining salbiy natijalari, urushlar, diniy ekstremizm va
terrorizm, milliy biqiqlik, buyuk shovinizm qaysi davlatda sodir bo‘lishidan qat’i
nazar, butun yer yuzidagi odamlarning salomatligiga, atrof-muhitga salbiy ta’sir
ko‘rsatmokda.
Insonning inson uchun qadriyatga aylanishi, uzluksiz ta’lim tizimini faol yo‘lga
qo‘yilishi, individual rivojlanish jarayonida bolaning umuminsoniy qadriyatlarni
o‘zlashtirishi,ta’limning tuzilishi va mazmunini tubdan o‘zgartirish ta’lim tizimini
aksiologizatsiyalashning muhim jihatlarini o‘zida aks ettiradi.
Jahon ta’lim soxasini aksiologizatsiyalashning o‘ziga xos jnhatlari.
Ilmiybaza.uz
Jahon ta’lim tizimining zamonaviy yo‘nalishlariga quyidagilar kiradi:
• jamiyatning tez o‘zgaruvchan sharoitlariga odamlarni tayyorlash zarurligini
aks ettiradigan jamiyat o‘zgarishining yuqori sur’ati;
• madaniyatlararo o‘zaro ta’sir etishning o‘sishi sharoitida postindustrial,
axborotlashgan jamiyatga o‘tilishi;
• sarmoya va ishchi kuchining yuqori darajada safarbar etilishi, raqobatning
o‘sishi;
• fuqarolarning saylovlarda ongli tayyorgarlik darajasini oshirish zaruriyatini
keltirib chikaradigan siyosiy hayotda saylov imkoniyatlarining oshishi, jamiyatning
demokratlashuvi;
• o‘sib kelayotgan avlodda qadriyatli munosabatni shakllantirishni talab
etadigan xalqaro muammolarning paydo bo‘lishi va o‘sishi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini modernizatsiyalashning qadriyatli
yo‘nalishlari. O‘zbekistonda ham ta’lim islohotlarining qadriyatli yo‘nalishlari qaror
topib bormokda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida «Har kim bilim
olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.
Maktab ishlari davlat nazoratidadir»35, deb belgilab qo‘yilgan. 42-moddasida esa,
«har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish
huquqi kafolatlanishi; davlat jamiyatning madaniy, ilmiy, texnikaviy rivojlanishiga
g‘amxo‘rlik qilishi»36 ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining 4-moddasida
bilim olish huquqi qadriyat sifatida quyidagicha ko‘rsatib qo‘yilgan: «Jinsi, tili,
yoshi, irqiy, milliy mansubligi, e’tikodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi,
xizmat turi, turar joyi, O‘zbekiston Respublikasi hududida qancha yashaganidan qati
nazar, har kimga bilim olishda teng huquqlar
kafolatlanadi».
Bilim olish hukuqi:
- davlat va nodavlat ga’lim muassasalarini rivojlantirish;
- ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda ta’lim olishni tashkil etish;
Ilmiybaza.uz
- ta’lim va kadrlar tayyorlash davlat dasturlari asosida bepul o‘qitish,
shuningdek, ta’lim muassasalarida shartnoma asosida to‘lov evaziga kasb-hunar
o‘rgatish;
- barcha ta’lim muassasalari bitiruvchilari keyingi bosqichdagi o‘quv yurtlariga
kirishda teng xuquqlarga ega bo‘lishi;
- oilada yoki o‘zi mustaqil ravishda bilim olgan fuqarolarga akreditatsiyadan
o‘tgan ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish hukuqini
berish orqali ta’minlanadi.
Boshqa
davlatlarning
fukarolari
O‘zbekiston
Respublikasida
xalqaro
shartnomalarga muvofiq bilim olish xuquqiga ega.
Respublikada istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilim olishda
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega».
