OLIY NERV FAOLIYATI FIZIOLOGIYASI
Reja:
1.Oliy nerv faoliyati haqida umumiy tushuncha.
2.Bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘i faoliyatini o‘rganishda I.M.Sechenov
va I.P.Pavlovning xizmati.
3.Shartli va shartsiz reflekslar. Shartli reflekslarning biologik ahamiyati, hosil
qilish qoidalari, usullari va turlari.
4.Bosh miya yarim sharlarida kuzatiladigan tormozlanishlar.
5.Dinamik steriotip. Nerv sistemasining tiplari. I.P.Pavlov ta’limotining
chorvachilikdagi ahamiyati.
TAYaNCh IBORALAR:
O.N.F.,po‘stloq,po‘stloq osti tuzilma,evolyusiya,kul rang va oq modda
yegatlar,tuban,suduralib yuruvchi va sut emizuvchii yuqori darajada rivojlangan
issiqqonli hayvonlar, kuzatish, ta’s irlash, qisman va to‘liq olib tashlash,
elektroensefalografiya, kibirnetik, klinik, shartli va shartsiz refleks, neyrogliya,
uchburchaksimon, duksimon, assosion, kommisural, proeksimon, I.M.Sechenov va
I.P.Pavlov, determinizm, analiz va sintez, tuzilish va struktura, analizatorlar
yadrosi, ko‘rish, yeshitish qismi, teri va proprioresepsiya po‘stloq qismi mator,
peremator, qo‘shimcha mator qismi, retseptorlar, oziqa ko‘rinishi, qo‘ng‘iroq
chalinishi yoki metronom tebranishi, yirtqich hayvon, moslashish, ta’sirot kuchi,
so‘lak ajratish usuli, tabiiy va sun’iy shartli refleks, tashqi va ichki tormozlanish,
chegaradan chiqqan tormozlanish, reflekslarni so‘nishi, differensiasiyalanish,
tormozlanishni kechikishi, 80, 85, 90, 100, irradiasiya, konsentrasiya, induksiya,
manfiy va musbat induksiya, dinamik steriotip, qo‘zg‘aluvchan, harakatchan, inert,
nimjon tip, uyqu, mavsumiy, gipnotik, norkotik, patologik, 1-2 signal tizmi.
1. Oliy nerv faoliyati deganda, M.N.S.sining misli ko‘rilmagan darajada
rivojlangan oliy qismi-bosh miya katta yarim sharlar po‘stlog‘i va po‘stloq osti
tuzilmalarining ishtirokida hosil bo‘ladigan reflektor reaksiyalar tushiniladi. Katta
yarim sharlar po‘stlog‘i va po‘stloq osti tuzilmalar ishtirokida hosil bo‘ladigan
reflektor reaksiyalar - shartli reflekslardir. Demak, shartli reflekslar po‘stloq
faoliyatining, ya’ni oliy nerv faoliyatining mazmuni, mohiyatini tashkil qilib,
organizmning xulq atvorini belgilaydi. Miya po‘stlog‘ini faoliyati orqali organizm
uzluksiz o‘zgarib turadigan tashqi muhit sharoitlariga moslashib, turli ta’sirotlarga
nisbatan qulay vaziyatni yegallaydi.
Evolyusion taraqqiyot jarayonida katta yarim sharlar po‘stlog‘i boshqa
organlardan keyin rivojlangan. Past taraqqiy yetgan o‘mirtqali hayvonlarda katta
yarim sharlar po‘stlog‘i taraqqiy yetmagan bo‘lib, miyaning kul rang moddasini
hosil qiluvchi nerv hujayralari avval sudralib yuruvchilarda paydo bo‘lib, ularni
miya po‘stlog‘ining asosiy qismini targ‘il tana tashkil qiladi. Bir oz yuqoriroq
rivojlangan organizmlardan qushlar miyasining po‘stlog‘ida yegatlar bo‘lmasa
ham, targ‘il tana yaxshi rivojlangan bo‘lib, sut emizuvchiilarda miya po‘stlog‘i o‘z
taraqqiyotining yuksak nuqtasiga yerishgan. Sut emizuvchiilar katta yarim sharlar
po‘stlog‘i o‘rta miyani qarib o‘rab olib, yegatlar soni ko‘p, kulrang moddasining
sathi kengaygandir. Sut emizuvchii hayvonlar qancha taraqqiy yetgan bo‘lsa miya
po‘stlog‘i ham shunchalik rivojlangandir. Katta yarim sharlar po‘stlog‘i sut
emizuvchii hayvonlar vakillaridan odamlarda misli ko‘rilmagan darajada taraqqiy
yetgan bo‘lib, odamlar xulq-atvori va ong nuqtai nazaridan boshqa sut
emizuvchiilardan sifat tomonidan farq qiladi. Demak, evolyusion taraqqiyot
bosqichlaridan birida hayvonot olamining vakillarida miya po‘stlog‘ining paydo
bo‘lishi so‘ngra tegishlicha rivojlanib borib, organizm funksiyalarining
M.N.S.sining boshqa qismlari bilan miya po‘stlog‘i tomonidan boshqarilishi taqazo
qilingan ya’ni funksiyalar miya po‘stlog‘iga bog‘liq bo‘lgan.
Miya po‘stlog‘i tashqi muhit bilan M.N.S.sining quyi qismlari orqali aloqada
bo‘lib, tashqi muhit ta’sirotlari muayyan nerv tolalari orqali M.N.S.sining tegishli
qismlariga uzatilib u yerda tegishli nerv bog‘lamlari orqali miya po‘stlog‘iga
berilib, po‘stloqdagi javob reaksiyasi nerv yo‘llari orqali M.N.S.quyi qismlariga
undan organizmning tegishli organlariga uzatiladi. Shunday qilib, miya po‘stlog‘i
organizm organlariga o‘z ta’sirini M.N.S. qo‘yi qismlari orqali o‘tkazar ekan.
