Pirimidinning tibbiyotda ishlatiladigan hosilalari
Yuklangan vaqt
2024-09-14
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
819,1 KB
Pirimidinning tibbiyotda ishlatiladigan hosilalari
1.Pirimidinning tibbiyotda ishlatiladigan hosilalari
2.Pirimidin-2,4-dion hosilalari (uratsil hosilalari) haqida ma’lumotlarni o’rganish
Nazariy qism. Pirimidin tarkibida ikki azot atomi saqlagan olti a’zoli
geterosiklik halqa bo’lib, u ko'pchilik tabiiy va sintetik dori moddalarining,
jumladan,
tiamin,
kokarboksilaza,
benfotiamin,
fosfotiamin,
sulfanilamid
preparatlardan sulfazin, sulfadimezin, sulfaminometoksin va boshqa bir qator
preparatlarning kimyoviy tuzilishini tashkil qiladi:
Pirimidinning 2,4-dion va 2,4,6-trion tuzilishidagi kislorodli hosilalaridan
uratsil va barbitur kislota-asosida sintez qilib olingan ko'pdan ko‘p preparatlar rak
kasalligini davolashda, uxlatuvchi, tinchlantiruvchi sifatida va boshqa kasalliklarni
davolashda keng qo’llaniladi.
Pirimidin-2,4-dion hosilalari (uratsil hosilalari)
Pirimidinning
kislorodli
hosilalaridan
tibbiyotda
1,2,3,4-tetragidro-
pirimidindion (uratsil) asosida sintez qilib olingan preparatlardan ko‘pchiligi turli
rak kasalliklarini davolashda qo’llanadi. Uratsil quyidagi tautomer shaklda uchraydi: