Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni

Yuklangan vaqt

2024-10-17

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

17

Faytl hajmi

29,4 KB


 
 
 
 
 
 
Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni 
 
 
 
 Mavzu rejasi:  
1. O‘qituvchi kasbi haqida tushuncha. O‘qituvchilik kasbining o‘ziga 
xosligi va uning insonparvarlik xususiyati. 
2.  O‘qituvchilik kasbining insonparvarlik yo‘nalishi.  
3. O‘qituvchilik kasbi qadriyatlari. O‘qituvchining kasbiy va shaxsiy 
sifatlarini rivojlantirish.  
4. Professional va shaxsiy o‘zini o‘zi belgilash, shakllanishida o‘z-o‘zini 
takomillashtirish va o‘z-o‘zini rivojlantirish.  
5. Professional va shaxsiy sifat komponentlari. 
 
Tayanch iboralar: O`qituvchi, o`quvchi, uzluksiz ta`lim, faoliyat, obro`, kasb, 
layoqat, kasbiy sifatlar. 
 
 
Respublikamiz hukumati xalq ta`limi sohasida o`rtaga qo`yayotgan 
vazifalarni bajarish ko`p jihatdan o`qituvchilikka bog’liq. YAngi iqtisodiy siyosatga 
o`tish sharoitida ta`lim-tarbiyadan ko`zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, 
o`quvchilarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e`tiqodli, 
mehnatsevar, barkamol inson qilib o`stirish o`qituvchi zimmasiga yuklatilgan. 
 
O`zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash 
sifatini oshirishga katta hissa qo`shayotgan ijodkor o`qituvchilar soni yil sayin ortib 
bormoqda. Ayniqsa, islohotlar davrida bunday murabbiylar el-yurtga tanilmoqda. 
Har yili eng yaxshi o`qituvchini aniqlash uchun o`tkazilayotgan maktab ko`riklari, 
Pedagoglik kasbining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni Mavzu rejasi: 1. O‘qituvchi kasbi haqida tushuncha. O‘qituvchilik kasbining o‘ziga xosligi va uning insonparvarlik xususiyati. 2. O‘qituvchilik kasbining insonparvarlik yo‘nalishi. 3. O‘qituvchilik kasbi qadriyatlari. O‘qituvchining kasbiy va shaxsiy sifatlarini rivojlantirish. 4. Professional va shaxsiy o‘zini o‘zi belgilash, shakllanishida o‘z-o‘zini takomillashtirish va o‘z-o‘zini rivojlantirish. 5. Professional va shaxsiy sifat komponentlari. Tayanch iboralar: O`qituvchi, o`quvchi, uzluksiz ta`lim, faoliyat, obro`, kasb, layoqat, kasbiy sifatlar. Respublikamiz hukumati xalq ta`limi sohasida o`rtaga qo`yayotgan vazifalarni bajarish ko`p jihatdan o`qituvchilikka bog’liq. YAngi iqtisodiy siyosatga o`tish sharoitida ta`lim-tarbiyadan ko`zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o`quvchilarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e`tiqodli, mehnatsevar, barkamol inson qilib o`stirish o`qituvchi zimmasiga yuklatilgan. O`zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo`shayotgan ijodkor o`qituvchilar soni yil sayin ortib bormoqda. Ayniqsa, islohotlar davrida bunday murabbiylar el-yurtga tanilmoqda. Har yili eng yaxshi o`qituvchini aniqlash uchun o`tkazilayotgan maktab ko`riklari,  
 
tuman, viloyat, Respublika tanlovlari ana shu yutuqlarga omil bo`lmoqda. 
Maktablarda «metodist o`qituvchi», «katta o`qituvchi», «O`zbekistonda xizmat 
ko`rsatgan o`qituvchi» unvonlariga sazovor bo`lgan o`qituvchilar soni tobora 
ko`paymoqda. 
 
Xalqimizning kelajagi, mustaqil O`zbekistonning istiqboli ko`p jihatdan 
o`qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh avlodni o`qitish va 
tarbiyalash ishiga bo`lgan munosabatiga bog’liq. 
 
So`nggi yillarda pedagogika institutlarida, universitet-larda, pedagogika bilim 
yurtlarida o`qituvchilar tayyorlashni yaxshilashga qaratilgan ko`pgina ishlar amalga 
oshirildi. CHunonchi, bo`lajak o`qituvchilarning kasbiy tayyorligini kuchaytirish, 
ixtisosga doir fanlarni chuqur o`rgatish va pedagogik mahoratni egallash, nazariy 
bilimlarni amaliyotda qo`llashga o`rgatish masalalariga e`tibor kuchaydi. 
SHunindek, bo`lajak o`qituvchilarga pedagogika, ruhshunoslik, usuliyotga doir 
fanlarni o`rgatish ko`lami yanada kengaydi. Pedagogika oliy o`quv yurtlarida bir 
qancha ixtisosliklar bo`yicha besh yillik o`quv rejalari joriy etildi. 
 
Uzluksiz pedagogik ta`lim g’oyalari amalga oshirilmoqda. SHu munosabat 
bilan o`qituvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishi davlat va 
jamoatchilikning diqqat markaziga bo`ladi. Bu tadbirlar universitet va pedagogika 
institutlarining maxsus fakul’tetlarida, malaka oshirish institutlarida amalga 
oshirilmoqda. O`qituvchilarni falsafiy jihatdan keng fikrlovchi, mulohazali 
bo`lishlariga e`tibor berilayotir. Sinfiy, tarbiyaviy qarashlarning biryoqlamaligidan, 
ayrim shaxs va guruhlar manfaatidan umuminsoniy qadriyatlar ustun turishi 
ta`kidlan-moqda. 
 
O`zbekiston hukumati maktab o`qituvchilarining haftalik o`quv ishlari 
hajmini kamaytirdi, maoshini oshirdi. O`quvchilarning daftarlarini tekshirgani 
uchun, shuningdek, «Xalq o`qituvchisi», «Xizmat ko`rsatgan o`qituvchi», 
«Metodist-o`qituvchi»larga va ilmiy darajasi bor o`qituvchilarga qo`shimcha haq 
to`lash joriy etildi. Pedagogika o`quv yurtlarida ta`lim olayotgan talabalarning 
stipediyalari oshirildi, ovqatlanishi uchun, shaxsiy uylarda yashagani uchun ularga 
qo`shimcha po`l to`lanadi. 
tuman, viloyat, Respublika tanlovlari ana shu yutuqlarga omil bo`lmoqda. Maktablarda «metodist o`qituvchi», «katta o`qituvchi», «O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan o`qituvchi» unvonlariga sazovor bo`lgan o`qituvchilar soni tobora ko`paymoqda. Xalqimizning kelajagi, mustaqil O`zbekistonning istiqboli ko`p jihatdan o`qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash ishiga bo`lgan munosabatiga bog’liq. So`nggi yillarda pedagogika institutlarida, universitet-larda, pedagogika bilim yurtlarida o`qituvchilar tayyorlashni yaxshilashga qaratilgan ko`pgina ishlar amalga oshirildi. CHunonchi, bo`lajak o`qituvchilarning kasbiy tayyorligini kuchaytirish, ixtisosga doir fanlarni chuqur o`rgatish va pedagogik mahoratni egallash, nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llashga o`rgatish masalalariga e`tibor kuchaydi. SHunindek, bo`lajak o`qituvchilarga pedagogika, ruhshunoslik, usuliyotga doir fanlarni o`rgatish ko`lami yanada kengaydi. Pedagogika oliy o`quv yurtlarida bir qancha ixtisosliklar bo`yicha besh yillik o`quv rejalari joriy etildi. Uzluksiz pedagogik ta`lim g’oyalari amalga oshirilmoqda. SHu munosabat bilan o`qituvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishi davlat va jamoatchilikning diqqat markaziga bo`ladi. Bu tadbirlar universitet va pedagogika institutlarining maxsus fakul’tetlarida, malaka oshirish institutlarida amalga oshirilmoqda. O`qituvchilarni falsafiy jihatdan keng fikrlovchi, mulohazali bo`lishlariga e`tibor berilayotir. Sinfiy, tarbiyaviy qarashlarning biryoqlamaligidan, ayrim shaxs va guruhlar manfaatidan umuminsoniy qadriyatlar ustun turishi ta`kidlan-moqda. O`zbekiston hukumati maktab o`qituvchilarining haftalik o`quv ishlari hajmini kamaytirdi, maoshini oshirdi. O`quvchilarning daftarlarini tekshirgani uchun, shuningdek, «Xalq o`qituvchisi», «Xizmat ko`rsatgan o`qituvchi», «Metodist-o`qituvchi»larga va ilmiy darajasi bor o`qituvchilarga qo`shimcha haq to`lash joriy etildi. Pedagogika o`quv yurtlarida ta`lim olayotgan talabalarning stipediyalari oshirildi, ovqatlanishi uchun, shaxsiy uylarda yashagani uchun ularga qo`shimcha po`l to`lanadi.  
 
 
O`qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. YAxshi o`qituvchi 
bo`lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o`zigina etarli emas. Chunki 
pedagogik nazariyada bolalarni o`qitish va tarbiyalash umumiy qonun-qoidalar, 
umumlashtirilgan uslubiy g’oyalar bayon etildi. O`quvchilarning yosh, individual 
xususiyatlarini e`tiborga olish ta`kidlanadi. Maktab hayoti, amaliy pedagogik 
jarayon esa juda xilma-xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar 
uchrab turadi. Bu esa o`qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy 
tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi. 
 
