PROTSESSUAL MAJBURLOV CHORALARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

14

File size

Fayl hajmi

25,0 KB


KURS ISHI
PROTSESSUAL MAJBURLOV CHORALARI
Reja.
Kirish.
1.Asosiy qism:
1.1.Protsssual majburlov choralari tushunchasi va turlari.
1.2. Protsessual majburlov choralarining qo‘llanilishi tartibi.
1.3. Prosessual majburlov choralari xorij tajribasida.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Logotip
KURS ISHI PROTSESSUAL MAJBURLOV CHORALARI Reja. Kirish. 1.Asosiy qism: 1.1.Protsssual majburlov choralari tushunchasi va turlari. 1.2. Protsessual majburlov choralarining qo‘llanilishi tartibi. 1.3. Prosessual majburlov choralari xorij tajribasida. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Kirish.
Sud-huquq tizimining samaradorligi va adolat tamoyillarining ta'minlanishi
uchun  protsessual  normalarga  rioya  qilish  katta  ahamiyatga  ega.  Protsessual
majburlov choralari – bu sud va tergov jarayonida tartib-intizomni saqlash, jarayon
ishtirokchilarining protsessual majburiyatlarini bajarishini ta’minlashga qaratilgan
muhim huquqiy vositalardan biridir. Ushbu choralarning qo‘llanilishi sud ishlarini
adolatli, tezkor va qonuniy ko‘rib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Protsessual  majburlov  choralari  nafaqat  sud  jarayonining  ichki  tartibini
ta’minlashga  xizmat  qiladi,  balki  jamiyatda  qonunga  bo‘ysunish  madaniyatini
shakllantirishda ham  o‘z o‘rniga ega. Ushbu  mavzuni  yoritishda  choralarning
mohiyati,  turlari  va  ularning  qo‘llanilish  asoslari  tahlil  qilinadi,  shuningdek,
ularning davlatlar uchun ijtimoiy va huquqiy ahamiyati yoritiladi. Shu orqali sud
tizimida  ushbu  mexanizmlarning  o‘rni  va  ahamiyatini  tushunish  imkoniyati
kengayadi.
Protsessual majburlov choralarining kiritilishi zarurligi.

Fuqarolik  protsessual  huquqiy  institutlarni  yagona,  tizimli,  alohida
ifodalanishini ta’minlash.

Ishda ishtirok qiluvchi shaxslarning protsessual tartibga og‘ishmay rioya
qilishini ta’minlash.

Sud protsessining o‘z vaqtida va samarali olib borilishini ta’minlash.

Protsessual muddat (vaqt)ni tejash.

