Pedagogika fanining umumiy asoslari.
Reja:
1.
Pedagogikaning fan va o‘quv predmeti sifatidagi taraqqiyoti.
2.
Fan va o‘quv predmeti, ularning aloqasi va o‘ziga xos xususiyatlari.
3.
Pedagogikaning o‘quv predmeti sifatidagi asosiy rivojlanish davrlari.
Pedagogikaning fan sifatida shakllanishida chex pedagog olimi Yan Amos
Komenskiyning hissasi katta bo’ldi. Uning „Buyuk didaktika“ asari haqli ravishda
pedagogika sohasida yaratilgan birinchi ilmiy asar hisoblanadi. O’n sakkizinchi
asrga kelib O’rta Osiyoda ham pedagogik fikrlar taraqqiy eta boshladi. XIX asr
boshlarida Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Saidrasul Aziziy,
Saidahmad Siddiqiy kabi ma’rifat jonkuyarlari yetishib chiqdi. Bu olimlar yangi
usuldagi maktablar tuzish, darsliklar yaratish, xalq o’rtasida ma’rifatni targ’ib
etishda jonkuyarlik qildilar. Pedagogika fanining mazmunini boyitib va
rivojlantirib boradigan qator manbalar mavjud. Ayniqsa, maqollar, ertaklar,
dostonlar, ashulalar, udumlar va topishmoqlarda tarbiya haqidagi xalq
donishmandligi qamrab olingan.
Allomalarning pedagogika nazariyasiga oid fikrlaridan fanda unumli
foydalanilmoqda. Shu bilan birga, pedagogika fani yangi g’oyalar evaziga
boyimoqda.Pedagogikada „tarbiya“ so’zi turli ma’noda ishlatiladi. Chunonchi,
tarbiya keng sotsial ma’noda, ijtimoiy hodisa sifatida qo’llanilganda jamiyatning
barcha tarbiyaviy vositalarini: oilani, maktabgacha tarbiya muassasalarini,
o’quvtarbiya muassasalarini, mehnat jamoalari, axborot manbalarining tarbiya
yo’nalishida olib boradigan harakatlarini o’z ichiga oladi. Bu tarbiya vositalari
o’sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama kamol topishiga xizmat qiladi.
Pedagogik adabiyotlarda va amaliyotda „tarbiya“ so’zi aniq, tor yo’nalishni
belgilash uchun ham ishlatiladi. Xuddi shu ma’noda tarbiyachi rahbarligida aniq
maqsadga qaratilgan jarayon tushuniladi.
O’qitish - o’qituvchi va o’quvchining birgalikdagi faoliyati va bu
jarayonda bolalarning ma’lumot olishi, o’quv ko’nikma va malakasini egallashi,
tarbiyalanib, rivojlanib borishi nazarda tutiladi.
Hozirgi zamon pedagogika fani oldida turgan muhim muammolardan biri -
o’qituvchi va pedagogik mehnat sharoiti muammosi hisoblanadi. Chunki
o’qituvchida barcha pedagogik g’oyalar mujassamlangan bo’lib, uning faoliyati
orqali bu g’oyalar amalga oshiriladi va hayotga tatbiq etiladi. O’qituvchining ko’p
qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni odobli, axloqli qilib
tarbiyalash, ularni bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar yotadi.
Bularni amalga oshirish esa o’qituvchining xilma-xil faoliyatiga bog’liq: bolalarni
o’qitish, maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil eta bilish va
o’tkazish, ota-onalar o’rtasida pedagogik targ’ibot ishlarini olib borish va hokazo.
Bularning hammasi o’qituvchidan chuqur bilimga ega bo’lishni, o’z sohasini,
bolalarni sevishni talab etadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim konsepsiyasida mutaxassis vazifalari
quyidagicha belgilangan: “...mutaxassis o’z faoliyati, sohasidan qat’iy nazar, ijodiy
jamoalarda ishlay olish qobiliyatiga, menejment va marketing sohalarida
tayyorgarlikka ega bo’lishi, yangi texnologiyalarni joriy etishning xo’jalik, ijtimoiy
va madaniy jihatlarini aniq tasavvur qila olishi kerak“. Ushbu fikrlar
o’qituvchilarga ham bevosita taalluqli.
Chunki jamiyatimizda sodir bo’layotgan tub o’zgarishlar, bozor
munosabatlariga kirib borishimiz o’qituvchidan nafaqat kasbiy bilimlarni, balki
iqtisodiy, yuridik, texnikaviy bilimlardan ham xabardor bo’lishni taqozo qilmoqda.
Bu o’rinda boshlang’ich sinf o’qituvchisi xususida alohida to’xtalmoq zarur.
Hozirgi zamon o’qituvchisining asosiy fazilatlaridan biri -o’z kasbiga
sadoqatliligi, g’oyaviy e’tiqodliligi, o’z kasbini sevishi uni boshqa kasb egalaridan
ajratib turadi. Chunki maktabda ta’lim-tarbiya ishining yuqori saviyada olib
borilishi faqat o’qituvchiga, uning kasbiy tayyorgarligiga bog’liq. O’qituvchi
shaxsiga qo’yiladigan muhim talablardan biri shuki, u o’zi o’qitayotgan
predmetlarni chuqur bilishi, uning metodikasini o’zlashtirib olgan bo’lishi zarur.
