Pedagogik konflikt- ta’lim tizimida pedagogik konfliktlarning vujudga kelish sabablari (Konflikt va pedagogik konflikt tushunchasi mazmuni)
Yuklangan vaqt
2024-06-09
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
12
Faytl hajmi
106,0 KB
Ilmiybaza.uz
Pedagogik konflikt- ta’lim tizimida pedagogik konfliktlarning vujudga kelish
sabablari
REJA :
1.Konflikt va pedagogik konflikt tushunchasi mazmuni.
2. Konfliktologiya fani o‘quv fani sifatida
Ilmiybaza.uz
Konfliktlarning kelib chiqishining sabab va oqibatlarini o‘rganuvchi fan
«Konfliktologiya» u lotincha “conflictus” - to‘qnashuv demakdir. Ya’ni konflikt –
o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan ziddiyatli manfaatlar va munosabatlarning ochiq
to‘qnashuvidir. Fan nuqtai-nazaridan ilk marotaba konfliktni ilmiy o‘rganish davlat
hokimiyati, jamiyat a’zolari hamda alohida ijtimoiy guruhlar orasidagi
ziddiyatlarni o‘rganishdan boshlangan. Konflikt har birimizning turmushimiz va
tirikligimizga xos bo‘lgan, hayotimizga tegishli narsa. Ammo ko‘pchilik ongida
an’anaviy mavjud bo‘lgan fikrga ko‘ra, konflikt bu oddiy hol emas, u ziddiyatli
hol, undan o‘zini muhofaza qilish kerak, undan o‘zini tortish zarur, konfliktdan
qochish kerak.
Keyinchalik ilmiy qiziqishlarning ortib borishi bilan ijtimoiy, siyosiy, milliy,
guruhlararo va shaxslararo konfliktlar fan ob’ektiga aylana boshlagan.
Konfliktologiya XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, fan sifatida shakllana
boshlagandan so‘ng, jamiyatda konfliktning tutgan o‘rnini o‘rganish jamiyat
hayotida juda muhimligi sababli, etnik va guruhlararo konfliktli munosabatlarni
o‘rganish, tizimli asosda ularni tahlil qilish va o‘zaro to‘g‘ri yechimga kelish
zaruriy ehtiyojlarda biriga aylandi.
Konflikt to‘qnashuv jarayonida ikki tomonning bir-birini tushunmagan
holatida vujudga keladi. Konfliktning vujudga kelishidagi birinchi shakli - bu
mojarodir. Mojaro konfliktning asosi hisoblanib, uning negizida ikki tomon uchun
to‘qnashuvni keltirib chiqaruvchi omillar mavjud bo‘ladi.
Ikkinchi shakli- norozilik bo‘lib, bir-biridan norozilik natijasida kelib
chiquvchi noxush kayfiyatni so‘z yoki xatti-harakat bilan bildirish natijasida
konflikt yuzaga keladi. Lekin norozilik hamma vaqt ham konfliktni vujudga
keltirmaydi.
Mazkur muammoni hal etishning ilmiy jihatdan tahlili shuni ko‘rsatadiki, ta’lim
sohasining ilmiy-nazariy va amaliy muammolarini tadqiq etish masalalari bo‘yicha
Ye.I.Stepanov, S.V.Banыkina, A.N.Smarin, L.S.Vыgotskiy, N.I.Leonov kabi
olimlarning tadqiqot ishlarida har tomonlama o‘rganilgan.
Ilmiybaza.uz
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yoshlarni har tomonlama komil
insonlar qilib tarbiyalash, konfliktologik kayfiyat va xususiyatlarni o‘rganish
bo‘yicha
o‘qituvchining
kasbiy,
axloqiy
fazilatlarini
shakllantirish,
rivojlantirishning ilmiy-nazariy masalalari bo‘yicha pedagog va psixolog
olimlardan
O.Musurmonova,
V.Karimova,
E.G‘oziev,
X.Ibragimov,
N.Egamberdieva, G.To‘ychieva, M.Axmedova va boshqalarning ilmiy kuzatishlari
shular jumlasiga kiradi.
