Pedagogik konflikt- ta’lim tizimida pedagogik konfliktlarning vujudga kelish sabablari

Yuklangan vaqt

2024-10-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

36,1 KB


 
Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
Pedagogik konflikt- ta’lim tizimida pedagogik konfliktlarning vujudga kelish 
sabablari 
 
 
 
REJA : 
1.Konflikt va pedagogik konflikt tushunchasi mazmuni. 
2. Konfliktologiya fani o‘quv fani sifatida 
 
Konfliktlarning kelib chiqishining sabab va oqibatlarini o‘rganuvchi fan 
«Konfliktologiya» u lotincha “conflictus” - to‘qnashuv demakdir. Ya’ni konflikt – 
o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan ziddiyatli manfaatlar va munosabatlarning ochiq 
to‘qnashuvidir. Fan nuqtai-nazaridan ilk marotaba konfliktni ilmiy o‘rganish davlat 
hokimiyati, jamiyat a’zolari hamda alohida ijtimoiy guruhlar orasidagi ziddiyatlarni 
o‘rganishdan boshlangan. Konflikt har birimizning turmushimiz va tirikligimizga 
xos bo‘lgan, hayotimizga tegishli narsa. Ammo ko‘pchilik ongida an’anaviy mavjud 
bo‘lgan fikrga ko‘ra, konflikt bu oddiy hol emas, u ziddiyatli hol, undan o‘zini 
muhofaza qilish kerak, undan o‘zini tortish zarur, konfliktdan qochish kerak.  
Keyinchalik ilmiy qiziqishlarning ortib borishi bilan ijtimoiy, siyosiy, milliy, 
guruhlararo va shaxslararo konfliktlar fan ob’ektiga aylana boshlagan. 
Konfliktologiya XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, fan sifatida shakllana 
boshlagandan so‘ng, jamiyatda konfliktning tutgan o‘rnini o‘rganish jamiyat 
hayotida juda muhimligi sababli, etnik va guruhlararo konfliktli munosabatlarni 
o‘rganish, tizimli asosda ularni tahlil qilish va o‘zaro to‘g‘ri yechimga kelish zaruriy 
ehtiyojlarda biriga aylandi.  
Konflikt to‘qnashuv jarayonida ikki tomonning bir-birini tushunmagan holatida 
vujudga keladi. Konfliktning vujudga kelishidagi birinchi shakli - bu mojarodir. 
Ilmiybaza.uz Pedagogik konflikt- ta’lim tizimida pedagogik konfliktlarning vujudga kelish sabablari REJA : 1.Konflikt va pedagogik konflikt tushunchasi mazmuni. 2. Konfliktologiya fani o‘quv fani sifatida Konfliktlarning kelib chiqishining sabab va oqibatlarini o‘rganuvchi fan «Konfliktologiya» u lotincha “conflictus” - to‘qnashuv demakdir. Ya’ni konflikt – o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan ziddiyatli manfaatlar va munosabatlarning ochiq to‘qnashuvidir. Fan nuqtai-nazaridan ilk marotaba konfliktni ilmiy o‘rganish davlat hokimiyati, jamiyat a’zolari hamda alohida ijtimoiy guruhlar orasidagi ziddiyatlarni o‘rganishdan boshlangan. Konflikt har birimizning turmushimiz va tirikligimizga xos bo‘lgan, hayotimizga tegishli narsa. Ammo ko‘pchilik ongida an’anaviy mavjud bo‘lgan fikrga ko‘ra, konflikt bu oddiy hol emas, u ziddiyatli hol, undan o‘zini muhofaza qilish kerak, undan o‘zini tortish zarur, konfliktdan qochish kerak. Keyinchalik ilmiy qiziqishlarning ortib borishi bilan ijtimoiy, siyosiy, milliy, guruhlararo va shaxslararo konfliktlar fan ob’ektiga aylana boshlagan. Konfliktologiya XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, fan sifatida shakllana boshlagandan so‘ng, jamiyatda konfliktning tutgan o‘rnini o‘rganish jamiyat hayotida juda muhimligi sababli, etnik va guruhlararo konfliktli munosabatlarni o‘rganish, tizimli asosda ularni tahlil qilish va o‘zaro to‘g‘ri yechimga kelish zaruriy ehtiyojlarda biriga aylandi. Konflikt to‘qnashuv jarayonida ikki tomonning bir-birini tushunmagan holatida vujudga keladi. Konfliktning vujudga kelishidagi birinchi shakli - bu mojarodir.  
Ilmiybaza.uz 
 
