PEDAGOGIKA TARIXI FAN SIFATIDA. ENG QADIMGI DAVRLARDAN VII ASRGACHA TA’LIM-TARBIYA VA PEDAGOGIK FIKRLAR
Yuklangan vaqt
2024-08-26
Yuklab olishlar soni
5
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
37,9 KB
PEDAGOGIKA TARIXI FAN SIFATIDA.
ENG QADIMGI DAVRLARDAN VII ASRGACHA TA’LIM-TARBIYA
VA PEDAGOGIK FIKRLAR
Reja:
1.1 “Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari
1.2.Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar
taraqqiyoti.
1.3.Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalarining yoritilishi
1.1 “Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari
Maktab va pedagogika ko‘p asrlik tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan, mazkur davrda
pedagogika fani ko‘plab g‘oyalar va konsepsiyalar bilan boyib bordi. “Pedagogika
tarixi” faning predmeti - yeng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya,
maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayonidir.
“Pedagogika tarixi” faning maqsadi-yeng qadimgi zamonlardan to hozirgi
kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini
tizimli yondashuv asosida o‘rganishdan iborat.
“Pedagogika tarixi” fanining vazifalari-milliy o‘z-o‘zini anglash, kasbiy
rivojlanish bilan bog‘liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish;
pedagogik fikrlar rivojini tahlil yetish va tizimlashtirish;
pedagogik g‘oyalarni tahlil yetish asosida ularni o‘quv-tarbiya jarayoniga
tatbiq yetish.
Pedagoka
tarixini
o‘rganish
manbalari-arxeologik
yodgorliklar,
qo‘lyozmalar, xalq og‘zaki ijodi, adabiy yodgorliklar, hujjatlar, badiiy adabiyot,
Sharq va G‘arb mutafakkirlarining asarlari.
1.2.Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar
taraqqiyoti.
Pedagogika
tarixini
davrlashtirish
muammosi-pedagogika
tarixini
davrlashtirishga doir xilma-xil yondashuvlar mavjud.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda pedagogika tarixini o‘rganishga doir yeng keng
tarqalgan davrlashtirish o‘zida quyidagi bosqichlarni aks yettiradi:
eng qadimgi davrlardan O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgunga
qadar;
mustaqillikka yerishilgandan to hozirgi kungacha O‘zbekistonda pedagogik
fikrlar rivoji;
jahon pedagogik fikrlari rivoji (eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha).
Biroq pedagogika tarixini insoniyat tarixi bilan bog‘liqlikda o‘rganish
maqsadida quyidagi tarzda davrlashtish maqsadga muvofiq:
yeng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar;
VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O‘rta Osiyoda tarbiya, maktab va
pedagogik fikrlar;
Sharq Uyg‘onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi;
XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab;
XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda pedagogik fikrlar
rivoji;
XVII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar
rivoji;
XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshida Turkiston o‘lkasida tarbiya, maktab va
pedagogik fikrlar;
1917-1991 yillardaO‘zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji;
Mustaqil O‘zbekiston ta’lim tizimi. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar
rivoji;
eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida jahon pedagogika
fanining rivojlanish tarixi;
XIX asrning 2-yarmi – XX asrda jahon pedagogika faning rivoji;
hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.
Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar
taraqqiyoti.
Ibtidoiy jamoa tuzumida tarbiya
Ibtidoiy jamiyat insoniyat tarixining dastlabki davri bo‘lib, mazkur davrda
yozma manbalarning saqlanib qolmaganligi ushbu davrda tarbiyaning amalga
oshirilishini arxeologik manbalarga asoslangan holda tahlil yetishni talab yetadi.
Ibtidoiy jamoa tuzumi ikki davrga bo‘linadi:
1) ibtidoiy to‘da;
2) o‘rug‘chilik jamoasi.
Qadimgi tosh asri
Paleolit:
Ilk o‘rta so‘nggi
mil. av. 700/500-100 ming yilliklar.
mil. av. 100-40 ming yilliklar.
mil. av. 40-12 ming yilliklar.
O‘rta tosh
asri
Mezolit
mil. av.12 – 7 ming yilliklar.
Yangi tosh
asri
Neolit
mil. av. 6-4 ming yilliklar.
Mis-tosh asri
Eneolit
mil. av. 4-3 ming yilliklar.
Bronza davri
Bronza davri
mil. av. 3-1 ming yilliklar.
Temir asri
Ilk temir asri
mil. av. X-VIII asrlar.
So‘nggi temir asri
VII–IV asrlar
Insoniyat faoliyatining asosiy turi sifatida tarbiyaning yuzaga kelishi mil.av.
40-35 ming yilliklarda zamonaviy qiyofadagi odamlar (“homo sapiens”- “ongli
odam”)ning paydob o‘lishi bilan bog‘liq. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida mehnat
tarbiyasi yetakchi o‘rin tutgan. Anashu asosga ko‘ra mehnat bilan bog‘liqlikda
kishilar uch guruhga bo‘lingan:
1) bolalar va o‘smirlar;
2) ijtimoiy hayot va mehnatda to‘la ishtirok etuvchilar;
3) keksalar.
Co‘nggi paleolitda insoniyat o‘z taraqqiyotida yana bir bosqich yuqori
ko‘tarildi. Odamlar ilk to‘da tarzida yashamay qo‘ydilar va qarindosh-urug‘chilik
jamoalariga bo‘lindilar. Jamiyatda juft oilalar paydo bo‘ldi, ular ayrim urug‘larni
birlashtirib, urug‘ jamoasini tashkil yetdilar. Odamlar g‘orlardan tashqari yerto‘la va
chaylasimon uylarda ham yashashga o‘rgandilar. Juft oilalarning paydo bo‘lishi
haqida kichik uy-joylarning tarqalishi darak beradi.
