Ilmiybaza.uz
PILLALARNI QABUL QILISH VA NAVLARGA AJRATISH
Yalpi pilla o‘rash boshlangandan yetti kun o‘tgach sanoatbop, 8-9 kundan
keyin esa naslli pillalarni terishga kirishiladi. Pillalardagi qurtlar g‘umbakka
aylanganiga ishonch hosil qilish uchun so‘kchakning turli joylari dan 10-15 tadan
pilla silkitib yoki kesilib ko‘riladi. Tekshirib ko‘rilgan pillalar ichidagi qurtlar
g‘umbakka aylangan bo‘lsa pilla terishga kirishiladi.
Agarda pillalar erta terilsa, pilla ichidagi qurt g‘umbakka aylanmagan
bo‘ladi, natijada pilla tashishda pilla ichidagi qurt jarohatlanib o‘ladi (chunki terisi
yupqa boiadi) va sifatli pillalar nuqsonli pillaga aylanadi. Agarda pilla muddatidan
kech terilsa, pilla ichidagi g‘umbak kapalakka aylanib, pillani teshib chiqishi
mumkin. Shuning uchun o‘z vaqtida terish muhim ahamiyatga ega.
Pillalarni terishdan avval dastadagi nobud boigan va kasallangan qurtlar olib
tashlanadi, so‘ng qora pachoq va oq pachoq pillalar terib olinadi. Pilla terish
so‘kchakning pastki qavatdan boshlanadi, chunki yuqori qavatdan boshlansa,
pastki qavatdagi pillalar iflos- lanishi mumkin.
Pillalar dastasi bilan ko‘tarib olinib, boshqa toza joyga qo‘yila- di va
dastadan terib olinadi, so‘ngra ular losdan tozalanadi. Bunda qurt boqishda
sarflangan mehnatning 19 foizigacha sarflanadi. Shuning uchun pillalarni maxsus
dastgohlar yordamida terish va losdan tozalash ustida ish olib borilmoqda.
0‘zbekston Ipakchilik ilmiy tekshirish instituti tomonidan taklif etilgan
oddiy pilla tergich dastgoh poxoldan yasalgan cho‘tka dastalardan pillalarni
olishga mo‘ljallangan. Metal yaproqdan yasalgan kesik konus shaklida bo‘lib
radius aylanasi bo‘yicha joylashgan. Poxol daSta shu konus orasidan o‘tayotganda
dastalardagi pillalar olinadi.
Bundan tashqari, М. K. Muxsinov tomonidan ishlab chiqilgan poxol va
Ilmiybaza.uz
boshqa tabiiy o‘tli dastalardan pilla teradigan dastgoh yaratilgan.
Pillalarni losdan tozalash uchun CHK-1 rusumli los sidirgichdan
foydalaniladi. Bunday apterat bir soatda 180 kg pillani losdan tozalaydi.
Pillalar dastalardan olinib losdan tozalangandan keyin, quyidagi 3 ta
guruhga ajratiladi:
1)
navlar aralashmasi;
2)
nuqsonli qo‘shaloq, shakli o‘zgargan, qobig‘i yupqa, dog‘li va boshqa
nuqsonlari bo‘lgan pillalar (48-rasm);
3)
qora pachoq pillalar.
Pilla terilib navlarga ajratilgan kuni pilla qabul qilish punktlariga jo‘natiladi.
Agardajo‘natishning iloji bo‘lmasa, ularni salqinxonalarda, maxsus so‘rilarda, 10
sm qalinlikda yoyib qo‘yib saqlash kerak. Chunki qalin holatda saqlaganda, pillalar
qizib ketib, namligi ortadi va g‘umbaklari shikastlanadi, oqibatda pillalarning sifati
buziladi.
Pillalar qabul punktlariga, kunning salqin vaqtida teshikli quti yoki
savatlarda olib boriladi (49-rasm).
Qabul punktlarida tayyorlanadigan ipak qurtining oq pillali zot va
duragaylardan iborat tirik pillalari quyidagi joriy etilgan stan- dart (0‘zbekiston
Respublikasi Davlat standard. Tut ipak qurtining tirik pillalari texnikaviy shartlari.
0‘zDSt 631-95) bo‘yicha qabul qilinadi.
Ushbu standart bo‘yicha ipak qurtining tirik pillalari qobig‘i sifatiga qarab I,
II nav, nostandart, navsiz va qora pachoq pillalarga bo‘linadi.
