PNEVMATIK KIMYONING RIVOJLANISHI. YATROKIMYO (Boyl qonuni, XVI-XVII asrlarda texnik kimyo, iatrokimyo)
Yuklangan vaqt
2024-05-03
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
30,5 KB
Ilmiybaza.uz
PNEVMATIK KIMYONING RIVOJLANISHI.
YATROKIMYO
REJA:
1. Yatrokimyo
2. Pnevmatik kimyoning rivojlanishi
3. Boyl qonuni
4. XVI-XVII asrlarda texnik kimyo
Yatrokimyo (iatrokimyo)
Metallarni oltinga aylantirish alkimyogarlarning yagona maqsad va orzusi
emasdi. Ular kishini barcha kasalliklardan forig` qiluvchi eliksir va xamma moddalar
uchun universal erituvchi alkagestni qidirish ustida izlanishardi. Eramizgacha 121
yilda tug`ilgan qadimgi yunon shifokori va faylasufi Galen (Sharq al-lomalarini uni
Jolinus deb atashgan) Aristotelning tabiatni tashkil etuvchi to`rt unsur xaqidagi
ta`limotini inson organiz-miga xam tadbiq qildi. Galenning fikricha, inson
organizmida bu to`rt element muayyan miqdoriy nisbatlarda bo`ladi, agar organizm-
da bu moddalardan birortasining miqdori ortsa yoki kamaysa, u kishi kasallikka
uchraydi. Galen bir qancha dorilar tayyorlash usullarini (erituvchilarda eritish,
aralashtirish, bug`latish, ekst-raktsiyalash) batafsil tushuntirib yozgan. Dorilar
xaqidagi fan - farmakognoziya bir qator yunon va SHarq olimlarining (Kindiy,
Roziy, Beruniy, Ibn Sino) asarlarida batafsil yozilganini yuqorida qayd qilgan edik.
Qadimgi aptekalar xozirgi zamon farmatsevtik va kimyoviy laboratoriyalarning
debochasi, dastlabki ko`rinishi edi. O`simlik va xayvonot dunyosidan dori
tayyorlashga qo`shimcha qilib kimyoviy usullar bilan dori tayyorlashni birinchi
marta Ibn Sino qo`llagan. Ammo XVI asrlargacha bu usuldan juda kam
foydalanishgan. XV-XVI asrlarda davlatlar orasida savdo- sotiqning yo`lga
qo`yilishi natijasida SHarq davlatlaridan (Xindiston, Misr, Yaqin va Uzoq SHarq
Ilmiybaza.uz
davlatlari) savdo kemalari faqatgina boylik emas, ba`zan yuqumli kasalliklarni xam
olib kelishar ediki, buning natijasida juda ko`p insonlar bu dunyodan ko`z
yumishgan.
Galen ishlaridan so`ng 14 asr o`tgandan keyin XVI asrning birinchi yarmida
yashagan nemis vrachi va kimyogari Filipp Aureol Teofrast Bombast fon
Gogengeym (1493-1541 yy.) kimyo faniga asoslangan tabobat san`atini namoyon
qildi. Bu olim o`zini Pa-ratsel's nomi bilan atay boshladi ( kichiк yutuqlardan
kibrlangan olim o`zini qadimda yashab o`tgan xakim va tabiatshunos Tsel'sdan ortiq
ekanligini ko`rsatish uchun shunday psevdonim oladi). Ammo bu protestant
olimning eski usullarga qaytish uchun amalga oshirgan reformasi tabobatning
rivojlanishi uchun bir qadar to`sqinlik qildi. Aristotel' va Galen ta`limotining
davomchisi inson organizmi xam to`rt unsur va uch boshlang`ич moddalardan
(simob, oltingugurt, mishyak) tashkil topgan deydi. Organizmda bu uchta dastlabki
moddalar tabiiy muvozanatda bo`ladi, uning buzi-lishi kasallik sababi deb
tushuntiradi. Paratsel's umri davomida alkimyo bilan shug`ullangan otasining
vrachlik faoliyatini tanqid qiladi. O`zining bilimini oshirish uchun uydan chiqib
ketadi va mustaqil o`qishga kirishadi. SHu maqsadda Evropa davlatlarini,
Misrni, Tataristonni (Rossiya demoqchi) kezib chiqdi. Sayyoxati davomida
universitet va
tibbiyot maktablarida dars tinglash bilan birga kasalliklarni davolash uchun xalq
tabobatini xam o`rgandi, eng kuchli ta`sir etuvchi dorilar xaqida ma`lumot yig`di.
