Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar
Yuklangan vaqt
2024-09-27
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
42,8 KB
Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-
tarbiya va pedagogik fikrlar
Reja:
1. “Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari
2. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar
taraqqiyoti.
3. Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalarining yoritilishi
1.1.
“Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari
“Pedagogika tarixi” faning maqsadi – eng qadimgi zamonlardan to hozirgi
kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini
tizimli yondashuv asosida o’rganishdan iborat.
Maktab va pedagogika ko’p asrlik tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Mazkur davrda
pedagogika fani ko’plab g’oyalar va kontseptsiyalar bilan boyib bordi. “Pedagogika
tarixi” faning predmeti - eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya,
maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni.
“Pedagogika tarixi” fanining vazifalari:
1) milliy o’z-o’zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog’liqlikda umumiy va
pedagogik madaniyatni shakllantirish;
2) pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish va tizimlashtirish;
3) pedagogik g’oyalarni tahlil etish asosida ularni o’quv-tarbiya jarayoniga
tatbiq etish.
Pedagoka tarixini o’rganish manbalari:
1)
arxeologik yodgorliklar;
2)
qo’lyozmalar;
3)
xalq og’zaki ijodi;
4)
adabiy yodgorliklar;
5)
hujjatlar;
6)
badiiy adabiyot;
7)
memuarlar;
8)
Sharq va G’arb mutafakkirlarining asarlari.
Pedagogika tarixini davrlashtirish muammosi. Pedagogika tarixini
davrlashtirishga
doir
xilma-xil
yondashuvlar
mavjud.
So’nggi
yillarda
O’zbekistonda pedagogika tarixini o’rganishga doir eng keng tarqalgan
davrlashtirish o’zida quyidagi bosqichlarni aks ettiradi:
1) eng
qadimgi
davrlardan
O’zbekiston
Respublikasi
mustaqillikka
erishgunga qadar;
2) mustaqillikka erishilgandan to hozirgi kungacha O’zbekistonda pedagogik
fikrlar rivoji;
3) jahon pedagogik fikrlari rivoji (eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha).
Biroq pedagogika tarixini insoniyat tarixi bilan bog’liqlikda o’rganish
maqsadida quyidagi tarzda davrlashtish maqsadga muvofiq:
1) eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar;
2) VII asrdan XIV asrning birinchi yarmifacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab
va pedagogik fikrlar;
3) Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi;
4) XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va
maktab;
5) XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda pedagogik fikrlar
rivoji;
6) XVII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar
rivoji;
7) XIX asrning 2-yarmi – XX asr boshida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab
va pedagogik fikrlar;
8) 1917-1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji;
9) Mustaqil O’zbekiston ta’lim tizimi. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar
rivoji;
10) eng qadimgi davrlardan XIX asrning birinchi yarmida jahon pedagogika
fanining rivojlanish tarixi;
11) XIX asrning 2-yarmi – XX asrda jahon pedagogika faning rivoji;
12) hozirgi davrda jahon mamlakatlari ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.
1.2.
Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va
pedagogik fikrlar taraqqiyoti.
1.2.1. Ibtidoiy jamoa tuzumida tarbiya
Ibtidoiy jamiyat insoniyat tarixining dastlabki davri bo’lib, mazkur davrda
yozma manbalarning saqlanib qolmaganligi ushbu davrda tarbiyaning amalga
oshirilishini arxeologik manbalarga asoslangan holda tahlil etishni talab etadi.
Ibtidoiy jamoa tuzumi ikki davrga bo’linadi: 1) ibtidoiy to’da; 2) o’rug’chilik
jamoasi.
Qadimgi tosh
asri
Peleolit:
ilk
o’rta
so’nggi
mil. av. 700/500-100 ming
yilliklar.
mil. av. 100-40 ming yilliklar.
mil. av. 40-12 ming yilliklar.