Mojaro konfliktning asosi hisoblanib, uning negizida ikki tomon uchun to‘qnashuvni 
keltirib chiqaruvchi omillar mavjud bo‘ladi. 
Ikkinchi shakli- norozilik bo‘lib, bir-biridan norozilik natijasida kelib chiquvchi 
noxush kayfiyatni so‘z yoki xatti-harakat bilan bildirish natijasida konflikt yuzaga 
keladi. Lekin norozilik hamma vaqt ham konfliktni vujudga keltirmaydi.  
Mazkur muammoni hal etishning ilmiy jihatdan tahlili shuni ko‘rsatadiki, ta’lim 
sohasining ilmiy-nazariy va amaliy muammolarini tadqiq etish masalalari bo‘yicha 
Ye.I.Stepanov, S.V.Banыkina, A.N.Smarin, L.S.Vыgotskiy, N.I.Leonov kabi 
olimlarning tadqiqot ishlarida har tomonlama o‘rganilgan. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yoshlarni har tomonlama komil 
insonlar qilib tarbiyalash, konfliktologik kayfiyat va xususiyatlarni o‘rganish 
bo‘yicha 
o‘qituvchining 
kasbiy, 
axloqiy 
fazilatlarini 
shakllantirish, 
rivojlantirishning ilmiy-nazariy masalalari bo‘yicha pedagog va psixolog olimlardan 
O.Musurmonova, 
V.Karimova, 
E.G‘oziev, 
X.Ibragimov, 
N.Egamberdieva, 
G.To‘ychieva, M.Axmedova va boshqalarning ilmiy kuzatishlari shular jumlasiga 
kiradi.  
Hozirgi zamon fani insoniyatning tarixiy o‘tmishiga nazar tashlar ekan, 
konfliktni hamisha ijtimoiy taraqqiyotning doimiy yo‘ldoshi ekanligiga shubha 
qilmaydi, chunki odamlar bor joyda konfliktlar mavjud bo‘lgan va bo‘laveradi. 
Ijtimoiy hayotda konfliktlarning tutgan o‘rni va keng tarqalganligi uzoq o‘tmishda 
ham e’tiborni o‘ziga tortgan. 
O‘tgan asrlarda ijod qilgan faylasuflar, tarixchilar, yozuvchilarning asarlarida, 
afsonalarida va g‘oyalarida vujudga kelishi ehtimol bo‘lgan konfliktlarning yuzaga 
kelish sabablari va ularni tugatish yo‘llari haqida muayyan fikrlar bildirilgan. 
O‘tmishda konfliktlarni hal etishning asosiy usuli sifatida urug‘-qabila oqsoqollari, 
dohiylarining yakka hokimligi tushunilgan. Biroq ilk davlatchilik tuzilmalarining 
vujudga kelishi har doim ham jamiyatda uyg‘unlikka olib kelmagan, ba’zida ijtimoiy 
notenglikni keskinlashtirgan, konfliktlarni yaqqol namoyon etgan va kuchaytirgan. 
Shu bois asrlar davomida insonlar urushlar bo‘lmaydigan, nizolar va adovat barham 
topadigan mukammal kelajakka ishonch hissi bilan yashaganlar. 
Qadimgi yunon faylasuflari birinchilardan bo‘lib ijtimoiy konfliktlarning 
tabiatini to‘g‘ri tushunishga uringanlar. Mashhur qadimgi faylasuf-dialektik olim 
Ilmiybaza.uz Mojaro konfliktning asosi hisoblanib, uning negizida ikki tomon uchun to‘qnashuvni keltirib chiqaruvchi omillar mavjud bo‘ladi. Ikkinchi shakli- norozilik bo‘lib, bir-biridan norozilik natijasida kelib chiquvchi noxush kayfiyatni so‘z yoki xatti-harakat bilan bildirish natijasida konflikt yuzaga keladi. Lekin norozilik hamma vaqt ham konfliktni vujudga keltirmaydi. Mazkur muammoni hal etishning ilmiy jihatdan tahlili shuni ko‘rsatadiki, ta’lim sohasining ilmiy-nazariy va amaliy muammolarini tadqiq etish masalalari bo‘yicha Ye.I.Stepanov, S.V.Banыkina, A.N.Smarin, L.S.Vыgotskiy, N.I.Leonov kabi olimlarning tadqiqot ishlarida har tomonlama o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yoshlarni har tomonlama komil insonlar qilib tarbiyalash, konfliktologik kayfiyat va xususiyatlarni o‘rganish bo‘yicha o‘qituvchining kasbiy, axloqiy fazilatlarini shakllantirish, rivojlantirishning ilmiy-nazariy masalalari bo‘yicha pedagog va psixolog olimlardan O.Musurmonova, V.Karimova, E.G‘oziev, X.Ibragimov, N.Egamberdieva, G.To‘ychieva, M.Axmedova va boshqalarning ilmiy kuzatishlari shular jumlasiga kiradi. Hozirgi zamon fani insoniyatning tarixiy o‘tmishiga nazar tashlar ekan, konfliktni hamisha ijtimoiy taraqqiyotning doimiy yo‘ldoshi ekanligiga shubha qilmaydi, chunki odamlar bor joyda konfliktlar mavjud bo‘lgan va bo‘laveradi. Ijtimoiy hayotda konfliktlarning tutgan o‘rni va keng tarqalganligi uzoq o‘tmishda ham e’tiborni o‘ziga tortgan. O‘tgan asrlarda ijod qilgan faylasuflar, tarixchilar, yozuvchilarning asarlarida, afsonalarida va g‘oyalarida vujudga kelishi ehtimol bo‘lgan konfliktlarning yuzaga kelish sabablari va ularni tugatish yo‘llari haqida muayyan fikrlar bildirilgan. O‘tmishda konfliktlarni hal etishning asosiy usuli sifatida urug‘-qabila oqsoqollari, dohiylarining yakka hokimligi tushunilgan. Biroq ilk davlatchilik tuzilmalarining vujudga kelishi har doim ham jamiyatda uyg‘unlikka olib kelmagan, ba’zida ijtimoiy notenglikni keskinlashtirgan, konfliktlarni yaqqol namoyon etgan va kuchaytirgan. Shu bois asrlar davomida insonlar urushlar bo‘lmaydigan, nizolar va adovat barham topadigan mukammal kelajakka ishonch hissi bilan yashaganlar. Qadimgi yunon faylasuflari birinchilardan bo‘lib ijtimoiy konfliktlarning tabiatini to‘g‘ri tushunishga uringanlar. Mashhur qadimgi faylasuf-dialektik olim  
Ilmiybaza.uz 
 
Geraklit (er.av. 530-470 y.y.) urushlar va ijtimoiy konfliktlar haqidagi fikrlarini 
borliqning tabiatiga bo‘lgan qarashlarning umumiy tizimi bilan bog‘lashga harakat 
qilgan. Uning fikricha, «koinotda hukm suruvchi yagona umumiy qonun - bu 
urushdir, u hamma narsaning otasi va shohidir. U kimlarnidir xudolar va kimlarnidir 
insonlar qilib yaratadi, insonlarining ba’zilarini qul, boshqalarini erkin qilib 
belgilaydi. Hamma narsa, shu jumladan inson muloqoti normalari ham abadiy 
aylanma harakat va bir-biriga aylanish ta’sirida bo‘ladi. Dunyoda barcha narsa 
adovat va nifoq orqali tug‘iladi». Geraklitning bu so‘zlari ijtimoiy taraqqiyot 
jarayonida kurashning ijobiy rolini to‘g‘ri asoslashga bo‘lgan dastlabki urinishlardan 
biri ekanligini ko‘rsatadi. Konfliktlar o‘zining yangi xususiyati bilan ijtimoiy 
hayotning muhim atributi, ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim va zarur sharti sifatida 
namoyon bo‘ladi. Geraklitning konfliktlar va kurash barcha narsaning asosi sifatida 
hisoblanishi haqidagi g‘oyalari boshqa qadimgi faylasuf-materialist-Epikur 
(er.av.341-270 y.y.) tomonidan rivojlantirildi, ayni paytda u to‘qnashuvlarning 
salbiy oqibatlari qachonlardir insonlarni doimiy tinch-totuv sharoitda yashashga 
majbur qiladi deb hisoblagan. Shunday qilib, jamiyatning konfliktsiz holatda bo‘lishi 
haqidagi g‘oyalar dastlabki nazariy xulosalar bilan to‘ldirildi. 
Konfliktlar tabiati haqidagi ingliz faylasufi Frensis Bekon (1561-1626) 
tomonidan bildirilgan fikrlar ham o‘ziga xosdir. U birinchi bo‘lib mamlakat 
ichkarisidagi ijtimoiy konfliktlar sabablari majmuini chuqur nazariy tahlil qildi, 
ijtimoiy tartibsizliklarning moddiy, siyosiy, ruhiy sharoitlarini hamda ularni bartaraf 
qilish usullarini qarab chiqdi. U ijtimoiy tartibsizliklarni yuzaga kelishida moddiy 
sabablarning hal qiluvchi rolini chuqur anglab yetdi. Shulardan biri xalqning nochor 
moddiy ahvoli hisoblanadi. 
F.Bekon konfliktlarni oldini olishning muayyan vositalariga ham e’tibor 
qaratgan. U ijtimoiy konfliktlarning moddiy sabablarini mumkin bo‘lgan barcha 
usullar bilan, ular ichida alohida o‘ringa ega bo‘lgan jamiyatdagi ayrim 
tabaqalarning qoniqarsiz ahvolini mumkin qadar barcha vositalar bilan bartaraf 
qilish zarurligini ta’kidlagan. 
Yangi davrning tarixiy doirasida ham ijtimoiy konfliktlarning sabablari va ularni 
oldini olish istiqbollari haqida turlicha fikrlar bildirilgan. Biroq bu fikrlar qanchalik 
turli-tuman bo‘lmasin ularda jamiyat rivojlanishida odamlar o‘rtasidagi totuvlik va 
Ilmiybaza.uz Geraklit (er.av. 530-470 y.y.) urushlar va ijtimoiy konfliktlar haqidagi fikrlarini borliqning tabiatiga bo‘lgan qarashlarning umumiy tizimi bilan bog‘lashga harakat qilgan. Uning fikricha, «koinotda hukm suruvchi yagona umumiy qonun - bu urushdir, u hamma narsaning otasi va shohidir. U kimlarnidir xudolar va kimlarnidir insonlar qilib yaratadi, insonlarining ba’zilarini qul, boshqalarini erkin qilib belgilaydi. Hamma narsa, shu jumladan inson muloqoti normalari ham abadiy aylanma harakat va bir-biriga aylanish ta’sirida bo‘ladi. Dunyoda barcha narsa adovat va nifoq orqali tug‘iladi». Geraklitning bu so‘zlari ijtimoiy taraqqiyot jarayonida kurashning ijobiy rolini to‘g‘ri asoslashga bo‘lgan dastlabki urinishlardan biri ekanligini ko‘rsatadi. Konfliktlar o‘zining yangi xususiyati bilan ijtimoiy hayotning muhim atributi, ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim va zarur sharti sifatida namoyon bo‘ladi. Geraklitning konfliktlar va kurash barcha narsaning asosi sifatida hisoblanishi haqidagi g‘oyalari boshqa qadimgi faylasuf-materialist-Epikur (er.av.341-270 y.y.) tomonidan rivojlantirildi, ayni paytda u to‘qnashuvlarning salbiy oqibatlari qachonlardir insonlarni doimiy tinch-totuv sharoitda yashashga majbur qiladi deb hisoblagan. Shunday qilib, jamiyatning konfliktsiz holatda bo‘lishi haqidagi g‘oyalar dastlabki nazariy xulosalar bilan to‘ldirildi. Konfliktlar tabiati haqidagi ingliz faylasufi Frensis Bekon (1561-1626) tomonidan bildirilgan fikrlar ham o‘ziga xosdir. U birinchi bo‘lib mamlakat ichkarisidagi ijtimoiy konfliktlar sabablari majmuini chuqur nazariy tahlil qildi, ijtimoiy tartibsizliklarning moddiy, siyosiy, ruhiy sharoitlarini hamda ularni bartaraf qilish usullarini qarab chiqdi. U ijtimoiy tartibsizliklarni yuzaga kelishida moddiy sabablarning hal qiluvchi rolini chuqur anglab yetdi. Shulardan biri xalqning nochor moddiy ahvoli hisoblanadi. F.Bekon konfliktlarni oldini olishning muayyan vositalariga ham e’tibor qaratgan. U ijtimoiy konfliktlarning moddiy sabablarini mumkin bo‘lgan barcha usullar bilan, ular ichida alohida o‘ringa ega bo‘lgan jamiyatdagi ayrim tabaqalarning qoniqarsiz ahvolini mumkin qadar barcha vositalar bilan bartaraf qilish zarurligini ta’kidlagan. Yangi davrning tarixiy doirasida ham ijtimoiy konfliktlarning sabablari va ularni oldini olish istiqbollari haqida turlicha fikrlar bildirilgan. Biroq bu fikrlar qanchalik turli-tuman bo‘lmasin ularda jamiyat rivojlanishida odamlar o‘rtasidagi totuvlik va  
Ilmiybaza.uz 
 
