P.I.CHAYKOVSKIY IJODI
Reja:
1.Petr Ilich Chaykovskiyning estetik printsiplari.
2. Hayotiy va ijodiy yo’li.
3. Ijodiga xarakteristika.
4. Simfonik ijodi.
5. Opera ijodiyoti.
6. Baletlari.
7. Kamer-cholg’u va vokal asarlari.
1-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: P.I. Chaykovskiyning estetik
printsiplari xaqida ma’lumot beradi.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.1. P.I. Chaykovskiyning estetik printsiplari xaqida ma’lumot oladi.
1- masalaning asosiy bayoni:
1.Petr Ilich Chaykovskiyning estetik printsiplari. Petr Ilich Chaykovskiy
nomi, Glinka va Dargomijskiy an’analarini davom ettirgan holda, klassik
kompozitorlari orasida ajralib turadi. Uning o’lmas, bebaho asarlari A.S. Pushkin va
L.Tolstoy kabi insonlarning asarlari bilan bir qatorda turadi. Chaykovskiy estetik
printsiplarining asoslari XIX asrning 60-70 yillarida shakllangan. Bu davr, badiiy
g’oyalarning yuksalishi, rus adabiyoti, rassomchiligi va musiqasining “gullab
yashnash” davriga to’g’ri keladi. Dunyokarashining o’tkir fojeasi Chaykovskiyga xos
xususiyat bo’lsada, Chaykovskiy hayotga go’zallik va ishonuvchanlik ko’zlari bilan
qaragan. “Go’zallik -- bu hayotning o’zidir”, kabi Cherno’shevskiyning printsipi,
Chaykovskiyning ham printsipiga aylandi. Chaykovskiy hayotni va insoniyatni sevar
edi. Uning musiqasida ruhiy hissiyotning xaqiqiy ochilishi bor.
Chaykovskiy mumtoz, milliy kompozitordir. U o’z asarlarida rus jamiyati hayotini
va uning turmushiy tarzini, rus tabiatini tasvirlaydi. Chaykovskiy musiqasining
intonatsion ohangdorligi rus xalq qo’shiqlariga hamohangdir. Uning musiqasi rus xalq
qo’shiqlariga yaqindir. Petr Ilich Chaykovskiy bolaligi Votkinskda, so’ngra
Volopaevskda o’tgan. Kompozitor kundalik daftariga yozgan satrlarida “Mening
asarlarimda neki rus elementlari yangrayotgan bo’lsa, bularning barchasi mening rus
tabiatida, rus dalasida, Rossiya zaminida rus bo’lib tug’ilganimdandir” deb yozib
qoldirgan ekan.
Chaykovskiy kompozitor, dirijer va publitsist.
Nazorat savollari:
1.1.1. P.I. Chaykovskiy o’z asarlarida nimani tasvirlagan?
1.1.2. P.I. Chaykovskiy kundalik daftariga qanday satrlarni yozib qoldirgan?
2-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: P.I. Chaykovskiyning hayotiy
va ijodiy yo’li xaqida ma’lumot beradi.
Identiv o’quv maqsadlari:
2.1. P.I. Chaykovskiyning hayoti bilan tanishadi.
2.2. P.I. Chaykovskiyning ijodiy yo’li xaqida ma’lumot oladi.
2- masalaning asosiy bayoni:
2. Hayotiy va ijodiy yo’li. Chaykovskiy 1840-yil 25 aprel Votkinsk shahridagi
metallurgiya zavodining direktori, tog’ injeneri Ilya Petrovich oilasida dunyoga
kelgan. Otasi yaxshigina fleyta asbobida chalishni bilar edi. Oilada 4 ta farzandning
ikkinchisi bo’lgan Chaykovskiy bolaligida noziktabiatli kasalmand, hissiyotli bola
bo’lgan. 1854-yilda, onasi Aleksandra Assier vafotidan so’ng, Chaykovskiy chuqur
g’am-alamga botadi. Shundan bo’lsa kerakki, ba’zan kompozitor ish jarayonida o’z
hissiyotlarini va qahr- g’azabini jilovlay olmasdi. Alyabevning “Solovey” (Bulbul)
qo’shig’i Petr onasining sevimli qo’shig’i edi va keyinchalik Chaykovskiy bu
qo’shiqni albatta ko’z yoshlari bilan onasini xotirlab tinglar edi.
Mana shu yillari, fortepianoda birinchi saboq olish mashg’ulotlari boshlandi.
