PEDAGOGIK NUTQNING O‘ZIGA XOSLIKLARI
Mavzu rejasi:
1. Nutq texnikasi.
2. O’qituvchi nutqiga qo’yiladigan asosiy talablar
3. Nutq madaniyati va o’qituvchi nutqi.
Notiqlik sanati nafaqat so‘zdan,uning fikr maqsadini ifodalash imkoniyatlari va
qudratidan foydalanishni qo‘l harakati deb atash mumkin bo‘lgan muhim vositani
ishga sola olishni ham o‘z ichiga oladi. Inson omili har qanday muloqotning asosiy
tarkibiy jihatini tashkil etadi.Ruxshunos olimlarning fikriga ko‘ra, odamlar sizni
tashqi taassurot asosida baholaydilar, tashqi taassurot esa siz bilan dastlabki tanishuv
va muloqat jarayonida shakillanadi.shuning uchun hamma (tinglovchilar)ga o‘zini
taqdim eata olish,maqsadga muofiq tasurot uyg‘otishi siyosiy yoki jamoat arbobining
eng muhim kasbiy malakasi ko‘rsatkichidir. Kishining betakror idividualligini
ifodalovchi erkin va qolibga tushmaydigan gapirish usuli,oddiy va manodor
harakatlari,o‘zini erkin va faol tutish usuli o‘zgalarga uning samiymiligi va
sofko‘gilligiga ishonch tuyg‘usini uyg‘otadi.
Shunday qilib,rahbar foaliyatining samaradorligida uning tashqi qiyofasi,ovoz
xususiyatlar,gapirish,nutq so‘zlash,suhbat qurish,muloqat qilish usuli muhim rol
o‘ynaydi.Kasb mahorati o‘z holicha muvaffaqiyat garovi bo‘la olmaydi.Buning
uchun birga ishlaydigan va muloqatga kirishadigan odamlarni o‘ziga qarata olishni
biladi,o‘zining betakror usulini yarata olish va uni saqlay olish shart.Aristotel bu
haqida gapirganida, so‘zlovchining xarakteri ham muhim ahamiyat kasb etishini
alohida takidlagan edi.
,,Tana tilini tushinish rahbar uchun nafaqat o‘zgalar oldida o‘zini to‘ri tutish
uchun, balki ularda kerakli taassurotni uyg‘otish, o‘ziga qarata olish uchun zarur.Siz
muloqat jarayonida ko‘zlangan maqsadingizga erishishingiz uchun qo‘l
ostingizdagilarni, kasbdoshlarning, o‘zingizdan yuqori pog‘anada turgan rahbarning,
hamkor yoki raqibingizning xohish – istagi , ruhiy holati, ko‘tarilgan masala yoki
suhbat mavzuiga munosabatini ham bilishingiz kerak. Inson tanasi esa, u nima
haqida gapirayotganidan qat‘I nazar, o‘z unsiz ,,tili‘‘ga ega. Taniqli rus rejessyori
K.S.Stanislavskiy: ,,Qo‘llar fikrni oxirigacha bayon etishga yordam beradi , degan
edi. Mashhur qadimgi notiq Demosfen ham yaxshi notiq bo‘lish uchun nima qilish
kerak, degan savolga shunday javob bergan edi:,,Qo‘l harakati,qo‘l harakati va yana
qo‘l harakati. Bunday mulohaza fransuz olimi Jil
Delezda ham kuzatiladi: ,,So‘zlarning hokimlik qudrati o‘z kulminatsiyasiga
aytilgan gaplar tana bilan aytilganlarni takrorlaganda erishadi‘‘. Shunday ekan,notiq
nutq so‘zlash jarayonida nafaqat chiroyli so‘zlay bilishi,balki tana, qo‘l harakati,
mimika va boshqa nolingvistik vositalaridan foydalana bilishi hamda ularning
manolarini aniq idrok eta bilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Aksariyat tadqiqotchilar to‘g‘ri takidlashganlaridek ,,tana tili‘‘ inson
madaniyatini aks ettiradi. Bu haqda F.Laroshfuko shunday degan edi:,,Har qanday
hissiyotning uning o‘zigagina xos bo‘lgan qo‘l harakati ohang va mimikasi mavjud.
