PISA TADQIQOTLARINING XUSUSIYATLARI (PISA tadqiqotlari haqida umumiy ma'lumotlar)
Yuklangan vaqt
2024-04-11
Yuklab olishlar soni
5
Sahifalar soni
19
Faytl hajmi
486,8 KB
PISA TADQIQOTLARINING XUSUSIYATLARI
Reja :
1. PISA tadqiqotlari haqida umumiy ma'lumotlar
2. PISA tadqiqotining o‘ziga xos xususiyatlari
3. PISA dasturining o‘ziga xosligi
4.PISAni boshqarish
5.Qaysi tashkilot yoki jamoalar PISA ortida turadilar?
6.Tadqiqotni o‘tkazish jarayoni
oʻquvchilarni baholash dasturi - PISA (ing. Programme for International
Student Assessment) turli davlatlarda 15 yoshli
oʻquvchilarning savodxonligini (oʻqish, matematika, tabiiy fanlar) hamda
bilimlarini amaliyotda qoʻllash qobiliyatini baholovchi dastur.
PISA testlari maktab oʻquvchilarining haqiqiy hayotda kerak boʻladigan
hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish
koʻnikmalarini qay darajada egallayotganini, taʻlim tizimining bu oʻzgarishlarga
qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. Ushbu dastur 1997-
yilda joriy etilgan boʻlib, har uch yilda bir marta oʻtkaziladi, birinchi marta 2000-
yilda oʻtkazilgan. Har uch yilda bitta fan yoʻnalishiga afzallik berilib, ja’mi testlar
majmuasining deyarli 50% shu fanga mansub boʻladi. 2000-yilda ilk bor oʻqish
savodxonligiga
urgʻu
berilgan.Test Iqtisodiy
hamkorlik
va
taraqqiyot
tashkiloti (OECD) tomonidan yetakchi xalqaro ilmiy tashkilotlar bilan
konsorsiumda, milliy markazlar ishtirokida tashkil etiladi. Tadqiqotda Iqtisodiy
hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo boʻlgan davlatlar, shuningdek, OECD
bilan hamkorlik aloqalari boʻlgan davlatlar ishtirok etadi.
PISA tadqiqoti monitoring tadqiqoti boʻlib, u turli mamlakatlardagi taʼlim
tizimlarida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni aniqlash va solishtirish, taʼlim
sohasidagi strategik qarorlar samaradorligini baholash imkonini beradi. 2000-
2015- yillar oraligʻida oʻtkazilgan tadqiqot natijalari boʻyicha bugungi kunda
Sharqiy
Osiyoda
– Xitoy,
Koreya,
Singapur,
Yaponiya,
Yevropada
- Finlyandiya, Estoniya,
Shveytsariya,
Polsha
va
Niderlandiya
kabi
mamlakatlarning oʻrta ta’lim tizimi yaxshi rivojlangan. PISA test tarkibi
PISA testlari 5 ta yoʻnalish boʻyicha oʻqish, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy
fanlar,
hamkorlikda
muammolarni
hal
qilish
va
moliyaviy
savodxonlik oʻtkaziladi. Testlarda asosiy eʻtibor oʻquvchilarning mazkur
yoʻnalishlar boʻyicha eng asosiy tushunchalarni bilishi, bazaviy bilim va
koʻnikmalarni egallagani, ulardan hayotiy vaziyatlarda foydalana olishiga
qaratiladi.
PISA sinovlarida toʻrt xil sinov usulidan foydalaniladi:
1. Bir javobli testlar;
2. Bir nechta javobli testlar;
3. Qisqa yoki batafsil javob yoziladigan savollar;
4. Biror muammoning yechimi boʻyicha oʻquvchi fikri (odatda bunday
savollarda tekshiruvchida umumiy javoblar boʻladi, oʻquvchi javobi test
tuzivchi javobiga aynan mos kelishi talab qilinmaydi, oʻquvchi ijodkorligi
qoʻllab quvvatlanadi).
5. Bundan tashqari testlar bilan bir vaqtda oʻquvchilardan anketalar ham olish
nazarda tutilgan.
PISA asosiy yoʻnalishlarTahrirlash
Oʻqish savodxonligi: Insonning matn shaklida berilgan maʻlumotlarni tushina
olish va ularga reaksiya bera olish koʻnikmasi, jamiyat hayotida faol qatnashish
jarayonida oʻqigan maʻlumotlaridan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalana olish,
bilim va imkoniyatlarini oshira olish layoqati.Bu yerda, oʻqish savodxonligi
tushunchasi keng maʻno kasb etadi. Bu yoʻnalish maqsadi oʻquvchining berilgan
badiiy asardan parcha, biografiya, xat, hujjat, gazeta va jurnallardan olingan
maqolalar, turli qoʻllanmalar, geografik kartalar kabi rangba-rang tematikadagi,
tarkibida matnni ochib berishga moʻljallangan diagrammalar, rasmlar, kartalar,
grafik va jadvallar berilgan matnni tushinishi, mazmuni haqida fikr yurita olish,
matn mazmuniga baho berish va oʻqiganlari haqida oʻz fikrini bera olishi kabi
kompetensiyalarini aniqlash hisoblanadi.
Matematik savodxonlik: Insonning matematikaning oʻzi yashayotgan olamdagi
oʻrnini bilishi, matematik jarayonlarni toʻgʻri va toʻliq asoslay olishini
tekshiradi. Shaxsning matematikadan yaratuvchan, qiziquvchan va fikrlovchi
insonning hozirgi va kelajakdagi matematik bilimlarga boʻlgan ehtiyojini
qondira oladigan darajada foydalana olishini taʻminlash bu boʻlimning asosiy
maqsadidir.Bu boʻlimdagi savodxonlik terminidan bu boʻlim maqsadi odatda
maktab dasturida beriladigan bilimlarni qay darajada oʻzlashtirganini aniqlash
emasligni koʻrsatish uchun foydalanilgan. Asosiy eʻtibor matematik bilimlardan
turli xil hayotiy vaziyatlarda fikrlash va intiutiv qaror qabul qilish talab
qilinadigan turli uslublaridan qoʻllagan holda foydalana olish nazarda tutiladi.