Uning birinchi fortepiano o’qituvchisi Mariya Markovna Palchikovadir. Frantsuz
millatiga mansub, Fanni Dyurbax-Chaykovskiyning tarbiyachisi va birinchi
o’qituvchisi va enagasidir. Fanni Dyurbax bolalar ichida Petrga alohida mehr qo’yib,
uni P’er deb erkalatar edi. Petr Chaykovskiy adabiyotga ham befarq emas
edi.Bolaligida turli mavzularda hikoyalar va she’rlar yozgan.Keyinchalik kompozitor
vafotidan so’ng, uning akasi Modest Chaykovskiy ukasi xotirasiga ma’lumotlar
to’plash uchun Shveytsariyadagi Monbelyar shahriga Fanni Dyurbaxni qidirib keladi.
Kichkina Chaykovskiyning yozgan she’r va hikoyalarini saqlab qo’ygan Fanni
Dyurbax ularni Modest Chaykovskiyga qaytarib beradi.
Chaykovskiy 10 yoshga to’lganida, uni Peterburgdagi xuquqshunoslik bilim
yurtiga o’qishga berishdi.Bu bilim yurtida hohlovchi talabalar uchun musiqadan
mashg’ulotlar o’tkazilar edi. Aynan shu erda Chaykovskiy simfonik kontsertlariga
borar va rus g’arb kompozitorlari ijodidagi asarlarni o’rganar edi. Ayniqsa
M.I.Glinkaning”Ivan Susanin” va Motsartning” Don Juan” operalari Chaykovskiyda
katta taassurot qoldirdi. Motsart uning eng sevimli kompozitori va kumiri edi.
1859 -yil Chaykovskiy xuquqshunoslik bilim yurtini tamomlagach, yustitsiya
vazirligida xizmat qila boshladi, ammo Chaykovskiyni musiqa olami ko’proq jalb etar
edi.U o’z xaqida opasi Aleksandraga xat yozar ekan:”Men musiqa nazariyasini chuqur
o’rgandim, qa’tiy qaror qildimki, ertami- kechmi men xizmatimni musiqaga
almashtiraman”.
1862-yilda Chaykovskiy Peterburgdagi konservatoriyaga o’qishga kirib, yosh
kompozitorning tarbiyasida katta ahamiyatga ega bo’lgan A.Rubinshteyn va
N.Zaremba nomli mashhur pedagoglar sinfida tahsil ola boshlaydi.
1868-yilda xor va orkestr uchun yaratgan kantatasi bilan Peterburg
konservatoriyasini
muvaffaqiyatli
tamomlab,
Moskvada
endigina
ochilgan
konservatoriya
direktori
N.Rubinshteynning
taklifiga
ko’ra,
Moskva
konservatoriyasiga ishga keladi. U erda kompozitsiya, garmoniya, musiqa nazariyasi,
cholg’ulashtirish fanlaridan dars bera boshlaydi. Pedagoglik tajribasidan kelib
chiqqan holda, 1872-yilda nashriyotda bosilgan “Rukovodstvo k prakticheskomu
izucheniyu garmonii” ilmiy kitobini yozadi.
Moskvada Chaykovskiy musiqiy hayotning diqqat markazida bo’ladi. U bir qator
mashhur muzikantlar, artistlar, shoirlar bilan tanishadi. Dramaturg Ostrovskiy, shoir
Pleheev, muzikant N.Rubinshteyn, musiqiy tanqidchi Kashkin, va atoqli L.Tolstoy
bilan bo’lgan tanishuvi Chaykovskiyning realistik printsiplarining tasdiqlanishida
ijobiy rol o’ynagan.
Pedagoglik faoliyatidan tashqari, Chaykovskiy musiqiy tanqidchi sifatida ham
faoliyat yuritgan. U Glinka ijodining ahamiyati xaqida va milliy musiqani rivojlanib
o’z yo’lidan ketishi xaqida, ijodini endigina boshlayotgan Rimskiy-Korsakovning
kelajagi borligini va norvegiya kompozitori Grig ijodining xalq ijodiyoti bilan bo’lgan
aloqasining ijobiy tomonlari xaqida yozgan.
Bu davrda kompozitor, o’zining asarlari ustida jadal ishlay boshladi.Bu davr juda
unumdor
bo’lib,
:3
ta
simfoniya,
birinchi
fortepiano
uchun
kontsert,
“Voevoda”(Askarboshi), “Oprichnik”(Ivan Grozniy tuzgan maxsus qo’shini
boyari),”Undina”, “Kuznets Vakula”(Temirchi Vakula) kabi 4 ta opera, 3 ta kvartet,
“Lebedinoe ozero”(Oqqush ko’li) baleti, “Vremena goda”(Yil fasllari) fortepiano
tsikli kabi asarlari yaratilgan. Bu davrning asarlari quvnoq va optimistik ruhdadir.