Hozirgi zamon fani insoniyatning tarixiy o‘tmishiga nazar tashlar ekan,
konfliktni hamisha ijtimoiy taraqqiyotning doimiy yo‘ldoshi ekanligiga shubha
qilmaydi, chunki odamlar bor joyda konfliktlar mavjud bo‘lgan va bo‘laveradi.
Ijtimoiy hayotda konfliktlarning tutgan o‘rni va keng tarqalganligi uzoq o‘tmishda
ham e’tiborni o‘ziga tortgan.
O‘tgan asrlarda ijod qilgan faylasuflar, tarixchilar, yozuvchilarning
asarlarida, afsonalarida va g‘oyalarida vujudga kelishi ehtimol bo‘lgan
konfliktlarning yuzaga kelish sabablari va ularni tugatish yo‘llari haqida muayyan
fikrlar bildirilgan. O‘tmishda konfliktlarni hal etishning asosiy usuli sifatida urug‘-
qabila oqsoqollari, dohiylarining yakka hokimligi tushunilgan. Biroq ilk
davlatchilik tuzilmalarining vujudga kelishi har doim ham jamiyatda uyg‘unlikka
olib kelmagan, ba’zida ijtimoiy notenglikni keskinlashtirgan, konfliktlarni yaqqol
namoyon etgan va kuchaytirgan. Shu bois asrlar davomida insonlar urushlar
bo‘lmaydigan, nizolar va adovat barham topadigan mukammal kelajakka ishonch
hissi bilan yashaganlar.
Qadimgi yunon faylasuflari birinchilardan bo‘lib ijtimoiy konfliktlarning tabiatini
to‘g‘ri tushunishga uringanlar. Mashhur qadimgi faylasuf-dialektik olim Geraklit
(er.av. 530-470 y.y.) urushlar va ijtimoiy konfliktlar haqidagi fikrlarini borliqning
tabiatiga bo‘lgan qarashlarning umumiy tizimi bilan bog‘lashga harakat qilgan.
Uning fikricha, «koinotda hukm suruvchi yagona umumiy qonun - bu urushdir, u
hamma narsaning otasi va shohidir. U kimlarnidir xudolar va kimlarnidir insonlar
qilib yaratadi, insonlarining ba’zilarini qul, boshqalarini erkin qilib belgilaydi.
Hamma narsa, shu jumladan inson muloqoti normalari ham abadiy aylanma
Ilmiybaza.uz
harakat va bir-biriga aylanish ta’sirida bo‘ladi. Dunyoda barcha narsa adovat va
nifoq orqali tug‘iladi». Geraklitning bu so‘zlari ijtimoiy taraqqiyot jarayonida
kurashning ijobiy rolini to‘g‘ri asoslashga bo‘lgan dastlabki urinishlardan biri
ekanligini ko‘rsatadi. Konfliktlar o‘zining yangi xususiyati bilan ijtimoiy
hayotning muhim atributi, ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim va zarur sharti
sifatida namoyon bo‘ladi. Geraklitning konfliktlar va kurash barcha narsaning
asosi sifatida hisoblanishi haqidagi g‘oyalari boshqa qadimgi faylasuf-materialist-
Epikur
(er.av.341-270
y.y.)
tomonidan
rivojlantirildi,
ayni
paytda
u
to‘qnashuvlarning salbiy oqibatlari qachonlardir insonlarni doimiy tinch-totuv
sharoitda yashashga majbur qiladi deb hisoblagan. Shunday qilib, jamiyatning
konfliktsiz holatda bo‘lishi haqidagi g‘oyalar dastlabki nazariy xulosalar bilan
to‘ldirildi.
