PSIXIKA VA ONG (Psixika haqida tushuncha, Ong taraqqiyoti va ongsizlik. (Z.Reyd, E.Erikson nazariyalari), Endokrin tizimning inson organizmi va xulq-atvoridagi ahamiyati)
Yuklangan vaqt
2024-04-11
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
23
Faytl hajmi
53,2 KB
PSIXIKA VA ONG
Reja:
1.Psixika haqida tushuncha
2.Ong taraqqiyoti va ongsizlik. (Z.Reyd, E.Erikson nazariyalari)
3. Xulq-atvorning psixofiziolgik asosi
4. Endokrin tizimning inson organizmi va xulq-atvoridagi ahamiyati.
Tayanch so’z va iboralar
Instinkt- U yoki bu biologik turga xos, tug’ma biologik shartlangan xulq-atvor.
Ong- Ong inson tomonidan voqelikni aks ettirishning yuksak darajasi
Ongsizlik.- bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig’ indisiki, unda inson
o’z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi.
Shartsiz reflekslar – organizmning muhim hayotiy ta’sirlovchi omillar (ozuqa,
xavf va shunga o’xshashlar)ga nisbatan tug’ ma reaksiyasi.
Shartli reflekslar – bu organizmning shunday reksiyalaridirki, ular tug’ ma
bo’lmasdan, hayotiy sharoitlarda orttiriladi.
2.Ong taraqqiyoti va ongsizlik.
Ong inson tomonidan voqelikni aks ettirishning yuksak darajasi bo’lib
hisoblanadi. Inson ongining birlamchi psixologik xossasi o’zini bilish sub’ekti
sifatida his etish, mavjud va tasavvurdagi voqelikni xayolan tasvirlash layoqati,
shaxsiy psixik va hulq-atvor holatlarini nazorat qilish, ularni boshqara olish,
atrofdagi reallikni tasavvurlar shaklida ko’rish va idrok qilish layoqati kabilarni o’z
ichiga oladi. O’zini bilish sub’ekti sifatida his etish insonning olamni o’rganish va
bilishga, ya’ni, olam haqida u yoki bu darajada aniq bilimlarni egallashga tayyor va
layoqatli, bu olamdan bo’lak qilingan mavjudot sifatida anglashini bildiradi.
Ongsizlik (uyqu, gipnoz, kasallik va sh.o’.) holatlarida bunday layoqat yo’qoladi.
Xayolan tasavvur qilish va voqelikni tasvirlash – ongning ikkinchi muhim
psixologik xossasi. U, ong kabi yaxlitligicha, iroda bilan uzviy bog’langan. Odatda,
tasavvurlarni ongli boshqarish va tasavvur qilish haqida ularning inson iroda kuchi
yordamida yuzaga kelgan va o’zgarishlarga uchragan holatlarda so’z yuritiladi.
Ushbu holatda inson ixtiyoriy, ya’ni, ongli ravishda atrofni idrok qilishdan, taalluqli
bo’lmagan xayollardan chalg’igan holda, o’z diqqatini qandaydir g’oya, tasavvur,
xotira va shu kabilarda jamlab, o’z tasavvurida ushbu damda bevosita
ko’rolmaganlarini aks ettiradi va rivojlantiradi.
Ong uzviy ravishda nutq bilan bog’langan bo’lib, o’zining yuksak shakllarida
usiz mavjud bo’la olmaydi. Ongli aks ettirish sezgilar va idrokdan, tasavvurlar va
xotiradan farqli o’laroq, qator o’ziga xos xossalari bilan ajralib turadi. Ulardan biri
– tasavvur etilayotganlarning anglanganligi, ya’ni, ularning so’z-tushunchaviy
ma’nodorligi, inson madaniyati bilan bog’liq holda ma’lum mohiyatga ega ekanligi.
Ongning keyingi xossasi ongda jism, voqea va hodisalarning faqat asosiy tub
mohiyatga ega bo’lganlarining aks ettirishidir.
Inson ongining to’rtinchi xossasi – bu uning kommunikatsiyaga, ya’ni, ma’lum
odamning o’zi bilgan ma’lumotlarni til va boshqa belgi tizimlari yordamida
boshqalarga yetkaza olish layoqati. Insonlar bir-biri bilan turli axborotlar bilan
almashinuv jarayonida asosiy xabarni ajratib oladilar. SHu tarzda abstraktlashtirish,
ya’ni, ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlarni ikkinchi darajalilaridan ayirib olish
sodir bo’ladi.
