PEDAGOGIK NUTQNING O‘ZIGA XOSLIKLARI (Nutq texnikasi, O'qituvchi nutqiga qo'yiladigan asosiy talablar, Nutq madaniyati va o'qituvchi nutqi)
Yuklangan vaqt
2024-05-23
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
25,2 KB
Ilmiybaza.uz
PEDAGOGIK NUTQNING O‘ZIGA XOSLIKLARI
Reja:
1. Nutq texnikasi.
2. O’qituvchi nutqiga qo’yiladigan asosiy talablar
3. Nutq madaniyati va o’qituvchi nutqi
Ilmiybaza.uz
Notiqlik sanati nafaqat so‘zdan,uning fikr maqsadini ifodalash imkoniyatlari va
qudratidan foydalanishni qo‘l harakati deb atash mumkin bo‘lgan muhim vositani
ishga sola olishni ham o‘z ichiga oladi. Inson omili har qanday muloqotning asosiy
tarkibiy jihatini tashkil etadi.Ruxshunos olimlarning fikriga ko‘ra, odamlar sizni tashqi
taassurot asosida baholaydilar, tashqi taassurot esa siz bilan dastlabki tanishuv va
muloqat jarayonida shakillanadi.shuning uchun hamma (tinglovchilar)ga o‘zini
taqdim eata olish,maqsadga muofiq tasurot uyg‘otishi siyosiy yoki jamoat arbobining
eng muhim kasbiy malakasi ko‘rsatkichidir. Kishining betakror idividualligini
ifodalovchi erkin va qolibga tushmaydigan gapirish usuli,oddiy va manodor
harakatlari,o‘zini erkin va faol tutish usuli o‘zgalarga uning samiymiligi va
sofko‘gilligiga ishonch tuyg‘usini uyg‘otadi.
Shunday qilib,rahbar foaliyatining samaradorligida uning tashqi qiyofasi,ovoz
xususiyatlar,gapirish,nutq so‘zlash,suhbat qurish,muloqat qilish usuli muhim rol
o‘ynaydi.Kasb mahorati o‘z holicha muvaffaqiyat garovi bo‘la olmaydi.Buning uchun
birga ishlaydigan va muloqatga kirishadigan odamlarni o‘ziga qarata olishni
biladi,o‘zining betakror usulini yarata olish va uni saqlay olish shart.Aristotel bu
haqida gapirganida, so‘zlovchining xarakteri ham muhim ahamiyat kasb etishini
alohida takidlagan edi.
,,Tana tilini tushinish rahbar uchun nafaqat o‘zgalar oldida o‘zini to‘ri tutish
uchun, balki ularda kerakli taassurotni uyg‘otish, o‘ziga qarata olish uchun zarur.Siz
muloqat
jarayonida
ko‘zlangan
maqsadingizga
erishishingiz
uchun
qo‘l
ostingizdagilarni, kasbdoshlarning, o‘zingizdan yuqori pog‘anada turgan rahbarning,
hamkor yoki raqibingizning xohish – istagi , ruhiy holati, ko‘tarilgan masala yoki
suhbat mavzuiga munosabatini ham bilishingiz kerak. Inson tanasi esa, u nima haqida
gapirayotganidan qat‘I nazar, o‘z unsiz ,,tili‘‘ga ega. Taniqli rus rejessyori
K.S.Stanislavskiy: ,,Qo‘llar fikrni oxirigacha bayon etishga yordam beradi , degan edi.