Katta yarim sharlar po‘stlog‘ining faoliyatini o‘rganish xilma-xil usullar
yordamida o‘rganiladi:
1. Kuzatish usuli - hayvon xulq atvorini kuzatib, turli ta’sirotlar ta’siriga xulq
atvori o‘rganilib, bu usul oliy nerv faoliyati to‘g‘risida chuqur tushunchalar
bermaydi. Shuning uchun bu usuldan boshqa usullar bilan birgalikda foydalaniladi.
2. Miya po‘stlog‘ini ta’sirlash usuli - miya yarim sharlarini turli qismlarini
ta’sirlab, organizmda yuz beradigan o‘zgarishlarga qarab, ta’sirlangan joyning
vazifasi to‘g‘risida fikr yuritiladi.
3. Miya po‘stlog‘ini to‘liq yoki qisman olib tashlash usuli yordamida miya
po‘stlog‘ini yoki uning qismlarini organizm uchun ahamiyati o‘rganiladi.
Organizmlarning taraqqiy yetish darajasiga bog‘liq ravishda po‘stloqning to‘liq
yoki qisman olib tashlanishi uning xulq atvorida muayyan o‘zgarishlar hosil qiladi.
4. Po‘stloq biotoklarini qayd qilish-elektroensefalografiya usuli miya
po‘stlog‘ida hosil bo‘lgan biotoklarni yozib olib, hosil bo‘lgan yegri chiziq-
elektroensefalogrammaga qarab, miya funksiyasi haqida hulosa qilinadi.
5. Kibernetik usullar keyingi yillarda keng qo‘llanilib, nozik va aniq
ishlaydigan mexanizmlar yordamida miya faoliyatini turli holatlarini sun’iy
gavdalantirish moddellashtirish jarayoni bo‘lib, miya faoliyatini aniq o‘rganishga
yordam beradi.
6. Klinik usullar. Turli kasalliklar davrida miya faoliyatini o‘rganish.
7. Shartli reflekslar usuli-po‘stloq faoliyatining mohiyatini yoritadigan qulay
usuldir. Shartli reflekslar usullari yordamida po‘stloqni asl fiziologik jarayoni
o‘rganiladi. Po‘stloq faoliyatini o‘rganishda anatomik, gistologik, gistoximik,
bioximik, biofizik usullardan keng foydalaniladi.
Katta yarim sharlar po‘stlog‘ining hujayra strukturasi. Miya po‘stlog‘i nerv va
tayanch to‘qima-neyrogliya hujayralaridan tuzilgan bo‘lib, katta yarim sharlar
po‘stlog‘ida nerv hujayralari ustma-ust joylashib bir necha qavatdan iborat.
1.Qavat - malekullyar qavat-po‘stloqning eng tashqi qavati, neyrogliya
hujayralaridan tashkil topgan bo‘lib, nerv hujayralari kamdir.
2.Qavat - tashqi donali qavat turli shakldagi mayda nerv hujayralaridan iborat.
3.Qavat - o‘rta va katta piramidasimon hujayralardan tuzilgan.
4.Qavat - ichki donador qavat- mayda hujayralardan iborat.
5.Qavat - ganglioz qavat Besning katta piramidasimon hujayralaridan iborat.
6.Qavat - polimorf hujayralar qavati ikkiga bo‘linib: uchburchaksimon
hujayralardan tashkil topgan tashqi qavat va duksimon hujayralardan tashkil topgan
ichki qavatdan iborat.
Miya po‘stlog‘ining faoliyatida nerv hujayralaridan tashqari po‘stloqning turli
qismlarini o‘zaro va M.N.S.sining quyi qismlari bilan bog‘lanishini ta’minlovchi
nerv tolalarini o‘rni muhimdir.
Miyaning oq moddasini tashkil yetuvchi nerv tolalar uch xildir:
1) assosion ya’ni biriktiruvchi tolalar, bir yarim sharni ikki qismini o‘zaro
bog‘laydi.
2) kommisural ya’ni tutashtiruvchi tolalar, ikki yarim sharning o‘zaro
simmetrik qismlarini bir-biri bilan bog‘laydi.
3) proeksion, o‘tkazuvchi tolalar, po‘stloq bilan M.N.S.si quyi qismidagi
kulrang modda to‘plamlarini bir-biri bilan bog‘laydi. Bu uch xil tolalar afferent va
yefferent tolalardan iborat.
2.Bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘i dastlab I.M.Sechenov tomonidan
o‘rganilib ²Bosh miya reflekslari² degan asarida ta’riflanishi asosida oliy nerv
faoliyati haqida ta’limotga asos yaratildi. Keyinchalik po‘stloq faoliyati I.P.Pavlov
tomonidan atroflicha o‘rganildi. I.P.Pavlovning shartli reflekslar usuli katta yarim
sharlar po‘stlog‘ining faoliyatini o‘rganishda katta ahamiyatga yega bo‘lib, shu
usul asosida katta yarim sharlar fiziologiyasini o‘rganishga imkoniyat tug‘iladi.
I.P.Pavlov po‘stloq faoliyatini atroflicha o‘rganib, oliy nerv faoliyati haqida uchta
materialistik prinsipni ilgariga suradi.
1.Determinizm prinsipi-tabiatda sodir bo‘ladigan har qanday hodisalarning
sababi bo‘lgani kabi katta yarim sharlar po‘stlog‘ida yuzaga keladigan hodisalar
ham ma’lum bir sababga bog‘liqdir. Biz ba’zan biror jarayonni sababini
aniqlayolmasak, bu ularni sababi yo‘q degan xulosaga olib kelmasligi kerak, uni
aniqlayolmasligimiz biz qo‘llayotgan usullarni mukammal emasligiga bog‘liq
bo‘lishi mumkin.
2.Analiz va sintez prinsipi. Miya po‘stlog‘i ta’sirotlarni analiz qilib, qismlarga
ajratadi. Shu qismlarni darrov birlashtirib, yaxlitlaydi, sintez qiladi. Po‘stloqning
analiz faoliyatiga binoan predmetning alohida - alohida shakli farq qilinib, rangi,
hidi ajratiladi, sintez faoliyati tufayli belgili predmet haqida tushincha hosil qilinib,
ta’sirotni keltirib chiqadigan predmet haqida yakun yasaladi.