Konfliktlar tabiati haqidagi ingliz faylasufi Frensis Bekon (1561-1626)
tomonidan bildirilgan fikrlar ham o‘ziga xosdir. U birinchi bo‘lib mamlakat
ichkarisidagi ijtimoiy konfliktlar sabablari majmuini chuqur nazariy tahlil qildi,
ijtimoiy tartibsizliklarning moddiy, siyosiy, ruhiy sharoitlarini hamda ularni
bartaraf qilish usullarini qarab chiqdi. U ijtimoiy tartibsizliklarni yuzaga kelishida
moddiy sabablarning hal qiluvchi rolini chuqur anglab yetdi. Shulardan biri
xalqning nochor moddiy ahvoli hisoblanadi.
F.Bekon konfliktlarni oldini olishning muayyan vositalariga ham e’tibor
qaratgan. U ijtimoiy konfliktlarning moddiy sabablarini mumkin bo‘lgan barcha
usullar bilan, ular ichida alohida o‘ringa ega bo‘lgan jamiyatdagi ayrim
tabaqalarning qoniqarsiz ahvolini mumkin qadar barcha vositalar bilan bartaraf
qilish zarurligini ta’kidlagan.
Yangi davrning tarixiy doirasida ham ijtimoiy konfliktlarning sabablari va
ularni oldini olish istiqbollari haqida turlicha fikrlar bildirilgan. Biroq bu fikrlar
qanchalik turli-tuman bo‘lmasin ularda jamiyat rivojlanishida odamlar o‘rtasidagi
totuvlik va hamjihatlikning hal qiluvchi rolini, o‘rta asr qoldiqlariga,
tartibsizliklariga va urushlarga umumiy salbiy baho berish, kelgusida «abadiy
tinch» hayotga erishish imkoniyatiga bo‘lgan umidlarni tan olinishi xosdir.
Ilmiybaza.uz
XIX asrga kelib bu masalaga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgara boshladi. Nemis
faylasufi Gegel urushlar va ijtimoiy konfliktlarga baho berishga boshqacha
yondashadi. Eng avvalo, u jamiyatning rivojlanishida urushlarning ijobiy rol
o‘ynashi xususida muayyan fikrlarni bildiradi. Shu bilan birga kuchli davlat
hokimiyati tarafdori bo‘lgan Gegel davlatning yaxlitliligini zaiflashtiruvchi
mamlakat ichkarisidagi ijtimoiy tartibsizliklar va qo‘zg‘olonlarga qarshi chiqadi.
Ijtimoiy taraqqiyotning murakkab jarayonlarini va jamiyat hayotida ijtimoiy
konfliktning o‘rnini yanada chuqur anglash tarixiy jarayonlarning borishi bilan
ob’ektiv tarzda belgilandi. XIX asrda jamiyat hayotining iqtisodiy, siyosiy,
ma’naviy va boshqa sohalarida bo‘lib o‘tgan keskin o‘zgarishlar ijtimoiy
nazariyalar mazmuniga ta’sir etmasdan qolmadi. Bu nazariyalarda izohlanishicha,
ijtimoiy taraqqiyot davomida kurash, konfliktlar va to‘qnashuvlar nafaqat bo‘lishi
mumkin, balki ijtimoiy borliqning muqarrar voqeliklari hisoblanadi.
XIX - XX asrlar arafasida sotsiologiya konflikt muammolarini ishlab chiqishga
tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsata bordi. Konflikt muammolarini ishlab chiqish
sotsiologiyadagi turli yo‘nalishlar tomonidan amalga oshirildi. Ularning hammasi
ham konfliktni sotsiologik konsepsiyalarning boshlang‘ich kategoriyasi deb tan
olmasalar-da, biroq ular konfliktlarning jamiyat hayotida muhim ahamiyatga ega
ekanligini va ularni nazariy tahlil qilishning zaruratini muayyan darajada
ta’kidlaganlar.