Bun dan tashqari, mazkur hujjatning 3-moddasida ko‘rsatib berilgan ta’lim
sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari ham o‘zida muhim aksiologik
yondashuvni aks ettiradi:
- birinchidan, ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
- ivskinchidan, ta’limniig uzluksizligi va izchilligi;
- uchinchidan, umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’lnmining
majburiyligi;
- to‘rtinchidan, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishini: akademik
litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
- beshinchidan, ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
- oltinchidan, davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olshning hamma uchun
ochiqligi;
- yettinchidan, ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashgan yondashuv;
- sakkizinchidan, bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;
-
to‘qqizinchidan,
ta’lim
tizimida
davlat
va
jamoat
boshqaruvini
uyg‘unlashtirish.
1997 yilda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» maqsadining
o‘ziyoq, uning qadriyatli yondashuvga asoslanganligidan darak beradi: «Dasturning
maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy
Ilmiybaza.uz
sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak
ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi
yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdir».
Ta’limiy qadriyatlar yuzasidan tadqiqotlar olib borgan olim Sh.Mardonov
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da kuyidagi ijtimoiy va shaxsiy xususiyatga ega
ta’limiy qadriyatlarning mohiyati ochib berilganligini ta’kidlab o‘tadi:
«Birinchidan, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’limning oliy qadriyati
sifatida shaxe e’tirof etiladi.
Mazkur qadriyat Milliy dasturning uzluksiz ta’lim, uning insonparvarlik va
ijtimoiylashishga yo‘nalishi ko‘rsatmalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishni
ta’minlashi kerak.
Iyusinchidan, pedagogik jihatdan to‘g‘ri va samarali tashkil etilgan ta’lim-
tarbiya jarayoni talabada mustaqil ta’lim olish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini
rivojlantirish layoqatlarini shakllantiradi. Bu jarayon bizning fikrimizcha, yangi
ta’limiy qadriyatlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi..... »40.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da axborot texnologiyalari zamonaviy
ta’limning muhim qadriyati sifatida e’tirof etilgan. Bo‘lajak kuni uzaytirilgan guruh
tarbiyalanuvchilariga axborot texnologiyalari bilan ishlashga oid bilimlarni berish,
ulardan foydalanishga oid ko‘nikma va malakalar tavsiya etiladi.
Sh.Mardonovning fikricha, ular quyidagi o‘quv manbalari asosida tashkil etiladi:
lug‘at, ensiklopediya, mutafakkirlarning asarlari, xalq pedagogikasi g‘oyalari,
maxsus teleko‘rsatuv, radioeshittirishlar hamda kompyuter ma’lumotlari.
Bo‘lajak kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachilari axborot texnologiyalari
xizmatidan foydalanishga oid bilimlar quyidagi metodikalar asosida beriladi:
- falsafa, psixologiya, pedagogika, etika, estetikaga oid lugatlar hamda
ensiklopediyalar bilan ishlash; psixologik- pedagogik tushunchalarning moxdyatini
yorituvchi ilmiy, ilmiy-metodik va ommabop adabiyotlardan foydalanish;
- muqobil tushuncha va ifodalarni anglash (chunonchi, shaxe va uning
rivojlanishi;
kasbiy-pedagogik
munosabatlar
mazmunini
ochib
berish)ga
yo‘naltirilgan ta’limiy mashg‘ulotlarni tashkil etish.
Eng muhim tushunchalarni aniqlash yo‘lida quyidagi harakatlarni tashkil etish
maqsadga muvofiq:
Ilmiybaza.uz
- atamalar, tushunchalar, mashxur iboralar hamda shaxsiy mulohazalar bo‘yicha
pedagogik ma’lumotnoma, lug‘atlar tuzib borish;
- xalq pedagogikasini o‘rganish, xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida didaktik
qarashlardan iborat majmuani yaratish;
- psixologiya, pedagogika, ma’naviyat, milliy g‘oya va mafkura targ‘ibotiga
bagishlangan
teleko‘rsatuv,
radioeshittirishlar
bilan
tanishtirish,
telekonferensiyalarda ishtirok etish;
- zarur kompyuter ma’lumotlarini to‘plash va ulardan foydalanish.
Ko‘rinib turibdiki, pedagogik aksiologiyaning rivojlanishida jahon va
respublikamiz ta’limi tizimida o‘ziga xos omillar mavjud bo‘lib, ta’limiy
qadriyatlarning ijtimoiy,madaniy va tarixiy o‘zgaruvchanlik tamoyilini o‘zida aks
etgiradi.