PLAN, XARITA VA PROFILLAR TO’G’RISIDA TUSHUNCHA. PLAN,
XARITALARNING MASSHTABLARI. TOPOGRAFIK XARITA,
PLANLARNING NOMENKLATURASI
Reja:
1. Topografik kartalar to’g’risida ma’lumot.
2. Topografik kartalarning nomenklaturasi.
3. Topografik kartalarning shartli belgilari.
4. Topografik kartalarning proyeksiyasi.
5. Yerning sharsimonligini va isbotlari.
6. Geografik koordinatalar sistemasi, geografik kenglik va uzoqlik, to’g’ri
burchakli koordinatalar sistemasi.
Tayanch so’zlar: nomenklatura tizimi, proyeksiya, Gaus proyeksiyasi,
kondalang silindirik, topografik kartalar, masshtab, geografik va yordamchi
elementlar
Yer yuzasidagi chiziqlar gorizontal proektsiyasining qog’ozda kichraytirilish
darajasiga masshtab deyiladi. Tekis joydagi chiziqning gorizontal proektsiyasi, uning
yer yuzasidagi (xaqiqiy) uzunligidan kam farq qiladi. Shuning uchun soddalashtirib,
masshtab yer yuzasidagi chiziqning qog’ozda kichraytirish darajasidir deyish xam
mumkin. Masshtabni son , suz va chiziq bilan ifodalash mumkin. Son bilan ifodalangan
masshtab sonli masshtab deyiladi. Sonli 1 masshtab kasr tarzida byeriladi.Kasrning
suratida 1; maxrajida kichraytirish darajasi (M) yoziladi.
M: 1:5000, 1:25000 va x.k bo’larni quyidagicha xam yoziladi:
1:5.000,1:10.000, 1:25.000 va x.k. Masshtabni suz bilan xam ifodalash mumkin.Bunda
karta yoki plandagi 1 sm masofa yer yuzasida qanchaga teng ekanligi suz bilan
byeriladi.
M: Kartaning masshtabi 1:5.000 bo’lsa, kartadagi 1 sm joyda 50 m. ga, 1:10.000
bo’lsa-kartadagi 1 sm joyda 100 m ga teng deyiladi va x.k.
Masshtabning mayda yoki yirikligi uning kichraytirilish darajasi bilan
aniqlaniladi.
M: 1:10.000 masshtab 1: 5.000 masshtabga nisbatan 2 marta 1:25:000 masshtab
esa 1:10.000 m -bli kartaga nisbatan 2,5 marta mayda va x.k.
Kartada tasvirlangan tyerritoriyaning katta-kichikligi xam karta masshtabning
kichraytirilishi darajasiga qarab aniqlaniladi. M: 1:50.000 m-bli kartada 1:25:000 m-bli
kartaga Karaganda 4 barobar katta tyerritoriya, 1:25.000 m-bli kartada esa 1:100.000 m-
bli kartaga Karaganda 16 barovar kichik tyerritoriya tasvirlanadi. Masshtab grafik
shaklda ifodalansa chiziqli masshtab deyiladi. Chiziqli masshtab, odatda bitta yoki
ikkita bir-biriga paralerl to’g’ri chiziqdan iborat bo’lib, bu chiziqlar ma'lum uzunlikdagi
kesmalarga bo’linadi. Bu kesmaga masshtab asosi deyiladi. Odatda masshtab asosi 1
yoki 2 sm ga teng bo’ladi. Kesmalar ustiga shu kesmalarning yer yuzasida qanchaga
teng ekanligi yozib quyiladi. Chiziqli masshtabning chap tomonidagi birinchi kesim
teng un bo’lakka bo’linadi. Bu bo’laklarning xar biriga shu masshtabning grafik aniqligi
deyiladi.
M: Byerilgan masshtabning asosi 1 sm bo’lib, u yer yuzasidan 250 m. ga, kichik
bo’lagi esa 1 mm bo’lib yer yuzasida 25 m. ga tengdir.