3.Tuzilish struktura prinsipi organizmdagi istalgan jarayon zaminida belgili
struktura yotib, har bir jarayoni anatomo fiziologik birlik, tegishli struktura keltirib
chiqarishini asoslaydi. Demak organizm jarayonlari moddiy bo‘lganligi uchun
po‘stloqdagi jarayonlar ham moddiy bo‘lib ularning ham moddiy asosi-strukturasi
bor.
Katta yarim sharlar po‘stlog‘i turli qismlarining funksional va struktura
hususiyatlari. Organizmda biror funksiyaning boshqarilishida bosh miya katta
yarim sharlar po‘stlog‘ining qaysi qismi ishtirok yetishi to‘g‘risida juda ko‘p
qarama-qarshi fikrlar aytilgan bo‘lib, ba’zi olimlar bosh miya po‘stlog‘ining
ma’lum bir nuqtasi ma’lum bir funksiyani bajaradi desa, boshqalari bu fikrni inkor
qilgan. Ular miya po‘stlog‘ining barcha qismi struktura va funksional jihatidan bir
xil deb hisoblab, ma’lum bir funksiyani boshqarilishida butun miya po‘stlog‘i
ishtirok yetadi deganlar. Bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ini turli qismlari turli
funksiyalarni boshqarishini I.P.Pavlov isbotlagan. U miya po‘stlog‘ining tegishli
qismlarida muayyan funksiyalarni boshqaradigan ixtisoslashgan hujayralar guruhi,
analizatorlar yadrosi joylashganligini, analizatorlar yadrosi po‘stloqda tarqoq
joylashgan hujayralar bilan bog‘langan bo‘lib, ular o‘rtasida chegara yo‘q deb
tushuntiradi. Shuning uchun ham po‘stloqning birorta yadrosi shikastlansa, uning
vazifasini po‘stloqni turli qismlarida joylashgan analizatorlar bilan bog‘liq
hujayralar ma’lum darajada boshqaradi. Lekin bu hujayralar analizatorlar yadrosiga
o‘xshash mukammal analiz va sintez qila olmaydi, ya’ni u yadro vazifasini to‘liq
bajara olmaydi. Demak, miya po‘stlog‘ida ma’lum funksiyalarni bajaradigan
markazlar borligi nisbiy tushuncha bo‘lib, belgili funksiyani yuzaga chiqishida
po‘stloqni turli qismidagi hujayralar qatnashar ekan.
Bir xil funksiyalarni boshqarishda ixtisoslashgan po‘stloq hujayralari
tuzilish va funksional hususiyatlariga ko‘ra bir qancha qismlarga bo‘linib, katta
yarim sharlar po‘stlog‘ining qismlari quyidagilardir.
Ko‘ruv qismi-po‘stloqdagi ko‘ruv analizator qismi po‘stloq yensa sohasida
joylashgan. Po‘stloqni chakka qismida yeshitish analizatorining markaziy qismi
joylashgan bo‘lib, eshituv qismi deyiladi. Teri, chandir, paylardan keladigan
ta’sirotlar po‘stloqning markaziy nuqtasida, Roland yegatining orqa sohasida analiz
va sintez qilinib, po‘stloqning bu qismini teri va proprioresepsiyaning po‘stloq
qismi deb ataladi. po‘stloqdagi Roland yegatining oldingi qismi harorat
reaksiyalarini boshqarishda qatnashadi. Harakatni yuzaga chiqaradigan gavda
muskullarining faoliyatini ro‘yobga chiqaradigan qismga mator qism deyiladi.
Po‘stloqning mator qismidan yirik piramidal hujayralar po‘stloq osti yadrolari,
MNS.sining quyi qismi hatto orqa miya bilan bog‘langandir. Yirik piramidal
hujayralarning o‘simtalari po‘stloqning targ‘il tana. qizil yadro, qora substansiya,
miyacha va orqa miyaning harakatlantiruvchi yadrolari bilan bog‘laydigan pastga
tushuvchi yo‘llarini hosil qiladi. po‘stloq mator qismining shikastlanishi
organizmni turli qismlarini falajlanishiga olib keladi. Mator qismdan oldinroqda
peremetr qism, po‘stloqning medial sohasida qo‘shimcha mator qism joylashgan.
Po‘stloqning barcha qismlari organizmni tegishli qismlaridan kelayotgan
impulslarni qabul qilib, ularga tegishli javob reaksiyasini beradi. Bu javob
reaksiyalar M.N.S.sining qo‘yi qismlari orqali muayyan organga uzatilib, muayyan
reflektor akt ro‘yobga chiqadi. Demak, miya po‘stlog‘ining barcha qismlari tegishli
holatda tashqi muhitdan moddiy dunnyodan axborot olib, bu axborotga kerakli
javob berib, organizm funksiyalarini tashqi muhitga mukammal moslashuvini
ta’minlaydi. Miya po‘stlog‘idagi hujayralarning ta’sirotlarga javoban ko‘rsatadigan
reaksiyasi o‘sha hujayralar bilan bog‘langan boshqa qismlardagi hujayralarning
ishtirokida yuzaga chiqadi.