Shuning uchun ham mustaqil O`zbekiston davlatining umumiy ta`lim 
maktabida ishlaydigan o`qituvchi: 
 
-pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon; 
 
-milliy, madaniy va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni 
mukammal egallagan, diniy ilmlardan ham xabardor, ma`naviy barkamol; 
 
-O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etilishiga ishonadigan, 
vatanparvarlik burchini to`g’ri anglagan, e`tiqodli fuqaro; 
 
-ixtisosga doir bilimlarni, psixologik, pedagogik bilim va mahorati, 
shuningdek, nazariy ilmlarni mukammal egallagan; 
 
-o`qituvchilik kasbini va bolalarni yaxshi ko`radigan, har bir o`quvchisi 
ulg’ayib yaxshi odam bo`lishiga chin ko`ngildan ishonadigan, ularning shaxs 
sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga ko`maklashadigan; 
 
-erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli bo`lmog’i darkor. 
Oʼqituvchi deyarli har kuni oʼquvchilar bilan uchrashadi, savol javob qiladi, 
ularning yaxshi ishlarini maʼqullaydi, bilimini baholaydi, nojoʼya xatti-xarakatlari 
uchun tanbeh beradi. Аlbatta oʼqituvchining fikri, muloxazalarida nisbiylik, 
subʼektivlik aʼlomatlari mavjud. U hammaga aynan birdek juda toʼgʼri munosabatda 
boʼla olmasligi mumkin. Lekin u hamma oʼquvchilarga nisbatan xolis niyatli 
yaxshilik qilishga intiluvchi, adolatli kishi ekanligiga barchani ishonchi komil 
boʼlmogʼi darkor. Sinfda oʼqituvchi yaxshi koʼradigan, yomon koʼradigan, 
oʼquvchilar bor degan taʼassurot tugʼilmasligi kerak. Xullas, obroʼ oʼqituvchilik 
faoliyati uchun zarur xususiyatdir. Obroʼ kishining chuqur bilimi, yuksak ahloqiy 
O`qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. YAxshi o`qituvchi bo`lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o`zigina etarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o`qitish va tarbiyalash umumiy qonun-qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g’oyalar bayon etildi. O`quvchilarning yosh, individual xususiyatlarini e`tiborga olish ta`kidlanadi. Maktab hayoti, amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma-xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o`qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi. Shuning uchun ham mustaqil O`zbekiston davlatining umumiy ta`lim maktabida ishlaydigan o`qituvchi: -pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon; -milliy, madaniy va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, diniy ilmlardan ham xabardor, ma`naviy barkamol; -O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etilishiga ishonadigan, vatanparvarlik burchini to`g’ri anglagan, e`tiqodli fuqaro; -ixtisosga doir bilimlarni, psixologik, pedagogik bilim va mahorati, shuningdek, nazariy ilmlarni mukammal egallagan; -o`qituvchilik kasbini va bolalarni yaxshi ko`radigan, har bir o`quvchisi ulg’ayib yaxshi odam bo`lishiga chin ko`ngildan ishonadigan, ularning shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga ko`maklashadigan; -erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli bo`lmog’i darkor. Oʼqituvchi deyarli har kuni oʼquvchilar bilan uchrashadi, savol javob qiladi, ularning yaxshi ishlarini maʼqullaydi, bilimini baholaydi, nojoʼya xatti-xarakatlari uchun tanbeh beradi. Аlbatta oʼqituvchining fikri, muloxazalarida nisbiylik, subʼektivlik aʼlomatlari mavjud. U hammaga aynan birdek juda toʼgʼri munosabatda boʼla olmasligi mumkin. Lekin u hamma oʼquvchilarga nisbatan xolis niyatli yaxshilik qilishga intiluvchi, adolatli kishi ekanligiga barchani ishonchi komil boʼlmogʼi darkor. Sinfda oʼqituvchi yaxshi koʼradigan, yomon koʼradigan, oʼquvchilar bor degan taʼassurot tugʼilmasligi kerak. Xullas, obroʼ oʼqituvchilik faoliyati uchun zarur xususiyatdir. Obroʼ kishining chuqur bilimi, yuksak ahloqiy  
 
sifatlari, hayot tajribasi, ilmiy tadqiqot va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi tufayli 
orttirilgan, koʼpchilik tomonidan eʼtirof etilgan taʼsir nufuzidir. 
 Pedagogik faoliyat oʼz mohiyatiga koʼra ijodiy xarakterga ega. Maʼlumki, inson 
oldida biror muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tugʼiladi. Oʼqituvchilik 
faoliyati ana shunday xususiyatga ega pedagogik ijodkorlikning asosiy mohiyati, 
pedagogik faoliyatining maqsadi va xarakteri bilan bogʼliq. Pedagogik faoliyat kishi 
shaxsini, uning dunyo qarashini, eʼtiqodini, ongi, xulq-atvorini shakllantirishdek 
umumiy maqsadga boʼysungan son-sanoqsiz pedagogik masalalar yechish 
jarayonidir. Oʼqituvchi faoliyatidagi ijodkorlik ana shu masalalarni yechish 
usullarida, ularni hal qila olish yoʼllarini qidirib topa bilishlarida ifodalanadi. 
Pedagogik ijodkorlik manbai — boʼlgan pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba 
muammoli vaziyatlarga juda boydir. Ilgʼor pedagogik tajriba deganda biz 
oʼqituvchining oʼz pedagogik vazifasiga ijodiy yondashishini, oʼquvchilar taʼlim-
tarbiyasining yangi, samarali yoʼl va vositalarini qidirib topishni tushunamiz. Ilgʼor 
pedagogik tajriba oʼqituvchi tomonidan qoʼllanadigan ish shakli va usullari, uslub 
va vositalaridir. Ular vositasida oʼquv-tarbiyaviy ishlarni eng yuqori natijalariga 
erishiladi. 
 Ilgʼor pedagogik tajribani oʼrganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa va 
qonuniyatlarni ochish, oʼquv-tarbiya jarayoniga yaxshi sifatli oʼzgarishlar kiritish, 
oʼquvchilarning bilim faoliyatini boshqarish, yangi koʼrinishdagi oʼquv jarayonini 
modellashtirish muammolarini yechishga sabab boʼladi. Ijodiy ishlaydigan 
oʼqituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli oʼqitish va tarbiyalash, ilgʼor 
oʼqituvchilar tajribalarini oʼrganish bilangina cheklanib qolmasdan tadqiqotchilik 
koʼnikma malakalariga ham ega boʼlishi zarur. Hozirgi zamon fan va texnika 
taraqqiyoti oʼqituvchining ijodkor boʼlishini, fanning muhim muammolari 
yuzasidan erkin fikr yurita olishi, fan yutuqlarini oʼquvchilarga yetkaza olishini 
taqozo etadi. Bu ahloqiy eʼtiqod oʼqituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy 
ishlarda, oʼquvchilar va boshqa kishilar bilan munosabatlarida, muomalasida, 
kundalik turmushda oʼzining shaxsiy namunasi bilan ahloqiy taʼsir oʼtkazilishida 
koʼzga tashlanadi. Pedagogik etikaning asosiy tushunchalari umuminsoniy ahloq 
sifatlari, hayot tajribasi, ilmiy tadqiqot va jamoat ishlarida faol ishtirok etishi tufayli orttirilgan, koʼpchilik tomonidan eʼtirof etilgan taʼsir nufuzidir. Pedagogik faoliyat oʼz mohiyatiga koʼra ijodiy xarakterga ega. Maʼlumki, inson oldida biror muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tugʼiladi. Oʼqituvchilik faoliyati ana shunday xususiyatga ega pedagogik ijodkorlikning asosiy mohiyati, pedagogik faoliyatining maqsadi va xarakteri bilan bogʼliq. Pedagogik faoliyat kishi shaxsini, uning dunyo qarashini, eʼtiqodini, ongi, xulq-atvorini shakllantirishdek umumiy maqsadga boʼysungan son-sanoqsiz pedagogik masalalar yechish jarayonidir. Oʼqituvchi faoliyatidagi ijodkorlik ana shu masalalarni yechish usullarida, ularni hal qila olish yoʼllarini qidirib topa bilishlarida ifodalanadi. Pedagogik ijodkorlik manbai — boʼlgan pedagogik tajribadir. Pedagogik tajriba muammoli vaziyatlarga juda boydir. Ilgʼor pedagogik tajriba deganda biz oʼqituvchining oʼz pedagogik vazifasiga ijodiy yondashishini, oʼquvchilar taʼlim- tarbiyasining yangi, samarali yoʼl va vositalarini qidirib topishni tushunamiz. Ilgʼor pedagogik tajriba oʼqituvchi tomonidan qoʼllanadigan ish shakli va usullari, uslub va vositalaridir. Ular vositasida oʼquv-tarbiyaviy ishlarni eng yuqori natijalariga erishiladi. Ilgʼor pedagogik tajribani oʼrganish, unga asoslanib yangi pedagogik hodisa va qonuniyatlarni ochish, oʼquv-tarbiya jarayoniga yaxshi sifatli oʼzgarishlar kiritish, oʼquvchilarning bilim faoliyatini boshqarish, yangi koʼrinishdagi oʼquv jarayonini modellashtirish muammolarini yechishga sabab boʼladi. Ijodiy ishlaydigan oʼqituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli oʼqitish va tarbiyalash, ilgʼor oʼqituvchilar tajribalarini oʼrganish bilangina cheklanib qolmasdan tadqiqotchilik koʼnikma malakalariga ham ega boʼlishi zarur. Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti oʼqituvchining ijodkor boʼlishini, fanning muhim muammolari yuzasidan erkin fikr yurita olishi, fan yutuqlarini oʼquvchilarga yetkaza olishini taqozo etadi. Bu ahloqiy eʼtiqod oʼqituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarda, oʼquvchilar va boshqa kishilar bilan munosabatlarida, muomalasida, kundalik turmushda oʼzining shaxsiy namunasi bilan ahloqiy taʼsir oʼtkazilishida koʼzga tashlanadi. Pedagogik etikaning asosiy tushunchalari umuminsoniy ahloq  
 