Inson tabiat muhitiga oddiy holatda moslashibgina qolmasdan, ongli ravishda
mehnat qurollari yasagan holda, uni o’ziga bo’ysundirishga intiladi. Shu asnoda
inson turmush tarzi ham o’zgarib boradi. Atrofdagi tabiatni o’zgartirish maqsadida
mehnat qurollari yasash qobiliyati ongli ravishda mehnat qilish layoqati
mavjudligini bildiradi. Mehnat – insonni yashash sharoitlari bilan ta’minlash,
shuningdek, moddiy va ma’naviy boylik yaratish maqsadida tabiatga ta’sir
ko’rsatishni amalga oshirishdan iborat bo’lgan, faqat inson uchun xos maxsus
faoliyat turi. Shunday qilib, mehnat faoliyati inson ongining ahamiyatga molik
bo’lgan xossasidir.
Inson ongi quyidagi muhim va ahamiyatli bo’lgan o’ziga xos xususiyatlarga
ega:
1. Inson o’z hulq-atvoriga tegishli bo’lgan irsiy va tajribada orttirilgan shakllari
bilan bir qatorda, so’z orqali yetkaziladigan, insoniyat tajribasi ko’rinishidagi atrof-
olamda o’z yo’nalishini belgilab olishning yangi vositasi – bilimlarga ega.
2. Inson ongi voqelikning ahamiyatli tomonlarini, qonuniyatga ega bo’lgan
aloqalarini aks ettiradi. Ong – bu insonning olamga uning ob’ektiv qonuniyatlari
haqidagi bilimlarga ega bo’lgan holdagi munosabati. Bu munosabat hayotiy
muammolarni sinov va xatolar metodi yordamida emas, balki, atrofdagi muhitning
turli tomonlari o’rtasida aniq, qonuniyatli aloqalarni o’rnatish asosida hal etish
imkonini beradi.
3. Ong faoliyat maqsadining anglanganligi, kelajakda sodir bo’ladigan
hodisalarni tushunchalar orqali modellashtirish, umuminsoniy tushunchalar,
bilimlar tizimida harakatlarining natijalarini oldindan sezish kabi xususiyatlarga ega.
Inson oldindan ko’ra oladi,o’z harakatlaridan kutilayotgan natijalarni rejalashtiradi,
ularga erishishning muvofiq usul va vositalarini tanlaydi.
4. Shaxs ongi ijtimoiy ong bilan belgilanadi. Ijtimoiy ongning to’rt xil shakli
mavjud:
Fan – ilmiy bilimlar, tasavvurlar, kontseptsiyalar va dunyoqarashlar
yo’nalishlari tizimi;
Ijtimoiy ongning jamiyat qonunlari sohasi – ma’lum jamiyatning ahloqiy,
g’oyaviy, siyosiy va huquqiy qadriyatlar va qoidalar tizimi;
San’at – voqelikni tasviriy vositalar orqali ma’naviy-amaliy o’zlashtirishning
maxsus turi, inson turmush tarzining turli tomonlarini tasviriy modellashtirish;
Din, e’tiqod – o’zida yuksak sifatlarni mujassamlashtirgan g’ayritabiiy
kuchlarga ishonish, e’tiqodli odamlarning ruhiy tayanchi.
Ijtimoiy ongning barcha shakllari birgalikda g’oyaviylikni – insonlarning
voqelikka va bir-birlariga bo’lgan munosabatni, jamiyat hayotiy faoliyatini
boshqaruvchi tub negizli qadriyatlar, asosiy g’oyalar tizimini shakllantiradi.
5. Ong o’zlikni anglash, shaxsiy refleks bilan bog’liq. Inson o’z atrofidagi
olamni anglashda o’zini u bilan taqqoslaydi.
O’zlikni anglash – bu insonning olamga nisbatan ahamiyatga molik hamda
zarur, shuningdek, shaxsiy munosabatlar tizimi.
Ong inson psixikasining xossasi sifatida bidominantlik – shaxs ichki
kommunikatsiyasi, insonning o’zi bilan bo’lgan muloqoti mexanizmi orqali amalga
oshiriladidi. Va bu shaxsning ichki dialogi ijtimoiy mezonlar bilan belgilanadi.
Voqeiy hodisalar ong orqali intentsional (lot.dan intentio – intilish) – har
taraflama tanlagan holda inson amaliyotida tutgan o’rniga bog’liq ravishda aks
ettiriladi. Ong tafakkurga nisbatan kengroqdir. U o’zida psixik faoliyatning barcha
shakllari: olamni hissiy aks ettirish, ilmiy bilish, psixik o’zini boshqarishning hissiy-
iroda sohasining jamlangan, tashqi olamning birlashtirilgan, yaxlitlangan aksidir.