3.Shartli reflekslar haqida ta’limot. Organizmning barcha reflekslari ikki
guruhga shartli va shartsiz reflekslarga bo‘lib o‘rganiladi. Shartsiz reflekslar,
tug‘ma, nasldan-naslga o‘tuvchi, hayot davomida deyarli o‘zgarmay qoladigan
reaksiyalar bo‘lib, bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ining ishtirokisiz ro‘yobga
chiqadi. Shartli reflekslar shartsiz refleks asosida hayot davomida hosil bo‘lib,
zaruriyati qolmaganida yo‘qolib, nasldan-naslga o‘tmaydi, miya po‘stlog‘ini
ishtirokida ro‘yobga chiqadi. Shartli va shartsiz reflekslarni bir-biridan farqini aniq
tasavvur yetish uchun so‘lak ajralishiga taaluqli shartli va shartsiz reflekslarni
ko‘rib chiqaylik. Yangi tugilgan qo‘zi onasini yemmasdan so‘lak bezlari so‘lak
ajratmaydi va onasini yemaboshlaganida hosil bo‘lgan so‘lak ajralishi shartsiz
refleks yo‘li bilan yuzaga chiqadi. Bu refleksda qo‘zi onasini yemayotganida
og‘ziga tushayotgan sut og‘izdagi retseptorlarni qo‘zg‘atib, retseptorlar
qo‘zg‘alishni markazga intiluvchi nerv tolalariga berib, u orqali uzunchoq
miyadagi so‘lak ajratish markaziga borib uni qo‘zg‘atadi. Uzunchoq miyadagi
markazning qo‘zg‘alishi katta yarim sharlar po‘stlog‘idagi so‘lak ajratish markazini
qo‘zg‘alishi bilan davom yetib, uzunchoq miyadagi markaz faoliyati miya
po‘stlog‘idagi oliy markaz nazoratida bo‘ladi. Demak, miya va po‘stloqdagi
markazlar qo‘zg‘alib, ta’sirotni analiz va sintez qilib, hosil bo‘lgan javob reaksiyasi
uzunchoq miyadan M.Q.N. orqali so‘lak bezlariga yuboriladi va so‘lak ajrala
boshlaydi. Keyingi kunlarda qo‘zi onasini uzoqdan ko‘rib, hali uni yemmasdan
so‘lak bezlari so‘lak ajrata boshlaydi, ya’ni sutni emmay balki onasini uzoqdan
ko‘rishi so‘lak ajratish uchun kifoya bo‘ladi ya’ni shartli reflektor yo‘l bilan so‘lak
ajraladi. Qo‘zi har gal sut emmoqchi bo‘lib harakat qilganda onasini ko‘rgan va
yemgan. Ya’ni, har bir marta, oldin miya po‘stlog‘idagi ko‘rish markazi, so‘ng
so‘lak ajratish markazi qo‘zg‘algan. Bunday tartibda qo‘zg‘alish bir necha marta
takrorlanganidan so‘ng bu markazlar o‘zaro aloqador bo‘lib qoladi. Aloqadorlik
mustahkamlanib, barqarorlashib bolani ko‘rish po‘stlog‘idagi ko‘rish qismi
qo‘zg‘alib qolmay balki u bilan aloqador bo‘lgan so‘lak ajratish oliy markazining
qo‘zg‘alishi sabab bo‘ladi. So‘lak ajratish markazini qo‘zg‘alishi uzunchoq
miyadagi so‘lak ajratish markazini qo‘zg‘atib, uzunchoq miyadagi markazning
quzg‘alishi M.Q.N.ni tegishli tolalari orqali so‘lak bezlariga o‘tkazilib, so‘lak
ajratilishiga sabab bo‘ladi. Demak, shartsiz refleksni ro‘yobga chiqishida normada
ham po‘stloq ishtirok yetadi, lekin bu vaktda po‘stloqning ishtiroki shart bo‘lmay,
po‘stloqdagi markaz qo‘zg‘almaganida ham shartsiz refleks hosil bo‘laveradi.
Lekin shartli refleks hosil bo‘lishida miya po‘stlog‘ini ishtiroki zaruriy shart bo‘lib,
shartli refleks po‘stloqdagi ikki markazni o‘rtasida yuzaga kelgan aloqadorlik
tufayli hosil bo‘ladi. Shartli refleks hosil bo‘lganida po‘stloqdagi markazlar
o‘rtasidagi aloqadorlik vaqtincha funksional aloqador bo‘lib, bu markazlar
o‘rtasida anatomik bog‘lanishlar hosil bo‘lmaydi. Ya’ni bu markazlardan biri bir
qancha vaqt ikkinchisi bilan birga qo‘zg‘almay qolsa, markazlar o‘rtasidagi
bog‘lanish vaqtincha uzilib, bu shartli refleksni yo‘qolishiga olib keladi. Bu shartli
refleksni qayta tiklash mumkin. Buni uchun har ikkala po‘stloqdagi markazlar yana
bir necha marta birga qo‘zg‘atilishi kerak. Shartli refleks hosil bo‘lishi uchun
shartsiz ta’sirot bilan shartli ta’sirot ta’sir qilishi lozim.
Qo‘zilarda so‘lak ajralishini shartli refleksini hosil bo‘lishini taxlil
qilganimizda qo‘zi sut yemganidan so‘ng, onasini ko‘rgan paytda so‘lak ajralishini
ko‘rdik. Shu paytda onaning ko‘rinishi shartli, og‘izga emilgan sut shartsiz
ta’sirotdir. Demak, shartli refleks hosil bo‘lishi uchun shartli ta’sirot shartsiz
ta’sirotdan oldin ta’sir qilishi lozim va shu ta’sirot bilan birga davom yetib uni
mustahkamlashi kerak.
Shartsiz reflekslar turga xos bo‘lib shartli refleks individga xos bo‘lgan
reflektor reaksiyalardir. So‘lak ajratish hamma hayvonlarga xos va bir turdagi
hayvonlarda so‘lak ajratish bir xil bo‘lib, sut emizuvchii hayvonlarning barchasi
og‘ziga ozuqa tushganida so‘lak ajratadi. Ba’zan hayvon o‘zining konkret yashash
sharoitiga binoan qo‘shimcha ta’sirotga ham so‘lak ajratishi kuzatiladi.