hamjihatlikning hal qiluvchi rolini, o‘rta asr qoldiqlariga, tartibsizliklariga va 
urushlarga umumiy salbiy baho berish, kelgusida «abadiy tinch» hayotga erishish 
imkoniyatiga bo‘lgan umidlarni tan olinishi xosdir. 
XIX asrga kelib bu masalaga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgara boshladi. Nemis 
faylasufi Gegel urushlar va ijtimoiy konfliktlarga baho berishga boshqacha 
yondashadi. Eng avvalo, u jamiyatning rivojlanishida urushlarning ijobiy rol 
o‘ynashi xususida muayyan fikrlarni bildiradi. Shu bilan birga kuchli davlat 
hokimiyati tarafdori bo‘lgan Gegel davlatning yaxlitliligini zaiflashtiruvchi 
mamlakat ichkarisidagi ijtimoiy tartibsizliklar va qo‘zg‘olonlarga qarshi chiqadi. 
Ijtimoiy taraqqiyotning murakkab jarayonlarini va jamiyat hayotida ijtimoiy 
konfliktning o‘rnini yanada chuqur anglash tarixiy jarayonlarning borishi bilan 
ob’ektiv tarzda belgilandi. XIX asrda jamiyat hayotining iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy 
va boshqa sohalarida bo‘lib o‘tgan keskin o‘zgarishlar ijtimoiy nazariyalar 
mazmuniga ta’sir etmasdan qolmadi. Bu nazariyalarda izohlanishicha, ijtimoiy 
taraqqiyot davomida kurash, konfliktlar va to‘qnashuvlar nafaqat bo‘lishi mumkin, 
balki ijtimoiy borliqning muqarrar voqeliklari hisoblanadi.  
XIX - XX asrlar arafasida sotsiologiya konflikt muammolarini ishlab chiqishga 
tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsata bordi. Konflikt muammolarini ishlab chiqish 
sotsiologiyadagi turli yo‘nalishlar tomonidan amalga oshirildi. Ularning hammasi 
ham konfliktni sotsiologik konsepsiyalarning boshlang‘ich kategoriyasi deb tan 
olmasalar-da, biroq ular konfliktlarning jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega 
ekanligini va ularni nazariy tahlil qilishning zaruratini muayyan darajada 
ta’kidlaganlar. 
Nemis sotsiologi Georg Zemmel (1858-1918) birinchi bo‘lib ilmiy muomalaga 
“konflikt sotsiologiyasi“ atamasini kiritgan. U tarixiy jarayon mohiyatini bilishdan 
voz kechishni hamda ijtimoiy muloqot va o‘zaro ta’sirning “sof shakllari“ni tahlil 
qilish bilan shug‘ullanishni tavsiya etgan. Ijtimoiy o‘zaro ta’sirning nisbatan qat’iy 
shakllari ichida avtoritet, kelishish, bo‘ysunish, hamkorlik va boshqalar bo‘lib, 
konflikt o‘zining alohida o‘rniga ega. Konflikt ijtimoiy hamkorlikka olib keladi, 
muayyan ijtimoiy tuzilmalar xarakterini belgilaydi, ularni tashkil etish tamoyillari va 
normalarini mustahkamlaydi. 
Ilmiybaza.uz hamjihatlikning hal qiluvchi rolini, o‘rta asr qoldiqlariga, tartibsizliklariga va urushlarga umumiy salbiy baho berish, kelgusida «abadiy tinch» hayotga erishish imkoniyatiga bo‘lgan umidlarni tan olinishi xosdir. XIX asrga kelib bu masalaga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgara boshladi. Nemis faylasufi Gegel urushlar va ijtimoiy konfliktlarga baho berishga boshqacha yondashadi. Eng avvalo, u jamiyatning rivojlanishida urushlarning ijobiy rol o‘ynashi xususida muayyan fikrlarni bildiradi. Shu bilan birga kuchli davlat hokimiyati tarafdori bo‘lgan Gegel davlatning yaxlitliligini zaiflashtiruvchi mamlakat ichkarisidagi ijtimoiy tartibsizliklar va qo‘zg‘olonlarga qarshi chiqadi. Ijtimoiy taraqqiyotning murakkab jarayonlarini va jamiyat hayotida ijtimoiy konfliktning o‘rnini yanada chuqur anglash tarixiy jarayonlarning borishi bilan ob’ektiv tarzda belgilandi. XIX asrda jamiyat hayotining iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa sohalarida bo‘lib o‘tgan keskin o‘zgarishlar ijtimoiy nazariyalar mazmuniga ta’sir etmasdan qolmadi. Bu nazariyalarda izohlanishicha, ijtimoiy taraqqiyot davomida kurash, konfliktlar va to‘qnashuvlar nafaqat bo‘lishi mumkin, balki ijtimoiy borliqning muqarrar voqeliklari hisoblanadi. XIX - XX asrlar arafasida sotsiologiya konflikt muammolarini ishlab chiqishga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsata bordi. Konflikt muammolarini ishlab chiqish sotsiologiyadagi turli yo‘nalishlar tomonidan amalga oshirildi. Ularning hammasi ham konfliktni sotsiologik konsepsiyalarning boshlang‘ich kategoriyasi deb tan olmasalar-da, biroq ular konfliktlarning jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini va ularni nazariy tahlil qilishning zaruratini muayyan darajada ta’kidlaganlar. Nemis sotsiologi Georg Zemmel (1858-1918) birinchi bo‘lib ilmiy muomalaga “konflikt sotsiologiyasi“ atamasini kiritgan. U tarixiy jarayon mohiyatini bilishdan voz kechishni hamda ijtimoiy muloqot va o‘zaro ta’sirning “sof shakllari“ni tahlil qilish bilan shug‘ullanishni tavsiya etgan. Ijtimoiy o‘zaro ta’sirning nisbatan qat’iy shakllari ichida avtoritet, kelishish, bo‘ysunish, hamkorlik va boshqalar bo‘lib, konflikt o‘zining alohida o‘rniga ega. Konflikt ijtimoiy hamkorlikka olib keladi, muayyan ijtimoiy tuzilmalar xarakterini belgilaydi, ularni tashkil etish tamoyillari va normalarini mustahkamlaydi.  
Ilmiybaza.uz 
 
