Plasentalilar, yoki yuqori darrandalar sinfi, hasharotxo’rlar, qo’lqanotlilar,
kemiruvchilar, yirtqichlar, kurakoyoqlilar, kitsimonlilar, juft va toq
tuyoqlilar, primatlar turkumi.
R E J A
1. Plasentalilar, yoki yuqori darrandalar sinfi.
2. Hasharotxo’rlar, qo’lqanotlilar, kemiruvchilar turkumi.
3. Yirtqichlar, kurakoyoqlilar, kitsimonlilar turkumi.
4. Juft va toq tuyoqlilar, primatlar turkumi.
Platsentalilar, yoki yuqori darandalar sinfi –Eutheria.
Sut emizuvchilarning asosiy gruppasini o’z ichiga oladi va yer yuzida keng
tarqalgan. Sinfning xarakterli belgilari ko’pchik suyagi bo’lmaydi, yo’ldoshi yaxshi
rivojlanmagan.Yuqori darandalar 17 turkumga bo’linadi.
1. Hashoratxo’rlar turkumi-Insectivora.
Hashoratxo’rlar yo’ldoshi sut emizuvchilarning eng primitivi hisoblanadi.
Miya yarim sharlari ancha kichik va yuzasi silliq bo’ladi. Tishlari guruppalarga
yaxshi ajralmagan.Bachadoni shoxli bo’ladi. Tumshug’ining uchida xarakatchan
xartumchaning bo’lishligi xashoratxo’rlarning belgisidir. Xashoratxo’rlar juda
mayda va o’rtachcha kattalikdagi hayvonlar bo’lib yer tagida, yerda va xatto
daraxtlarda yashaydi. Avstriliyadan tashqari barcha qit’alarida tarqalgan.
Hashoratxo’rlar turkumi Rossiyada yashovchi terilari tikan bilan qoplangan, xar -
xil tipratikan-lar yer tagida yashashga moslashgan barg va xas tagida yashovchi
turli xil yer qazarlar (uzunligi 4 sm ) suvda yashashga moslashgan va qimmatbaha
mo’yna beradigan vixuxol. Janubiy Osiyo yashovchi tuqaylar kiradi.
2. Qo’lqanotlilar turkumi-Chiroptera.
Sut emizuvchilarning havoda uchib yurishga moslashgan birdan- bir
gruppasidir. Ularning uchish organi qanotlari oldingi oyoqlari nihoyatda uzaygan
ikki-besh ta barmoqlari, yelka, yelka oldi, tananing yon tomonlarini keyingi oyog’i
va dumini tutashtirib turadigan junsiz teri pardadan tashkil topgan. qushlardagi
singari to’sh suyagining oldingi yuzasida ko’krak toji suyagi bo’lib, bunda
qanotning xarakatga keltiruvchi muskullar joylashadi.
Qo’lqanotlilar yer yuzasida keng tarqalgan bo’lib shom va tunda hayot
kechiradi. Ko’zlari sust rivojlangan va orentatsiyada ahamiyati uncha katta emas.
Eshitish organi quloq kuchli rivojlangan va asosan aks etgan ultra tovushlarga
asoslangan. qo’lqanotliklar bizga eshitiladigan odatdagi chiyillash tovushidan
tashqari ayrim impulslar ko’rinishida 30000 dan 70000 gersagacha ultra tovushlar
chiqaradi.
Impulslar tezligi ko’rshapalakning biron buyumdan yoki o’ljasidan nechog’li
narida turganiga qarab o’zgaradi. Bular yakka yoki kaloniya bo’lib hayot
kechiradilar. Yil mavsumiga o’rta mintaqada yashovchilari migratsiya qiladi.
Qo’lqanotlilar turkumi mevaxo’r ko’r-shapalaklarni o’z ichiga oladi.
Mevaxo’r ko’rshapalak yoki katta qanotlilar ancha katta hayvonlar bo’lib
qanotlarini yoyganda 170 smga yetadi. Afrika, Osiyo va Avstraliyaning tropik
tomonlarda tarqalgan. Tishlarining chaynash –yuzalari yassilashgan va mevalar
bilan ovqatlanishga moslashgan.