Masalan: shartsiz ta’sirot bilan birga davom yetadigan boshqa ta’sirot-
harorat, yorug‘lik, tovush, ximiyaviy moddalarga shartli refleks, hosil qilish
mumkin. Shunday qilib, miya po‘stlog‘ini vazifasi navbatma-navbat
qo‘zg‘aladigan turli markazlar o‘rtasida funksional bog‘lanish hosil qilish, ya’ni
shartli refleks hosil qilishdan iborat. Shulardan kelib chiqib, po‘stloq faoliyatini
mazmuni deganda shartli refleks hosil qilish, mustahkamlash, sharoit o‘zgarganda
so‘ndirish, yo‘qotish tushuniladi. Demak, hosil bo‘lgan har bir shartli refleks
muhitning organizm oldiga qo‘ygan yangi vazifasidir. Tashqi muhitni uzluksiz
o‘zgarishi organizm oldiga yangi-yangi vazifalarni qo‘yadi. Organizm yesa ularga
javob reaksiyalarini ishlab chiqaradi.
Organizm shartli reflekslrni hosil qilib tashqi muhitga moslashib, hayot
uchun ahamiyati qolmaganlarini-yeskirganlarini yo‘qotadi. Masalan: oldin
qo‘ng‘iroq chalinib, hayvonga oziqa berilib, bu hodisani bir necha marta takror-
lanaborilsa va keyinchalik birgina qo‘ng‘iroq chalinishini o‘zi so‘lak ajrali-shini
yuzaga keltiradi ya’ni qo‘ng‘iroq ovoziga shartli refleks hosil bo‘ladi. Bu vaqtda
po‘stloqdagi yeshitish qismi bilan so‘lak ajratish oliy qismlari orasida funksional
aloqa hosil bo‘lib, qo‘ng‘iroq chalinishiga so‘lak ajralaboshlaydi. Demak,
qo‘ng‘iroq chalinishi hayvonning o‘sha vaqt oralig‘ida hayot uchun oziqala-nishiga
aloqador signal yoki ahamiyatli ta’sirot. Keyinchalik qo‘ng‘iroq chalinib hayvonga
ovqat berilmay qo‘yilsa, hayvon qo‘ng‘iroq chalinishiga so‘lak ajratmay qo‘yadi.
Qo‘ng‘iroq chalinishi va ovqat berilishi birga bo‘lmaganligi uchun po‘st-loqdagi
so‘lak ajratish va yeshitish qismlari orasida aloqa uziladi. Qo‘ng‘iroq chalinishi,
hayvon va uning oziqalanishi uchun ahamiyatsiz bo‘lib, shartli refleks so‘nadi.
Demak, shartli refleks hosil qilinganidan so‘ng uni yo‘qolib ketmasligi uchun
shartli ta’sirot shartsiz ta’sirot bilan quvvatlanib turilishi lozim.
Hayvon oziqalanish, himoyalanish yoki o‘zi uchun zarur shartli reflekslarni
hosil qilib, yashayotgan sharoitda hayot uchun ahamiyatini yo‘qotgan shartli
reflekslarni yo‘qotib zaruriyat tug‘ilganida ularni tiklaydi.
Shartli reflekslarning biologik ahamiyati. Shartsiz reflekslar organizmning
nasldan-naslga o‘tadigan tug‘ma reflekslari bo‘lib, tashqi muhit o‘zgarmasa,
hayvonni shu muhitga moslashuvini ta’minlaydi.
Shartli reflekslarning organizm uchun ahamiyati katta bo‘lib, muhit
to‘xtovsiz o‘zgarib, organizm xilma xil ta’sirotlarga uchrab, shu ta’sirotlarga
organizm shartli refleks hosil qilib aniq va mukammal javob beradi. Shartli
reflekslar tufayli organizm ta’sirot bo‘lishini oldindan bilib, javob berishga hozirlik
ko‘radi va ta’sirotga nisbatan eng kulay vaziyatni yegallaydi. Masalan: hazm
jarayonlariga xilma-xil shartli reflekslar hosil bo‘lganligi tufayli, hayvon ozuqani
iste’mol qilmasdan uni hazm qilishga tayyorgarlik ko‘radi. Oziqani ko‘rinishi hidi,
oziqalanish vaqti va oziqalanishga aloqador boshqa ta’sirotlar, hayvon ozuqani
olmasdonoq hazm sistemasining turli qismlaridan tegishli hazm shiralari-so‘lak,
me’da shirasi, me’da osti bezining shirasi, o‘t suyuqligi va boshqalar ajraladi va
iste’mol qilingan ozuqalar oldindan ajralgan shiralar ta’siriga duchor bo‘lib yaxshi
hazmlanadi.
Shartli refleks hosil bo‘lishi natijasida hayvon turli xavf xatardan
himoyalanadi. Hayvon bolasi hali yirtqich hayvonni ko‘rmagan bo‘lsa, u yirtqich
hayvondan qochib o‘zini himoya qilmaydi. Hayvon tajribasi ortishi bilan
ta’sirotlarga shartli refleks hosil qilib yirtqich hayvonni ko‘rinishi bilan qochishga
harakat qiladi. Demak, shartli reflekslar organizmlarni boshqa muhitga
moslashishida shartsiz reflekslardan yuqori turib, organizmning turli ta’sirotlarga
oldindan tayyorlanishiga yordam beradi.
Shartli reflekslarni hosil qilishda qo‘yidagi qonuniyat va qoidalarga rioya
qilinishi lozim.
1.Shartli ta’srot shartsiz ta’sirotdan 10-20 sekund oldin ta’sir qilishi lozim.
2.Shartli va shartsiz ta’sirot ikkalasi bir necha marta birgalikda ta’sir qilishi
lozim.
3. Shartli va shartsiz ta’sirotlar kuchi o‘rtacha bo‘lishi lozim.
4. Hayvon miya yarim sharlar po‘stlog‘ini aktivligi normal, organizmda
patologik jarayonlar bo‘lmasligi, tajribada qo‘llanilgan shartli va shartsiz
ta’sirotdan boshqa yot ta’sirotlar organizmga ta’sir qilmasligi kerak.
