PROKARIOTLARNING OZIQLANISHI
Reja:
1. Bakteriya hujayrasidagi asosiy kimyoviy birikmalar va elementlar.
2. Kimyoviy elementlarga bo’lgan ehtiyoji.
3. Prokariotlarning uglerod manbaiga qarab guruhlarga bo’linishi.
4. Oziqlanish tiplari. Oziqa moddalarining mikroorganizmlarga o’tishi.
5. Mikroorganizmlarning nafas olishi
Mikroorganizmlarning oziqlanishi butun tanasi orqali osmotik yo’l bilan
amalga oshadi. Osmos bu eritmalarda moddalarning yarim o’tkazgich
membranadan diffuziya bo’lishi. Bunday membranadan moddalar har xil tezlik
bilan o’tadi, ba’zi moddalar jumladan kolloid moddalar o’ta olmaydilar.
Mikroorganizmlarning o’sishi uchun suv juda zarur. Chunki oziqa moddalari suvda
erigan holda bo’lib, ularni bakteriyalar olib, o’z hujayralarini tiklaydi va energiya
oladi. Oziqa muhitlarida, mikroorganizm hujayrasini olishi uchun kerak bo’lgan
hamma elementlar, mikroorganizm o’zlashtiradigan holatda bo’lishi kerak.
Tirik organizmning asosiy xususiyatlaridan biri moddalarning almashinishi.
Bu ikki jarayonni o’z ichiga oladi: birinchisi mikrob hujayrasidagi asosiy qismlarni
sintez qilish uchun tashqi muhitdan kerakli oziq moddalarning mikrob hujayrasiga
kirishi. Ikkinchisi esa mikroblarning hayot faoliyatida paydo bo’lgan moddalarning
tashqi muhitga chiqishi, ya’ni almashinuv jarayoni. Almashinuv (metabolizm)
ikkiga: assimilyatsiya (anabolizm) va dissimilyatsiya (katabolizm) ga bo’linadi. Bu
ikkala jarayon bir-biri bilan tirik hujayrada doim chambarchas bog’liq va
ajralmasdir. Mikroorganizmlarda oziq hazm qiladigan maxsus organ yo’q. Oziqni
ular butun tanasi bilan ikki tomonlama osmotik hodisalar hisobiga iste’mol qiladi.
Natijada ma’lum oziq moddalarning to’xtovsiz ravishda hujayraga o’tishi va
moddalar almashinuvi mahsulotining hujayradan chiqib ketishiga sabab bo’ladi.
Mikroblarning hujayrasi bir sutkada, vazniga ko’ra 20—30 marta ko’p oziqli
moddalarni o’zlashtiradi.
Bakteriyalar biomassasini tsentrifuga yordamida ajratib olib, cho’kma analiz
qilinganda uning 70-85 %i suv, 15-30% ni quruq biomassa tashkil etgan. Agar
bakteriya hujayrasi ko’p zaxira moddalar (lipidlar, polisaxaridlar, polifosfatlar yoki
oltingugurt) tutsa, uning quruq moddasi ham ko’proq bo’ladi.
Bakteriyaning quruq moddasi - bu asosan polimerlar oqsil 50%, hujayra
devori moddalari (10-12%), RNK (10-20%), DNK (3-4%), hamda lipidlar (10%)
dan tashkil topgan. Eng muhim kimyoviy elementlardan: uglerod - 50%, kislorod -
20%, azot - 14%, vodorod - 8%, fosfor - 3%, oltingugurt - 1%, kaliy - 1%, magniy
- 0.5% va temir - 0.2%.
Kimyoviy elementlarga bo’lgan extiyoj
. Hujayrani qurish uchun zarur
elementlar makro- va mikroelementlarga bo’linadi. Makroelementlarga hamma
organizmlarda uchraydigan 10 ta element - uglerod, kislorod, vodorod, azot,
oltingugurt, fosfor, kaliy, kaltsiy, magniy, temir kiradi. Mikroelementlarga:
marganets, rux, molibden, mis, kobalt, nikel, vannadiy, bor, xlor, natriy, selen,
kremniy, volfram va boshqa elementlar kirib, qaysiki ularga hamma organizmlar
muhtoj.