Shunday qilib, ong – psixik taraqqiyotning yuksak darajasi bo’lib, ob’ektiv
reallikka nisbatan faqat insonga xos bo’lgan odamlar ijtimoiy-tarixiy faoliyatining
umumiy shakllari vositasidagi ob’ektiv reallikka bo’lgan munosabatdan iborat.
Amaliy nuqtai nazar bo’yicha ong sub’ekt ichki olamining bevosita ko’z
oldidagi sezgi va aqliy obrazlarining uzluksiz o’zgaruvchi yig’indisi sifatida
namoyon bo’ladi. Ong qator protsessual va mazmundor xususiyatlarga ega. U
faollik, ya’ni, individning voqelik bilan hayotiy muhim aloqalarini ta’minlovchi
dinamika, intentsionallik – jismga yo’nalganlik; ko’p tomonlama mustaqillilik –
insonning asosan ichki o’lchov va modellarga yo’nalishi; refleksivlik – nomutanosib
aks ettirishdan himoyalash, o’zini baholash layoqati; yaqqolik va tashkil
etilganlikning turli darajalari bilan xarakterlanadi.
Ong muayyan tuzilishga ega bo’lib, unga: birinchidan, atrof-olam haqidagi
bilimlar yig’indisi; sub’ekt va ob’ektni, ya’ni, insonning «men»i va «men emas»iga
tegishli bo’lganlarni aniq farqlash; insonning maqsadga muvofiq faoliyati;
muayyan munosabat tarkibi – «mening o’z muhitimga munosabatim mening
ongimdir».
Mazmuniga ko’ra, odamlar ongi ijtimoiy-tarixiy sharoitlar ta’siri ostida bo’ladi.
Ongning barcha tarkibiy qismlari antropogenez jarayonida shakllanib, ijtimoiy-
madaniy xususiyatga ega bo’ladi.
Inson ongining paydo bo’lishi va rivojlanishining asosiy sharti bo’lib
odamlarning hamkorlikdagi samarali nutq vositasidagi qurolli faoliyati
hisoblanadi. Bu faoliyat odamlarning muloqoti va o’zaro ta’siri, ishning
taqsimlanishini talab etadi. U hamkorlikdagi faoliyat ishtirokchilari tomonidan
hamkorlik maqsadi sifatida anglanadigan mahsulot yaratishni taqozo etadi.
Individual ong insoniyat tarixi boshlanishida jamoaviy faoliyat jarayonida uni
tashkil etishning zarur sharoiti sifatida yuzaga keldi: axir odamlarga u yoki bu
faoliyat bilan shug’ullanishlari uchun ularning har biri hamkorlikdagi faoliyat
maqsadini aniq tasavvur qilishlari lozim. Bu maqsad aniqlanib, so’z bilan
ifodalanishi kerak. Avval jamoa ongi, undan so’ng individual ong paydo bo’ladi,
bunday ketma-ketlikdagi rivojlanish faqat ong filogenezi uchun emas, balki ong
ontogenezi uchun ham xarakterlidir. Bolaning individual ongi jamoa ongi asosida
va uning mavjudligi sharoitida uni o’zlashtirish yo’li orqali shakllanadi
(interiorizatsiya, ijtimoiylashuv).
Inson ongining rivojlanishida inson faoliyatining ijodiy xarakteri muhim
ahamiyatga ega. Ong inson tomonidan tashqi olamnigina emas, balki, o’zi,
hissiyotlari, obrazlari, tasavvur va sezgilari anglanishini taqozo etadi. Odamlar
obrazlari, fikrlari, tasavvurlari va sezgilari ularning ijodiy mehnatlari mahsulida
mujassamlantiriladi va bu jismlarning keyingi idrok qilinishida, aynan, o’zlarida
yaratuvchilari psixologiyasini gavlantirgan holatda anglanadilar. Shuning uchun
ijod inson o’zining shaxsiy ijod namunalarini idrok qilishi orqali o’zini anglash va
ongini rivojlantirish yo’li va vositasi bo’lib hisoblanadi.
Inson unga tabiatdan berilgan sezgi organlari yordamida olamni undan
uzoqlashgan va undan mustaqil mavjud bo’lgan holda idrok qilishini anglaydi.