kategoriyalariga mos keladi va ularni oʼqituvchi faoliyati bilan bogʼliq tarzda bir 
qadar aniqlaydi. 
 Pedagogik etikada gumanizm, adolatlilik, vijdonlilik, halollik, yaxshilik qilish 
kabilar oʼqituvchilik faoliyati bilan bogʼliq ravishda tahlil qilinadi. Аhloq 
nazariyasida yaxshilik eng muhim kategoriya hisoblanadi. Yaxshilik-ahloqiy ijobiy 
fazilat boʼlib, normativ etikaning idealini, individual ahloqda ijobiy-xulqiy 
fazilatlarni mazmunini inson faoliyati yoki biror hatti-harakatiga ijobiy 
munosabatining yigʼindisini aks ettiradi. Yaxshilik kishining ongi va ahloqiy 
amaliyotida jamiyat va shaxs manfaatlarining birligini aks ettirib jamiyat va shaxsga 
manfaat keltiradigan, ijtimoiy taraqqiyotga mos keladigan tushunchalar. Pedagogik 
etikada 
yaxshilik 
tushunchasi 
oʼqituvchi 
faoliyati 
bilan 
bogʼliq 
holda 
aniqlashtiriladi. Unda oʼqituvchi va oʼquvchilar jamoasi manfaatlarining birligi, 
muallim va oʼquvchi maqsadining birligi, taʼlim va tarbiyaning samarasi uchun 
kurashning birligi aks etadi. Yaxshilik fazilati ikkala tomonning ham yaxshi niyatli, 
xayrihoh, mehribon boʼlishini taqozo qiladi. Yaxshilik qaror topishi uchun 
yomonlikka murosasiz boʼlishi lozim. Yaxshi istak bilan xush muomalalik, yaxshi 
qiliq, yaxshi hatti-harakatning birligi zarur. Shaxs axloqini xarakterlaydigan 
belgilardan biri masʼuliyatdir. 
  Oʼqituvchining masʼuliyati — masʼuliyat tushunchasining butun mazmunini 
saqlagan holda muallimning faoliyati va taʼlim-tarbiya jarayonining aniq 
vazifalarini ham oʼz ichiga oladi. Oʼqituvchi zimmasiga bola shaxsini har 
tomonlama kamol toptirish masʼuliyati yuklandi. Muallim oʼquvchiga chuqur 
nazariy bilimlar berishi, uni hayotga, mehnatga tayyorlashi lozim. Shu bilan birga, 
u boladagi mavjud layoqat va qobiliyatlarni payqab, individual munosabatda 
boʼlishi, unda mavjud boʼlgan ijobiy ahloqiy sifatlarni avaylab oʼstirishi darkor. 
Muallim sinfda jamiyatning vakili sifatida oʼqituvchilar jamoasi bilan yolgʼiz oʼzi 
ish olib boradi. Bunday sharoitda oʼqituvchining masʼuliyati uning xuquqini tartibga 
solib turadigan boshqaradigan kuch, oʼqituvchilarga taʼsir oʼtkazish darajasining 
asosiy mezoni hisoblanadi.. Pedagogik faoliyat koʼrsatayotgan oʼqituvchi mahoratli 
ravishda oʼtayotgan darsning taʼlimiy-tarbiyaviy tomonlarni tushunarli qilib 
kategoriyalariga mos keladi va ularni oʼqituvchi faoliyati bilan bogʼliq tarzda bir qadar aniqlaydi. Pedagogik etikada gumanizm, adolatlilik, vijdonlilik, halollik, yaxshilik qilish kabilar oʼqituvchilik faoliyati bilan bogʼliq ravishda tahlil qilinadi. Аhloq nazariyasida yaxshilik eng muhim kategoriya hisoblanadi. Yaxshilik-ahloqiy ijobiy fazilat boʼlib, normativ etikaning idealini, individual ahloqda ijobiy-xulqiy fazilatlarni mazmunini inson faoliyati yoki biror hatti-harakatiga ijobiy munosabatining yigʼindisini aks ettiradi. Yaxshilik kishining ongi va ahloqiy amaliyotida jamiyat va shaxs manfaatlarining birligini aks ettirib jamiyat va shaxsga manfaat keltiradigan, ijtimoiy taraqqiyotga mos keladigan tushunchalar. Pedagogik etikada yaxshilik tushunchasi oʼqituvchi faoliyati bilan bogʼliq holda aniqlashtiriladi. Unda oʼqituvchi va oʼquvchilar jamoasi manfaatlarining birligi, muallim va oʼquvchi maqsadining birligi, taʼlim va tarbiyaning samarasi uchun kurashning birligi aks etadi. Yaxshilik fazilati ikkala tomonning ham yaxshi niyatli, xayrihoh, mehribon boʼlishini taqozo qiladi. Yaxshilik qaror topishi uchun yomonlikka murosasiz boʼlishi lozim. Yaxshi istak bilan xush muomalalik, yaxshi qiliq, yaxshi hatti-harakatning birligi zarur. Shaxs axloqini xarakterlaydigan belgilardan biri masʼuliyatdir. Oʼqituvchining masʼuliyati — masʼuliyat tushunchasining butun mazmunini saqlagan holda muallimning faoliyati va taʼlim-tarbiya jarayonining aniq vazifalarini ham oʼz ichiga oladi. Oʼqituvchi zimmasiga bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish masʼuliyati yuklandi. Muallim oʼquvchiga chuqur nazariy bilimlar berishi, uni hayotga, mehnatga tayyorlashi lozim. Shu bilan birga, u boladagi mavjud layoqat va qobiliyatlarni payqab, individual munosabatda boʼlishi, unda mavjud boʼlgan ijobiy ahloqiy sifatlarni avaylab oʼstirishi darkor. Muallim sinfda jamiyatning vakili sifatida oʼqituvchilar jamoasi bilan yolgʼiz oʼzi ish olib boradi. Bunday sharoitda oʼqituvchining masʼuliyati uning xuquqini tartibga solib turadigan boshqaradigan kuch, oʼqituvchilarga taʼsir oʼtkazish darajasining asosiy mezoni hisoblanadi.. Pedagogik faoliyat koʼrsatayotgan oʼqituvchi mahoratli ravishda oʼtayotgan darsning taʼlimiy-tarbiyaviy tomonlarni tushunarli qilib  
 
bolalarni faoliyatini dunyoqarashda tabiat va jamiyat faoliyatidagi oʼzgarishlardagi 
koʼnikmalarni malakalarga aylantiradi. Eʼtiqod, odob, fuqarolik burchini anglash 
oʼqituvchining asosiy sifatlaridan biridir. Maktab oʼqituvchisini oʼzi targʼib 
qilayotgan idealning fazilatlarini shaxsiy namunasida koʼrsatish kerak. Bolalarga 
mehr-muhabbat oʼqituvchining eng muhim fazilatidir. Bu bolalarning hamma qiliq-
qilmishlarini kechirish ularga xushomadguylik qilish emas, balki talabchanlik va 
qattiqqoʼllik, adolatlilik bilan qoʼyilgan mehr-muhabbat boʼlib ana shu sifatga ega 
boʼlgan shaxs oʼzining koʼp vaqtini va kuchini bolalarga bagʼishlaydi. U zarur 
vaqtida istaklarini qurbon qilib, bolalar manfaati yoʼlida ehtiyojlarini cheklashga 
tayyor turadi. 
  Ijtimoiy faollik va fuqarolik burchini anglash oʼqituvchi shaxsiga xos sifat, zero 
xaqiqiy pedagog toʼla maʼnodagi jamoatchi boʼlib, bolalarga hayotda ijtimoiy faol 
holda turishining amaliy namunasini koʼrsatadi. Oʼqituvchining muhim fazilati 
kishilar bilan tez el boʼla olish, koʼpchilikka aralasha bilish, dilkashlik boʼlib, bu 
unda muomala madaniyatining yuksakligini ifodalaydi. Chunki oʼqituvchiga 
hamisha odamlar bilan aloqa qilishga, ular bilan ishlashga toʼgʼri keladi. Oʼqituvchi 
ishidagi muvaffaqiyatni kundalik faoliyatida kattalar va bolalar, ayrim guruh va 
yakka shaxslar bilan aloqaga kirisha olish qobiliyatini taʼminlaydi. Oʼqituvchi odobi 
umuminsoniy ahloqning kategoriyalari, qoidalari va normalarini taʼlim-tarbiya 
jarayoniga mos xususiyatlari bilan uygʼunlashtirish, pedagogning oʼquvchilar, 
oʼqituvchilar jamoasi, ota-onalar va jamoatchilik vakillari bilan munosabatida 
ifodalanadigan kasbiy-ahloqiy xususiyatdir. Oʼqituvchi pedagogik etikaning 
normalarini oʼzlashtirib olishi, tajribada qoʼllashi, oʼzining dunyo qarashi va ahloqiy 
tajribasi bilan taqqoslashi lozim. Fikrlash va his etish, turmushda sinab koʼrish 
natijasida pedagogik etikaning qoidalari oʼqituvchining oʼz etiqodiga, intilishiga, 
oʼz ahloqiy sifatiga aylanadi. Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga 
tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga taʼlim-tarbiya 
berishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. Maktab 
oʼqituvchilarining faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Har bir bola 
oʼz xulq-atvoriga, xarakteriga ega. Bolalarni tarbiyalashda ularning ana shu oʼziga 
bolalarni faoliyatini dunyoqarashda tabiat va jamiyat faoliyatidagi oʼzgarishlardagi koʼnikmalarni malakalarga aylantiradi. Eʼtiqod, odob, fuqarolik burchini anglash oʼqituvchining asosiy sifatlaridan biridir. Maktab oʼqituvchisini oʼzi targʼib qilayotgan idealning fazilatlarini shaxsiy namunasida koʼrsatish kerak. Bolalarga mehr-muhabbat oʼqituvchining eng muhim fazilatidir. Bu bolalarning hamma qiliq- qilmishlarini kechirish ularga xushomadguylik qilish emas, balki talabchanlik va qattiqqoʼllik, adolatlilik bilan qoʼyilgan mehr-muhabbat boʼlib ana shu sifatga ega boʼlgan shaxs oʼzining koʼp vaqtini va kuchini bolalarga bagʼishlaydi. U zarur vaqtida istaklarini qurbon qilib, bolalar manfaati yoʼlida ehtiyojlarini cheklashga tayyor turadi. Ijtimoiy faollik va fuqarolik burchini anglash oʼqituvchi shaxsiga xos sifat, zero xaqiqiy pedagog toʼla maʼnodagi jamoatchi boʼlib, bolalarga hayotda ijtimoiy faol holda turishining amaliy namunasini koʼrsatadi. Oʼqituvchining muhim fazilati kishilar bilan tez el boʼla olish, koʼpchilikka aralasha bilish, dilkashlik boʼlib, bu unda muomala madaniyatining yuksakligini ifodalaydi. Chunki oʼqituvchiga hamisha odamlar bilan aloqa qilishga, ular bilan ishlashga toʼgʼri keladi. Oʼqituvchi ishidagi muvaffaqiyatni kundalik faoliyatida kattalar va bolalar, ayrim guruh va yakka shaxslar bilan aloqaga kirisha olish qobiliyatini taʼminlaydi. Oʼqituvchi odobi umuminsoniy ahloqning kategoriyalari, qoidalari va normalarini taʼlim-tarbiya jarayoniga mos xususiyatlari bilan uygʼunlashtirish, pedagogning oʼquvchilar, oʼqituvchilar jamoasi, ota-onalar va jamoatchilik vakillari bilan munosabatida ifodalanadigan kasbiy-ahloqiy xususiyatdir. Oʼqituvchi pedagogik etikaning normalarini oʼzlashtirib olishi, tajribada qoʼllashi, oʼzining dunyo qarashi va ahloqiy tajribasi bilan taqqoslashi lozim. Fikrlash va his etish, turmushda sinab koʼrish natijasida pedagogik etikaning qoidalari oʼqituvchining oʼz etiqodiga, intilishiga, oʼz ahloqiy sifatiga aylanadi. Pedagogik faoliyat yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga taʼlim-tarbiya berishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. Maktab oʼqituvchilarining faoliyati inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Har bir bola oʼz xulq-atvoriga, xarakteriga ega. Bolalarni tarbiyalashda ularning ana shu oʼziga  
 
