Poliaminopolikarbon kislotalarning tibbiyotda qo'llanadigan hosilalari

Yuklangan vaqt

2024-09-14

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

145,8 KB


 
 
 
 
 
 
Poliaminopolikarbon kislotalarning tibbiyotda qo'llanadigan hosilalari 
 
 
 
1.Poliaminopolikarbon kislotalarning tavsifi  
2.Poliaminopolikarbon kislotalarning tibbiyotda qo'llanadigan hosilalarini o’rganish 
 
 
Hozirgacha ma’lum bo’lgan ko‘p sonli poliaminopolkarbon kislotalardan 
etilendiamintetratsetat kislotasini dinatriy-kalsiy tuzining 10% li suvdagi eritmasi 
tetatsin-kalsiy (Solutio tetacini-calcii 10% proinjectionibus) nomi bilan tibbiyotda 
og’ir va kamyob metallar tuzlari bilan zaharlanganga qarshi antidot modda sifatida 
ishlatiladi. Me’yoriy hujjat ko'rsatmasi bo‘yicha tetatsin-kalsiyning 1000 ml suvdagi 
eritmasini tayyorlash uchun 100 g etilendiaminotetraatsetat kislotaning dinatriy tuzi 
(trilon B), 34 g kalsiy karbonat va 8 ml suyultirilgan xlorid kislota olinadi. 
Trilon B bilan kalsiy karbonat orasidagi reaksiya quyidagi tenglama bo'yicha 
ifodalanadi: 
 
 
Tetatsin-kalsiy, rangsiz, tiniq suyuqlik bo’lib, uni ampulalarda 10 va 20 ml 
dan chiqariladi. Eritma pH i 5-7 ga teng bo‘ladi. Preparat tarkibida 0,05 %gacha 
erkin kalsiy ionining saqlanishiga yo'l qo‘yiladi.  
 
Tetatsin-kalsiyning chinligini aniqlashda, unga qo‘rg‘oshin nitrat eritmasi 
qo‘shib chayqatiladi. So‘ngra eritmada ammiak eritmasi ta’sirida kuchsiz ishqoriy 
Poliaminopolikarbon kislotalarning tibbiyotda qo'llanadigan hosilalari 1.Poliaminopolikarbon kislotalarning tavsifi 2.Poliaminopolikarbon kislotalarning tibbiyotda qo'llanadigan hosilalarini o’rganish Hozirgacha ma’lum bo’lgan ko‘p sonli poliaminopolkarbon kislotalardan etilendiamintetratsetat kislotasini dinatriy-kalsiy tuzining 10% li suvdagi eritmasi tetatsin-kalsiy (Solutio tetacini-calcii 10% proinjectionibus) nomi bilan tibbiyotda og’ir va kamyob metallar tuzlari bilan zaharlanganga qarshi antidot modda sifatida ishlatiladi. Me’yoriy hujjat ko'rsatmasi bo‘yicha tetatsin-kalsiyning 1000 ml suvdagi eritmasini tayyorlash uchun 100 g etilendiaminotetraatsetat kislotaning dinatriy tuzi (trilon B), 34 g kalsiy karbonat va 8 ml suyultirilgan xlorid kislota olinadi. Trilon B bilan kalsiy karbonat orasidagi reaksiya quyidagi tenglama bo'yicha ifodalanadi: Tetatsin-kalsiy, rangsiz, tiniq suyuqlik bo’lib, uni ampulalarda 10 va 20 ml dan chiqariladi. Eritma pH i 5-7 ga teng bo‘ladi. Preparat tarkibida 0,05 %gacha erkin kalsiy ionining saqlanishiga yo'l qo‘yiladi. Tetatsin-kalsiyning chinligini aniqlashda, unga qo‘rg‘oshin nitrat eritmasi qo‘shib chayqatiladi. So‘ngra eritmada ammiak eritmasi ta’sirida kuchsiz ishqoriy  
 
muhit yaratib, undagi preparatdan ajralib chiqqan erkin kalsiy ionini oksalat 
ammoniy eritmasi ta’sirida kalsiy oksalat holida cho'ktiriladi. 
 
