Petr Ilich Chaykovskiy ( 1840-1893)

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

15

File size

Fayl hajmi

33,4 KB


Petr Ilich Chaykovskiy ( 1840-1893)
 
 1. P.I. Chaykovskiyning estetik pintsiplari.
 2. P.I. Chaykovskiy hayotiy va ijodiy yo’li .
 3. P.I. Chaykovskiy ijodiga xarakteristika.
 4. P.I. Chaykovskiy simfonik ijodi.
 5. P.I. Chaykovskiy opera ijodiyoti.
 6. P.I. Chaykovskiy baletlari .
 7. P.I. Chaykovskiy kamer-cholg’u asarlari.
 8. P.I. Chaykovskiy romanslari.
 9. P.I.Chaykovskiy ijodining ahamiyati.
 
 1.Petr Ilich Chaykovskiyning estetik printsiplari. Petr Ilich Chaykovskiy
nomi,  Glinka  va  Dargomijskiy  an’analarini  davom  ettirgan  holda,  klassik
kompozitorlari orasida ajralib turadi. Uning o’lmas, bebaho asarlari A.S. Pushkin va
L.Tolstoy kabi insonlarning asarlari bilan bir qatorda turadi. Chaykovskiy estetik
printsiplarining asoslari XIX asrning 60-70 yillarida shakllangan. Bu davr, badiiy
g’oyalarning  yuksalishi,  rus  adabiyoti,  rassomchiligi  va  musiqasining  “gullab
yashnash” davriga to’g’ri keladi. Dunyokarashining o’tkir fojeasi Chaykovskiyga
xos xususiyat bo’lsada, Chaykovskiy hayotga go’zallik va ishonuvchanlik ko’zlari
bilan  qaragan.  “Go’zallik --  bu  hayotning  o’zidir”, kabi  Cherno’shevskiyning
printsipi, Chaykovskiyning  ham  printsipiga  aylandi.  Chaykovskiy  hayotni  va
insoniyatni sevar edi. Uning musiqasida ruhiy hissiyotning xaqiqiy ochilishi bor.
 
Chaykovskiy mumtoz, milliy kompozitordir. U o’z asarlarida rus jamiyati
hayotini  va  uning  turmushiy  tarzini,  rus  tabiatini  tasvirlaydi.  Chaykovskiy
musiqasining intonatsion ohangdorligi rus xalq qo’shiqlariga hamohangdir. Uning
musiqasi  rus  xalq  qo’shiqlariga  yaqindir. Petr  Ilich  Chaykovskiy  bolaligi
Votkinskda, so’ngra Volopaevskda o’tgan. Kompozitor kundalik daftariga yozgan
Logotip
Petr Ilich Chaykovskiy ( 1840-1893) 1. P.I. Chaykovskiyning estetik pintsiplari. 2. P.I. Chaykovskiy hayotiy va ijodiy yo’li . 3. P.I. Chaykovskiy ijodiga xarakteristika. 4. P.I. Chaykovskiy simfonik ijodi. 5. P.I. Chaykovskiy opera ijodiyoti. 6. P.I. Chaykovskiy baletlari . 7. P.I. Chaykovskiy kamer-cholg’u asarlari. 8. P.I. Chaykovskiy romanslari. 9. P.I.Chaykovskiy ijodining ahamiyati. 1.Petr Ilich Chaykovskiyning estetik printsiplari. Petr Ilich Chaykovskiy nomi, Glinka va Dargomijskiy an’analarini davom ettirgan holda, klassik kompozitorlari orasida ajralib turadi. Uning o’lmas, bebaho asarlari A.S. Pushkin va L.Tolstoy kabi insonlarning asarlari bilan bir qatorda turadi. Chaykovskiy estetik printsiplarining asoslari XIX asrning 60-70 yillarida shakllangan. Bu davr, badiiy g’oyalarning yuksalishi, rus adabiyoti, rassomchiligi va musiqasining “gullab yashnash” davriga to’g’ri keladi. Dunyokarashining o’tkir fojeasi Chaykovskiyga xos xususiyat bo’lsada, Chaykovskiy hayotga go’zallik va ishonuvchanlik ko’zlari bilan qaragan. “Go’zallik -- bu hayotning o’zidir”, kabi Cherno’shevskiyning printsipi, Chaykovskiyning ham printsipiga aylandi. Chaykovskiy hayotni va insoniyatni sevar edi. Uning musiqasida ruhiy hissiyotning xaqiqiy ochilishi bor. Chaykovskiy mumtoz, milliy kompozitordir. U o’z asarlarida rus jamiyati hayotini va uning turmushiy tarzini, rus tabiatini tasvirlaydi. Chaykovskiy musiqasining intonatsion ohangdorligi rus xalq qo’shiqlariga hamohangdir. Uning musiqasi rus xalq qo’shiqlariga yaqindir. Petr Ilich Chaykovskiy bolaligi Votkinskda, so’ngra Volopaevskda o’tgan. Kompozitor kundalik daftariga yozgan
satrlarida “Mening asarlarimda neki rus elementlari yangrayotgan bo’lsa, bularning
barchasi  mening  rus  tabiatida,  rus  dalasida,  Rossiya  zaminida  rus  bo’lib
tug’ilganimdandir” deb yozib qoldirgan ekan.
 Chaykovskiy kompozitor, dirijer va publitsist.
 
 
2.  Hayotiy  va  ijodiy  yo’li. Chaykovskiy  1840-yil  25  aprel  Votkinsk
shahridagi metallurgiya zavodining direktori, tog’ injeneri Ilya Petrovich oilasida
dunyoga kelgan. Otasi yaxshigina fleyta asbobida chalishni bilar edi. Oilada 4 ta
farzandning  ikkinchisi  bo’lgan Chaykovskiy  bolaligida  noziktabiatli  kasalmand,
hissiyotli  bola  bo’lgan.  1854-yilda,  onasi  Aleksandra  Assier  vafotidan  so’ng,
Chaykovskiy  chuqur  g’am-alamga  botadi.  Shundan  bo’lsa  kerakki,  ba’zan
kompozitor ish jarayonida o’z hissiyotlarini va qahr- g’azabini jilovlay olmasdi.
Alyabevning “Solovey” (Bulbul) qo’shig’i Petr onasining sevimli qo’shig’i edi va
keyinchalik Chaykovskiy bu qo’shiqni albatta ko’z yoshlari bilan onasini xotirlab
tinglar edi. 
 
Mana  shu  yillari,  fortepianoda  birinchi  saboq  olish  mashg’ulotlari
boshlandi. Uning birinchi fortepiano o’qituvchisi Mariya Markovna Palchikovadir.
Frantsuz millatiga mansub, Fanni Dyurbax-Chaykovskiyning tarbiyachisi va birinchi
o’qituvchisi va enagasidir. Fanni Dyurbax bolalar ichida Petrga alohida mehr qo’yib,
uni  P’er  deb  erkalatar  edi.  Petr  Chaykovskiy  adabiyotga  ham  befarq  emas
edi.Bolaligida turli mavzularda hikoyalar va she’rlar yozgan.Keyinchalik kompozitor
vafotidan so’ng, uning akasi  Modest  Chaykovskiy ukasi  xotirasiga ma’lumotlar
to’plash  uchun  Shveytsariyadagi  Monbelyar  shahriga  Fanni  Dyurbaxni  qidirib
keladi. Kichkina Chaykovskiyning yozgan she’r va hikoyalarini saqlab qo’ygan
Fanni Dyurbax ularni Modest Chaykovskiyga qaytarib beradi.
 