Aynan shu davrlarda Chaykovskiyning “Romeo va Juletta”, “Burya” (Bo’ron),
“Francheska da Rimmini” dramatik asarlari ham yaratilgan.
Uning asarlarini targ’ib qilgan, pianinochi va dirijer N.G. Rubinshteyn, uning
asarlarini bosmaga tushirgan, nashriyotchi Yurgenson, musiqiy tanqidchi Larosh kabi
insonlar Chaykovskiyni qo’llab quvvatlab turishgan.
Antonina Milyukova--Chaykovskiyning rafiqasi.Chaykovskiyning Milyukovaga
uylanishi uning hayotida muhim ahamiyatga ega.Ular o’zaro murosaga kelisha
olmasliklari va oiladagi noxush, keskin holat kompozitorni asabiy-negativ ahvolga
solib qo’ydi va shuningdek kompozitor tushkunlikka tushgan holda o’z joniga qasd
qilish fikridan qaytib, rafiqasini tark etadi.Hayoti davomida ular boshqa
uchrashishmadi, shunga qaramasdan, Chaykovskiy ancha yillar mobaynida Antonina
Milyukovani moddiy tomondan ta’minlab turgan.
Omadsiz uylanishidan musibat chekkan Chaykovskiy 1877-yilda asabiy kasallikka
chalinib, xorijga ketadi. Bunga Nadejda fon Mekk kabi do’stlari unga yordam beradi.
Chaykovskiyni mashaqqatli mehnat va yanada tinimsiz mehnat davolaydi uni.Bu
davrning “Evgeniy Onegin “operasi va 4 chi simfoniyasi asarlari shu davrning
mashhur asarlar sirasiga kiradi.1878-1788 yillarda Chaykovskiy ijodida yangi davr
boshlanadi. Lirika o’rnini fojeali kontseptsiyalar egallaydi.
Asarlari ustida ishlash jarayoni bilan bir paytda, Chaykovskiy dirijer sifatida
Berlin, Jeneva, Parij, Amerika, London kabi shaharlarida namoyishga chiqib, 1893-
yilda Kembrij universiteti tomonidan “Musiqa fanlari doktori” darajasiga sazovor
bo’ladi.
Kompozitor keyingi 10 yillik davomida tinimsiz mehnat qiladi. Bu yillarda
Chaykovskiy
tomonidan
“Mazepa”,“Charodeyka”(Afsungar),“Pikovaya
dama”(Qarg’a dama), lirik yorqin “Iolanta”, “Spyahaya krasavitsa”(Uyqudagi
go’zal),” Helkunchik “(Qarsillatuvchi), kamonli orkestr uchun kvartet, “Italyan
kaprichchiosi”, 5 chi simfoniya, fojeali 6 chi simfoniya sermahsul asarlari yaratiladi.
1885-1893yillar asarlarining so’nggi davrida yorqinlik va qayg’ulik orasidagi farq
keskin sezila boshlaydi. 1885-yildagi “Manfred” simfoniyasi orqali, uning ijodiy
simfoniyasi mazmunini dramatik mavzu egallaydi.Hayotining so’nggi 8 yilligi
mobaynida o’zining simfonik asarlarida falsafiy aspektni rivojlantiradi.
Kompozitor hayotining so’nggi yillarini Klin ostonasidagi Maydanov tumanida
o’tkazdi. Bu erga N.D.Kashkin, kompozitor S.I.Taneev kabi do’stlari va shogirdlari
tashrif buyurishib musiqa xaqida qizg’in muzokaralar, bahslar o’tkazilar edi. Moskva
va Peterburgdan holi bo’lgan bu qishloqda, Chaykovskiyda kuniga 14 soatlab ishlash
xususiyati paydo bo’ldi. “Ilhom parisi dangasa va yalqovlar uyiga emas, aksincha
kutib, uni chaqirayotganlar huzuriga tashrif buyuradi!”, deb yozgan ekan kompozitor
o’z kundalik qaydnomasida.
1893-yil 16 oktyabrda Chaykovskiy o’zining so’nggi 6 chi simfoniyasini
namoyishi ijrosiga dirijerlik qiladi va shu oyning 26 oktyabrida bu hayotdan
mangulikka safimizni tark etadi. Hozirgi paytda, Klin qishlog’ida Chaykovskiyning
uy-muzeyi bor. Bu kompozitor yashagan uyda uning kitoblari, qo’lyozmalari,
manzilgohlar, xona tuzilmasi ehtiyotkorlik bilan saqlanmoqda. Bularning barchasi
bizga XIX asrning iste’dodli, buyuk kompozitori xaqida ko’p narsalarni so’zlab
berishi mumkin.