Hashorotxo’r ko’rshapalaklar kichik bo’lib, tishlarining uchi va quloq
supralari katta bo’ladi. Rossiyada bularning 40 ta turi tarqalgan.
Janubiy rayonlarda taka burunlar, shalpangquloq ko’rshapalak, kengquloq,
o’qquloq, shomshapalaklar va tun shapalaklar yashaydi. Bularning – hammasi
ko’rshapalaklar bilan ovqatlanadi.
Keminivchilar: 1-dengiz cho’chqasi; 2-uchar olmaxon; 3-jayra; 4-olmaxon; 5-
bober; 6-ondatra.
Kemiruvchilar - sut emizuvchilarning eng yirik turkumi, 2000 dan ortiq mayda va
o’rtacha kattalikdagi hayvonlami o’z ichiga oladi. Ko’pchiligi yer ustida yashaydi.
Ular orasida daraxtda, tuproqda va suvda yashovchi turlari ham bor. Barcha
kemiruvchilarning tishlari qattiq oziq maydalash va chaynashga moslashgan.
Yuqori va pastki jag’larida bir juftdan iskanasimon ildizii yirik kurak tishlari
bo’ladi. Bu tishiarni faqat oldingi tomoni emal bilan qoplanganligi sababli tish
moddasi yemirilgani sari uning uchki qismi o’tmaslashib qolmaydi. Qoziq tishlari
bo’lmaydi. Shuning uchun kurak tish bilan oziq tishlar o’rtasida ancha bo’sh joy-
diastema bo’lib, oziq tishlarning chaynash yuzasi ancha keng. Kurak tishlar kabi
ko’pchilik oziq tishlarning ham ildizi bo’lmaydi, hayvonning hayoti davomida
o’sib turadi. Kemimvchilarning ko’r ichagi uzun bo’lib, oziqni hazm qilishda
ishtirok etadi.
Kemiruvchilar yer yuzasida keng tarqalgan. Ular juda serpusht bo’lishi bilan
birga yil davomida bir necha marta bolalaydi. Kemiaivchilarning ko’pchilik turlari
ekinlar va o’rmonchilik xo’jaligi zararkunandalari hisoblanadi. Ulardan bir qancha
turlari chuma, tularemiya, leyshmaniya kabi kasallikiar qo’zg’atuvchilarini
tarqatishi sababli katta epidimiologik ahamiyatga ega. Qunduzlar, olmaxonlar,
ondatralar, nutriyalar, sug’urlar terisidan qimmatbaho mo’yna olinadi .
Kemiruvchilarning ko’pchiligi usta in quruvchilar hisoblanadi. Ulardan ayniqsa
boberarni in qurishda barcha umurtqali hayvonlar orasida ustasi farang deyish
mumkin. Ular in qurishdan oldin o’sha joydagi oziq moddalar zaxirasini, lining
gidrologik rejimini obdan o’rganib chiqadi; yer usti va yer osti suvlarini aniqlaydi.
Shundan so’ng suv yo’liga loy, tuproq, shox-shabbalardan band tashlab, damba
yasaydi. Suv yo’lini to’sib oqimni boshqaradi, o’rmon tomonga kanal qazishga
kirishadi. Daraxtlarni tishi bilan kesib bo’laklaydi va o’zi qazigan kanal orqali suv
ostidagi omborga olib kelib, qishga g’amlaydi.
Suv inshooti qurilishida boberlar ancha murakkab, kutilmagan muammolarni
ham yecha olishi mumkin.
Olmaxonsimonlar oilasi olmaxonlar, yumronqoziqlar va sug’urlarni o’z ichiga
oladi. Ular daraxtda (olmaxon) va quruqlikda (sug’urlar, yumronqoziqlar) hayot
kechiradi. Ko’pchilik turlari qishda uyquga ketadi. Yilda 1-3 marta bolalaydi.
Olmaxonlar o’rmonda yashaydi. Ular o’tkir tirnoqli uzun barmoqlari yordamida
daraxt shoxlarida chaqqon harakatlanadi. U daraxtlar mevasi, urug’i, yosh
novdalari, kurtaklari, shuningdek hasharotlar, zamburug’larning mevali tanasi,
qushlar tuxumi va bolalari bilan oziqlanadi, kuzda qish uchun oziq yig’adi.
Urg’ochisi daraxtlar kovagidagi uyasiga oziq g’amlaydi.
Yumronqoziqlar o’rmon-dasht, dasht va cho’l mintaqalarida tarqalgan. Qishda
uyquga ketadi. Har xi! o’simliklar bilan oziqlanadi. Bir yoshida ko’payishga
kirishadi; 4-10 tadan bola tug’adi. Ular chuma, leyshma-nioz kabi og’ir
kasalliklami tarqatadi.
Sichqonlar — juda xilma-xil kemiruvchilar. Ular orasida uy sichqoni eng keng
tarqalgan hayvon hisoblanadi. Bu tur shimoiiy hududlarda faqat uylarda,
birmuncha janubroqda dalalarda ham yashaydi. Omborlarda saqlanayotgan g’alla
va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari hamda sanoat mollariga, ekinlarga birmuncha
ziyon yetkazadi.
Kalamushlar — sichqonlardan ancha katta kemiruvchilar. Ulardan kulrang
kaiamush keng tarqalgan bo’lib, omborlardagi oziq-ovqat mahsulotlariga katta
zarar yetkazadi. Ular odamga ayrim xavtli kasalliklami yuqtiradi.
Jayralar - ancha yirik (uzunligi 60-90 sm), tanasi orqa va ikki yon tomoni uzun
ignalar, qorin tomondan shaklan o’zgargan jun-ignasimon qiilar bilan qoplangan.
Troplk, subtropik Yevrosiyo va Afrikada tarqalgan. Tog’, tog’oldi va cho’l
mintaqalarida tarqalgan. Tunda yolg’iz hayot kechiradi. Mevalar, o’simliklarning
yer ostki qismlari vapo’stlog’i bilan oziqlanadi. Jayra barmoqlaridagi tirnoqlari
yordamida chuqur in qazib, kunduzi bekinib oladi.
Tovushqonsimonlar turkumiga tovushqonlar, quyonlar, dutnsiz sichqonlar
kiradi. Tishlarining tuzilishi kemiruvchinikiga o’xshaydi, lekin yuqori jag’ida bir
juft yirik iskanasimon tishlarining orqasida yana 2 ta ustunsimon mayda
tishlarining bo’Iishi bilan farq qiladi. Tovushqonlarning oldingi oyoqlari kalta,
keyingi oyoqlari uzun bo’lib, panjasi, tovoni jun bilan qoplangan bo’Iadi. Orqa
oyoqlarida sakrab tez yuguradi. Urg’ochisi bir nechta tug’adi. Tovushqon bolalari
tug’ilgandan so’ng onasini emib, tarqalib ketadi va yashirinib oladi. Ona tovushqon
ularni topib, yana emizadi. Shimoiiy hududlarda oq tovushqon va rus oq quyoni,
janubiy cho’l mintaqalari, jumladan O’rta Osiyo cho’llari va to’qaylarida tolay
tovushqoni tarqalgan. Tovushqonlar Avstraliyada iqlimlashtirilgan. Ular ovlanadi.
Quyonlarning asl vatani Janubiy va Markaziy Yevropa hamda Shimoli-G’arbiy
Afrika hisoblanadi. Keyinchalik Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy va Shimoiiy
Amerika, Yevropaning boshqa hududlarida iqlimlashtirilgan. Quyonlar butali
tepaliklar va jarliklar bag’riga in qurib, koloniya bo’lib yashaydi. Oziqlanish uchun
indan kechasi cliiqadi. Urg’ochi quyon yilda 3—4 marta 4—12 tadan bola tug’adi.