Ular uyg‘otgan taassurot yaxshi yoki yomon,yoqimli yoki yoqimsizodamlarning biz
tomon intilishi yoki bizdan qochishlariga sabab bo‘ladi. SHuning uchun ham
A.S.Makarenko yuzga qarab inson ruhiyatidagi harakatlarni anglash mumkinligini
uqtirib inson yuzidan o‘qishni bilish kerak‘‘ligini takidlagan edi.
Axborot uzatishning boshqa noligvistik shakillari xususida ham shunday
xolatlarni kuzatish mumkin. Olaylik, biror kishining (masalan,rahbarning) xonasi
eshigini ochib ,,Kelin murojatini eshitsangiz,oddiy xolatda ,,Keling
o‘tiring‘‗manosini anglatadi. Ammo bu murojat qanday aytilganiga qarab ,,Bu erda
nima qilib yuribsiz? ,,Sizni kim chaqirdi?, ,,Nega keldingiz?, ,,Qaerlarda yuribsiz?
degan manolarni yoki yana boshqa manolarni anglatishi mumkin.
Fikrni ifodalovchi nolingvistik vositalar ko‘p hollarda ongli ravishda
boshqarilmaydi vanutq bilan ziddiyatga kirishi mumkin. Mashhur rus yozuvchisi M.
…gakovning ,,Usta va Margarita‘‘ramanidagi bir lavhada mazkur holat juda yaxshi
o‘z ifodasini topganini ko‘ramiz. SHatton Volandning varvetida ko‘rsatgan
tomoshosidan keyin teator moliya direktori huzuriga administrator Varenuxa kirib
keladi Stepan Lixodesivning ko‘rsatgan karomatlari haqida hikoya qilib
beradi.,,Administratorning qissasidagi qabohatli tafsilotlar qanchalik hayojonli va
yorqinroq bo‘lgan sari moliya direktori unga kamroq ishona boshlaydi. Varenuxa
Stepanning itday qutirib,uni Maskvaga olib ketgani brogan odamlarga ham qarshilik
qarshilik ko‘rsatgani haqida hikoya qila boshlaganida,moliya direktori yarim
kechada qaytib kelgan adminstratorning hamma gaplari yolg‘onligiga batamom
ishondi. Ha,gaplarining hammasi boshidan oxirigacha g‘irt yolg‘on edi‘‘. Muloqotga
kirishgan kishi inson hatti-harakatlari,yuz ifodasi,imo-ishoralari bir qator olimlar
bilan bog‘liq tarzida namoyon bo‘lishini yaxshi bilishi kerak. Ularning ayrimlari
barcha uchun unumli va turg‘un mano kasb etgan va muayan so‘z birikmalarida o‘z
ifodasini topgan. Iboraga aylangan bunday so‘z va so‘z birikmalari hatti-harakatlarni
ifodalaydi. Masalan, ,,boshini ham qilmoq‘‘, ,,boshini chayqamoq‘‘ ,,qaddini
bukmoq‘‘ ,,qaddini dol qilmoq‘‘ ,,musht ko‘rsatmoq‘‘va h.k. Insonning ayrim
harakatlari va imo ishoralarining uning millati madaniyati va urf odatlari bilan ham
bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan,boshni yuqoridan pastga qarab qimirlatish
aksariyat dunyo xalqlarida,,Ha‘‘(tasdiq)manosini anglatadi. Biroq Vengerlarda
aksincha yo‘q(inkor) manosini ifodalaydi. YOki o‘zbeklar musiqadan yaxshi tasirot
olayotganda boshini tebratsalar,ruslarda bunday vaziyatda oyoq uchini erga sekin
urib turiladi.