Nazorat svollari:
2.1.1. P.I. Chaykovskiy qachon va qaerda tavallud topgan?
2.1.2. P.I. Chaykovskiyning birinchi fortepiano o’qituvchisi kim bo’lgan?
2.1.3. P.I. Chaykovskiyning enagasi kim bo’lgan?
2.2.1. P.I. Chaykovskiy yoshligida qaerda tahsil olgan?
2.2.2. P.I. Chaykovskiyning hayoti qanday tarzda kechgan?
2.2.3. P.I. Chaykovskiy qachon vafot etgan?
3-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: P.I. Chaykovskiyning ijodiga
xarakteristika beradi.
Identiv o’quv maqsadlari:
P.I. Chaykovskiyning ijodiga xarateristika beradi.
3- masalaning asosiy bayoni:
3. Ijodiga xarakteristika. Chaykovskiy evropa va rus musiqa madaniyatining
katta yutuqlarini tanlagan holda, XIX asrning rus xalq ijodiyoti va shahar
romanslariga tayanib, rus milliy musiqa san’atining mumtoz, milliy namuna va
timsollarini yaratgan. U lirik operalarni va rus klassik baletlarini, jahon kamer-cholg’u
musiqasi qatoridan joy olgan fortepiano va skripka uchun kontsertlarni yaratgan.
Uning fortepiano miniatyuralari va lirik romanslari yangi talqinda yangradi.
Chaykovskiy musiqasi lirikdir. Yoyilgan musiqa,ifodaning asosiy vositasidir.
Melodiya (ohang) o’z ichiga rus xalq qo’shiqlarining keng kuychanligini, insoniy
nutqning deklamatsion-kuychanlik ifodasini o’z ichiga oladi. Chaykovskiy musiqasi
yuqori professional, badiiy etuklikda bo’lgani bilan oddiyliligi bilan farq qiladi.
Garmoniya va shakl, musiqa mazmuni tomonlama belgilanadi.Sekventsion
rivojlanish uslubidan keng foydalanilgan. Chaykovskiy asarlarida ko’proq raqs
usullari yangraydi, asosan val ritmi nafaqat uning baletlarida, balki simfonik opera
kamer-cholg’u va vokal muzikalarida ham eshitiladi. Chaykovskiy ham Glinka kabi
ukrain, italyan, frantsuz xalqi uchun qo’shiqli va raqsli ohangni ishlatgan. Opera
kompozitori bo’lish uchun, Chaykovskiyning tanlagan yo’li murakkab va azobli edi.
U hayotning realistik tarziga asoslangan holda, lirik operasini yaratishga intilgan.
Badiiy natijaga, Chaykovskiy 5 chi simfoniyasi va “Evgeniy Onegin “operasida
erishdi.
Operalardan farqli o’laroq, Chaykovskiy o’zining simfonik asarlarida, o’z
tabiiy tili va uslubini topdi. Uning birinchi simfoniyasidayoq simfonik tsiklning yangi
risolasi, cholg’ulashtirishning yangi usullari va garmonik rejaning dadilligini
ko’rishimiz mumkin. U o’ziga xos melodik uslubni yaratgan .
Nazorat savollari:
3.1.1. Chaykovskiy asarlarida qanday usullar yangraydi?
3.1.2. Chaykovskiy qanday opera va baletlar yaratgan?
4-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: P.I. Chaykovskiyning
simfonik ijodi xaqida so’zlab beradi.
Identiv o’quv maqsadlari:
4.1.
P.I. Chaykovskiyning simfonik ijodi bilan tanishadi.
4- masalaning asosiy bayoni:
4. Simfonik ijodi. Chaykovskiy ijodining butun hayoti davomida simfonik
musiqa katta o’rinni egallar edi. Ostrovskiy dramasiga “ Groza” (Momaqaldiroq)
uvertyurasi, bu vohadagi uning birinchi ahamiyatga ega bo’lgan asari edi. O’limidan
bir oz muddat oldin, “Oltinchi simfoniya” va uchinchi fortepiano kontsertlarini
yaratgan edi. Janrlari turli-xil bo’lgan simfonik asarlar ichida 6 ta simfoniya,
“Manfred”, bir qismli dasturli uvertyuralar va poemalar, “Fatum”(Qismat), “Romeo
va Juletta”, “Burya”(Bo’ron), “Francheska da Rimini” “Gamlet”, “Voevoda” kabi
asarlar katta ahamiyatga ega edi.
To’rtinchi va beshinchi simfoniyalari juda ham misli ko’rilmagan mashhur edi.