Shartli refleks hosil qilish usullari. Shartli refleks har xil ta’sirotlardan
o‘zgarishini inobatga olib, shartli refles hosil qilinayotgan hayvon
yeksperementator va tajribaga aloqasi yo‘q ta’sirlardan ajratilishi lozim, ya’ni
tajribada hayvonni chet tovush, hid, harorat, yorug‘lik va boshqa ta’sirlar
kiraolmaydigan maxsus kameraga joylashtirib, shartli refleks uchun kerakli asbob
va moslamalar kamera ichida bo‘lishi kerak. Shartli refleksni birnecha xil usullar
bilan hosil qilish mumkin.
1. So‘lak ajratish usuli-I.P.Pavlov bu usul yordamida bosh miya yarim sharlar
faoliyatini o‘rgangan bo‘lib, buning uchun hayvon so‘lak bezi lunjidan tashqariga
chiqarib tikilgan va so‘lak ajralishiga shartli refleks hosil qilingan. Har xil
hayvonlar so‘lak bezlaridan so‘lak bir xilda ajralmaganligi uchun, bu usuldan
qishloq xo‘jalik hayvonlarining oliy nerv faoliyatini o‘rganishda kam qo‘llaniladi.
Qishloq xo‘jalik hayvonlarida shartli reflekslarni himoyalanish, harakat,
harakat - ovqatlanish usullaridan foydalaniladi.
Himoyalanish - harakat usuli qo‘llanilganda oyoqni shartsiz refleksi asosida
shartli refleks hosil qilinadi. Buning uchun tajriba hayvonining oldingi oyoq
bilakuzuk bo‘g‘ini atrofi jundan tozalanib, fiziologik eritma bilan namlanib,
induksion g‘altakga ulangan elektrodlar bog‘lanadi. Induksion g‘altakdan
berilayotgan ta’sirot shartsiz ta’sirot, hushtak, qo‘ng‘iroq chalish, terini isitish yoki
sovitish yoki boshqa signallardan shartli ta’sirot sifatida faoydalaniladi. Oldingi
oyoqlarni bukish shartli refleksi hosil qilinadi. Shu paytda shartli ta’sirot
berilganida 1-5 sekund o‘tishi bilan oyoq elektr toki bilan ta’sirlanib, tajriba bir
necha marta takrorlangandan keyin shartli refleks hosil bo‘lib, oyoq harakatlari
pnevmatik moslama yordamida kimografga yozib olinadi.
Harakat ovqatlanish usuli yordamida shartli refleks hosil qilish uchun
hayvon yerkin harakatlanadigan kamera yoki xonaga joylashtirilib, ozuqani
shartsiz, qo‘ng‘iroq. yorug‘lik signallari va boshqalarni shartli ta’sirot sifatida
qo‘llab, hayvonni tegishli joyga harakat qilib borib ovqatlanishga shartli refleks
hosil qilinadi. Shartli refleks hosil qilinganidan so‘ng birgina shartli ta’sirot
hayvonni oziqalanish joyiga harakat qilib borishiga sabab bo‘ladi.
Shartli reflekslarni turlari. Shartli reflekslar bir necha xil bo‘lib: shartli
ta’sirot xiliga qarab tabiiy va sun’iy shartli reflekslar farq qilinadi. Shartli refleks
hosil qilish uchun qo‘ng‘iroq, har xil yorug‘lik signallari, metranomning tabranishi
sun’iy ta’sirlardan shartli ta’sirotchi tariqasida foydalaniladi va bularga hosil
bo‘lgan shartli reflekslar sun’iy shartli refleks deyiladi.
4. Bosh miya yarim sharlar po‘stlog‘ida kuzatiladigan tormozlanishlar.
Nerv sistemasida ham boshqa organ sistemalardagidek ya’ni bosh miya yarim
sharlar po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari kuzatiladi.
Po‘stloq qo‘zg‘alganda shartli refleks hosil bo‘lsa, tormozlanganida shartli
reflekslar yo‘qolaboradi.
Po‘stloqda ikki xildagi tormozlanishlar farq qilinadi.
1. Shartsiz yoki tashqi.
2. Shartli yoki ichki.
Shartsiz tormozlanishlarni ikki xili farq qilinib.
1. Tashqi tormozlanishlar.
2. Chegaradan chiqqan tormozlanishlarga bo‘linadi.
Tashqi tormzlanish miya po‘stlog‘idagi shartli refleks markazi bilan birga
boshqa markaz kuchli qo‘zg‘alganda kuzatilib,kuchli qo‘zg‘algan markaz o‘zidan
kam kuchli qo‘zg‘algan markazni tormozlaydi. Hozirgi holatda shartli refleksni
tormozlaydigan markaz, shartli refleks markazidan tashqarida joylashib, tashqi
tormozlanish deyiladi. Masalan: itda so‘lak ajralishiga shartli refleks hosil qilingan
bo‘lsa, shu it so‘lak ajratayotgan paytida unga mushukni ko‘rinishi so‘lak
ajralishini tormozlaydi. Ya’ni mushuk ko‘rinishi tegishli markazni qo‘zg‘atib,
so‘lak ajratish markazini tormozlaydi yoki sigirlar sog‘ilayotganida shovqin-suron
ko‘tarilishi, begona odamlarni paydo bo‘lishi sut berish refleksini tormozlaydi.
Ichki organlardan kelayotgan ta’sirotlar shartli refleksni tormozlaydi.
Masalan:qovuqning kuchli to‘lishi, qusish va boshqalar shartli reflekslarni
toromzlashi mumkin.
Tormozlanish jarayonini kuchi nerv markazlar holatiga bog‘liq. Juda och
qolganda ya’ni ovqatlanish markazi kuchli qo‘zg‘alganda bu markazni haddan
tashqari kuchli qo‘zg‘algan markaz tormozlashi mumkin.