Paratsel's fikricha, sun`iy oltin olish mumkin emas, balki kimyo fanining
vazifasi kasallikni davolashi lozim deb xisoblaydi.
1523 yilda mashxur vrach sifatida Paratsel's o`z yurtiga qaytib keladi. 1526 yilda
Bazel' senati universitetning tabiat-shunoslik tarixi va tabobat kafedrasini
boshqarishni olimga taklif etdi. Paratsel's bu joyda evropalik olimlarning muqaddas
an`analarini buzib, lotin tili o`rniga nemis tilida ma`ruzalar o`qiy boshladi. Birinchi
ma`ruzasidayoq Galen va Ibn Sinoning asarlarini yoqib tashladи va "... tibbiyotda
mening boshmoqimning poshnasi ulardan ko`proq bilimga ega",- deydi. O`zining
bilim darajasi bu olimlarnikidan chandon ortiq deb keriladi. Tez orada xudbinligi,
balandparvoz gaplari va injiqliklari bilan
Ilmiybaza.uz
professor-o`qituvchilar bilangina emas, xatto shaxar sud'yalari bilan urishib chiqadi.
Oqibatda maqtanchoqligi va birovlarni mensimasligi uchun ishdan xaydaladi.
Paratsel's faqat vrach emas, balki kimyogar xam bo`lgan.
O`z davridagi ma`lum moddalarning ko`pchiligini dori sifa-tida ishlatib
ko`rdi, avval ularni tashqi, teri kasalliklariga qarshi davolashda qo`llasa, keyinchalik
ichki kasalliklar uchun xam tavsiya qildi. Ayni bir paytda kimyo va tabobat bilan
shug`ul-langani uchun o`zini yatrokimyogar ("iatros" - vrach degani) deb atay
boshladi: "Men tabobat va kimyoni yaxshi bilganim uchun o`zimni yatroximik
xisoblayman", - der aytardi. Kasalliklarni davolashda o`simlik shirasi va
sharbatlaridan foydalangan Galenga qarshi ravishda organizm a`zolari faoliyatining
kimyoviy nazariyasini ilgari surdi. Barcha kimyoviy moddalar bilan birga simob,
surma, mishyak, mis kuporosi qo`rg`oshin qandi kabi kuchli va o`tkir ta`sir etuvchi
preparatlarni ko`proq tavsiya etdi. Bularning ichida o`simlik va ma`danlardan
oladigan "kvintessentsiya" ("quinta es-sentia"- beshinchi modda) nomli mu`jizakor
dorisini birinchi o`ringa qo`yardi. Og`ir kasalliklarni davolashda "oltin tinkur"
("aurum ponabile" - ichimlik oltini)ga katta axamiyat berardi. Bu preparat oltindan
tayyorlangan qizil kolloid eritmaning aynan o`zi edi. Olim qanchalik maqtanchoq
va tovlamachi-xudbin bo`lishidan qa`iy nazar zamondoshlari orasida tabobat va
kimyoni yaxshi bilgan va tushungan olimlardan bo`lgan. O`z asarlarida kimyoviy
moddalar va tajribalar xaqida, achchiqtosh va kuporoslar farqi xaqida, rux metali va
uning xossalari xaqida ma`lumotlar keltirgan. Dori-darmon tayyorlashda doimo
tarozidan foydalanishni Paratsel's joriy etganini e`tirof etishimiz kerak.