Kompozitorning bu simfoniya janrida, falsafiy izlanishlarning asosiy savoli
echilmoqda “Inson mavjudligining ma’nosi?”. Chaykovskiy, simfonik asarlarning--
badiiy g’oyalarni keng ko’lamda, katta erkinlik bilan rivojlanish jarayonini aks
ettirishi uchun imkon yaratib berishiga ishonar edi.
Chaykovskiy simfonik asarlarining ko’pchiligi dasturlidir. Bunga asarning nomi
va uning alohida bo’lgan qismlari ko’rsatma beradi. Masalan, “Zimno’e grezo’”(Qish
orzusi) simfoniyasi va “Romeo va Juletta” uvertyurasi, “Manfred” simfoniyasida
asosan katta so’z bayoni dasturi berilgan.
Kompozitor o’zining dramatik tabiatidan kelib chiqib, dasturli asarga mos adabiy
syujetni tanlar edi. Chaykovskiy, jahon simfonizmining rivojlanish tarixiga liriko-
dramatik, lirik-fojeali simfoniyalar yaratuvchisi sifatida kirib kelgan.
“XIX asrning rus musiqasida, simfoniyani “hissiyotli, falsafiy tovushlar”
darajasiga olib chiqish, faqatgina Chaykovskiyga qo’l keldi”, deb ifodalaydi B.V.
Asafev. Uning asarlarida, simfonik uslubning harakat va dinamika vositalari yordami,
simfonizmning lirik tabiati, psixologizm, obrazlar konkretlik janriga bo’lgan tayanch
ifoda topar edi. Chaykovskiy, qalbida to’plangan barcha dard alamlarni qanday his
etsa, simfoniyani ham shunday his etar, simfoniyaning yaratilishi esa Chaykovskiy
uchun “xaqiqiy lirik” jarayon edi. Chaykovskiy, o’z simfoniyalarida avvalambor
insonning ruhiy, hissiy hayotini aks ettirishga harakat qilar edi.
Chaykovskiy simfoniya musiqasidagi asosiy xususiyat, uning opera janri bilan
o’zaro aloqadorligidir.
O’zining “Oltinchi” simfoniyasi orqali, Chaykovskiy simfonist-rassomchi sifatida,
XIX asr simfonizmiga yakun yasagan holda, mumtoz, klassik va romantik san’atning
falsafiy va hissiy tomonlarini o’lchab ko’rib, o’z asrining zamonaviy kompozitoriga
aylandi.
Kontsert janri rivojlanishiga ham Chaykovskiy o’zining katta hissasini qo’shgan.
Uning fortepiano va orkestr uchun 1 chi va 2 chi kontsertlari, skripka va orkestr uchun
kontsert, rokoko mavzusida violonchel va orkestr uchun variatsiyalari jahon musiqa
adabiyotida shu janrning eng yaxshi namunalari sirasiga kiradi.
Nazorat savollari:
4.1.1. “ Groza” (Momaqaldiroq) uvertyurasi muallifi kim?
4.1.2. P.I. Chaykovskiy xammasi bo’lib nechta simfoniya yaratgan?
4.1.3. P.I. Chaykovskiyning fortepiano va orkestr uchun qanday asarlar yaratgan?
4.1.4. B.V. Asafev Chaykovskiy simfoniyalarini qanday ifodalagan?
5 - asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: P.I. Chaykovskiyning opera
ijodiyoti xaqida so’zlab beradi.
Identiv o’quv maqsadlari:
5.1.
P.I. Chaykovskiyning opera ijodiyoti bilan tanishadi.
5.2.
P.I.Chaykovskiyning “ Evgeniy Onegin” operasi syujeti xaqida
ma’lumot oladi.
5 - masalaning asosiy bayoni:
5. Opera ijodiyoti.” Opera, aynan faqat opera, Sizni insonlar bilan
yaqinlashtiradi, sizning musiqangizni xaqiqiy omma bilan birlashtirib, Sizni nafaqat
kichik to’garaklar iftixori, balki butun xalq iftixoriga aylantiradi”-deb yozgan ekan
Chaykovskiy.
Opera uning ijodida katta o’rinni egallaydi. Kompozitor tomonidan 10 ta opera
yaratilgan: ”Voevoda”(Ivan Grozniy tuzgan maxsus qo’shin boyari), “Undina”G’
keyinchalik kompozitor talablariga javob bermagani uchun yo’q qilinganG’, “Kuznets
Vakula” G’keyinchalik “Cherevichki” nomini olganG’, 3 ta tarixiy syujetga ega
“Oprichnink”(Askarboshi),
“Mazepa”,
“Orleanskaya
deva”(Orlean
qizi),”Charodeyka”(Afsungar) operasi, yorqin lirik “Iolanta”operalaridir.
