PEDAGOGIKA FANI PREDMETI VA VAZIFALARI. PEDAGOGIKANING METODOLOGIYASI VA TADQIQOT METODLARI
Yuklangan vaqt
2024-10-17
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
27,9 KB
PEDAGOGIKA FANI PREDMETI VA VAZIFALARI.
PEDAGOGIKANING METODOLOGIYASI VA TADQIQOT METODLARI
Pedagogika (yunoncha paidagogike bo‘lib, paidagogos «bola» va
«etaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda
yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash xamda unga ta’lim
berishning moxiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Pedagogika ijtimoiy fanlar
tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod xamda kattalarni milliy istiqlol g‘oyalari
asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muxim jixati – uni o‘qitish va
tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va
tarbiya nazariyasi fanning muxim tarkibiy qismlari xisoblanadi.
Didaktika ((ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «O‘rgatuvchi», didasko
«O‘rganuvchi») ta’limning nazariy jixatlari, ta’lim jarayonining moxiyati,
tamoyillari, qonuniyatlari, o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi,
mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish
yo‘llari va xokazo muammolarni tadqiq etadi.
Ta’lim o‘z moxiyatiga ko‘ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi.
Umumiy ta’lim xar bir shaxsning kamol topishi xamda u tomonidan xayotiy
faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur bO‘lgan ma’lumotlarni berishga
yo‘naltiriladi. Umumiy ta’lim asosida O‘zlashtirilgan ma’lumotlar kelgusida
shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga imkon beruvchi maxsus ta’lim olishi
uchun asos bO‘ladi. Maxsus ta’lim – o‘zida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon
qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni
berish asosida amaliy ko‘nikma xamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Ta’lim, shuningdek, turli darajadagi ta’lim dasturlarini amalga oshirishiga
ko‘ra maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-xunar ta’limi,
oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni
qayta tayyorlash xamda maktabdan tashqari ta’lim kabi turlarga bo‘linadi.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muxim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib,
tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish
muammolarini o‘rganadi.
Tarbiya muayyan, aniq maqsad xamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh
avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib
toptirish jarayonidir.
Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mexnat, estetik, iqtisodiy, xuquqiy,
ekologik
va
jinsiy
tarbiya
kabi
yo‘nalishlarda
tashkil
etiladi.
Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari. Insoniyatning yashash uchun kurashish va turli
tabiiy ofatlardan ximoyalanish yo‘lida olib borgan harakatlari tarbiya g‘oyalarining
shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning gurux-gurux bo‘lib xayot kechirishi
sababli bolalarga tirikchilik o‘tkazish yO‘lidagi faoliyat (O‘simlik mevalari,
ildizlarini terish, xayvonlarni ovlash)ni tashkil etish borasidagi tajribalarni o‘rgatish
gurux a’zolari tomonidan birdek amalga oshirilgan. Bilimlar, aksariyat xollarda,
mexnat va o‘yin jarayonlarida o‘zlashtirilgan. Mexnat faoliyatini tashkil etish jinsiy
xarakterga ega bo‘lganligi bois o‘g‘il va qiz bolalarni tarbiyalashda o‘ziga xos
jixatlar ko‘zga tashlangan.
Oila, xususiy mulk va davlatning paydo bo‘lishi ijtimoiy tarbiya mazmunida
xam tub o‘zgarishlarning sodir etilishi, quldorlarning paydo bo‘lishi olib keldi.
Aynan mana shu davrdan tarbiya jamiyatning ijtimoiy talab va extiyojlari asosida
yo‘lga qo‘yila boshladi. Erkin fuqarolarni tarbiyaning maqsadi, vazifalari, mazmuni
va vositalari borasidagi fikrlar Demokratik, Platon va Aristotellarning asarlarida
muxim o‘rin egallagan. Mutafakkirlarning asarlarida ushbu fikrlar mustaqil
pedagogik nazariya sifatida emas, balki falsafiy xarashlar yoki jamiyatni tashkil
etish loyixasining muxim komponenti tarzida bayon etilgan. Ushbu davrda tabiiy-
ijtimoiy fanlar tizimi shakllanishi uchun boshlang‘ich asoslar qO‘yildi.