Nemis sotsiologi Georg Zemmel (1858-1918) birinchi bo‘lib ilmiy muomalaga
“konflikt sotsiologiyasi“ atamasini kiritgan. U tarixiy jarayon mohiyatini bilishdan
voz kechishni hamda ijtimoiy muloqot va o‘zaro ta’sirning “sof shakllari“ni tahlil
qilish bilan shug‘ullanishni tavsiya etgan. Ijtimoiy o‘zaro ta’sirning nisbatan qat’iy
shakllari ichida avtoritet, kelishish, bo‘ysunish, hamkorlik va boshqalar bo‘lib,
konflikt o‘zining alohida o‘rniga ega. Konflikt ijtimoiy hamkorlikka olib keladi,
muayyan ijtimoiy tuzilmalar xarakterini belgilaydi, ularni tashkil etish tamoyillari
va normalarini mustahkamlaydi.
Ilmiybaza.uz
G.Zemmelning nazariy qarashlarini XX asrning 20-yillarida Chikago
maktabining yirik vakillari Robert Park (1864-1944), Ernst Berdjess (1886-1966),
Albion Smoll (1854-1926)lar qo‘llab-quvvatlaganlar.
Ular ijtimoiy jarayonga o‘zaro ta’sirning o‘zaro bog‘liq 4 ta tipi nuqtai nazaridan
qaraganlar: musobaqalar, konflikt, moslashish va assimilatsiya. Konfliktlar
ijtimoiy o‘zaro ta’sirning bu tiplari orasida markaziy o‘rinni egallaydi,
musobaqadan moslashishga va assimilatsiyaga o‘tish rolini bajaradilar, shu tarzda
ijtimoiy o‘zgarishlarning muhim manbai hisoblanadilar. Sotsiologiyaning amaliy
maqsadi - konfliktlarni hamkorlikka aylanishiga yordam qilish, ijtimoiy guruhlar
o‘rtasidagi uyg‘un munosabatlarga ta’sir etishdir.
Konfliktlarni tadqiq qilishning nazariy jihatlarini ishlab chiqishda amerikalik
sotsiolog Tolkott Parsons (1902-1979) tomonidan asoslantirilgan tashkilotning
tuzilmaviy funksional modeli muhim o‘rin egallaydi. U jamiyatga insonlar
o‘rtasidagi munosabatlar tizimi, normalar va qadriyatlarga uni bog‘lovchi bo‘g‘in
deb qaragan. U quyidagi qoidalarga amal qilgan: a) har qanday ijtimoiy tizim
nisbatan barqaror, doimiy va yaxshi tashkil etilgan tuzilmadan iborat ; b) bu
tizimning har bir elementi muayyan funksiyani bajarishi bilan tizim barqarorligini
saqlashga o‘z ulushini qo‘shadi; v) bu ijtimoiy tuzilmaning amal qilishi zarur
barqarorlik
va
hamkorlikni
ta’minlovchi
jamiyat
a’zolarining
qo‘llab-
quvvatlashiga asoslanadi.
Parsonsning fikricha, ijtimoiy harakatning me’yoriy komponenti quyidagi
to‘rtta darajada namoyon bo‘ladi: organizm, shaxs, ijtimoiy tizim, madaniyat.
Konfliktning bo‘lishi ijtimoiylashuv jarayonining o‘zida mavjud, bunda inson
nafaqat ijtimoiy tizimning namoyon bo‘lish usullariga, shuningdek, tegishli
madaniyatning me’yorlari va qadriyatlariga ham jalb qilinadi. Ijtimoiylashuv
jarayonida organizmning ichki fiziologik ehtiyojlari bilan insonning ijtimoiy
munosabatlardagi ehtiyojlari o‘rtasida shakllanadigan nomuvofiqlik, muayyan
tanglik konfliktga aylanishi mumkin.
Bunda ijtimoiy tizimning ichki qarama-qarshiligini va demak, konfliktlarni
vujudga kelishining realligini tan olinishi juda muhim edi. Biroq, umuman
Ilmiybaza.uz
olganda, Parsons tizim elementlari o‘rtasidagi konfliktsiz , “uyg‘un“ munosabatlar
tarafdori bo‘lgan. U konfliktni ijtimoiy anomaliya, o‘ziga xos kasallik va uni
yengish zarur deb hisoblagan.
