PEDAGOGIK FAOLIYATNING KASBIY HUQUQIY ASOSLARI
Reja:
• Pedagogik faoliyatning normativ-huquqiy asosi.
• Yangi tahrirdagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonundagi o‘zgarishlar.
• “Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning mazmun mohiyati va undan kelib
chiqadigan vazifalar.
2020-yil 23-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 637-son
bilan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahriri imzolandi. Ushbu qonun 11
bob, 75 moddadan iborat.
5-bob. Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi. 44, 45, 46-
moddalarni o‘z ichiga oladi.
44-modda. Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi
Tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bo‘lgan va ma’naviy-axloqiy
fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Magistraturani tamomlagan shaxslar va diplomli mutaxassislar o‘z mutaxassisligi
bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa,
pedagogik oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarga qayta tayyorlash
kurslaridan o‘tganidan keyin ta’lim tashkilotlarida (bundan oliy ta’lim
tashkilotlari mustasno) pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi.
Ishlab chiqarish ta’limi ustalari qayta tayyorlash kurslaridan o‘tmasdan
professional ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli.
Zarurat bo‘lganda professional ta’lim tashkilotlari ishlab chiqarish ta’limi
ustalarini, shuningdek tegishli bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan,
oliy ma’lumoti bo‘lmagan boshqa mutaxassislarni amaliy va qo‘shimcha
mashg‘ulotlarni olib borish uchun jalb etishi mumkin.
45-modda. Pedagog xodimlarning maqomi va ular faoliyatining
kafolatlari
Pedagog xodimlarning maqomi jamiyat va davlat tomonidan tan olinadi.
Pedagog xodimlar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi, o‘z kasbiy faoliyatini amalga
oshirishi, ularning ijtimoiy maqomi va obro‘sini oshirish uchun tashkiliy-huquqiy
shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini
amalga oshirish uchun kafolatlar beriladi.
Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqlari, sha’ni, qadr-
qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi.
Ta’lim
tashkilotlari
pedagog
xodimlarining
kasbiy
faoliyatiga
aralashishga, ta’lim oluvchilarning bilimlarini to‘g‘ri va xolis baholashga ta’sir
ko‘rsatishga, shuningdek ushbu pedagog xodimlarning xizmat majburiyatlarini
bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Pedagog xodimlar quyidagi huquqlarga ega:
o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish;
o‘quv dasturlari doirasida mualliflik dasturlarini ishlab chiqish va joriy
etish, o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish, shuningdek tegishli o‘quv fanlari,
kurslari, modullaridan foydalanish, ijodiy faollik ko‘rsatish;
zamonaviy pedagogik shakllarni, o‘qitish va tarbiya vositalarini,
usullarini erkin tanlash hamda ulardan foydalanish;
kasbiy faoliyatini amalga oshirish uchun ularga zarur shart-sharoitlar
yaratilishini talab qilish;
o‘quv, ilmiy va uslubiy yo‘nalishlardagi axborot-resurs markazlarining
xizmatlaridan bepul foydalanish;
davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, malaka talablarini,
o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatni amalga oshirish, eksperimental
faoliyatda ishtirok etish, innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish;
ta’lim tashkilotini boshqarishda, shuningdek ta’lim tashkilotining
faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
kasaba uyushmalari va nodavlat notijorat tashkilotlari a’zosi bo‘lish,
xodimlarining vakillari bo‘lish, fuqarolik jamiyati boshqa institutlari faoliyatida
qatnashish;
o‘z kasbiy huquqlarini va umumiy manfaatlarni ifoda etish hamda himoya
qilish uchun pedagog xodimlarning jamoat birlashmalariga birlashish;
o‘z kasbiy faoliyatiga aralashuvdan himoyalanish;
davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish
(davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari uchun);
ta’lim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda
ishtirok etish.
Pedagog xodimlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega
bo‘lishi mumkin.
Pedagog xodimlarni ularning lavozim majburiyatlari bilan bog‘liq
bo‘lmagan har qanday boshqa ishga jalb qilish taqiqlanadi.
46-modda. Pedagog xodimlarning majburiyatlari
Pedagog xodimlar:
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va
ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi;
o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazishi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning
ilg‘or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi;
ta’lim oluvchilarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini, jismoniy
va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, jismoniy, aqliy,
sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun shart-
sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratishi;
voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning
ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borishi;
ta’lim tashkilotining ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlariga, ichki
mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi;
o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, egallab turgan
lavozimiga muvofiqlik jihatidan davriy attestatsiyadan o‘tishi;
tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi shart.
Pedagog xodimlarning zimmasida qonunchilikka, shuningdek ta’lim
oluvchi va ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq boshqa
majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Pedagog xodimlarga pedagogik faoliyatni amalga oshirishda axloq va
etika normalariga zid harakatlar sodir etish taqiqlanadi.
Pedagog xodimlarning kiyim-boshiga doir talablar ta’lim tashkilotlari
tomonidan belgilanadi.