Quldorlik tuzumida erkin bo‘lmagan kishilar (qullar)ning xaq-xuquqlari
cheklanganligi bois tarbiya tizimi faqatgina quldorlar, ularning farzandlari uchun
xizmat qilgan.
Quldorlik tuzumi o‘rnida shakllangan feodal tuzumda pedagogik g‘oyalar
feodallar manfaatini ifoda eta boshladi. Mazkur davr pedagogik jarayonni tashkil
etishda diniy g‘oyalar etakchi O‘rin egallashi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy xayotda
diniy muassasalar (G‘arbda cherkov, SHarqda esa machitlar)ning roli osha borib,
bolalarni o‘qitish va tarbiyalash ishlari asosan shu maskanlarda tashkil etildi. Garchi
dunyoviy g‘oyalarni ilgari surish, ilmiy nazariyalarni yaratish va targ‘ib etishning
din peshvolari tomonidan qoralanishi kabi xolatlar xam ko‘zga tashlangan bO‘lsa-
da, ammo savdo-iqtisodiy aloqalar ko‘lamining kengayishi, tabiiy ofatlarga qarshi
keskin chora ko‘rish extiyoji ilmiy bilimlarning rivojlantirish xayotiy zaruriyat
ekanligini isbotladi. Insoniyat tarixidan mustaxkam o‘rin olgan SHarq Uyg‘onishi
deb nom olgan tarixiy jarayon aynan feodal tuzumi – O‘rta asrlar davrida sodir
bo‘ldi. SHarqda buyuk allomalar - Muxammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr
Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Axmad al-Farg‘oniy, G‘arbda esa
T.Mor, T.Kampanella, E.Rotterdamskiy, F.Rable, M.Monten va boshqalar
tomonidan xar tomonlama rivojlangan, ruxiy va jismoniy jixatdan sog‘lom, antik
dunyo va burjaziya davri yutuqlari asosida ilmiy bilimlarni o‘zlashtira olgan shaxsni
tarbiyalash
g‘oyasi
ilgari
surildi
va
puxta
asoslab
berildi.
Savdo, xunarmandchilik va manifaktura negizida rivojlanib borayotgan ishlab
chiqarishni yanada takomillashtirish yo‘lidagi amaliy harakatlar bu boradagi
muvaffaqiyat murakkab texnikani boshqara oladigan shaxsni shakllantirish evaziga
xal etilishi tasdiqladi. Mazkur davrda ilg‘or, progressiv pedagogik g‘oyalar ilgari
surildi.
Aksariyat g‘oyalar mazmunida bilim olishga nisbatan ijtimoiy tenglikni qaror
toptirish
borasidagi
qarash
o‘z
ifodasini
topdi.
Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi va ilmiy
jixatdan asoslandi. Bu o‘rinda pedagogika fani rivojiga o‘zining munosib xissasini
qo‘shgan mutafakkirlar: G‘arbda - YA.A.Komenskiy, D.Didro, J.J.Russo,
F.Gerbart, V.V.Disterveg, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, V.A.Suxomlinskiy,
SHarqda I.Ibrat, S.Siddiqiy, A.SHakuriy, S.Ayniy, A.Avloniy, A.Fitrat,
X.X.Niyoziy, M.Abdurashidov, M.Bexbudiylar shaxsga ta’lim berish va uni
tarbiyalash borasidagi qarashlarni yanda boyitdilar xamda ta’lim tizimiga ilm-fan,
texnika yangiliklarini tadbiq etish, o‘qitishni yangi tizim (izchil, uzluksiz,
asoslangan) asosida tashkil etish kabi g‘oyalarni ilgari surdilar.