Chaykovskiy  10  yoshga  to’lganida,  uni  Peterburgdagi  xuquqshunoslik
bilim  yurtiga  o’qishga  berishdi.Bu  bilim  yurtida  hohlovchi  talabalar  uchun
musiqadan mashg’ulotlar o’tkazilar edi. Aynan shu erda Chaykovskiy simfonik
kontsertlariga borar va rus g’arb kompozitorlari ijodidagi asarlarni o’rganar edi.
Ayniqsa  M.I.Glinkaning”Ivan  Susanin”  va  Motsartning”  Don  Juan”  operalari
Chaykovskiyda katta taassurot qoldirdi. Motsart uning eng sevimli kompozitori va
kumiri edi.
Logotip
satrlarida “Mening asarlarimda neki rus elementlari yangrayotgan bo’lsa, bularning barchasi mening rus tabiatida, rus dalasida, Rossiya zaminida rus bo’lib tug’ilganimdandir” deb yozib qoldirgan ekan. Chaykovskiy kompozitor, dirijer va publitsist. 2. Hayotiy va ijodiy yo’li. Chaykovskiy 1840-yil 25 aprel Votkinsk shahridagi metallurgiya zavodining direktori, tog’ injeneri Ilya Petrovich oilasida dunyoga kelgan. Otasi yaxshigina fleyta asbobida chalishni bilar edi. Oilada 4 ta farzandning ikkinchisi bo’lgan Chaykovskiy bolaligida noziktabiatli kasalmand, hissiyotli bola bo’lgan. 1854-yilda, onasi Aleksandra Assier vafotidan so’ng, Chaykovskiy chuqur g’am-alamga botadi. Shundan bo’lsa kerakki, ba’zan kompozitor ish jarayonida o’z hissiyotlarini va qahr- g’azabini jilovlay olmasdi. Alyabevning “Solovey” (Bulbul) qo’shig’i Petr onasining sevimli qo’shig’i edi va keyinchalik Chaykovskiy bu qo’shiqni albatta ko’z yoshlari bilan onasini xotirlab tinglar edi. Mana shu yillari, fortepianoda birinchi saboq olish mashg’ulotlari boshlandi. Uning birinchi fortepiano o’qituvchisi Mariya Markovna Palchikovadir. Frantsuz millatiga mansub, Fanni Dyurbax-Chaykovskiyning tarbiyachisi va birinchi o’qituvchisi va enagasidir. Fanni Dyurbax bolalar ichida Petrga alohida mehr qo’yib, uni P’er deb erkalatar edi. Petr Chaykovskiy adabiyotga ham befarq emas edi.Bolaligida turli mavzularda hikoyalar va she’rlar yozgan.Keyinchalik kompozitor vafotidan so’ng, uning akasi Modest Chaykovskiy ukasi xotirasiga ma’lumotlar to’plash uchun Shveytsariyadagi Monbelyar shahriga Fanni Dyurbaxni qidirib keladi. Kichkina Chaykovskiyning yozgan she’r va hikoyalarini saqlab qo’ygan Fanni Dyurbax ularni Modest Chaykovskiyga qaytarib beradi. Chaykovskiy 10 yoshga to’lganida, uni Peterburgdagi xuquqshunoslik bilim yurtiga o’qishga berishdi.Bu bilim yurtida hohlovchi talabalar uchun musiqadan mashg’ulotlar o’tkazilar edi. Aynan shu erda Chaykovskiy simfonik kontsertlariga borar va rus g’arb kompozitorlari ijodidagi asarlarni o’rganar edi. Ayniqsa M.I.Glinkaning”Ivan Susanin” va Motsartning” Don Juan” operalari Chaykovskiyda katta taassurot qoldirdi. Motsart uning eng sevimli kompozitori va kumiri edi.
 
1859  -yil  Chaykovskiy  xuquqshunoslik  bilim  yurtini  tamomlagach,
yustitsiya  vazirligida xizmat  qila boshladi,  ammo  Chaykovskiyni  musiqa  olami
ko’proq jalb etar edi.U o’z xaqida opasi Aleksandraga xat yozar ekan:”Men musiqa
nazariyasini  chuqur  o’rgandim,  qa’tiy  qaror  qildimki,  ertami-  kechmi  men
xizmatimni musiqaga almashtiraman”.
 
1862-yilda Chaykovskiy Peterburgdagi konservatoriyaga o’qishga kirib,
yosh kompozitorning tarbiyasida katta ahamiyatga ega bo’lgan A.Rubinshteyn va
N.Zaremba nomli mashhur pedagoglar sinfida tahsil ola boshlaydi.
 
1868-yilda  xor  va  orkestr  uchun  yaratgan  kantatasi  bilan  Peterburg
konservatoriyasini  muvaffaqiyatli  tamomlab,  Moskvada  endigina  ochilgan
konservatoriya  direktori  N.Rubinshteynning  taklifiga  ko’ra,  Moskva
konservatoriyasiga ishga keladi. U erda kompozitsiya, garmoniya, musiqa nazariyasi,
cholg’ulashtirish  fanlaridan  dars  bera  boshlaydi.  Pedagoglik  tajribasidan  kelib
chiqqan holda, 1872-yilda nashriyotda bosilgan “Rukovodstvo k prakticheskomu
izucheniyu garmonii” ilmiy kitobini yozadi. 
 
Moskvada Chaykovskiy musiqiy hayotning diqqat markazida bo’ladi. U bir
qator mashhur muzikantlar, artistlar, shoirlar bilan tanishadi. Dramaturg Ostrovskiy,
shoir  Pleheev,  muzikant  N.Rubinshteyn,  musiqiy  tanqidchi  Kashkin,  va  atoqli
L.Tolstoy  bilan  bo’lgan  tanishuvi  Chaykovskiyning  realistik  printsiplarining
tasdiqlanishida ijobiy rol o’ynagan.
 
Pedagoglik faoliyatidan tashqari, Chaykovskiy musiqiy tanqidchi sifatida
ham faoliyat yuritgan. U Glinka ijodining ahamiyati xaqida va milliy musiqani
rivojlanib  o’z  yo’lidan  ketishi  xaqida,  ijodini  endigina  boshlayotgan  Rimskiy-
Korsakovning  kelajagi  borligini  va  norvegiya  kompozitori  Grig  ijodining  xalq
ijodiyoti bilan bo’lgan aloqasining ijobiy tomonlari xaqida yozgan.
 