Tug’ilgan bolalari nimjon, ko’zi yumuq, junsiz bo’ladi. Yovoyi quyon xonaki
quyon zotlarining nasl boshisi hisoblanadi. Ayrim mamlakatlarda quyonlar
ekinlarni yeb, qishloq ho’jaligiga katta ziyon yetkazadi.
Toq tuyoqlilar — ochiq joylarda yashaydigan yirik o’txo’r hayvonlar. Barmoqlari
toq (1 yokj 3 ta) boiib, tuyoq bilan qoplangan; suyagi bo’lmaydi. Odatda uchinchi
o’rta barmog’i kuchli rivojlangan; tana og’irligi ana shu barmog’iga tushadi.
Oshqozoni bir kamerali. Ko’richagi kuchli rivojlangan. Yeyilgan oziq ana shu
ichakda bakteriyalar ta’sirida bijg’iydi. Turkum otlar, tapirlar, karkidonlar oilasiga
ajratiladi.
Otlar. Prjevaiskiyoti, yowoyi eshak—qulun, zebra vaxonakiotlarning nasl boshisi
tarpanni o’z ichiga oladi. Otlaming faqat uchinchi (o’rta) barmog’i yaxshi
rivojiangan bo’Iib, tuyoq bilan qoplangan. 2 va 3-barmoqlari reduksiyaga uchrab,
teri ostidajoylashgan ingichka suyakchalar - grifelkalarga aylangan. 1 va 4-
barmoqlari batamom yo’qolib ketgan. Tishlari doimo o’sib turadi; ustki yuzasi
koronkasidagi burmalari keng bo’lib, oziqni chaynashga moslashgan. Ichagi
tanasiga nisbatan 12 marta uzun. Sut bezlari so’rg’ichi 2 ta; qorin bo’limi keyingi
qismida joylashgan.
Prjevalskiy oti Mo’g’uliston cho’llarida yashagan; hozir asosan hayvonot
bog’iarida saqlanib qolgan. Xonaki otlarning ajdodi qadimda Yevropa va G’arbiy
Qozog’iston cho’llarida yashab, hozir qirilib ketgan hamda eshaklarning tuzilish
beigilarini o’zida mujassamlashtirgan. Ular Qozog’iston va Turkmaniston
cho’llarida yaqingacha yashagan.
Eshaklar tuyog’ining ingichkaroq bo’lishi, dumining kaltaligi, quloqlarining
kattaligi bilan otlardan farq qiladi. Xonaki eshaklar Afrika yowoyi eshaklaridan
kelib chiqqan.Qishloq xo’jaligida yifqi bilan eshagi
gibridi - xachir hamda ot bilan moda eshak gibridi - loshakdan foydalaniladi. Ular
ancha kuchli va chidamli, lekin pushtsiz boiadi.
Tapirlar oyoqlari kaltahayvon. Oldingi oyoqlarida 4tadan, orqa oyoqlarida 3 tadan
barmoqlari kichikroq tuyoqlar bilan qoplangan. Tumshug’ida kalta va harakatchan
xartumi bor. Tanasining uzunligi 180-200 sm, vazni 180-300 kg keladi. 4 turi
Markaziy va Janubiy Amerika hamda Janubi-Sharqiy Osiyoning botqoqlashgan
o’rmonlarida, tog’ tapiri And tog’larida tarqalgan.
Karkidonlar - yirik hayvonlar, terisi qalin, deyarli junsiz. Tumshug’i ustida bitta
yoki ikkita, ba’zan 3 yoki 5 ta shoxi bo’ladi. Shoxlarining uzunligi ba’zan 1,5 m ga
yetadi. Oyoqlari yo’g’on va kalta, faqat o’rta barmoqlari rivojlangan. Afrika va
Janubiy Osiyoda tarqalgan. Tropik o’rmonlar, savannalar, suv havzalari bo’yidagi
chakalakzorlar va botqoqliklarda juft bo’Iib yashaydi. Asosan kechasi faol hayot
kecliiradi.
Juft tuyoqlilar - o’txo’rlar yoki hammaxo’r hayvonlar. Oyoqlarida bir juft yoki
ikki juft barmoqlari bo’ladi. Har bir barmog’i qalin va pishiq tuyoq bilan
qoplangan. Juft tuyoqlilarning 3 va 4-barmoqlari kuchli rivojlangan; 1-barmog’i
reduksiyaga uchragan; 2 va 5-barmoqlari nisbatan kalta yoki yaxshi rivojlanmagan.
O’mrov suyagi bo’lmaydi. Ko’pchiligi quruqlikda yashaydi, faqat suv
ayg’irlarining hayoti suv bilan bog’liq. Juft tuyoqlilar kavsh qaytaruvchilar va
kavsh qaytarmaydiganlar kenja turkumlariga kiradi.
Kavsh qaytaruvchilar - oyoqlari uzun, tanasi ixcham bo’lgan, tez yugurishga
moslashgan hayvonlar. 2 va 5-barmoqlari rudimentar. Teriosti yog’ qavati deyarli
rivojlanmagan bo’lib, qalin jun bilan qoplangan. Ko’pchilik turlarining boshida
(bug’ular erkagida) shoxlari bo’ladi (119-rasm). Faqat o’simlik bilan oziqlanadi.
Yuqori jag’larida kurak tishlari, ko’pchiligida qoziq tishlari ham bo’lmaydi. Oziq
tishlari sirti burmali bo’lib, qattiq oziqni chaynashga moslashgan. Oshqozoni
murakkab tuzilgan, 4 kamerali: katta qorin, to’r qorin, qat qorin va shirdonga
bo’linadi. Ichagi juda uzun, ko’richagi rivojlangan. Ovqat hazm qilish sistemasi-
ning tuzilishi qiyin hazm bo’ladigan o’simlik kletchatkasini hazm qilishga
moslashgan. Kavsh qaytaaivchilar bug’ular, quvushshoxiilar, jirafalaroilalariga
ajratiladi.
Bug’ular oilasiga bug’ular, maral, xoldor bug’u, shimol bug’usi, los, kabarga,
yelik kiradi. Ko’pchilik bug’ular erkagining boshida jun bilan qoplangan shoxlari
(shimol bug’usining urg’ochisida ham) bo’ladi. Shoxlar har yili almashinib turadi.
Bug’ular Osiyo, Yevropa va Amerikada tarqalgan. O’zbekistonda buxoro bug’usi
ya’ni xongui maxsus qo’riqxonalarda boqilmoqda. Shimoliy hududlarda (Rossiya,
Kanada, Alyaskada) shimol bug’usini qo’lga o’rgatilgan, transport vositasi sifatida
foydalaniladi, go’shti iste’mol qilinadi.
Jirafalar oilasi. Jirafalarning bo’yni juda uzun, boshi kichkina; bo’yi 5—6 m ga
yetadi. Bu oilaga jirafalar bilan birga tropik Afrikada yashovchi okapi kiradi.
Jirafaning boshida ten bilan qopiangan kalta shoxlari bo’ladi.
Quvushshoxlilar oilasiga mansub hayvoolaming kovak shoxi peshona suyagi
o’simtasi hisoblanadi. Shox hayvonning butun umri davomida saqlanib qoladi.
Faqat Amerika ayrishoxlisi shoxlari almashinib turadi. Ko’pincha urg’ochilarining
shoxlari bo’lmaydi yoki juda mayda bo’ladi. Tropik Afrika va Avstraliyadan
tashqari yer yuzining hamma qismida tarqalgan. Quvushshoxlilarga antiloplar,
qo’y, echki, sigir, zubr, yak, oriks, sayg’oq, jayron, bizon va boshqa hayvonlar
kiradi.