G.Zemmelning nazariy qarashlarini XX asrning 20-yillarida Chikago 
maktabining yirik vakillari Robert Park (1864-1944), Ernst Berdjess (1886-1966), 
Albion Smoll (1854-1926)lar qo‘llab-quvvatlaganlar. 
Ular ijtimoiy jarayonga o‘zaro ta’sirning o‘zaro bog‘liq 4 ta tipi nuqtai nazaridan 
qaraganlar: musobaqalar, konflikt, moslashish va assimilatsiya. Konfliktlar ijtimoiy 
o‘zaro ta’sirning bu tiplari orasida markaziy o‘rinni egallaydi, musobaqadan 
moslashishga va assimilatsiyaga o‘tish rolini bajaradilar, shu tarzda ijtimoiy 
o‘zgarishlarning muhim manbai hisoblanadilar. Sotsiologiyaning amaliy maqsadi - 
konfliktlarni hamkorlikka aylanishiga yordam qilish, ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi 
uyg‘un munosabatlarga ta’sir etishdir.  
Konfliktlarni tadqiq qilishning nazariy jihatlarini ishlab chiqishda amerikalik 
sotsiolog Tolkott Parsons (1902-1979) tomonidan asoslantirilgan tashkilotning 
tuzilmaviy funksional modeli muhim o‘rin egallaydi. U jamiyatga insonlar 
o‘rtasidagi munosabatlar tizimi, normalar va qadriyatlarga uni bog‘lovchi bo‘g‘in 
deb qaragan. U quyidagi qoidalarga amal qilgan: a) har qanday ijtimoiy tizim 
nisbatan barqaror, doimiy va yaxshi tashkil etilgan tuzilmadan iborat ; b) bu 
tizimning har bir elementi muayyan funksiyani bajarishi bilan tizim barqarorligini 
saqlashga o‘z ulushini qo‘shadi; v) bu ijtimoiy tuzilmaning amal qilishi zarur 
barqarorlik va hamkorlikni ta’minlovchi jamiyat a’zolarining qo‘llab-quvvatlashiga 
asoslanadi. 
Parsonsning fikricha, ijtimoiy harakatning me’yoriy komponenti quyidagi to‘rtta 
darajada namoyon bo‘ladi: organizm, shaxs, ijtimoiy tizim, madaniyat. Konfliktning 
bo‘lishi ijtimoiylashuv jarayonining o‘zida mavjud, bunda inson nafaqat ijtimoiy 
tizimning namoyon bo‘lish usullariga, shuningdek, tegishli madaniyatning 
me’yorlari va qadriyatlariga ham jalb qilinadi. Ijtimoiylashuv jarayonida 
organizmning ichki fiziologik ehtiyojlari bilan insonning ijtimoiy munosabatlardagi 
ehtiyojlari o‘rtasida shakllanadigan nomuvofiqlik, muayyan tanglik konfliktga 
aylanishi mumkin. 
Bunda ijtimoiy tizimning ichki qarama-qarshiligini va demak, konfliktlarni 
vujudga kelishining realligini tan olinishi juda muhim edi. Biroq, umuman olganda, 
Parsons tizim elementlari o‘rtasidagi konfliktsiz , “uyg‘un“ munosabatlar tarafdori 
Ilmiybaza.uz G.Zemmelning nazariy qarashlarini XX asrning 20-yillarida Chikago maktabining yirik vakillari Robert Park (1864-1944), Ernst Berdjess (1886-1966), Albion Smoll (1854-1926)lar qo‘llab-quvvatlaganlar. Ular ijtimoiy jarayonga o‘zaro ta’sirning o‘zaro bog‘liq 4 ta tipi nuqtai nazaridan qaraganlar: musobaqalar, konflikt, moslashish va assimilatsiya. Konfliktlar ijtimoiy o‘zaro ta’sirning bu tiplari orasida markaziy o‘rinni egallaydi, musobaqadan moslashishga va assimilatsiyaga o‘tish rolini bajaradilar, shu tarzda ijtimoiy o‘zgarishlarning muhim manbai hisoblanadilar. Sotsiologiyaning amaliy maqsadi - konfliktlarni hamkorlikka aylanishiga yordam qilish, ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi uyg‘un munosabatlarga ta’sir etishdir. Konfliktlarni tadqiq qilishning nazariy jihatlarini ishlab chiqishda amerikalik sotsiolog Tolkott Parsons (1902-1979) tomonidan asoslantirilgan tashkilotning tuzilmaviy funksional modeli muhim o‘rin egallaydi. U jamiyatga insonlar o‘rtasidagi munosabatlar tizimi, normalar va qadriyatlarga uni bog‘lovchi bo‘g‘in deb qaragan. U quyidagi qoidalarga amal qilgan: a) har qanday ijtimoiy tizim nisbatan barqaror, doimiy va yaxshi tashkil etilgan tuzilmadan iborat ; b) bu tizimning har bir elementi muayyan funksiyani bajarishi bilan tizim barqarorligini saqlashga o‘z ulushini qo‘shadi; v) bu ijtimoiy tuzilmaning amal qilishi zarur barqarorlik va hamkorlikni ta’minlovchi jamiyat a’zolarining qo‘llab-quvvatlashiga asoslanadi. Parsonsning fikricha, ijtimoiy harakatning me’yoriy komponenti quyidagi to‘rtta darajada namoyon bo‘ladi: organizm, shaxs, ijtimoiy tizim, madaniyat. Konfliktning bo‘lishi ijtimoiylashuv jarayonining o‘zida mavjud, bunda inson nafaqat ijtimoiy tizimning namoyon bo‘lish usullariga, shuningdek, tegishli madaniyatning me’yorlari va qadriyatlariga ham jalb qilinadi. Ijtimoiylashuv jarayonida organizmning ichki fiziologik ehtiyojlari bilan insonning ijtimoiy munosabatlardagi ehtiyojlari o‘rtasida shakllanadigan nomuvofiqlik, muayyan tanglik konfliktga aylanishi mumkin. Bunda ijtimoiy tizimning ichki qarama-qarshiligini va demak, konfliktlarni vujudga kelishining realligini tan olinishi juda muhim edi. Biroq, umuman olganda, Parsons tizim elementlari o‘rtasidagi konfliktsiz , “uyg‘un“ munosabatlar tarafdori  
Ilmiybaza.uz 
 