O‘sha zamon jamoasida ona-ayolning ijtimoiy o‘rni baland bo‘lib, urug‘ uning
nomi bilan boshlangan. Ayollar uy, o‘choq va muqaddas olovning yegasi sifatida uy
xo‘jaligida hamda bolalarni tarbiyalash jarayonida, o‘choqda o‘tni saqlashda, ovqat
pishirishda, ro‘zg‘or buyumlarini, mehnat qurollarini qo‘riqlash, uy-boshpanani
asrash paytida muhim vazifalarni bajarganlar.
Mezolit davrida O‘zbekistonda qoyatosh suratlari kashf yetilgan. Ularning
ba’zisi rang berib cheqilgan, ba’zilari o‘yib ishlangan. Surxondaryo viloyatidagi
Zarausoy qoya tasvirlari mezolit davriga oid. Ular qadimgi odamning fikru o‘ylari,
atrof-muhit haqidagi tasavvuri, qanday hayvonlarni ovlagani, qaysi mehnat va ov
qurollarini qo‘llagani haqida fikr yuritish imkonini beradi.
Neolit davrida ona urug‘i matriarxat o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga
o‘tadi. Urug‘ jamoalari kattalashadi va ularni bir joyda boqish amri mahol bo‘lib
qoladi. Oqibatda urug‘ jamoasidan mayda guruxlar-kichik oilalar ajralib chiqa
boshlaydi.
O‘rta Osiyo hududida bronza davri miloddan avvalgi 3-mingyillik
o‘rtalaridan boshlanadi va miloddan avvalgi 2-mingyillikka kelib o‘z rivojining
yuksak darajasiga yetadi.
Patriarxat urug‘chilikka o‘tish patriarxal oilaning vujudga kelishiga olib
keladi. Sunday oila bir-biriga qarindosh ota urug‘i bo‘yicha yuritiladigan bir necha
avlodlardan iborat bo‘ladi.
Xalq pedagogikasi – empirik bilimlar sohasi sifatida
Xalq pedagogikasi xalq ommasi orasida hukmronlik qiluvchi tarbiyaning
maqsadi va vazifalariga bo‘lgan qarashlarni ifodalovchi amaliy pedagogik bilimlar
va tajribasining sohasidir.
Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari deganda xalq tarbiya
tajribasidan joy olgan yempirik pedagogik bilimlar, ma’lumotlar, malakalar va
ko‘nikmalarning zamonaviy maktab va oila tarbiyaviy sistemasida bolalar va
o‘quvchi-yoshlarni tarbiyalash maqsad va vazifalarini hal yetish uchun zarurligi
(qulay shart-sharoiat yaratishi) tushuniladi.
Xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari deganda xalq ommasining
yoshlarga bilimlar va amaliy ko‘nikmalar berish, ularni ijodiy ishlash uslublari bilan
qurollantirish, dunyoqarashlarini o‘stirish va axloqiy nafosat g‘oyalarini
yegallashlarida qo‘llab kelgan yempirik pedagogik tajribasini zamonaviy milliy
maktab o‘qitash jarayonida qo‘llash uchun qulayligi tushuniladi. Masalan, milliy
amaliy san’atga o‘rgatishning xalq orasida tarkib topgan uslubiyotini xalq
pedagogikasining didaktik imkoniyatlari doirasiga kiritish mumkin. Xususan, ganch
va yog‘och o‘ymakorligi, zardo‘zlik, musiqa asboblari yasash, kulolchilik va boshqa
ko‘plab amaliy san’at turlarini yegallashning xalq ustalari va chevarlari tomonidan
tajribada yaratilgan o‘z usullari, uslub va vositalari mavjud. Ulardan milliy
maktabdagi mehnat ta’limi darslarlda yoki to‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilarga
bilimlar va amaliy ko‘nikmalar berishda foydalanish mumkin.
O‘zbek xalq poetik ijodida bolalarni oilada va bola yashab turgan muhitda
insoniy fazilatlarni tarbiyalashning juda uzoq zamonlardan beri davom yetib
kelayotgan o‘ziga xos xilma-xil metod va vositalari mavjud yekanligi ko‘rinadi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, xalq ijodi ham shu orqali xalq pedagogikasida
qo‘llaniladigan: tushuntirish, namuna ko‘rsatish, odatlantirish (o‘rganish, mashq
qildirish), iltimos qilish, tilak-istak bildirish, yolvorish-iltijo qilish, maslahat berish,
ko‘ndirish, undash, ma’qullash, rahmat aytish, duo qilish, olqish (oq yo‘l tilash),
taqiq qilish, ta’na (gina, o‘pka) qilish, mashara - mazax qilish, majbur qilish, tanbeh
berish, koyish, qarg‘ash, qo‘rqitish, uzr so‘rash, ont - qasam ichirish, la’natlash,
so‘kish, urish, kaltaklash metodlari bo‘lsa-da, yoshlarning insoniy fazilatlarini
tarbiyalashda asosan: o‘git-nasihat, ibrat ko‘rsatish, ma’qullash va maqtash, alqash,
mukofotlash, qoralash - qarg‘ish, jismoniy jazo berish kabi metodlardan
foydalanilgani ko‘zga tashlanadi.