Chiziqli masshtab
Chiziqli masshtabning Geografik aniqligi uning tuzilishiga bog’’liqdir. Agar
chiziqli masshtabning birinchi bo’lagini qancha kichik bo’laklarga bo’linsa masshtab
aniqligi ham shuncha orta boradi. Lekin shunisi ham borki, chiziqli masshtabning
birinchi bo’lagini juda mayda bo’laklarga bo’linsa, bu bo’laklarni ko’z ilqamaydi.
Kartada masofani o’lchashda qam yer yuzasida o’lchangan masofalarni qoqozga
aniq kichraytirib tushirishda ko’ndalang masshtadan qam foydalaniladi. Ko’ndalang
masshtab mertal chiziqlarda ba'zi bir geodezik asboblarda va transportirlarda byerilgan
bo’ladi. Ko’nadalang masshtabni qoqozga qam chizib olish mumkin.
Ko’ndalang masshtab bilan chiziqlarni kartada 0,2 mm yoki santimetrga
aylantirsak 0,02 sm aniqlikda o’lchash yoki joyda o’lchangan masofalarni shu aniqlikda
qoqozga kichraytirib turish mumkin.
Masalan: 1: 10,000 masshtabda joy plani olinayotganda yer yuzasidagi 234 m.
o’lchangan masofani qoqozga kichraytirib tushirish kerak bo’lsin o’lchangan masofa
200Q20Q14 metr bo’lib, kartada 200m q 2 sm, ga 20 metr-2 mm, ga 14 m q 1,4 mm ga
teng bo’ladi, shunda 2 sm ko’nadalang masshtabning bitta katta bo’lagiga 1,4 mm
vyertikal chiziqqa yozilgan raqamlarning 7-siga to’qri keladi, bu shaklda yulduzlar
bilan ko’rsatilgan (noldan chap tomonning bir bo’lagi gorizontalga 20 m ga vyertikalga
2 metrga teng)
Byerilgan masshtabning 0,1 mm ga to’qri kelgan joydagi masofa shu
masshtabning aniqligi deyiladi. Bu – karta va planlarda nazariy jixatdan o’lchash
aniqligi xisoblanib 1:5,000 masshtabli kartada 0,5 metrga, 1: 10:000 masshtabli kartada
1 metrga, 1:25.000 masshtabli kartada esa 2,5 metrga teng va x.k.
Boshqacha qilib aytganda, masshtab aniqligiga to’g’ri kelgan masofadan kichik
kesmani kartadan o’lchab yoki joyda o’lchagan kesmani planga tushirib bulmaydi.
Chunki oddiy kuz bilan ajratish mumkin bo’lgan oralik 0,1 mm dir.
Yuza masshtab
Yer yuzasidagi biron shaklning xamma tomonlari ma'lum darajada kichraytirilsa,
bu shaklning maydoni xam shuncha marta kichrayadi.
M: yer yuzasida kvadrat shaklga ega bo’lgan biron -bir ob'erktni qog’ozda
tasvirlangandauning tomonlari n2 marta kichraytirilsa, ob'erktning maydoni p2 marta
kichrayadi.
Dermak, kartaning yuza masshtabi shu karta sonli masshtabning kvadratidan
iborat bo’ladi. M: kartaning sonli masshtabi
1
10.000 bo’lsa yuza masshtabi (
1
10.000)
2
ga
teng, ya'ni yer yuzasidagi maydon shunday masshtabli kartada (1:10000) 2
100.000.000 marta kichrayib tushadi.
M: masshtabi 1:10.000 bo’lgan kartada kulning maydoni 1 sm2 bo’lsa, uning yer
yuzasidagi maydoni 100.000.000 sm2 yoki 100.000 m2 yoki 1 gerktarga teng.
Agar kartaning masshtabli 1:25:000 bo’lsa, uning yuza masshtabi (
1
25.000)
2
bo’ladi. Shunda (
1
25.000 )
2
=
1
625.000.000 bo’lib, bu kartadagi 1 sm2 yer yuzasida 625
milion sm2 ga, yoki 6,25 gerktarga teng.
Tarjima.
