PEDAGOGIK KOLLEJ (TEXNIKUM) LARDA MUSIQA FANINI O‘QITISHNING MAZMUNI VA METODIKASI
Yuklangan vaqt
2024-09-06
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
4
Faytl hajmi
26,9 KB
1
PEDAGOGIK KOLLEJ (TEXNIKUM) LARDA MUSIQA FANINI
O‘QITISHNING MAZMUNI VA METODIKASI
REJA:
1. Pedagogik kollejlarda musiqa fanini o’qitishning mazmuni.
2. Musiqa fanini o’rganish bo’yicha talabalarda bilim va malakalari qo’yilgan
talablar.
3. Talaba yoshlarni zamonaviy o’qituvchi kadrlar qilib tayyorlashning tarbiyaviy
ahamiyati.
Ma’ruza matni
Respublikamizda ro’y berayotgan o’zgarishlar, barcha sohalardagi kabi
bo’lajak pedagoglarning zimmasiga ham o’ta mas’uliyatli vazifalarni юklaydi.
Pedagogik kollejning bo’lajak musiqa o’qituvchisi musiqa o’qitish metodikasi
fanidan maxsus bilim va malakalarga ega bo’lishi, axloqiy pok, xalol va sofdil,
юksak fazilatli, o’z kasbining jonkuyari, talabalarga va o’smir yoshlarga nisbatan
o’ta mehribon, o’ta talabchan va o’zbek xalqining urf-odatlarini, qadriyatldari va
an’analarini mukammal biladigan, hamda o’z kasbiga talabalarni qiziqtira oladigan
shaxs bo’lmog’i lozim.
Bugungi talaba – bo’lajak pedagog, o’tmishi bor o’zbek xalqining musiqa
san’atini noyob namunalari o’zlashtirgan bo’lib o’quvchi-yoshlarga ulashmog’i
davr talabidir. SHu sababli bo’lajak musiqa fani o’qituvchisi oldiga qo’yidagi
talablar qo’yiladi.
1. O’zlari ta’lim berishi lozim bo’lgan talaba-yoshlarga musiqa san’ati sirlarini
o’rgatish borasida doimo izlanish.
2
2. Talaba-yoshlarga pedagogika, psixologiya, musiqa o’qitish metodikasi fanlarini
mukammal o’rgatish.
3. O’quvchi-yoshlarni musiqa san’ati bo’yicha ijodkorlikka yetaklash. Iqtidorli
talabalarini to’garaklarga jalb qilish.
4. Zamon talablariga mos dars va mashg’ulotlarni noan’anaviy dars rejalari asosida
o’tkazish.
5. Jahon andozalariga xos yangi pedagogik texnologiyalarni, darslarda qo’llash.
Юqorida qayd etilgan talablarni o’zida mujassam etgan har qanday talaba
kelajakda yetuk barkamol pedagog bo’lib voyaga yetishi mumkin.
Talabalarga musiqiy ta’lim berishning asosiy shakllari va ma’ruza, amaliy
mashg’ulotlar, laboratoriya mashg’ulotlari va mustaqil ish yo’nalishlarida amalga
oshiriladi.
Ma’ruza – musiqa madaniyati darslarini va uni o’qitish metodikasini nazariy
asoslari va metodlari o’rgatish demakdir.
Amaliy mashg’ulotlar – mavzuli rejalar asosida, og’zaki so’rov, suhbat dars,
seminarlarga tayyorlanadi, hamda didaktik materiallar asosida amaliy dars
faoliyatlarini o’tkazish.
Laboratoriya mashg’ulotlari – musiqa madaniyati darslarini oddiy faoliyat
turlaridan boshlab, to’garaklarda ishlash kabi murakkab ish faoliyatlarini yakka
tartibda bajarish demakdir.
Pedagogik kollejlarda musiqa o’qitish metodikasi fani asosiy fanlardan biri
bo’lib hisoblanadi. SHu bois, darslarga ko’rgazmali qurollar tayyorlash, dars
ishlanmalari yozish, musiqiy tahlil qilish, musiqiy asarlarni biror cholg’uda
(pianino, rubob, dutor) ijro etish, kuylash, dirijyorlik qilish, qo’shiq o’rgatish,
musiqa tinglash, raqs harakatlarini o’rgatish, ijodkorlik kabi ishlarni o’z ichiga oladi.
Talabalarda musiqa san’ati borasidagi barcha nazariy hamda amaliy bilimlarni
rivojlantirish, o’z sohasiga ijodiy yondashishni talab etadi.
Pedagogik kollej ishlarida ilg’or o’qituvchi bo’lishi uchun hozirgi zamon
pedagogik texnoldogiyalarni egallash va ularni amalda qo’llay bilish maqsadga
muvofiqdir.
3
Hozirgi kundagi musiqa o’qitish metodikasi birdaniga kelib shakllangan fan
emas, bunga qadar mazkur metodikani shakllanishi murakkab taraqqiyot yo’lini
bosib o’tgan. Respublikamizda musiqa o’qitish metodikasini shakllanishida
mahalliy olimlar, metodistlarning qator izlanishlari o’quv qo’llanmalari, dasturlari,
metodik tavsiyalarni ahamiyati katta bo’ldi. Bu ta’lim mazmunida har bir xududning
san’ati va musiqa madaniyati, uning badiiy an’analarida o’z ifodasini topgan. SHuni
alohida qayd etish lozimki, hayotni va atrofdagi go’zallikni bilmay turib to’laqonli
badiiy ijodni amalga oshirib bo’lmaydi.
Musiqa san’ati estetik idrokning bitmas-tuganmas manbaidir, inson юragi va
aqlini zabt etuvchi maftunkor dunyodir. Inson doimo go’zallikka intilishi va
kundalik hayotda, shu go’zallik qoidalariga amal qilishi kerak. Talaba yoshlar uchun
esa, musiqa ta’limi juda zarurdir, chunki bo’lajak talabalar o’qituvchilik kasbini
egallab, yosh avlodni har tomonlama tarbiyalab, voyaga yetkazadi. Xulosa qilib
aytganda, biz yosh avlodni bo’lajak musiqa o’qituvchilarini, o’zbek xalqining
musiqa
madaniyati
bilan
tanishtirib,
uning
nafosatli
his-tuyg’ularini
rivojlantirishimiz, musiqa ta’limining saviyasini oshirishimiz kerak.
Bo’lajak musiqa o’qituvchilari ta’lim-tarbiya ishlarini shunday юksak darajada
tashkil etish zarurki, talaba-yoshlar umumiy o’rta ma’lumot olish bilan birga
an’anaviy musiqa madaniyatidan bahramand bo’lsinlar.
TEKSHIRISH UCHUN SAVOLLAR:
1.
Bo’lajak pedagog qanday sifatlarga ega bo’lishi kerak?
2.
Musiqiy ta’lim berishning asosiy shakllarini izohlab bering?
3.
Musiqa o’qitish metodikasi fani qanday faoliyat turlaridan iborat?
4.
Bo’lajak musiqa pedagoglari oldiga qanday vazifalar qo’yiladi?
4