Bu davrda kompozitor, o’zining asarlari ustida jadal ishlay boshladi.Bu
davr  juda unumdor  bo’lib, :3 ta simfoniya,  birinchi  fortepiano uchun kontsert,
“Voevoda”(Askarboshi),  “Oprichnik”(Ivan  Grozniy  tuzgan  maxsus  qo’shini
boyari),”Undina”, “Kuznets Vakula”(Temirchi Vakula) kabi 4 ta opera, 3 ta kvartet,
“Lebedinoe ozero”(Oqqush ko’li) baleti, “Vremena goda”(Yil fasllari) fortepiano
tsikli kabi asarlari yaratilgan. Bu davrning asarlari quvnoq va optimistik ruhdadir.
Logotip
1859 -yil Chaykovskiy xuquqshunoslik bilim yurtini tamomlagach, yustitsiya vazirligida xizmat qila boshladi, ammo Chaykovskiyni musiqa olami ko’proq jalb etar edi.U o’z xaqida opasi Aleksandraga xat yozar ekan:”Men musiqa nazariyasini chuqur o’rgandim, qa’tiy qaror qildimki, ertami- kechmi men xizmatimni musiqaga almashtiraman”. 1862-yilda Chaykovskiy Peterburgdagi konservatoriyaga o’qishga kirib, yosh kompozitorning tarbiyasida katta ahamiyatga ega bo’lgan A.Rubinshteyn va N.Zaremba nomli mashhur pedagoglar sinfida tahsil ola boshlaydi. 1868-yilda xor va orkestr uchun yaratgan kantatasi bilan Peterburg konservatoriyasini muvaffaqiyatli tamomlab, Moskvada endigina ochilgan konservatoriya direktori N.Rubinshteynning taklifiga ko’ra, Moskva konservatoriyasiga ishga keladi. U erda kompozitsiya, garmoniya, musiqa nazariyasi, cholg’ulashtirish fanlaridan dars bera boshlaydi. Pedagoglik tajribasidan kelib chiqqan holda, 1872-yilda nashriyotda bosilgan “Rukovodstvo k prakticheskomu izucheniyu garmonii” ilmiy kitobini yozadi. Moskvada Chaykovskiy musiqiy hayotning diqqat markazida bo’ladi. U bir qator mashhur muzikantlar, artistlar, shoirlar bilan tanishadi. Dramaturg Ostrovskiy, shoir Pleheev, muzikant N.Rubinshteyn, musiqiy tanqidchi Kashkin, va atoqli L.Tolstoy bilan bo’lgan tanishuvi Chaykovskiyning realistik printsiplarining tasdiqlanishida ijobiy rol o’ynagan. Pedagoglik faoliyatidan tashqari, Chaykovskiy musiqiy tanqidchi sifatida ham faoliyat yuritgan. U Glinka ijodining ahamiyati xaqida va milliy musiqani rivojlanib o’z yo’lidan ketishi xaqida, ijodini endigina boshlayotgan Rimskiy- Korsakovning kelajagi borligini va norvegiya kompozitori Grig ijodining xalq ijodiyoti bilan bo’lgan aloqasining ijobiy tomonlari xaqida yozgan. Bu davrda kompozitor, o’zining asarlari ustida jadal ishlay boshladi.Bu davr juda unumdor bo’lib, :3 ta simfoniya, birinchi fortepiano uchun kontsert, “Voevoda”(Askarboshi), “Oprichnik”(Ivan Grozniy tuzgan maxsus qo’shini boyari),”Undina”, “Kuznets Vakula”(Temirchi Vakula) kabi 4 ta opera, 3 ta kvartet, “Lebedinoe ozero”(Oqqush ko’li) baleti, “Vremena goda”(Yil fasllari) fortepiano tsikli kabi asarlari yaratilgan. Bu davrning asarlari quvnoq va optimistik ruhdadir.
Aynan  shu  davrlarda  Chaykovskiyning  “Romeo  va  Juletta”,  “Burya”  (Bo’ron),
“Francheska da Rimmini” dramatik asarlari ham yaratilgan.
 
Uning asarlarini targ’ib qilgan, pianinochi va dirijer N.G. Rubinshteyn,
uning  asarlarini  bosmaga  tushirgan,  nashriyotchi  Yurgenson,  musiqiy  tanqidchi
Larosh kabi insonlar Chaykovskiyni qo’llab quvvatlab turishgan.
 
Antonina
 
Milyukova--Chaykovskiyning
 
rafiqasi.Chaykovskiyning
Milyukovaga uylanishi uning hayotida muhim ahamiyatga ega.Ular o’zaro murosaga
kelisha olmasliklari va oiladagi noxush, keskin holat kompozitorni asabiy-negativ
ahvolga solib qo’ydi va shuningdek kompozitor tushkunlikka tushgan holda o’z
joniga qasd qilish fikridan qaytib, rafiqasini tark etadi.Hayoti davomida ular boshqa
uchrashishmadi, shunga qaramasdan, Chaykovskiy ancha yillar mobaynida Antonina
Milyukovani moddiy tomondan ta’minlab turgan.
 
Omadsiz uylanishidan musibat chekkan Chaykovskiy 1877-yilda asabiy
kasallikka chalinib, xorijga ketadi. Bunga Nadejda fon Mekk kabi do’stlari unga
yordam beradi.
 
Chaykovskiyni mashaqqatli mehnat va yanada tinimsiz mehnat davolaydi
uni.Bu  davrning  “Evgeniy  Onegin  “operasi  va  4  chi  simfoniyasi  asarlari  shu
davrning mashhur asarlar sirasiga kiradi.1878-1788 yillarda Chaykovskiy ijodida
yangi davr boshlanadi. Lirika o’rnini fojeali kontseptsiyalar egallaydi.
 
Asarlari  ustida  ishlash  jarayoni  bilan  bir  paytda,  Chaykovskiy  dirijer
sifatida Berlin, Jeneva, Parij, Amerika, London kabi shaharlarida namoyishga chiqib,
1893-yilda  Kembrij  universiteti  tomonidan  “Musiqa  fanlari  doktori”  darajasiga
sazovor bo’ladi.
 
Kompozitor keyingi 10 yillik davomida tinimsiz mehnat qiladi. Bu yillarda
Chaykovskiy
 
tomonidan
 
“Mazepa”,“Charodeyka”(Afsungar),“Pikovaya
dama”(Qarg’a  dama),  lirik  yorqin  “Iolanta”,  “Spyahaya  krasavitsa”(Uyqudagi
go’zal),”  Helkunchik  “(Qarsillatuvchi),  kamonli  orkestr  uchun  kvartet,  “Italyan
kaprichchiosi”, 5 chi simfoniya, fojeali 6 chi simfoniya sermahsul asarlari yaratiladi. 
 1885-1893yillar asarlarining so’nggi davrida yorqinlik va qayg’ulik orasidagi
farq  keskin  sezila  boshlaydi.  1885-yildagi  “Manfred”  simfoniyasi  orqali,  uning
ijodiy simfoniyasi mazmunini dramatik mavzu egallaydi.Hayotining so’nggi 8 yilligi
mobaynida o’zining simfonik asarlarida falsafiy aspektni rivojlantiradi. 
Logotip
Aynan shu davrlarda Chaykovskiyning “Romeo va Juletta”, “Burya” (Bo’ron), “Francheska da Rimmini” dramatik asarlari ham yaratilgan. Uning asarlarini targ’ib qilgan, pianinochi va dirijer N.G. Rubinshteyn, uning asarlarini bosmaga tushirgan, nashriyotchi Yurgenson, musiqiy tanqidchi Larosh kabi insonlar Chaykovskiyni qo’llab quvvatlab turishgan. Antonina Milyukova--Chaykovskiyning rafiqasi.Chaykovskiyning Milyukovaga uylanishi uning hayotida muhim ahamiyatga ega.Ular o’zaro murosaga kelisha olmasliklari va oiladagi noxush, keskin holat kompozitorni asabiy-negativ ahvolga solib qo’ydi va shuningdek kompozitor tushkunlikka tushgan holda o’z joniga qasd qilish fikridan qaytib, rafiqasini tark etadi.Hayoti davomida ular boshqa uchrashishmadi, shunga qaramasdan, Chaykovskiy ancha yillar mobaynida Antonina Milyukovani moddiy tomondan ta’minlab turgan. Omadsiz uylanishidan musibat chekkan Chaykovskiy 1877-yilda asabiy kasallikka chalinib, xorijga ketadi. Bunga Nadejda fon Mekk kabi do’stlari unga yordam beradi. Chaykovskiyni mashaqqatli mehnat va yanada tinimsiz mehnat davolaydi uni.Bu davrning “Evgeniy Onegin “operasi va 4 chi simfoniyasi asarlari shu davrning mashhur asarlar sirasiga kiradi.1878-1788 yillarda Chaykovskiy ijodida yangi davr boshlanadi. Lirika o’rnini fojeali kontseptsiyalar egallaydi. Asarlari ustida ishlash jarayoni bilan bir paytda, Chaykovskiy dirijer sifatida Berlin, Jeneva, Parij, Amerika, London kabi shaharlarida namoyishga chiqib, 1893-yilda Kembrij universiteti tomonidan “Musiqa fanlari doktori” darajasiga sazovor bo’ladi. Kompozitor keyingi 10 yillik davomida tinimsiz mehnat qiladi. Bu yillarda Chaykovskiy tomonidan “Mazepa”,“Charodeyka”(Afsungar),“Pikovaya dama”(Qarg’a dama), lirik yorqin “Iolanta”, “Spyahaya krasavitsa”(Uyqudagi go’zal),” Helkunchik “(Qarsillatuvchi), kamonli orkestr uchun kvartet, “Italyan kaprichchiosi”, 5 chi simfoniya, fojeali 6 chi simfoniya sermahsul asarlari yaratiladi. 1885-1893yillar asarlarining so’nggi davrida yorqinlik va qayg’ulik orasidagi farq keskin sezila boshlaydi. 1885-yildagi “Manfred” simfoniyasi orqali, uning ijodiy simfoniyasi mazmunini dramatik mavzu egallaydi.Hayotining so’nggi 8 yilligi mobaynida o’zining simfonik asarlarida falsafiy aspektni rivojlantiradi.
 