I
navga shikastlanmagan toza pillalar kiradi. Qobiq sirtidagi dog‘ yoki
dog‘larning umumiy diametri 5 mm dan, har bir dasta izining uzunligi 10 mm dan,
har bir silliq yaltiroq
joyining uzunligi 10 mm dan katta bo‘lmagan pillalar boiishiga yo‘l
qo‘yiladi.
II
navga - qobiq sirtidagi dog‘ yoki dog‘larning umumiy yuzasi qobiq
yuzasining to‘rtdan bir qismidan oshmagan, har bir dasta izining uzunligi 15 mm
dan, har bir silliq yaltiroq joyining uzunligi 15 mm dan katta bo‘lmagan, bir qutbi
Ilmiybaza.uz
o‘tkir uchli, ezilgan, yupqa qobiqli, buzuq shaklli va ichi ko‘rinmaydigan yupqa
qutbli pillalar kiradi.
Pilla qobig‘ining sirtida bir nechta dasta izi yoki silliq yaltiroq joyi bo‘lgan
taqdirda uning navi dasta izi yoki silliq yaltiroq joyining eng kattasiga qarab
aniqlanadi.
Qobiq sirtining tavsifi bo‘yicha navli pillalar talabiga to‘g‘ri kel- gan kar
pillalar nostandart, ushbu talablarga javob bermaganlari esa navsiz pillalarga
kiradi.
Navsiz pillalarga qobiq sirtidagi dog‘ yoki dog‘larning umumiy yuzasi
qobiq yuzasining to‘rtdan bir qismidan ortiq bo‘lgan, dasta izining uzunligi 15 mm
dan, silliq yaltiroq joyining uzunligi 15 mm dan katta bo‘lgan, uzunligi bo‘yicha
qobig‘i o‘ta ezilgan va pachoq- lanib yopishgan, ichki dog‘lari qobig‘ining sirtiga
chiqqan, kigizsi- mon, paxtasimon, qo‘shaloq g‘umbakli, teshik, mog‘orlagan,
qotib qolgan, chala o‘ralgan, xom, yupqa qutbli, juda buzuq shaklli va ikkala qutbli
o‘tkir uchli pillalar kiradi.
Ko‘pincha, qurt boqqan zvenolar yetishtirgan pilla hosili ko‘proq bo‘lsin
deb, pillalarni muddatidan oldin teradilar. Natijada pilla yetilmay, g‘umbaklari
to‘liq shakllanmasdan qoladi. Bundan tashqari, g‘umbakdagi va pilla qobig‘idagi
namlik me’yoridan ortiq bo‘lib, ularni qoplarga yoki faner qutilarga joylaganda
pachoqlanib, sifati keskin pasayib ketadi. Shuning uchun pillalarni yetiltirib terish
va o‘z vaqtida maxsus savatlar yoki qutilarga solib topshirish maqsadga muvofiq.
Yuqoridagi fikrlarni to‘g‘ri- ligini tasdiqlash uchun o‘tkazgan tajribamiz natijalari
quyidagi 94-jadvalda keltirilgan.
94-jadval
Ilmiybaza.uz
Jadvaldagi raqamlardan ko‘rinib turibdiki, pilla o‘rashning 4-kuni terilgan
pillalarning 0‘rtacha og‘irligi (1-variant) 2,353 g va pilla qobig‘ini og‘irligi 510
mg bo‘lsa, 5-kuni terilgan (2-variant) pillaning o‘rtacha og‘irligi 2,100 g, qobig‘ini
og‘irligi 475 g, 6-kuni terilgan pillalarning pilla qobig‘ining og‘irligi bundan
pastroq bo‘lib, pilla terish kunining uzayishiga qarab, pillaning vazni va
qobig‘ining og‘irligi kundan kunga kamayib borgan. Bu ko‘rsat- kichlar pillaning
7-, 8-kuni yetilishini va undagi namlik 12 foiz atrofida bo‘lishlidan dalolat beradi.
4-, 5-, 6-kuni terilgan pillalard- agi og‘irlik g‘umbak va pilla qobig‘i tarkibidagi
suv miqdorining ko‘pligi va pillaning yetilmaganidan dalolat beradi. Aksincha,
pilla o‘rashning to‘qqizinchi va undan keyigi kunlari terilsa, pilla ortiqcha qurib
vazni yengillashishi va qobiqdagi namlikning ortiqcha kamayishi oqibatida pilla
qobig‘i tolasining yopishqoqligi ortishiga sababchi boiadi.