bo‘lgan. U konfliktni ijtimoiy anomaliya, o‘ziga xos kasallik va uni yengish zarur 
deb hisoblagan. 
Ijtimoiy konflikt tabiatiga nisbatan Parsons tomonidan bildirilgan nuqtai nazar 
XX asrning 30-40-yillarida “kishilar munosabatlari “ maktabi vakillari tomonidan 
qo‘llab-quvvatlangan. Ular ham sanoati rivojlangan mamlakatlar qurishi kerak 
bo‘lgan jamiyatning tabiiy holati uyg‘unlik va ijtimoiy konsensus holati bo‘lishi 
lozim deb hisoblaganlar. 
Bu maktabning yirik vakili, Garvard universiteti professori elton Meyo (1880-
1949) “hozirgi zamonning bosh muammosi“ bo‘lgan “sanoatda tinchlik“ni 
o‘rnatishga yordam qilish zarur deb ta’kidlagan. U konfliktni xavfli “ijtimoiy illat“ 
deb bilgan. Undan iloji boricha qochish kerak, “ijtimoiy muvozanat“ga va 
“hamkorlik holati“ga intilish kerak. 
Turli mamlakatlar olimlari hech bir nuqsonsiz faoliyat ko‘rsatadigan va 
boshqariladigan tashkilotlarda ham konfliktlar paydo bo‘lishiga e’tibor qaratganlar. 
Bu holat barqaror konsensusni ta’minlashga qodir qandaydir ijtimoiy tizim modeli 
borligiga shubhalanishga olib keldi. Shu bilan birga konfliktlarga o‘sib o‘tuvchi 
ijtimoiy ziddiyatlarning tabiiy muqarrarligi va qonuniy xarakter kasb etishini 
hisobga olish zarurligini tushunish ham mustahkamlanib bordi. Natijada XX asrning 
50-yillarida AQSh, Germaniya, Frantsiya va qator g‘arb mamlakatlarida 
konfliktning hozirgi zamon kontseptsiyalari shakllandi va keng tarqaldi. 
M.Veber esa konfliktlarning paydo bo‘lishini faqat kambag‘allik va boylik 
tafovutlariga bog‘liq deb hisoblamaydi. U notenglik xususiyatiga karab e’tibor, 
hurmatning turli darajada bo‘lishi, bir xilda bo‘lmagan obro‘, mavqe, maqomli 
guruhlar tushunchasini kiritgan. Bunda Veber turli guruhlarning moddiy va g‘oyaviy 
manfaatlari bilan diniy ong o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatib o‘tgan. 
  R.Darendorf esa aynan sinflarni konfliktlashuvchi ijtimoiy guruhlar deb 
hisoblagan. Uning fikricha,sinfiy konflikt jamiyat xarakteri bilan belgilanadi. 
Konflikt odatda iqtisodiy munosabatlar bilan emas, balki boshliqlar va 
bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi munosabatlar orqali vujudga keladi, uning bosh 
sabablari kishilarning bir-birlari ustidan xukmronligi, hokimiyatga esa bo‘lishlaridir. 
Konflikt uchun asos faqat ishchilar ustidan tadbirkorlar hokimiyatining o‘rnatilishi 
emas, konflikt boshqaruvchilar va bo‘ysunuvchilar mavjud bo‘lgan har qanday 
Ilmiybaza.uz bo‘lgan. U konfliktni ijtimoiy anomaliya, o‘ziga xos kasallik va uni yengish zarur deb hisoblagan. Ijtimoiy konflikt tabiatiga nisbatan Parsons tomonidan bildirilgan nuqtai nazar XX asrning 30-40-yillarida “kishilar munosabatlari “ maktabi vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Ular ham sanoati rivojlangan mamlakatlar qurishi kerak bo‘lgan jamiyatning tabiiy holati uyg‘unlik va ijtimoiy konsensus holati bo‘lishi lozim deb hisoblaganlar. Bu maktabning yirik vakili, Garvard universiteti professori elton Meyo (1880- 1949) “hozirgi zamonning bosh muammosi“ bo‘lgan “sanoatda tinchlik“ni o‘rnatishga yordam qilish zarur deb ta’kidlagan. U konfliktni xavfli “ijtimoiy illat“ deb bilgan. Undan iloji boricha qochish kerak, “ijtimoiy muvozanat“ga va “hamkorlik holati“ga intilish kerak. Turli mamlakatlar olimlari hech bir nuqsonsiz faoliyat ko‘rsatadigan va boshqariladigan tashkilotlarda ham konfliktlar paydo bo‘lishiga e’tibor qaratganlar. Bu holat barqaror konsensusni ta’minlashga qodir qandaydir ijtimoiy tizim modeli borligiga shubhalanishga olib keldi. Shu bilan birga konfliktlarga o‘sib o‘tuvchi ijtimoiy ziddiyatlarning tabiiy muqarrarligi va qonuniy xarakter kasb etishini hisobga olish zarurligini tushunish ham mustahkamlanib bordi. Natijada XX asrning 50-yillarida AQSh, Germaniya, Frantsiya va qator g‘arb mamlakatlarida konfliktning hozirgi zamon kontseptsiyalari shakllandi va keng tarqaldi. M.Veber esa konfliktlarning paydo bo‘lishini faqat kambag‘allik va boylik tafovutlariga bog‘liq deb hisoblamaydi. U notenglik xususiyatiga karab e’tibor, hurmatning turli darajada bo‘lishi, bir xilda bo‘lmagan obro‘, mavqe, maqomli guruhlar tushunchasini kiritgan. Bunda Veber turli guruhlarning moddiy va g‘oyaviy manfaatlari bilan diniy ong o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatib o‘tgan. R.Darendorf esa aynan sinflarni konfliktlashuvchi ijtimoiy guruhlar deb hisoblagan. Uning fikricha,sinfiy konflikt jamiyat xarakteri bilan belgilanadi. Konflikt odatda iqtisodiy munosabatlar bilan emas, balki boshliqlar va bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi munosabatlar orqali vujudga keladi, uning bosh sabablari kishilarning bir-birlari ustidan xukmronligi, hokimiyatga esa bo‘lishlaridir. Konflikt uchun asos faqat ishchilar ustidan tadbirkorlar hokimiyatining o‘rnatilishi emas, konflikt boshqaruvchilar va bo‘ysunuvchilar mavjud bo‘lgan har qanday  
Ilmiybaza.uz 
 