Ijtimoiy konflikt tabiatiga nisbatan Parsons tomonidan bildirilgan nuqtai nazar XX
asrning 30-40-yillarida “kishilar munosabatlari “ maktabi vakillari tomonidan
qo‘llab-quvvatlangan. Ular ham sanoati rivojlangan mamlakatlar qurishi kerak
bo‘lgan jamiyatning tabiiy holati uyg‘unlik va ijtimoiy konsensus holati bo‘lishi
lozim deb hisoblaganlar.
Bu maktabning yirik vakili, Garvard universiteti professori elton Meyo (1880-
1949) “hozirgi zamonning bosh muammosi“ bo‘lgan “sanoatda tinchlik“ni
o‘rnatishga yordam qilish zarur deb ta’kidlagan. U konfliktni xavfli “ijtimoiy illat“
deb bilgan. Undan iloji boricha qochish kerak, “ijtimoiy muvozanat“ga va
“hamkorlik holati“ga intilish kerak.
Turli mamlakatlar olimlari hech bir nuqsonsiz faoliyat ko‘rsatadigan va
boshqariladigan tashkilotlarda ham konfliktlar paydo bo‘lishiga e’tibor qaratganlar.
Bu holat barqaror konsensusni ta’minlashga qodir qandaydir ijtimoiy tizim modeli
borligiga shubhalanishga olib keldi. Shu bilan birga konfliktlarga o‘sib o‘tuvchi
ijtimoiy ziddiyatlarning tabiiy muqarrarligi va qonuniy xarakter kasb etishini
hisobga olish zarurligini tushunish ham mustahkamlanib bordi. Natijada XX
asrning 50-yillarida AQSh, Germaniya, Frantsiya va qator g‘arb mamlakatlarida
konfliktning hozirgi zamon kontseptsiyalari shakllandi va keng tarqaldi.
M.Veber esa konfliktlarning paydo bo‘lishini faqat kambag‘allik va boylik
tafovutlariga bog‘liq deb hisoblamaydi. U notenglik xususiyatiga karab e’tibor,
hurmatning turli darajada bo‘lishi, bir xilda bo‘lmagan obro‘, mavqe, maqomli
guruhlar tushunchasini kiritgan. Bunda Veber turli guruhlarning moddiy va
g‘oyaviy manfaatlari bilan diniy ong o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatib o‘tgan.
R.Darendorf esa aynan sinflarni konfliktlashuvchi ijtimoiy guruhlar deb
hisoblagan. Uning fikricha,sinfiy konflikt jamiyat xarakteri bilan belgilanadi.
Konflikt odatda iqtisodiy munosabatlar bilan emas, balki boshliqlar va
bo‘ysunuvchilar o‘rtasidagi munosabatlar orqali vujudga keladi, uning bosh
Ilmiybaza.uz
sabablari
kishilarning
bir-birlari
ustidan
xukmronligi,
hokimiyatga
esa
bo‘lishlaridir. Konflikt uchun asos faqat ishchilar ustidan tadbirkorlar
hokimiyatining o‘rnatilishi emas, konflikt boshqaruvchilar va bo‘ysunuvchilar
mavjud bo‘lgan har qanday tashkilotda paydo bo‘lishi mumkin (kasalxonada,
harbiy qismda, universitetda va h.). Darendorf o‘zining «Industrial jamiyatda
ijtimoiy sinflar va sinfiy konflikt» nomli mashhur asarida ob’ektiv «yashirin» va
anglashilgan «oshkora» manfaatlarning mavjudligi haqidagi xulosani chiqarish
uchun Marksning ko‘p nazariy xulosalaridan foydalangan. Sinflar, uning fikricha,
qachonki «yashirin» manfaatlar «oshkora» manfaatlarga aylanganda vujudga
keladilar.