Yuqoridagilarni e’tiborga olib, pillalarni 7-kuni yetiltirib terib, tozalab, 8-
kuni ertalab topshirilsa, maqsadga muvofiq boiadi. Bu jarayonda shu narsaga
jiddiy e’tibor berish lozimki, pilla o‘rash davrida xonadagi harorat muhim rol
o‘ynaydi. Harorat me’yorida boigandagina (25-26°C) pillalar 7-8-kuni yetiladi.
Harorat 20- 21°C boiganida 11-12-kuni yetiladi.
Oilaviy pudratchi (qurt boquvchi) guruhlarga ajratilgan pillalarni losdan
tozalab, yana bir marotaba navli pillalar orasida yaroqsiz, navsiz va qora pachoq
Tirik pillalarning terish muddatiga qarab biologik
ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi
Kunla
r
1
dona
pillaning
vazni, g
1 dona pilla qobig‘ining
vazni, mg
0‘rtach
a
0‘rtacha
I-variant
4-kun 2,600 2,105 2,353 500
520
510
2-variant
5-kun 2,485 2,055 2,270 474
504
489
6-kun 2,435 2,028 2,232 462
492
477
7-kun 2,405 2,005 2,205 453
488
471
8-kun 2,381 1,984 2,183 447
481
464
9-kun 2,360 1,965 2,163 440
475
458
Ilmiybaza.uz
pillalar qolmaganligini ko‘zdan kechirib, shu uch guruh pillalarni savatlarga yoki
yonidan havo kiradigan maxsus qutilarga solib qabul punktiga olib borish uchun
tayyorlab qo‘yadi.
Bordi-yu, havo kirmaydigan (yon atrofi teshik, boimagan) idish- larga
solinsa, pillalar qabul punktlariga olib borilgunga qadar terlab yumshoq boiib
qoladi va yoida (transportda) olib kelinayotgan davrda hamda qabul punktida
tortish uchun idishga va undan yerga solingan sholchaga to‘kilganda (vaqtincha
saqlash uchun) ezilgan pachoq va dogii pillalar miqdori ko‘payadi.
Pillalarni terib, qabul punktlariga topshirish bir necha kunga cho‘ziladi.
Sanoatbop pilla yetishtiradigan hududda qabul punktlari va pillaxonalarga pila
kelishi 6-7 kundan 20 kungacha cho‘zilishi mumkin.
Pillalarning pishib yetilish davrini aniq bilish va ularning pillaxonaga kelish
muddatlarini uzaytirish maqsadida ipak qurtlarining urug‘iarini zinapoya, ya’ni
tartib bilan kelish usulida, inkubatorga qo‘yib, ularning jonlanish muddatlarini
cho‘zish hisobiga amalga oshirish mumkin.
Lekin bu jarayon ipak qurtlarining o‘ziga xos biologik xususiyatlaridan
tashqari tut bargining sifati va ob-havoga ham bog‘liq boladi.
Shuningdek, pillaxonalarni kerakli asbob-uskuna va mexanizmlar bilan
ta’minlash, bajariladigan texnologik jarayonlarni bir-biriga bog‘lab reja va hisob-
kitob bilan ish tashkil qilishga bogiiq. Bunda pillalar sifatining buzilishiga yo‘l
qo‘ymaslik asosiy vazifadir.
Nazorat savollari:
1.
Dastaning qanday turlari mavjud?
2.
Dastalar qanday yasaladi?
3.
Yetilgan qurtlarga dasta qanday qo ‘yiladi?
4.
Ipak qurtlarining pilla о 'rashi haqida gapirib bering.
5.
Pilla о ‘rash agrotexnikasi haqida gapirib bering.
6.
Pilla terish, navlarga ajratish va ularni qabul punktlariga topshirish ja-
rayoni qanday olib boriladi?
7.
Pillalar dastalardan olinib losdan tozalangandan keyin qanday guruhga
Ilmiybaza.uz
ajratiladi?
8.
Tirik pillalarning terish muddatiga qarab biologik ko‘rsatkichlarining
o‘zgarishi to‘g‘risida gapirib bering.