O’rta tosh
asri
Mezolit
mil. av.12 – 7 ming yilliklar.
Yangi tosh
asri
Neolit
mil. av. 6-4 ming yilliklar.
Mis-tosh asri
Eneolit
mil. av. 4-3 ming yilliklar.
Bronza davri
Bronza davri
mil. av. 3-1 ming yilliklar.
Temir asri
Ilk temir asri
mil. av. X-VIII asrlar.
So’nggi temir
asri
VII–IV asrlar
Insoniyat faoliyatining asosiy turi sifatida tarbiyaning yuzaga kelishi mil.av.
40-35 ming yilliklarda zamonaviy qiyofadagi odamlar (“homo sapiens”- “ongli
odam”)ning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida mehnat
tarbiyasi yetakchi o’rin tutgan. Ana shu asosga ko’ra mehnat bilan bog’liqlikda
kishilar uch guruhga bo’lingan: 1) bolalar va o’smirlar; 2) ijtimoiy hayot va
mehnatda to’la ishtirok etuvchilar; 3) keksalar.
So’nggi paleolitda insoniyat o’z taraqqiyotida yana bir bosqich yuqori
ko’tarildi. Odamlar ilk to’da tarzida yashamay qo’ydilar va qarindosh-urug’chilik
jamoalariga bo’lindilar. Jamiyatda juft oilalar paydo bo’ldi, ular ayrim urug’larni
birlashtirib, urug’ jamoasini tashkil etdilar. Odamlar g’orlardan tashqari erto’la va
chaylasimon uylarda ham yashashga o’rgandilar. Juft oilalarning paydo bo’lishi
haqida kichik uy-joylarning tarqalishi darak beradi.
O’sha zamon jamoasida ona-ayolning ijtimoiy o’rni baland bo’lib, urug’ uning
nomi bilan boshlangan. Ayollar uy, o’choq va muqaddas olovning egasi sifatida uy
xo’jaligida hamda bolalarni tarbiyalash jarayonida, o’choqda o’tni saqlashda, ovqat
pishirishda, ro’zg’or buyumlarini, mehnat qurollarini qo’riqlash, uy-boshpanani
asrash paytida muhim vazifalarni bajarganlar.
Mezolit davrida O’zbekistonda qoyatosh suratlari kashf etilgan. Ularning
ba’zisi rang berib cheqilgan, ba’zilari o’yib ishlangan. Surxondaryo viloyatidagi
Zarautsoy qoya tasvirlari mezolit davriga oid. Ular qadimgi odamning fikru o’ylari,
atrof-muhit haqidagi tasavvuri, qanday hayvonlarni ovlagani, qaysi mehnat va ov
qurollarini qo’llagani haqida fikr yuritish imkonini beradi.
Neolit davrida ona urug’i matriarxat o’z taraqqiyotining yangi bosqichiga
o’tadi. Urug’ jamoalari kattalashadi va ularni bir joyda boqish amri mahol bo’lib
qoladi. Oqibatda urug’ jamoasidan mayda guruxlar-kichik oilalar ajralib chiqa
boshlaydi.
O’rta Osiyo hududida bronza davri miloddan avvalgi 3-mingyillik o’rtalaridan
boshlanadi va miloddan avvalgi 2-mingyillikka kelib o’z rivojining yuksak
darajasiga etadi.
Patriarxat urug’chilikka o’tish patriarxal oilaning vujudga kelishiga olib keladi.
Sunday oila bir-biriga qarindosh ota urug’i bo’yicha yuritiladigan bir necha
avlodlardan iborat bo’ladi.
1.2.2. Xalq pedagogikasi – empirik bilimlar sohasi sifatida
Xalq pedagogikasi xalq ommasi orasida hukmronlik qiluvchi tarbiyaning
maqsadi va vazifalariga bo’lgan qarashlarni ifodalovchi amaliy pedagogik bilimlar
va tajribasining sohasidir.
Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari deganda xalq tarbiya
tajribasidan joy olgan empirik pedagogik bilimlar, ma’lumotlar, malakalar va
ko’nikmalarning zamonaviy maktab va oila tarbiyaviy sistemasida bolalar va
o’quvchi-yoshlarni tarbiyalash
maqsad
va
vazifalarini hal
etish
uchun
zarurligi(qulay shart-sharoiat yaratishi) tushuniladi.
Xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari deganda xalq ommasining
yoshlarga bilimlar va amaliy ko’nikmalar berish, ularni ijodiy ishlash uslublari bilan
qurollantirish, dunyoqarashlarini o’stirish va axloqiy nafosat g’oyalarini
egallashlarida qo’llab kelgan empirik pedagogik tajribasini zamonaviy milliy
maktab o’qitash jarayonida qo’llash uchun qulayligi tushuniladi. Masalan, milliy
amaliy san’atga o’rgatishning xalq orasida tarkib topgan uslubiyotini xalq
pedagogikasining didaktik imkoniyatlari doirasiga kiritish mumkin. Xususan, ganch
va yog’och o’ymakorligi, zardo’zlik, musiqa asboblari yasash, kulolchilik va boshqa
ko’plab amaliy can’at turlarini egallashning xalq ustalari va chevarlari tomonidan
tajribada yaratilgan o’z usullari, uslub va vositalari mavjud. Ulardan milliy
maktabdagi mehnat ta’limi darslarlda yoki to’garak mashg’ulotlarida o’quvchilarga
bilimlar va amaliy ko’nikmalar berishda foydalanish mumkin.
O’zbek xalq poetik ijodida bolalarni oilada va bola yashab turgan muhitda
insoniy fazilatlarni tarbiyalashning juda uzoq zamonlardan beri davom etib
kelayotgan o’ziga xos xilma-xil metod va vositalari mavjud ekanligi ko’rinadi.
Yuqorida aytib o’tilganidek, xalq ijodi ham shu orqali xalq pedagogikasida
qo’llaniladigan: tushuntirish, namuna ko’rsatish, odatlantirish (o’rganish, mashq
qildirish), iltimos qilish, tilak-istak bildirish, yolvorish-iltijo qilish, maslahat berish,
ko’ndirish, undash, ma’qullash, rahmat aytish, duo qilish, olqish (oq yo’l tilash),
taqiq qilish, ta’na (gina, o’pka) qilish, mashara - mazax qilish, majbur qilish, tanbeh
berish, koyish, qarg’ash, qo’rqitish, uzr so’rash, ont - qasam ichirish, la’natlash,
so’kish, urish, kaltaklash metodlari bo’lsa-da, yoshlarning insoniy fazilatlarini
tarbiyalashda asosan: o’git-nasihat, ibrat ko’rsatish, ma’qullash va maqtash, alqash,
mukofotlash, qoralash - qarg’ish, jismoniy jazo berish kabi metodlardan
foydalanilgani ko’zga tashlanadi.
1.2.3. Eng qadimgi yozma manbalarda ta’lim-tarbiya masalalarining
yoritilishi
“Avesto”dagi ta’limiy-axloqiy g’oyalar. “Avesto” – zardushtiylik dinining
muqaddas kitobi hisoblanib, dastlabki Sharq falsafiy qarashlarini o’zida aks
ettiruvchi manbadir. Unda insonni kamolotga erishuvida mehnat, ezgulik, insoniylik,
soflik, bag’rikenglik kabi sifatlarning ahamiyati chuqur ifodalangan.
Zardushtiylik dinining nomi ushbu din asoschisi Zardusht (turli tillarda
Zaratushtra, Zoroastr) ismidan olingan. Uning tug’ilgan joyi noma’lum. Zardusht
miloddan avvalgi 1-mingyillikning birinchi choragida yashagan.
