PIRLS topshiriqlaridan namunalar (MALIKA VA MALLA TOVUQ)

Yuklangan vaqt

2024-05-20

Yuklab olishlar soni

7

Sahifalar soni

15

Faytl hajmi

1,4 MB


 
1 
 
MALIKA VA MALLA TOVUQ 
Muallif P.Andersen 
 
Malika tovuqxona eshigidagi qulfni burab, eshikni ochdi-da, hovliga rang-barang 
bulutlar singari otilib chiqayotgan tovuqlarga qarab ohista jilmaydi. Ular qanotlarini 
qoqqancha Malikaning uydan olib chiqqan ovqat qoldiqlarini cho‘qiy boshlashdi. 
Odatdagidek, malla tovuq eng yaxshi bo‘laklarni olar va o‘zini xo‘jayinlarcha tutib, 
shovqin qilgancha qanotlarini qoqqan holda o‘ziga xalaqit berishga uringan har qanday 
tovuqni cho‘qishga tushardi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
  – Nima uchun boshqa tovuqlar malla tovuqqa o‘zini shunday tutishiga qo‘yib berishadi? 
– deb so‘radi Malika onasidan kunlardan birida. 
– Tovuqlar galasida bir-biriga bo‘ysunishining o‘z tartibi bor. Bu tabaqalanish deyiladi, – 
tushuntirdi onasi. Eng qo‘rqmas va kuchli tovuq har doim bosh bo‘ladi. U boshqa 
tovuqlarni cho‘qishi mumkin, lekin uni cho‘qishga hech kim jur’at etolmaydi. Bu galadagi 
mavqe jihatdan undan keyingi tovuq bosh tovuqdan tashqari barcha tovuqlarni cho‘qishi 
mumkin. Bu tartib shu tariqa eng quyisigacha davom etishi mumkin, galadagi so‘nggi 
tovuqqa achinish mumkin. Tovuqlar hukmron boshchilarni yaxshi ko‘rishadi.  
Malika boshqacha fikrda edi. Tulki yoki boyqushlarning tovuqlarni olib ketmasligi 
uchun u har oqshom tovuqxona eshigini qulflar edi. Bu uning odatiy vazifasi hisoblanardi. 
Malikalarning katta oilasida hammaning o‘ziga belgilangan vazifasi bor edi. Kun botishi 
1 MALIKA VA MALLA TOVUQ Muallif P.Andersen Malika tovuqxona eshigidagi qulfni burab, eshikni ochdi-da, hovliga rang-barang bulutlar singari otilib chiqayotgan tovuqlarga qarab ohista jilmaydi. Ular qanotlarini qoqqancha Malikaning uydan olib chiqqan ovqat qoldiqlarini cho‘qiy boshlashdi. Odatdagidek, malla tovuq eng yaxshi bo‘laklarni olar va o‘zini xo‘jayinlarcha tutib, shovqin qilgancha qanotlarini qoqqan holda o‘ziga xalaqit berishga uringan har qanday tovuqni cho‘qishga tushardi. – Nima uchun boshqa tovuqlar malla tovuqqa o‘zini shunday tutishiga qo‘yib berishadi? – deb so‘radi Malika onasidan kunlardan birida. – Tovuqlar galasida bir-biriga bo‘ysunishining o‘z tartibi bor. Bu tabaqalanish deyiladi, – tushuntirdi onasi. Eng qo‘rqmas va kuchli tovuq har doim bosh bo‘ladi. U boshqa tovuqlarni cho‘qishi mumkin, lekin uni cho‘qishga hech kim jur’at etolmaydi. Bu galadagi mavqe jihatdan undan keyingi tovuq bosh tovuqdan tashqari barcha tovuqlarni cho‘qishi mumkin. Bu tartib shu tariqa eng quyisigacha davom etishi mumkin, galadagi so‘nggi tovuqqa achinish mumkin. Tovuqlar hukmron boshchilarni yaxshi ko‘rishadi. Malika boshqacha fikrda edi. Tulki yoki boyqushlarning tovuqlarni olib ketmasligi uchun u har oqshom tovuqxona eshigini qulflar edi. Bu uning odatiy vazifasi hisoblanardi. Malikalarning katta oilasida hammaning o‘ziga belgilangan vazifasi bor edi. Kun botishi
 
2 
 
bilan malla tovuqdan tashqari hamma tovuqlar xursand holda tovuqxonaga qaytishdi. U 
o‘zini eshik tomonga kelayotganday ko‘rsatar, oxirgi daqiqalarda kutilmaganda o‘zini 
boshqa tomonga urar va Malikaning quvlashini atay kutib turardi.  
 
Malla tovuqning boshqa “hazil”i ham bor edi. U hovlining o‘rtasida turib olar, 
Malika uni tutish uchun yetarlicha yaqinlashganda qanotlarini shunday kuchli silkitardiki, 
qiz unga tegina olmasdi va tovuq yana qochardi. Oxir-oqibat, malla tovuq Malikani 
yetarlicha sarson qildim, deb qaror qabul qilgach, tinchgina xatakka kirib ketardi. Malika 
uning orqasidan tovuqxona eshigini taraqlatib yopganida uning kichik qizil ko‘zlari 
g‘alaba nashidasidan porlab turardi. Malika malla tovuq yoqtirgan ozuqasini xatakka 
ichiga qo‘yib, uni aldashga harakat qilib ko‘rar, ammo tovuq bunga aldanmasdi. Malika 
uni qo‘rqitish uchun idishlarning qopqoqlarini taqillatar, ammo bu faqatgina boshqa 
tovuqlarni qo‘rqitardi, shunday qo‘rqitardiki, keyin ular ikki kungacha tuxum 
qo‘yisholmay yurishardi. 
 
Malika otasining oldiga maslahatga keldi. – “Men bu malla tovuqni jazolashim 
kerak”, – dedi u. 
– 
Men uni kechasi hovlida qoldiraman, tulkilar va boyqushlar bilan o‘zi kurashsin-chi. 
Shundan so‘ng u mening buyrug‘im bilan tovuqxonaga kirishni o‘rganadi.  
– Malika, – dedi otasi, uning yuziga qarab:  
– Tovuq boyqush va tulkiga qarshi kurasha olmaydi. Bizga hamma tovuqlarimiz  
qimmatli. Tovuqlar qancha ko‘p bo‘lsa, tuxumlar ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Otasi 
jilmaydi. “Undan tashqari, bu sening muammongni hal qilmaydi. Shunchaki malla 
tovuqning o‘rnini galadagi boshqa tovuq egallaydi”, – shunday deb otasi o‘z ishiga qaytdi. 
Malika oshxonaga yo‘l oldi.  
 – Oyi, menga ishim yoqmayapti, menga boshqasini bering. 
– Xo‘sh, bu oson. Tushlik tayyorlashing mumkin, – dedi onasi.  
Malika xontaxta ustidagi oziq-ovqatlar uyumiga qaradi, katta oilasini ovqatlantirish uchun 
ularni yuvish, to‘g‘rash va pishirish zarur edi. 
– 
Xohlasang idish-tovoqlarni yuvishing mumkin. Malika kecha kechqurundan beri 
yuvilmay taxlanib yotgan idish-tovoq va likopchalarga qaradi. 
– Yoki chaqaloqqa qarab turishing mumkin. 
2 bilan malla tovuqdan tashqari hamma tovuqlar xursand holda tovuqxonaga qaytishdi. U o‘zini eshik tomonga kelayotganday ko‘rsatar, oxirgi daqiqalarda kutilmaganda o‘zini boshqa tomonga urar va Malikaning quvlashini atay kutib turardi. Malla tovuqning boshqa “hazil”i ham bor edi. U hovlining o‘rtasida turib olar, Malika uni tutish uchun yetarlicha yaqinlashganda qanotlarini shunday kuchli silkitardiki, qiz unga tegina olmasdi va tovuq yana qochardi. Oxir-oqibat, malla tovuq Malikani yetarlicha sarson qildim, deb qaror qabul qilgach, tinchgina xatakka kirib ketardi. Malika uning orqasidan tovuqxona eshigini taraqlatib yopganida uning kichik qizil ko‘zlari g‘alaba nashidasidan porlab turardi. Malika malla tovuq yoqtirgan ozuqasini xatakka ichiga qo‘yib, uni aldashga harakat qilib ko‘rar, ammo tovuq bunga aldanmasdi. Malika uni qo‘rqitish uchun idishlarning qopqoqlarini taqillatar, ammo bu faqatgina boshqa tovuqlarni qo‘rqitardi, shunday qo‘rqitardiki, keyin ular ikki kungacha tuxum qo‘yisholmay yurishardi. Malika otasining oldiga maslahatga keldi. – “Men bu malla tovuqni jazolashim kerak”, – dedi u. – Men uni kechasi hovlida qoldiraman, tulkilar va boyqushlar bilan o‘zi kurashsin-chi. Shundan so‘ng u mening buyrug‘im bilan tovuqxonaga kirishni o‘rganadi. – Malika, – dedi otasi, uning yuziga qarab: – Tovuq boyqush va tulkiga qarshi kurasha olmaydi. Bizga hamma tovuqlarimiz qimmatli. Tovuqlar qancha ko‘p bo‘lsa, tuxumlar ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Otasi jilmaydi. “Undan tashqari, bu sening muammongni hal qilmaydi. Shunchaki malla tovuqning o‘rnini galadagi boshqa tovuq egallaydi”, – shunday deb otasi o‘z ishiga qaytdi. Malika oshxonaga yo‘l oldi. – Oyi, menga ishim yoqmayapti, menga boshqasini bering. – Xo‘sh, bu oson. Tushlik tayyorlashing mumkin, – dedi onasi. Malika xontaxta ustidagi oziq-ovqatlar uyumiga qaradi, katta oilasini ovqatlantirish uchun ularni yuvish, to‘g‘rash va pishirish zarur edi. – Xohlasang idish-tovoqlarni yuvishing mumkin. Malika kecha kechqurundan beri yuvilmay taxlanib yotgan idish-tovoq va likopchalarga qaradi. – Yoki chaqaloqqa qarab turishing mumkin.
 
