Po‘lat Mo‘min va Qudrat Hikmat, Xudoyberdi To‘xtaboev hayoti va ijodi
Yuklangan vaqt
2024-09-23
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
60,5 KB
Po‘lat Mo‘min va Qudrat Hikmat, Xudoyberdi To‘xtaboev hayoti va ijodi
Reja:
1. Po‘lat Mo‘minning ijod yo‘li.
2. SHoir ijodida bola psixologiyasining berilishi.
3. Adabiy ertak-ppesalari.
1. O‘zbek bolalar adabiyotida butun ijodini kichiklarga bag‘ishlagan,
ularning o‘zaro munosabati, psixologiyasi, o‘sib-ulg‘ayishlaridagi harakter
o‘zgarishlarini turli janr asarlarida keng va chuqur ochib bergan bolalar
ijodkorlaridan biri Po‘lat Mo‘mindir.
Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining o‘zbek tili va
adabiyoti
faku’ltetiga
o‘qishga
kirib,
uni
muvaffaqiyatli
tamomlagach,
aspiratnurada o‘qidi, maktablarda o‘qituvchilik qildi. So‘ngra O‘zbekiston Davlat
nashriyotida ishladi. P.Mo‘min qaerda ishlamasin, doimo adabiyotga muhabbat
bilan qaradi, uni qunt bilan mutolaa qildi, o‘rgandi. Kichik-kichik she’rlar yoza
boshladi. 1914 yilda “Bahorga sayohat” nomli birinchi she’ri bosilib chiqdi.
Birinchi she’rlar to‘plami esa 1949 yilda “Sayrang qushlar!” nomi bilan nashr
etildi. Kitob adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. To‘plamdan munosib
o‘rin olgan “Darslar majlisi”, “YAshna, ulug‘ o‘lkamiz”, “O‘qituvchim”,
“Haykal”, “Alla va Jalla” (ertak) singari asarlari mazmundorligi, qiziqarliligi bilan
kitobxonlarning e’tiborini o‘ziga jalb etadi.
SHoirning tinimsiz ijodiy mehnati tufayli “Hunardan unar”, “To‘g‘ri
o‘sgan gul bo‘lar”, “Aql qaerda bo‘lar”, “O‘rinbosarlar”, “Oltin nay”, “Bir yarim
Karim”, “Endi adashmaydi”, “Barcha bola do‘st bo‘lsa”, “Rahmatga rahmat”,
“Gazpolvon ertak aytar”, “CHangyutar botir”, “Do‘sting qancha ko‘p bo‘lsa”,
“Oftob va odob”, “YAxshilarga o‘xshasam”, “Bu juda soz”, “Eson va Omon”,
“Oltmish olti oltin qo‘l”, “Ustozlar izidan”, “Bolalarning baxti kulgan”, “Bir yuz
bir oltin qo‘l” she’riy to‘plamlari, “Apreloy bilan Mayxon qiz”, “Qovoqvoy bilan
CHanoqvoy” kabi ertaklari, p’esalari yuzaga keldi.
2. Po‘lat Mo‘min ta’lim va jismoniy mehnatga bag‘ishlangan
she’rlarida mehnat va mehnatsevar bolalar haqida fikr yuritadi. Ba’zi ishyoqmas,
dangasa, yalqov o‘quvchilarni tanqid qiladi, ularning kamchiliklarini ochib
tashlaydi. Masalan, “Besh oldim besh!” degan she’rini olaylik. Asar qahramoni
uzoq vaqt past bahoga o‘qib yurardi, fanlarni ko‘ngildagidek o‘zlashtira
olmaganidan do‘stlari, ota-onasi va o‘qituvchilari oldida gunohkordek his qilardi
o‘zini. O‘quvchi bunday qiyin ahvoldan faqat ko‘proq dars tayyorlashi, kitob
o‘qishi bilan qutulib ketishi mumkinligiga ham ishonmaydi. Nima bo‘ladi-yu, bir
kuni u uyga berilgan topshiriqni qayta-qayta o‘qiydi, dars, kitobdan boshqa hech
narsani o‘ylamaslikka harakat qiladi.
Bolalar shoirining “Tuganmas kon”, “O‘qituvchi baho qo‘yganda”,
“Ko‘chalarni to‘ldirib”, “Sizga nima bo‘ldi, o‘g‘il bolalar?”, “YUqumli “2” lar”,
“Bilsa bo‘lar ekan-ku!”, “Sentyabrdan kim sevinar?” kabi she’rlari ham a’lo va
yaxshi o‘qish uchun intilayotgan, harakat qilayotgan bolalar to‘g‘risida
yozilgandir.
Po‘lat
Mo‘minning
“5”
baho
qo‘shig‘i”,
“Xursandmisiz?”,
“Sentyabrim”, “Internat qo‘shig‘i”, “Uch baho - puch baho” singari qo‘shiqlari
o‘qish, ilmli bo‘lish mavzuiga bag‘ishlangan. O‘z ustida ko‘p ishlash, kitob o‘qish,
dars qoldirmaslik “a’lo” o‘qishning mustahkam garovi ekanligini shoir “5” baho
qo‘shig‘i” da eks ettirsa, dangasa, yalqovlarni “Uch baho - puch baho” qo‘shig‘ida
ancha tanqid qilib o‘tadi.
Po‘lat Mo‘min axloq va odob kuychisi hisoblanadi. Bu masala
ko‘proq “Birovlar”, “Bir odamning afsusi”, “So‘zi shunaqa - o‘zi shunaqa”,
“Behzodni bilasizmi?”, “Ulg‘aydimi aqlingiz?”, “qo‘ling oltin, yo‘ling oltin”,
“Birinchi bo‘l, birinchi” kabi she’r va qo‘shiqlarida ochib beriladi.
Po‘lat Mo‘minning “Alla bilan Jalla”, “Ziyrak fil va ziqna baqqol”,
“Har kimniki o‘ziga, oy ko‘rinar ko‘ziga”, “Unutgan o‘g‘il”, “Oltin nay”, “Dono
bola”, “Jalil eshitgan ertak”, “Bilganni qari - bilmaydi pari” singari ertak-
dostonlarida xalq og‘zaki ijodi namunalaridan unumli foydalangani ko‘rinib turadi.
Po‘lat Mo‘min dostonchi-shoir sifatida ham juda qadrlidir. Uning
“Oltin nokli bog‘”, “Ko‘cha-ko‘pchilik uchun”, “Eh, rosa shirin ekan”, “Xolning
jiyron velosipedi”, “Ko‘ngil istar yaxshilik” degan poemalari allaqachon
kichkintoylarning sevimli asarlariga aylanib kelgan.
3. Po‘lat Mo‘min o‘zining ertak-pesalari bilan ham yosh kitobxonlar
o‘rtasida shuhrat qozondi. Uning “Qovoqvoy va CHanoqvoy”, “Suqatoy -
Konfetvoy”, “Ona bolam deydi, bola onam deydi” nomli fantastik ertak-ppesalari
uzoq vaqtlardan beri bolalarning quvonchiga-quvon qo‘shib kelayotir.
Qovoqvoyning dangasaligi, lapashangligi, erkaligi, tantiqligini o‘tkir
kulgi ostiga oluvchi va CHanoqvoyning bilimdonligi, donoligi va mehribon
do‘stligini ulug‘lovchi “Qovoqvoy va CHanoqvoy” bolalarni yaxshilikka da’vat
etadi.
Bu asardagi yaxshi fazilatlar dramaturgning boshqa bir ertak-ppesasi
“Suqatoy - Konfetvoy”da ham ko‘ringan. Tematikasi va g‘oyaviy yo‘nalishi,
uslubi jihatidan bu ikki asar bir-biriga yaqin. Unda ham ilm, odob, halollik va
mehnatsevarlik ulug‘lanadi. Voqea Bilim xola, Aqljon, Odobjon, CHalavoy,
Oypopuk bilan Nafasvoy, YOmonjon, Laqma ota, Janjal xola, qurt o‘rtasidagi
kurash asosida rivojlanadi.
Xulosa qilib aytganda, Po‘lat Mo‘min ijodi o‘zbek balalar adabiyotida
o‘ziga xos maktab yaratgan bo‘lib, uning asarlari mustaqil mamlakatimiz
yoshlarining ma’naviy-ma’rifiy onglarini oshirishga har doim xizmat qilaveradi.
Mavzuga oid savollar:
1. Po‘lat Mo‘min hayoti haqida gapiring.
2. Po‘lat Mo‘min ijodi xaqida gapiring.
3. SHoir she’riyati mavzulari.
4. SHoirning adabiy ertaklari haqida.
5. SHoirning dastlabki she’riy to‘plami haqida gapiring.
6. “Alla va jalla” ertagining g‘oyasi nima?