Zero, zardushtiylikda axloqiylikning asosi, sahovatlilik belgisi - mehnat deb
ko’rsatilsa, ishyoqmaslik barcha nuqsonlarni keltirib chiqaruvchi sabab ekanligiga
urg’u beriladi.
Zardushtiylik yoyilayotgan davrda ibodatxona ham, maxsus ilohiy kitoblar ham
bo’lmagan. Diniy marosimlar ochiq havoda, gulxan yonida ado etilgan. Keyinchalik
kohinlar Zardusht va’zlarini yozib borganlar. Zardusht dini kohinlari bunday diniy
matnlarni yod bilganlar va ibodat paytida o’qiganlar. Zardusht vafotidan bir necha
asr o’tgach barcha diniy marosimlar, madhiya va duolar kitob holiga keltirildi. Bu
zardushtiylar muqaddas kitobi «Avesto» edi. «Avesto» so’zi «qat’iy qonunlar»
ma’nosini bildiradi.
Zardusht diniga ko’ra, atrofdagi dunyo ikki qismdan tashkil topgan: yaxshilik
va yomonlik. Bular o’rtasida azaldan kurash ketadi. Masalan, nur bilan qorong’ulik,
hayot bilan o’lim, ezgulik bilan yomonlik, qonun bilan qonunsizlik o’rtasida.
“Avesto”dagi ta’limiy-axloqiy g’oyalar
The Avesta /əˈvɛstə/ is the primary collection of sacred texts of the ancient
Aryan religion known as Zoroastrianism, composed in the otherwise unrecorded
Avestan language.The Avesta texts fall into several different categories, arranged
either by dialect, or by usage.The principal text in the liturgical group is the Yasna,
which takes its name from the Yasna ceremony, Zoroastrianism's primary act of
worship, and at which the Yasna text is recited. The most important portion of the
Yasna texts are the five Gathas, consisting of seventeen hymns attributed to
Zoroaster himself. These hymns, together with five other short Old Avestan texts
that are also part of the Yasna, are in the Old (or 'Gathic') Avestan language. The
remainder of the Yasna's texts are in Younger Avestan, which is not only from a
later stage of the language, but also from a different geographic region.1
Avesta o’zida dastlabki Zardushtiylik dini nomi bilan mashhur bo’lgan
muqaddas matnlar toplami iborat. Kitob o’sha davr lahchasida yozilgan. “Avesto”
matnlari ma’lum tartibda joylashgan bo’lib,umurojaat mazmuniga ega. Avestoning
asosiy qismi Yasna deb yuritiladi, Yasna atamasi marosim nomidan olingan.
Zardushtiylikka bag‘ishlangan madhiyalardan iborat. Yasnaning asosiy 5 iborat
bo’lib, ularning 17 bobi Gotlar deb yuritiladi. Yasnaning tarkibiy qismi bolgan eng
qadimgi Avesto Avesto tilida yozilgan. Yasnaning matni parchalarida Kichik Avesto
bayon qilingan ma’lumotlar orqali nafaqat til haqida, balki o’sha hududga doir
muhim geografik ma’lumotlar aks etgan.
Zardushtiylar hayotining asosiy mazmuni xayrli ish, shirin so’z, olijanob o’y-
fikrdan iborat bo’lgan. Insonning asosiy burchi adolatli turmush tarzi bo’lmog’i
kerak. Yaxshilikning yomonlik ustidan g’alaba qilishini ko’zlab yashash kerak:
yolg’on gapirmaslik, so’zning ustidan chiqmoq, faqat yaxshilik qilmoq.
Zardusht dini bo’yicha har bir inson hayot yo’lini o’zi belgilaydi; kimga yon
bosmoqlik, kimni himoya qilishni o’zi hal qiladi.
Zardushtiylikda olov, er, suv va havo muqaddas sanaladi. Ularni yomon, yovuz
narsalar bilan aralashtirmaslik lozim.
