Pirimidinning tibbiyotda ishlatiladigan hosilalari
Yuklangan vaqt
2024-09-14
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
819,1 KB
Pirimidinning tibbiyotda ishlatiladigan hosilalari
1.Pirimidinning tibbiyotda ishlatiladigan hosilalari
2.Pirimidin-2,4-dion hosilalari (uratsil hosilalari) haqida ma’lumotlarni o’rganish
Nazariy qism. Pirimidin tarkibida ikki azot atomi saqlagan olti a’zoli
geterosiklik halqa bo’lib, u ko'pchilik tabiiy va sintetik dori moddalarining,
jumladan,
tiamin,
kokarboksilaza,
benfotiamin,
fosfotiamin,
sulfanilamid
preparatlardan sulfazin, sulfadimezin, sulfaminometoksin va boshqa bir qator
preparatlarning kimyoviy tuzilishini tashkil qiladi:
Pirimidinning 2,4-dion va 2,4,6-trion tuzilishidagi kislorodli hosilalaridan
uratsil va barbitur kislota-asosida sintez qilib olingan ko'pdan ko‘p preparatlar rak
kasalligini davolashda, uxlatuvchi, tinchlantiruvchi sifatida va boshqa kasalliklarni
davolashda keng qo’llaniladi.
Pirimidin-2,4-dion hosilalari (uratsil hosilalari)
Pirimidinning
kislorodli
hosilalaridan
tibbiyotda
1,2,3,4-tetragidro-
pirimidindion (uratsil) asosida sintez qilib olingan preparatlardan ko‘pchiligi turli
rak kasalliklarini davolashda qo’llanadi. Uratsil quyidagi tautomer shaklda uchraydi:
Pirimidin-2 ,4 -dion hosilalari
aniqlanadi. Buning uchun ma’lum miqdordagi preparatni kul qoldirmaydigan filtr
qog‘oziga o ‘rab, yutuvchi suyuqlik sifatida tozalangan suv solingan maxsus kolbada
kislorod atmosferasida kuydiriladi. Kolbadagi suyuqlikni aralashtirib biroz
qaynatiladi. So‘ngra unga qizil rangli temir (III) rodanid eritmasi qo'shilganda,
suyuqlikda rangning susayib borishi va hatto keyinchalik o ‘chib ketishi kuzatiladi:
3HF + Fe(SCN)3 = FeF3 +3HSCN
Eritmadagi rangning o‘chishi temir (III) flor hosil bo‘lishi hisobigadir. Yana
ftoruratsildagi ftorni aniqlashda, uni kaliy va natriy karbonat hamda kaliy nitratdan
iborat kuydiruvchi aralashma bilan kuydirib, parchalab ham aniqlash mumkin.
Bunda kuydirgandan keyin qolgan qoldiqni suvda eritib filtrlanadi va filtratda pH 4-
5 qiymatiga ega bo’lgan muhit yaratib, so‘ngra unga kalsiy xlorid qo‘shilganda
eritmadagi ftor ioni kalsiy ftorit holida oq loyqalanish hosil qiladi:
2NaF+CaCl2 = CaF2 + 2NaCl
Yuqoridagi reaksiyalardan ftorafurdagi organik birikkan ftorni aniqlashda
ham foydalaniladi.
Ftorafurni 30 %li natriy gidroksiddagi eritmasiga kukun holida sof rux qo‘shib
qizdirilsa, ammiak ajralib chiqadi. Uni, odatdagicha, hididan yoki suv bilan
ho’llangan qizil lakmus qog‘ozini ko‘k rangga bo‘yashidan bilinadi. Kaliy
orotatning chinligini aniqlashda Farmakopeya maqolasi purin alkaloidlarini
aniqlashda keltirilgan mureksid hosil qilish reaksiyasidan foydalanishni tavsiya
qiladi. Buning uchun preparatni pergidrol va xlorid kislota qo‘shib, suv hammomida
qizdirib, bug’lantiriladi. So‘ngra unga bir necha tomchi ammiak eritmasi
qo'shilganda, qizil rangli purpur kislotaning ammoniyli tuzi yoki mureksid hosil
bo’ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, mureksid reaksiyasi faqat purin alkaloidlarga xos
reaksiya bo’lmasdan, balki undan uratsil hosilalari va boshqa guruh birikmalarini
aniqlashda ham foydalanish mumkin:
Kaliy orotatdagi kaliy ionini aniqlash uchun uni chinni tigelda kuydirib,
so‘ngra idishda qolgan qoldiqni suvda eritiladi va eritmadagi kaliy ionini sirka
kislota muhitida kobaltnitrit natriy eritmasi ta’sirida sariq kristall cho‘kma holida
cho‘ktirib aniqlanadi:
Kaliy orotatdagi kaliyni alanganing rangsiz qismini binafsha rangga
bo‘yashidan ham bilinadi.