“Evgeniy Onegin” va “Pikovaya dama” Chaykovskiy opera ijodiyoti
cho’qqisining eng yuksak operalaridir.
Ko’pchilik operalari - inson hayoti, fikrlari va hissiyotlari asosida yaratilgan
lirik-psixologik dramadir. Kompozitor, opera janrining o’ylangan printsiplari
chegarisidan chiqmas edi. Evropaning va rus musiqasining yo’nalishlarini va turli-xil
uslublarni qo’llashi bilan birga, Chaykovskiy yangi uslub, realistik operasini yaratadi.
“Operaning asosiy shartlari, harakter va vaziyatlarning xaqiqiyligidir”, deb
hisoblar edi Chaykovskiy. Syujet, faqat bir hissiyotni “ muxabbat, rashk,
vatanparvarlik” ni ko’rsatishi kerak.
Chaykovskiy operalarida, ohang etaklovchidir. Orkestr xonanda ovozini bosib
ketmagan holda, opera rivojlanishida faol qatnashadi. Uning operalari tarkibi:
simfonik rivojlanish va opera shaklining yopiqliligi, bir biri bilan uyg’unlashgan –
ariyalar, duetlar, xorlar, ansambllardir.
Chaykovskiy qahramonlar va obrazlarning yorqin, individual xarakteristikasiga
katta ahamiyat bergan. Chaykovskiy operalarida vokal partiyalarining boyligi va
ifodaliligi, simfonik rivojlanishi bilan birlashib, ruhiy holatning dinamikasini
ko’rsatishga imkon beradi.Chaykovskiy shu bilan birga, operaning turmushiy-tarziy
va tarixiy sahnalarining qonunlariga katta ahamiyat berib, “ Operani nafaqat eshitish,
balki ko’rish ham lozim” aqidasiga rioya qilar edi.
Chaykovskiy, o’zining tugallangan opera-idealiga birdaniga erishmagan. 1878-
yilda A.S.Pushkin poemasiga yozilgan “Evgeniy Onegin” operasida, Chaykovskiy
“intim, lekin kuchli drama”, oddiy insonlar hayotiga chuqur hayotiy asar, estetik
idealini yaratishga muvaffaq bo’ldi.
So’nggi davrlarida, opera ijodiyotining musiqa teatrlari tarixida yangi sahifa
ochildi. “Orleanskaya deva”, “Mazepa”, “Charodeyka”operalari “Evgeniy Onegin”
kabi umumiy xususiyatlarni o’z ichiga oladi. Endilikda qahramonlar psixologik
dramasi, murakkab, “tashqi” harakatlar bilan boyitilgan ziddiyatlik mazmuni, keskin
burilishlar, syujet yo’nalishining parallelligi bilan ifodalangan. Shaxsiy drama va xalq
o’zaro aloqadordir.Qahramonlar xarakterining serqirraligi, ikkinchi darajali epizodik
qiyofalarning kiritilishi, obrazlar qo’yilishidagi farqlilik shu davr opera
dramaturgiyasining yangi xislatlaridir, ammo barcha vaziyatli harakat sahnalari--
markazda bo’lgan bir obrazning rivojlanishiga, birinchi planda namoyish etiladigan
musiqiy xarakteristikaga va uning barcha narsaga bo’lgan ta’siriga bo’ysunadi. Mana
shularning barchasi, 1890-yil Pushkin syujetiga yozilgan “Pikovaya dama” operasida
yoritilgan. “Pikovaya dama” opera dramaturgiyasi “Evgeniy Onegin” operasiga
namunadir. Chaykovskiy intim-drama ko’rinishiga qaytganday bo’lib, ammo uni
fojeali kontseptsiya orqali sindiradi. Barcha harakatlar, bosh qahramon fojeasi
rivojlanishi ko’rinishiga yo’naltirilgan.
“Pikovaya dama”--Chaykovskiy opera ijodining cho’qqisi, rus va jahon
klassika durdonasi hisoblanadi.