Hozirgi zamon olimlaridan Per Burde esa hozirgi konfliktlarning rivojlanish
xususiyatlari ustida fikrlash uchun amaliy tavsiyalar beradi. Uning fikricha, sinflar
to‘g‘risidagi markscha nazariyaning kamchiligi ob’ektiv mavjud tafovutlar
majmuini e’tiborga olmaslik, ijtimoiy borliqning faqat iqtisodiy maydon bilan
cheklash natijasidir.
K.Boulding, L.Kraysberg, M.Krozelar fikricha, konfliktning o‘zi turli xil
maqsadlarga intiluvchi guruhlarning qarshi kurashidan iborat. K.Bouldingning
ta’kidlashicha, hamma konfliktlar umumiy elementlarga xamda rivojlanishning
umumiy me’yorlariga ega bo‘ladi, bu elementlarni o‘rganish konflikt hodisasini
uning istalgan ko‘rinishida o‘rganish, tasavvur qilishga imkon beradi.
Demak, konfliktlarni tushunishda va asoslashdagi asosiy yondashuvlar yirik
ijtimoiy uyushmalar o‘zaro munosabatlarining xususiyatlarini ko‘rib chiqish
doirasida shakllanganligini ko‘rishimiz mumkin.Axborotlashtirilgan jamiyatda
yashar ekanmiz, O‘zbekistonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, yangiliklar islohotlar
yoshlar hayotiga ham ta’sir etmay qolmaydi. Shu bois, yoshlar ijtimoiy hayotida
yuz berayotgan voqea va hodisalarni mustaqillik mafkurasi, axloqiy tarbiya
talabalari asosida teran anglab olishlari va shularga asoslangan holda aqliy -
jismoniy qobiliyatlarini, ma’naviy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishlari zarur.
Yoshlarda bunday bilim, ko‘nikmalarni shakllantirmasdan va ma’naviy barkamol
qilib voyaga yetkazmasdan turib ko‘zlangan maqsadlarga erishish qiyin.
Ilmiybaza.uz
Shuning uchun «Pedagogik konfliktologiya» fani hozirgi kunda barcha oliy va
o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida olib borilmoqda. Konfliktologiya fani o‘quv fani
sifatida yetakchi o‘rinni egallaydi.
Pedagogik
konfliktologiya
bu
o‘qituvchi
va
o‘quvchi
o‘rtasidagi
ziddiyatlarini
o‘rganuvchi
fandir.
Zamonaviy
sharoitda
pedagogik
konfliktologiyaning
o‘qitilishi
o‘qituvchining
pedagogik
madaniyatini
rivojlantiradi. Pedagogik konfliktlar deganda biz o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi
ta’lim jarayonida kuzatiladigan ziddiyatlar, tortishuvlar kelishmovchiliklar,
qarama-qarshiliklarni tushunamiz. Pedagog har tomonlama o‘quvchilarga
bilimlarini berishi uchun avvolo o‘zi tarbiyalanishi lozimdir. O‘qituvchi tarbiyani
aqliy, axloqiy ma’naviy, estetik, jismoniy, ruhiy, mehnatsevarlik, tejamkorlik
turlari bilan birga bilimni o‘quvchilarga yetkazib berishi uchun chiroyli nutqda ega
bo‘lishi o‘rinlidir. Pedagog o‘z mutaxassisligini puxta egallashi keng bilim
doirasiga ega bo‘lishi ta’lim jarayonini olib borayotgan vaqtda ta’limni hayot bilan
bog‘lashi lozimdir. O‘qituvchining pedagogik mahorati, qobiliyati asosan sinf
auditoriya mashg‘ulotlari, konferensiyalar, jonli ma’ruzalarni tushuntirishida
yaqqol ko‘zga tashlanadi. O‘qituvchi ta’lim - tarbiya jarayonini o‘rgatish bilan
birgalikda, talabalarni jonli muloqotga chorlay olishi, talabalarni mustaqil fikrlarini
tinglay olishi, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi samimiy munosabatni, ochiq
ko‘ngillilikni, mehr-oqibatni, hurmat-izzat asosiy maqsadga erishish uchun
hamkorlikda ishlashishi lozim. Pedagog guruh bilan ishlashda guruhdagi har bir
o‘quvchining temperamenti, xarakter qobiliyati, ruhiyati, oilaviy muhiti, hulq-
atvorini, bilim saviyasini o‘rganib, shunga qarab har bir o‘quvchiga qanday
yondashishni o‘rganishi lozimdir. Bir guruhda nechta talaba o‘qishidan qat’iy
nazar, har bir bolaning xarakteri jihatidan farqli tomonlarini ko‘rishimiz lozim.