Lekin bu turdagi savollarga javob berishda maktab dasturida beriladigan bilim va
koʻnikmalar zarur boʻlishi mumkin.Bu yoʻnalish sinovlarida odatda hayotning
turli sohalarida (tibbiyot, turar joy, sport va hk.) duch kelinishi mumkin boʻlgan
matematikaga oid vaziyatlar taklif qilinadi.
Tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi: Hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal
qilinishi mumkin boʻlgan muammolarni aniqlash, kuzatuv va tajribalar asosida
xulosalar chiqarish kompetensiyasi. Bu xulosalar atrofimizdagi olamni tushinish
va inson faoliyati natijasida unda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni anglab yetish,
shunga koʻra kerakli qarorlar qabul qila olish koʻnikmasini rivojlantirish bu
boʻlimning asosiy maqsadidir.
Bu savodxonlik asosi bizning maktablarimizda fizika (astronomiya elamentlari
bilan birga), biologiya, kimyo va geografiya fanlari oʻqitilish jarayonida berilishi
koʻzda tutilgan. 2000-yilTahrirlash
2000-yilda 32 davlatdan 265 000 oʻquvchilar test sinovidan oʻtgan. Ushbu yilda
asosiy mavzu - o'qish va o'qilgan narsalarni tushunish qobiliyati tanlangan boʻlib,
test savollarining uchdan ikki qismi aynan shu mavzuga bag'ishlangan.[1]
2003-yilTahrirlash
PISA-2003 da 43 mamlakatdan 275 000 dan ortiq oʻquvchi ishtirok etdi. Oʻqish
boʻyicha Finlandiya 543 ball bilan birinchi oʻrinni egalladi. Rossiya - 442 ball,
AQSh - 495 ball, Serbiya - 412 ball olgan.[2]
Matematika yoʻnalishida Gonkong 550 ball bilan birinchi oʻrinda, AQSh 483
ball, Italiya 466 ball, Rossiya 468 ball toʻplagan.[3]
Tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha Finlandiya yetakchilik qilgan (549 ball).
2006-yilTahrirlash2006-yilda o'qish savodxonligi bo'yicha 57 davlat orasida
Janubiy Koreya 556 ball bilan birinchi o'rinni egallagan.Matematika
yoʻnalishida Taybey 549 ball bilan yetakchilik qilgan. AQSH 468 ball, Isroil 442
ball toʻplagan.Tabiiy fanlar savodxonligi boʻyicha Finlyandiya 563 ball bilan
birinchi o'rinda, Italiya 475 ball, AQSh 489 ball to'plagan.
2009-yilTahrirlash
2009 - yilda tadqiqotda 74 davlat ishtirok etgan. O'qish savodxonligi bo'yicha
Xitoyning Shanxay shahri 556 ball bilan yetakchilik qilgan. Koreya 539 ball
bilan ikkinchi va Finlandiya 536 ball bilan uchunchi o'rinni egallagan.[4]
Matematika yoʻnalishida ham Xitoyning Shanxay shahri 600 ball bilan yetakchi,
MDH davlatlaridan Rossiya 468 ball, Qozogʻiston 405 ball, Qirgʻiziston 331 ball
toʻplagan.
2012-yilTahrirlash
2012-yilda PISA da 65 ta davlat, jumladan, OECDga aʻzo 34 ta davlati ishtirok
etdi[5].
Ishtirokchilarga anʻanaviy testlar bilan bir qatorda tadqiqot tarixida birinchi marta
yangi turdagi masala, yaʻni - interaktiv masalalar (interactive problems) taklif
qilindi.
2015-yilTahrirlash
2015-yilda tadqiqotda 70 ta davlat ishtirok etdi[6] Shu yili anʻanaviy testlar bilan
bir qatorda, moliyaviy savodxonlik bo'yicha tadqiqotlar o'tkazildi.
Singapur davlati o'qish savodxonligi, matematik va tabiiy-ilmiy fanlar
savodxonligi PISA tadqiqotining barcha yoʻnalishlari boʻyicha birinchilikni
egallagan. MDH davlatlaridan o'qish savodxonligi boʻyicha Qozog'iston 427 ball
(53 - oʻrin), matematik savodxonlik boʻyicha Rossiya 494 ball (23-oʻrin) va tabiiy
fanlar boʻyicha Moldova 428 ball (50-oʻrin) toʻplagan[7].Ayni kunlarda Buyuk
Britaniyaning London shahrida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti
tomonidan tashkil etilgan “PISA boshqaruv kengashi aʼzolarining 48-
uchrashuvi” boʻlib oʻtmoqda. Ushbu tadbirda Taʼlim inspeksiyasi huzuridagi
Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy
markazi direktori – PISA loyihasi milliy menejeri Abduvali Ismailov ham
ishtirok etmoqda.PISA boshqaruv kengashi aʼzolarining uchrashuvi PISA
tadqiqotining yuqori organi hisoblanib, unda odatda PISA doirasida amalga
oshirilgan va kelgusidagi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilinadi. Iqtisodiy
hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti kotibiyati hamda dunyoning 85 dan ortiq
mamlakatlaridan 100 nafardan ziyod vakillar ishtirok etmoqda.Tadbir 5 kun
davom etishi moʻljallangan boʻlib, unda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot
tashkilotining PISA bilan bogʻliq faoliyatidagi oʻzgarishlar, PISAni joriy qilish,
shuningdek 2021-yildagi tadqiqot uchun kiritilgan yangiliklar, PISAning uzoq
muddatli strategik yoʻl xaritasini ishlab chiqish yoʻlida amalga oshirilgan ishlar,
2024-yildagi tadqiqotning afzallik va kamchiliklari, jumladan yangi yoʻnalish
sifatida kiritilayotgan “Xorijiy tillar” yoʻnalishi, kelgusidagi innovatsion
yoʻnalishlari “Kreativ fikrlash”, “Raqamli dunyoda oʻrganish” yoʻnalishlarining
, “Maktablar uchun PISAga asoslangan testlar” loyihasi komponentlaridagi
yangilanishlar va boshqa dolzarb masalalar koʻrib chiqilishi rejalashtirilgan.
Tadbirlar doirasida PISA-D (PISA for development), yaʼni “PISA-rivojlanish
uchun” loyihasining muhokamasiga bagʻishlangan xalqaro seminar boʻlib oʻtishi,
Buyuk Britaniyaning zamonaviy maktablariga ekskursiya amalga oshirilishi
hamda oʻquv jarayonining tashkil etilishi bilan yaqindan tanishish koʻzda
tutilgan.Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 2021-yilda ilk marotaba Iqtisodiy
hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning taʼlim sifatini baholash boʻyicha
PISA (15-16 yoshli oʻquvchilar bilimini baholash boʻyicha xalqaro dastur)
xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etadi.Avstraliya taʼlim tadqiqotlari kengashi
(ACER) tashabbusi bilan PISA – 15 yoshli oʻquvchilarning oʻqish, matematika
va
tabiiy
yoʻnalishdagi
fanlardan
savodxonlik
darajasini
baholashga
yoʻnaltirilgan xalqaro tadqiqotlari oldidan oʻtkazilgan tajriba sinov jarayonlari
boʻyicha
Oʻzbekiston
tajribasi
Hindiston,
Salvador,
Mongoliya
kabi
mamlakatlarga taqdimot qilindi.Maʼlumki, Oʻzbekiston ilk marotaba 15 yoshli
oʻquvchilarning oʻqish, matematika va tabiiy yoʻnalishdagi fanlardan
savodxonlik darajasini baholashga yoʻnaltirilgan xalqaro tadqiqotlarida (PISA)
ishtirok etishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Ushbu nufuzli baholash dasturining
asosiy tadqiqotlari 2022-yilda tashkil qilinishi rejalashtirilgan. Undan avval esa,
qoida tariqasida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan
belgilangan talablarga muvofiq, har bir mamlakatda tashkil etilgan Milliy
markazlar tomonidan tajriba sinov jarayonlari oʻtkaziladi. Joriy yilning 22-
aprelidan 18-mayiga qadar mamlakatimizning 14 ta hududidagi 84 ta maktabda
tajriba sinov jarayonlari oʻtkazildi.PISA dasturida Salohiyatni rivojlantirish
loyihasi (Core E)da ishtirok etayotgan davlatlar qatorida Oʻzbekiston
Respublikasi birinchi boʻlib ushbu tajriba-sinov jarayonlarini muvaffaqiyatli
yakunladi.Vebinarda dunyo xaritasining 3 ta qitʼasidan mamlakat va xalqaro
tashkilotlar, xususan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD, Parij,
Fransiya), Taʼlim test xizmati (ETS, Vashington, AQSH), Avstraliya taʼlim
tadqiqotlari kengashi (ACER, Avstraliya), Salvador, Hindiston va Mongoliya
davlatlari
jamoalari
qatnashdi.Oʻzbekistonda
PISA
tajriba
sinovining
muvaffaqiyatli tashkil etilishini dunyo mamlakatlari bilan oʻrtoqlashishga
bagʻishlangan onlayn vebinar boshqa mamlakatlarga tajribalarni oʻrgatish,
muvaffaqiyatga erishish omillari, uchragan muammolar va ularni bartaraf etish
chora-tadbirlari haqida fikr almashishga qaratildi.Taʼlim sifatini baholash
boʻyicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi direktori, PISA
loyihasining milliy menejeri Abduvali Ismoilov Oʻzbekiston Respublikasi
Oʻquvchilar savodxoniligini baholash boʻyicha xalqaro dasturi doirasidagi
muvaffaqiyatli amalga oshirilgan tajriba-sinov tadqiqotlari haqidagi taqdimotni
oʻtib berdi. Shuningdek, tajriba-sinov jarayoniga tayyorgarlik koʻrish va uni
oʻtkazishga bagʻishlangan videorolik namoyish qilindi. PISA loyihasining milliy
menejeridan mamlakatimiz oʻquvchilari ilk marotaba ishtirok etayotgan ushbu
tadqiqot tajriba sinov jarayonlari qanday tashkil qilingani haqida maʼlumot
berishni soʻradik.
– Mamlakatimizda tajriba sinov jarayonlari Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot
tashkiloti tomonidan belgilangan PISA xalqaro standartlariga muvofiq, Vestat
(AQSH), ETS (AQSH), ACER (Avstraliya), Capstan (Belgiya) tashkilotlari bilan
kelishilgan holda tashkil etildi. Ushbu tadqiqotda dunyoning 88 tadan ortiq
davlatlarida turli til, oʻquv dasturlari va metodikalari asosida taʼlim oladigan, turli
madaniyat va qadriyat vakillari boʻlgan oʻquvchilarning bilimi bir xil mezonda
baholanadi. Buni tashkil qilish esa oson vazifa emas. Shuning uchun, Iqtisodiy
hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti har bir mamlakatda tadqiqotlarni tashkil qilish
uchun alohida masʼul milliy markaz tashkil etish shartini qoʻyadi. Tadqiqot
materiallari maxfiy hisoblanadi. Faqat milliy markazlarga yuboriladi va
topshiriqlar tegishli davlat tillariga tarjima qilinadi. Har bir qadamda nima ish
amalga oshirilishi boʻyicha standartlar, yoʻriqnomalar va qoʻllanmalar bor. Tizim
shunday qilinganki, agar qaysidir bosqichda vazifani chala yoki notoʻgʻri
bajarsangiz, keyingi bosqichga oʻta olmaysiz. Shuning uchun, ikki yil davomida
tayyorlandik, Milliy markazimiz mutaxassislari AQSH, Avstriya, Germaniya,
Tayland va Afinada boʻlib oʻtgan xalqaro treninglar, shuningdek onlayn tarzda
tashkil
etilgan
oʻnlab
vebinarlarda
ishtirok
etib,
oʻrganib
keldilar.