Zardo’shtiylik axloqining asosiy uchligi
Inson
Ezgu fikr
Ezgu so’z
Ezgu amal
O’rxun-Enasoy yozma yodgorliklarida ta’lim-tarbiya masalalari. VII –
VIII asrlarda qabr toshlariga turk-runiy yozuvida o’yib bitilgan «Urxun-Enasoy»
bitiglarida ham bolalarni vatanparvar, xalqparvar, tadbirkor, uddaburon, oqil qilib
tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, Qultegin bitigida turk
xalqini uzoqni ko’ra olmaganligi natijasida Tabg’ach eliga qaram bo’lib qolganligi,
1https://en.wikipedia.org/wiki/Avesta
kelgusi avlodlar bunday xatoliklarni takrorlamasliklari zarurligi quyidagicha
uqtiriladi: «So’zimni tugal eshitgil, keyindagi inim, urug’im, xalqim….. bu so’zlarni
yaxshilab eshit, diqqat bilan tingla…. Tabg’ach xalqining so’zi shirin, ipak kiyimi
nafis….ekan. Shirin so’zi, ipak kiyimi bilan aldab, yiroq xalqni shu holda birlashtirar
ekan… Yaxshi dono kishini, yaxshi alp kishini yo’latmas ekan. Biror kishi adashsa,
urug’i, xalqi, uyi, yopinchig’igacha qo’ymas ekan. Shirin so’ziga, nafis ipagiga
aldanib, ey turk xalqi, o’lding».
Pedagog olima A.S.Kaldibekovaning fikricha, bu bitigtoshlarda bolalarni
baynalmilallik ruhida tarbiyalash masalasiga ham e’tibor qaratilgan. Bitigtoshlarda
turk xalqining Tabg’ach xonligiga qarshi olib borgan urushlari ham ifoda etilgan.
Biroq turk xonlari (To’nyuquq, Qultegin, Bilga hoqon, Eltarish hoqon) Tabg’ach
xonlarining
botirligi,
siyosatdonligi,
ishbilarmonligi,
vatanparvar
hamda
elsevarligini inkor etmaydi. Ayni shu jihatlarni turk xalqida mujassam bo’lishini chin
dildan istaydi. Shu bilan birga Tabg’ach xonlarining boshqa xalqlar ozodligi,
iqtisodiyoti, madaniy hayotiga xavf solayotgani oshkora ko’rsatib berilgan. Agar
ular bu qusurlarni bartaraf etishsa, ular bilan har tomonlama aloqalarni yo’lga
qo’yish foydali ekanligi ta’kidlanadi.
Although Huns are said to have belonged to the tribes of Altaic language
group, there were other tribal unions speaking different languages as well. And
among them were Turkic groups of people on whose history is based. Migration
of Turkic and Mongolian group of people to the west started from the earliest
time. This can be proved by the study of western researchers on resemblance in
facial features of Mongolian and Sakas tribes, who occupied Ural region, thus
facial characteristics of two similar, assimilated groups of people2
Urxun-Enasoyqabr toshlarida
yozilishichaXunqabilalariOltoytillarguruhitegishlibolgano’ztillariniboshqaqabila
larbilanmuloqotgakirishishningasosiyvositasi deb bilishgan.Ular Turk
qabilalariningtamaddunimanbasibo’libhisoblanadi.Turk
VaMug’ulqabilalarningG’arbgako’chishdastlabkidavrlariaksetgan. Bu Ural
2Saurykov B. Yerbolat.Turkic Runes in Southern Part of Kazakhstan: Current State and Future.
International Journal of Central Asian Studies Volume 17.
2013.http://www.iacd.or.kr/pdf/journal/17/vol17_7.pdf
mintaqasinimo'g'ulvaSakasqabilalaritomonidanzabtetilgan,
G'arbtadqiqotchilariizlanishlarigako’rabuxalqlarningtashqikorinishidagio’xshash
liklarigaasosbo’lgan.