3 
 
Malika o‘sha paytda yuziga, sochlariga va kiyimlariga shirin bananni surtayotgan 
singilchasiga qaradi. Malika orqaga, oshxona eshigi tomonga, chekindi. 
– 
Men sen bilan o‘z ishlarimni almashishishni juda xohlardim, – qichqirdi uning 
orqasidan onasi. 
Kechqurun malla tovuqning orqasidan quvlab yurib, Malika devorning ortida, 
yaqinginada uchib yurgan boyqushni ko‘rdi. Katta qanotlarini yoyib, boyqush tezlik bilan 
o‘zini pastga, o‘t-o‘lanlarga urdi, tirnoqlari bilan sichqonni ushlab oldi va tepaga 
ko‘tarilib, qorong‘ulikda g‘oyib bo‘ldi. Birdan Malikada fikr tug‘ildi. U ertasi kuni sim va 
oq matodan ikkita katta qanot yasadi, uzun tayoqqa mustahkam qotirdi va rejasini akasi 
Temurga tushuntirdi. Kechqurun, odatdagiday Malika malla tovuqning orqasidan quvlab 
yurganda, Temur Malika yasagan tayoq bilan hovliga chiqdi. U xuddi hujum 
qilayotganday malla tovuq tomonga qarab qanotlarini silkitardi. Tovuq yugurishdan 
to‘xtadi, hurpayib oldi, umidsizlik bilan qaqag‘lardi hamda hujumni qaytarish uchun 
g‘azab bilan qanotlarini qoqardi, ammo oq qanotlar hamon yaqinlashardi. Malla tovuq 
qaqag‘lashdan to‘xtadi, yerga yopishib yotdi va imkoni boricha hamla qilayotganni 
cho‘qishga tayyorlanib,  
tumshug‘ini osmonga ko‘tardi. Shu payt Malika oraga tushdi. Malika oq qanotlarga 
baqirdi. U qo‘llari bilan qanotlarni urib uni haydashga tushdi. Akasi qanotlarni tepaga 
ko‘tardi. Keyin qanotlar yana pastga sho‘ng‘idi, ammo Malika yana hujumni qaytardi. 
Malla tovuq Malikaning oyog‘i tagiga pisib, munchoqdek ko‘zlari bilan atrofda nima 
bo‘layotganini kuzatar edi. Oxir-oqibat qo‘rqinchli qanotlar yengilib, uchib ketdi. Malika 
engashib, qo‘lini cho‘zdi. Malla tovuq u tomonga shoshib yugurdi va tumshug‘ini mehr 
bilan Malikaning qo‘liga qo‘ydi. Malika tovuqni tovuqxonaga olib ketarkan, patlarining 
tagidan, uning jajji yurakchasi tez-tez urayotganini sezdi. Malika tovuqning yuragi 
tinchlanguncha bag‘riga bosib turdi, keyin ehtiyotkorlik bilan, uni tovuqxonaga qo‘yib 
yubordi va akasiga qarab tabassum qildi. 
– Endi sen tovuqlar galasining eng katta yetakchisisan, – kuldi Temur. 
 
TO‘XTA 
1-qismning oxiri  
Endi topshiriq daftaridagi berilgan savollarga javob bering. 
3 Malika o‘sha paytda yuziga, sochlariga va kiyimlariga shirin bananni surtayotgan singilchasiga qaradi. Malika orqaga, oshxona eshigi tomonga, chekindi. – Men sen bilan o‘z ishlarimni almashishishni juda xohlardim, – qichqirdi uning orqasidan onasi. Kechqurun malla tovuqning orqasidan quvlab yurib, Malika devorning ortida, yaqinginada uchib yurgan boyqushni ko‘rdi. Katta qanotlarini yoyib, boyqush tezlik bilan o‘zini pastga, o‘t-o‘lanlarga urdi, tirnoqlari bilan sichqonni ushlab oldi va tepaga ko‘tarilib, qorong‘ulikda g‘oyib bo‘ldi. Birdan Malikada fikr tug‘ildi. U ertasi kuni sim va oq matodan ikkita katta qanot yasadi, uzun tayoqqa mustahkam qotirdi va rejasini akasi Temurga tushuntirdi. Kechqurun, odatdagiday Malika malla tovuqning orqasidan quvlab yurganda, Temur Malika yasagan tayoq bilan hovliga chiqdi. U xuddi hujum qilayotganday malla tovuq tomonga qarab qanotlarini silkitardi. Tovuq yugurishdan to‘xtadi, hurpayib oldi, umidsizlik bilan qaqag‘lardi hamda hujumni qaytarish uchun g‘azab bilan qanotlarini qoqardi, ammo oq qanotlar hamon yaqinlashardi. Malla tovuq qaqag‘lashdan to‘xtadi, yerga yopishib yotdi va imkoni boricha hamla qilayotganni cho‘qishga tayyorlanib, tumshug‘ini osmonga ko‘tardi. Shu payt Malika oraga tushdi. Malika oq qanotlarga baqirdi. U qo‘llari bilan qanotlarni urib uni haydashga tushdi. Akasi qanotlarni tepaga ko‘tardi. Keyin qanotlar yana pastga sho‘ng‘idi, ammo Malika yana hujumni qaytardi. Malla tovuq Malikaning oyog‘i tagiga pisib, munchoqdek ko‘zlari bilan atrofda nima bo‘layotganini kuzatar edi. Oxir-oqibat qo‘rqinchli qanotlar yengilib, uchib ketdi. Malika engashib, qo‘lini cho‘zdi. Malla tovuq u tomonga shoshib yugurdi va tumshug‘ini mehr bilan Malikaning qo‘liga qo‘ydi. Malika tovuqni tovuqxonaga olib ketarkan, patlarining tagidan, uning jajji yurakchasi tez-tez urayotganini sezdi. Malika tovuqning yuragi tinchlanguncha bag‘riga bosib turdi, keyin ehtiyotkorlik bilan, uni tovuqxonaga qo‘yib yubordi va akasiga qarab tabassum qildi. – Endi sen tovuqlar galasining eng katta yetakchisisan, – kuldi Temur. TO‘XTA 1-qismning oxiri Endi topshiriq daftaridagi berilgan savollarga javob bering.
 