Chaykovskiy, Pushkin qissalari obrazlarini o’zgartirgan holda, Pushkin
asarlarining muhimliligini va ahamiyatliligini qoldirgan, qissa va opera qahramonning
uni o’rab turgan jamiyat orasidagi o’zaro aloqadorligiga va ichki nizo asoslariga
asoslanishi kerak. German xarakteri, atrofidagilarga bo’lgan munosabati va uning
qalbida kurashayotgan ikkita ehtiros,: qimor o’yiniga va Lizaga muhabbati
Chaykovskiyda o’zgacha yoritilgan. Instrumental simfonik musiqasining operada
rivojlanib, ishlatilishi “Pikovaya dama”dramaturgiyasida yorqin aks etgan. Opera
dramaturgiyasining yangi uslubi o’zgacha tematizmnin talab qildi. Intorduktsiya--
operadagi simfonik variantning qisilganligi simfonik rivojlanishda o’zgacha
ahmiyatga ega.
“Evgeniy Onegin” operasi mazmuni. Kechki oqshom. Larinlar uyi
hovlisidagi bog’. Tatyana va Olga qizlarining navqiron ovozi Larina va enaga
Filippevnada yoshlik chog’larining xotirasini eslatmoqda.Olisdan kuy qo’shiqlar
ovozi kelmoqda. Dehqonlar yig’ib olingan hosil munosabati bilan, xonadon
sohibasiga gul va lentalar bilan yasatilgan snopni olib keldilar. Dehqon qo’shiqlari,
o’ychan orzularga berilgan Tatyana va beg’am quvnoq Olganing e’tiborini tortmoqda.
Larinlar xonadoniga, Olgaga oshiq bo’lib qolgan, ularning qo’shnisi Vladimir Lenskiy
va uning yaqinda Peterburgdan, zerikarli qishloqqa kelgan navqiron do’sti Onegin
mexmonga kelmoqdalar. Tatyana, Onegin bilan bo’ladigan uchrashuv oldidan
hayajonga tushgan, chunki Onegin qiyofasida o’zining qaylig’ini ko’rayapti.
Tatyana xonasi. Qiz xavotirli o’ylar girdobida. Uyqusi kelmayotgan Tatyana,
enagadan uning yoshligi xaqida so’zlab berishini iltimos qiladi. Bundan ham uning
hayajonlari tarqamadi.Unga begona bo’lgan yangi hissiyotga berilib, Oneginga o’z
sevgisini izhor qiluvchi maktubni yozib, unga jo’natadi.
Soyali bog’da Larina qizlari qo’shiq aytib, meva terishmoqda. To’satdan
hayajonlangan Tatyana yugurib keladi. Onegin etib keldi, u hozir shu erda bo’ladi. U
titragan holatda o’z izhori uchun javob kutadi. Onegin vazmin kayfiyatda.
Tatyananing samimiyligidan xursand bo’lsada, uning muxabbatiga javob bera
olmaydi. Hayratga tushgan qiz nadomat ila uning falsafiy fikrlarini tinglamoqda.
Larinalar uyida ziyofat. Tatyananing tug’ilgan kuniga ko’p mehmonlar tashrif
buyurgan. Xonimlar orasidagi frantsuz Trike tug’ilgan kun sohibasiga tabrik she’rini
o’qib bermoqda. Qishloqcha ziyofat,odamlarning g’iybati Oneginni zeriktirib qo’ydi.
Uni bu erga olib kelgan Lenskiydan alamini olish uchun Olgaga mulozamat ko’rsata
boshlaydi Lenskiy, do’stining hatti harakatidan va qaylig’ining engiltabiatligidan
hayratlanmoqda. Mazurka mobaynida janjal boshlanadi. Tahqirlangan Lenskiy jahl
ustida Oneginni chaqiruvga undaydi. Atrofdagilar ularni yarashtirishga harakat
qiladilar.
Qish tongi.Tegirmon yonida duel belgilangan. Tongga yaqin bu erga Lenskiy
sekundanti bilan kelgan. Fikri va hayoli Olgada. Bu kun unga nimani tayyorlayotgan
ekan? Kechikib kelgan Onegin paydo bo’ldi. Raqibdoshlar ikkilanmoqda, ular bo’lib
o’tgan do’stlikni eslamoqdalar, ammo yarashishga yo’l yo’q. Duelchilar qarama-
qarshi holatda joylashishdi. O’q otildi va o’qdan yaralangan Lenskiy qulaydi.
Badavlat xonadonda Peterburg mashhur, badavlat insonlari to’plangan. Yorqin
poytaxt, ziyofat kechasi avjiga chiqqan. Mexmonlar orasida sayohatdan qaytib kelgan
Onegin ham bor. Na sayohat, na ziyofat kechalari uning dardiga malham bo’lmoqda.
Uning ro’parasida knyaz Gremin rafiqasi bilan paydo bo’ladi va Onegin uning rafiqasi
qiyofasida Tatyanani ko’radi. Knyaz, Oneginga muvaffaqiyatli uylanishi xaqida
so’zlayotib, Tatyanani tanishtiradi. Onegin qachonlardir qizning birinchi hissiyotini
rad etganini shu daqiqa tushunib eta boshlaydi. To’satdan Tatyanaga paydo bo’lgan
muxabbatdan qamrovga tushgan Onegin ,Tatyana bilan uchrashishga ahd qiladi.