Paratsel's
davomchilaridan
katta
shuxrat
qozongan
yatrokimyogar
germaniyalik Andreas Libaviy (1540-1616 yy.) vrach va kimyo o`qituvchisi
bo`lgan. Yoshligida Ien shaxrida falsafa, tarix va tabobatni yaxshi o`rgangan, shu
erda tibbiyot doktori ilmiy darajasini oldi. Libaviy butun umri davomida tibbiyot,
alkimyo va metallurgiyaga doir bir qancha risola va adabiyotlar yozdi. Paratsel'sning
kuchli ta`sir etuvchi dorilarni qo`llash fikriga qarshi chiqdi. Libaviy 1597 yilda
"Alkimyogar" asarini yozib e`lon qildi. Kimyo tarixida sezilarli o`rin olgan bu asarda
olim barcha kimyoviy idishlar, uskunalar, isitish, xaydash, distillash apparatlari
xaqida batafsil to`xtaladi. Libaviy qo`llanmasi 2 qismdan iborat bo`lib, uning
Ilmiybaza.uz
birinchi qismida yuqoridagi ma`lumotlardan tashqari "Ideal kimyoviy laboratoriya"
tarxini ilova qiladi. Uning tasavvuricha, laboratoriya aloxida binoda bo`lishi lozim,
unda laborantlar ishlashi uchun katta laboratoriya xonalari, raxbar kabineti, darsxona
va kutubxona, isitish, distillash xonalari, xatto kichkina erto`la bo`lishi xam ko`zda
tutilishi kerak. Libaviynng bu kitobi chuqur nazariy bilimlar manbai bo`lmasdan,
o`z zamonasida kimyogar va vrachlarning barcha amaliy va laboratoriya ishlarini
bajarish uchun yozilgan qo`llanma bo`lib, o`sha davr amaliy kimyosini
ommalashtiruvchi asar edi.
Keyingi yatrokimyogarlardan Vittenbergda kamol topgan Daniil Zennertni
(1572-1637 yy.) aloxida qayd qilish lozim. Tibbiyot soxasida ishlagan professor
bo`lsa xam, bu olim fizikaviy atomistik ta`limotni rivojlantirdi. Bu nazariya
eritmalar xosil bo`lishi va sublimatlash kabi kimyoviy jarayonlarni tushuntirish
uchun qo`l keldi. Nemis emigrantlari oilasidan chiqqan, venetsiyalik Anjelo Sala
(1576-1637 yy.) yatrokimyogar sifatida Libaviydek Paratsel'sning universal dorilar,
kuchli ta`sir etuvchi kimyoviy moddalarni ishlatishga qarshi chiqdi. Sala o`z
zamonasining ilg`or kimyogari sifatida kimyoviy xodisalarni tushuntirishda
ratsional yo`llardan foydalandi, kuporoslardan va oltingugurtni yoqish usuli bilan
olinadigan "oltingugurt spirti" ("spiritus vitrioli")ning xar ikkisi bir narsa ekanligini
isbotladi. Selitradan nitrat kislotasi olish moxiyatini tushuntirib berdi. Birinchi marta
mis ionlarining eritmasidan katod sifatida tushirilgan temir plastinkasi sirtiga atomar
mis ajralib chiqishini to`g`ri talqin qildi va bu metallar transmutatsiyasi emasligini
isbotladi.
Diniy urushlar oqibatida Germaniyaga qochib ketgan frantsuz oilasidan
chiqqan Fransua Deleboe Sil'viy (1614-1672 yy.) vrach sifatida tibbiyotni amaliy
kimyo deb xisoblaydi va kimyo faqatgina kasallarni davolash uchun xizmat qilishini
lozim deydi. Van Gel'montning me`da shirasi kislotali xossalari va fermentlar
xaqidagi ta`limotini rivojlantirdi. Nafas olish jarayoni yonish jarayoni bilan aynan
bir xil, u xam xarorat va nafas olinadigan xavoning tozalagi bilan belgilanadi deb
o`rgatadi olim. Yatrokimyoviy maktab namoyandalarining oxirgi vakillaridan biri
Sil'viy shogirdi Otto Taxeniy (1620-1699 yy.) xisoblanadi. Vestfaliyada tug`ilgan
bu olim ustozining kimyoviy va tibbiy bilimlari va
Ilmiybaza.uz
nazariyasining davomchisidir. Mineral moddalar kimyosiga o`z e`tiborini qaratgan
Taxeniy, birinchi bo`lib tuzlarning xosil bo`lishi kislota bilan ishqorlarning o`zaro
ta`siri natijasidir deb o`rgatadi. Kimyo amaliyotida minerallarning tarkibiy qismini
aniqlash uchun ayrim reaktivlarni kiritdi, miqdoriy taxlil tajribalarini amalga oshirdi.
Barcha asarlari faqat tibbiy bilimlarni rivojlantirishga qaratilgan bo`lsa xam,
Taxeniy analitik kimyoning asoschilaridan biridir.
Yatrokimyo davri XYI asrdan XYIII asrning ikkinchi yarmigacha davom etdi.