Jamiyatda yashovchi shaxslarimiz tashqi ko‘rinishlaridan gavdasining tuzilishi,
ozg‘in, semizligi yoki boshqa belgilari yuz tuzilishlari bilan o‘xshashi mumkin,
lekin xarakterlari jihatdan keskin farqlanadi. Masalan, biri qiziqqon ko‘p narsalarni
o‘zlashtirishga harakat qilishi kirishuvchanligi bilan farqlansa, ikkinchisi tabiatan
og‘ir so‘ragan savollarga javob beruvchi bo‘lishi mumkin. Endi guruh misolida
Ilmiybaza.uz
to‘xtalar ekanmiz, har bir guruhda iqtidorli, talantli qiziquvchan yoshlar bilan bir
qatorda layoqatsiz qobiliyati jihatidan sust, yoki tabiatan og‘ir kamgap va serjahl
o‘quvchilar ham buladi. Guruh rahbarining asosiy vazifasi har tomonlama yetuk
barkamol shaxslarni tarbiyalashda yangi kadrlarni tarbiyalab berishdir. Pedagog
o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida ularga individual yoki kompleks holatlarida
yondashmog‘i lozimdir. Sinf yoki aiditoriyalardagi dars jarayoniga e’tiborimizni
qaratadigan bo‘lsak, ayrim talabalar berilayotgan ma’lumotni birdaniga o‘zlashtira
olmaydilar, bunday hollarda albatta pedagog ta’lim jarayonida individuallikka
tayanishi mumkin.
Sinf rahbarining kompleks yondashishi pedagog o‘z navbatida ota-onalari bilan
hamkorlikda bo‘lishi, ko‘proq ota-onalar bilan muloqotda bo‘lib, sinf majlislarida
yechilayotgan masalalarni ota-onalarni ham fikrlarini inobatga olishi lozimdir.
Agar o‘qituvchi tomonidan yuqoridagi fikrlarga e’tibor qaratilsa, o‘qituvchi va
o‘quvchi o‘rtasidagi konflikt paydo bo‘lishi bartaraf etiladi. O‘quvchi ham
o‘qituvchiga nisbatan samimiy munosabatda bo‘lishi, hurmatini joyiga qo‘yishi
kerak. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida ma’lum bir masofa kontakt bo‘lishi
lozimdir.
Pedagogik konflikt – ta’lim tizimida pedagogik konfliktlarning vujudga
kelish sabablari va tabiatini o‘rganadigan, ularni bartaraf etish usullari va amaliy
tavsiyalarni ishlab chiqadigan nazariy-amaliy yo‘nalish hisoblanadi. Pedagogik
konflikt ijtimoiy hayotdagi ko‘p uchraydigan holat hisoblanib, tabiiyki jamiyatning
kuchli ijtimoiy munosabatlari to‘plangan bo‘laklari maktab, oliy va o‘rta maxsus
ta’limda ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Ta’limda o‘z «Meni»ni qattiq hurmat qilishga
odatlangan o‘quvchi yoki talabalar orasida konfliktli munosabatlarning bo‘lishi
tabiiy hodisadir, lekin amaliy ko‘nikmalarga, kuchli tayyorgarlikka ega bo‘lmagan
pedagog yoki rahbarlar ham konfliktli munosabatlarning vujudga kelishiga sharoit
yaratib berishi mumkin. Pedagogik konflikt bu o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi
ziddiyatlarni, kelishmovchiliklar tortishuvlar mojorolar, muloqot jarayonida bir-
birlarini tushunishlari, bir-birini idrok qilishlarini o‘rganadi. Albatta o‘qituvchi bu
muammolarning oldini olishi va yechimini topishi uchun o‘z mutaxassisligini
Ilmiybaza.uz
puxta o‘rgangan, muloqot sirlaridan habardor bo‘lishi, darsni tashkil etish bilan
birgalikda talabalarni jalb qila olishi kerakdir. Bundan tashqari talabalarni bilim
saviyasini va xulq-atvoriga xolisona baho berishi lozim.