xos xususiyatlarini hisobga olish, oʼrganish nihoyatda murakkab. Bunda odamlar 
oʼrtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligini oʼzida aks ettiruvchi maxsus 
usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik koʼrayotgan yoshlar 
uning ana shunday xususiyatlarini bilishlari lozim. Pedagogika, psixologiya, 
uslubiyot va pedagogik mahorat bir-biri bilan oʼzaro bogʼliq, yaqin aloqadagi 
fanlardir. 
 Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir oʼqituvchi pedagogik mahoratga ega boʼlishi 
zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnatini sarf qilib, katta natijaga erishadi, 
ijodkorlik uning xamisha hamkori boʼladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, isteʼdodli 
kishidagina pedagogik mahorat boʼlishi mumkin. Qobiliyat faoliyat jarayonida 
paydo boʼladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. 
Malaka va uddaburonlik mashq, oʼqish natijasi xisoblansa, layoqat va zexn yaʼni 
inson nerv tizimida anatom-fiziologik xususiyat boʼlishi xam zarur. Аna shu tabiiy 
zaminda qobiliyat deb ataluvchi ruhiy xususiyat taraqqiy etadi. Pedagogik 
faoliyatning samarali boʼlishi uchun oʼqituvchida qobiliyatning quyidagi turlari 
mavjud boʼlmogʼi lozim. Bilish qobiliyati fanning — tegishli sohalariga oid 
matematik, fizika, biologiya, adabiyot va xokazolarga doir qobiliyatdir. Bunday 
qobiliyatga ega boʼlgan oʼqituvchi fanni oʼquv kursi hajmidagi emas balki ancha va 
chuqurroq biladi, oʼz fani sohasidagi kashfiyotlarni xamisha kuzatib boradi, 
materialni ipidan ignasigacha biladi, unga nixoyatda qiziqadi, oddiy tadqiqot 
ishlarini ham bajaradi. Tushuntira olish qobiliyati — oʼquv materialini 
oʼquvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, oʼquvchilar mustaqil ravishda faol 
fikrlashga qiziqish uygʼotish qobiliyatidir. Oʼqituvchi zarur hollarda oʼquv 
materiallarini oʼzgartira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq 
narsani tushunarli qilib oʼquvchilarga yetkaza olishi darkor. Bunda oʼquvchilar 
ruhiyatini hisobga olish zarur. Qobiliyatli pedagog oʼquvchilarning bilim va kamolat 
darajasini hisobga oladi, ularning nima bilishlari va hali nimani bilmasliklarini, 
nimani unitib qoʼyganlarini tasavvur etadi. Kuzatuvchilik qobiliyati — 
oʼquvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, oʼquvchi 
shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy xolatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan 
xos xususiyatlarini hisobga olish, oʼrganish nihoyatda murakkab. Bunda odamlar oʼrtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligini oʼzida aks ettiruvchi maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik koʼrayotgan yoshlar uning ana shunday xususiyatlarini bilishlari lozim. Pedagogika, psixologiya, uslubiyot va pedagogik mahorat bir-biri bilan oʼzaro bogʼliq, yaqin aloqadagi fanlardir. Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir oʼqituvchi pedagogik mahoratga ega boʼlishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnatini sarf qilib, katta natijaga erishadi, ijodkorlik uning xamisha hamkori boʼladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, isteʼdodli kishidagina pedagogik mahorat boʼlishi mumkin. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo boʼladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq, oʼqish natijasi xisoblansa, layoqat va zexn yaʼni inson nerv tizimida anatom-fiziologik xususiyat boʼlishi xam zarur. Аna shu tabiiy zaminda qobiliyat deb ataluvchi ruhiy xususiyat taraqqiy etadi. Pedagogik faoliyatning samarali boʼlishi uchun oʼqituvchida qobiliyatning quyidagi turlari mavjud boʼlmogʼi lozim. Bilish qobiliyati fanning — tegishli sohalariga oid matematik, fizika, biologiya, adabiyot va xokazolarga doir qobiliyatdir. Bunday qobiliyatga ega boʼlgan oʼqituvchi fanni oʼquv kursi hajmidagi emas balki ancha va chuqurroq biladi, oʼz fani sohasidagi kashfiyotlarni xamisha kuzatib boradi, materialni ipidan ignasigacha biladi, unga nixoyatda qiziqadi, oddiy tadqiqot ishlarini ham bajaradi. Tushuntira olish qobiliyati — oʼquv materialini oʼquvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, oʼquvchilar mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uygʼotish qobiliyatidir. Oʼqituvchi zarur hollarda oʼquv materiallarini oʼzgartira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib oʼquvchilarga yetkaza olishi darkor. Bunda oʼquvchilar ruhiyatini hisobga olish zarur. Qobiliyatli pedagog oʼquvchilarning bilim va kamolat darajasini hisobga oladi, ularning nima bilishlari va hali nimani bilmasliklarini, nimani unitib qoʼyganlarini tasavvur etadi. Kuzatuvchilik qobiliyati — oʼquvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati, oʼquvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy xolatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan  
 