Bizon - yirik quvushshoxlilardan biri. Ilgari Shimoiiy Amerika qit’asida keng
tarqalgan. Hozir AQSh va Kanadaning cho’l va o’rmoncho’llarida asosan
qo’riqxonaiarda saqlanib qolgan. Uning tanasini uzunligi 3 m ga, vazni 720 kg
gacha bo’ladi. Zubr — yirik quvush shoxli hayvon. Tanasining uzunligi 3,5 m ga,
vazni 1 t ga yetadi. Juni qalin, iyagi va bo’ynining pastki qismida ayniqsa uzun
bo’lib, osilib turadi. Soni keskin kamayib ketgan. Hozir Sharqiy Yevropa
o’rmonlarida (Belorussiya, Polsha) maxsus qo’riqxonalarda boqilmoqda
Quvushshoxiilar oilasiga qadimda Yevropa va Osiyo choilarida keng tarqalgan, 19-
asrga kelib butunlay qirib yuborilgan tur ham kiradi. Tur hozirgi sigir zotlarining
nasl boshisi hisoblanadi. Quvushshoxlilardan buramashoxli ecliki va tog’ echkisi
Bobotog’ va Turkiston tog’larining qoyali cho’qqilari va Alp o’tloqlari mintaqasida
yashaydi. Arxar (tog’ qo’yi) Qizilqum, Ustyurt va Bobotog’da tarqalgan. Sayg’oq
(oqquyruq) Ustyurt cho’llarida poda bo’lib yuradi. Qadimda O’rta Osiyo
cho’llarida jayron (g’izol) poda bo’lib o’tlab yurgan, hozir faqat qo’riqxonalarda
saqlanib qolgan.
Toq tuyoqlilar: I—tapir; 2-karlddon.
Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilar kenja turkumiga mansub hayvonlarga
to’ng’iz, pekarlar va begemotlar kiradi. Ularning tanasi yo’g’on, oyoqlari, bo’yni
va dumi kalta bo’ladi. Oyoqlarida 4 ta barmoq bo’lib, ulardan o’rtadagi 2 tasi
kuchliroq rivojlangaa. Faqat pekarning keyingi oyog’ida 3 ta barmog’i rivojlangan.
Terisi qalin, teriosti yog’ qatlami yaxshi rivojlangan. Oziq tishtari ko’p burmali,
qoziq tishlari kuchli rivojlangan. Oshqozoni oddiy, bir kamerali. Urg’ochisining
qornida ikki qator joylashgan yelin so’rg’ichlari bo’lib, yo’ldoshi diffuz tipida
bo’ladi. Bu kenja turkumga cho’chqalar va suv ayg’irlari oilasi kiradi.
Cho’chqalar oilasiga to’ng’izlar va so’galli cho’chqalar kiradi. Ularning tanasi
g’o’la, oyoqlari yo’g’on va kalta, bo’yni kalta, konussimon boshi uchida silliq
tog’ay burni boMadi; qoziq tishlari kuchli rivojlangan. Ozig’i chaynalgandan so’ng
qizilo’ngach orqali oshqozonga tushadi. Xonaki cho’chqalar yowoyi to’ng’izlardan
kelib chiqqan. Cho’chqalar terisida qillarning kam bo’lishi, katta vazni, ko’p go’sht
va yog’ mahsulotlari hosil qilishi bilan farq qiladi. Ular juda serpusht bo’lib, 12
tagacha bola tug’adi. Asosan o’simlik mahsulotlari bilan oziqlanadi; hayvon
mahsulotlari (chuvalchanglar, hasharotlar, mayda kemiruvchilar, hayvonlar
murdasi)ni xush ko’radi. Yowoyi to’ng’izlar tog’ oldi mintaqalarida, daryolar
bo’yidagi chakalakzorlarda yashaydi. Hozir ularning soni juda kamayib ketgan.
Bu oilaga Janubi-Sharqiy Osiyoda tarqalgan yo’1-yo’l cho’chqa, Janubiy
Amerikada yashaydigan pekarlar ham kiradi.