Qoʻllanmalarning qoʻplarini oʻzbek, rus va qoraqalpoq tillariga ham tarjima
qildik hamda xalqaro talab doirasida moslashtirdik.Masalan, PISA texnik
standarti, Loyiha milliy menejeri uchun qoʻllanma, Tarjima va moslashtirish
uchun yoʻriqnoma, Maktablar va oʻquvchilarni tanlab olish boʻyicha yoʻriqnoma,
Maʼlumotlarni boshqarish uchun yoʻriqnoma, Maxsus dasturiy vositadan
foydalanish boʻyicha qoʻllanma, Tadqiqot jarayonlarini tashkil etish boʻyicha
qoʻllanma, Test administratori, Maktab koordinatori, Milliy sifat nazoratchilari
uchun qoʻllanmalar, Soʻrovnomalarni toʻldirish boʻyicha yoʻriqnoma, Test
oʻtkazish uchun ssenariy, Oʻquvchilarning javoblarini kodlashtirish boʻyicha
yoʻriqnomalar, Kodlashtirish tizimidan foydalanish boʻyicha qoʻllanmalar va
boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. Qiziqarlisi, barcha jarayonlar ushbu
talab va yoʻriqnomalarga muvofiq olib borilayotganligini nazorat qilib borish
uchun 19 nomdan ortiq hisobot va nazorat shakllari mavjud.Soddaroq qilib
aytadigan boʻlsak, birgina test oʻtkazish ssenariysida oʻquvchilar bilan
“salomlashish”dan tortib, deyarli toʻrt soatlik testdan keyin xonani tark
etishgacha boʻlgan harakatlar yozib qoʻyilgan. Test administratorlaridan ushbu
yozilgan qoidalarga qatʼiy rioya qilishi talab etiladi. Bu esa, butun dunyoda test
jarayonlari bir xil tartibda tashkil etilishini taʼminlaydi. Masʼullar oʻzining
avvalgi tajribasiga tayanib, boshqacha yoʻl tutishiga yoʻl qoʻyilmaydi.Yana bir
misol, tanlangan maktablar jamoasiga boʻysinuvchi tashkilot sifatida emas,
hamkor sifatida qaraladi. Test administratorlarimiz tanlangan maktab
koordinatori va oʻqituvchilari bilan xushmuomalada boʻlishi, ular bilan olib
boriladigan hamkorlikka oid muloqotning mazmuni ham yozib qoʻyilgan.Baʼzida
maktablarga borganimizda “Test administratorlari juda xushmuomila ekan”
deyishadi,
shunda,
-
“ilojimiz
qancha,
standart
shunaqa”
deb
xazillashamiz.Bundan tashqari, yuqoridagi ishlarni lozim darajada bajarish
uchun, alohida vazifalar belgilangan. Masalan, Milliy markaz direktori sifatida
loyiha milliy menejeri, inglizcha aytganda National project manager va dunyo
boʻyicha PISA boshqaruv kengashi aʼzosi (PISA Governing board member)
vazifasini bajaradigan boʻlsam, Tanlab olish masalalari boʻyicha menejer
(Sampling manager), Maʼlumotlarni boshqaruvchi menejer (Data manager),
Maʼlumotlarni dasturga kiritish boʻyicha masʼul (Data administrator), Tarjima
ishlarini muvofiqlashtiruvchi (Reconciler), Tadqiqot jarayonlarini tashkil etish
boʻyicha menejer (Survey operations manager), Oʻquvchilarning ochiq
savollarga bergan javoblarini kodlashtirish masalalari boʻyicha masʼul (Coding
manager), Kognitiv test yoʻnalishlari boʻyicha yetakchi kodlovchilar (Lead
coders) kabi vazifalar joriy qilingan.
Har bir vazifa uchun mutaxassislarimizni tanlab olib, xalqaro treninglarda oʻqitib
bordik. Masalan, birgina xato yoki eʼtiborsizlik xalqaro tashkilotda keyinchalik
tadqiqotdagi natijalarimizga shubha uygʻotishi mumkin.Yuqoridagilardan
shunday xulosaga kelish mumkinki, “Sifatga erishish” faqatgina natijada emas,
balki, jarayondagi har bir kichik, arzimas boʻlib koʻringan qoidalar va
tafsilotlarga rioya qilishda sodir boʻladi. Xalqaro ISO standartida ham inglizcha
aytganda Process approach, yaʼni “Jarayonga oid yondashuv” tamoyili
mavjud.Sizga faqatgina, PISA haqidagi tajribalarimizni gapirib bergan boʻlsak,
xuddi shunday jarayonlar PIRLS dasturi bilan ham sodir boʻlgan. Endilikda
TIMSS va TALIS tadqiqotlariga tayyorgarlikka kirishdik. Ushbu tadqiqotlarni
xalqaro standartlar asosida joriy qilish orqali yurtimizning nomi xalqaro nufuzli
reytinglarda namoyon boʻlishiga erishish, xorijiy mamlakatlar bilan solishtirma
tahliliy maʼlumotlarga ega boʻlish bilan bir qatorda, jamoamizda ham umumiy
oʻrta taʼlim tizimining boshidan oxirigacha boʻlgan bosqichida baholash boʻyicha
katta salohiyat va tajriba shakllanmoqda. Ushbu toʻplangan salohiyat va tajriba
asosida xalqaro talablar va kompetensiyaga asoslangan yirik Milliy baholash
tizimini taklif etishdek ezgu maqsadimiz bor. Bu borada zaruriy qadamlarni
qoʻyganmiz.Tajriba sinov jarayonlarini muvaffaqiyatli yakunlab maʼlumotlarni
taqdim etganimizdan soʻng, ACER tashkiloti vakillari qoniqish hosil qilishganini
va ushbu tajribani boshqa davlatlarga ham oʻrtoqlashishni taklif qilishdi. Aslida,
tajriba-sinovni maktablarda oʻtkazib olganimiz bilan vazifamiz bajarildi, deya
olmaymiz, chunki oldimizda kodlashtirish, maʼlumotlarni umumlashtirish va
xalqaro tashkilolarga taqdim qilishdek juda katta masʼuliyatli ishlar turibdi” –
dedi Abduvali Ismoilov.Tadbir davomida, shuningdek, tajriba-sinov jarayoniga
tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga bagʻishlangan videorolik namoyish
qilindi.Qayd etish joizki, mazkur tadqiqotlar dunyo boʻylab pandemiya sababli
saqlanib qolayotgan karantin sharoitida tashkil etildi. Unda tanlangan
maktablarning
masʼul
koordinatorlari,
testlarni
oʻtkazish
boʻyicha
administratorlar, tadqiqot jarayonlarining sifatini nazorat qilib boruvchi
kuzatuvchilar uchun maxsus treninglar olib borish hamda ularning ishini tashkil
etish oʻziga xos murakkabliklarga ega.Misol uchun PISA talablariga koʻra,
tadqiqotda qatnashayotgan maktablarning kamida 10 foizi, boshqacha aytganda
84 tadan 9 ta maktabni 1-2 nafar sifat nazoratchilari tomonidan kuzatib borilishi
lozimligi belgilangan. Lekin, Oʻzbekiston sharoitida 15 nafar sifat nazoratchilari
tomonidan 42 ta maktabda kuzatuvlar olib borilib, uning qamrov darajasi kamida
10 foizlik oʻrniga 52,4 foizga olib chiqilgani alohida eʼtiborga sazovor boʻldi.