Uglerod manbai. Fotosintez yoki anorganik moddalarning oksidlanishidan
energiya oladigan organizmlar, asosiy uglerod manbai sifatida ko’pincha CO2
ishlatish qobiliyatiga ega. C-avtotrof organizmlar CO2 ni qaytaradi. Qolgan
organizmlar esa uglerodni organik moddalardan oladi. Organik moddalar ham
energiya, ham uglerod manbai bo’lib xizmat qiladi. Tabiatda polisaxaridlardan
tsellyuloza va kraxmal ko’p . Bu moddalarning struktura elementi bo’lgan
glyukozani ko’p mikroorganizmlar ishlatadi. Umuman mikroorganizmlar boshqa
organik birikmalarni ham o’zlashtirish qobiliyatiga egadir.
Qo’shimcha moddalar (kiritmalar). Mikroorganizmlarning o’sishi uchun
o’sish moddalari ham zarur. Bunday o’sish faktorlari 3 guruh birikmalar -
aminokislotalar, purinlar, pirimidinlar va vitaminlardir. O’sish faktorlariga muhtoj
organizmlarni auksotrof organizmlar deyiladi. O’sish faktorlariga muhtoj
bo’lmaganlari esa prototrof organizmlar deyiladi.
Uglerod manbaiga qarab ( kontrastruktiv metabolizm uchun) prokariotlar
ikki guruhga bo’linadi: avtotroflar hujayraning barcha komponentlarini karbonat
angidriddan sintez qiluvchilar va geterotroflar - konstruktiv metabolizm uchun
uglerod manbai sifatida organik birikmalarni ishlatuvchilar. “Avtotrofiya” grekcha
autos - o’zim, tropos - ovqat degan ma’noni anglatib, mustaqil ovqatlanish degan
ma’noni bildiradi, «geterotrofiya» so’zi grekcha heteros - boshqa va tropos - ovqat,
ovqatlanish degan ma’noni anglatadi. Mikroorganizmlar ichida obligat hujayrada
parazitlik qilib yashovchi geterotroflari ham bor, ularga rikketsiylarni misol qilib
keltirish mumkin. Yana bir xil geterotrof ovqatlanuvchilari bo’lib, ularni fakultativ
parazitlar deyiladi. Ular sun’iy oziqa muhitida o’sadi. Oziqa muhitga go’sht
gidrolizati, qon yoki uning zardobi, vitaminlar to’plami, nuklein kislota va ho
kazolarni solish zarur.
Geterotroflardan yana bir guruhi saprofit mikroorganizmlar bo’lib, ular
boshqa organizmlarga muhtoj bo’lmasa ham, tayyor organik moddalarni talab
etadi. «Saprofit» so’zi grekcha sapros-chirigan, fiton - o’simlik degan ma’noni
anglatadi.
Suv havzalarida organik moddalarning tuban kontsentratsiyasi sharoitida
yashaydigan oligotrof bakteriyalar ham mavjud.
Oziqlanish tiplari. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlarni oziqlanish tipiga
qarab klassifikatsiyalaganda, e’tibor ularning energiya va uglerod manbalarini
o’zlashtirishiga qaratiladi.
1. Fotolitotrofiya - bu tipda ovqatlanuvchi mikroorganizmlar yorug’lik
energiyasini ishlatib CO2, H2O dan foydalanib hujayra moddalarini sintezlaydi. Bu
guruhga tsianobakteriyalar va qirmizi oltingugurt bakteriyalari misol bo’la oladi.
2. Fotoorganogeterotrofiya - bu tipda ovqatlanuvchi bakteriyalar
fotosintezdan tashqari, oddiy organik moddalarni ishlatishi mumkin. Bu guruhga
qirmizi nooltingugurt bakteriyalari kiradi.