Sobiq SHo‘ro davrida pedagogika fani mazmunan ilm-fan, texnika va
texnologiya yutuqlari asosida boyidi, ta’lim muassasalari tizimi shakllantirildi,
shuningdek, xar tomonlama (garmonik) rivojlangan shaxsni shakllantirish
nazariyasi asoslandi. Biroq, mazkur nazariya g‘oyalarini amaliyotga tadbiq
etishning
puxta
asoslangan
mexanizmi
yaratilmadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgach, rivojlanish va taraqqiyot
yo‘li demokratik, insonparvar va xuquqiy jamiyatni barpo etishdan iboratligi e’tirof
etilib, «ta’lim tizimini tubdan islox qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy
qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish»1 davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biri deya belgilandi. Asosiy e’tibor yuksak ma’naviy va axloqiy
talabalarga javob beruvchi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratildi.
Respublikada ta’lim soxasida amalga oshirilayotgan isloxotlarning asosiy mazmun
xamda yO‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni
va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» kabi me’yoriy xujjatlarda belgilab berilgan.
Demak, mavjud sharoitda pedagogika fani barkamol shaxs va malakali mutaxassisni
tayyorlashga yO‘naltirilgan ijtimoiy xrakat istiqbollari, bu boradagi muammolar va
ularni xal etish yO‘llarini o‘rganadi.
Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek
ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga aloxida
xissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy
munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning xayotida etakchi o‘rin
tutuvchi g‘oyalar moxiyatini muxim axamiyatga ega.O‘zbekiston Respublikasida
demokratik, insonparvar xamda xuquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan
yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni
tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g‘oyasi asosida ta’lim va tarbiya
nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini xal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi
vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi:
1.
Ma’naviy va axloqiy talabalarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni
tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning moxiyatini o‘rganish.
2.
SHaxsni xar tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash.
3.
Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan xolda rivojlangan xorijiy
mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini o‘rganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini
takomillashtirish.
4.
Ta’lim muassasalari xamda ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar
faoliyati mazmunini asoslash.
5.
Ilg‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.
6.
Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar xamda ta’lim-
tarbiya usullari bilan qurollantirish.
7.
Ta’lim-tarbiya birligi xamda ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari o‘rtasidagi
o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini O‘rganish.
8.
O‘qitish xamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini
yaratish.
9.
Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun
ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Bizga yaxshi ma’lumki, xar bir fan
o‘zining tayanch tushunchalari, qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalari tizimiga ega.
Aynan mana shu xolat uning fan sifatida e’tirof etilishini kafolatlaydi. Fanning
moxiyatini ochibberuvchi eng muxim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi.
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini ta’minlash, ta’lim
va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan jarayonlarning umumiy mohiyatini
yoritadi. Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim
(o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, ma’lumot, rivojlanish.
SHaxs – psixologik jixatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-
harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va
dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad xamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh
avlodni xar tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib
toptirish jarayoni.
Ta’lim –O‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan
qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini
shakllantirishga
yo‘naltirilgan
jarayon.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks
etuvchi borliq xaqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka –muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, xosil
qilingan ko‘nikma va malakalar xamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon
bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar moxiyatini ifoda etuvchi murakkab
jarayon.Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Ijtimoiy tarbiya moxiyatini
ilmiy jixatdan asoslash ma’lum pedagogik xodisaning muayyan vaziyatlarda
namoyon bo‘lish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi. Bizga ma’lumki, pedagogik
xodisa murakkab tuzilmaga ega bo‘lib, uning umumiy moxiyatini to‘laqonli anglash
uchun bir qator fanlarning imkoniyatlariga tayaniladi. Ana shu nuqati nazardan
pedagogika fani bilan quyidagi fanlar o‘rtasida yaqin aloqadorlik mavjud:
1. Falsafa – shaxs rivojlanishi jarayonining dialektik xususiyatlari, muayyan
pedagogik g‘oya, qarash xamda ta’limotlarning falsafiy jixatlari kabi masalalarni
taxlil etishga imkon beradi.