bogʼliq boʼlgan pedagogik kuzatuvchanlikdir. Bunday oʼqituvchi oʼquvchining 
ruhiyatidagi koʼz ilgʼamas oʼzgarishlarni ham tez farqlab oladi. Oʼquvchilar bunday 
oʼqituvchilar haqida: “Qaramayotganga oʼxshaydiyu, hamma narsani koʼrib turadi. 
Oʼquvchining hafa boʼlganini yoki dars tayyorlamayotganligini koʼzidan biladi”- 
deydilar. Nutq qobiliyati — nutq yordamida, shuningdek imo ishora vositasida oʼz 
fikr va tuygʼularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu oʼqituvchilik kasbi 
uchun juda muhimdir.Oʼqituvchining nutqi darsda hamisha oʼquvchilarga qaratilgan 
boʼladi. Oʼqituvchi yangi saboqni tushuntirayotgan, oʼquvchining javobini tahlil 
qilayotgan yoki tanqid qilayotgan boʼlsa ham uning nutqi xamisha oʼzining ichki 
kuchi, ishonchi, oʼzi gapirayotgan narsaga qiziqqanligi bilan ajralib turadi. Fikrining 
ifodasi oʼquvchilar uchun aniq, sodda tushunarli boʼladi. Tashkilotchilik qobiliyati 
— birinchidan, oʼquvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni 
hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan, oʼz ishini toʼgʼri uyushtirishini nazarda 
tutadi. 
 Oʼz ishini tashkil etish deganda ishni toʼgʼri rejalashtira olish va uni nazorat qila 
bilish nazarda tutiladi. Tajribali oʼqituvchilarda vaqtni oʼziga hos, xis etishini vaqtga 
qarab toʼgʼri taqsimlay olish, belgilangan muddatga ulgurish xususiyati hosil 
boʼladi. Obroʼ orttira olish qobiliyati — oʼquvchilarga bevosita emotsional-irodaviy 
taʼsir koʼrsatish va shu asosda obroʼ qozona olishdir. Obroʼ faqat shu asosdagina 
emas, balki oʼqituvchining fani yaxshi boʼlishi, mehribonligi, nazokatligi va 
hokazalar asosida ham qozoniladi. Bu qobiliyat oʼqituvchi shaxsiy sifatlarining 
butun bir yigʼindisiga, chunonchi uning irodaviy sifatlariga dadilligi, chidamliligi va 
xokazolarga, shuningdek oʼquvchilarga taʼlim hamda tarbiya berish masʼuliyatini 
his etishga oʼzining haq ekanligini ishonishga, bu ishonchni oʼquvchilarga yetkaza 
olish qobiliyatlarga ham bogʼliq. Toʼgʼri muomala qila olish qobiliyati — bolalarga 
yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan juda samarali oʼzaro 
munosabatlar oʼrnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligini bildiradi. 
Kelajakni koʼra bilish qobiliyati — oʼz xarakatlarining oqibatini koʼra bilishda, 
oʼquvchining 
kelgusida 
qanday 
odam 
boʼlishi 
tasavvur 
qila 
olishida, 
tarbiyalanuvchida qanday fazilatlarni taraqqiy ettirish lozimligini oldindan aytib 
bogʼliq boʼlgan pedagogik kuzatuvchanlikdir. Bunday oʼqituvchi oʼquvchining ruhiyatidagi koʼz ilgʼamas oʼzgarishlarni ham tez farqlab oladi. Oʼquvchilar bunday oʼqituvchilar haqida: “Qaramayotganga oʼxshaydiyu, hamma narsani koʼrib turadi. Oʼquvchining hafa boʼlganini yoki dars tayyorlamayotganligini koʼzidan biladi”- deydilar. Nutq qobiliyati — nutq yordamida, shuningdek imo ishora vositasida oʼz fikr va tuygʼularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu oʼqituvchilik kasbi uchun juda muhimdir.Oʼqituvchining nutqi darsda hamisha oʼquvchilarga qaratilgan boʼladi. Oʼqituvchi yangi saboqni tushuntirayotgan, oʼquvchining javobini tahlil qilayotgan yoki tanqid qilayotgan boʼlsa ham uning nutqi xamisha oʼzining ichki kuchi, ishonchi, oʼzi gapirayotgan narsaga qiziqqanligi bilan ajralib turadi. Fikrining ifodasi oʼquvchilar uchun aniq, sodda tushunarli boʼladi. Tashkilotchilik qobiliyati — birinchidan, oʼquvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan, oʼz ishini toʼgʼri uyushtirishini nazarda tutadi. Oʼz ishini tashkil etish deganda ishni toʼgʼri rejalashtira olish va uni nazorat qila bilish nazarda tutiladi. Tajribali oʼqituvchilarda vaqtni oʼziga hos, xis etishini vaqtga qarab toʼgʼri taqsimlay olish, belgilangan muddatga ulgurish xususiyati hosil boʼladi. Obroʼ orttira olish qobiliyati — oʼquvchilarga bevosita emotsional-irodaviy taʼsir koʼrsatish va shu asosda obroʼ qozona olishdir. Obroʼ faqat shu asosdagina emas, balki oʼqituvchining fani yaxshi boʼlishi, mehribonligi, nazokatligi va hokazalar asosida ham qozoniladi. Bu qobiliyat oʼqituvchi shaxsiy sifatlarining butun bir yigʼindisiga, chunonchi uning irodaviy sifatlariga dadilligi, chidamliligi va xokazolarga, shuningdek oʼquvchilarga taʼlim hamda tarbiya berish masʼuliyatini his etishga oʼzining haq ekanligini ishonishga, bu ishonchni oʼquvchilarga yetkaza olish qobiliyatlarga ham bogʼliq. Toʼgʼri muomala qila olish qobiliyati — bolalarga yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan juda samarali oʼzaro munosabatlar oʼrnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligini bildiradi. Kelajakni koʼra bilish qobiliyati — oʼz xarakatlarining oqibatini koʼra bilishda, oʼquvchining kelgusida qanday odam boʼlishi tasavvur qila olishida, tarbiyalanuvchida qanday fazilatlarni taraqqiy ettirish lozimligini oldindan aytib  
 
bera olishda ifodalanadi. 
  Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati — oʼqituvchi uchun diqqatning barcha 
xususiyatlari, hajmi, kuchi, koʼruvchanligi iroda qila olishi, safarbarligi kabilarning 
taraqqiy etishi bilan izohlanadi. Pedagogik mehnatni, yaʼni taʼlim-tarbiya ishlarini 
toʼgʼri tashkil qilish faqat iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega boʼlmay, balki 
taʼlim-tarbiyaning sifatini oshirishda, uni takomillashtirishda ham katta ahamiyatga 
molikdir. Faoliyatni toʼgʼri, tejamli tashkil qilish kishining oʼzi uchun ham, u bilan 
birga ishlaydigan kishilar uchun ham qulaylik tugʼdiradi. Oʼqituvchi mehnatining 
oʼziga xosligi uning koʼp qirraliligi va murakkabligidir. Shu bilan birga bu mehnat 
ijodiy xarakterga ega, yaʼni u, faqat yangilik yaratib qolmaydi, balki mazmunan 
oʼzgarib ham boradi. Har bir vaziyat, oʼquvchilar bilan munosabatning har bir ongli 
oʼqituvchilikda maʼlum maʼnoda bir-biriga oʼxshamaydi va takrorlanmaydi. 
Oʼqituvchi ish koʼradigan soha — oʼquvchi ham jismoniy, aqliy, ruhiy jihatdan 
oʼzgarib boradi. Oʼqituvchi mehnatining qiyin murakkabligi, oʼquvchi bilan 
muomala qilishning, unga taʼsir koʼrsatishning nozikligi, undan tarbiya nazariyasini, 
psixologiya fanini chuqur bilishni talab qiladi. Oʼqituvchi mehnatining koʼp 
qirraliligi, uni bajarishga sarflanadigan vaqtda ham koʼrinadi. Taʼlim-tarbiyaning 
murakkablashuvi oʼqituvchi mehnatiga ketadigan vaqt miqdorining koʼpayib borishi 
bilan xarakterlanadi. Bu esa oʼqituvchining ishi va boʼsh vaqti oʼrtasidagi chegara 
tobora yoʼqolib borishga sabab boʼlmoqda. 
Oʼqituvchi mehnatining yana bir xususiyati doimo oʼqituvchilar nazorati va nigohi 
ostida amalga oshishidir. Oʼqituvchi oʼquvchilarga taʼlim-tarbiya berar ekan, uning 
faoliyati 
turlari 
uzluksiz 
almashinib 
turadi. 
Taʼlim-tarbiya 
ishlarining 
murakkablashib borishi oʼqituvchining vazifasini qiyinlashtirmoqda va faoliyat 
sohasini kengaytirmoqda. Oʼqituvchi bilimlarini oʼzlashtirib, keyin ularni yoshlarga 
oʼrgatadigan tadqiqotchi olim darajasiga yaqinlashmoqda, oʼqituvchi bolalar 
jamoasining tadqiqotchisi, nozik psixologik, tarbiyachi sifatida nazariyotchi va 
amaliyotchiga xos xususiyatlarni oʼzlashtirmoqda. Biz oʼqituvchining mehnati oʼz 
xarakteri bilan tadqiqotchi olim mehnatiga yaqinlashmoqda, dedik. Аmmo bu ikkala 
faoliyat oʼrtasidagi umumiylik boʼlsada ularning tafovuti ham mavjud. Bu tafovut 
bera olishda ifodalanadi. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati — oʼqituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari, hajmi, kuchi, koʼruvchanligi iroda qila olishi, safarbarligi kabilarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi. Pedagogik mehnatni, yaʼni taʼlim-tarbiya ishlarini toʼgʼri tashkil qilish faqat iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega boʼlmay, balki taʼlim-tarbiyaning sifatini oshirishda, uni takomillashtirishda ham katta ahamiyatga molikdir. Faoliyatni toʼgʼri, tejamli tashkil qilish kishining oʼzi uchun ham, u bilan birga ishlaydigan kishilar uchun ham qulaylik tugʼdiradi. Oʼqituvchi mehnatining oʼziga xosligi uning koʼp qirraliligi va murakkabligidir. Shu bilan birga bu mehnat ijodiy xarakterga ega, yaʼni u, faqat yangilik yaratib qolmaydi, balki mazmunan oʼzgarib ham boradi. Har bir vaziyat, oʼquvchilar bilan munosabatning har bir ongli oʼqituvchilikda maʼlum maʼnoda bir-biriga oʼxshamaydi va takrorlanmaydi. Oʼqituvchi ish koʼradigan soha — oʼquvchi ham jismoniy, aqliy, ruhiy jihatdan oʼzgarib boradi. Oʼqituvchi mehnatining qiyin murakkabligi, oʼquvchi bilan muomala qilishning, unga taʼsir koʼrsatishning nozikligi, undan tarbiya nazariyasini, psixologiya fanini chuqur bilishni talab qiladi. Oʼqituvchi mehnatining koʼp qirraliligi, uni bajarishga sarflanadigan vaqtda ham koʼrinadi. Taʼlim-tarbiyaning murakkablashuvi oʼqituvchi mehnatiga ketadigan vaqt miqdorining koʼpayib borishi bilan xarakterlanadi. Bu esa oʼqituvchining ishi va boʼsh vaqti oʼrtasidagi chegara tobora yoʼqolib borishga sabab boʼlmoqda. Oʼqituvchi mehnatining yana bir xususiyati doimo oʼqituvchilar nazorati va nigohi ostida amalga oshishidir. Oʼqituvchi oʼquvchilarga taʼlim-tarbiya berar ekan, uning faoliyati turlari uzluksiz almashinib turadi. Taʼlim-tarbiya ishlarining murakkablashib borishi oʼqituvchining vazifasini qiyinlashtirmoqda va faoliyat sohasini kengaytirmoqda. Oʼqituvchi bilimlarini oʼzlashtirib, keyin ularni yoshlarga oʼrgatadigan tadqiqotchi olim darajasiga yaqinlashmoqda, oʼqituvchi bolalar jamoasining tadqiqotchisi, nozik psixologik, tarbiyachi sifatida nazariyotchi va amaliyotchiga xos xususiyatlarni oʼzlashtirmoqda. Biz oʼqituvchining mehnati oʼz xarakteri bilan tadqiqotchi olim mehnatiga yaqinlashmoqda, dedik. Аmmo bu ikkala faoliyat oʼrtasidagi umumiylik boʼlsada ularning tafovuti ham mavjud. Bu tafovut  
 