Protsessual majburiyat va intizomni mustahkamlash.
Logotip
Kirish. Sud-huquq tizimining samaradorligi va adolat tamoyillarining ta'minlanishi uchun protsessual normalarga rioya qilish katta ahamiyatga ega. Protsessual majburlov choralari – bu sud va tergov jarayonida tartib-intizomni saqlash, jarayon ishtirokchilarining protsessual majburiyatlarini bajarishini ta’minlashga qaratilgan muhim huquqiy vositalardan biridir. Ushbu choralarning qo‘llanilishi sud ishlarini adolatli, tezkor va qonuniy ko‘rib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Protsessual majburlov choralari nafaqat sud jarayonining ichki tartibini ta’minlashga xizmat qiladi, balki jamiyatda qonunga bo‘ysunish madaniyatini shakllantirishda ham o‘z o‘rniga ega. Ushbu mavzuni yoritishda choralarning mohiyati, turlari va ularning qo‘llanilish asoslari tahlil qilinadi, shuningdek, ularning davlatlar uchun ijtimoiy va huquqiy ahamiyati yoritiladi. Shu orqali sud tizimida ushbu mexanizmlarning o‘rni va ahamiyatini tushunish imkoniyati kengayadi. Protsessual majburlov choralarining kiritilishi zarurligi.  Fuqarolik protsessual huquqiy institutlarni yagona, tizimli, alohida ifodalanishini ta’minlash.  Ishda ishtirok qiluvchi shaxslarning protsessual tartibga og‘ishmay rioya qilishini ta’minlash.  Sud protsessining o‘z vaqtida va samarali olib borilishini ta’minlash.  Protsessual muddat (vaqt)ni tejash.  Protsessual majburiyat va intizomni mustahkamlash.
ASOSIY QISM. 1.1. PROTSESSUAL MAJBURLOV CHORALARI
TUSHUNCHASI VA TURLARI.
Protsessual majburlov choralari - bu sud ishini ko‘rib chiqish va hal qilishda
ishtirok etuvchilarning belgilangan protsessual tartibga rioya qilishlarini ta’minlash
maqsadida  qo‘llaniladigan  davlat  majburlov  choralaridir.  Bu  choralar  odatda
jinoyat, fuqarolik, ma’muriy yoki boshqa sud jarayonlarida tartibni saqlash va
adolatni ta’minlash uchun qo‘llaniladi.
Protsessual majburlov choralarining asosiy maqsadlari:
1. Protsess ishtirokchilarining qonunga bo‘ysunishini ta’minlash.
2. Sud jarayonining samarali va to‘g‘ri amalga oshirilishini kafolatlash.
3. Ishning o‘z vaqtida va adolatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash.
4. Sud ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.
Majburlov choralari qo‘llanilishining huquqiy asosi:
Majburlov  choralari  milliy  qonunchilikda,  xususan,  O‘zbekiston
Respublikasi  Jinoyat-protsessual  kodeksi,  Fuqarolik-protsessual  kodeksi  va
Ma’muriy kodeksida belgilangan. Bu choralar sud yoki tergov organlari tomonidan
qonuniy  asosda,  adolat  va  proporsionallik  tamoyillariga  rioya  qilgan  holda
qo‘llaniladi.  Protsessual  majburlov  choralari  odil  sudlovni  ta’minlash  vositasi
bo‘lib, ularning qo‘llanilishi faqat qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Huquqshunos,  professor  Z.N. Esanova  protsessual  majburlov choralarini
mulkiy  xarakterdagi  majburlov  choralari  va  nomulkiy  xarakterdagi  majburlov
choralari  va  majburiy  xarakterdagi  majburlov  choralariga  ajratdi.  Protsessual
kodeksida nazarda tutilgan hollarda majburlash, ogohlantirish, sud majlisi zalidan
chiqarib yuborishni joriy etish. Professor D.Yu. Habibullayevning taʼkidlashicha,
majburlov chorasi sifatida ekspert yoki mutaxassislarga nisbatan sud tomonidan
jarima solinishi  mumkin, masalan, ekspert sud majlisiga asossiz deb topilgan
sabablarga koʻra hozir boʻlmasa, sud jarima solishga haqli. E.V. Chuklovaning
ta’kidlashicha, fuqarolik protsessual javobgarligi ma’no jihatidan ijobiy va salbiy
shakllarga bo'linishi mumkin. Yuqoridagi mualliflarning fikrlarini inkor etmagan
holda,  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  protsessual  majburlov  choralari  sud
Logotip
ASOSIY QISM. 1.1. PROTSESSUAL MAJBURLOV CHORALARI TUSHUNCHASI VA TURLARI. Protsessual majburlov choralari - bu sud ishini ko‘rib chiqish va hal qilishda ishtirok etuvchilarning belgilangan protsessual tartibga rioya qilishlarini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladigan davlat majburlov choralaridir. Bu choralar odatda jinoyat, fuqarolik, ma’muriy yoki boshqa sud jarayonlarida tartibni saqlash va adolatni ta’minlash uchun qo‘llaniladi. Protsessual majburlov choralarining asosiy maqsadlari: 1. Protsess ishtirokchilarining qonunga bo‘ysunishini ta’minlash. 2. Sud jarayonining samarali va to‘g‘ri amalga oshirilishini kafolatlash. 3. Ishning o‘z vaqtida va adolatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash. 4. Sud ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish. Majburlov choralari qo‘llanilishining huquqiy asosi: Majburlov choralari milliy qonunchilikda, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi, Fuqarolik-protsessual kodeksi va Ma’muriy kodeksida belgilangan. Bu choralar sud yoki tergov organlari tomonidan qonuniy asosda, adolat va proporsionallik tamoyillariga rioya qilgan holda qo‘llaniladi. Protsessual majburlov choralari odil sudlovni ta’minlash vositasi bo‘lib, ularning qo‘llanilishi faqat qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Huquqshunos, professor Z.N. Esanova protsessual majburlov choralarini mulkiy xarakterdagi majburlov choralari va nomulkiy xarakterdagi majburlov choralari va majburiy xarakterdagi majburlov choralariga ajratdi. Protsessual kodeksida nazarda tutilgan hollarda majburlash, ogohlantirish, sud majlisi zalidan chiqarib yuborishni joriy etish. Professor D.Yu. Habibullayevning taʼkidlashicha, majburlov chorasi sifatida ekspert yoki mutaxassislarga nisbatan sud tomonidan jarima solinishi mumkin, masalan, ekspert sud majlisiga asossiz deb topilgan sabablarga koʻra hozir boʻlmasa, sud jarima solishga haqli. E.V. Chuklovaning ta’kidlashicha, fuqarolik protsessual javobgarligi ma’no jihatidan ijobiy va salbiy shakllarga bo'linishi mumkin. Yuqoridagi mualliflarning fikrlarini inkor etmagan holda, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan protsessual majburlov choralari sud
muhokamasida  intizomni  mustahkamlashga  xizmat  qiladi  va  ayrim  hollarda
FPKning  14-moddasida  nazarda  tutilgan  sub’ektlarga  nisbatan  intizomiy
javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. Shaxsga nisbatan protsessual majburlov
choralarining qo‘llanilishi uni Fuqarolik Protsessual Kodeksda yoki sud tomonidan
belgilangan tegishli majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.
O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  protsessual  kodeksining  yangi
tahrirdagi “Protsessual majburlov choralari” 14-bobi kiritildi. Ushbu Kodeksda
quyidagi protsessual majburlov choralari belgilangan:

majburiy keltirish;

ogohlantirish;

sud majlisi zalidan chiqarish;

sud jarimasi.
Protsessual  majburlov  choralari  O‘zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik
protsessual  kodeksiga  yangi  tahrirda  kiritilgan  muhim  yangiliklardan  biridir.
Ushbu qoidalar 2018-yilda qabul qilingan yangi Fuqarolik protsessual kodeksiga
alohida bob sifatida qo‘shilgan. Mazkur kodeks 2018-yil 1-apreldan kuchga kirgan
bo‘lib,  protsessual  majburlov  choralari  bo‘yicha  amaliyotni  tartibga  soluvchi
qoidalarni bir tizimga keltirish, ularni qo‘llash shartlari va asoslarini belgilash
maqsad qilingan. Bu choralarning joriy etilishi sud muhokamasi samaradorligini
oshirish va ishtirokchilar orasida tartib-intizomni ta’minlashga xizmat qiladi.
1.2. PROTSESSUAL MAJBURLOV CHORALARINING
QO‘LLANILISHI TARTIBI.
Majburiy  keltirish. 
Agar  Fuqarolik  Protsessual  Kodeksning  sud
muhokamasida  ishtirok  etishi  shart  bo‘lgan  yoki  sudga  kelishi  FPKodeksda
nazarda  tutilgan  hollarda  sud  tomonidan  shart  deb  topilgan,  tegishli  tarzda
xabardor qilingan shaxs sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasa yoxud kelmaganligi
sabablarini  ma’lum  qilmasa,  sud  tomonidan  unga  nisbatan  majburiy  keltirish
to‘g‘risida ajrim chiqarilishi mumkin. Mazkur ajrimning ijrosi hududiy ichki ishlar
organining zimmasiga yuklatiladi. Majburiy keltirish bilan bog‘liq xarajatlarni
Logotip
muhokamasida intizomni mustahkamlashga xizmat qiladi va ayrim hollarda FPKning 14-moddasida nazarda tutilgan sub’ektlarga nisbatan intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi. Shaxsga nisbatan protsessual majburlov choralarining qo‘llanilishi uni Fuqarolik Protsessual Kodeksda yoki sud tomonidan belgilangan tegishli majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining yangi tahrirdagi “Protsessual majburlov choralari” 14-bobi kiritildi. Ushbu Kodeksda quyidagi protsessual majburlov choralari belgilangan:  majburiy keltirish;  ogohlantirish;  sud majlisi zalidan chiqarish;  sud jarimasi. Protsessual majburlov choralari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga yangi tahrirda kiritilgan muhim yangiliklardan biridir. Ushbu qoidalar 2018-yilda qabul qilingan yangi Fuqarolik protsessual kodeksiga alohida bob sifatida qo‘shilgan. Mazkur kodeks 2018-yil 1-apreldan kuchga kirgan bo‘lib, protsessual majburlov choralari bo‘yicha amaliyotni tartibga soluvchi qoidalarni bir tizimga keltirish, ularni qo‘llash shartlari va asoslarini belgilash maqsad qilingan. Bu choralarning joriy etilishi sud muhokamasi samaradorligini oshirish va ishtirokchilar orasida tartib-intizomni ta’minlashga xizmat qiladi. 1.2. PROTSESSUAL MAJBURLOV CHORALARINING QO‘LLANILISHI TARTIBI. Majburiy keltirish. Agar Fuqarolik Protsessual Kodeksning sud muhokamasida ishtirok etishi shart bo‘lgan yoki sudga kelishi FPKodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan shart deb topilgan, tegishli tarzda xabardor qilingan shaxs sudga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasa yoxud kelmaganligi sabablarini ma’lum qilmasa, sud tomonidan unga nisbatan majburiy keltirish to‘g‘risida ajrim chiqarilishi mumkin. Mazkur ajrimning ijrosi hududiy ichki ishlar organining zimmasiga yuklatiladi. Majburiy keltirish bilan bog‘liq xarajatlarni
undirish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hududiy ichki ishlar organining
tegishli arizasiga asosan amalga oshiriladi.
Majburiy keltirish voyaga yetmaganlarga, homilador ayollarga, kasalligi,
yoshi yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra sud majlisiga kela olmaydigan shaxslarga
nisbatan qo‘llanilmaydi. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi sud ajrimidaaxs majburiy
keltirilishi lozim bo‘lgan sana, vaqt va joy, shuningdek majburiy keltirish qaysi
hududiy  ichki  ishlar  organiga  topshirilganligi  ko‘rsatiladi.  Majburiy  keltirish
to‘g‘risidagi sud ajrimi darhol ijro etilishi lozim va ish yuritiladigan joydagi yoki
majburiy keltirilishi kerak bo‘lgan shaxsning yashash joyi, turgan joyi (joylashgan
yeri), ish, xizmat yoxud o‘qish joyidagi hududiy ichki ishlar organiga ijro uchun
yuboriladi. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan shikoyat berilishi
(protest keltirilishi) uning ijrosini to‘xtatmaydi. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi
qaror (ajrim) kelib tushgan kunning o‘zida ichki ishlar organining kotibiyatida
yuritilgan maxsus jurnalda ro‘yxatga olinishi va ichki ishlar organi boshlig‘i, u
bo‘lmaganda uning vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxs tomonidan ijro etish
uchun profilaktika (katta) inspektori yoki jinoyat qidiruv xodimiga topshirilishi va