2. Iqtisod – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘quv
binolarini qurish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish va ularning moddiy-
texnika va zamonaviy texnologiyalar bilan jixozlash kabi masalalarning iqtisodiy
jixatlarini anglashga xizmat qiladi.
3. Sotsiologiya – ijtimoiy munosabatlar mazmuni, ularni tashkil etish shartlari
xususida
ma’lumotlarga
ega
bO‘lish
asosida
ta’lim-tarbiya
jarayoni
ishtirokchilarining o‘zaro munosabatlarini samarali tashkil etish uchun imkoniyat
yaratadi.
4. Etika- shaxs ma’naviyatini shakllantirish, unda eng oliy insoniy sifatlar,
axloqiy ong va ma’naviy-axloqiy madaniyatni tarbiyalashda muxim o‘rin tutuvchi
nazariy g‘oyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etishda aloxida o‘rin tutadi.
5. Estetika – shaxs tomonidan go‘zallikning xis etilishi, unga intilishi,
shuningdek, unda estetik didni tarbiyalashda muxim yo‘nalishlarni aniqlashga
xizmat qiladi.
6. Fiziologiya- o‘quv-tarbiya jarayonida bolalarning fiziologik, anatomik
xususiyatlarini inobatga olinishi uchun boshlang‘ich asoslarni beradi.
7. Gigiena – o‘quvchilarning salomatligini muxofazalash, ularning jinsiy
jixatdan to‘g‘ri shakllantirishda nazariy va amaliy g‘oyalari bilan yordam beradi.
8. Psixologiya – shaxsda ma’naviy-axloqiy, ruxiy-intellektual, xissiy-irodaviy
sifatlarni tarkib toptirish uchun zamin yaratadi.
9. Tarix – pedagogika fani taraqqiyoti, ta’lim-tarbiya jarayonlarining dinamik,
dialektik xususiyatlarini inobatga olish, shuningdek, xalq pedagogikasi g‘oyalarini
kelgusi avlodga uzatish uchun yo‘naltiriladi.
10. Madaniyatshunoslik – o‘quvchilarda insoniyat tomonidan yaratilgan
moddiy va ma’naviy madaniyat asoslari xaqidagi tasavvurni shakllantirish, ularda
madaniy xulq-atvor xislatlarini tarkib toptirish uchun xizmat qiladi.
11. Tibbiy fanlar – shaxsning fiziologik-anatomik jixatidan to‘g‘ri
rivojlanishini ta’minlash, uning organizmida namoyon bo‘layotgan ayrim
nuqsonlarni bartaraf etishga amaliy yondashuv, shuningdek, nuqsonli bolalarni
O‘qitish xamda tarbiyalash muammolarini o‘rganishda ko‘maklashadi.
Pedagogika fanlari tizimi. SHaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual,
ma’naviy-axloqiy xamda jismoniy jixatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh
davrlari, xar bir davrning o‘ziga xos jixatlari, shuningdek, bolaning fiziologik,
psixologik xolatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. SHu bois yaxlit pedagogik
jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o‘rganiladi.
Ular quyidagilardir:
Umumiy pedagogika – maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga
ta’lim berish masalalarini o‘rganadi.
1.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi – maktabgacha ta’lim yoshidagi
bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jixatdan
kamolotga etkazish masalalarini o‘rganadi.
2.
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi – boshlang‘ich sinflar o‘quvchilarini
tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ularning O‘ziga xos psixologik xamda fiziologik
xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va
jismoniy jixatdan kamolotga etkazish masalalarini o‘rganadi.
3.
Korreksion (maxsus) pedagogika – rivojlanishida turli psixologik va
fiziologik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni tarbiyalash va O‘qitish bilan bog‘liq
muammolarni o‘rganadi.