oʼqituvchi mehnatining oʼziga xos xususiyati bilan belgilanadi. Oʼqituvchining 
maqsadi fan uchun yangilik ochish, pedagogika nazariyasiga tugal ilmiy hissa 
qoʼshish emas, balki oʼzining va boshqalarning ilgʼor tajribasini chuqur tahlil qilib, 
taʼlim tarbiyaning samarali usul va vositalarini topishdir. Oʼqituvchilarning ijodi 
ilmiy pedagogik tadqiqot bilan taʼlim tarbiya tajribasini bir biriga bogʼlaydigan 
zanjir rolini oʼynaydi. Ilgʼor maktablarning ish tajribasidan koʼrinadiki, xaqiqiy 
ilmiy va qimmatli pedagogik asar ana shu bogʼlanish tufayli yuzaga kelishi mumkin 
va shunday asardagi pedagogik xulosalar, tavsiyalar koʼpchilikga maʼqul boʼladi va 
maktablarda taʼlim tarbiyaning takomillashuviga munosib hissa qoʼshadi. 
Oʼqituvchining ijodi hamma vaqt maʼlum tajribaga asoslanadi. Chunki ijodkor kishi 
nimagadir intilishi kerak. Oʼqituvchi ilgʼor metod va usullarni egallash hamda oʼz 
ishida qoʼllash yoʼllarini izlab pedagogik, ruxshunoslik va taʼlim metodikasining 
yutuqlariga murojat qiladi. Chunki ijodiy ishlaydigan oʼqituvchi oʼzgalar tajribasini 
tahlilsiz toʼgʼridan-tugʼri qabul qilmay, oʼz tajribasiga taqqoslab koʼradi. Shundan 
keyingina uning yangi tomonlarini qabul qiladi. Demak, ijodkorlik xissiyot emas, 
balki oʼqituvchining uzoq ishlashi, yuksak pedagogik madaniyatining mahsulidir. 
Oʼqituvchilik sharafli, lekin murakkab kasbdir. Yaxshi oʼqituvchi boʼlish uchun 
pedagogik nazariyani egallashning oʼzigina yetarli emas. Chunki pedagogik 
nazariya bolalarni oʼqitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar, 
umumlashtirilgan usuliy gʼoyalar bayon etiladi. Oʼqituvchilarning yosh individual 
xususiyatlarini eʼtiborga olish taʼkidlanadi. Maktab hayoti, amaliy pedagogik 
jarayon esa juda xilma-xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar 
uchrab turadi. Bu oʼqituvchini keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlik, 
yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi. 
O`qituvchining ko`p qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni barkamol 
shaxs sifatida tarbiyalash, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim 
vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa o`qituvchining xilma-xil faoliyatiga 
bog’liq: bolalarni o`qitish, darsdan va ta`lim muassasalaridan tashqari tarbiyaviy 
ishlarni tashkil eta bilish va o`tkazish, ota-onalar va jamoatchilik o`rtasida 
pedagogik targ’ibot ishlarini olib borish va hokazo. Bularning hammasi 
oʼqituvchi mehnatining oʼziga xos xususiyati bilan belgilanadi. Oʼqituvchining maqsadi fan uchun yangilik ochish, pedagogika nazariyasiga tugal ilmiy hissa qoʼshish emas, balki oʼzining va boshqalarning ilgʼor tajribasini chuqur tahlil qilib, taʼlim tarbiyaning samarali usul va vositalarini topishdir. Oʼqituvchilarning ijodi ilmiy pedagogik tadqiqot bilan taʼlim tarbiya tajribasini bir biriga bogʼlaydigan zanjir rolini oʼynaydi. Ilgʼor maktablarning ish tajribasidan koʼrinadiki, xaqiqiy ilmiy va qimmatli pedagogik asar ana shu bogʼlanish tufayli yuzaga kelishi mumkin va shunday asardagi pedagogik xulosalar, tavsiyalar koʼpchilikga maʼqul boʼladi va maktablarda taʼlim tarbiyaning takomillashuviga munosib hissa qoʼshadi. Oʼqituvchining ijodi hamma vaqt maʼlum tajribaga asoslanadi. Chunki ijodkor kishi nimagadir intilishi kerak. Oʼqituvchi ilgʼor metod va usullarni egallash hamda oʼz ishida qoʼllash yoʼllarini izlab pedagogik, ruxshunoslik va taʼlim metodikasining yutuqlariga murojat qiladi. Chunki ijodiy ishlaydigan oʼqituvchi oʼzgalar tajribasini tahlilsiz toʼgʼridan-tugʼri qabul qilmay, oʼz tajribasiga taqqoslab koʼradi. Shundan keyingina uning yangi tomonlarini qabul qiladi. Demak, ijodkorlik xissiyot emas, balki oʼqituvchining uzoq ishlashi, yuksak pedagogik madaniyatining mahsulidir. Oʼqituvchilik sharafli, lekin murakkab kasbdir. Yaxshi oʼqituvchi boʼlish uchun pedagogik nazariyani egallashning oʼzigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariya bolalarni oʼqitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan usuliy gʼoyalar bayon etiladi. Oʼqituvchilarning yosh individual xususiyatlarini eʼtiborga olish taʼkidlanadi. Maktab hayoti, amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma-xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu oʼqituvchini keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi. O`qituvchining ko`p qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ularni ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa o`qituvchining xilma-xil faoliyatiga bog’liq: bolalarni o`qitish, darsdan va ta`lim muassasalaridan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil eta bilish va o`tkazish, ota-onalar va jamoatchilik o`rtasida pedagogik targ’ibot ishlarini olib borish va hokazo. Bularning hammasi  
 
o`qituvchidan chuqur bilimga ega bo`lishni, o`z sohasini, o`quvchilarni sevishni 
talab qiladi. 
Ta`lim muassasalarida ta`lim va tarbiya ishlarini tashkil etuvchi va amalga 
oshiruvchi shaxs, bu - o`qituvchi. YAxshi o`qituvchi bo`lish uchun pedagogik 
nazariyani egallashning o`zi etarli emas. CHunki pedagogik nazariya bolalarni 
o`qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun-qoidalar umumlashtirilgan uslubiy 
g’oyalarni ilgari suradi. Biroq ta`lim berish jarayonida pedagogik nazariyaga mos 
kelmaydigan vaziyatlar ham uchrab turadiki, ularning oqilona echimini topish uchun 
o`qituvchidan bilimdonlik, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pedagogik mahorat va 
ijodkorlik talab qilinadi. 
 O`qituvchi oldida turgan asosiy vazifalar 
O`zbekiston davlatining umumiy ta`lim muassasalarida ishlaydigan o`qituvchi: 
- 
pedagogik qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon; 
- 
milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni, 
dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, diniy ilmlardan 
ham xabardor, ma`naviy barkamol shaxs; 
- 
O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy 
etishiga ishonadigan, vatanparvarlik burchini to`g’ri anglagan, e`tiqodli fuqaro; 
- 
ixtisosga doir bilimlarni, psixologik, pedagogik 
bilim va mahoratni, shuningdek, nazariy ilmlarni mukammal egallagan mutaxassis; 
- 
o`qituvchilik kasbiga mehr qo`ygan, bolalarni yaxshi 
ko`radigan, har bir o`quvchisi ulg’ayib, yaxshi odam bo`lishiga 
chin ko`ngildan ishonadigan, uning shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol 
topishiga ko`maklashadigan murabbiy; 
- 
erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli kasb egasi 
bo`lmog’i darkor. 
 O`qituvchi yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida 
javob beradigan, o`quvchilarga ta`lim-tarbiya berishga maxsus tayyorgarlik 
ko`rgan, kasbiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug’ullanayotgan insondir. Bu 
erda «kasbiga muvofiq» jumlasiga e`tibor berish lozim, chunki nokasbiy pedagogik 
o`qituvchidan chuqur bilimga ega bo`lishni, o`z sohasini, o`quvchilarni sevishni talab qiladi. Ta`lim muassasalarida ta`lim va tarbiya ishlarini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi shaxs, bu - o`qituvchi. YAxshi o`qituvchi bo`lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o`zi etarli emas. CHunki pedagogik nazariya bolalarni o`qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun-qoidalar umumlashtirilgan uslubiy g’oyalarni ilgari suradi. Biroq ta`lim berish jarayonida pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar ham uchrab turadiki, ularning oqilona echimini topish uchun o`qituvchidan bilimdonlik, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlik talab qilinadi. O`qituvchi oldida turgan asosiy vazifalar O`zbekiston davlatining umumiy ta`lim muassasalarida ishlaydigan o`qituvchi: - pedagogik qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon; - milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, diniy ilmlardan ham xabardor, ma`naviy barkamol shaxs; - O`zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etishiga ishonadigan, vatanparvarlik burchini to`g’ri anglagan, e`tiqodli fuqaro; - ixtisosga doir bilimlarni, psixologik, pedagogik bilim va mahoratni, shuningdek, nazariy ilmlarni mukammal egallagan mutaxassis; - o`qituvchilik kasbiga mehr qo`ygan, bolalarni yaxshi ko`radigan, har bir o`quvchisi ulg’ayib, yaxshi odam bo`lishiga chin ko`ngildan ishonadigan, uning shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga ko`maklashadigan murabbiy; - erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli kasb egasi bo`lmog’i darkor. O`qituvchi yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob beradigan, o`quvchilarga ta`lim-tarbiya berishga maxsus tayyorgarlik ko`rgan, kasbiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug’ullanayotgan insondir. Bu erda «kasbiga muvofiq» jumlasiga e`tibor berish lozim, chunki nokasbiy pedagogik  
 