Suv ayg’irlari - juda yirik juft tuyoqlilar bo’lib, og’irligi 3 t ga yetadi. Tanasi va
oyoqlari yo’g’on va kalta; juda katta va yassi suv ayg’irlarining 2 turi Afrikada
yashaydi. Ulardan biri - gippopotam juda katta bo’lib, hayotining asosiy qismini
suvda o’tkazadi, ikkinchisi — karlik suv ayg’iri suv yaqinidagi tropik o’rmonlarda
yashaydi. Ikkala tur ham o’simlikxo’r. Suvdagi va suv bo’yidagi o’simliklar bilan
oziqlanadi.
Yirtqichlar turkumi. Yirtqich sut emizuvchilar asosan yirik umurtqali hayvonlar
bilan oziqlanadi. Faqat ayiqlar turli xil oziqni yeydi. Kurak, qoziq va oziq tishlari
rivojlangan. Kurak tishfari birmuncha mayda, qoziq tishlari aksincha yirik,
konussimon, o’tkir. Oziq tishlar yuzasidagi burmalari o’tkirlashgan. Ko’pchilik
yirtqichlarning yuqori va pastki jaqlaridagi oziq tishlarida ikkitadan yirik, yirtqich
tishlar bo’ladi. Oziq tishlar soni o’txo’r hayvonlarnikiga nisbatan kam boiadi.
Yirtqichlardan itsimonlar, mushuksimonlar, suvsarlar, ayiqsimonlar, sirtlonlar
muhim ahamiyatga ega.
Itsimonlar oilasi o’ljani ta’qib qilib tutadi. Oyoqlari ingichka va nisbatan uzun
bo’lib, tez va uzoq chopishga moslashgan. Tirnoqlari ichkariga tortilmaydi,
to’mtoq; dumi — uzun va baroq. Hidni juda yaxshi sezadi. O’ljasini izidan biladi;
uni ta’qib qilishi mumkin. Bu oilaga xonaki it, bo’rilar, tulkilar, sirtlonlar va
boshqalar kiradi.
Bo’riiar urug’iga bo’ri, chiyabo’ri, koyot va boshqalar kiradi. Bo’ri — dunyoning
ko’pchilik hududlarida tarqalgan ancha yirik yirtqich hayvon. Kuchli va epchil
bo’lib, o’zidan katta hayvonni ham o’ldirishi mumkin. Bo’rilar juft bo’lib
yashaydi. Urg’ochi bo’ri inda 3-13 tagacha ko’zi yumuq, nimjon bola tug’adi.
Bolasini dastlab sut, keyin go’sht bilan boqadi. Kuzda bo’ri oilasi tarqalib
ketmasdan gala bo’lib ov qiladi. Har bir galaning o’zi ov qiladigan maydoni
bo’ladi. Bo’rilar o’lja qidirib, bir sutkada bir necha o’n kilometr masofani bosib
o’tishi mumkin. Ular katta hayvonlarga gala bo’lib hujum qilishadi. Ular ko’payib
ketganida uy hayvonlariga ham hujum qilib, birmuncha zarar yetkizishi mumkin.
Tulki — juda keng tarqalgan yirtqich. Yozda uyada yashab, 4-6 ta bola tug’adi.
Bolalarini urg’ochisi va erkagi boqadi. Bolalariga dastlab o’ldirilgan, keyin
chalajon va so’ngra tirik o’lja keltirib, ularni ov qilishga o’rgatadi. Kuzda tulkilar
oilasi tarqalib ketadi; qishda esa ular uyaga kirmasdan alohida yashaydi. Tulkilar
mo’ynasi juda qalin bo’lganidan qishki sovuq ularga ta’sir qilmaydi. Ular asosan
kemiruvchilar va boshqa mayda umurtqalilar bilan oziqlanadi. Kuzda mevalarni
ham yeydi. Qishda hayvonlar murdasi va axlatxonalardagi tashlandiqlardan ham
qaytmaydi. Kezi kelsa uy parrandalariga ham hujum qiladi. U chiroyli mo’ynasi
uchun ovlanadi.