Bunday hatti-harakat imo-ishoralar har bir madaniyat uchun o‘ziga xoslikga
ega. Ularni, ayniqsa,rahbar hodimlar bilishlari lozim. Zotan,arzimagan bir
hattiharakat yoki imo-ishoraning noto‘g‘ri qo‘llanilishi millatlararo madaniyat
meyoriga salbiy tasir ko‘rsatib qo‘yishi mumkin. So‘ngi davrda ko‘plab olimlar
diqqatini glaballashuv sharoitida madaniyatlararo muloqot muammolari _ortmoqda.
Madaniyat tushunchasi ancha keng bo‘lib,ko‘plab unsurlar qatorida tafakkur
shakli,dunyoqarash,baholash mezonlari kabilarni ham o‘z ichiga oladi. Edvord Xoll
shaxs tomonidan o‘ziva atrof dunyo o‘rtasida o‘rnatilgan selektiv ekran,,yuqori-
past‘‘ shkalasi tushunchasini kiritib,madaniyatlarni yuqori va past konteksga bo‘ladi
hamda anashu madaniyat vakillarining axborot uzatish hamda qabul qilishdagi
farqlarini ko‘rsatadi. Uning fikriga ko‘ra yuqori kontekstining madaniyatlari (o‘rta
sharq,Osiyo,Afrika,Janubiy Amerika) vakillarini aqildan ko‘ra ko‘proq hissiyot va
into….ya harakatga keltiradi. Ular uchun so‘zlardan ko‘ra gapirayotgan odamning
ohangi,yuz ifodasi, harakatlari,o‘zini tutishi muhimroq. Past kontekstning
madaniyatlari (Shimoliy Amerika,G‘arbiy ovropa) vakillari esa muloqot paytida
fikirlarning hujjat bilan dalillanganligiga,mantiqiy hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri bayon
etilishiga ko‘proq ahamiyat berishadilar. Bu fikrlarni beistisno qabul qilib bo‘lmasa-
da,ular asossiz emas. Masalan,yapon olimlaridan biri o‘z madaniyati vakillarining
muloqot usulini ovro‘palik bir kishiga tushuntirib beradi:,,Biz mohiyatan bir
toifadagi odamlarmiz biz sizlarga o‘xshab ko‘p gapirmaymiz. Bitta so‘zni
aytib,o‘ntasini nazarda tutamiz‘‘. Turli madaniyat vakillari muloqot paytida ana
shunga o‘xshash o‘ziga xosliklarni etibordan chetda qoldirgani yoki bilmagani
tufayli suhbatdoshini noto‘g‘ri tushungani va o‘z maqsadiga erishmagandan dalolat
beruvchi misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Jumladan,ko‘plab g‘arblik
ishbilarmonlar yapon biznesmenlari bilan muloqot qilganlarida ularning muloyim
tabassum qilib turishidan maqsadga erishdik,degan xulosaga kelganlari,biroq
shartnomalari imzolanmaganini eshitib hayron bo‘lganlari malum. Yuqorida
aytilganlardan xulosa shuki,Har qanday rahbar o‘zgalar bilan muloqot paytida fikrni
ifodalashning nolingvistik vositalarini puxta bilishi hamda maqsadga erishmoq
uchun ulardan nutq so‘zlash jarayonida foydalana olishi va suhbatdosh yoki
tinglovchilarning hatti-harakatlari manosini o‘qiy olishi lozim. Hozirgi paytda
nolingvistik muloqot vositalarini o‘rganish bir necha fan yo‘nalishlari shakillangan.
Masalan,kinestetika inson hissiyotlari va tuyg‘ularining tashqi ifodalarini o‘rganadi.
Uning tarkibida yuz mushaklarining harakatlarini o‘rganuvchi mimika,tananing turli