4 
 
“Malika va malla tovuq” bo’yicha topshiriq  
Bu mashg‘ulotni bajarishingiz uchun hikoyani o‘qib chiqishingiz va o‘qiganlaringiz 
haqida savollarga javob berishingiz zarur bo‘ladi. Ayrim savollarimiz sizga osonroq va 
ayrimlari qiyinroq tuyulishi mumkin. Qiyinlariga ham, osonlariga ham javob berishga 
harakat qilib ko‘ring. Siz har xil turdagi savollarga javob berishingiz zarur bo‘ladi. Ba’zi 
savollarga harflar bilan belgilangan 4 ta javob varianti beriladi. Siz o‘z fikringiz bo‘yicha 
to‘g‘ri bo‘lgan harfni belgilashingiz zarur. Birinchi misolda shunday savol keltirilgan va 
unga qanday to‘g‘ri javob berish ko‘rsatilgan. 
1-misol  
1. Haftada necha kun bor? 
A) 2 kun 
B) 4 kun 
C) 7 kun 
D) 10 kun 
Misolda “C” harfi belgilangan, chunki haftada 7 kun bor. Agar javobingizni 
o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, unda javobingizni o‘chiring sizningcha, to‘g‘ri bo‘lgan 
javobni belgilang va keyingi savolga o‘ting. 
2-misol. 
1. Haftada necha kun bor? 
A) 2 kun 
B) 4 kun 
C) 7 kun 
D) 10 kun 
Ba’zi topshiriqlarni bajarayotganingizda javoblaringizni savol tagida maxsus  
ajratilgan joyga yozishingiz kerak bo‘ladi. 
3-misolda shunday savol keltirilgan. 
3-misol. 
Tarixiy hikoyada keltirilgan voqealar yilning qaysi faslida sodir bo‘lgan? 
1____________________________________________________________ 
_____________________________________________________________ 
4 “Malika va malla tovuq” bo’yicha topshiriq Bu mashg‘ulotni bajarishingiz uchun hikoyani o‘qib chiqishingiz va o‘qiganlaringiz haqida savollarga javob berishingiz zarur bo‘ladi. Ayrim savollarimiz sizga osonroq va ayrimlari qiyinroq tuyulishi mumkin. Qiyinlariga ham, osonlariga ham javob berishga harakat qilib ko‘ring. Siz har xil turdagi savollarga javob berishingiz zarur bo‘ladi. Ba’zi savollarga harflar bilan belgilangan 4 ta javob varianti beriladi. Siz o‘z fikringiz bo‘yicha to‘g‘ri bo‘lgan harfni belgilashingiz zarur. Birinchi misolda shunday savol keltirilgan va unga qanday to‘g‘ri javob berish ko‘rsatilgan. 1-misol 1. Haftada necha kun bor? A) 2 kun B) 4 kun C) 7 kun D) 10 kun Misolda “C” harfi belgilangan, chunki haftada 7 kun bor. Agar javobingizni o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, unda javobingizni o‘chiring sizningcha, to‘g‘ri bo‘lgan javobni belgilang va keyingi savolga o‘ting. 2-misol. 1. Haftada necha kun bor? A) 2 kun B) 4 kun C) 7 kun D) 10 kun Ba’zi topshiriqlarni bajarayotganingizda javoblaringizni savol tagida maxsus ajratilgan joyga yozishingiz kerak bo‘ladi. 3-misolda shunday savol keltirilgan. 3-misol. Tarixiy hikoyada keltirilgan voqealar yilning qaysi faslida sodir bo‘lgan? 1____________________________________________________________ _____________________________________________________________
 
5 
 
3-misolning yonida qalam rasmi chizilgan va yoniga bir raqami yozilgan. Bu degani, siz 
shu savolga javob berib, 1 ballga ega bo‘lishingiz mumkin. 
4-misolning yonida qalam va 3 soni yozilgan. Bu siz shu savolga javob berib, 3 ballga ega 
bo‘lishingiz mumkin degani. 
4-misol. 
4. Hikoyaning oxirini bir vaqtning o‘zida qiziqarli va g‘amgin qiladigan nima?  
O‘qigan ma’lumotlaringizni, o‘z nuqtayi nazaringizni tushuntirishda qo‘llang. 
3_______________________________________________________________ 
________________________________________________________________ 
 
Daftar ikki qismdan iborat. Har bir qismni bajarish uchun 40 daqiqa ajratilgan. 
Ular orasida biroz tanaffus bor. Hamma savollarga imkon qadar yaxshi javob berishga 
harakat qiling.  
Agar qaysidir savolga javob bera olmasangiz, keyingi savolga o‘ting  
Savollar. “Malika va malla tovuq” 
1.Hikoyaning boshida Malika nima qilayotgan edi? 
A)tovuqni quvlayotgan edi; 
B)tovuqlarga don berayotgan edi; 
C)tuxum qidirayotgan edi; 
D)patlar to‘playotgan edi. 
2. Muallif qanday qilib senga malla tovuqning fe’l-atvorini ko‘rsatib bermoqda? 
A)Malla tovuq qanday ko‘rinishda ekanligini tavsiflayapti; 
B) Malla tovuqning yoqtiradigan ovqati haqida hikoya qilyapti; 
C) Malla tovuq qayerda yashashi haqida hikoya qilyapti; 
D) Malla tovuq o‘zini qanday tutayotgani haqida hikoya qilyapti. 
3.Nega Malikaninig onasi galaning quyisidagi tovuqqa rahmi keldi? 
1__________________________________________________________ 
___________________________________________________________ 
4.Nima uchun tovuq Malikaga turli “hazil” o‘yinlar qilardi? 
1______________________________________________________________ 
_______________________________________________________________  
5 3-misolning yonida qalam rasmi chizilgan va yoniga bir raqami yozilgan. Bu degani, siz shu savolga javob berib, 1 ballga ega bo‘lishingiz mumkin. 4-misolning yonida qalam va 3 soni yozilgan. Bu siz shu savolga javob berib, 3 ballga ega bo‘lishingiz mumkin degani. 4-misol. 4. Hikoyaning oxirini bir vaqtning o‘zida qiziqarli va g‘amgin qiladigan nima? O‘qigan ma’lumotlaringizni, o‘z nuqtayi nazaringizni tushuntirishda qo‘llang. 3_______________________________________________________________ ________________________________________________________________ Daftar ikki qismdan iborat. Har bir qismni bajarish uchun 40 daqiqa ajratilgan. Ular orasida biroz tanaffus bor. Hamma savollarga imkon qadar yaxshi javob berishga harakat qiling. Agar qaysidir savolga javob bera olmasangiz, keyingi savolga o‘ting Savollar. “Malika va malla tovuq” 1.Hikoyaning boshida Malika nima qilayotgan edi? A)tovuqni quvlayotgan edi; B)tovuqlarga don berayotgan edi; C)tuxum qidirayotgan edi; D)patlar to‘playotgan edi. 2. Muallif qanday qilib senga malla tovuqning fe’l-atvorini ko‘rsatib bermoqda? A)Malla tovuq qanday ko‘rinishda ekanligini tavsiflayapti; B) Malla tovuqning yoqtiradigan ovqati haqida hikoya qilyapti; C) Malla tovuq qayerda yashashi haqida hikoya qilyapti; D) Malla tovuq o‘zini qanday tutayotgani haqida hikoya qilyapti. 3.Nega Malikaninig onasi galaning quyisidagi tovuqqa rahmi keldi? 1__________________________________________________________ ___________________________________________________________ 4.Nima uchun tovuq Malikaga turli “hazil” o‘yinlar qilardi? 1______________________________________________________________ _______________________________________________________________
 
6 
 
5. Nega Malika tovuqxona eshigini taqillatib yopardi? 
A) Malika g‘azablanardi; 
B) Eshik qiyin yopilardi; 
C) Tulki yaqinlashayotgan edi; 
D) Malla tovuq qochib ketmoqchi edi. 
6. Malika malla tovuqning tovuqxonaga kirishini xohlardi. U qo‘llagan qaysi ikkita  
vosita ish bermadi? 
1______________________________________________________________ 
_______________________________________________________________ 
2_____________________________________________________________ 
______________________________________________________________ 
7. Nega otasi Malikaning fikriga qarshi chiqdi? 
A) Malla tovuq yaralanishi mumkin edi; 
B) Malla tovuq tuxum qo‘ymas edi; 
C) Otasi Malla tovuq o‘lib qolishi mumkin, deb o‘yladi; 
D) Otasi qizil tovuqni jazolamoqchi edi. 
8. Otasi malla tovuqning o‘rnini tabaqa bo‘yicha undan keyin turgan tovuq oladi dedi. Bu 
bilan u nima demoqchi edi? 
1.______________________________________________________________ 
_______________________________________________________________ 
9.Nima uchun onasi “Men sen bilan vazifalarimizni almashishni xohlardim”, – dedi.  
A) Onasini Malikaga rahmi kelayapdi; 
B) Malika uy yumushlari bilan ko‘roq shug‘ullansa ham bo‘lardi; 
C) Onasiga chindan ham tovuqlarga qarash yoqardi; 
D) Malika onasining yumushlari qiyinroq ekanini tushunishi kerak edi. 
10. Qanday qilib Malikada yangi g‘oya tug‘ildi? 
A) Akasi Temur unga reja taklif qildi; 
B) Malika boyqush sichqonni tutib olganini ko‘rdi; 
C) Otasi Malikaga boyqushlar haqida gapirib berardi; 
D) Malika sim va oq matoni ko‘rdi. 
11. Nima uchun Malika uzun tayoqqa oq qanotlar, yasab oldi? 
6 5. Nega Malika tovuqxona eshigini taqillatib yopardi? A) Malika g‘azablanardi; B) Eshik qiyin yopilardi; C) Tulki yaqinlashayotgan edi; D) Malla tovuq qochib ketmoqchi edi. 6. Malika malla tovuqning tovuqxonaga kirishini xohlardi. U qo‘llagan qaysi ikkita vosita ish bermadi? 1______________________________________________________________ _______________________________________________________________ 2_____________________________________________________________ ______________________________________________________________ 7. Nega otasi Malikaning fikriga qarshi chiqdi? A) Malla tovuq yaralanishi mumkin edi; B) Malla tovuq tuxum qo‘ymas edi; C) Otasi Malla tovuq o‘lib qolishi mumkin, deb o‘yladi; D) Otasi qizil tovuqni jazolamoqchi edi. 8. Otasi malla tovuqning o‘rnini tabaqa bo‘yicha undan keyin turgan tovuq oladi dedi. Bu bilan u nima demoqchi edi? 1.______________________________________________________________ _______________________________________________________________ 9.Nima uchun onasi “Men sen bilan vazifalarimizni almashishni xohlardim”, – dedi. A) Onasini Malikaga rahmi kelayapdi; B) Malika uy yumushlari bilan ko‘roq shug‘ullansa ham bo‘lardi; C) Onasiga chindan ham tovuqlarga qarash yoqardi; D) Malika onasining yumushlari qiyinroq ekanini tushunishi kerak edi. 10. Qanday qilib Malikada yangi g‘oya tug‘ildi? A) Akasi Temur unga reja taklif qildi; B) Malika boyqush sichqonni tutib olganini ko‘rdi; C) Otasi Malikaga boyqushlar haqida gapirib berardi; D) Malika sim va oq matoni ko‘rdi. 11. Nima uchun Malika uzun tayoqqa oq qanotlar, yasab oldi?
 
7 
 
A) Tovuqning patlariga o‘xshashi uchun. 
B) Qaror qabul qilish uchun. 
C) Boyqushga o‘xshatish uchun. 
D) Temurda taassurot qoldirish uchun. 
12. Malika “qanotlarni qo‘li bilan urardi va ularni haydardi”. Malika tovuqqa nimani  
ko‘rsatmoqchi bo‘ldi. 
A) Malika tovuqni qutqarayotganini. 
B) Malika tovuqqa g‘azablanayotganini. 
C) Malika boyqushdan qo‘rqishini. 
D) Malika boyqush bilan o‘ynayotganini. 
13. Malikaning harakatlaridan uning fe’l-atvori qanday ekanini bilib oldingiz? 
Malikaning fe’l-atvoridagi biror xislatni yozing, javobingizni tasdiqlash uchun matndan u 
nima qilgani haqida ikkita misol keltiring. 
3_______________________________________________________________ 
________________________________________________________________ 
______________________________________________________________ 
_______________________________________________________________ 
14. Nima uchun Malika hikoyaning oxirida tovuqlar tabaqasidagi eng muhim o‘rinni 
egalladi? O‘z javobingizni tushuntirish uchun hikoyadagi ma’lumotlardan foydalaning. 
1_______________________________________________________________ 
________________________________________________________________ 
15. Nima deb o‘ylaysiz, Malika keyingi safar tovuqlarni tovuqxonaga qamayotganda, 
malla tovuq nima qilar ekan? 
1.____________________________________________________________ 
______________________________________________________________ 
16. Nima uchun “Malika chora topdi” jumlasi bu hikoyaning yana bitta yaxshi nomi 
bo‘lishi mumkin edi? 
Bittasi sababini keltiring. 
1_______________________________________________________________ 
________________________________________________________________ 
 
7 A) Tovuqning patlariga o‘xshashi uchun. B) Qaror qabul qilish uchun. C) Boyqushga o‘xshatish uchun. D) Temurda taassurot qoldirish uchun. 12. Malika “qanotlarni qo‘li bilan urardi va ularni haydardi”. Malika tovuqqa nimani ko‘rsatmoqchi bo‘ldi. A) Malika tovuqni qutqarayotganini. B) Malika tovuqqa g‘azablanayotganini. C) Malika boyqushdan qo‘rqishini. D) Malika boyqush bilan o‘ynayotganini. 13. Malikaning harakatlaridan uning fe’l-atvori qanday ekanini bilib oldingiz? Malikaning fe’l-atvoridagi biror xislatni yozing, javobingizni tasdiqlash uchun matndan u nima qilgani haqida ikkita misol keltiring. 3_______________________________________________________________ ________________________________________________________________ ______________________________________________________________ _______________________________________________________________ 14. Nima uchun Malika hikoyaning oxirida tovuqlar tabaqasidagi eng muhim o‘rinni egalladi? O‘z javobingizni tushuntirish uchun hikoyadagi ma’lumotlardan foydalaning. 1_______________________________________________________________ ________________________________________________________________ 15. Nima deb o‘ylaysiz, Malika keyingi safar tovuqlarni tovuqxonaga qamayotganda, malla tovuq nima qilar ekan? 1.____________________________________________________________ ______________________________________________________________ 16. Nima uchun “Malika chora topdi” jumlasi bu hikoyaning yana bitta yaxshi nomi bo‘lishi mumkin edi? Bittasi sababini keltiring. 1_______________________________________________________________ ________________________________________________________________
 
8 
 
 
Yashil dengiz toshbaqasi: bir umrlik sayohat 
“Toshbaqaning sarguzashtlari” kitobidan 
Muallif Geri Miller 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Qum ostidan yorug‘lik sari 
Avgust. Kosta-Rika sohilda yulduzli tun. Qumda 60 santimetrlar chuqurlikda yashil 
dengiz toshbaqasi qo‘ygan tuxumlari mavjud. Uyada har biri golf koptogidek keladigan 
100 tadan ko‘proq tuxum joylashgan.Toshbaqachalardan biri qimirladi va tuxumni yorib 
chiqishni boshladi. Toshbaqacha o‘tkir tumshug‘i bilan tuxum qobig‘ini yorib chiqishi 
kerak. Qum qatlami tagida bo‘lishiga qaramasdan, u tuxum qobig‘idan qutulb chiqdi. Tez 
orada barcha tuxumlar ham jonlanib, harakatga kelishni boshlashdi. 
Kichkina toshbaqa suzgichlari yordamida tepaga, yanayam yuqoriga ko‘tarilish 
uchun tirmashadi. Uning qum yuzasiga chiqishi uchun ba‘zan bir kun vaqt ketishi mumkin. 
Endi esa suvga Tuxumdan yuzaga chiqqan toshbaqachani okean suvi yuzasida 
qalqiyotgan oy nuri o‘ziga jalb etadi. Yaxshiyamki, yaqin-atrofda ko‘cha va turar joylar 
chiroqlarining nuri yo‘q. Aks holda ularning nuri toshbaqachani dengizdan boshqa 
tomonga  
8 Yashil dengiz toshbaqasi: bir umrlik sayohat “Toshbaqaning sarguzashtlari” kitobidan Muallif Geri Miller Qum ostidan yorug‘lik sari Avgust. Kosta-Rika sohilda yulduzli tun. Qumda 60 santimetrlar chuqurlikda yashil dengiz toshbaqasi qo‘ygan tuxumlari mavjud. Uyada har biri golf koptogidek keladigan 100 tadan ko‘proq tuxum joylashgan.Toshbaqachalardan biri qimirladi va tuxumni yorib chiqishni boshladi. Toshbaqacha o‘tkir tumshug‘i bilan tuxum qobig‘ini yorib chiqishi kerak. Qum qatlami tagida bo‘lishiga qaramasdan, u tuxum qobig‘idan qutulb chiqdi. Tez orada barcha tuxumlar ham jonlanib, harakatga kelishni boshlashdi. Kichkina toshbaqa suzgichlari yordamida tepaga, yanayam yuqoriga ko‘tarilish uchun tirmashadi. Uning qum yuzasiga chiqishi uchun ba‘zan bir kun vaqt ketishi mumkin. Endi esa suvga Tuxumdan yuzaga chiqqan toshbaqachani okean suvi yuzasida qalqiyotgan oy nuri o‘ziga jalb etadi. Yaxshiyamki, yaqin-atrofda ko‘cha va turar joylar chiroqlarining nuri yo‘q. Aks holda ularning nuri toshbaqachani dengizdan boshqa tomonga
 
9 
 
yo‘naltirib, suvdan uzoqlashtirgan bo‘lardi. Toshbaqaсhaning suvga intilishi – bu yashash 
uchun kurash. Chunki u yong‘oqdan katta emas. Qush va boshqa kushandalarga oson 
o‘ljaga aylanishi mumkin. Lekin bizning toshbaqachamiz xavf-xatarsiz, suvga yetib 
oldi.Oqim bizning toshbaqachani orqaga, sohilga qaytarishga urinadi. Ammo u to‘lqinlar 
bilan kurashadi va hamon suzishda davom etmoqda. U tun-u kun va yana ikki sutka bir 
maromda suzishda davom etadi. 
Ochiq dengizda 
Ko‘pincha, toshbaqaning ochiq dengiz bo‘ylab sayohatini “yo‘qotilgan yillar” 
deyishadi. Olimlar yashil dengiz toshbaqasining bu 
davrdagi 
hayoti 
haqida 
judayam 
kam 
ma‘lumotlarni bilishadi. Balki, suv osti o‘tlari 
yostig’i uzra ularni dengiz oqimlari olib yurishar. 
Toshbaqa 
yaqin-atrofidagi 
qisqichbaqa, 
kichkina 
meduza 
yoki 
shilliqqurtlar 
bilan 
oziqlanishi mumkin. Afsuski, dengizga odamlar 
tashlayotgan plastik idish va har xil chiqindilar tushib qolyapti. Agar toshbaqa ularni yesa, 
uning hayoti o‘lim xavfi ostida qoladi. 
Dengizda yana boshqa ko‘plab xatarlar mavjud. Chuqurlikda nahanglarga o‘xshagan 
yirtqich baliqlar suzishsa, tepada esa yirik qushlar uchishadi. Yaxshiyam, toshbaqalarga 
ularning himoya rangli kosalari yordam beradi. Tagidan deyarli oq, shuning uchun 
chuqurlikda suzayotgan akulalar quyosh nurida uni ko‘ra olishmaydi.  
Kosa qoplamasining tepasi qoramtir va shuning uchun toshbaqa yuqoridan suv rangi 
bilan uyg’unlashib ketadi. 
O‘sgan sari yashil tusga kirib boradi 
 
9 yo‘naltirib, suvdan uzoqlashtirgan bo‘lardi. Toshbaqaсhaning suvga intilishi – bu yashash uchun kurash. Chunki u yong‘oqdan katta emas. Qush va boshqa kushandalarga oson o‘ljaga aylanishi mumkin. Lekin bizning toshbaqachamiz xavf-xatarsiz, suvga yetib oldi.Oqim bizning toshbaqachani orqaga, sohilga qaytarishga urinadi. Ammo u to‘lqinlar bilan kurashadi va hamon suzishda davom etmoqda. U tun-u kun va yana ikki sutka bir maromda suzishda davom etadi. Ochiq dengizda Ko‘pincha, toshbaqaning ochiq dengiz bo‘ylab sayohatini “yo‘qotilgan yillar” deyishadi. Olimlar yashil dengiz toshbaqasining bu davrdagi hayoti haqida judayam kam ma‘lumotlarni bilishadi. Balki, suv osti o‘tlari yostig’i uzra ularni dengiz oqimlari olib yurishar. Toshbaqa yaqin-atrofidagi qisqichbaqa, kichkina meduza yoki shilliqqurtlar bilan oziqlanishi mumkin. Afsuski, dengizga odamlar tashlayotgan plastik idish va har xil chiqindilar tushib qolyapti. Agar toshbaqa ularni yesa, uning hayoti o‘lim xavfi ostida qoladi. Dengizda yana boshqa ko‘plab xatarlar mavjud. Chuqurlikda nahanglarga o‘xshagan yirtqich baliqlar suzishsa, tepada esa yirik qushlar uchishadi. Yaxshiyam, toshbaqalarga ularning himoya rangli kosalari yordam beradi. Tagidan deyarli oq, shuning uchun chuqurlikda suzayotgan akulalar quyosh nurida uni ko‘ra olishmaydi. Kosa qoplamasining tepasi qoramtir va shuning uchun toshbaqa yuqoridan suv rangi bilan uyg’unlashib ketadi. O‘sgan sari yashil tusga kirib boradi
 
10 
 
Bir necha yildan keyin u yosh toshbaqaga 
aylanadi. U endi tuxumdan chiqqan kichkintoy emas, 
ammo katta toshbaqa ham emas. Toshbaqa kosasi 
likopchaning kattaligiga yetgach, yosh toshbaqa 
uchun ochiq dengizni tashlash va sohil bo‘yining iliq 
suvlari tomon harakatlanish vaqti keladi. Katta va 
mustahkam bo‘lib qolgan kosasi bilan yosh toshbaqa 
o‘zini oldingidan ko‘ra ancha himoyalangan seza boshlaydi. 
Endi u asosan dengiz o‘tlari bilan oziqlanadi, shuningdek meduzalarni ham yeyishi 
mumkin. Toshbaqa sekin o‘sadi, bunga ko‘p yillar ketadi. U sohildan ancha uzoqqa dengiz 
maysazorlari tomon suzib ketadi va shu tomonda katta toshbaqaga aylanadi. 
Tunda u besh soatgacha nafasini ushlab turishi bilan, qoyalar ostidagi suvlarda dam oladi. 
Ammo u har kuni dengiz o‘tlarining, toshbaqa o‘ti deb ataladigan qismiga qaytib 
kelaveradi. Toshbaqa chim kesadigan mashina kabi suvosti maysalarini qirqib chiqadi. 
Dengiz o‘tlarini yeyishi toshbaqaning teri osti yog‘larini yashil rangga bo‘yaydi. Aynan 
shuning uchun yashil dengiz toshbaqalari o‘zining shu nomiga ega bo‘lishgan! 
 
 
 
Qumga qaytish 
Taxminan 26 yoshlardagi toshbaqaning kosasi bo‘yiga 1 metr atrofida bo‘ladi va 
og‘irligi deyarli 150 kilogramga yetadi. Endi u yangi sayohatga chiqadi. U uzoq yo‘lga, 
orqaga, qachonlardir o‘zi tug‘ilgan sohilga qaytish uchun yo‘l oladi. O‘sha joylarda u o‘z 
tuxumini qo‘yishga harakat qiladi. Dengiz toshbaqasi 1000 kilometrdan ham ko‘proq 
masofani bosib o‘tishi mumkin, katta toshbaqa buni bemalol eplay olishadi. Uning 
suzgichlari qanotlarga o‘xshaydi, shu bois u xuddi suv tagida uchayotgandek ko‘rinadi. 
10 Bir necha yildan keyin u yosh toshbaqaga aylanadi. U endi tuxumdan chiqqan kichkintoy emas, ammo katta toshbaqa ham emas. Toshbaqa kosasi likopchaning kattaligiga yetgach, yosh toshbaqa uchun ochiq dengizni tashlash va sohil bo‘yining iliq suvlari tomon harakatlanish vaqti keladi. Katta va mustahkam bo‘lib qolgan kosasi bilan yosh toshbaqa o‘zini oldingidan ko‘ra ancha himoyalangan seza boshlaydi. Endi u asosan dengiz o‘tlari bilan oziqlanadi, shuningdek meduzalarni ham yeyishi mumkin. Toshbaqa sekin o‘sadi, bunga ko‘p yillar ketadi. U sohildan ancha uzoqqa dengiz maysazorlari tomon suzib ketadi va shu tomonda katta toshbaqaga aylanadi. Tunda u besh soatgacha nafasini ushlab turishi bilan, qoyalar ostidagi suvlarda dam oladi. Ammo u har kuni dengiz o‘tlarining, toshbaqa o‘ti deb ataladigan qismiga qaytib kelaveradi. Toshbaqa chim kesadigan mashina kabi suvosti maysalarini qirqib chiqadi. Dengiz o‘tlarini yeyishi toshbaqaning teri osti yog‘larini yashil rangga bo‘yaydi. Aynan shuning uchun yashil dengiz toshbaqalari o‘zining shu nomiga ega bo‘lishgan! Qumga qaytish Taxminan 26 yoshlardagi toshbaqaning kosasi bo‘yiga 1 metr atrofida bo‘ladi va og‘irligi deyarli 150 kilogramga yetadi. Endi u yangi sayohatga chiqadi. U uzoq yo‘lga, orqaga, qachonlardir o‘zi tug‘ilgan sohilga qaytish uchun yo‘l oladi. O‘sha joylarda u o‘z tuxumini qo‘yishga harakat qiladi. Dengiz toshbaqasi 1000 kilometrdan ham ko‘proq masofani bosib o‘tishi mumkin, katta toshbaqa buni bemalol eplay olishadi. Uning suzgichlari qanotlarga o‘xshaydi, shu bois u xuddi suv tagida uchayotgandek ko‘rinadi.