Bu davrda kimyo bilan tibbiyot yakinlashdi. Yatrokimyo davrida kimyoviy bilimlar
chegarasi kengayib rivojlandi. Yatrokimyogarlarning fan va ayniqsa kimyo fanining
rivojlanishida avtoritar nazariyotchilarninг reaktsion fikrlari va dogmalari qanchalik
salbiy ta`sir etganini isbotladi. Bu davrda kimyo fani eksperimental tajribalarining
moxiyati va uning kimyoviy taxlil rivoji va murakkab moddalarning tarkibiy
qismlarini aniqlash borasidagi xizmatlari katta bo`ldi. Ammo yatrokimyo
maktabining namoyandalari orasidagi eski alkimyoviy tushunchalardan to`la voz
kechish xech kimning xayoliga kelmadi. Kimyo fanining asosiy vazifasi tibbiyot
uchun xizmat qilish deb tushungan alkimyogarlar kimyoviy jarayonlarning
moxiyatini anglash uchun, uning yangi nazariyalar bilan boyishi uchun bir qadar
to`sqinlik qildilar.
Pnevmokimyo va uning shakllanishi
Kimyoviy uyg`onishning dastlabki kurtaklari flamandiyalik olim Van
Gel'mont (1579-1644 yy.) ishlarida kuzatildi. U daraxtni og`irligi o`lchangan
tuproqqa o`tqazdi va xar doimgi sug`orish va ozuqa berish miqdorlarini o`lchab
bordi. Olim daraxt tanasida tirik to`qimalar manbaini topish uchun bу o`lchovlari
orqali birinchi bo`lib kimyo va biologiyadagi miqdoriy tajribalarni amalga oshirdi.
Van Gel'montgacha xavo va unga o`xshash moddalarga e`tiborini qaratgan kishi
qadimgi yunon olimlari edi. O`z zamonasi olimlari orasida Van Gel'mont birinchi
bo`lib kimyoviy reaktsiyalar jarayonida ajralib chiqadigan bug`larni o`rgana
boshladi va ularning xavodan ayrim jixatlari bilan farq qilishiga o`з e`tiborini
qaratdi. Yog`och yonishi natijasida ajraladigan bug`ni o`rganib, ayrim xossalari
bilan xavodan farqlanishini ko`rdi. Bu xildagi doimiy xajmi va shakli bo`lmagan
xavoga o`xshagan moddalarni yunonlarning "xaos" so`zi bilan atadi, ammo flamand
Ilmiybaza.uz
tili fonetikasida xaos so`zi "gaz" iborasidek aytilgani uchun bu so`z 1620 yildan
boshlab bugungacha o`z ma`nosini saqlab qoldi. Ba`zan "gaz" iborasining kelib
chiqishini gollandcha gisten-bijg`ish yoki gist-drojji, xamirturush so`zlari bilan
bog`laydilar. Van Gel'mont nomi bilan kimyo fani rivojlanishining bu bosqichi
pnevmatik kimyo (pneuma - shabada, shamol) davri deb ataldi.
Yog`och yoqilganda xosil bo`lgan gazni Van Gel'mont "o`rmon gazi" (gas
sylvestre) deb nom berdi, organik moddalarning bijg`ishida, oxaktosh yoki potashga
kislotalar ta`sir etganda xam shu gaz ajralib chiqishini aniqladi. Bugun biz bu
moddani karbonat angidridi ekanligini yaxshi bilamiz. Uning tomonidan CO2 va
CH4 xar qaysisi individual modda ekanligi aniqlandi. Van Gel'mont gazlar xam bir-
biridan farq qiladi, ularni qattiq jismlardek ajratib olish mumkin deydi. Olim azot(II)
oksidi zaxarli gaz ekanligini birinchi bo`lib aniqladi, organik moddalardan
yonuvchan gaz olish mumkinligini xam aytdi. Van Gel'mont xayotining oxiri
paytlarida olimlar orasida gazlarga, ayniqsa xavoga bo`lgan qiziqish ortdi. Dastlab
1638 yilda xavo zichligini aniqlagan G. Galiley u xam materiya va o`zining ma`lum
massasi va zichligiga ega deb xisoblaydi. 1643 yilda italiyalik fizik Эvandjelista
Torrichelli (1608-1647 yy.) xavoning o`z bosimi borligini aniqladi, buning
natijasida barometr ixtiro qilindi. Эndi gazlar va ularning tabiati olimlar uchun
uncha katta muammo emas edi. Keyinroq aniqlanishicha, gazlar xam suyuq va
qattiq jism-lardek o`z og`irligiga ega, faqat ulardan zichligining kichikligi bilan bir
muncha ajralib turadi.