Chiybo’rii - to’qay, voha va tog’oldi hududlarida tarqalgan, o’rtacha kattalikdagi
yirtqich. Asosan kechasi ov qiladi. Qushlar va ularning tuxumi, kaltakesaklar,
kemiruvchilar va yirik hasharotlar, murda va mevalarni yeydi; kuzda polizdagi
qovunlarni g’ajib tashlaydi. Ba’zan uy parrandalariga ham hujum qiladi.
Mushuksimonlar oilasiga yo’lbars, arslon, gepard, qoplon, ilvirs, yovvoyi
mushuklar, silovsin kiradi . Mushuksimonlar o’ljasini poylab turib tutadi.
Tirnoqiari qayrilgan va o’tkir bo’lib, o’ljasini ushlash va o’ldirish uchun xizmat
qiladi. Faqat gepard o’ljasini ta’qib qilib, urib yiqitgach, tishi bilan tutadi. Uning
oyoqlari uzun va ingichka bo’lib, tirnoqiari ichkariga tortilmaydi. Mushuksimonlar
tishlardan o’ljasini ushlab turish uchun emas, balki o’ldirish uchun foydalanadi.
Shuning uchun ularning jag’lari nisbatan kalta, tishlari kam, lekin yirik bo’lib,
qattiq tishlaydi. Yo’lbars Janubiy Osiyo va Uzoq Sharqda tarqalgan yirik yirtqich
hayvon, vazni 300 kg ga yaqin. To’ng’iz, bug’u kabi yirik hayvonlami ovlaydi.
Gepard xipcha va chopqir hayvon. Afrika, Old Osiyoda tarqalgan. 20-asr
o’rtalarigacha Turkmanistonning Janubida uchragan. Baland togMi hududlarda
qoplon (ilvirs) va silovsin, daryo o’zanlari hamda dashtlarida to’qay va dasht
mushugi uchraydi.
Ayiqsimonlar - eng yirik yirtqichlar bo’lib, tanasi baquwat, boshi katta, tumshug’i
cho’ziq, panjalari besh barmoqli. Yurganida tana og*irligi asosan orqa oyoqlariga
tushadi, oldingi oyoqlari oziq topish, yer kovlash va toshlarni qo’zg’atish uchun
xizmat qiladi. Ayiqlar juda kichkina bola tug’adi. Arktikada yashaydigan oq ayiq -
yirtqichlar orasida eng yirigi, yaxshi suzadi va sho’ng’iydi, asosan baliqlar va
tulenlarni tutib yeydi. Qo’ng’ir ayiq past tekisliklarda, o’rmonlarda yashaydi.
O’zbekiston hududining tog’ o’rmonlarida qo’ng’ir ayiq uchraydi, u asosan
o’simliklar bilan oziqlanadi.
Suvsarsimonlar oilasiga tanasi uzun va ingichka, juda egiluvchan, oyoqlari kalta,
harakatchan yirtqichlar kiradi. Ulaming tanasi tor inlar va teshiklarga kirishga
moslashgan. Kemiruvchilar va qushlarni ovlaydi. Respublikamizda
suvsarsimonlardan qunduz, asalxo’r, bo’rsiq, olaqo’zan, tog’suvsari, latcha
uchraydi. Mamlakatimizdaamerikanorkasi iqlimlashtirilgan. Suvsarlardan chiroyli
va qimmatbaho mo’yna olinadi.
Suvsarsimonlar: 1—norka; 2—sassiqqo’zan; 3-bo’rsiq; 4—qunduz.
Kurakoyoqlilar turkumi. Kurakoyoqlilarumrining ko’p qismini suvda o’tkazadi;
faqat ko’payish va dam olish uchun sohil bo’yiga chiqadi. Suvda yashashga
moslanish natijasida ularning tanasi torpedasimon shaklga ega bo’lgan, bo’yni
qisqargan, oyoqlari kurak suzgichga aylangan. Barcha kurakoyoqlilarning terisi
ostidagi qalin yog’ qatlami ularni sovuqdan himoya qiladi: suvda suzganda tana