Hozirgi kunda talaba va o‘quvchilarimiz faqat o‘qituvchilarning bilim
saviyasini kuzatibgina qolmay, o‘qituvchini ma’suliyatliligi, qobiliyatliligi,
ishonchliligi, pedagogik mahorati qobiliyati, samimiyligi ta’lim tizimiga qay tarzda
yondashishiga
ham
e’tiborlarini
qaratadilar.
Ta’lim-tarbiyaning
samarasi,
ta’sirchanligi, avvolo o‘qituvchiga, uning bilim saviyasiga, kasbiy tayyorgarligiga
va mahoratiga bog‘liqdir. O‘qituvchi ijodiy fikrlovchi: umuminsoniy va milliy
qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan bo‘lishi o‘z kasbi va
bolalarni yaxshi ko‘radigan insonparvar adolatli, talabchan pedagogik odobli har
bir o‘quvchisi ulg‘ayib kelajakda yaxshi inson bo‘lishiga ishonadigan, ularning
barkamol shaxs, ish bilarmon kishi bo‘lib yetishishiga ko‘maklashadigan
mutaxassis bo‘lmog‘i lozim.
Pedagogik konfliktologiya fanining maqsadi pedagogik muloqotning
samarali kechishiga to‘sqinlik qiluvchi ziddiyatli-stressli vaziyatlarni o‘rganish va
ularning oldini olish usullarini izlab topishdan iboratdir.
Yoshlarning ma’naviy qiyofasini belgilash vash u bilan bir qatorda sog‘lom fikrli,
uddaburon shaxs bo‘lib shakllanishida Prezidentimiz I.A.Karimov 2016 yilni
«Sog‘lom ona va bola» yili deb e’lon qilishlar bejiz emas. Chunki, oilada bolani
sog‘lom qilib tarbiyalash – mustahkam poydevorli jamiyat barpo etilishining
garovidir. Inson aslida baxt va ezgulik uchun dunyoga keladi, shu orzu umidlar
bilan yashaydi. Lekin bu bila nish bitmaydi, u shu niyatga yetish uchun harakat
qilishi, mehnat qilishi va yaxshilik qilishi lozim. Insonning inson bo‘lib
shakllanishida, hayotda o‘z o‘rnini topishida, el-yurt ichida izzat-hurmatga sazovor
bo‘lishida, yuksak axloq-odob qoidalarini o‘zida mujassam etishida oila asosiy
o‘rinni egallaydi. Oila shunday makonki, unda hayotning davomiyligini
ta’minlovchi shaxs shakllanadi, etnik madaniyat, urf-odatlar, axloqiy-ma’naviy
qadriyatlar saqlanadi, rivojlantiriladi, jamiyat taraqqiyotini belgilovchi iqtisodiy va
ma’naviy hayot poydevori quriladi hamda mustahkamlanadi. Oilada tarbiyaning
Ilmiybaza.uz
negizlariga asos solinadi. U bolada shakllanishi lozim bo‘lgan barcha insoniy
munosabatlar va fazilatlarni tarbiyalovchi hayot maktabi hisoblanadi.