tashkilotda paydo bo‘lishi mumkin (kasalxonada, harbiy qismda, universitetda va 
h.). Darendorf o‘zining «Industrial jamiyatda ijtimoiy sinflar va sinfiy konflikt» 
nomli mashhur asarida ob’ektiv «yashirin» va anglashilgan «oshkora» 
manfaatlarning mavjudligi haqidagi xulosani chiqarish uchun Marksning ko‘p 
nazariy xulosalaridan foydalangan. Sinflar, uning fikricha, qachonki «yashirin» 
manfaatlar «oshkora» manfaatlarga aylanganda vujudga keladilar. 
Hozirgi zamon olimlaridan Per Burde esa hozirgi konfliktlarning rivojlanish 
xususiyatlari ustida fikrlash uchun amaliy tavsiyalar beradi. Uning fikricha, sinflar 
to‘g‘risidagi markscha nazariyaning kamchiligi ob’ektiv mavjud tafovutlar 
majmuini e’tiborga olmaslik, ijtimoiy borliqning faqat iqtisodiy maydon bilan 
cheklash natijasidir. 
K.Boulding, L.Kraysberg, M.Krozelar fikricha, konfliktning o‘zi turli xil 
maqsadlarga intiluvchi guruhlarning qarshi kurashidan iborat. K.Bouldingning 
ta’kidlashicha, hamma konfliktlar umumiy elementlarga xamda rivojlanishning 
umumiy me’yorlariga ega bo‘ladi, bu elementlarni o‘rganish konflikt hodisasini 
uning istalgan ko‘rinishida o‘rganish, tasavvur qilishga imkon beradi. 
Demak, konfliktlarni tushunishda va asoslashdagi asosiy yondashuvlar yirik 
ijtimoiy uyushmalar o‘zaro munosabatlarining xususiyatlarini ko‘rib chiqish 
doirasida shakllanganligini ko‘rishimiz mumkin.Axborotlashtirilgan jamiyatda 
yashar ekanmiz, O‘zbekistonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, yangiliklar islohotlar 
yoshlar hayotiga ham ta’sir etmay qolmaydi. Shu bois, yoshlar ijtimoiy hayotida yuz 
berayotgan voqea va hodisalarni mustaqillik mafkurasi, axloqiy tarbiya talabalari 
asosida teran anglab olishlari va shularga asoslangan holda aqliy - jismoniy 
qobiliyatlarini, ma’naviy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishlari zarur. Yoshlarda 
bunday bilim, ko‘nikmalarni shakllantirmasdan va ma’naviy barkamol qilib voyaga 
yetkazmasdan turib ko‘zlangan maqsadlarga erishish qiyin. 
Shuning uchun «Pedagogik konfliktologiya» fani hozirgi kunda barcha oliy va 
o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida olib borilmoqda. Konfliktologiya fani o‘quv fani 
sifatida yetakchi o‘rinni egallaydi.  
Pedagogik konfliktologiya bu o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi ziddiyatlarini 
o‘rganuvchi fandir. Zamonaviy sharoitda pedagogik konfliktologiyaning o‘qitilishi 
o‘qituvchining pedagogik madaniyatini rivojlantiradi. Pedagogik konfliktlar 
Ilmiybaza.uz tashkilotda paydo bo‘lishi mumkin (kasalxonada, harbiy qismda, universitetda va h.). Darendorf o‘zining «Industrial jamiyatda ijtimoiy sinflar va sinfiy konflikt» nomli mashhur asarida ob’ektiv «yashirin» va anglashilgan «oshkora» manfaatlarning mavjudligi haqidagi xulosani chiqarish uchun Marksning ko‘p nazariy xulosalaridan foydalangan. Sinflar, uning fikricha, qachonki «yashirin» manfaatlar «oshkora» manfaatlarga aylanganda vujudga keladilar. Hozirgi zamon olimlaridan Per Burde esa hozirgi konfliktlarning rivojlanish xususiyatlari ustida fikrlash uchun amaliy tavsiyalar beradi. Uning fikricha, sinflar to‘g‘risidagi markscha nazariyaning kamchiligi ob’ektiv mavjud tafovutlar majmuini e’tiborga olmaslik, ijtimoiy borliqning faqat iqtisodiy maydon bilan cheklash natijasidir. K.Boulding, L.Kraysberg, M.Krozelar fikricha, konfliktning o‘zi turli xil maqsadlarga intiluvchi guruhlarning qarshi kurashidan iborat. K.Bouldingning ta’kidlashicha, hamma konfliktlar umumiy elementlarga xamda rivojlanishning umumiy me’yorlariga ega bo‘ladi, bu elementlarni o‘rganish konflikt hodisasini uning istalgan ko‘rinishida o‘rganish, tasavvur qilishga imkon beradi. Demak, konfliktlarni tushunishda va asoslashdagi asosiy yondashuvlar yirik ijtimoiy uyushmalar o‘zaro munosabatlarining xususiyatlarini ko‘rib chiqish doirasida shakllanganligini ko‘rishimiz mumkin.Axborotlashtirilgan jamiyatda yashar ekanmiz, O‘zbekistonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, yangiliklar islohotlar yoshlar hayotiga ham ta’sir etmay qolmaydi. Shu bois, yoshlar ijtimoiy hayotida yuz berayotgan voqea va hodisalarni mustaqillik mafkurasi, axloqiy tarbiya talabalari asosida teran anglab olishlari va shularga asoslangan holda aqliy - jismoniy qobiliyatlarini, ma’naviy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishlari zarur. Yoshlarda bunday bilim, ko‘nikmalarni shakllantirmasdan va ma’naviy barkamol qilib voyaga yetkazmasdan turib ko‘zlangan maqsadlarga erishish qiyin. Shuning uchun «Pedagogik konfliktologiya» fani hozirgi kunda barcha oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida olib borilmoqda. Konfliktologiya fani o‘quv fani sifatida yetakchi o‘rinni egallaydi. Pedagogik konfliktologiya bu o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi ziddiyatlarini o‘rganuvchi fandir. Zamonaviy sharoitda pedagogik konfliktologiyaning o‘qitilishi o‘qituvchining pedagogik madaniyatini rivojlantiradi. Pedagogik konfliktlar  
Ilmiybaza.uz 
 