Koordinata tizimlari turli (Agar mavjud bo'lsa) ishlatiladi, va turli xaritasi
farqlari. Ushbu bobda Bu usul va mavjud texnikasi belgilaydi Bu muammolar bilan
shug'ullanish uchun. Ular o'zgartirish bilan bog'liq boshqasiga tizimi karta
soddalashtirish va uch o'lchamli haqiqatga imonga (va globus ikki o'lchamli
tekislikda ketayotgandek). yechimlari holda Bu muammolar, yoki ularning aniq
tabiati, bo'shliqqa oid bilish tahlil yoki kartografik yig'ish qimmatli bermaydi.
Natijada va, binobarin, karta, olinishi mumkin emas ishonch. Yer boshlang'ich
deyarli mukammal soha, chunki tizimi sharsimon asoslangan globus ishoratlar
muvofiqlashtiradi. Ushbu tizim, geografik koordinata chaqirdi tizimi kenglik va
uzunlik manzilni belgilaydi.
Ko'rsatkich 6,3 (a) qaysi kenglik va uzunlik tizimi ko'rsatadi daraja, daqiqa
va soniya o'lchanadi. Ushbu tizim kelib chiqishi bir sharsimon tutashgan Ekvator
va Grinvich Meridian. kenglik uchun, ekvator Shimoliy qutb, 0, deb belgilangan,
qanday qilib? 90 va Janubiy qutb, qanday qilib? Barcha samolyotlar 90. Kesishishi
ma'lum bir kenglik va jahon o'xshashliklarni deyiladi. Hamma Janubiy qutbga
Shimoliy qutbda dan semicircles bor deb nomlangan Meridyenler. Grinvich
meridianining sharqida, qaysi 0 uzunlik deb belgilangan, u ortadi? 180 va G'arbga?
180. parallel va Meridyenler up ikkalasi kartografiya panjara bir global tarmoq.
ko'rsatkich 6,3 (b), u ham mumkin Bu Yer mukammal doira emasligini ko'rsatadi.
bu yassilangan ikkala qutblarida, uch o'lchovli shakli, natijada Yer bir elips emas,
balki bir soha hisoblanadi. elips o'zgartirish uchun hisoblash maqsadlari uchun
ishlatiladi uch o'lchamli qog'oz yer tekis (keyingi bobga qarang). Joyi ning kenglik
(?) Va kenglikni aniqlash uchun (?) kosmosga Yer markaziga o'lchanadi Yer
yuzasi. Siz arbobi 6,4 dan ko'rishingiz mumkin Point kenglik (?), Burchak bilan
aniqlanadi ekvatorda va liniyasi o'rtasida Meridional samolyot, dunyo bu nuqtaga
Yerning markazi. Geografik uzunlik (?) ekvatorda yilda, burchak bilan aniqlanadi
Grinvich Meridian va Meridian o'rtasida samolyot ma'lum bir nuqtadan. Shunga
ko'ra, joylashtirish Xelsinki ekvatorda 60 ° shimoliy sifatida belgilanishi mumkin
va 25 ° Grinvich Sharq. Aniqrog'i, u 60 ° 10? N va 24 ° 58? E. geografik o'rtasidagi
munosabatlar muvofiqlashtiradi va dunyoda masofa aniqlanadi dunyoda joyda.
ekvatoriga va 111,11 1 km masofada ° barcha Meridyenler, faraz Yer aylanasi 40
000 km, deb, Bu 6370 km bo'ylab bor. 45 ° N yoki S da, parallel bo'ladi Doira 28
301 km, shunday daraja deb uzunligi 78,6 km. Har ikki qutblar ustida, bu uzunligi
nol bo'lgan1
Maxsus o’lchov asboblari yordamida, aerofotos’yomka va kartografik usulda
tuzilgan yirik masshtabli kartalarga topografik kartalar deyiladi. Topografik
kartalar geografik kartalardan ob’ekt va voqeilikni tasvirlash usullari, egallagan
maydoni, masshtablari bilan farqlanadi. Topografik kartalarda masofalar hamma
joyda bir xilda kichraytirilib tushiriladi va har bir ob’ekt maxsus shartli belgilar
bilan tasvirlanadi. Topografik kartalar xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida
qo’llaniladi hamda mayda masshtabli geografik kartalarni tuzish uchun asos
bo’ladi. Topografik kartalar tuzish asosan ishlatiladigan shartli belgilarga bog’liq,
chunki ushbu belgilar joydagi ob’ektga ma’lum darajada o’xshagan bo’lishi,
ob’ektning shakliga hamda uni o’z o’rnida ko’rsatilishi lozim. Shartli belgilar
ishlatilganda ular karta masshtabiga mos qilib ko’rsatiladi, agar karta masshtabiga
mos kelmaydigan ob’ektlar bo’lsa, ular masshtabsiz shartli belgilar bilan
ko’rsatiladi. Topografik kartalarni ko’rgazmaliligini oshirish va o’qishni
osonlashtirish uchun har xil ranglar ishlatiladi, ularning sifatini oshirish uchun
topografik chizmalar qo’llaniladi. Topografik kartalar turli masshtablarda tuziladi.