7. “Eson va Omon” she’ridagi timsollarni tahlil qiling.
8. “Gazpolvon ertak aytar” she’rini ifodali o‘qing.
9. “CHanoqvoy bilan qovoqvoy” ertak-p’esasining g‘oyaviy mazmuni
nima?
10. Po‘lat Mo‘min she’rlarida yumor havqida gapiring.
11. SHoirning qo‘shiq qiligan she’rlari qaysilar?
12. “Xursandmisiz?” she’r-qo‘shig‘ini yod oling va kuylang.
13. “Ziyrak fil va ziqna baqqol” ertagidan qanday xulosa
chiqardingiz?
14. Po‘lat Mo‘minning qanday dostonlari bor?
15. “Suqatoy-konfetvoy” asaridagi Aqljon va Odobjon timsollari.
16. “Suqatoy-konfetvoy” asaridagi YOmonjon, Janjalxola va qurt
timsollari haqida gapiring.
17. Asardagi Bilim xola qanday g‘oyaviy vazifa bajaradi?
18. SHoirning fantastik ertak-p’esalarini sanang.
19. “Birinchi bo‘l - birinchi” she’rini yod oling.
20. Mavzu bo‘yicha test toshiriqlari tuzing.
Qudrat Hikmat 1925 yilda Toshkent shahrida kambag‘al oilasida tug‘ildi.
Bo‘lajak Quddus Muhamadiy rahbarlik qilgan adabiyot to‘garagida faol ishtirok
etdi. Bu to‘garak uning she’riyat sirlarini egallashida katta rol o‘ynaydi.
Qudrat Hikmat bir qancha vaqt CHirchiq shahar ro‘znomasida ishladi.
SHu bilan birga mexnatdan ajralmagan holda Toshkent davlat Pedagogika
institutida o‘qidi. 1957-60 yillarda O‘zbekiston badiiy adabiyot nashriyotida
muharrirlik qildi. 60-yildan to umrining oxirigacha “YOsh gvardiya” nashrtiyotida
bo‘lim boshlig‘i sifatida yosh avlodga kitoblar chop etishda fidoyilik qildi.
Qudrat Hikmatning “Mening Vatanim” (1950), “Baxtli bolalar”
(1951-1952), “Obodlik” (1953), “Do‘stlik” (1954), “Rodnoy Uzbekistan” (1955)
kabi qator to‘plamlari nashr etildi. Keyinchalik “Ilon shoh va uning amaldori ari
haqida ertak” (1963), “Soatjonning soati” (1964), “Toshbaqalar hujumi” (1965),
“Daydi bola”, “O‘g‘lim bilan suhbat” (1970) singari kitoblari bilan o‘zek bolalar
adabiyoti taraqqiyotiga samarali hissa qo‘shdi.
SHoir asarlarining mavzu doirasi keng va rang-barang. Turli yoshdagi
kitobxonlar Qudrat Hikmat asarlarini sevib o‘qiydilar, ulardan estetik zavq
oladilar. SHoir o‘z asarlarida bolalarni qiziqtirgan, ularning bilgisi, eshitgisi kelgan
narsa va voqealarni ixcham, yoynoqi, vazn va qofiyalari pishiq ishlangan
misralarda ifodalaydi.
Qudrat Hikmat o‘zining ilk she’rlaridan biri “Mening Vatanim”da
mehribon ona Vatanning ulug‘vorligini ko‘tarinki ruh bilan kuylasa, “Bog‘cha”
she’rida bolalarni ulkan Vatanning quchog‘iga etaklab kiradi. Vatan degan aziz
so‘zni, uning tom ma’nosini bolalarning soya-salqin, ozoda, orombahsh
bog‘chasiga ko‘chardi. SHu er, kichkintoylarning yurgan-turgan joyi ulug‘ Vatan
ekanini uqtiradi.
Qudrat Hikmat halol mehnatni go‘zal hayot manbai, u bilan kishi
hurmat, e’tibor orttiradi deb ifodalaydi. SHuning uchun u o‘zining kichik
kitobxonlarida yoshligidanoq mehnat ko‘nikmalarini targ‘biyalashni asosiy vazifa
deb biladi. “Buvimning deganlari” she’rida o‘z mehnati samarasidan xursand
bo‘lgan kichkintoylar obrazini yaratadi. Buni shoir Sanobar obrazida yaratadi.
Sanobar buvisi bilan pilla qurti tutadi va bu ishidan benihoya hursand bo‘ladi.