Kompozitor  hayotining  so’nggi  yillarini  Klin  ostonasidagi  Maydanov
tumanida o’tkazdi. Bu erga N.D.Kashkin, kompozitor S.I.Taneev kabi do’stlari va
shogirdlari tashrif buyurishib musiqa xaqida qizg’in muzokaralar, bahslar o’tkazilar
edi. Moskva va Peterburgdan holi bo’lgan bu qishloqda, Chaykovskiyda kuniga 14
soatlab ishlash xususiyati paydo bo’ldi. “Ilhom parisi dangasa va yalqovlar uyiga
emas, aksincha kutib, uni chaqirayotganlar huzuriga tashrif buyuradi!”, deb yozgan
ekan kompozitor o’z kundalik qaydnomasida.
 
1893-yil 16 oktyabrda Chaykovskiy o’zining so’nggi 6 chi simfoniyasini
namoyishi  ijrosiga  dirijerlik  qiladi  va  shu  oyning  26  oktyabrida  bu  hayotdan
mangulikka safimizni tark etadi. Hozirgi paytda, Klin qishlog’ida Chaykovskiyning
uy-muzeyi  bor.  Bu  kompozitor  yashagan  uyda  uning  kitoblari,  qo’lyozmalari,
manzilgohlar, xona tuzilmasi ehtiyotkorlik bilan saqlanmoqda. Bularning barchasi
bizga XIX asrning iste’dodli, buyuk kompozitori xaqida ko’p narsalarni so’zlab
berishi mumkin.
 
3. Ijodiga xarakteristika. Chaykovskiy evropa va rus musiqa madaniyatining
katta  yutuqlarini  tanlagan  holda,  XIX  asrning  rus  xalq  ijodiyoti  va  shahar
romanslariga tayanib, rus milliy musiqa san’atining mumtoz, milliy namuna va
timsollarini yaratgan. U lirik operalarni va rus klassik baletlarini, jahon kamer-
cholg’u musiqasi qatoridan joy olgan fortepiano va skripka uchun kontsertlarni
yaratgan.  Uning  fortepiano  miniatyuralari  va  lirik  romanslari  yangi  talqinda
yangradi. 
Chaykovskiy musiqasi lirikdir. Yoyilgan musiqa,ifodaning asosiy vositasidir.
Melodiya (ohang) o’z ichiga rus xalq qo’shiqlarining keng kuychanligini, insoniy
nutqning deklamatsion-kuychanlik ifodasini o’z ichiga oladi. Chaykovskiy musiqasi
yuqori professional, badiiy etuklikda bo’lgani bilan oddiyliligi bilan farq qiladi.
Garmoniya  va  shakl,  musiqa  mazmuni  tomonlama  belgilanadi.Sekventsion
rivojlanish  uslubidan  keng  foydalanilgan.  Chaykovskiy  asarlarida  ko’proq  raqs
usullari yangraydi, asosan val ritmi nafaqat uning baletlarida, balki simfonik opera
kamer-cholg’u va vokal muzikalarida ham eshitiladi. Chaykovskiy ham Glinka kabi
ukrain, italyan, frantsuz xalqi uchun qo’shiqli va raqsli ohangni ishlatgan. Opera
kompozitori bo’lish uchun, Chaykovskiyning tanlagan yo’li murakkab va azobli edi.
U hayotning realistik tarziga asoslangan holda, lirik operasini yaratishga intilgan.
Logotip
Kompozitor hayotining so’nggi yillarini Klin ostonasidagi Maydanov tumanida o’tkazdi. Bu erga N.D.Kashkin, kompozitor S.I.Taneev kabi do’stlari va shogirdlari tashrif buyurishib musiqa xaqida qizg’in muzokaralar, bahslar o’tkazilar edi. Moskva va Peterburgdan holi bo’lgan bu qishloqda, Chaykovskiyda kuniga 14 soatlab ishlash xususiyati paydo bo’ldi. “Ilhom parisi dangasa va yalqovlar uyiga emas, aksincha kutib, uni chaqirayotganlar huzuriga tashrif buyuradi!”, deb yozgan ekan kompozitor o’z kundalik qaydnomasida. 1893-yil 16 oktyabrda Chaykovskiy o’zining so’nggi 6 chi simfoniyasini namoyishi ijrosiga dirijerlik qiladi va shu oyning 26 oktyabrida bu hayotdan mangulikka safimizni tark etadi. Hozirgi paytda, Klin qishlog’ida Chaykovskiyning uy-muzeyi bor. Bu kompozitor yashagan uyda uning kitoblari, qo’lyozmalari, manzilgohlar, xona tuzilmasi ehtiyotkorlik bilan saqlanmoqda. Bularning barchasi bizga XIX asrning iste’dodli, buyuk kompozitori xaqida ko’p narsalarni so’zlab berishi mumkin. 3. Ijodiga xarakteristika. Chaykovskiy evropa va rus musiqa madaniyatining katta yutuqlarini tanlagan holda, XIX asrning rus xalq ijodiyoti va shahar romanslariga tayanib, rus milliy musiqa san’atining mumtoz, milliy namuna va timsollarini yaratgan. U lirik operalarni va rus klassik baletlarini, jahon kamer- cholg’u musiqasi qatoridan joy olgan fortepiano va skripka uchun kontsertlarni yaratgan. Uning fortepiano miniatyuralari va lirik romanslari yangi talqinda yangradi. Chaykovskiy musiqasi lirikdir. Yoyilgan musiqa,ifodaning asosiy vositasidir. Melodiya (ohang) o’z ichiga rus xalq qo’shiqlarining keng kuychanligini, insoniy nutqning deklamatsion-kuychanlik ifodasini o’z ichiga oladi. Chaykovskiy musiqasi yuqori professional, badiiy etuklikda bo’lgani bilan oddiyliligi bilan farq qiladi. Garmoniya va shakl, musiqa mazmuni tomonlama belgilanadi.Sekventsion rivojlanish uslubidan keng foydalanilgan. Chaykovskiy asarlarida ko’proq raqs usullari yangraydi, asosan val ritmi nafaqat uning baletlarida, balki simfonik opera kamer-cholg’u va vokal muzikalarida ham eshitiladi. Chaykovskiy ham Glinka kabi ukrain, italyan, frantsuz xalqi uchun qo’shiqli va raqsli ohangni ishlatgan. Opera kompozitori bo’lish uchun, Chaykovskiyning tanlagan yo’li murakkab va azobli edi. U hayotning realistik tarziga asoslangan holda, lirik operasini yaratishga intilgan.
Badiiy natijaga, Chaykovskiy 5 chi simfoniyasi va “Evgeniy Onegin “operasida
erishdi.
 Operalardan farqli o’laroq, Chaykovskiy o’zining simfonik asarlarida, o’z tabiiy
tili va uslubini topdi. Uning birinchi simfoniyasidayoq simfonik tsiklning yangi
risolasi,  cholg’ulashtirishning  yangi  usullari  va  garmonik  rejaning  dadilligini
ko’rishimiz mumkin. U o’ziga xos melodik uslubni yaratgan .
 