Keyinchalik refleksiv qobiliyat, ya’ni, insonning o’zi uchun bilish ob’ektiga
aylanishi va zarurligini anglash hissi paydo bo’ladi. ongning filo-va ontogenezda
rivojlanish ketma-ketligi mana shunday iborat. ong rivojlanishidagi ong
rivojlanishidagi ushbu birinchi yo’nalishni refleksiv yo’nalish sifatida belgilash
mumkin. ikkinchi yo’nalish tafakkur rivojlanishi va fikrning so’z bilan asta-sekin
birlashishi bilan bog’liq. inson tafakkuri borgan sayin rivojlanib, narsalar
mohiyatiga kirib boradi. bu bilan birgalikda orttiriladigan bilimlarni belgilash uchun
qo’llaniladigan til ham rivojlanadi. til so’zi chuqur mohiyat bilan to’ldiriladi, va,
nihoyat, fanlar rivojlana boshlaganida, tushunchalarga aylanadi. so’z-tushuncha ong
birligi, hosil bo’ladigan oqim esa tushunchali yo’nalish bo’lib hisoblanadi.
Har bir yangi tarixiy davr uning zamondoshlari ongida o’ziga xos tarzda aks
etadi, va odamlar mavjudligining tarixiy sharoitlari o’zgarishi bilan ularning ongi
ham o’zgaradi. Uning rivojlanish filogenezini tarixiy rakursda tasavvur qilish
mumkin. Lekin xuddi shuning o’zi inson ontogenezining rivojlanishi davomida
inson ongiga nisbatan ham haqqoniydir, individ insonlar tomonidan yaratilgan
san’at, madaniyat asarlari orqali ungacha yashab o’tgan xalqlarning psixologiyasiga
kirib boradi. Ong rivojlanishidagi bu yo’nalish tarixiy yo’nalish sifatida belgilanadi.
Tarixning hozirgi davrida insonlar ongi rivojlanishda davom etmoqda, bu
rivojlanish ilmiy, madaniy va texnikaviy taraqqiyotning yuqori tezlanishi yordamida
jadallik bilan bormoqda.
Insoniyat ongi rivojlanishining keyingi asosiy yo’nalishi insonning o’zi va
atrof-olamdagi anglanuvchilar sohasining kengayishi bo’lib hisoblanadi. Bu o’z
navbatida madaniy-ahloqiy inqilobga o’sib boradigan dunyoviy ijtimoiy-iqtisodiy
inqilob bilan, moddiy va ma’naviy ishlab chiqarish vositalarini takomillashtirish
bilan bog’liq.
Bunday o’tishning birlamchi belgilari hozirdanoq sezilmoqda. Bu – turli
xalqlar va mamlakatlar iqtisodiy farovonligining o’sishi, ular mafkurasi va
siyosatining halqaro va ichki maydonda o’zgarishi, davlatlararo harbiy qarama-
qarshilikning pasayishi, odamlar muloqotida diniy, madaniy va ahloqiy qadriyatlar
ahamiyatining oshishida ko’rinadi. Shu bilan birga insonning hayot, makro- va
mikrodunyolar tilsimotlariga kirib borishi sodir bo’lmoqda. Fan yutuqlari natijasida
insonni bilish va boshqarish, o’zi va dunyo ustidan hukmronligi sohasi
kengaymoqda, insonning ijodiy imkoniyatlari, shuning, ongi ham oshmoqda.
Psixikaning quyi darajasi ongsizlikdir.
Ongsizlik – bu shunday psixik jarayonlar va hodisalar yig’indisiki, unda inson
o’z xatti-harakatlariga javob bermaydi, anglamaydi. Bunga tush ko’rish, ba’zi
patologik hodisalar, alahlash, gallyutsinatsiya kabilar kiradi.
Onglilikdan farqli o’laroq, ongsizlikda amalga oshirilayotgan harakatlarni
maqsadli nazorat qilish, shuningdek, natijalarini baholash imkoniyati mavjud emas.
Ongsizlik tushunchasi psixologik va falsafiy fikrlarning turli yo’nalish vakillari
tomonidan quyidagi ko’rinishlarda ta’riflanadi:
- axborotni qayta ishlashni bu jarayonni sub’ekt kechinmalari darajasida aks
ettirmagan holda amalga oshiruvchi miya faoliyati sifatida;
- sub’ekt tomonidan anglanmagan kechinmalar sifatida.
Ongsizlikda subyekt voqelikni o’zini boshqa odamlar va hodisalar bilan
tenglashtirgan holda, ob’ektlar o’rtasidagi mantiqiy qarama-qarshiliklar va farqlarni
u yoki bu muayyan belgilar bo’yicha aniqlash orqali emas, balki, bevosta emotsional
his etish, identifikatsiya, emotsional ta’sirlanish, turli hodisalarning aloqadorligi
orqali bir qatorga birlashishi kabi o’xshatish shakllari orqali boshidan kechiradi.
Ongsizlikda ko’pincha o’tmish, hozirgi va kelajak zamon u yoki bu psixik aktga,
masalan, tushda qo’shilgan holda birgalikda mavjud bo’ladi.