Mashhur qadimgi notiq Demosfen ham yaxshi notiq bo‘lish uchun nima qilish kerak,
degan savolga shunday javob bergan edi:,,Qo‘l harakati,qo‘l harakati va yana qo‘l
harakati. Bunday mulohaza fransuz olimi Jil
Ilmiybaza.uz
Delezda ham kuzatiladi: ,,So‘zlarning hokimlik qudrati o‘z kulminatsiyasiga aytilgan
gaplar tana bilan aytilganlarni takrorlaganda erishadi‘‘. Shunday ekan,notiq nutq
so‘zlash jarayonida nafaqat chiroyli so‘zlay bilishi,balki tana, qo‘l harakati, mimika va
boshqa nolingvistik vositalaridan foydalana bilishi hamda ularning manolarini aniq
idrok eta bilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Aksariyat tadqiqotchilar to‘g‘ri takidlashganlaridek ,,tana tili‘‘ inson
madaniyatini aks ettiradi. Bu haqda F.Laroshfuko shunday degan edi:,,Har qanday
hissiyotning uning o‘zigagina xos bo‘lgan qo‘l harakati ohang va mimikasi mavjud.
Ular uyg‘otgan taassurot yaxshi yoki yomon,yoqimli yoki yoqimsizodamlarning biz
tomon intilishi yoki bizdan qochishlariga sabab bo‘ladi. SHuning uchun ham
A.S.Makarenko yuzga qarab inson ruhiyatidagi harakatlarni anglash mumkinligini
uqtirib inson yuzidan o‘qishni bilish kerak‘‘ligini takidlagan edi.
Axborot uzatishning boshqa noligvistik shakillari xususida ham shunday
xolatlarni kuzatish mumkin. Olaylik, biror kishining (masalan,rahbarning) xonasi
eshigini ochib ,,Kelin murojatini eshitsangiz,oddiy xolatda ,,Keling o‘tiring‘‗manosini
anglatadi. Ammo bu murojat qanday aytilganiga qarab ,,Bu erda nima qilib yuribsiz?
,,Sizni kim chaqirdi?, ,,Nega keldingiz?, ,,Qaerlarda yuribsiz? degan manolarni yoki
yana boshqa manolarni anglatishi mumkin.
Fikrni ifodalovchi nolingvistik vositalar ko‘p hollarda ongli ravishda
boshqarilmaydi vanutq bilan ziddiyatga kirishi mumkin. Mashhur rus yozuvchisi M.
…gakovning ,,Usta va Margarita‘‘ramanidagi bir lavhada mazkur holat juda yaxshi
o‘z ifodasini topganini ko‘ramiz. SHatton Volandning varvetida ko‘rsatgan
tomoshosidan keyin teator moliya direktori huzuriga administrator Varenuxa kirib
keladi Stepan Lixodesivning ko‘rsatgan karomatlari haqida hikoya qilib
beradi.,,Administratorning qissasidagi qabohatli tafsilotlar qanchalik hayojonli va
yorqinroq bo‘lgan sari moliya direktori unga kamroq ishona boshlaydi. Varenuxa
Stepanning itday qutirib,uni Maskvaga olib ketgani brogan odamlarga ham qarshilik
qarshilik ko‘rsatgani haqida hikoya qila boshlaganida,moliya direktori yarim kechada
qaytib kelgan adminstratorning hamma gaplari yolg‘onligiga batamom ishondi.
Ha,gaplarining hammasi boshidan oxirigacha g‘irt yolg‘on edi‘‘. Muloqotga kirishgan
Ilmiybaza.uz
kishi inson hatti-harakatlari,yuz ifodasi,imo-ishoralari bir qator olimlar bilan bog‘liq
tarzida namoyon bo‘lishini yaxshi bilishi kerak. Ularning ayrimlari barcha uchun
unumli va turg‘un mano kasb etgan va muayan so‘z birikmalarida o‘z ifodasini topgan.
Iboraga aylangan bunday so‘z va so‘z birikmalari hatti-harakatlarni ifodalaydi.