2. Chegaradan chiqqan tormozlanish. Shartli tormozlanishni bir ko‘rinishi
bo‘lib, shartli ta’sirot kuchi yoki uni ta’sir qilish muddati kuchli oshib ketganida
kuzatiladi. Masalan: so‘lak ajralishiga qo‘ng‘iroq chalib so‘lak ajralishining shartli
refleksi hosil qilingan bo‘lsa, shu itga qo‘ng‘iroqni avvalgidan kuchli yoki uzoq
vaqt chalinib, so‘lak ajralishini tormozlab qo‘yish mumkin. Bu nerv
hujayralarining qo‘zg‘alishini chegara va me’yori borligidan dalolat beradi.
Shartsiz tormozlanish tug‘ma bo‘lib, markaz bilan birga M.N.S.sining qo‘yi
qismlariga ham xosdir.
Shartli tormozlanish po‘stloqga xos bo‘lib sekin paydo bo‘ladi va uzoq vaqt
davom yetadi.
Shartli refleksni shartli ta’sirot bilan doimo mustahkamlanib turilmasa
shartli tormozlanish paydo bo‘lib qoladi.
Tormozlanish shartli refleks markazida paydo bo‘lib, uni ichki tormozlanish
deyiladi va to‘rtta turi farq qilinadi.
1. Shartli refleksning so‘nishi. Shartli refleks hosil qilinganidan so‘ng ta’sirot
avvalgisidan boshqacha qilib ta’sir yetilsa va shu boshqa ta’sirot shartsiz ta’sirot
bilan mustah- kamlanmasa, shartli reflekas so‘nadi. Masalan: itda qo‘ng‘iroq
chalinishiga shartli refleks hosil qilinganidan keyin, shu shartli refleks avvalgiday
qo‘vvatlanib, mustaxkamlanib borilsa, so‘lak ajralishini shartli refleksi saqlanib
turaberadi. Agarda qo‘ng‘iroq chalinishi o‘zgartirilsa, cho‘zilib chalinsa, yoki uzib
chalinib, shartsiz ta’sirotchi oziqa berish bilan qo‘vvatlanmasa shartli refleks
so‘nadi.
Agar miya po‘stlog‘i tormozlanganidan so‘ng shu yeski tarzda qo‘ng‘iroq
chalinsa yoki qo‘ng‘iroq chalinishi bilan olov yoqilsa itda yana so‘lak
ajralaboshlanishi mumkin ya’ni refleks tormozdan tushadi.
2. Shartli refleksni differensiasiyalash. Hayvon shartli ta’sirotni unga juda
yaqin ta’sirotdan farq qiladi. Hayvonda shartli refleks hosil qilingandagi ta’sirotdan
ozgina o‘zgargan ta’sirot berilganda uni farqlay oladi, ya’ni shartli refleksni
generalizasiyalanishi kuzatiladi. Lekin hayvon o‘ziga ta’sir qilayotgan unga yaqin
boshqa ta’sirotni farqlaydi.Masalan: it metranomning 100 marta tabranishiga so‘lak
ajralishini hosil qilgan bo‘lsa, shu it 90-80-85 marta metranom tebranishiga ham
so‘lak ajratadi, yoki yuqoridagi ta’sirot geperelizasiyaga uchraydi. Keyin itni
metranomni 100 tebranishiga oziqa berib so‘lak ajratishini mustaxkamlasak,
boshqa tebranishlarga so‘lak ajratmaydi. Ya’ni ta’sirotni differensiasiyalaydi.
Differensiasiyalovchi tormozlanish asosida po‘stloqni analiz faoliyati turib
ta’sirotni farqlaydi va javob reaksiyasini ishlab chiqaradi.
3. Shartli tormoz. Shartli ta’sirot, shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlanmasa va
shu shartsiz ta’sirot bilan boshqa ta’sirot kimbinasiyasi mustahkamlanmasa, shartli
tormozlanish hosil bo‘ladi. Masalan A shartli ta’sirotga shartli refleks hosil qilinib,
birinchi A ta’sirotning o‘ziga, so‘ngra V ta’sirot bilan kombinasiyasiga shartli
refleks hosil bo‘ladi. Keyinchalik A ta’sirot shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlanib,
A+B kombinasiyasi mustahkamlanmasa, shartli refleks A ta’sirotga hosil bo‘lib,
A+B ta’sirotga shartli refleks hosil bo‘lmay shartli tormozlanish hosil bo‘ladi.
Shartli tormozlanishda hayvon birmuncha o‘xshash va birmun o‘zgacha
ta’sirotlarni analiz qiladi va bir biridan ajratadi. Shartli tormoz hosil qilish uchun
shartli ta’sirot bilan qo‘shimcha ta’sirot birga qo‘shilib, bir vaqtda ta’sir
qilingandagina yuzaga keladi. Agar berilayotgan ta’sirotlar orasida tafavut bo‘lsa
ikkinchi tartibli shartli refleks hosil qilsa bo‘ladi.
4.Shartli reflekslarning kechikishi. Shartli ta’sirot bilan shartsiz ta’sirot
o‘rtasida farq bo‘lsa, shartli refleks kechikishi mumkin. Masalan chiroq yoqilishiga
nisbatan so‘lak ajiralish shartli refleksi hosil qilingan hayvonda chiroq yoqilishi
bilan oziqa berish o‘rtasida 1-5 sekund o‘sa, chiroq yoqilishiga so‘lak ajiralaberadi,
agar chiroq yoqilishi bilan oziqa berilish davri o‘rtasida 2-3 minut farq qiladi.
Keyin chiroq yoqilishi bilan so‘lak ajiralishi o‘rtasida ham 2-3 minut farq bo‘ladi.
Demak, shartli ta’sirot shartli refleks markazini avval tormozlab, so‘ng qo‘zg‘atadi.
Shartli tormozlanishlarni organizmga axamiyati katta bo‘lib, shartli
tormozlanish bo‘lmasa, organizm shartli ta’sirot bo‘ladigan turli ta’sirot-signallarga
keraksiz reaksiyalar bilan javob berabergan bo‘lar yedi. Tormozlanish tufayli
organizm o‘zi uchun zarur reaksiyalarni vujudga keltiradi va tashqi muhitga
moslashadi.