4.  Simfonik  ijodi.  Chaykovskiy  ijodining  butun  hayoti  davomida  simfonik
musiqa katta o’rinni egallar edi. Ostrovskiy dramasiga “ Groza” (Momaqaldiroq)
uvertyurasi, bu vohadagi uning birinchi ahamiyatga ega bo’lgan asari edi. O’limidan
bir oz muddat oldin, “Oltinchi simfoniya” va uchinchi fortepiano kontsertlarini
yaratgan  edi. Janrlari  turli-xil  bo’lgan  simfonik  asarlar  ichida  6  ta  simfoniya,
“Manfred”, bir qismli dasturli uvertyuralar va poemalar, “Fatum”(Qismat), “Romeo
va Juletta”, “Burya”(Bo’ron), “Francheska da Rimini” “Gamlet”, “Voevoda” kabi
asarlar katta ahamiyatga ega edi.
 
To’rtinchi va beshinchi simfoniyalari juda ham misli ko’rilmagan mashhur
edi. Kompozitorning bu simfoniya janrida, falsafiy izlanishlarning asosiy savoli
echilmoqda “Inson mavjudligining ma’nosi?”. Chaykovskiy, simfonik asarlarning--
badiiy g’oyalarni  keng ko’lamda, katta erkinlik bilan rivojlanish jarayonini  aks
ettirishi uchun imkon yaratib berishiga ishonar edi.
 
Chaykovskiy simfonik asarlarining ko’pchiligi dasturlidir. Bunga asarning
nomi  va  uning  alohida  bo’lgan  qismlari  ko’rsatma  beradi.  Masalan,  “Zimno’e
grezo’”(Qish orzusi) simfoniyasi va “Romeo va Juletta” uvertyurasi, “Manfred”
simfoniyasida asosan katta so’z bayoni dasturi berilgan.
 
Kompozitor o’zining dramatik tabiatidan kelib chiqib, dasturli asarga mos
adabiy syujetni tanlar edi. Chaykovskiy, jahon simfonizmining rivojlanish tarixiga
liriko-dramatik, lirik-fojeali simfoniyalar yaratuvchisi sifatida kirib kelgan.
 
“XIX asrning rus musiqasida, simfoniyani “hissiyotli, falsafiy tovushlar”
darajasiga olib chiqish, faqatgina Chaykovskiyga qo’l keldi”, deb ifodalaydi B.V.
Asafev.  Uning  asarlarida,  simfonik  uslubning  harakat  va  dinamika vositalari
yordami,  simfonizmning  lirik  tabiati,  psixologizm,  obrazlar  konkretlik  janriga
bo’lgan  tayanch  ifoda  topar  edi.  Chaykovskiy,  qalbida  to’plangan  barcha  dard
alamlarni  qanday  his  etsa,  simfoniyani  ham  shunday  his  etar,  simfoniyaning
Logotip
Badiiy natijaga, Chaykovskiy 5 chi simfoniyasi va “Evgeniy Onegin “operasida erishdi. Operalardan farqli o’laroq, Chaykovskiy o’zining simfonik asarlarida, o’z tabiiy tili va uslubini topdi. Uning birinchi simfoniyasidayoq simfonik tsiklning yangi risolasi, cholg’ulashtirishning yangi usullari va garmonik rejaning dadilligini ko’rishimiz mumkin. U o’ziga xos melodik uslubni yaratgan . 4. Simfonik ijodi. Chaykovskiy ijodining butun hayoti davomida simfonik musiqa katta o’rinni egallar edi. Ostrovskiy dramasiga “ Groza” (Momaqaldiroq) uvertyurasi, bu vohadagi uning birinchi ahamiyatga ega bo’lgan asari edi. O’limidan bir oz muddat oldin, “Oltinchi simfoniya” va uchinchi fortepiano kontsertlarini yaratgan edi. Janrlari turli-xil bo’lgan simfonik asarlar ichida 6 ta simfoniya, “Manfred”, bir qismli dasturli uvertyuralar va poemalar, “Fatum”(Qismat), “Romeo va Juletta”, “Burya”(Bo’ron), “Francheska da Rimini” “Gamlet”, “Voevoda” kabi asarlar katta ahamiyatga ega edi. To’rtinchi va beshinchi simfoniyalari juda ham misli ko’rilmagan mashhur edi. Kompozitorning bu simfoniya janrida, falsafiy izlanishlarning asosiy savoli echilmoqda “Inson mavjudligining ma’nosi?”. Chaykovskiy, simfonik asarlarning-- badiiy g’oyalarni keng ko’lamda, katta erkinlik bilan rivojlanish jarayonini aks ettirishi uchun imkon yaratib berishiga ishonar edi. Chaykovskiy simfonik asarlarining ko’pchiligi dasturlidir. Bunga asarning nomi va uning alohida bo’lgan qismlari ko’rsatma beradi. Masalan, “Zimno’e grezo’”(Qish orzusi) simfoniyasi va “Romeo va Juletta” uvertyurasi, “Manfred” simfoniyasida asosan katta so’z bayoni dasturi berilgan. Kompozitor o’zining dramatik tabiatidan kelib chiqib, dasturli asarga mos adabiy syujetni tanlar edi. Chaykovskiy, jahon simfonizmining rivojlanish tarixiga liriko-dramatik, lirik-fojeali simfoniyalar yaratuvchisi sifatida kirib kelgan. “XIX asrning rus musiqasida, simfoniyani “hissiyotli, falsafiy tovushlar” darajasiga olib chiqish, faqatgina Chaykovskiyga qo’l keldi”, deb ifodalaydi B.V. Asafev. Uning asarlarida, simfonik uslubning harakat va dinamika vositalari yordami, simfonizmning lirik tabiati, psixologizm, obrazlar konkretlik janriga bo’lgan tayanch ifoda topar edi. Chaykovskiy, qalbida to’plangan barcha dard alamlarni qanday his etsa, simfoniyani ham shunday his etar, simfoniyaning
yaratilishi esa Chaykovskiy uchun “xaqiqiy lirik” jarayon edi. Chaykovskiy, o’z
simfoniyalarida avvalambor insonning ruhiy, hissiy hayotini aks ettirishga harakat
qilar edi.
 
Chaykovskiy simfoniya musiqasidagi asosiy xususiyat, uning opera janri
bilan o’zaro aloqadorligidir.
 
O’zining “Oltinchi” simfoniyasi orqali, Chaykovskiy simfonist-rassomchi
sifatida, XIX asr simfonizmiga yakun yasagan holda, mumtoz, klassik va romantik
san’atning falsafiy va hissiy tomonlarini o’lchab ko’rib, o’z asrining zamonaviy
kompozitoriga aylandi.
 
Kontsert  janri  rivojlanishiga  ham  Chaykovskiy  o’zining katta hissasini
qo’shgan. Uning fortepiano va orkestr uchun 1 chi va 2 chi kontsertlari, skripka va
orkestr uchun kontsert, rokoko mavzusida violonchel va orkestr uchun variatsiyalari
jahon musiqa adabiyotida shu janrning eng yaxshi namunalari sirasiga kiradi. 
 