Topografik kartalar 1:10000, 1:25000, 1:50000, 1:100000, 1:200 000, 1:300 000,
1:500 000 masshtablarda tuziladi. Masshtabi 1:10000, 1:25000 bo’lgan kartalar
to’g’ridan-to’g’ri joyda s’yomka qilinsa, qolganlari shu kartalar asosida tuziladi.
Topografik kartalar masshtabiga qarab yirik masshtabli (1:10000, 1:200 000) va
umumiy topografik kartalarga bo’linadi. Topografik kartalar har xil masshtabli
bo’lganligidan hududlari ham turli xil kattalikda bo’ladi va ular alohida-alohida
varaqlarda tasvirlanadi. Ushbu kartalardan foydalanishni osonlashtirish uchun
matematik, geografik va yordamchi elementlarga bo’lib o’rganiladi. Matematik
elementlarga nomenklatura, masshtab, daraja to’ri va kartaning ramkasi, geografik
elementlarga kartaning mazmuni, yordamchi elementlarga esa ramkadan tashqari
turli chizmalar va tushintirish xatlari kiritiladi.
1Menno-Jan Kraak, Ferjan Ormeling. Cartography: visualization of geospatial data. Edinburgh. Pearson education
limited. 2010. 86-p
Topografik kartalardan foydalanishni osonlashtirish uchun ularni ma’lum
tartibga solib belgilanadi, ya’ni kartalarning varaqlari ma’lum bir meredian va
parallellar bilan chegaralanadi va shu kartalar varaqlarini belgilash tizimiga
nomenklatura deyiladi. Topografik kartalarning nomenklaturasi har bir varaq
kartaning kattaligini va shu varaqning er yuzasidagi o’rnini belgilaydi. Kartalarning
nomenklaturasi xalqaro 1:1 000 000 masshtabli nomenklaturaga asoslanadi. Ushbu
1:1 000 000 lik kartaning nomenklaturasi uchun ekvatordan qutblarga tomon har 40
dan parallellar o’tkazilib, bularni lotin alfavitining bosh harflari bilan belgilanadi
va ular qatorlar deyiladi. Meredianlar oralig’i har 60 dan bo’linadi va 60 ta bo’lak
hosil bo’ladi va ular zonalar deyiladi.
Topografik kartalarda er yuzasi xilma-xil chiziqli, maydonli belgilar, harflar,
raqamlar, geografik ob’ektlarning nomlari va tushintirish xatlari bilan tasvirlanib
ular topografik shartli belgilar deyiladi.
Shartli belgilar yordamidakartada voqea va hodisalarning geografik
joylanishi, bir-biri bilan o’zaro bog’liqligi, miqdor va sifat ko’rsatgichlari
tasvirlanadi. Topografik kartalarning shartli belgilari masshtabli, masshtabsiz va
tushuntiruvchi belgilarga bo’linadi. Kartadagi tafsilotlarning shakli va kattaligini
tasvirlashda masshtabli shartli belgilardan foydalaniladi.
Masshtabli shartli belgilar maydonli va chiziqli bo’ladi. Maydonli shartli
belgilar bilan o’rmonlar shudgorlar, ekin dalalari, ko’llar, botqoqliklar, aholi
punktlari, tog’lar tasvirlanadi va ularning maydonini aniq tasvirlasa bo’ladi.