faoliyat bilan deyarli barcha odamlar shug’ullanadi, ammo faqat o`qituvchigina 
qachon, qaerda, qanday tarbiya berish kerakligini biladi va bu tarbiyaning samarali 
usullaridan foydalanish hamda pedagogik qoidalarga mos holda olib borishni 
uddalay oladi, o`z kasbiy burchini bajarish uchun belgilangan tartibda mas`uliyatni 
sezgan holda mehnat qiladi. 
O`qituvchilik ishi - inson faoliyatining eng murakkab turlaridan biridir. 
O`quvchilarni tarbiyalashda ularning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, 
o`rganish 
nihoyatda 
murakkab. 
Bunda 
odamlar 
o`rtasidagi 
ijtimoiy 
munosabatlarning murakkabligini o`zida aks ettiruvchi maxsus usullardan 
foydalaniladi. Ammo odamlarning aksariyat qismi o`qituvchilik kasbidan chuqur 
xabardor emas va pedagogik faoliyatning tashqi belgilari bo`yichagina fikr yuritadi. 
Agar savolni: «O`qituvchining boshqa kasbdagilardan nima farqi bor?», - deb 
bersak, ko`p narsa oydinlashadi. O`qituvchilik faqatgina fanni bilgan kishining 
vazifasi emas, u pedagogik faoliyatni ham eplay olishi kerak. 
Albatta, matematikani o`rgatish faqat matematikani biladigan odamning qo`lidan 
keladi. Lekin tarbiyalashni bilmagan bilimli matematiklar hech narsaga 
yaramaydigan o`qituvchi bo`lib chiqadilar. «O`qituvchi o`zi nima ish qiladi? Uning 
pedagogik vazifalarini qanday so`zlar bilan ifodalash mumkin?», degan savolga 
javob topishga harakat qilamiz. 
Pedagogik professiogramma 
Pedagogik 
faoliyatga 
tayyorgarlik 
ko`rayotgan 
yoshlar 
pedagogik 
professiogrammada 
keltirilgan 
ixtisoslik 
xususiyatlarini 
bilishlari 
lozim. 
Professiogramma quyidagi xususiyatlarni o`z ichiga oladi: 
1) o`qituvchi shaxsi xususiyatlari; 
2) o`qituvchining ruhiy-pedagogik tayyorgarligiga qo`yiladigan talablar; 
3) maxsus tayyorgarlikning hajmi va mazmuni; 
4) ixtisosga oid uslubiy tayyorgarlikning mazmuni. 
Bo`lajak o`qituvchilarning kasbga xos xususiyatlarini shakllantirish uchun ularning 
pedagogik-psixologik qiyofasi, ya`ni milliy professiogrammasini yaratish zarur. 
«Ta`lim 
to`g’risida»gi 
Qonun, 
“Kadrlar 
tayyorlash 
milliy 
dasturi”da 
faoliyat bilan deyarli barcha odamlar shug’ullanadi, ammo faqat o`qituvchigina qachon, qaerda, qanday tarbiya berish kerakligini biladi va bu tarbiyaning samarali usullaridan foydalanish hamda pedagogik qoidalarga mos holda olib borishni uddalay oladi, o`z kasbiy burchini bajarish uchun belgilangan tartibda mas`uliyatni sezgan holda mehnat qiladi. O`qituvchilik ishi - inson faoliyatining eng murakkab turlaridan biridir. O`quvchilarni tarbiyalashda ularning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, o`rganish nihoyatda murakkab. Bunda odamlar o`rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligini o`zida aks ettiruvchi maxsus usullardan foydalaniladi. Ammo odamlarning aksariyat qismi o`qituvchilik kasbidan chuqur xabardor emas va pedagogik faoliyatning tashqi belgilari bo`yichagina fikr yuritadi. Agar savolni: «O`qituvchining boshqa kasbdagilardan nima farqi bor?», - deb bersak, ko`p narsa oydinlashadi. O`qituvchilik faqatgina fanni bilgan kishining vazifasi emas, u pedagogik faoliyatni ham eplay olishi kerak. Albatta, matematikani o`rgatish faqat matematikani biladigan odamning qo`lidan keladi. Lekin tarbiyalashni bilmagan bilimli matematiklar hech narsaga yaramaydigan o`qituvchi bo`lib chiqadilar. «O`qituvchi o`zi nima ish qiladi? Uning pedagogik vazifalarini qanday so`zlar bilan ifodalash mumkin?», degan savolga javob topishga harakat qilamiz. Pedagogik professiogramma Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko`rayotgan yoshlar pedagogik professiogrammada keltirilgan ixtisoslik xususiyatlarini bilishlari lozim. Professiogramma quyidagi xususiyatlarni o`z ichiga oladi: 1) o`qituvchi shaxsi xususiyatlari; 2) o`qituvchining ruhiy-pedagogik tayyorgarligiga qo`yiladigan talablar; 3) maxsus tayyorgarlikning hajmi va mazmuni; 4) ixtisosga oid uslubiy tayyorgarlikning mazmuni. Bo`lajak o`qituvchilarning kasbga xos xususiyatlarini shakllantirish uchun ularning pedagogik-psixologik qiyofasi, ya`ni milliy professiogrammasini yaratish zarur. «Ta`lim to`g’risida»gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da  
 
o`qituvchilarga, ayniqsa boshlang’ich sinf o`qituvchilariga alohida e`tibor 
qaratilgan. SHuning uchun ham boshlang’ich sinf o`qituvchisining pedagogik-
psixologik qiyofasini yaratish bugungi kundagi dolzarb masaladir. Jumladan, 
boshlang’ich sinf o`qituvchisi O`zbekiston kelajagi buyuk davlat ekaniga ishonishi, 
milliy iftixor tuyg’usiga ega bo`lishi; bolalarni xalq pedagogikasi durdonalari hamda 
milliy qadriyatlarimiz asosida tarbiya qila olishi; nutqi ravon, tili boy bo`lishi zarur. 
Boshlang’ich ta`lim o`qituvchilari uchun zarur bilimlar: 
1. 
Pedagogika va psixologiya fanining metodologik 
asoslarini egallash. 
2. 
Tarbiya mohiyatini, uning maqsad va vazifalarini 
hamda metodlarini bilish. 
3. 
O`quvchining rivojlanishini, pedagogik, psixologik- 
fiziologik xususiyatlarini bilish. 
4. 
Boshlang’ich sinf o`quvchilari bilan tarbiyaviy ishlar 
olib borish metodikasini bilish. 
5. 
Boshlang’ich sinf o`quvchilariga dars o`tishning pedagogik-psixologik 
yo`llarini bilish. 
6. 
Fan va madaniyat sohasida umumiy bilimlarni egallash. 
 
Boshlang’ich ta`lim o`qituvchisi uchun zarur malakalar 
 
Amaliy-konstruktiv malakalar: 
1. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtira bilish. 
2. O`quvchi shaxsini jamoa sharoitida tarbiyalashning indi-vidual rejasini amalga 
oshira bilish. 
3. Har xil o`yinlar orqali o`quvchilar tarbiyasini muvaf-faqiyatli amalga oshirish. 
Tashkilotchilik malakalari: 
1. O`quvchilar jamoasidagi faol bolalarni aniqlay bilish, sinf faollarini tashkil qilish 
va ularni boshqara 
olish. 
o`qituvchilarga, ayniqsa boshlang’ich sinf o`qituvchilariga alohida e`tibor qaratilgan. SHuning uchun ham boshlang’ich sinf o`qituvchisining pedagogik- psixologik qiyofasini yaratish bugungi kundagi dolzarb masaladir. Jumladan, boshlang’ich sinf o`qituvchisi O`zbekiston kelajagi buyuk davlat ekaniga ishonishi, milliy iftixor tuyg’usiga ega bo`lishi; bolalarni xalq pedagogikasi durdonalari hamda milliy qadriyatlarimiz asosida tarbiya qila olishi; nutqi ravon, tili boy bo`lishi zarur. Boshlang’ich ta`lim o`qituvchilari uchun zarur bilimlar: 1. Pedagogika va psixologiya fanining metodologik asoslarini egallash. 2. Tarbiya mohiyatini, uning maqsad va vazifalarini hamda metodlarini bilish. 3. O`quvchining rivojlanishini, pedagogik, psixologik- fiziologik xususiyatlarini bilish. 4. Boshlang’ich sinf o`quvchilari bilan tarbiyaviy ishlar olib borish metodikasini bilish. 5. Boshlang’ich sinf o`quvchilariga dars o`tishning pedagogik-psixologik yo`llarini bilish. 6. Fan va madaniyat sohasida umumiy bilimlarni egallash. Boshlang’ich ta`lim o`qituvchisi uchun zarur malakalar Amaliy-konstruktiv malakalar: 1. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtira bilish. 2. O`quvchi shaxsini jamoa sharoitida tarbiyalashning indi-vidual rejasini amalga oshira bilish. 3. Har xil o`yinlar orqali o`quvchilar tarbiyasini muvaf-faqiyatli amalga oshirish. Tashkilotchilik malakalari: 1. O`quvchilar jamoasidagi faol bolalarni aniqlay bilish, sinf faollarini tashkil qilish va ularni boshqara olish.  
 
2. O`quvchilarning jamoatchilik faoliyatini uyushtira bilish, ularning ijtimoiy 
faolligini rivojlantirish. 
3. O`quvchilarga berilgan jamoa topshiriqlarining baja-rilishi ustidan nazorat 
o`rnatish va ularga zarur 
vaqtda amaliy yordam bera bilish. 
4. Maktabda sinf rahbarligi ishlarini faol amalga oshira bilish. 
5. Jamoatchilik va ota-onalar o`rtasidagi ishlarni tashkil eta bilish. 
Kommunikativ malakalar: 
1. 
O`quvchilar, ota-onalar, o`qituvchilar, jamoatchilik 
vakillari bilan pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq keladigan munosabat va 
aloqalar o`rnata bilish. 
2. 
O`quvchilar jamoasining qiziqishlarini, ichki munosabatlarini idora qila 
bilish. 
3. 
O`quvchilar fikrini tushunish va o`z fikrini tushuntira bilish. 
4. 
O`quvchilar bilan yaqindan munosabatda bo`lish va 
ularda o`ziga nisbatan mehr, ishonch, hurmat uyg’ota bilish. 
Amaliy malakalar: 
1. 
Rasm solish. 
2. 
Ashula aytish. 
3. 
Sport bilan shug’ullanish. 
4. 
Sayohat qildirish. 
5. 
O`yinlar tashkil qilish. 
6. 
Pazandalik. 
7. 
Tikuvchilik. 
Kasbiy sifatlar: 
1. Bilimdonlik. 
 