ijrosi nazorat qilinishi lozim. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim)ning
ijrosini ta’minlash maqsadida boshqa tuman yoki viloyatga borib kelish zarurati
tug‘ilganda  biriktirilgan  hududni  tashlab  ketish  lozim  boigan  holatlarda
profilaktika (katta) inspektorlariga qaror (ajrim)ni ijro etish uchun topshirilishi
qafiyan taqiqlanadi. Ichki ishlar organi xodimi majburiy keltirilishi lozim boigan
shaxsni majburiy keltirish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan vaqtda va joyga olib
boorish choralarini ko‘rishi shart. Ichki ishlar organi xodimi majburiy keltirish
to‘g‘risidagi qaror (ajrim)ni ijro etishda shaxsning huquq va qonuniy manfaatlariga
amal  qilishi,  uning  sha’ni  va  qadr-qimmatini  hurmat  qilishi  hamda  majburiy
keltirilayotgan  shaxsga  uning  huquq  va  majburiyatlarini  tushuntirishi  shart.
Shaxsni  majburiy keltirish soat  06.00 dan 22.00 gacha boigan vaqt  oraligida
amalga oshiriladi. Majburiy keltirilishi lozim boigan shaxs topilgan taqdirda ichki
ishlar  organi  xodimi  unga  majburiy  keltirish  to‘g‘risidagi  qaror  (ajrim)ni
tanishtirib,  tilxat  olishi  va  mazkur  qaror  (ajrim)ni  chiqargan  surishtiruvchi,
Logotip
undirish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hududiy ichki ishlar organining tegishli arizasiga asosan amalga oshiriladi. Majburiy keltirish voyaga yetmaganlarga, homilador ayollarga, kasalligi, yoshi yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra sud majlisiga kela olmaydigan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi sud ajrimidaaxs majburiy keltirilishi lozim bo‘lgan sana, vaqt va joy, shuningdek majburiy keltirish qaysi hududiy ichki ishlar organiga topshirilganligi ko‘rsatiladi. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi sud ajrimi darhol ijro etilishi lozim va ish yuritiladigan joydagi yoki majburiy keltirilishi kerak bo‘lgan shaxsning yashash joyi, turgan joyi (joylashgan yeri), ish, xizmat yoxud o‘qish joyidagi hududiy ichki ishlar organiga ijro uchun yuboriladi. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning ijrosini to‘xtatmaydi. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) kelib tushgan kunning o‘zida ichki ishlar organining kotibiyatida yuritilgan maxsus jurnalda ro‘yxatga olinishi va ichki ishlar organi boshlig‘i, u bo‘lmaganda uning vazifasini vaqtincha bajaruvchi shaxs tomonidan ijro etish uchun profilaktika (katta) inspektori yoki jinoyat qidiruv xodimiga topshirilishi va ijrosi nazorat qilinishi lozim. Majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim)ning ijrosini ta’minlash maqsadida boshqa tuman yoki viloyatga borib kelish zarurati tug‘ilganda biriktirilgan hududni tashlab ketish lozim boigan holatlarda profilaktika (katta) inspektorlariga qaror (ajrim)ni ijro etish uchun topshirilishi qafiyan taqiqlanadi. Ichki ishlar organi xodimi majburiy keltirilishi lozim boigan shaxsni majburiy keltirish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan vaqtda va joyga olib boorish choralarini ko‘rishi shart. Ichki ishlar organi xodimi majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim)ni ijro etishda shaxsning huquq va qonuniy manfaatlariga amal qilishi, uning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi hamda majburiy keltirilayotgan shaxsga uning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi shart. Shaxsni majburiy keltirish soat 06.00 dan 22.00 gacha boigan vaqt oraligida amalga oshiriladi. Majburiy keltirilishi lozim boigan shaxs topilgan taqdirda ichki ishlar organi xodimi unga majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim)ni tanishtirib, tilxat olishi va mazkur qaror (ajrim)ni chiqargan surishtiruvchi,
tergovchi, prokuror yoki sudga olib kelishi shart. Bunda qaror (ajrim)ga shaxs
topilgan vaqt va joy, uni olib kelib topshirilgan vaqt, shuningdek, uning majburiy
keltirilishi bilan bogiiq ariza, shikoyat va iltimoslar haqidagi maiumotnoma ilova
qilinishi  lozim.  Majburiy  keltirilishi  lozim  boigan  shaxs  o‘qisa  yoki  ishlasa,
majburiy  keltirish  to‘g‘risidagi  qaror  (ajrim)  uning  o‘qish  yoki  ish  joyidagi
ma’muriyatga malum qilinadi va ijrosini ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatishi
yuzasidan ko‘rsatma beriladi.
Ogohlantirish.  Ishni  muhokama  qilish  vaqtida  tartibni  buzgan  shaxsni
raislik qiluvchi sud nomidan ogohlantiradi. Nomulkiy xarakterdagi protsessual
choralar sifatida ogohlantirish va sud majlisi zalidan chiqarib yuborishni keltirish
mumkin. Ogohlantirish protsessual harakatlar (protsessual tartib) buzilgan hollarda
alohida  yoki  ketma-ket  qo'llaniladigan  nomulkiy  xarakterdagi  protsessual