3. Xemolitoavtotrofiya - bu tipda ovqatlanuvchi mikroorganizmlar
energiyani anorganik birikmalarning (N2, NN4, NO2, Fe2, N2C, C, CO3
2, C2O3
2Ї,
CO), oksidlanishidan oladi. Bu jarayon xemosintez deyiladi. Xemolitoavtotroflar
hujayrani komponentlarini sintez qilishi uchun uglerodni CO2 dan oladi. Temir va
nitrifikator bakteriyalar xemosintezini 1887-1990 yillarda S. N. Vinogradskiy kashf
etgan.
2NH3 + 3O2 2HNO2 + 2H2O + 658 kJ
2HNO2 + O2 2HNO3 + 180 kJ
4FeSO3 + O3 + 6H2O 4Fe(OH)3 + 4CO2 + 167 kJ
2N2 + O2
2N2O + 575 kJ
4. Xemoorganogeterotrofiya - bu tipda ovqatlanuvchi mikroorganizmlar
kerakli energiya va uglerodni organik moddalardan oladi. Misol qilib, tuproq va
boshqa substratlardagi aerob va anaerob mikroorganizmlarni ko’rsatish mumkin.
Bularga saprofit, parazit mikroorganizmlar kiradi.
Mikroorganizmlarda miksotrof ovqatlanish tipi ham uchraydi. Bu tipda
ovqatlanadigan mikroorganizmlar bir vaqtning o’zida ham organik modda ham
mineral birikmalarni oksidlaydi yoki ular uchun uglerod manbai bo’lib, karbonat
angidrid va organik moddalar xizmat qiladi.
Tabiatda keng tarqalgan mikroorganizmlardan yana bir guruhi metiltroflar
bo’lib, ular o’sish uchun kerak energiya va uglerodni bir uglerodli moddalardan
( metan, metanol, formiat, metilamin) oladi. Ular boshqacha C1-o’zlashtiruvchi
formalar (shakllar) yoki metiltroflar deyiladi.
Mikroorganizmlar tomonidan karbonat angidridning o’zlashtirilishi.
Avtotrof mikroorganizmlar o’stirilganda, ularni CO2 bilan ta’minlash uchun
oziqa muhitiga natriy bikarbonat qo’shiladi va shu orqali yopiq idishdagi havoda
CO2 mavjudligi ta’minlanadi. Karbonat angidridni puflab kirgizsa ham bo’ladi.
Geterotrof, o’sishiga organik manba talab qiluvchi mikroorganizmlarga ham
CO2 zarur. qonda, to’qima yoki ichaklarda parazitlik qilib yashaydigan ko’pgina
mikroorganizmlar karbonat angidridning ancha yuqori kontsentratsiyasiga
moslashgan. Shuning uchun bunday bakteriyalar karbonat angidrid bilan boyitilgan
(10% hajm) muhitda o’stiriladi.
Mikroorganizmlar o’zlashtiradigan azotli va boshqa organik va mineral
birikmalar. Eng qulay azot manbai ammoniy tuzlaridir. Ba’zi prokariotlar
molekulyar azotini qaytarish xususiyatiga ega, boshqalari azotni
aminokislotalardan oladi.
Oltingugurt hujayrada sulfogidril guruhlar sifatida uchraydi. Ko’pgina
mikroorganizmlar oltingugurtni sulfatlardan qaytarib oladi. Ba’zilari esa vodorod
sulfid yoki tsisteinni oltingugurt manbai sifatida ishlatiladi.
Fosfor. Nuklein kislotalar, fosfolipidlar, kofermentlar tarkibiga kiradi. ATF,
ADF tirik organizmlar tomonidan energiyani akkumulyatsiya qilishda ishlatiladi.
Fosforsiz mikroorganizmlar rivojlanmaydi. Fosforning eng yaxshi manbai
ortofosfor kislotasining tuzlaridir.
Kaliy hujayraning uglevod olmashinuvida katta rol o’ynaydi.
Magniy
qirmizi va yashil bakteriyalardagi
bakterioxlorofilli,
tsianobakteriylar xlorofillari tarkibiga kiradi. Undan tashqari, ko’pgina
fermentlarning aktivatori bo’lib ham xizmat qiladi. Kaliy va magniy
elementlarining manbalari sifatida, ularning tuzlari xizmat qiladi.