Shu bilan birga, tadqiqotda qatnashish uchun tanlab olingan oʻquvchilarning
davomati kamida 86 foiz boʻlishi lozimligi kabi talab belgilangan. Lekin,
Oʻzbekiston sharoitida tanlangan 4803 nafar oʻquvchidan 4574 nafarining
ishtiroki taʼminlanib, ushbu davomat koʻrsatkichi 95,2 foizga yetkazildi.Bu holat
xalqaro tashkilotlar nazarida, tadqiqotning sifatini taʼminlashga boʻlgan yuksak
masʼuliyat sifatida qaralib, boshqa mamlakatlar uchun foydali tajriba sifatida
qaraldi.Bu haqda vebinar tashkilotchisi, ACER tashkiloti ilmiy tadqiqotlar
boʻyicha direktori Moris Uolker shunday dedi:
– Oʻzlarining qimmatli tajribalarini oʻrtoqlashish boʻyicha taklifimizga yoʻq
demay, taqdimot oʻtib bergan Oʻzbekiston jamoasiga oʻz minnatdorchiligimizni
bildiramiz. Pandemiya sababli karantin sharoitida tadqiqotlarni oʻtkazish
boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi boshqa mamlakatlar uchun foydali boʻldi deb
oʻylaymiz, hamda ushbu muvaffaqiyat bilan ularni yana bir bora tabriklaymiz.
Taʼkidlab oʻtish joizki, tadqiqot jarayonini tashkil etish uchun masʼullar, Taʼlim
inspeksiyasi, Milliy markaz, Xalq taʼlimi hududiy boshqarmalari va boʻlimlari,
Oliy taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan taʼlim sifati monitoringi
yoʻnalishida tajribali va masʼuliyatli mutaxassislar qatoridan, shuningdek, har bir
maktab uchun maktab koordinatorlari tanlab olinganligi hamda ular uchun
xalqaro standart, yoʻriqnoma, qoʻllanmalar asosida maxsus treninglar tashkil
etilgan boʻlib, maxsus bilimlarga ega boʻlgan masʼullar yordamida tajriba-sinov
jarayonlari tashkil etilgan.Taqdimot yakunida Salvador, Hindiston va Mongoliya
davlatlari vakillari tajriba-sinovlarni oʻtkazishda toʻplangan tajriba boʻyicha
oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
PISA ta'lim turi bu o'quvchilarning o'qish, matematika va tabiiy fanlardan
savodxonligini baholashga qaratilgan xalqaro baholash dasturi bo'lib, uning
natijalari asosida dunyo mamlakatlari o'quv dasturlarida mavjud talablar
doirasida o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini hayotiy vaziyatlarda qo'llash,
fikrlash va
muloqot qilish qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan. Shu bilan birga, bu hech
qanday o'quv dasturini belgilamaydi, targ'ib qilmaydi va umumiy e'tirof etishni
taqozo etmaydi.
PISA tadqiqoti Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti(IHTT), Organization
for Economic Cooperation and Development(OECD) tomonidan amalga
oshiriladi. Tadqiqot ilk bora 2000-yili o'tkazilgan va 3 yilda bir marotaba
o'tkaziladi. PISA tadqiqotlari har uch yilda o'tkazilishiga sabab shuki PISAning
asosiy vazifasi a'zo mamlakatlarni ta'lim siyosatiga oid ma'lumotlar bilan
ta'minlash, qarorlar qabul qilishda ularni qo'llab-quvvatlashdan iborat.
Tadqiqotning har uch yilda o'tkazilishi esa mamlakatlarga siyosiy qarorlar va
tegishli dasturlarning ta'sirini hisobga olish uchun ma'lumot va tahlillarni ichiga
olgan holda o'z vaqtida axborot berish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga,
mamlakatlar bu davr davomida o'z ta'lim tizimida kelajakda erishish ko'zda
tutilgan maqsadlarni aniqlab olishiga imkon beradi. PISA tadqiqotlarida asosan
15 yoshli o'quvchilar qatnashishining sababi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot
tashkiloti(IHTT)ga a'zo aksariyat davlatlarda 15 yosh majburiy ta'lim
bosqichining yakuniy davri hisoblanadi. Savodxonlikni baholashda uyidagi
kompetensiyalarni o'quvchilarning tabiiy fanlardan savodxonligini aniqlashda
qo'llaniladigan kompetensiyalar misolida ko'rib chiqamiz mumkin: -Hodisalarni
ilmiy jihatdan tushuntira olish kompetensiyasi.
- Ilmiy-tadqiqotlarni loyihalash va baholash kompetensiyasi.
- Ma'lumotlar va dalillarni ilmiy talqin qilish kompetensiyasi.
Mamlakatimizda ta'limni isloh qilish ustuvor vazifalardan biriga aylangan
bugungi kunda 2021-yilda o'tkaziladigan PISA baholash dasturida 85 davlat
qatori O'zbekiston ham ilk marotaba qatnashadi. Bu, o'z navbatida,
o'quvchilarning tadqiqotga munosib tayyorgarlik ko'rishini talab etadi. Bunda
o'quvchilarimiz qimmatli tahlil va xulosalarni olishi hamda xalqaro miqyosda
o'zini munosib namoyon etishi mumkin.
1990-yillarning oxirida ta'lim siyosatini ishlab chiqish uchun tadqiqotlarda aniq
ilmiy yondashuvni qo'llash g'oyasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti
tomonidan o'quvchilarning ta'limdagi yutuqlarini baholash bo'yicha xalqaro
dastur -PISA tadqiqoti yaratilishiga olib keldi. PISA tadqiqotida baholashning
asosi, bu -matematika, o'qish, tabiiy fanlar va qator innovatsion sohalar bo'yicha
jahon miqyosida muvofiqlashtirilgan topshiriqlar to'plamidir. Bunday baholash
har 3 yilda ishtirokchi mamlakatlarning 15 yoshli o'quvchilari o'rtasida tasodifiy
tanlov asosida o'tkaziladi.