Katta yarim sharlar po‘stlog‘idagi irradiasiya, konsentrasiya va induksiya
hodisalari. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ida hosil bo‘lgan qo‘zg‘alish va
tormozlanish avval po‘stloq bo‘ylab irradiasiyalanib, keyin yana to‘planib -
konsentrasiyalanadi. Po‘stloq irradiasiya xususiyati tufayli shartli refleks hosil
bo‘lib, shartli ta’sirotga tabiatan yaqin turadigan ta’sirotlarga ham shartli reaksiya
bilan javob beradi. Masalan: metranomning 100 marta tebranishi bilan birga 80, 85,
90 marta tabranishlariga so‘lak ajraladi. Keyinchalik metranomning 100 marta
tebranishi shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlanib, boshqa tebranishlari
mustahkamlanmasa, metranomning 100 marta tebranishiga so‘lak ajralib, boshqa
tebranishga ichki tormozlanish hosil bo‘lib, qo‘zg‘alish shartli refleks markazida
to‘planib, konsentrasiyalanib, so‘lak ajralmaydi. Konsentrlanish tufayli hayvon
ta’sirotlarni bir-biridan farqlaydi. Po‘stloqda irradiasiya va konsentrasiya
hodisasidan tashqari induksiya hodisasi kuzatilib, induksiya irradiasiyaga qarama-
qarshi hodisa bo‘lib, qo‘zg‘alish yoki tormozlanishning konsentrasiyalanishiga
yordam beradi. M.N.S.sining boshqa qismlari singari po‘stloqda ham musbat va
manfiy induksiya kuzatiladi. Qo‘zg‘alish manbaining tormozlanish qismi manfiy
induksiya, tormozlanish manbaining atrofida qo‘zg‘alish qismi musbat induksiya
hosil bo‘ladi. Demak, po‘stloqda kuzatilayotgan jarayonlar murakkab: irradiasiya,
konsentrasiya va induksiya hodisalari quzg‘alish va tormozlanishning o‘zaro turli
munosabatlari bilan bog‘langan.
Miya po‘stlog‘ida ta’sirotlarning analiz va sintez qilinishi. Po‘stloqning eng
muhim vazifalaridan biri ta’sirotlarni analiz va sintez qilishdir. Ta’sirotlar
retseptorlar orqali qabul qilinib M.N.S. va uning oliy qismi bosh miya yarim
sharlar po‘stlog‘ining tegishli qismlariga uzatiladi. Bu ta’sirotlarga retseptorlarda
tuban analiz amalga oshirilib, bu retseptorlardan ko‘zdagi retseptorlar
yorug‘likdan, quloqdagi retseptorlar tovush to‘lqinlarining ta’sirlaridan
qo‘zg‘aladi.
M.N.S.ning quyi qismlarida analiz yuzaga chiqib, bu analiz uncha
mukammalashmagan bo‘lib, mukammalashgan nozik analiz faqat bosh miya yarim
sharlar po‘stlog‘ida kuzatiladi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ining analiz
faoliyatining asosida ichki tormozlanishlar yotib, ta’sirotlarning analizi
po‘stloqdagi har xil neyronlarning birgalashib ishlashidan hosil bo‘ladi. Natijada
ta’sirotning ayirim yelementlari farq qilinadi, bir-biridan ajratiladi va
differensatsiyalanadi.
Ta’sirot analiz qilinishi bilan sintez qilinadi. Sintez oqibatida po‘stloqdagi
har xil ta’sirotlar o‘zaro bog‘lanib, birlashtiriladi, ularni yelementlari
umumlashtirilib, ta’sirotga yakun yasaladi va shartli refleks hosil bo‘lib, tegishli
organ va umuman organizm faoliyati ma’lum yo‘nalishda o‘zgarib, reflektor akt
yuzaga chiqadi. Shunday qilib, organizmga ichki va tashqi muhitdan kelayotgan
ta’sirotlarni po‘stloq to‘xtovsiz analiz qilib, organizm shu ta’sirotlarga muayyan
reaksiyalar bilan javob beradi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘ining analiz va sintez
faoliyati tufayli hayvon o‘zi uchun zarur biologik maqbul shartli reflekslarni hosil
qiladi.
5.Dinamik steriotip. Organizm hayot faoliyati davrida har kuni turli tuman
ta’sirotlarga uchraydi. Bu ta’sirotlar muayyan tartib bilan ta’sir yetib tursa po‘stloq
shu ta’sirotlarga muayyan qo‘zg‘alib va tormozlanib ma’lum steriotip hosil bo‘ladi.
Po‘stloqdagi bu sistemalik I.P.Pavlov tomonidan dinamik steriotip deb ataldi.
Dinamik stereotip po‘stloqning sintez qilish faoliyatini mahsuli. Po‘stloqda
dinamik steriotipning paydo bo‘lishini qo‘yidagi misolda ko‘rib chiqamiz. It
o‘rgatuvchi itga har kuni tartib bilan ²o‘tir², ²yot², ²to‘siqdan o‘t² deb topshiriq
berib, it shu topshiriqni o‘rganganidan so‘ng (steriotip hosil bo‘lganidan keyin) itga
birgina ²o‘tir² deyish bilan ²o‘tiradi² va qolgan topshiriqlarni kutmasdan bajaradi.
Ya’ni yotadi to‘siqdan o‘tadi. Dinamik steriotipni to‘g‘ri tushinib olsak chorva
mollarini to‘g‘ri parvarishlab, ulardan to‘g‘ri foydalanishda katta ahamiyatga yega
bo‘ladi. Ya’ni hayvonlarni to‘g‘ri parvarish qilishda muayyan tartib, bo‘lsa shu
tartibga hayvon o‘rganadi-steriotip hosil bo‘ladi. Demak, miya po‘tlog‘ida
muayyan tartib bilan kelayotgan ta’sirotga qo‘zg‘alish va tormozlanish hosil qilib