5.  Opera  ijodiyoti.”  Opera,  aynan  faqat  opera,  Sizni  insonlar  bilan
yaqinlashtiradi, sizning musiqangizni xaqiqiy omma bilan birlashtirib, Sizni nafaqat
kichik to’garaklar iftixori, balki butun xalq iftixoriga aylantiradi”-deb yozgan ekan
Chaykovskiy.
Opera uning ijodida katta o’rinni egallaydi. Kompozitor tomonidan 10 ta opera
yaratilgan: ”Voevoda”(Ivan Grozniy tuzgan maxsus qo’shin boyari), “Undina”G’
keyinchalik  kompozitor  talablariga  javob  bermagani  uchun  yo’q  qilinganG’,
“Kuznets  Vakula”  G’keyinchalik  “Cherevichki”  nomini  olganG’,  3  ta  tarixiy
syujetga  ega  “Oprichnink”(Askarboshi),  “Mazepa”,  “Orleanskaya  deva”(Orlean
qizi),”Charodeyka”(Afsungar) operasi, yorqin lirik “Iolanta”operalaridir.
“Evgeniy  Onegin”  va  “Pikovaya  dama”  Chaykovskiy  opera  ijodiyoti
cho’qqisining eng yuksak operalaridir.
Ko’pchilik operalari - inson hayoti, fikrlari va hissiyotlari asosida yaratilgan
lirik-psixologik  dramadir. Kompozitor, opera  janrining  o’ylangan  printsiplari
chegarisidan chiqmas edi. Evropaning va rus musiqasining yo’nalishlarini va turli-xil
uslublarni  qo’llashi  bilan  birga, Chaykovskiy  yangi  uslub, realistik  operasini
yaratadi.
Logotip
yaratilishi esa Chaykovskiy uchun “xaqiqiy lirik” jarayon edi. Chaykovskiy, o’z simfoniyalarida avvalambor insonning ruhiy, hissiy hayotini aks ettirishga harakat qilar edi. Chaykovskiy simfoniya musiqasidagi asosiy xususiyat, uning opera janri bilan o’zaro aloqadorligidir. O’zining “Oltinchi” simfoniyasi orqali, Chaykovskiy simfonist-rassomchi sifatida, XIX asr simfonizmiga yakun yasagan holda, mumtoz, klassik va romantik san’atning falsafiy va hissiy tomonlarini o’lchab ko’rib, o’z asrining zamonaviy kompozitoriga aylandi. Kontsert janri rivojlanishiga ham Chaykovskiy o’zining katta hissasini qo’shgan. Uning fortepiano va orkestr uchun 1 chi va 2 chi kontsertlari, skripka va orkestr uchun kontsert, rokoko mavzusida violonchel va orkestr uchun variatsiyalari jahon musiqa adabiyotida shu janrning eng yaxshi namunalari sirasiga kiradi. 5. Opera ijodiyoti.” Opera, aynan faqat opera, Sizni insonlar bilan yaqinlashtiradi, sizning musiqangizni xaqiqiy omma bilan birlashtirib, Sizni nafaqat kichik to’garaklar iftixori, balki butun xalq iftixoriga aylantiradi”-deb yozgan ekan Chaykovskiy. Opera uning ijodida katta o’rinni egallaydi. Kompozitor tomonidan 10 ta opera yaratilgan: ”Voevoda”(Ivan Grozniy tuzgan maxsus qo’shin boyari), “Undina”G’ keyinchalik kompozitor talablariga javob bermagani uchun yo’q qilinganG’, “Kuznets Vakula” G’keyinchalik “Cherevichki” nomini olganG’, 3 ta tarixiy syujetga ega “Oprichnink”(Askarboshi), “Mazepa”, “Orleanskaya deva”(Orlean qizi),”Charodeyka”(Afsungar) operasi, yorqin lirik “Iolanta”operalaridir. “Evgeniy Onegin” va “Pikovaya dama” Chaykovskiy opera ijodiyoti cho’qqisining eng yuksak operalaridir. Ko’pchilik operalari - inson hayoti, fikrlari va hissiyotlari asosida yaratilgan lirik-psixologik dramadir. Kompozitor, opera janrining o’ylangan printsiplari chegarisidan chiqmas edi. Evropaning va rus musiqasining yo’nalishlarini va turli-xil uslublarni qo’llashi bilan birga, Chaykovskiy yangi uslub, realistik operasini yaratadi.
 “Operaning asosiy shartlari, harakter  va  vaziyatlarning xaqiqiyligidir”, deb
hisoblar  edi  Chaykovskiy.  Syujet,  faqat  bir  hissiyotni  “  muxabbat,  rashk,
vatanparvarlik” ni ko’rsatishi kerak. 
Chaykovskiy operalarida, ohang etaklovchidir. Orkestr xonanda ovozini bosib
ketmagan  holda,  opera  rivojlanishida  faol  qatnashadi.  Uning  operalari  tarkibi:
simfonik rivojlanish va opera shaklining yopiqliligi, bir biri bilan uyg’unlashgan –
ariyalar, duetlar, xorlar, ansambllardir.
Chaykovskiy qahramonlar va obrazlarning yorqin, individual xarakteristikasiga
katta ahamiyat bergan. Chaykovskiy operalarida vokal partiyalarining boyligi va
ifodaliligi,  simfonik  rivojlanishi  bilan  birlashib,  ruhiy  holatning  dinamikasini
ko’rsatishga imkon beradi.Chaykovskiy shu bilan birga, operaning turmushiy-tarziy
va tarixiy sahnalarining qonunlariga katta ahamiyat berib, “ Operani nafaqat eshitish,
balki ko’rish ham lozim” aqidasiga rioya qilar edi.
Chaykovskiy, o’zining tugallangan opera-idealiga birdaniga erishmagan. 1878-
yilda A.S.Pushkin poemasiga yozilgan “Evgeniy Onegin” operasida, Chaykovskiy
“intim, lekin kuchli drama”, oddiy insonlar hayotiga chuqur hayotiy asar, estetik
idealini yaratishga muvaffaq bo’ldi.
So’nggi davrlarida, opera ijodiyotining musiqa teatrlari tarixida yangi sahifa
ochildi. “Orleanskaya deva”, “Mazepa”, “Charodeyka”operalari “Evgeniy Onegin”
kabi umumiy xususiyatlarni  o’z ichiga oladi. Endilikda qahramonlar psixologik
dramasi, murakkab, “tashqi” harakatlar bilan boyitilgan ziddiyatlik mazmuni, keskin
burilishlar, syujet yo’nalishining parallelligi bilan ifodalangan. Shaxsiy drama va
xalq  o’zaro  aloqadordir.Qahramonlar  xarakterining  serqirraligi,  ikkinchi  darajali
epizodik qiyofalarning kiritilishi, obrazlar qo’yilishidagi farqlilik shu davr opera
dramaturgiyasining yangi xislatlaridir, ammo barcha vaziyatli harakat sahnalari--
markazda bo’lgan bir obrazning rivojlanishiga, birinchi planda namoyish etiladigan
musiqiy xarakteristikaga va uning barcha narsaga bo’lgan ta’siriga bo’ysunadi. Mana
shularning barchasi, 1890-yil Pushkin syujetiga yozilgan “Pikovaya dama” operasida
yoritilgan.  “Pikovaya  dama”  opera  dramaturgiyasi  “Evgeniy  Onegin”  operasiga
namunadir. Chaykovskiy intim-drama ko’rinishiga qaytganday bo’lib, ammo uni
fojeali  kontseptsiya  orqali  sindiradi.  Barcha  harakatlar,  bosh  qahramon  fojeasi
rivojlanishi ko’rinishiga yo’naltirilgan.
Logotip
“Operaning asosiy shartlari, harakter va vaziyatlarning xaqiqiyligidir”, deb hisoblar edi Chaykovskiy. Syujet, faqat bir hissiyotni “ muxabbat, rashk, vatanparvarlik” ni ko’rsatishi kerak. Chaykovskiy operalarida, ohang etaklovchidir. Orkestr xonanda ovozini bosib ketmagan holda, opera rivojlanishida faol qatnashadi. Uning operalari tarkibi: simfonik rivojlanish va opera shaklining yopiqliligi, bir biri bilan uyg’unlashgan – ariyalar, duetlar, xorlar, ansambllardir. Chaykovskiy qahramonlar va obrazlarning yorqin, individual xarakteristikasiga katta ahamiyat bergan. Chaykovskiy operalarida vokal partiyalarining boyligi va ifodaliligi, simfonik rivojlanishi bilan birlashib, ruhiy holatning dinamikasini ko’rsatishga imkon beradi.Chaykovskiy shu bilan birga, operaning turmushiy-tarziy va tarixiy sahnalarining qonunlariga katta ahamiyat berib, “ Operani nafaqat eshitish, balki ko’rish ham lozim” aqidasiga rioya qilar edi. Chaykovskiy, o’zining tugallangan opera-idealiga birdaniga erishmagan. 1878- yilda A.S.Pushkin poemasiga yozilgan “Evgeniy Onegin” operasida, Chaykovskiy “intim, lekin kuchli drama”, oddiy insonlar hayotiga chuqur hayotiy asar, estetik idealini yaratishga muvaffaq bo’ldi. So’nggi davrlarida, opera ijodiyotining musiqa teatrlari tarixida yangi sahifa ochildi. “Orleanskaya deva”, “Mazepa”, “Charodeyka”operalari “Evgeniy Onegin” kabi umumiy xususiyatlarni o’z ichiga oladi. Endilikda qahramonlar psixologik dramasi, murakkab, “tashqi” harakatlar bilan boyitilgan ziddiyatlik mazmuni, keskin burilishlar, syujet yo’nalishining parallelligi bilan ifodalangan. Shaxsiy drama va xalq o’zaro aloqadordir.Qahramonlar xarakterining serqirraligi, ikkinchi darajali epizodik qiyofalarning kiritilishi, obrazlar qo’yilishidagi farqlilik shu davr opera dramaturgiyasining yangi xislatlaridir, ammo barcha vaziyatli harakat sahnalari-- markazda bo’lgan bir obrazning rivojlanishiga, birinchi planda namoyish etiladigan musiqiy xarakteristikaga va uning barcha narsaga bo’lgan ta’siriga bo’ysunadi. Mana shularning barchasi, 1890-yil Pushkin syujetiga yozilgan “Pikovaya dama” operasida yoritilgan. “Pikovaya dama” opera dramaturgiyasi “Evgeniy Onegin” operasiga namunadir. Chaykovskiy intim-drama ko’rinishiga qaytganday bo’lib, ammo uni fojeali kontseptsiya orqali sindiradi. Barcha harakatlar, bosh qahramon fojeasi rivojlanishi ko’rinishiga yo’naltirilgan.
“Pikovaya dama”--Chaykovskiy opera ijodining cho’qqisi, rus va jahon klassika
durdonasi hisoblanadi.
Chaykovskiy,  Pushkin  qissalari  obrazlarini  o’zgartirgan  holda,  Pushkin
asarlarining  muhimliligini  va  ahamiyatliligini  qoldirgan,  qissa  va  opera
qahramonning uni o’rab turgan jamiyat orasidagi o’zaro aloqadorligiga va ichki nizo
asoslariga asoslanishi kerak. German xarakteri, atrofidagilarga bo’lgan munosabati
va uning qalbida kurashayotgan ikkita ehtiros,: qimor o’yiniga va Lizaga muhabbati
Chaykovskiyda o’zgacha yoritilgan. Instrumental simfonik musiqasining operada
rivojlanib, ishlatilishi “Pikovaya dama”dramaturgiyasida yorqin aks etgan. Opera
dramaturgiyasining yangi uslubi o’zgacha tematizmnin talab qildi. Intorduktsiya--
operadagi  simfonik  variantning  qisilganligi  simfonik  rivojlanishda  o’zgacha
ahmiyatga ega. 
“Evgeniy Onegin” operasi mazmuni. Kechki oqshom. Larinlar uyi hovlisidagi
bog’. Tatyana va Olga qizlarining navqiron ovozi Larina va enaga Filippevnada
yoshlik chog’larining xotirasini eslatmoqda.Olisdan kuy qo’shiqlar ovozi kelmoqda.
Dehqonlar yig’ib olingan hosil munosabati bilan, xonadon sohibasiga gul va lentalar
bilan yasatilgan snopni olib keldilar. Dehqon qo’shiqlari, o’ychan orzularga berilgan
Tatyana va beg’am quvnoq Olganing e’tiborini tortmoqda. Larinlar xonadoniga,
Olgaga oshiq bo’lib qolgan, ularning qo’shnisi Vladimir Lenskiy va uning yaqinda
Peterburgdan,  zerikarli  qishloqqa  kelgan  navqiron  do’sti  Onegin  mexmonga
kelmoqdalar.  Tatyana,  Onegin  bilan  bo’ladigan  uchrashuv  oldidan  hayajonga
tushgan, chunki Onegin qiyofasida o’zining qaylig’ini ko’rayapti. 
Tatyana xonasi. Qiz xavotirli o’ylar girdobida. Uyqusi kelmayotgan Tatyana,
enagadan uning yoshligi xaqida so’zlab berishini iltimos qiladi. Bundan ham uning
hayajonlari tarqamadi.Unga begona bo’lgan yangi hissiyotga berilib, Oneginga o’z
sevgisini izhor qiluvchi maktubni yozib, unga jo’natadi.
Soyali  bog’da  Larina  qizlari  qo’shiq  aytib,  meva  terishmoqda.  To’satdan
hayajonlangan Tatyana yugurib keladi. Onegin etib keldi, u hozir shu erda bo’ladi. U
titragan  holatda  o’z  izhori  uchun  javob  kutadi.  Onegin  vazmin  kayfiyatda.
Tatyananing  samimiyligidan  xursand  bo’lsada,  uning  muxabbatiga  javob  bera
olmaydi. Hayratga tushgan qiz nadomat ila uning falsafiy fikrlarini tinglamoqda.
Logotip
“Pikovaya dama”--Chaykovskiy opera ijodining cho’qqisi, rus va jahon klassika durdonasi hisoblanadi. Chaykovskiy, Pushkin qissalari obrazlarini o’zgartirgan holda, Pushkin asarlarining muhimliligini va ahamiyatliligini qoldirgan, qissa va opera qahramonning uni o’rab turgan jamiyat orasidagi o’zaro aloqadorligiga va ichki nizo asoslariga asoslanishi kerak. German xarakteri, atrofidagilarga bo’lgan munosabati va uning qalbida kurashayotgan ikkita ehtiros,: qimor o’yiniga va Lizaga muhabbati Chaykovskiyda o’zgacha yoritilgan. Instrumental simfonik musiqasining operada rivojlanib, ishlatilishi “Pikovaya dama”dramaturgiyasida yorqin aks etgan. Opera dramaturgiyasining yangi uslubi o’zgacha tematizmnin talab qildi. Intorduktsiya-- operadagi simfonik variantning qisilganligi simfonik rivojlanishda o’zgacha ahmiyatga ega. “Evgeniy Onegin” operasi mazmuni. Kechki oqshom. Larinlar uyi hovlisidagi bog’. Tatyana va Olga qizlarining navqiron ovozi Larina va enaga Filippevnada yoshlik chog’larining xotirasini eslatmoqda.Olisdan kuy qo’shiqlar ovozi kelmoqda. Dehqonlar yig’ib olingan hosil munosabati bilan, xonadon sohibasiga gul va lentalar bilan yasatilgan snopni olib keldilar. Dehqon qo’shiqlari, o’ychan orzularga berilgan Tatyana va beg’am quvnoq Olganing e’tiborini tortmoqda. Larinlar xonadoniga, Olgaga oshiq bo’lib qolgan, ularning qo’shnisi Vladimir Lenskiy va uning yaqinda Peterburgdan, zerikarli qishloqqa kelgan navqiron do’sti Onegin mexmonga kelmoqdalar. Tatyana, Onegin bilan bo’ladigan uchrashuv oldidan hayajonga tushgan, chunki Onegin qiyofasida o’zining qaylig’ini ko’rayapti. Tatyana xonasi. Qiz xavotirli o’ylar girdobida. Uyqusi kelmayotgan Tatyana, enagadan uning yoshligi xaqida so’zlab berishini iltimos qiladi. Bundan ham uning hayajonlari tarqamadi.Unga begona bo’lgan yangi hissiyotga berilib, Oneginga o’z sevgisini izhor qiluvchi maktubni yozib, unga jo’natadi. Soyali bog’da Larina qizlari qo’shiq aytib, meva terishmoqda. To’satdan hayajonlangan Tatyana yugurib keladi. Onegin etib keldi, u hozir shu erda bo’ladi. U titragan holatda o’z izhori uchun javob kutadi. Onegin vazmin kayfiyatda. Tatyananing samimiyligidan xursand bo’lsada, uning muxabbatiga javob bera olmaydi. Hayratga tushgan qiz nadomat ila uning falsafiy fikrlarini tinglamoqda.
Larinalar uyida ziyofat. Tatyananing tug’ilgan kuniga ko’p mehmonlar tashrif
buyurgan. Xonimlar orasidagi frantsuz Trike tug’ilgan kun sohibasiga tabrik she’rini
o’qib bermoqda. Qishloqcha ziyofat,odamlarning g’iybati Oneginni zeriktirib qo’ydi.
Uni bu erga olib kelgan Lenskiydan alamini olish uchun Olgaga mulozamat ko’rsata
boshlaydi Lenskiy, do’stining hatti harakatidan va qaylig’ining engiltabiatligidan
hayratlanmoqda. Mazurka mobaynida janjal boshlanadi. Tahqirlangan Lenskiy jahl
ustida  Oneginni  chaqiruvga  undaydi.  Atrofdagilar  ularni  yarashtirishga  harakat
qiladilar.
Qish tongi.Tegirmon yonida duel belgilangan. Tongga yaqin bu erga Lenskiy
sekundanti bilan kelgan. Fikri va hayoli Olgada. Bu kun unga nimani tayyorlayotgan
ekan? Kechikib kelgan Onegin paydo bo’ldi. Raqibdoshlar ikkilanmoqda, ular bo’lib
o’tgan do’stlikni eslamoqdalar, ammo yarashishga yo’l yo’q. Duelchilar qarama-
qarshi holatda joylashishdi. O’q otildi va o’qdan yaralangan Lenskiy qulaydi.
Badavlat xonadonda Peterburg mashhur, badavlat insonlari to’plangan. Yorqin
poytaxt,  ziyofat  kechasi  avjiga  chiqqan.  Mexmonlar  orasida  sayohatdan  qaytib
kelgan Onegin ham bor. Na sayohat, na ziyofat kechalari uning dardiga malham
bo’lmoqda. Uning ro’parasida knyaz Gremin rafiqasi bilan paydo bo’ladi va Onegin
uning  rafiqasi  qiyofasida  Tatyanani  ko’radi.  Knyaz,  Oneginga  muvaffaqiyatli
uylanishi xaqida so’zlayotib, Tatyanani tanishtiradi. Onegin qachonlardir qizning
birinchi  hissiyotini  rad  etganini  shu  daqiqa  tushunib  eta  boshlaydi.  To’satdan
Tatyanaga paydo bo’lgan muxabbatdan qamrovga tushgan Onegin ,Tatyana bilan
uchrashishga ahd qiladi.
O’z mehmonxonasida Tatyana xavotir ila Oneginning maktubini o’qimoqda. U
hanuzgacha uni sevadi. To’satdan Onegin kirib keladi. Uning so’zlarida izhor va
afsusli  nadomat bor.  Tatyana  ularning  birinchi  uchrashuvini  eslaydi  U  paytda
ularning muxabbatiga imkon va yaqinlik bor edi.Ammo o’tmishni ortga qaytarib
bo’lmaydi. Oneginni mag’rurlik va nomusga chaqirib, endilikda u boshqa insonnig
umr yo’ldoshi ekanligini va uni tinch qo’yishini so’raydi. Endilikda qizlik orzulari
o’z hukmini yo’qotgan edi. Onegin yolg’iz qoladi.
 
 
6.  Baletlari. P.I.Chaykovskiyning  balet  janriga  murojaati  tasodifiy  emas.
Musiqaning  hatti  harakatlarini,  plastikasini  his  qilish  Chaykovskiy  iste’dodiga
Logotip
Larinalar uyida ziyofat. Tatyananing tug’ilgan kuniga ko’p mehmonlar tashrif buyurgan. Xonimlar orasidagi frantsuz Trike tug’ilgan kun sohibasiga tabrik she’rini o’qib bermoqda. Qishloqcha ziyofat,odamlarning g’iybati Oneginni zeriktirib qo’ydi. Uni bu erga olib kelgan Lenskiydan alamini olish uchun Olgaga mulozamat ko’rsata boshlaydi Lenskiy, do’stining hatti harakatidan va qaylig’ining engiltabiatligidan hayratlanmoqda. Mazurka mobaynida janjal boshlanadi. Tahqirlangan Lenskiy jahl ustida Oneginni chaqiruvga undaydi. Atrofdagilar ularni yarashtirishga harakat qiladilar. Qish tongi.Tegirmon yonida duel belgilangan. Tongga yaqin bu erga Lenskiy sekundanti bilan kelgan. Fikri va hayoli Olgada. Bu kun unga nimani tayyorlayotgan ekan? Kechikib kelgan Onegin paydo bo’ldi. Raqibdoshlar ikkilanmoqda, ular bo’lib o’tgan do’stlikni eslamoqdalar, ammo yarashishga yo’l yo’q. Duelchilar qarama- qarshi holatda joylashishdi. O’q otildi va o’qdan yaralangan Lenskiy qulaydi. Badavlat xonadonda Peterburg mashhur, badavlat insonlari to’plangan. Yorqin poytaxt, ziyofat kechasi avjiga chiqqan. Mexmonlar orasida sayohatdan qaytib kelgan Onegin ham bor. Na sayohat, na ziyofat kechalari uning dardiga malham bo’lmoqda. Uning ro’parasida knyaz Gremin rafiqasi bilan paydo bo’ladi va Onegin uning rafiqasi qiyofasida Tatyanani ko’radi. Knyaz, Oneginga muvaffaqiyatli uylanishi xaqida so’zlayotib, Tatyanani tanishtiradi. Onegin qachonlardir qizning birinchi hissiyotini rad etganini shu daqiqa tushunib eta boshlaydi. To’satdan Tatyanaga paydo bo’lgan muxabbatdan qamrovga tushgan Onegin ,Tatyana bilan uchrashishga ahd qiladi. O’z mehmonxonasida Tatyana xavotir ila Oneginning maktubini o’qimoqda. U hanuzgacha uni sevadi. To’satdan Onegin kirib keladi. Uning so’zlarida izhor va afsusli nadomat bor. Tatyana ularning birinchi uchrashuvini eslaydi U paytda ularning muxabbatiga imkon va yaqinlik bor edi.Ammo o’tmishni ortga qaytarib bo’lmaydi. Oneginni mag’rurlik va nomusga chaqirib, endilikda u boshqa insonnig umr yo’ldoshi ekanligini va uni tinch qo’yishini so’raydi. Endilikda qizlik orzulari o’z hukmini yo’qotgan edi. Onegin yolg’iz qoladi. 6. Baletlari. P.I.Chaykovskiyning balet janriga murojaati tasodifiy emas. Musiqaning hatti harakatlarini, plastikasini his qilish Chaykovskiy iste’dodiga