2. 
Kasbga e`tiqodlilik. 
3. 
Fuqarolik burchini anglash (mas`uliyatni anglash). 
4. 
Adolatlilik. 
5. 
Talabchanlik. 
2. O`quvchilarning jamoatchilik faoliyatini uyushtira bilish, ularning ijtimoiy faolligini rivojlantirish. 3. O`quvchilarga berilgan jamoa topshiriqlarining baja-rilishi ustidan nazorat o`rnatish va ularga zarur vaqtda amaliy yordam bera bilish. 4. Maktabda sinf rahbarligi ishlarini faol amalga oshira bilish. 5. Jamoatchilik va ota-onalar o`rtasidagi ishlarni tashkil eta bilish. Kommunikativ malakalar: 1. O`quvchilar, ota-onalar, o`qituvchilar, jamoatchilik vakillari bilan pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq keladigan munosabat va aloqalar o`rnata bilish. 2. O`quvchilar jamoasining qiziqishlarini, ichki munosabatlarini idora qila bilish. 3. O`quvchilar fikrini tushunish va o`z fikrini tushuntira bilish. 4. O`quvchilar bilan yaqindan munosabatda bo`lish va ularda o`ziga nisbatan mehr, ishonch, hurmat uyg’ota bilish. Amaliy malakalar: 1. Rasm solish. 2. Ashula aytish. 3. Sport bilan shug’ullanish. 4. Sayohat qildirish. 5. O`yinlar tashkil qilish. 6. Pazandalik. 7. Tikuvchilik. Kasbiy sifatlar: 1. Bilimdonlik. 2. Kasbga e`tiqodlilik. 3. Fuqarolik burchini anglash (mas`uliyatni anglash). 4. Adolatlilik. 5. Talabchanlik.  
 
6. 
O`zini tuta bilish. 
7. 
Pedagogik nazokat. 
8. 
Vazminlik, sabr-toqatlilik. 
9. 
Kuzatuvchanlik va ziyraklik. 
10. 
 Nutq madaniyati.. 
11. 
Aniq, ifodali o`qish. 
12. Ijodiy xayol - kelajakni ko`ra olish yoki pedagogik tasavvur. 
13. Ta`sir eta olish. Kasbiy layoqatlilik. 
Shaxsiy sifatlar: 
1. 
Bolalarni sevish. 
2. 
Mehnatsevarlik. 
3. 
Ijtimoiy g’ayrat. 
4. 
Kuzatuvchanlik. 
5. 
Mehribonlik. 
6. 
Kamtarlik. 
7. 
Quvnoqlik. 
8. 
Qat`iylik. 
9. 
Dadillik. 
10. 
 Intiluvchanlik. 
11. 
 Diqqat-e`tiborlilik. 
Ijodiy sifatlar: 
1. 
Ta`lim-tarbiyaga oid ishlarni amalga oshirish ja- 
rayonida pedagogik mahoratni mukammallashtirishga doimiy 
intilish. 
2. 
Tarbiyaviy ta`sir natijasini oldindan ko`ra bilishga intilish. 
3. 
Bo`lib o`tgan voqea-hodisalarga, tarbiyalanuvchilarga 
nisbatan yangicha qarash qobiliyati. 
4. O`zini tarbiyalanuvchi holatiga qo`ya bilish, atrof-muhitga nisbatan uning 
qarashini ko`ra bilishga intilish. 
Qobiliyatlar: 
6. O`zini tuta bilish. 7. Pedagogik nazokat. 8. Vazminlik, sabr-toqatlilik. 9. Kuzatuvchanlik va ziyraklik. 10. Nutq madaniyati.. 11. Aniq, ifodali o`qish. 12. Ijodiy xayol - kelajakni ko`ra olish yoki pedagogik tasavvur. 13. Ta`sir eta olish. Kasbiy layoqatlilik. Shaxsiy sifatlar: 1. Bolalarni sevish. 2. Mehnatsevarlik. 3. Ijtimoiy g’ayrat. 4. Kuzatuvchanlik. 5. Mehribonlik. 6. Kamtarlik. 7. Quvnoqlik. 8. Qat`iylik. 9. Dadillik. 10. Intiluvchanlik. 11. Diqqat-e`tiborlilik. Ijodiy sifatlar: 1. Ta`lim-tarbiyaga oid ishlarni amalga oshirish ja- rayonida pedagogik mahoratni mukammallashtirishga doimiy intilish. 2. Tarbiyaviy ta`sir natijasini oldindan ko`ra bilishga intilish. 3. Bo`lib o`tgan voqea-hodisalarga, tarbiyalanuvchilarga nisbatan yangicha qarash qobiliyati. 4. O`zini tarbiyalanuvchi holatiga qo`ya bilish, atrof-muhitga nisbatan uning qarashini ko`ra bilishga intilish. Qobiliyatlar:  
 
1. 
Didaktik qobiliyat. 
2. 
Akademik qobiliyat. 
3. 
Pertseptiv qobiliyat. 
4. 
Nutq qobiliyati. 
5. 
Tashkilotchilik qobiliyati. 
6. 
Avtoritar qobiliyat. 
7. 
Kommunikativ qobiliyat. 
8. 
Pedagogik xayol. 
9. 
Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati. 
10. 
 Umuminsoniy va milliy qadriyatlarni bilish va targ’ib qila olish qobiliyati. 
 Ushbu pedagogik-psixologik qiyofa pedagoglarni tanlashda, ularning bilim 
qobiliyatlarini tashhis qilishda qo`llanishi mumkin. 
  
 
Nazorat uchun savollar 
 
1. 
Oʼqituvchi kasbi va uning kelib chiqish tarixi qanday? 
2. 
Oʼqituvchilik kasbining qanday oʼziga xos jihatlarini bilasiz? 
3. 
Oʼqituvchi kasbidagi insonparvarlik nimalarda namoyon boʼladi? 
4. 
Oʼqituvchi kasbidagi insonparvarligi nimalarda namoyon boʼladi? 
5. 
Professional oʼz-oʼzini rivojlantirish deganda nimani tushunasiz? 
6. 
Professionallik nima? 
7. 
Oʼqitkuvchining ijodkorligi nimalarda aks etadi? 
8. O‘qituvchining amaliy malakalariga nimalar kiradi? 
9. O‘qituvchining kasbiy sifatlariga nimalar kiradi? 
10. O‘qituvchining ijodiy sifatlariga nimalar kiradi? 
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: «O‘zbekiston», 2017.  
2. O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni// Qonun hujjatlari 
1. Didaktik qobiliyat. 2. Akademik qobiliyat. 3. Pertseptiv qobiliyat. 4. Nutq qobiliyati. 5. Tashkilotchilik qobiliyati. 6. Avtoritar qobiliyat. 7. Kommunikativ qobiliyat. 8. Pedagogik xayol. 9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati. 10. Umuminsoniy va milliy qadriyatlarni bilish va targ’ib qila olish qobiliyati. Ushbu pedagogik-psixologik qiyofa pedagoglarni tanlashda, ularning bilim qobiliyatlarini tashhis qilishda qo`llanishi mumkin. Nazorat uchun savollar 1. Oʼqituvchi kasbi va uning kelib chiqish tarixi qanday? 2. Oʼqituvchilik kasbining qanday oʼziga xos jihatlarini bilasiz? 3. Oʼqituvchi kasbidagi insonparvarlik nimalarda namoyon boʼladi? 4. Oʼqituvchi kasbidagi insonparvarligi nimalarda namoyon boʼladi? 5. Professional oʼz-oʼzini rivojlantirish deganda nimani tushunasiz? 6. Professionallik nima? 7. Oʼqitkuvchining ijodkorligi nimalarda aks etadi? 8. O‘qituvchining amaliy malakalariga nimalar kiradi? 9. O‘qituvchining kasbiy sifatlariga nimalar kiradi? 10. O‘qituvchining ijodiy sifatlariga nimalar kiradi? Foydalanilgan adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: «O‘zbekiston», 2017. 2. O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni// Qonun hujjatlari  
 
ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 03/20/637/1313-son. 
3. “O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil, 7-fevraldagi PF- 4947-son 
Farmoni// O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017- y., 6-son, 
70-modda, 20-son, 354-modda, 23-son, 448-modda, 37-son, 982- modda. 
4.  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022- 2026-
yillarga 
mo‘ljallangan 
Yangi 
O‘zbekistonning 
taraqqiyot 
strategiyasi 
to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni.  
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022- 2026-
yillarda Xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha Milliy dasturni tasdiqlash 
to‘g‘risida”gi PF-134-son Farmoni. 
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik 
ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari 
faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-289-sonli 
Qarori.  
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-iyundagi “Nizomiy 
nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish 
bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar tog’risidagi PQ-290-sonli Qarori. 
8. Pedagogika. // M.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida. Darslik. – T.: 
Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010. 
9. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik – T.: Sano-
standart, 2017. 
 10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-
yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi 
PF-60-sonli Farmoni.  
  
 
ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 03/20/637/1313-son. 3. “O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil, 7-fevraldagi PF- 4947-son Farmoni// O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017- y., 6-son, 70-modda, 20-son, 354-modda, 23-son, 448-modda, 37-son, 982- modda. 4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022- 2026- yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022- 2026- yillarda Xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha Milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son Farmoni. 6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-289-sonli Qarori. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-iyundagi “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar tog’risidagi PQ-290-sonli Qarori. 8. Pedagogika. // M.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida. Darslik. – T.: Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010. 9. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik – T.: Sano- standart, 2017. 10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026- yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni.