PEDAGOGNING UZLUKSIZ MUSTAQIL MALAKA OSHIRISH SAMARADORLIGI MONITORINGINI ANIQLASH DASTURI
Yuklangan vaqt
2024-07-22
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
25,8 KB
1
PEDAGOGNING UZLUKSIZ MUSTAQIL MALAKA OSHIRISH
SAMARADORLIGI MONITORINGINI ANIQLASH DASTURI
Reja:
1. Monitoringni tashkil etish tamoyillari.
2. Ta’lim tashkiloti faoliyatini innovatsion boshqarishda monitoring pirovard
natijasi samaralari.
3. Pedagoglarni yillik malaka oshirish soat miqdorlarini belgilash.
Pedagogning uzluksiz mustaqil malaka oshirish samaradorligi monitoringini
olib borishdan maqsad uning shaxsiy dastur asosida tinmay o‘z ustida ishlashi,
yangicha innovatsion yondashuvi, novatorlik (ustozlar) ustaxonasi ish usullarini
egallashi, reyting tizimi, ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsion
texnologiyalarni o‘zlashtirish darajalari monitoring jarayonida qiyosiy o‘rganilishi
hamda amalga oshirgan ishlari samaradorligini aniqlashdir.
Ular quyidagilardan iborat:
• pedagog kadrlarning kasbiy mahorati va malakasining takomillashganlik darajasi;
• xorijiy davlatlarning ta’lim tizimida samara berayotgan ilg‘or tajribalarni tizimli
ravishda o‘rganib, amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari;
•
o‘qituvchining
ma’naviy,
madaniy,
g‘oyaviy
sohalardagi
faoliyat
samaradorligining oshganlik darajasi;
• o‘z ustida mustaqil ishlashi davomida, tajriba almashish jarayonida o‘zlashtirgan
ilg‘or tajriba va yangiliklarni amalda qo‘llayotganlik darajasi;
2
• ta’lim tashkiloti, tuman (shahar) miqyosida o‘z faoliyati bo‘yicha boshqa ta’lim
tashkiloti o‘qituvchilariga nisbatan reytingining oshgan yoki oshmaganlik darajasi;
• shaxsiy reja-dasturi asosida o‘z ustida ishlashi, ya’ni uzluksiz malaka oshirish
o‘qituvchining kundalik ehtiyojiga aylanganlik darajasi;
• pedagogning “Tarbiyasi og‘ir, noqobil bolalar bilan ishlashi”da pedagogik-
psixologik yondoshuvning natijalari;
• tashqi va ichki sabablarga ko‘ra past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan differensial
yondashishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llanilish darajasi;
• seminar, konferensiya, tanlovlar va tadbirlarda faol ishtiroki;
• ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarning
nazariy va amaliy asoslarini o‘zlashtirish hamda ularni o‘quv jarayonida qo‘llash
ahvoli;
• o‘qitishning zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan, internetdan
erkin, samarali foydalana olganlik darajasi;
• o‘z tajribasini boshqa pedagoglarga o‘rgatish darajasi;
• ilg‘or pedagogik tajribalarni mustaqil o‘rganish va amalda qo‘llash natijalari;
• kursdan keyingi davrda shu o‘qituvchi dars berayotgan sinfdagi o‘quvchilar bilim,
ko‘nikma, malakalari samaradorlik natijalarining ilgarigiga nisbatan oshganlik
darajasi;
• pedagogning tanlovlar, musobaqalardagi ishtiroki natijalari;
• o‘quvchilarining ko‘rik tanlovlar, fan olimpiadalari va sport musobaqalarida
erishgan natijalari;
• o‘qituvchi faoliyati o‘rganilib, uning metodbirlashma yig‘ilishlarida muhokama
etilganligi;
• ta’lim tashkilotilarning metodik xizmatni takomillashtirish yo‘nalishida tegishli
metodik xizmat ko‘rsatish sub’ektlari bilan hamkorlik ishlari;
• ta’lim tashkiloti rahbariyati va metodbirlashma raislari tomonidan pedagog
kadrlarning dars tahlillariga kirib, amaliy va metodik yordam berilishi. Ushbu ishlar
birinchi navbatda ta’lim tashkilotida diagnostika (monitoring) natijasida amalga
oshiriladi va ular umumlashtirilib, pedagogika kengashida muhokama etiladi.
3
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markaz
kafedra professor-o‘qituvchilari, Metodika markazi, tuman metodika shu’basi
metodistlari tomonidan ham mazkur ishlarning analitik tahlili olib boriladi.
Monitoringni tashkil etish tamoyillari
Monitoring o‘tkazishning o‘ziga xos quyidagi talab va mezonlari mavjud:
• axborotning aniqligi, ravshanligi – jarayon aniq axborotga suyanmog‘i
kerak. Axborot, raqamlar qisqa, lo‘nda, ya’ni qayta ishlash, uzatishga qulay bo‘lishi
kerak;
• ma’lumotlar o‘zaro qiyoslangan bo‘lishi, olingan ma’lumot faqat ahvolni
emas, undagi bo‘layotgan o‘zgarishlarni ko‘rsata bilishi kerak. Natijaga ko‘ra uni
qiyoslash, taqqoslash mumkin bo‘lsin;
• ichki, tashqi o‘zgarishlar asosida tizimdagi o‘zgarishlarni aniq, ravon
ko‘rsata bilish kerak;
• olingan ma’lumot tizim kelajagini oldindan bashoqila olishi hamda
maqsadni amalga oshirish yo‘llarini tasavvur qilishga ërdam berishi yangicha
yondashuv va qarashlar samaradorligini ta’minlanishi shart;
• ta’lim jarayonining ichki boshqaruvida samarali uslublarni qo‘llash mumkin
bo‘lsin;
• yaratilgan dasturlarni tajriba-sinovdan o‘tkazish, uning shakli, mazmuni,
hajmi va muddatlarini takomillashtirish imkoniyatlarini yaratish mumkin bo‘lsin.