Predmetni va uning nazariyasini chuqur bilishi, uni qiziqarli qilib o’quvchilarga
yetkaza olishi bolalarning shu predmetga bo’lgan qiziqishini oshiradi,
o’qituvchining obro’yini oshiradi.
O’quvchilar o’qituvchining o’z bilimlarini bolalarga yetkaza olish
imkoniyatlarini qadrlabgina qolmay, balki uning fidoyiligini ham taqdirlashadi.
O’qituvchining yuksak madaniyati, uning teran bilim doirasi (ayniqsa, O’zbekiston
mustaqillikka erishgandan so’ng xalqimizning o’z tarixi, madaniyati, urf-odatini
o’rganishga, bilishga bo’lgan qiziqishi ortib borayotgan davrda) ta’limtarbiya
ishlarining muvaffaqiyatli kechishiga yordam beradi.
Hozirgi zamon o’qituvchisi va ayniqsa, boshlang’ich sinf o’qituvchisi
milliy qadriyatlarimizni bilibgina qolmay, keng ota-onalar jamoatchiligi ichida,
sinfda uning otashin targ’ibotchisi ham bo’lishi kerak. O’qituvchi kasbiga xos
bo’lgan muhim talablardan biri— bolalarni sevish, ularning hayoti bilan qiziqish,
har bir shaxsni hurmat qilishdan iboratdir.
Bolani sevgan, butun kuch va bilimini bolalarning kelajagi, ularni Vatanga
sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan insongina haqiqiy o’qituvchi
bo’la oladi. Bolaga befarq, uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, o’qituvchilik
kasbiga loqayd inson haqiqiy o’qituvchi bo’la olmaydi.
“Boshlang’ich ta’lim konsepsiyasi“da boshlang’ich sinf o’qituvchisining
qiyofasi quyidagicha ta’riflanadi: „...eng muhimi, bolalarda o’qish, o’rganishga
chinakam havas, ishtiyoq uyg’otuvchi, e’tiqod hosil qiluvchi ustoz sifatida alohida
o’rin tutadi“. Bu konsepsiyada boshlang’ich sinf o’qituvchisiga qo’yiladigan
quyidagi talablar ham keltiriladi:
- O’zbekiston - kelajagi buyuk davlat ekaniga ishonadigan milliy iftixor
tuyg’usiga ega bo’lishi;
- bolalarni xalq pedagogikasi durdonalari hamda milliy qadriyatlarimiz
asosida tarbiya qila olishi;
- nutqi ravon, xalq tili boyligi, ifoda usuli va tasvir vositalarini, adabiy til
uslub va me’yorini to’la egallagan bo’lishi zarur.
O’qituvchilik kasbiga xos bo’lgan bunday fazilatlarni undagi pedagogik
odob shakllantiradi. Pedagogik odob o’qituvchining yuksak kasbiy fazilatidir. U
o’qituvchining sabotli bo’lish, o’z hissiyotini idora qila olishi, bolalarga pedagogik
ta’sir o’tkazish vosita va me’yorlarini belgilashi va aniqlashiga yordam beradigan
fazilat hisoblanadi.
Yuksak pedagogik odobga ega bo’lgan o’qituvchigina sinfda mo’tadil
psixologik iqlim o’rnata oladi, bolalar qalbiga tez yo’l topa oladi. Pedagogik
taraqqiyotning samarali bo’lishi o’qituvchidan quyidagi qobiliyat turlarini talab
qilinadi:
1. Bilish qobiliyati
2. Tushuntira olish qobiliyati
3. Kuzatuvchanlik qobiliyati
4. Nutq qobiliyati
5. Tashkilotchilik qobiliyati
6. Obro’ orttira bilish qobiliyati
7. To’g’ri muomala qila olish qobiliyati
8. Kelajakni ko’ra bilish qobiliyati
9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati O’z xizmati xususiyatiga ko’ra
o’qituvchi tashkilotchilik fazilatiga ham ega bo’lmog’i lozim.
Buning uchun o’qituvchi tashabbuskorlik va tashkilotchilik qobiliyatiga ega
bo’lib, har doim tetik, g’ayratli, o’z kuchi va imkoniyatiga ishongan bo’lmog’i
zarur. Tashabbuskor va g’ayratli o’qituvchi bolalarni o’z orqasidan ergashtira
oladi, o’quvchilar unga ergashadi.
O’qituvchilik kasbi juda katta ruhiy va jismoniy kuch talab etadi, shuning
uchun o’qituvchining salomatligiga ham ma’lum talablar qo’yiladi. O’qituvchining
ovoz paychalari rivojlangan, ko’rish qobiliyati yaxshi bo’lishi, uzoq vaqt tikka tura
olishi, ko’p yurishi, epchil harakat qila olishi (ayniqsa, boshlang’ich sinf
o’qituvchilari) kerak. Chunki kichik maktab o’quvchilari tinib-tinchimaydigan, o’ta
qiziquvchan, serharakat bo’ladilar. Bu sharoitda o’qituvchi ham shu xususiyatlarga
ega bo’lmog’i lozim.
O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan umumiy talablar bilan bir qatorda,
boshlang’ich sinf o’qituvchisi kasbining o’ziga xosligi ham ayrim muayyan
talablarni keltirib chiqaradi.
Chunonchi, boshlang’ich sinf o’qituvchisi anatomiya, fiziologiya, maktab
gigiyenasi fanlaridan xabardor bo’lmog’i, o’quvchilar faoliyatini shu fanlar