Ushbu 
reaksiyaning 
mohiyati 
shundan 
iboratki, 
tetatsin-kalsiyning 
turg'unsizlik konstanti uning og'ir metallar, jumladan, qo'rg'oshin bilan hosil qilgan 
kompleks tuziga nisbatan birmuncha kam (trilon B ning kalsiyli kompleksni 
turg'unsizlik konstanti 10-10,7 ga, qo'rg'oshinning trilon B bilan bergan kompleks 
tuziniki esa 10-18,3 ga teng). Shuning uchun ham preparatga qo'shilgan qo'rg'oshin 
ioni, undagi kalsiyni siqib chiqarib, o'miga o'zi keladi. Buni birinchi navbatda 
eritmaga kaliy yodid qo'shilganda sariq cho'kma yoki sariq rang (PbJ2) hosil 
bo'lmasligidan (suyuqlikda erkin Pb+2 ioni yo'qligi sababli) hamda qo'rg'oshin siqib 
chiqargan eritmadagi kalsiy ionini yuqorida aytilib o'tilganidek, kalsiy oksalat holida 
cho'ktirish orqali bilinadi. 
 
Reaksiyani quyidagi kimyoviy tenglamalar bo'yicha ifodalash mumkin: 
 
 
 
Shuningdek, preparat tarkibidagi kompleks birikmagan, erkin kalsiy ionini 
unda ammiak eritmasi ta’sirida kuchsiz ishqoriy muhit yaratib, so'ngra ammoniy 
oksalat 
yordamida 
oq 
loyqa 
hosil 
qilishi 
bo'yicha 
aniqlanadi. 
Tetatsin-kalsiy tarkibidagi natriyni rangsiz alangani sariq rangga bo'yashi bo'yicha 
aniqlanadi.  
Tetatsin-kalsiyning miqdorini aniqlash ham yuqorida aytilib o'tilganidek, 
preparatdagi trilon B ning qo'rg'oshin ioni bilan kalsiy ioniga nisbatan birmuncha 
mustahkam kompleks tuz berishiga asoslangan. Bunda aniq o'lchab olingan 
preparatni xlorid kislota va geksametilentetramindan tashkil topgan bufer eritma 
muhit yaratib, undagi preparatdan ajralib chiqqan erkin kalsiy ionini oksalat ammoniy eritmasi ta’sirida kalsiy oksalat holida cho'ktiriladi. Ushbu reaksiyaning mohiyati shundan iboratki, tetatsin-kalsiyning turg'unsizlik konstanti uning og'ir metallar, jumladan, qo'rg'oshin bilan hosil qilgan kompleks tuziga nisbatan birmuncha kam (trilon B ning kalsiyli kompleksni turg'unsizlik konstanti 10-10,7 ga, qo'rg'oshinning trilon B bilan bergan kompleks tuziniki esa 10-18,3 ga teng). Shuning uchun ham preparatga qo'shilgan qo'rg'oshin ioni, undagi kalsiyni siqib chiqarib, o'miga o'zi keladi. Buni birinchi navbatda eritmaga kaliy yodid qo'shilganda sariq cho'kma yoki sariq rang (PbJ2) hosil bo'lmasligidan (suyuqlikda erkin Pb+2 ioni yo'qligi sababli) hamda qo'rg'oshin siqib chiqargan eritmadagi kalsiy ionini yuqorida aytilib o'tilganidek, kalsiy oksalat holida cho'ktirish orqali bilinadi. Reaksiyani quyidagi kimyoviy tenglamalar bo'yicha ifodalash mumkin: Shuningdek, preparat tarkibidagi kompleks birikmagan, erkin kalsiy ionini unda ammiak eritmasi ta’sirida kuchsiz ishqoriy muhit yaratib, so'ngra ammoniy oksalat yordamida oq loyqa hosil qilishi bo'yicha aniqlanadi. Tetatsin-kalsiy tarkibidagi natriyni rangsiz alangani sariq rangga bo'yashi bo'yicha aniqlanadi. Tetatsin-kalsiyning miqdorini aniqlash ham yuqorida aytilib o'tilganidek, preparatdagi trilon B ning qo'rg'oshin ioni bilan kalsiy ioniga nisbatan birmuncha mustahkam kompleks tuz berishiga asoslangan. Bunda aniq o'lchab olingan preparatni xlorid kislota va geksametilentetramindan tashkil topgan bufer eritma  
 
hamda ksilenol to'q sariq indikatori ishtirokida suyuqlik sariq rangdan qizil binafsha 
rangga o'tguniga qadar, qo'rg'oshin nitratning 0,05 mol/1 eritmasi bilan titrlanadi. 
Titrlash jarayonida yuqorida keltirilgan tenglama bo'yicha, qo'rg'oshin nitrat 
preparat bilan tuz hosil qilishiga sarflanadi va faqat reaksiyaning ekvivalent 
nuqtasiga yetilgandagina, oxirgi tomchi qo'shilgan titrant indikator bilan kompleks 
tuz hosil qilib, uning rangini o'zgartiradi: 
 