Dengizlar va ko’llarning qirg’oqlari, daryolar, ko’llar, chegaralar, aloqa vositalari
chiziqli shartli belgilar bilan tasvirlanadi. Ayrim tavsilotlar masshtabsiz shartli
belgilar bilan tasvirlanganda masshtab hisobga olinmaydi. Masalan, yo’l belgilari,
kilometr ko’rsatgichlari, alohida turgan daraxt va boshqalar masshtabsiz shartli
belgilar bilan tasvirlanadi. Ob’ektlarga qo’shimcha ta’rif berish uchun
tushintiruvchi belgilar ishlatiladi. Masalan, suvning oqimi strelka bilan, oqim
tezligi raqam bilan ko’rsatiladi. Topografik kartalarda raqamli tushintirish xatlari
ya’ni ko’l suvining sifati, ko’prikning uzunligi, kengligi va yuk ko’tara olishlari
raqamlar bilan ko’rsatiladi.
Topografik kartalar teng burchakli ko’ndalang silindrik proyeksiyada
tuziladi, bu proyeksiyani nemis olimi Gauss (1777-1855) taklif etgan va u Gauss
proyeksiyasi deyiladi. Bu proyeksiyada daraja to’rini hosil qilish uchun Er shari
ekvatori bo’ylab har 60 dan meridianlar o’tkaziladi va 60 ta zonaga bo’linadi. Har
bir zonaning o’rtasidan o’tuvchi meredian o’q meredian deyiladi. O’q meredian
zonani teng ikki qismga bo’ladi. Zonalar Grinvich meredianidan boshlab g’arbdan
– sharqqa tomon tartib sonlar bilan belgilanadi. Mas.., 1-zona 00-60, 2-zona 60-120,
3-zona 120-180 va hakazo.
Yerning dumoloqligini o’lchash natijalariga ta’siri.
Yerning tabiiy yuzasi juda murakkab bo’lib geodezik o’lchash natijalarini
matematik jihatdan qayta ishlashda ular mahlum uslubda ellipsoid yuzaga
proektsiyalanadi. Masalan: yerning tabiiy yuzasida biror masofa o’lchansa, (turli
geodezik masalalarni yechish uchun) bu masofaga tuzatish kiritilib, referentsg’
ellipsoid yuzaga proektsiyalanadi. SHunda yerning tabiiy yuzasidagi masofa (D)
ning ellipsoid yuzasidagi gorizontal proektsiyasi (d) hosil bo’ladi.
Yer yuzasidagi birorta nuqtaning planli proektsiyasi deganda bu nuqtaning
o’rni emas, balki yer ellipsoidi yuzidagi o’rni tushuriladi. Yer ellipsoidining
mahlum qismini yassi deb qabul qilish mumkin bunda, yerning sferikligi
(dumoloqligi) ehtiborga olinmay nuqtaning tik chiziqlar vositasida tekislik deb
qabul qilingan satxiy yuzaga tushuniladi.
Agar yer yuzasidagi 2 ta nuqta orasidagi masofa joyda 20 km ga teng bo’lsa
uning xatoligi 1.64 sm ga yoki 1/122800 ga teng bo’ladi. Bu karta tuzish uzoq
bo’lmagan masofalarni o’lchashda unga tahsir qilmaydi. Shuning uchun Yer
yuzasining 20 x 20 km kattalikdagi qismini tekislik deb qabul qilish mumkin.
Koordinata sistemasi
Har qanday geografik va topografik karta va planlarda meridian va
paralellardan iborat geografik to’r bo’ladi. Kartografik to’rlar gradus to’ri, munutli
va seknundli to’r, geografik va topografik kartalarning asosi bo’lib kartalardagi
xatoliklarning xususiyatlarini belgilaydi
– Kartografik to’r yordamida kartada orentirlashni bajarish va nuqtalarni
geografik koordinatalarini aniqlash mumkin. Yer yuzasidagi har bir nuqtaning o’rni
geografik koordinatalari (geografik kengligi va geografik uzoqligi)bilan
belgilanadi.