Kaltsiy
azotobakter, klostridium kabi azot
o’zlashtiruvchi
mikroorganizmlarning azot o’zlashtirishda muhim rol o’ynaydi. Uning manbai
kaltsiyning suvda eriydigan tuzlaridir.
elementi almashtirib bo’lmaydigan elementlar qatoriga kiradi. Chunki u
fermentlarning kofermentlari qismida (gemin), tsitoxromlar va hokazolarda
uchraydi. Uning manbai temirning oltingugurtli tuzlaridir.
Mikroelementlar mikroorganizmlar tanasida kam bo’lsa ham, zarur
elementlar dan hisoblanib, idora funksiyasini bajaruvchi oqsil va boshqa moddalar
tarkibiga kiradi.
Oziqa moddalarning mikroorganizm hujayrasiga o’tishi.
Suvda erigan oziqa moddalari bakteriya hujayrasiga har xil usullar
yordamida kiradi. Hujayraga ularning o’tishida hujayra devori bar’erlik vazifasini
bajarsa, Sitoplazmatik membrana aktiv tanlovchi rolini o’ynaydi. Moddalar
hujayraga passiv diffuziya orqali, kontsentratsiyalar farqi (noelektrik moddalar
bo’lsa) yoki elektr potentsiallari farqi bo’yicha (sitoplazmatik membrananing ikki
tomonida elektr potentsiallar farqi) mavjud bo’lsa o’tadi. Moddalar transporti
osonlashgan diffuziya orqali, kontsentratsiyalar farqi mavjud sharoitda energiya
sarflanmay ham yuz berishi mumkin. Yana ikkinchi tipi aktiv transport, moddalar
hujayra ishiga kontsentratsiya gradientga qarshi yo’nalishda ham kiradi. Unga ATF
sarflanadi. Bu mexanizm moddalarning muhitdagi kontsentratsiyasi kam bo’lganda
ishlatiladi. Bakteriya hujayrasida permeaza molekulalari bo’lib, ular hujayraga
moddalarni olib kirishda xizmat qiladi. Birgina esherixiya koli tayoqchasida 8000
tacha permeaza mavjud. Qand moddalarining hujayraga o’tishida, avvalo ular
hujayra tashqarisida ferment yordamida fosforlanadi, so’ngra sitoplazmaga o’tadi.
Oziq muhitlar
1 Oziq muhit deb, tarkibida oddiy va murakkab birikmalar tutgan, shu
birikmalarda bakteriyalar laboratoriya sharoitida ko’paytirib olishga aytiladi.
Oziq muhitlar bakteriya uchun quyidagi talablarga javob berish kerak:
1. Bakteriyalarni ko’payishi uchun zarur moddalar o’tishi kerak va yengil
hazm bo’lishi kerak
2. Oziq muhitlar ma’lum ph ga va izotonik holatga ega bo’lishi kerak va yana
tiniq bo’lishi kerak.
3. Oziq muhitlar bakteriologik laboratoriyalarda sterilizatsiya qilinganda o’z
xolatlarini o’zgartirmasligi kerak.
Olinishiga qarab:
1) Tabiiy oziq muhitlar
2) Sun’iy oziq muhitlar - bularga agar-agar, jelatina, pepton.
Xolatiga qarab:
1) qattiq
2) suyuq
3) yarim suyuq
Ishlatilishiga qarab:
1) Asosiy yoki universal oziq muhitlar. Masalan, neytral agar, go’sht-pepton
agar va bulon. Ko’p mikroorganizmlar shu muhitda o’sadi
2) elektiv muhitlar. Bu muhitlar mikroorganizmlarni ko’payishiga bog’liq.
Elektiv muhitlarga: 1% peptonli suv kiradi
(vabo vibrioni uchun), Safro qo’shilgan muhitlar - safroil bulon va Rapokort
muhit (qorin tifi uchun), stafilokokk uchun sut va tuxum sarig’i qo’shilgan tuzli
agar.