 
 
Tetatsin-kalsiyni tibbiyotda yuqorida qayd qilib o‘tilganidek og‘ir va kamyob 
metall (qo‘rg‘oshin, simob, kobalt, kadmiy, seriy, toriy) va boshqa tuzlar bilan o‘tkir 
va 
surunkali 
zaharlanishiga 
qarshi 
modda 
sifatida 
qo'llanadi. 
Bu 
etilendiaminotetratsetat kislota dinatriyli tuzining (trilon B) u kalsiyga nisbatan 
ko'pchilik og'ir va kamyob yer metallari bilan birmuncha mustahkam, suvda 
eruvchan kompleks tuz hosil qilishiga asoslangan. 
Preparat ichish va inyeksiya sifatida venaga yuborish uchun tavsiya qilinadi. 
Tetatsin-kalsiyni yorug'lik ta’siridan himoyalagan holda saqlanadi. Og'ir metall 
tuzlari bilan zaharlanishga qarshi modda sifatida trilon B ning o'zi eritma holida ham 
qo'llanadi. 
hamda ksilenol to'q sariq indikatori ishtirokida suyuqlik sariq rangdan qizil binafsha rangga o'tguniga qadar, qo'rg'oshin nitratning 0,05 mol/1 eritmasi bilan titrlanadi. Titrlash jarayonida yuqorida keltirilgan tenglama bo'yicha, qo'rg'oshin nitrat preparat bilan tuz hosil qilishiga sarflanadi va faqat reaksiyaning ekvivalent nuqtasiga yetilgandagina, oxirgi tomchi qo'shilgan titrant indikator bilan kompleks tuz hosil qilib, uning rangini o'zgartiradi: Tetatsin-kalsiyni tibbiyotda yuqorida qayd qilib o‘tilganidek og‘ir va kamyob metall (qo‘rg‘oshin, simob, kobalt, kadmiy, seriy, toriy) va boshqa tuzlar bilan o‘tkir va surunkali zaharlanishiga qarshi modda sifatida qo'llanadi. Bu etilendiaminotetratsetat kislota dinatriyli tuzining (trilon B) u kalsiyga nisbatan ko'pchilik og'ir va kamyob yer metallari bilan birmuncha mustahkam, suvda eruvchan kompleks tuz hosil qilishiga asoslangan. Preparat ichish va inyeksiya sifatida venaga yuborish uchun tavsiya qilinadi. Tetatsin-kalsiyni yorug'lik ta’siridan himoyalagan holda saqlanadi. Og'ir metall tuzlari bilan zaharlanishga qarshi modda sifatida trilon B ning o'zi eritma holida ham qo'llanadi.  
 
Amaliy mashg’ulotni bajarish uchun tavsiyalar: preparat tarkibidagi 
kompleks birikmagan, erkin kalsiy ionini unda ammiak eritmasi ta’sirida kuchsiz 
ishqoriy muhit yaratib, so'ngra ammoniy oksalat yordamida oq loyqa hosil qilishi 
hamda tetatsin-kalsiy tarkibidagi natriyni rangsiz alangani sariq rangga bo'yashi 
bo'yicha aniqlash usullarini o’rganish va daftarga o’z xulosasini qayd qilish. 
 
Amaliy mashg’ulotni bajarish uchun tavsiyalar: preparat tarkibidagi kompleks birikmagan, erkin kalsiy ionini unda ammiak eritmasi ta’sirida kuchsiz ishqoriy muhit yaratib, so'ngra ammoniy oksalat yordamida oq loyqa hosil qilishi hamda tetatsin-kalsiy tarkibidagi natriyni rangsiz alangani sariq rangga bo'yashi bo'yicha aniqlash usullarini o’rganish va daftarga o’z xulosasini qayd qilish.