Masalan, ,,boshini ham qilmoq‘‘, ,,boshini chayqamoq‘‘ ,,qaddini bukmoq‘‘ ,,qaddini
dol qilmoq‘‘ ,,musht ko‘rsatmoq‘‘va h.k. Insonning ayrim harakatlari va imo
ishoralarining uning millati madaniyati va urf odatlari bilan ham bog‘liq bo‘lishi
mumkin. Masalan,boshni yuqoridan pastga qarab qimirlatish aksariyat dunyo
xalqlarida,,Ha‘‘(tasdiq)manosini anglatadi. Biroq Vengerlarda aksincha yo‘q(inkor)
manosini ifodalaydi. YOki o‘zbeklar musiqadan yaxshi tasirot olayotganda boshini
tebratsalar,ruslarda bunday vaziyatda oyoq uchini erga sekin urib turiladi.
Bunday hatti-harakat imo-ishoralar har bir madaniyat uchun o‘ziga xoslikga ega.
Ularni, ayniqsa,rahbar hodimlar bilishlari lozim. Zotan,arzimagan bir hattiharakat yoki
imo-ishoraning noto‘g‘ri qo‘llanilishi millatlararo madaniyat meyoriga salbiy tasir
ko‘rsatib qo‘yishi mumkin. So‘ngi davrda ko‘plab olimlar diqqatini glaballashuv
sharoitida madaniyatlararo muloqot muammolari _ortmoqda. Madaniyat tushunchasi
ancha keng bo‘lib,ko‘plab unsurlar qatorida tafakkur shakli,dunyoqarash,baholash
mezonlari kabilarni ham o‘z ichiga oladi. Edvord Xoll shaxs tomonidan o‘ziva atrof
dunyo o‘rtasida o‘rnatilgan selektiv ekran,,yuqori-past‘‘ shkalasi tushunchasini
kiritib,madaniyatlarni yuqori va past konteksga bo‘ladi hamda anashu madaniyat
vakillarining axborot uzatish hamda qabul qilishdagi farqlarini ko‘rsatadi. Uning
fikriga ko‘ra yuqori kontekstining madaniyatlari (o‘rta sharq,Osiyo,Afrika,Janubiy
Amerika) vakillarini aqildan ko‘ra ko‘proq hissiyot va into….ya harakatga keltiradi.
Ular uchun so‘zlardan ko‘ra gapirayotgan odamning ohangi,yuz ifodasi,
harakatlari,o‘zini tutishi muhimroq. Past kontekstning madaniyatlari (Shimoliy
Amerika,G‘arbiy ovropa) vakillari esa muloqot paytida fikirlarning hujjat bilan
dalillanganligiga,mantiqiy hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri bayon etilishiga ko‘proq ahamiyat
berishadilar. Bu fikrlarni beistisno qabul qilib bo‘lmasa-da,ular asossiz emas.
Masalan,yapon olimlaridan biri o‘z madaniyati vakillarining muloqot usulini
ovro‘palik bir kishiga tushuntirib beradi:,,Biz mohiyatan bir toifadagi odamlarmiz biz
Ilmiybaza.uz
sizlarga o‘xshab ko‘p gapirmaymiz. Bitta so‘zni aytib,o‘ntasini nazarda tutamiz‘‘.
Turli madaniyat vakillari muloqot paytida ana shunga o‘xshash o‘ziga xosliklarni
etibordan chetda qoldirgani yoki bilmagani tufayli suhbatdoshini noto‘g‘ri tushungani
va o‘z maqsadiga erishmagandan dalolat beruvchi misollarni ko‘plab keltirish
mumkin. Jumladan,ko‘plab g‘arblik ishbilarmonlar yapon biznesmenlari bilan
muloqot qilganlarida ularning muloyim tabassum qilib turishidan maqsadga
erishdik,degan xulosaga kelganlari,biroq shartnomalari imzolanmaganini eshitib
hayron bo‘lganlari malum. Yuqorida aytilganlardan xulosa shuki,Har qanday rahbar
o‘zgalar bilan muloqot paytida fikrni ifodalashning nolingvistik vositalarini puxta
bilishi hamda maqsadga erishmoq uchun ulardan nutq so‘zlash jarayonida foydalana
olishi va suhbatdosh yoki tinglovchilarning hatti-harakatlari manosini o‘qiy olishi
lozim. Hozirgi paytda nolingvistik muloqot vositalarini o‘rganish bir necha fan
yo‘nalishlari shakillangan. Masalan,kinestetika inson hissiyotlari va tuyg‘ularining
tashqi ifodalarini o‘rganadi. Uning tarkibida yuz mushaklarining harakatlarini
o‘rganuvchi mimika,tananing turli azolarining harakatining manolarini o‘rganuvchi
jestika,butun tana harakatlarini (yurish-turish,qadam bosish,tana holatlari va
h.k)o‘rganuvchi Pontomimika kabilarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Takesika fani
muloqot paytida bir-biriga bevosita teginishni (qo‘l siqish,silash,elkaga qoqish,itarib
yuborish va h.k)o‘rganadi.
Prok…ka muloqot paytida odamlarning makonda joylashuvini tadqiq etadi.
Masalan,bu soha mutaxasislari muloqotga kirishgan odamlar o‘rtasidagi masofani
quydagi turlarga ajratadi: 1.Intim masofa (15-45sm). Bu masofaga kishi o‘ziga yaqin
va yaxshi tanish odamlarni yaqinlashtiradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,intim
masofani buzulishi paytida inson organizimida muayyan fizialogik o‘zgarishlar sodir
bo‘ladi: yurak urishi tezlashadi,miyaga qon quyilishi ko‘payadi va h.k. 2.Shaxsiy yoki
personal masofa (45-120sm.). bunday masofa,odatda,do‘stlar yoki kasbdoshlar
o‘rtasidagi suhbat chog‘ida o‘rnatiladi. Bunda yuzma-yuz turish va ko‘z bilan aloqa
o‘rnatish nazarda tutiladi. 3.Ijtimoiy masofa (120400sm.),odatda,rasmiy uchrashuv
paytida unchalik tanish bo‘lmagan kishilar bilan auditoriya yoki xizmat xonalarida
Ilmiybaza.uz
saqlanadi. 4. Ommoviy masofa (400sm dan ortiq). Miting,maruza o‘qish va
sh.k.paytlarda,ko‘p sonly odamlar guruhi bilan muloqot paytida o‘rnatiladi.
Insonning har bir harakatida uning miyasidagi ongli va ongsiz jarayonlar,fikr va
hissiyotlar aks etadi. Nems olimi S.Molcho buni ,,ruh va tananing dialogi‘‘deb ataydi.
Shuning uchun nutqdagi nolingvistik unsurlar ifoda etgan asosiy manosini bilish
foydadan holi bo‘lmaydi va quida ularning ayrimlari haqida qisqacha malumot
beramiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Begmatov E., Boboeva A., Asomiddinova M., Umurqulov B. O‘zbek nutqi
madaniyati ocherklari. – Toshkent, 1988.
2.Begmatov E., Boboeva A., Asomiddinova M. Adabiy norma va nutq madaniyati. –
Toshkent, 1983.
3.Mirtojiev M., Mahmudov N. Til va madaniyat. – Toshkent, 1992.
Xorijiy manbalar
1. Akhmanova Olga, Zadornova Velta: On linguopoetic strafitication of literary
texts Poet 7, 1977. – C. 50-60.
2. Bar-Hillel
Y.
Language
and
Information.
Addison-Wesley.
Reading.Mass.,1964.
3. Brunot F. La pensée et la langue. Paris, 1936.
4. Coseriu E. Thesen zum Thema ―Sprache und Dichtung‖. – In: Beitrage zur
Textlinguistik/ Hrsg. W.D. Stempel. Munchen: Fink, 1971.
5. Meschonnic H. Pour la poetique. Paris, 1978.
6. Spitzer L. Linguistics and Literary History. Essays in Stylistics/ - Princeton.
1948. 236.p