PISA fanlarga oid bilimlarni, shuningdek,o'quvchilarning shu bilimlarni hatto
notanish kontekstda ham ijodiy qo'llash qobiliyatini baholaydi. Shuningdek, bu
dastur 16 yoshdan 65 yoshgacha bo'lgan insonlar o'rtasida o'qish savodxonligi,
matematik
savodxonlik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyasi (AKT) sohasidagi
bilimlarni o'lchaydigan PIAAC dasturi bilan chambarchas bog'liq.
PISA tadqiqotlari har bir mamlakatga o'zining kuchli va zaif tomonlarini dunyo
ta'lim
tizimi
bilan
qiyoslash
imkonini
beradi.
Shuningdek,
xorijiy
investitsiyalarni jalb etadi, ya'ni investorlar mamlakatda bilimli, malakali kadrlar
bormi, degan savolga bu tadqiqot natijalari orqali javob topadi.
2021-yildagi PISA tadqiqotida matematik savodxonlik darajasini tekshirish
ustuvorlik kasb etadi. Ma'lumot uchun, PISA tadqiqotiga tayyorgarlik ko'rish
uchun matematik savodxonlik yo'nalishi bo'yicha smartfondan foydalanish,
daraja xossalarining go'zalligi, xarid qilish qarori, navigatsiya kabi topshiriqlarni
bajarib, shug'ullanish kerak bo'ladi. Bu borada jahon tajribasida e'tibor qaratsak,
PISA tahlillari: Estoniya eng yuqori reytingga erishgan mamlakatlardan biri
bo'lib, Estoniya PISA-2015 tadqiqotida matematika, o'qish va tabiiy fanlar
savodxonligi bo'yicha eng yuqori reytingga ega bo'lgan o'nta mamlakatning biri
edi. Bu muvaffaqiyat uchun kichkina Boltiqbo'yi davlati "Yangi Finlyandiya"
deya atala boshlandi. Chunonchi, 2015-yilda Estoniya matematika va tabiiy
fanlar bo'yicha Finlyandiyadan o'zib ketdi. Finlyandiyalik ekspertlar 1990-
yillardagi ta'lim islohotlari masalalari bo'yicha estoniyalik hamkasblariga
maslahatlar berdi.Darhaqiqat, bu mamlakatlar muvaffaqiyatida qandaydir
umumiylik bor: har ikki mamlakatda, ongli ravishda qilingan niyat bo'ladimi yoki
madaniy xususiyatmi, ta'limdagi tenglik katta qadriyat sifatida tan olinadi. Bu
yaxshi ta'minlangan yoki kam ta'minlangan oilalardan chiqqan bolalarning
natijalaridagi minimal tafovutlar bilan tasdiqlanadi.
Estoniya ta'lim tizimi muvaffaqiyatlari sirishundan iboratki Estoniyada ijtimoiy-
iqtisodiy omillarning ta'siri boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha past. Bu
jihatdan Estoniya o'quvchilarning ijtimoiy-iqtisodiy maqomi va ularning
natijalari orasidagi bog'liqlik ancha ochiq bo'lgan Avstriya, Fransiya va
Germaniya kabi mamlakatlarga qaraganda Kanada, Gonkong va Norvegiyaga
yaqinroqdir.
PISA-2015 natijalari yuzasidanalohida e'tiborga molik omil, bu - maksimal
darajaga erishgan o'quvchilar soni emas, 3 muhim yo'nalishning har birida past
ko'rsatkichlarga ega o'quvchilar sonining kamligi. Majburiy ta'lim 7 yoshdan
boshlanadi, 3-4 yoshli bolalarning katta qismi davlat bog'chalariga boradi. Bitta
tarbiyachiga to'g'ri keladigan tarbiyalanuvchilar sonining nisbati Iqtisodiy
hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti reytingi bo'yicha o'rtachaning yarmini tashkil
etadi. Yosh shkalasining ikkinchi uchida - o'rta maktabni muvaffaqiyatli tugatgan
ko'p sonli o'quvchilar turadi (sanoati rivojlangan mamlakatlar ichida eng yuqori
ko'rsatkichlardan biri), buni ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar har bir
o'quvchiga ko'rsatilayotgan yuqori darajadagi ishonch tasdiqlaydi. Mustaqillikka
erishganidan so'ng Estoniya markazlashmagan ta'lim tizimiga o'tdi va
maktablarga ma'lum darajada avtonomiya,
ta'lim dasturi va byudjet bo'yicha qaror qabul qilish huquqi, o'qituvchilarni ishga
olish va bo'shatish imkonini berdi. Maktab yoshidagi bolalar sonining qisqarishi
eston ta'lim tizimi yetarli darajada kontingent yashaydigan joylarda maktablar
bo'lishini, shu bilan birga maktab uchun zarur bo'lgan kontingent sonini nazorat
qilishi shartligini talab qiladi.
PISA kabi xalqaro tadqiqotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun nima qilish
kerak? Yaxshi natijalar ko'rsatish uchun hech bo'lmaganda 2 maqsadga ega
bo'lish kerak: birinchisi, o'qituvchilar va ular ishlaydigan, foydalanadigan
materiallarni tayyorlashdir. Zero xalqaro tadqiqotlarda bejizga maktablarda ta'lim
sifati o'qituvchilarning kasbiy darajasiga bog'liq, deb aytishmaydi. Demak,
o'qituvchilarni tayyorlashga mablag' ajratish va yangi o'quv materiallarini
yaratish kerak. Tegishli vazirliklar malaka oshirish tizimiga investitsiya kiritishi,
moliyalashtirishi va uslubiy qo'llab-quvvatlash uchun shart-sharoitlar yaratishi
lozim. Xalqaro tadqiqotlardagi natijalarni yaxshilash uchun o'qituvchilarni
maqsadli tayyorlash va ta'lim jarayonida o'qitish metodikasi va ustuvor
tamoyillarni o'zgartirish zarur. Buning uchun biz o'qituvchilarni tayyorlashimiz,
rivojlantiruvchi ta'limning yanada faol tizimini tatbiq etishimiz va o'qituvchilarni
ta'lim jarayonida yanada muvaffaqiyatli foydalana oladigan materiallar bilan
ta'minlashimiz kerak.