Nemis olimi Otto fon Gerike (1602-1686 yy.) atmosfera xa-vosining
og`irligini aniqladi. Gerike o`zi yaratgan nasos yordamida idishlardan xavoni so`rib
oldi va natijada tashqi bosim ortgani kuzatildi. 1654 yilda Gerike buyurtmasiga ko`ra
misdan ikkita yarim sharlar yasaldi. Yarim sharlar mum va skipidar shimdirilgan
charm yordamida bir biriga tutashtirilib, ichidan xavosi so`rib olindi. Tashqi
atmosfera bosimi kattaligi natijasida bu yarim sharlar xosil qilgan sferik jismning
ikki tomonidan otlar bilan tortilganda xam ular ajralib ketmadi, ammo idishga xavo
kiritilganda yarim sharlar o`z-o`zidan ajralib qoldi. Bu tajriba ilm-fan tarixida
"magdeburglik yarim sharlar" nomi bilan mashxur bo`ldi. Bu xildagi namoyishlar
olimlarning xavoga bo`lgan qiziqishini kuchaytirdi.
Ilmiybaza.uz
Boyl' qonuni
Xavoning xossalari irlandiyalik olim Robert Boylni xam diqqatini o`ziga
qaratdi. Gerike nasosiga nisbatan mukammalroq nasos yasagan Boyl' dastlab
idishdan xavoni so`rib olish, keyin esa uni bosim ostida idishga yig`ish tajribasini
amalga oshirdi. Ish davomida xavoning xajmi bosimga teskari proportsional ekan-
ligini tushundi. Olim U-simon nayning qisqa tomoniga xavoni qoldirib, ikkinchi
uzun tomonidan simob quydi. U-simon nayning uchi kavsharlangan qisqa
tomonidagi xavo bosimining ortishi simob massasining ortib borishi tartibida
o`zgardi. Agar simob massasi ikki marta oshirilganda xajm ikki marta kamayib,
xavo bosimi ikki marta oshdi. Agar simob miqdori uch marta oshirilsa, xavo bosimi
va xajmi orasidagi bog`lanish xam uch martaga o`zgardi, simob bosimi
kamaytirilganda xavoning bosimi xam pasayadi va xajmi shuncha martaga ortadi.
Xajm va bosim orasidagi bunday teskari mutanosiblik 1662 yilda e`lon qilindi va
Boyl' qonuni deb ataldi. O`z tajribasini amalga oshirgan olim bu qonunning ayni
o`zgarmas xaroratda bajarilishini aytib o`tmadi va bu shundoq xam barchaga ayon
degan xulosaga keldi. Frantsiyalik fizik Эdm Mariott (1620-1684 yy.) Boyl'
ishlaridan bexabar xolda, xuddi shunday sharoitda 1676 yilda bosim va xajm
orasidagi tajribani amalga oshirdi va bunda xaroratning o`zgarmas ekanligini
aloxida ta`kidladi. SHuning uchun xam kontinental Evropada Boyl' qonunini
ko`pincha Mariott qonuni deb yuritishadi.
Boyl' qonuni moddalarning o`zgarishini aniqlashda eng bi-rinchi o`lchash
usullaridan edi. 1660 yili R. Boyl' gazlarni biror idishga yig`ish mumkin emas degan
tushunchani rad etdi. Uzun bo`g`izli kolbani teskari ag`darib undagi temir mixga
xlorid kis-lota ta`sirida ajralgan vodorod gazini yig`di va uni yoqib ko`rdi.
SHuningdek, NO gazini xam yig`di. Xavoning xayotda zarurligini Boyl'
quyidagicha ta`riflaydi: "Tirik jonzodning xayotidek xa-vosiz joyda lampa xam
o`chib qoladi". Xavoning tarkibini, boshqa gazlarni o`rganishda pnevmatik vanna,
sifonlar kabi apparatlar muxim rol' o`ynadi. Gazlar aloxida ajratilib, germetik
idishlarda yig`ilishi mumkin bo`ldi. Boyl' tajribalari atom ta`limoti tarafdorlarini
qiziqtirdi. Yuqorida eslatganimizdek, Tit Lukretsiy poemasi ta`sirida qadimgi
olimlar ishlariga qiziqish paydo bo`ldi. Boylning o`zi xam frantsuz faylasufi Pyer