5.3. Ta’lim tashkiloti faoliyatini innovatsion boshqarishda monitoring
pirovard natijasi samaralari
• Innovatsion yondashuv, mas’uliyat bilan e’tiborli qarashlar yaxshi natijalar bera
boshlaydi.
• Ta’limning ichki boshqaruvida samarali ilmiy, amaliy uslublar qo‘llanishiga olib
keladi.
4
• O‘zini oqlamagan, samarasiz uslublardan, o‘qituvchi, o‘quvchilar faoliyatini
o‘rganishda ilmiy asosga ega bo‘lmagan, uslubiy, diagnostik, tasodifiy sinovlar,
nazariy asosga ega bo‘lmagan ishlarni qo‘llashdan voz kechadi.
• O‘qituvchi, psixolog, direktor o‘rinbosari faoliyatini to‘g‘ri yo‘naltirishni
ta’minlaydi.
• O‘quvchi faoliyatini nazorat etuvchi, ota-onalar, jamoatchilik fikrini o‘rganuvchi
me’yoriy hujjatlar bazasini yaratadi va tartibga tushiradi. Har bir ta’lim
tashkilotining ichki nazoratini amalga oshirish loyihasi – dasturi, tartibini ishlash
imkonini yaratadi.
• Ishlangan dasturlarni tajriba-sinovdan o‘tkazish, uning shakli, mazmuni, miqyosi,
muddatlarini borgan sari takomillashtirib borishda yangi samara beradi. Malaka
oshirishning yangi tizimiga o‘tishda quyidagilar nazarda tutiladi:
• kasbiy faoliyat diagnostikasi;
• quyidan rejalashtirish;
• manziliy malaka oshirish;
• buyurtmali malaka oshirish;
• tabaqalashtirilgan malaka oshirish;
• ayrim mavzular bo‘yicha modeli malaka oshirish;
• malaka oshirishni ijodiy (muammoli) loyihalar asosida tashkil etish;
• maqsadli malaka oshirish;
• mualliflik malaka oshirish;
• muammoli malaka oshirish;
• malaka oshirishdan keyingi faoliyat;
• modelli tizim asosida malaka oshirish;
• malaka oshirish davriyligi.
Malaka oshirish ta’limida eng samarali ta’lim o‘z ehtiyoji, zarurati, xohishi
orqali o‘qish, yozish, tezis tuzish, mushohada yuritish hisoblanadi. Hozirgi kunda
5
malaka oshirish kurslarida interfaol ta’limni tashkil etish metodikalarini keng joriy
etish zaruriyati tug‘ilmoqda.
Ayniqsa, o‘quv jarayonida tinglovchilarning faolligini ta’min etuvchi
quyidagi usullardan keng foydalanilmoqda: • muammoli ta’lim; • modelli ta’lim; •
evristik (o‘quvchilarda topqirlik, faollikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi,
izlanuvchanlikka asoslangan) ta’lim; 322 • loyiha asosidagi ta’lim; • kreativ
(tadqiqot xarakteridagi, o‘quvchilarda maqsadga yo‘naltirilgan ijodiy tafakkurni
jadal rivojlantiruvchi) ta’lim; • axborot-kommunikatsiya asosida ta’lim; •
dasturlangan ta’lim; • media ta’lim; • internet – forumli ta’lim; • masofaviy ta’lim
va
h.k..
Amaldagi
masofaviy
ta’lim
(MT)
xalqaro
talablarga hamda
tinglovchilarning MT orqali olgan haqiqiy bilimlari talabga javob bermaydi. Ushbu
ishlarni ixtiyoriy majburiy amalga oshirib, xalqaro tajribalarga asoslangan holda
masofaviy ta’limning barcha talablariga to‘liq javob beradigan holda tashkil etish
maqsadlidir.
Xalqaro tajribalardan ma’lumki, masofaviy ta’lim guruh (25 nafar tinglovchi
bo‘lgan) shaklida tashkil etilmaydi. Uni xohlovchilar bilan individuval “Ol-layin”
shaklida olib borish mumkin (bir toifa kursi bo‘yicha 10 – 15 foiz talabgar istak
bildirishi va belgilangan haqiqiy mezonlar bo‘yicha sinovdan o‘tishi mumkin).
Masofadan o‘qitish orqali tashkil qilinayotgan malaka oshirish kurslarni faqat 2 X 2
(50foiz ga 50foiz) amalda bo‘lsada, lekin uni takomillashtirgan holda (masalan
ZOOM, video yozuv va boshqa zamonaviy turdagi dasturlari) kengroq joriy etish.
Quyidagi shakldan foydalanish mumkin: Dual ta’lim (Izoh: ta’lim
oluvchilarning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim
oluvchining ish joyida amalga oshiriladi). Ushbu tizimda MO yoki QTni kurslarini
tashkil etish xozirgi vaqtning eng dolzarb masalalaridan biridir. Shu bilan birga
Xalqaro tajribalardan kelib chiqqan holda, uni xoxlovchilar bilan kichik guruhlar
shaklda olib borishni ilmiy-metodik jihatdan asoslangan, o‘zini ijobiy natijasini
beradigan mexanizm ishlab chiqish lozim (bir toifa kursi bo‘yicha o‘rtacha 40–50