2022 yilda O‘zbekiston Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturida (Program for
International Student Assessment, PISA) ishtirok etadi. O‘zbekistonni ushbu
xalqaro dasturga tayyorgarlik ko‘rishiga Rossiya ta’lim akademiyasining
Ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti Ta’lim sifatini baholash markazi
ko‘maklashmoqda.
24−25 avgust kunlari Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan
Jahon bankining READ dasturi doirasida Xalq ta’limi vazirligi va Rossiya Ta’lim
strategiyalarini rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda «Xalqaro tadqiqotlarda
ishtirok etish — inson kapitalini rivojlantirish omili» mavzusida Rossiya ta’lim
akademiyasi Ta’limni rivojlantirish strategiyalari instituti Rossiya ta’lim sifatini
baholash markazi rahbari Galina Kovaleva ishtirokida xalqaro onlayn vebinar
o‘tkazilgandi.
Ma’lumot uchun, Galina Kovaleva 1993 yildan buyon Ta’lim sohasidagi
yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA)da, 2013 yildan boshlab PISA
xalqaro tadqiqotlari boshqaruv kengashida Rossiyaning vakili hisoblanadi. 1989
yildan 2018 yilgacha milliy koordinator sifatida Rossiyada umumiy ta’lim sifati
bo‘yicha — IAEP, TIMSS, CIVIC, PIRLS, PISA xalqaro qiyosiy tadqiqotlarni
tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etgan. 1994 yildan hozirgi paytgacha TIMSS
xalqaro tadqiqot dasturi doirasida tabiiy fanlar bo‘yicha ta’lim yutuqlarini
baholash vositalarini ishlab chiqadigan xalqaro ekspertlar guruhi ishida
qatnashmoqda. Amalga oshirilgan ishlar rus va xorijiy nashrlarda (200 dan ortiq
ishlari) e’lon qilingan.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq
ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil
etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qaroriga
binoan PISA-2021 - o‘quvchilarning savodxonligini baholash xalqaro dasturida
ishtirok etish to‘g‘risida Xalqaro iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotlari
(IHTT) bilan kelishuvga erishildi.Ayni kunlarda kelishuvga ko‘ra 2021-yilda
tashkil etilishi kutilayotgan o‘quvchilarning savodxonligini baholash jarayoniga
tayyorgarlik ishlari boshlandi. Rejalashtirilayotgan mazkur keng ko‘lamli
tadbirda manfaatdor tashkilotlar sifatida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha
xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi, Avloniy nomidagi rahbar
va mutaxassis xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda
Toshkent davlat pedagogika universiteti ishtirok etmoqda.Dasturni amalga
oshirish bo‘yicha tayyorgarlikni baholash maqsadida o‘tgan hafta Avstraliya
ta’lim tadqiqotlari kengashi katta ilmiy xodimi Ursula Shvanter xonim Toshkent
shahriga keldi. Tashrif davomida Toshkent davlat pedagogika universitetida
bo‘lgan ACER vakilasi Dastur bo‘yicha mamlakat reytingini yaratish hamda har
uch yilda o‘tkaziluvchi maxsus testlar asosida o‘smirlarning bilim darajasini
belgilash jarayoni bo‘yicha universitet rahbariyati bilan fikr almashdi.Ma’lumot
uchun, Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘quvchilarning savodxonligini
baholash dasturining faoliyatini yurtimizda yo‘lga qo‘yish jarayonida tayanch
oliy ta’lim muassasasi sifatida ishtirok etadi.Eslatib o‘tamiz, PISA dasturiga
ko‘ra, 2021-yilda o‘quvchilarning savodxonligini aniqlash maqsadida yurtimiz
maktablarining 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida ona tili va matematika fanlaridan
maxsus sinovlar o‘tkaziladi. Sinov natijalariga ko‘ra xalqaro o‘quvchilar
savodxonligi reytingida mamlakatimiz yoshlarining o‘rni belgilanadi.
PAYDALANILGAN ADEBIYATLAR
1. Davletshin M.G Zamonaviy maktab o'quvchisining psixologiyasi. - T.:
O'zbekiston 1999 .
2. Davlatov K.Dva b. Mehnat va kasb ta'limi xamda metodikasi. - T.:
O'qituvchi 1992.
3. Elektron kutubxona ma'lumotlari www.ziyonet.uz
4. O'zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturida"gi
Qonuni // Oliy Ta'lim: Meyoriy-huquqiy va uslubiy hujjatlar to'plami. -
Toshkent .: 2004.
5. Toshboyeva, S. Q., Hamidov, S. X., & Qurbanova, L. M. (2021).
Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasini o'qitishni AKT asosida
takomillashtirish. Science and Education, 2(3).
6. Qurbanova, L. M., Mullajonova, Z. S., & Toshboyeva, S. K. (2021).
"Neftni qayta ishlash" mavzusini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan
foydalanish. Science and Education, 2(3).
Test savollari
1. “Tabiiy fanlardan savodxonlik” yunalishida o‘quvchilarning
fizika, biologiya, kimyo, geografiya fanlaridan egallagan bilim va
ko‘nikmalarini kompleks holda tekshiradigan tadqiqotni aniqlang?
*a) PISA
b) TIMSS
c) STEAM
d) PISA, STEAM
2. STEAM yondashuv qaysi davlatda ishlab chiqilgan?
*a) Amerikada
b) Angliyada
c) Xitoyda
d) Yaponiyada
3. PISA tadqiqotlari nechanchi yildan boshlangan?
*a) 2000 yildan boshlangan va uch yillik davrda o‘tkaziladi.
b) 2012 yildan boshlangan va uch yillik davrda o‘tkaziladi.
c) 2010 yildan boshlangan va uch yillik davrda o‘tkaziladi.
d) 2003 yildan boshlangan va uch yillik davrda o‘tkaziladi.
4. TIMSS xalqaro tadqiqotlarining maqsadi nima?
*a) Matematika va tabiiy fanlarni o‘qtish bo‘yicha xalqaro an’analar
deb nomlangan xalqaro tadqiqotlar Matematika va tabiiy fanlarni
o‘rganish natijasida olgan bilim va ko‘nikmalarini baholash
b) TIMSS matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha 4- va 8- sinf o‘quvchilari
o‘quv yutuqlarini baholash orqali ishtirokchi mamlakatlarda bu fanlar
bo‘yicha yutuqlarni kuzatib borish imkonini beradi.
c) o‘qituvchilar uchun mavzu bo‘yicha o‘qitish vaqtini uzaytiradi.
d) Uyda topshiriqlar bajarish o‘quvchilarga maktabda o‘rganilgan
materialni mustahkamlash imkonini beradi
5. PISA xalqaro dasturining 2012 yilgi natijalariga ko‘ra 4-o‘rinni qaysi
davlat egalladi?.
*a) Finlyandiya
b) Xitoy,
c) Singapur
d) Yaponiya
6. TIMSS xalqaro tadqiqotlarining maqsadi nima?
*a) Matematika va tabiiy fanlarni o‘rganish natijasida olgan bilim va
ko‘nikmalarini baholash
b) Matematika va tabiiy fanlarni o‘qtish bo‘yicha xalqaro an’analar deb
nomlangan xalqaro tadqiqotlar
c) o‘qituvchilar uchun mavzu bo‘yicha o‘qitish vaqtini uzaytiradi.
d) Uyda topshiriqlar bajarish o‘quvchilarga maktabda o‘rganilgan
materialni mustahkamlash imkonini beradi
7. PISA–2012yil nechta davlatda tadqiqot o‘tkazdi?
*a)65 b) 77 c) 45 d) 23
8. PISA tadqiqoti masalasini yeching. Miqdorlari teng bo‘lgan ikki
g’ildirakli va uch g’ildirakli velosipedlar bolalar o‘yinchoq do‘konida
sotilmoqda. Barcha velosipedlar g’ildiraklari umumiy soni qancha
bo‘lishi mumkin?
*a)25 b) 12 c) 18,d)23
9. PISA qanday tildan olingan.a) Ingilisb) yunon c) lotin d) nemis
10. PISA testida 2009 yili neshta davlat ishtirok etgan
a) 74 b) 56 c) 18 d) 81
GLASSARY
1.PISA (ing. Programme for International Student Assessment) turli davlatlarda
15 yoshli oʻquvchilarning savodxonligini (oʻqish, matematika, tabiiy fanlar)
hamda bilimlarini amaliyotda qoʻllash qobiliyatini baholovchi dastur.
2Ozbekistonda 1997-yilda joriy etilgan boʻlib, har uch yilda bir marta
oʻtkaziladi, birinchi marta 2000-yilda oʻtkazilgan. Har uch yilda bitta fan
yoʻnalishiga afzallik berilib, ja’mi testlar majmuasining deyarli 50% shu fanga
mansub boʻladi.
3.PISA test tarkibi 2000-2015- yillar oraligʻida oʻtkazilgan tadqiqot natijalari
boʻyicha bugungi kunda Sharqiy Osiyoda – Xitoy, Koreya, Singapur,
Yaponiya, Yevropada - Finlyandiya, Estoniya, Shveytsariya, Polsha va
Niderlandiya kabi mamlakatlarning oʻrta ta’lim tizimi yaxshi rivojlangan.
4.PISA testlari 5 ta yoʻnalish boʻyicha oʻqish, matematik savodxonlik, tabiiy-
ilmiy fanlar, hamkorlikda muammolarni hal qilish va moliyaviy
savodxonlik oʻtkaziladi.
5.PISA sinovlarida toʻrt xil sinov usulidan foydalaniladi:
1. Bir javobli testlar;
2. Bir nechta javobli testlar;
3. Qisqa yoki batafsil javob yoziladigan savollar;
4. Biror muammoning yechimi boʻyicha oʻquvchi fikri (odatda bunday
savollarda tekshiruvchida umumiy javoblar boʻladi, oʻquvchi javobi
test tuzivchi javobiga aynan mos kelishi talab qilinmaydi, oʻquvchi
ijodkorligi qoʻllab quvvatlanadi).
6.2000-yilda 32 davlatdan 265 000 oʻquvchilar test sinovidan oʻtgan. Ushbu
yilda asosiy mavzu - o'qish va o'qilgan narsalarni tushunish qobiliyati tanlangan
boʻlib, test savollarining uchdan ikki qismi aynan shu mavzuga bag'ishlangan.[1]
7.PISA-2003 da 43 mamlakatdan 275 000 dan ortiq oʻquvchi ishtirok etdi. Oʻqish
boʻyicha Finlandiya 543 ball bilan birinchi oʻrinni egalladi. Rossiya - 442 ball,
AQSh - 495 ball, Serbiya - 412 ball olgan.[2]
8.2006-yilda o'qish savodxonligi bo'yicha 57 davlat orasida Janubiy Koreya 556
ball bilan birinchi o'rinni egallagan.
9.2009 - yilda tadqiqotda 74 davlat ishtirok etgan. O'qish savodxonligi bo'yicha
Xitoyning Shanxay shahri 556 ball bilan yetakchilik qilgan. Koreya 539 ball
bilan ikkinchi va Finlandiya 536 ball bilan uchunchi o'rinni egallagan.
Matematika yoʻnalishida ham Xitoyning Shanxay shahri 600 ball bilan yetakchi,
MDH davlatlaridan Rossiya 468 ball, Qozogʻiston 405 ball, Qirgʻiziston 331 ball
toʻplagan.
10.2012-yilda PISA da 65 ta davlat, jumladan, OECDga aʻzo 34 ta davlati
ishtirok etdi.
PAYDALANGAN ADEBIYATLAR
1. Davletshin M.G Zamonaviy maktab o'quvchisining psixologiyasi. - T.:
O'zbekiston 1999 .
2. Davlatov K.Dva b. Mehnat va kasb ta'limi xamda metodikasi. - T.: O'qituvchi
1992.
3. Elektron kutubxona ma'lumotlari www.ziyonet.uz
4. O'zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturida"gi Qonuni
// Oliy Ta'lim: Meyoriy-huquqiy va uslubiy hujjatlar to'plami. - Toshkent .: 2004.
5. Toshboyeva, S. Q., Hamidov, S. X., & Qurbanova, L. M. (2021). Elektrolitik
dissotsiyalanish nazariyasini o'qitishni AKT asosida takomillashtirish. Science
and Education, 2(3).
6. Qurbanova, L. M., Mullajonova, Z. S., & Toshboyeva, S. K. (2021). "Neftni
qayta ishlash" mavzusini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish.
Science and Education, 2(3).
Internet saytlar.
Vikipediya. Uz
Ziyonet. Uz
Arxiv. Uz
Lex. Uz