deganda biz o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi ta’lim jarayonida kuzatiladigan 
ziddiyatlar, tortishuvlar kelishmovchiliklar, qarama-qarshiliklarni tushunamiz. 
Pedagog har tomonlama o‘quvchilarga bilimlarini berishi uchun avvolo o‘zi 
tarbiyalanishi lozimdir. O‘qituvchi tarbiyani aqliy, axloqiy ma’naviy, estetik, 
jismoniy, ruhiy, mehnatsevarlik, tejamkorlik turlari bilan birga bilimni o‘quvchilarga 
yetkazib berishi uchun chiroyli nutqda ega bo‘lishi o‘rinlidir. Pedagog o‘z 
mutaxassisligini puxta egallashi keng bilim doirasiga ega bo‘lishi ta’lim jarayonini 
olib borayotgan vaqtda ta’limni hayot bilan bog‘lashi lozimdir. O‘qituvchining 
pedagogik 
mahorati, 
qobiliyati 
asosan 
sinf 
auditoriya 
mashg‘ulotlari, 
konferensiyalar, jonli ma’ruzalarni tushuntirishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
O‘qituvchi ta’lim - tarbiya jarayonini o‘rgatish bilan birgalikda, talabalarni jonli 
muloqotga chorlay olishi, talabalarni mustaqil fikrlarini tinglay olishi, o‘qituvchi va 
o‘quvchi o‘rtasidagi samimiy munosabatni, ochiq ko‘ngillilikni, mehr-oqibatni, 
hurmat-izzat asosiy maqsadga erishish uchun hamkorlikda ishlashishi lozim. 
Pedagog guruh bilan ishlashda guruhdagi har bir o‘quvchining temperamenti, 
xarakter qobiliyati, ruhiyati, oilaviy muhiti, hulq-atvorini, bilim saviyasini o‘rganib, 
shunga qarab har bir o‘quvchiga qanday yondashishni o‘rganishi lozimdir. Bir 
guruhda nechta talaba o‘qishidan qat’iy nazar, har bir bolaning xarakteri jihatidan 
farqli tomonlarini ko‘rishimiz lozim. Jamiyatda yashovchi shaxslarimiz tashqi 
ko‘rinishlaridan gavdasining tuzilishi, ozg‘in, semizligi yoki boshqa belgilari yuz 
tuzilishlari bilan o‘xshashi mumkin, lekin xarakterlari jihatdan keskin farqlanadi. 
Masalan, 
biri 
qiziqqon 
ko‘p 
narsalarni 
o‘zlashtirishga 
harakat 
qilishi 
kirishuvchanligi bilan farqlansa, ikkinchisi tabiatan og‘ir so‘ragan savollarga javob 
beruvchi bo‘lishi mumkin. Endi guruh misolida to‘xtalar ekanmiz, har bir guruhda 
iqtidorli, talantli qiziquvchan yoshlar bilan bir qatorda layoqatsiz qobiliyati jihatidan 
sust, yoki tabiatan og‘ir kamgap va serjahl o‘quvchilar ham buladi. Guruh 
rahbarining asosiy vazifasi har tomonlama yetuk barkamol shaxslarni tarbiyalashda 
yangi kadrlarni tarbiyalab berishdir. Pedagog o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida 
ularga individual yoki kompleks holatlarida yondashmog‘i lozimdir. Sinf yoki 
aiditoriyalardagi dars jarayoniga e’tiborimizni qaratadigan bo‘lsak, ayrim talabalar 
berilayotgan ma’lumotni birdaniga o‘zlashtira olmaydilar, bunday hollarda albatta 
pedagog ta’lim jarayonida individuallikka tayanishi mumkin.  
Ilmiybaza.uz deganda biz o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi ta’lim jarayonida kuzatiladigan ziddiyatlar, tortishuvlar kelishmovchiliklar, qarama-qarshiliklarni tushunamiz. Pedagog har tomonlama o‘quvchilarga bilimlarini berishi uchun avvolo o‘zi tarbiyalanishi lozimdir. O‘qituvchi tarbiyani aqliy, axloqiy ma’naviy, estetik, jismoniy, ruhiy, mehnatsevarlik, tejamkorlik turlari bilan birga bilimni o‘quvchilarga yetkazib berishi uchun chiroyli nutqda ega bo‘lishi o‘rinlidir. Pedagog o‘z mutaxassisligini puxta egallashi keng bilim doirasiga ega bo‘lishi ta’lim jarayonini olib borayotgan vaqtda ta’limni hayot bilan bog‘lashi lozimdir. O‘qituvchining pedagogik mahorati, qobiliyati asosan sinf auditoriya mashg‘ulotlari, konferensiyalar, jonli ma’ruzalarni tushuntirishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘qituvchi ta’lim - tarbiya jarayonini o‘rgatish bilan birgalikda, talabalarni jonli muloqotga chorlay olishi, talabalarni mustaqil fikrlarini tinglay olishi, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi samimiy munosabatni, ochiq ko‘ngillilikni, mehr-oqibatni, hurmat-izzat asosiy maqsadga erishish uchun hamkorlikda ishlashishi lozim. Pedagog guruh bilan ishlashda guruhdagi har bir o‘quvchining temperamenti, xarakter qobiliyati, ruhiyati, oilaviy muhiti, hulq-atvorini, bilim saviyasini o‘rganib, shunga qarab har bir o‘quvchiga qanday yondashishni o‘rganishi lozimdir. Bir guruhda nechta talaba o‘qishidan qat’iy nazar, har bir bolaning xarakteri jihatidan farqli tomonlarini ko‘rishimiz lozim. Jamiyatda yashovchi shaxslarimiz tashqi ko‘rinishlaridan gavdasining tuzilishi, ozg‘in, semizligi yoki boshqa belgilari yuz tuzilishlari bilan o‘xshashi mumkin, lekin xarakterlari jihatdan keskin farqlanadi. Masalan, biri qiziqqon ko‘p narsalarni o‘zlashtirishga harakat qilishi kirishuvchanligi bilan farqlansa, ikkinchisi tabiatan og‘ir so‘ragan savollarga javob beruvchi bo‘lishi mumkin. Endi guruh misolida to‘xtalar ekanmiz, har bir guruhda iqtidorli, talantli qiziquvchan yoshlar bilan bir qatorda layoqatsiz qobiliyati jihatidan sust, yoki tabiatan og‘ir kamgap va serjahl o‘quvchilar ham buladi. Guruh rahbarining asosiy vazifasi har tomonlama yetuk barkamol shaxslarni tarbiyalashda yangi kadrlarni tarbiyalab berishdir. Pedagog o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida ularga individual yoki kompleks holatlarida yondashmog‘i lozimdir. Sinf yoki aiditoriyalardagi dars jarayoniga e’tiborimizni qaratadigan bo‘lsak, ayrim talabalar berilayotgan ma’lumotni birdaniga o‘zlashtira olmaydilar, bunday hollarda albatta pedagog ta’lim jarayonida individuallikka tayanishi mumkin.  
Ilmiybaza.uz 
 
Sinf rahbarining kompleks yondashishi pedagog o‘z navbatida ota-onalari bilan 
hamkorlikda bo‘lishi, ko‘proq ota-onalar bilan muloqotda bo‘lib, sinf majlislarida 
yechilayotgan masalalarni ota-onalarni ham fikrlarini inobatga olishi lozimdir. Agar 
o‘qituvchi tomonidan yuqoridagi fikrlarga e’tibor qaratilsa, o‘qituvchi va o‘quvchi 
o‘rtasidagi konflikt paydo bo‘lishi bartaraf etiladi. O‘quvchi ham o‘qituvchiga 
nisbatan samimiy munosabatda bo‘lishi, hurmatini joyiga qo‘yishi kerak. O‘qituvchi 
va o‘quvchi o‘rtasida ma’lum bir masofa kontakt bo‘lishi lozimdir.  
Pedagogik konflikt – ta’lim tizimida pedagogik konfliktlarning vujudga kelish 
sabablari va tabiatini o‘rganadigan, ularni bartaraf etish usullari va amaliy 
tavsiyalarni ishlab chiqadigan nazariy-amaliy yo‘nalish hisoblanadi. Pedagogik 
konflikt ijtimoiy hayotdagi ko‘p uchraydigan holat hisoblanib, tabiiyki jamiyatning 
kuchli ijtimoiy munosabatlari to‘plangan bo‘laklari maktab, oliy va o‘rta maxsus 
ta’limda ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Ta’limda o‘z «Meni»ni qattiq hurmat qilishga 
odatlangan o‘quvchi yoki talabalar orasida konfliktli munosabatlarning bo‘lishi 
tabiiy hodisadir, lekin amaliy ko‘nikmalarga, kuchli tayyorgarlikka ega bo‘lmagan 
pedagog yoki rahbarlar ham konfliktli munosabatlarning vujudga kelishiga sharoit 
yaratib berishi mumkin. Pedagogik konflikt bu o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi 
ziddiyatlarni, kelishmovchiliklar tortishuvlar mojorolar, muloqot jarayonida bir-
birlarini tushunishlari, bir-birini idrok qilishlarini o‘rganadi. Albatta o‘qituvchi bu 
muammolarning oldini olishi va yechimini topishi uchun o‘z mutaxassisligini puxta 
o‘rgangan, muloqot sirlaridan habardor bo‘lishi, darsni tashkil etish bilan birgalikda 
talabalarni jalb qila olishi kerakdir. Bundan tashqari talabalarni bilim saviyasini va 
xulq-atvoriga xolisona baho berishi lozim.  
Hozirgi kunda talaba va o‘quvchilarimiz faqat o‘qituvchilarning bilim saviyasini 
kuzatibgina qolmay, o‘qituvchini ma’suliyatliligi, qobiliyatliligi, ishonchliligi, 
pedagogik mahorati qobiliyati, samimiyligi ta’lim tizimiga qay tarzda yondashishiga 
ham e’tiborlarini qaratadilar. Ta’lim-tarbiyaning samarasi, ta’sirchanligi, avvolo 
o‘qituvchiga, uning bilim saviyasiga, kasbiy tayyorgarligiga va mahoratiga 
bog‘liqdir. O‘qituvchi ijodiy fikrlovchi: umuminsoniy va milliy qadriyatlarni, 
dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan bo‘lishi o‘z kasbi va bolalarni yaxshi 
ko‘radigan insonparvar adolatli, talabchan pedagogik odobli har bir o‘quvchisi 
Ilmiybaza.uz Sinf rahbarining kompleks yondashishi pedagog o‘z navbatida ota-onalari bilan hamkorlikda bo‘lishi, ko‘proq ota-onalar bilan muloqotda bo‘lib, sinf majlislarida yechilayotgan masalalarni ota-onalarni ham fikrlarini inobatga olishi lozimdir. Agar o‘qituvchi tomonidan yuqoridagi fikrlarga e’tibor qaratilsa, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi konflikt paydo bo‘lishi bartaraf etiladi. O‘quvchi ham o‘qituvchiga nisbatan samimiy munosabatda bo‘lishi, hurmatini joyiga qo‘yishi kerak. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida ma’lum bir masofa kontakt bo‘lishi lozimdir. Pedagogik konflikt – ta’lim tizimida pedagogik konfliktlarning vujudga kelish sabablari va tabiatini o‘rganadigan, ularni bartaraf etish usullari va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqadigan nazariy-amaliy yo‘nalish hisoblanadi. Pedagogik konflikt ijtimoiy hayotdagi ko‘p uchraydigan holat hisoblanib, tabiiyki jamiyatning kuchli ijtimoiy munosabatlari to‘plangan bo‘laklari maktab, oliy va o‘rta maxsus ta’limda ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Ta’limda o‘z «Meni»ni qattiq hurmat qilishga odatlangan o‘quvchi yoki talabalar orasida konfliktli munosabatlarning bo‘lishi tabiiy hodisadir, lekin amaliy ko‘nikmalarga, kuchli tayyorgarlikka ega bo‘lmagan pedagog yoki rahbarlar ham konfliktli munosabatlarning vujudga kelishiga sharoit yaratib berishi mumkin. Pedagogik konflikt bu o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi ziddiyatlarni, kelishmovchiliklar tortishuvlar mojorolar, muloqot jarayonida bir- birlarini tushunishlari, bir-birini idrok qilishlarini o‘rganadi. Albatta o‘qituvchi bu muammolarning oldini olishi va yechimini topishi uchun o‘z mutaxassisligini puxta o‘rgangan, muloqot sirlaridan habardor bo‘lishi, darsni tashkil etish bilan birgalikda talabalarni jalb qila olishi kerakdir. Bundan tashqari talabalarni bilim saviyasini va xulq-atvoriga xolisona baho berishi lozim. Hozirgi kunda talaba va o‘quvchilarimiz faqat o‘qituvchilarning bilim saviyasini kuzatibgina qolmay, o‘qituvchini ma’suliyatliligi, qobiliyatliligi, ishonchliligi, pedagogik mahorati qobiliyati, samimiyligi ta’lim tizimiga qay tarzda yondashishiga ham e’tiborlarini qaratadilar. Ta’lim-tarbiyaning samarasi, ta’sirchanligi, avvolo o‘qituvchiga, uning bilim saviyasiga, kasbiy tayyorgarligiga va mahoratiga bog‘liqdir. O‘qituvchi ijodiy fikrlovchi: umuminsoniy va milliy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan bo‘lishi o‘z kasbi va bolalarni yaxshi ko‘radigan insonparvar adolatli, talabchan pedagogik odobli har bir o‘quvchisi  
Ilmiybaza.uz 
 
ulg‘ayib kelajakda yaxshi inson bo‘lishiga ishonadigan, ularning barkamol shaxs, ish 
bilarmon kishi bo‘lib yetishishiga ko‘maklashadigan mutaxassis bo‘lmog‘i lozim.  
Pedagogik konfliktologiya fanining maqsadi pedagogik muloqotning samarali 
kechishiga to‘sqinlik qiluvchi ziddiyatli-stressli vaziyatlarni o‘rganish va ularning 
oldini olish usullarini izlab topishdan iboratdir. 
Yoshlarning ma’naviy qiyofasini belgilash vash u bilan bir qatorda sog‘lom 
fikrli, uddaburon shaxs bo‘lib shakllanishida Prezidentimiz I.A.Karimov 2016 yilni 
«Sog‘lom ona va bola» yili deb e’lon qilishlar bejiz emas. Chunki, oilada bolani 
sog‘lom qilib tarbiyalash – mustahkam poydevorli jamiyat barpo etilishining 
garovidir. Inson aslida baxt va ezgulik uchun dunyoga keladi, shu orzu umidlar bilan 
yashaydi. Lekin bu bila nish bitmaydi, u shu niyatga yetish uchun harakat qilishi, 
mehnat qilishi va yaxshilik qilishi lozim. Insonning inson bo‘lib shakllanishida, 
hayotda o‘z o‘rnini topishida, el-yurt ichida izzat-hurmatga sazovor bo‘lishida, 
yuksak axloq-odob qoidalarini o‘zida mujassam etishida oila asosiy o‘rinni 
egallaydi. Oila shunday makonki, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi shaxs 
shakllanadi, etnik madaniyat, urf-odatlar, axloqiy-ma’naviy qadriyatlar saqlanadi, 
rivojlantiriladi, jamiyat taraqqiyotini belgilovchi iqtisodiy va ma’naviy hayot 
poydevori quriladi hamda mustahkamlanadi. Oilada tarbiyaning negizlariga asos 
solinadi. U bolada shakllanishi lozim bo‘lgan barcha insoniy munosabatlar va 
fazilatlarni tarbiyalovchi hayot maktabi hisoblanadi.  
 
Ilmiybaza.uz ulg‘ayib kelajakda yaxshi inson bo‘lishiga ishonadigan, ularning barkamol shaxs, ish bilarmon kishi bo‘lib yetishishiga ko‘maklashadigan mutaxassis bo‘lmog‘i lozim. Pedagogik konfliktologiya fanining maqsadi pedagogik muloqotning samarali kechishiga to‘sqinlik qiluvchi ziddiyatli-stressli vaziyatlarni o‘rganish va ularning oldini olish usullarini izlab topishdan iboratdir. Yoshlarning ma’naviy qiyofasini belgilash vash u bilan bir qatorda sog‘lom fikrli, uddaburon shaxs bo‘lib shakllanishida Prezidentimiz I.A.Karimov 2016 yilni «Sog‘lom ona va bola» yili deb e’lon qilishlar bejiz emas. Chunki, oilada bolani sog‘lom qilib tarbiyalash – mustahkam poydevorli jamiyat barpo etilishining garovidir. Inson aslida baxt va ezgulik uchun dunyoga keladi, shu orzu umidlar bilan yashaydi. Lekin bu bila nish bitmaydi, u shu niyatga yetish uchun harakat qilishi, mehnat qilishi va yaxshilik qilishi lozim. Insonning inson bo‘lib shakllanishida, hayotda o‘z o‘rnini topishida, el-yurt ichida izzat-hurmatga sazovor bo‘lishida, yuksak axloq-odob qoidalarini o‘zida mujassam etishida oila asosiy o‘rinni egallaydi. Oila shunday makonki, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi shaxs shakllanadi, etnik madaniyat, urf-odatlar, axloqiy-ma’naviy qadriyatlar saqlanadi, rivojlantiriladi, jamiyat taraqqiyotini belgilovchi iqtisodiy va ma’naviy hayot poydevori quriladi hamda mustahkamlanadi. Oilada tarbiyaning negizlariga asos solinadi. U bolada shakllanishi lozim bo‘lgan barcha insoniy munosabatlar va fazilatlarni tarbiyalovchi hayot maktabi hisoblanadi.