O’z mehmonxonasida Tatyana xavotir ila Oneginning maktubini o’qimoqda. U
hanuzgacha uni sevadi. To’satdan Onegin kirib keladi. Uning so’zlarida izhor va
afsusli nadomat bor. Tatyana ularning birinchi uchrashuvini eslaydi U paytda ularning
muxabbatiga imkon va yaqinlik bor edi.Ammo o’tmishni ortga qaytarib bo’lmaydi.
Oneginni mag’rurlik va nomusga chaqirib, endilikda u boshqa insonnig umr yo’ldoshi
ekanligini va uni tinch qo’yishini so’raydi. Endilikda qizlik orzulari o’z hukmini
yo’qotgan edi. Onegin yolg’iz qoladi.
Nazorat savollari:
5.1.1. Chaykovskiy opera xaqida nima deb yozgan?
5.1.2. Chaykovskiy tomonidan nechta opera yaratilgan?
5.1.3. “ Evgeniy Onegin” operasi qaysi adib poemasi asosida yozilgan?
5.2.1. “ Pikovaya dama” operasi qaysi adib syujetiga asoslanib yozilgan?
5.2.2. “ Evgeniy Onegin” operasi mazmunini so’zlab bering.
6 - asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: P.I. Chaykovskiyning
baletlari xaqida so’zlab beradi.
Identiv o’quv maqsadlari:
6.1. P.I. Chaykovskiyning balet ijodiyoti bilan tanishadi.
6 - masalaning asosiy bayoni:
6. Baletlari. P.I.Chaykovskiyning balet janriga murojaati tasodifiy emas.
Musiqaning hatti harakatlarini, plastikasini his qilish Chaykovskiy iste’dodiga xosdir.
Uning
operalari,
simfoniyalari,
romanslarida
raqs
usullari
kam
emas.
Chaykovskiyning baletlari rus klassik baletlari tarixini ochib bergan. Chaykovskiyga
qadar, musiqa baletda yordamchi vazifasini o’ynar edi. Uning baletlarida, aynan
musiqaning raqs bilan birlashib ketishi ifodali mazmunga aylandi. Bu xaqiqiy
dramatik asarlardir. Har bir raqs musiqasi va ularni ulab turuvchi orkestr epizodlari
mexanik tarzda emas, mazmunga qarab belgilangan. Barcha klassik shakllar asosiy
mavzuning ochilishiga bo’ysunadi.
Kompozitor baletga, simfonik dasturli asar nuqtai nazari bilan qaraydi.Balet
simfonizatsiyasi printsiplari---Chaykovskiy reformasi xulosasidir.” Balet ---
simfoniya kabidir” deb yozadi kompozitor.Opera va simfoniyaning dramatik
printsiplari: musiqiy rivojlanish, yorqin individual xarakterlar, leytmotiv rivoji,
butunlikning yagonaligi uchrab turishi baletga ham olib o’tilgan.
“Operaning mazmuni reallik va xaqiqatlik bo’lsa, baletning mazmuni ertakli va
sehrli mulohazali bo’lishi kerak” ,deb hisoblagan Chaykovskiy.
Chaykovskiy tomonidan “Lebedino ozero” (Oqqush ko’li), “Spyahaya
krasavitsa” (Uyqudagi go’zal), “Helkunchik”( Qarsillatuvchi) kabi 3 ta baletlar
yaratilgan. Barcha baletlar syujeti ertaklidir. ”Lebedinoe ozero” (Oqqush ko’li)
birinchi baleti 1876-yil, teatr namoyondasi Begichev va xoreograf Geltser tomonidan
sahnaga olib chiqilgan.
“Spyahaya krasavitsa” (Uyqudagi go’zal) ikkinchi baleti, (1889) Perro ertagi
asosidagi monumental xoreografik simfoniyadir.
“Helkunchik”( Qarsillatuvchi) (1892) uchinchi baleti Gofman ertagi syujeti
asosida yaratilgan.
“Evgeniy Onegin” va “4 chi simfoniya” asarlari kabi, Chaykovskiyning 70-
yillardagi eng sara asarlari orasiga sevgi va vafolik romantik qissasi
“Lebedino ozero”(Oqqush ko’li) baleti ham kiradi. Bu balet 1876-yilda yaratilgan
bo’lib, 1877-yilda birinchi marta ijro etilgan.