majburlov chorasi sanaladi. Ishni muhokama qilish vaqtida tartibni buzgan shaxsni
raislik qiluvchi sud nomidan ogohlantiradi. Garchi u og‘zaki e'lon qilinsada, yozma
yoziladi va sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi. Prokuror yoki advokat raislik
qiluvchining farmoyishlariga bo‘ysunmagan taqdirda ular ogohlantiriladi. Mazkur
shaxslar raislik qiluvchining farmoyishlariga yana bo‘ysunmasa, agar ularni ishga
zarar yetkazmagan holda boshqa shaxs bilan almashtirishning imkoni bo'lmasa,
ishni ko‘rish sudning ajrimiga binoan keying qoldirilishi mumkin. Sud bir vaqtning
o‘zida xususiy ajrim chiqaradi, ushbu ajrim tegishincha yuqori turuvchi prokurorga
yoki  O‘zbekiston  Respublikasi  Advokatlar  palatasining  hududiy  boshqarmasi
huzuridagi malaka komissiyasiga yuboriladi.
Sud majlisidan chiqarib yuborish. Sud majlisida taraf yoki uchinchi shaxs
tartibni buzgan taqdirda, sud tartibbuzarni ishni ko‘rishning hamma vaqtiga yoxud
uning bir qismiga majlis zalidan chiqarib yuboradi. Vaqtincha chiqarib yuborilgan
shaxs sud majlisi zaliga qaytadan qo‘yilganda raislik qiluvchi uni zalda yo‘q
bo‘lganda amalga oshirilgan protsessual harakatlar bilan tanishtiradi. Sud majlisida
har  ikki  taraf  yoki  uchinchi  shaxslar  tartibni  buzgan  taqdirda,  sud  ishning
muhokamasini  keyinga  qoldirishi  mumkin.  Ishda  ishtirok  etayotgan  shaxslar,
guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar tartibni takroran buzgan taqdirda
Logotip
tergovchi, prokuror yoki sudga olib kelishi shart. Bunda qaror (ajrim)ga shaxs topilgan vaqt va joy, uni olib kelib topshirilgan vaqt, shuningdek, uning majburiy keltirilishi bilan bogiiq ariza, shikoyat va iltimoslar haqidagi maiumotnoma ilova qilinishi lozim. Majburiy keltirilishi lozim boigan shaxs o‘qisa yoki ishlasa, majburiy keltirish to‘g‘risidagi qaror (ajrim) uning o‘qish yoki ish joyidagi ma’muriyatga malum qilinadi va ijrosini ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatishi yuzasidan ko‘rsatma beriladi. Ogohlantirish. Ishni muhokama qilish vaqtida tartibni buzgan shaxsni raislik qiluvchi sud nomidan ogohlantiradi. Nomulkiy xarakterdagi protsessual choralar sifatida ogohlantirish va sud majlisi zalidan chiqarib yuborishni keltirish mumkin. Ogohlantirish protsessual harakatlar (protsessual tartib) buzilgan hollarda alohida yoki ketma-ket qo'llaniladigan nomulkiy xarakterdagi protsessual majburlov chorasi sanaladi. Ishni muhokama qilish vaqtida tartibni buzgan shaxsni raislik qiluvchi sud nomidan ogohlantiradi. Garchi u og‘zaki e'lon qilinsada, yozma yoziladi va sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi. Prokuror yoki advokat raislik qiluvchining farmoyishlariga bo‘ysunmagan taqdirda ular ogohlantiriladi. Mazkur shaxslar raislik qiluvchining farmoyishlariga yana bo‘ysunmasa, agar ularni ishga zarar yetkazmagan holda boshqa shaxs bilan almashtirishning imkoni bo'lmasa, ishni ko‘rish sudning ajrimiga binoan keying qoldirilishi mumkin. Sud bir vaqtning o‘zida xususiy ajrim chiqaradi, ushbu ajrim tegishincha yuqori turuvchi prokurorga yoki O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga yuboriladi. Sud majlisidan chiqarib yuborish. Sud majlisida taraf yoki uchinchi shaxs tartibni buzgan taqdirda, sud tartibbuzarni ishni ko‘rishning hamma vaqtiga yoxud uning bir qismiga majlis zalidan chiqarib yuboradi. Vaqtincha chiqarib yuborilgan shaxs sud majlisi zaliga qaytadan qo‘yilganda raislik qiluvchi uni zalda yo‘q bo‘lganda amalga oshirilgan protsessual harakatlar bilan tanishtiradi. Sud majlisida har ikki taraf yoki uchinchi shaxslar tartibni buzgan taqdirda, sud ishning muhokamasini keyinga qoldirishi mumkin. Ishda ishtirok etayotgan shaxslar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar tartibni takroran buzgan taqdirda
sudning  ajrimiga  binoan,  ishni  ko‘rishda  hozir  bo‘lgan  fuqarolar  esa  raislik
qiluvchining farmoyishi bilan sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi mumkin.
Fuqarolar ommaviy tarzda tartibni buzgan taqdirda sud ish muhokamasini keyinga
qoldirishi mumkin.
Sud  majlisida  taraf  yoki  uchinchi  shaxs  tartibni  buzgan  taqdirda,  sud
tartibbuzarni ishni ko‘rishning hamma vaqtiga yoxud uning bir qismiga majlis
zalidan chiqarib yuboradi. Vaqtincha chiqarib yuborilgan shaxs sud majlisi zaliga
qaytadan qo‘yilganda raislik qiluvchi uni zalda yo‘q boiganda amalga oshirilgan
protsessual harakatlar bilan tanishtiradi. Sud majlisida har ikki taraf yoki uchinchi
shaxslar tartibni buzgan taqdirda, sud ishning muhokamasini keyinga qoldirishi
mumkin.
Sud  majlisi  zalidan  chiqarib  yuborishning  birinchi  holatida  quyidagi
xususiyatlar e’tiborga olinadi:

Subyektlar doirasi (taraf yoki uchinchi shaxs);

Qancha vaqtga (butun majlis davomida yoki muayyan bir qismiga);

Necha marta buzilganligi (birinchi marta);

Qaysi protsessual hujjat bilan rasmiylashtiriladi;

Ish muhokamasi keyinga qoldiriladi (har ikki taraf yoki uchinchi shaxslar
tartibni buzgan taqdirda).
Sud jarimalari. Sud jarimalari Fuqarolik Protsessual Kodeksda nazarda
tutilgan hollarda solinadi. Sud jarimasini solish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, uning
ko‘chirma nusxasi  jarima solingan  shaxsga  darhol  yuboriladi. Sud tomonidan
solinadigan  sud  jarimasining  miqdori  bazaviy  hisoblash  miqdorining  besh
baravaridan oshmasligi kerak. Sud jarimalari davlat daromadiga undiriladi.
Mansabdor  shaxslarga  sud  tomonidan  solingan  sud  jarimalari  ularning
shaxsiy mablag‘laridan undiriladi. Jarima solingan shaxs jarima solgan suddan
jarimadan  ozod  qilishni  yoki  uning  miqdorini  kamaytirishni  sud  ajrimining
ko‘chirma nusxasini olganidan keyin besh kun ichida iltimos qilishi mumkin. Bu
ariza jarima solingan shaxsni xabardor qilgan holda sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Biroq uning sudga kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Logotip
sudning ajrimiga binoan, ishni ko‘rishda hozir bo‘lgan fuqarolar esa raislik qiluvchining farmoyishi bilan sud majlisi zalidan chiqarib yuborilishi mumkin. Fuqarolar ommaviy tarzda tartibni buzgan taqdirda sud ish muhokamasini keyinga qoldirishi mumkin. Sud majlisida taraf yoki uchinchi shaxs tartibni buzgan taqdirda, sud tartibbuzarni ishni ko‘rishning hamma vaqtiga yoxud uning bir qismiga majlis zalidan chiqarib yuboradi. Vaqtincha chiqarib yuborilgan shaxs sud majlisi zaliga qaytadan qo‘yilganda raislik qiluvchi uni zalda yo‘q boiganda amalga oshirilgan protsessual harakatlar bilan tanishtiradi. Sud majlisida har ikki taraf yoki uchinchi shaxslar tartibni buzgan taqdirda, sud ishning muhokamasini keyinga qoldirishi mumkin. Sud majlisi zalidan chiqarib yuborishning birinchi holatida quyidagi xususiyatlar e’tiborga olinadi:  Subyektlar doirasi (taraf yoki uchinchi shaxs);  Qancha vaqtga (butun majlis davomida yoki muayyan bir qismiga);  Necha marta buzilganligi (birinchi marta);  Qaysi protsessual hujjat bilan rasmiylashtiriladi;  Ish muhokamasi keyinga qoldiriladi (har ikki taraf yoki uchinchi shaxslar tartibni buzgan taqdirda). Sud jarimalari. Sud jarimalari Fuqarolik Protsessual Kodeksda nazarda tutilgan hollarda solinadi. Sud jarimasini solish to‘g‘risida ajrim chiqariladi, uning ko‘chirma nusxasi jarima solingan shaxsga darhol yuboriladi. Sud tomonidan solinadigan sud jarimasining miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oshmasligi kerak. Sud jarimalari davlat daromadiga undiriladi. Mansabdor shaxslarga sud tomonidan solingan sud jarimalari ularning shaxsiy mablag‘laridan undiriladi. Jarima solingan shaxs jarima solgan suddan jarimadan ozod qilishni yoki uning miqdorini kamaytirishni sud ajrimining ko‘chirma nusxasini olganidan keyin besh kun ichida iltimos qilishi mumkin. Bu ariza jarima solingan shaxsni xabardor qilgan holda sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Biroq uning sudga kelmaganligi arizani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Sudning jarima solish, jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirishni
rad etish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Sud jarimasi nafaqat ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, balki sud majlisi
ishtirokchisi bo‘lmagan, ammo sud topshirig‘i (sudning talabi)ga ko‘ra tegishli
majburiyatlami  (masalan,  dalillarni  taqdim  qilish  majburiyatiga  ega  boigan
fuqarolar yoki mansabdor shaxslarga ham) bajarishi lozim boigan shaxslarga ham
qo‘llaniladi.
Sud jarimalari solishning o‘ziga xos jihatlari:

Jarima faqat sud tomonidan va sudyaning ajrimi asosida solinadi

Jarima faqat Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan hollardagina
solinadi

Jarimaning miqdori protsessual qonunchilikda cheklangan, jumladan (eng
kam ish haqi) BHM ning 5 baravaridan oshmasligi kerak

Protsessual  majburiyat  yuklangan  shaxslargagina  va  ular  belgilangan
majburiyatlami bajarmaganda qo‘llaniladi

Jarima solish haqidagi ajrim ustidan xususiyat shikoyat yoki xususiy protest
keltirilishi mumkin
Jarimaga  oid  ajrimlarni  jarima  solish,  jarimadan  ozod  qilish,  jarima
miqdorini kamaytirish, jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirishni
rad etish to‘g‘risidagi ajrimlar sifatida tasniflash o‘rinli.
Ma’muriy javobgarlikka tortish. Sud majlisida tartibni buzgan yoki sudga
boshqacha  tarzda  hurmatsizlik  bildirgan  shaxs  sud  tomonidan  ma’muriy
javobgarlikka  tortilishi  mumkin. Sudga hurmatsizlik guvohning, da’vogarning,
javobgarning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning sudga kelishdan qasddan
bo‘yin tovlashida yoki ushbu shaxslar va boshqa fuqarolarning raislik qiluvchining
farmoyishiga  bo‘ysunmasligida  yoxud  sud  majlisi  vaqtida  tartibni  buzishida
namoyon bo‘ladi.
Sudga hurmatsizlik ko‘rsatilganligi fakti aniqlanganligi to‘g‘risida ushbu
huquqbuzarlik  sodir  etilgan  sud  majlisining  o‘zida  alohida  xonaga
(maslahatxonaga) kirmasdan sudya (sud tarkibi) tomonidan huquqbuzarga darhol
Logotip
Sudning jarima solish, jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Sud jarimasi nafaqat ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, balki sud majlisi ishtirokchisi bo‘lmagan, ammo sud topshirig‘i (sudning talabi)ga ko‘ra tegishli majburiyatlami (masalan, dalillarni taqdim qilish majburiyatiga ega boigan fuqarolar yoki mansabdor shaxslarga ham) bajarishi lozim boigan shaxslarga ham qo‘llaniladi. Sud jarimalari solishning o‘ziga xos jihatlari:  Jarima faqat sud tomonidan va sudyaning ajrimi asosida solinadi  Jarima faqat Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan hollardagina solinadi  Jarimaning miqdori protsessual qonunchilikda cheklangan, jumladan (eng kam ish haqi) BHM ning 5 baravaridan oshmasligi kerak  Protsessual majburiyat yuklangan shaxslargagina va ular belgilangan majburiyatlami bajarmaganda qo‘llaniladi  Jarima solish haqidagi ajrim ustidan xususiyat shikoyat yoki xususiy protest keltirilishi mumkin Jarimaga oid ajrimlarni jarima solish, jarimadan ozod qilish, jarima miqdorini kamaytirish, jarimadan ozod qilish yoki uning miqdorini kamaytirishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimlar sifatida tasniflash o‘rinli. Ma’muriy javobgarlikka tortish. Sud majlisida tartibni buzgan yoki sudga boshqacha tarzda hurmatsizlik bildirgan shaxs sud tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Sudga hurmatsizlik guvohning, da’vogarning, javobgarning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning sudga kelishdan qasddan bo‘yin tovlashida yoki ushbu shaxslar va boshqa fuqarolarning raislik qiluvchining farmoyishiga bo‘ysunmasligida yoxud sud majlisi vaqtida tartibni buzishida namoyon bo‘ladi. Sudga hurmatsizlik ko‘rsatilganligi fakti aniqlanganligi to‘g‘risida ushbu huquqbuzarlik sodir etilgan sud majlisining o‘zida alohida xonaga (maslahatxonaga) kirmasdan sudya (sud tarkibi) tomonidan huquqbuzarga darhol
e’lon  qilinadi.  Mazkur  fakt  sud  majlisi  bayonnomasida  qayd  etiladi.  Bunda
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmaydi. Sudga hurmatsizlik
ko‘rsatilganligi fakti aniqlangan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi boshqa
shaxslar o‘z tushuntirishlarini berishga haqli. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi
qaror raislik qiluvchi tomonidan ish bo‘yicha sud majlisi tugagandan keyin alohida
xonada (maslahatxonada) tuzilib, sudya (sud tarkibi) tomonidan imzolanadi.
Agar  sudga  hurmatsizlik  sud  majlisida  ko‘rsatilgan  va  huquqbuzar  sud
majlisi  zalini  tark etgan  bo‘lsa,  sudga  hurmatsizlik  sud  majlisidan  tashqarida
ko‘rsatilgan bo‘lsa, shuningdek sud majlisiga kelishdan bosh tortganlik aniqlansa,
huquqbuzarlik  to‘g‘risidagi  bayonnoma  sudyaning  yordamchisi  (katta
yordamchisi) yoki sud raisining yoxud sud majlisida raislik qiluvchining og‘zaki
farmoyishiga  asosan  boshqa  sud  xodimi  tomonidan  tuziladi  va  bu  haqda
huquqbuzarlik  to‘g‘risidagi  bayonnomada  ko‘rsatiladi.  (Bunday  hollarda
huquqbuzarlik  to‘g‘risidagi  bayonnoma  ushbu  sud  tomonidan  O‘zbekiston
Respublikasining  Ma’muriy  javobgarlik  to‘g‘risidagi  kodeksida  belgilangan
tartibda ko‘rib chiqiladi).
1.3. PROTSESSUAL MAJBURLOV CHORALARI XORIJ
TAJRIBASIDA.
Ta’kidlash  joizki,  amaldagi  qonunchiligimizda  protsessual  majburlov
choralari  faqat  O‘zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  protsessual  kodeksi  bilan
tartibga solinadi va yuqoridagi majburlov choralari bilan cheklanadi. Zamonaviy
talablarga rioya etilmagani, majburlov choralarining yaxshi tizimi ishlab chiqilgani
natijasida sud muhokamasi ishtirokchilari sud muhokamasida ishtirok etmaslik,
sud  jarayonlari  cho‘zilib  ketishi,  majburlov  choralari  samarasiz  bo‘layotgan
holatlar ham uchrab turibdi. Xorijiy mamlakatlar tajribasida, xususan, Germaniya
davlatining majburlov choralari tizimi samarali tashkil etilgan. Germaniyaning
Fuqarolik protsessual kodeksiga muvofiq fuqarolik protsessida quyidagi majburlov
choralari belgilanadi:
1. Xarajatlarni qoplash
2. Ma'muriy jarima
Logotip
e’lon qilinadi. Mazkur fakt sud majlisi bayonnomasida qayd etiladi. Bunda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzilmaydi. Sudga hurmatsizlik ko‘rsatilganligi fakti aniqlangan shaxs, shuningdek ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar o‘z tushuntirishlarini berishga haqli. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qaror raislik qiluvchi tomonidan ish bo‘yicha sud majlisi tugagandan keyin alohida xonada (maslahatxonada) tuzilib, sudya (sud tarkibi) tomonidan imzolanadi. Agar sudga hurmatsizlik sud majlisida ko‘rsatilgan va huquqbuzar sud majlisi zalini tark etgan bo‘lsa, sudga hurmatsizlik sud majlisidan tashqarida ko‘rsatilgan bo‘lsa, shuningdek sud majlisiga kelishdan bosh tortganlik aniqlansa, huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) yoki sud raisining yoxud sud majlisida raislik qiluvchining og‘zaki farmoyishiga asosan boshqa sud xodimi tomonidan tuziladi va bu haqda huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomada ko‘rsatiladi. (Bunday hollarda huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma ushbu sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi). 1.3. PROTSESSUAL MAJBURLOV CHORALARI XORIJ TAJRIBASIDA. Ta’kidlash joizki, amaldagi qonunchiligimizda protsessual majburlov choralari faqat O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi bilan tartibga solinadi va yuqoridagi majburlov choralari bilan cheklanadi. Zamonaviy talablarga rioya etilmagani, majburlov choralarining yaxshi tizimi ishlab chiqilgani natijasida sud muhokamasi ishtirokchilari sud muhokamasida ishtirok etmaslik, sud jarayonlari cho‘zilib ketishi, majburlov choralari samarasiz bo‘layotgan holatlar ham uchrab turibdi. Xorijiy mamlakatlar tajribasida, xususan, Germaniya davlatining majburlov choralari tizimi samarali tashkil etilgan. Germaniyaning Fuqarolik protsessual kodeksiga muvofiq fuqarolik protsessida quyidagi majburlov choralari belgilanadi: 1. Xarajatlarni qoplash 2. Ma'muriy jarima