Buning uchun uning sevinchi, buvisiga bo‘lgan muhabbati cheksizdir.
SHoir bu she’rida bolalarning mehnatsevarlikka, Vatan va xalq
oldidagi birinchi muqaddas deb bilishgaundaydi.
Qudrat Hikmat ijodida bolalarning ona Vatanga nisbatan bo‘lgan
muhabbatlari “Mening Vatanim”, “Men tug‘ilgan kun” kabi she’rlarida yaqqol
ifodasini topgan. Jumladan, “Meni Vatanim” she’rida jonajon O‘zbekistonimizning
go‘zalligi, yurtimizdagi barcha xalq aka-ukaday do‘st bo‘lib, ittifoq bo‘lib hayot
kechirayotganligini o‘ynoqi misralarda aks ettirilgan.
Tinchlik uchun kurashga bag‘ishlab shoir “Bor bo‘lsin tinchlik”,
“Yo‘qolsin urush”, “Tinchlik — obodlik”, “Tinchlik haqida qo‘shiq” asarlarini
yaratgan.
Qudrat Hikmatning “CHovkar”, “Tobaqalar hujumi”, “qum ostida
qovunlar”, “ilonshoh va uning amaldori ari haqida ertak”, “CHirchiq farzandi”
kabi poema va ertak-dotonlarini bolalar huzur qilib o‘qiydilar va katta estetik zavq
oladilar.
Qudrat
Hikmatning
“Bobodehqon
hangomasi”,
“qum
ostida
qovunlar”, “Tobaqalar hujumi” poemalarida bolalarning kattalar mehnatiga
qiziqishlari, ulardan o‘rnak olishga intilishlari yoritiladi.
Bolalar shoirining “CHovkar”, “Ko‘milgan oltin, vaysaqi xotin va
tadbirkor ovchi qissasi”, “Ilonshoh va uning amaldori ari haqida ertak” singari
ertak-dostonlarini ham yaxshi biladilar.
SHoir ertak-qissalarni xalq og‘zaki ijodi yo‘lida yaratishining katta
yutug‘i shundaki, bunda voqealar sarguzashtnamo bo‘ladi, so‘zlar sodda va
tushunarli, ayni vaqtda asar o‘ta milliy, xalq hayotiga yaqin bo‘ladi. Bu esa, voqea
hodisalarni, g‘oyaviy mazmunni kichiklarga etqazishda muhim omildir.
Xulosa qilib aytganda, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Tursunboy
Adashboev, Anvar Obidjon kabi 60-80 yil bolalar shoirlarining kamol topishida
Qudrat Hikmat she’riyati alohida maktab bo‘la olgan.
.
Mavzu bo‘yicha tayanch iboralar:
SHoirning ijodiy yo‘li. SHe’riy janrlar. Ertak-dostonlar. Ertak-
qissalar. SHe’r qahramonlari.
Mavzu bo‘yicha nazorat savollar:
1. Qudrat Xikmat hayoti haqida gapiring.
2. Qudrat Xikmat ijodi xaqida gapiring.
3. SHoir she’riyati mavzulari.
4. YOzuvchi ijodining janrlari.
5. SHoirning “CHovkar” ertak-dostonining mavzusi.
6. Qudrat hikmat ijodida folklor an’analari.
7. “Mening vatanim” she’rining g‘oyasi haqida gapiring.
8. “Toshbaqalar xujumi” ertak dostonning estetik ahamiyati.
9. “Alisher va kitob” she’rini yod oling.
10. Mavzu bo‘yicha test toshiriqlari tuzing.
XUDOYBERDI TO‘XTABOEV
1. YOzuvchining hayoti va ijodi.
2. Xudoyberdi To‘xtaboevning xikoyalari haqida.
3. “Sariq devni minib” trilogiyasi va “Qasoskorning oltin boshi” asari
haqida.
1. Hozirgi zamon o‘zbek bolalar adabiyotida sarguzasht va fantastika
janrlarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shib kelayotgan talantli adiblardan biri
Xudoyberdi To‘xtaboevdir.
Xudoyberdi To‘xtaboev 1932 yilning 17 dekabrida Farg‘ona
viloyatining O‘zbekiston tumaniga qarashli Kattabog‘ qishlog‘ida dehqon oilasida
dunyoga keldi. Boshqa bolalar qatori Xudoyberdi ham hamqishoq bolalarga
qo‘shilib poda boqdi, er chopdi, paxta terdi, xullas, qishloqda bo‘ladigan hamma