Ongsizlik sohasiga: biologik ehtiyojlar (jinsiy mayllar, tabiiy ehtiyojlar,
ozuqaga bo’lgan ehtiyoj va boshqalar); tilaklarni siqib chiqarish (kimningdir
muhabbatini qozonishga behuda urinish, amalga oshmagan orzular, yashirin
hafagarchilik); tushda sodir bo’ladigan psixik hodisalar (tush ko’rish);
sezilmaydigan, lekin real ta’sir ko’rsatadigan seskantiruvchilarga nisbatan javob
reaktsiyalari («subsensor» ta’sirlanishlar); avval anglangan, lekin takrorlanishlar
tufayli avtomatlashgan va shuning uchun anglanmaydigan bo’lib qolgan harakatlar;
maqsadi anglanmagan faoliyatga nisbatan ayrim mayllar va boshqalar kiradi.
Anglanmagan hodisalarga bemor odam psixikasida yuzaga keladigan alahlash,
gallyutsinatsiyalar kabi ayrim patologik hodisalar ham kiradi.
Ongsizlik ko’rinishlari to’rt sinfga ajratiladi:
- ong usti hodisalari;
- shaxsning kelajakdagi tilak mohiyatiga ega bo’lgan faoliyatning anglanmagan
qo’zg’atuvchilari (anglanmaydigan motivlar va ma’noli mayllar). Bu sinfning
gipnotik holatdan chiqqandan so’ng hulq-atvorini tadqiq qilishda aniqlangan edi;
- faoliyat kechishining yo’nalishli va barqaror bo’lishini ta’minlaydigan, uning
bajarilish usullarining anlanmaydigan boshqaruvchilari (operatsional mayllar va
avtomatlashtirilgan hulq-atvor stereotiplari). Ular avtomatlashtirilgan va ixtiyorsiz
harakatlarning boshqarilishi, masalan, masalalar yechish jarayoni asosida yotadi va
anlanmagan tarzda oldindan seziladigan hodisalar va bo’lib o’tgan o’xshash
vaziyatlardagi hulq-atvorning o’tmish tajribasiga tayanadigan harakat usullari
obrazlariga bog’liq bo’ladi;
- quyi sensor idrokning ifodalanishi.
Falsafada birinchi bo’lib ongsizlik haqidagi tasavvurlar subyekt ongida
mavjud bo’lmagan psixik jarayonlar, usullar va holatlar yig’indisi sifatida XVIII
asrda G.V.Leybnits tomonidan ifodalangan edi. XIX asrda ongsizlik psixologik
tadqiqotlarning predmetiga aylandi (I.F.Gerbert, G.T.Fexner, V.Vundt). Uni
o’rganishga XIX asr oxirida psixopatalogiya sohasida bajarilgan Z.Freyd ishlari
turtki berdi. Uning fikriga ko’ra ongda mavjud bo’lmagan ongsizlik psixik mazmun
sifatida unga katta ta’sir ko’rsatadi.
Z.Freyd nazariyasiga binoan inson psixikasida uch soha: ong, ongosti va
ongsizlik mavjud. Ong darajasiga u inson tomonidan anglanadigan va nazorat
qilinadiganlarning barchasini kiritgan. Ong osti sohasiga Freyd yashirin yoki latent
bilimlarni kiritgan edi. Bu insonga tegishli bo’lgan, lekin ayni vaqtda ongda mavjud
bo’lmagan
bilimlardir.
Bilimlar
muayyan
rag’batning
yuzaga
kelishida
dolzarblashtiriladi, masalan, Yer – sayyora. SHunday qilib, ong – bu muztog’ning
ko’zga ko’rinayotgan qismi, uning katta qismi esa inson tomonidan anglangan
nazoratdan yashirilgan.
Ongsizlik sohasi, Freyd bo’yicha, umuman boshqa xossalarga ega. Ulardan biri
bu sohaning mazmuni anglanmasligidan, lekin hulq-atvorimizga katta ta’sir
ko’rsatishidan iborat. Ongsizlik sohasi harakatchandir. Boshqa xossasi ongsizlik
sohasida joylashgan axborotning ongga qiyinchilik bilan o’tishidan iborat. Bu ikki
mexanizm: siqib chiqarish va qarshilik ko’rsatishlarning faoliyati bilan
tushuntiriladi.
Ongsizlik sohasini Z.Freyd, ong bilan kelishmaydigan motivatsion energiya
manbai deb hisoblagan edi. Ijtimoiy sohadagi taqiqlar, Freydga ko’ra, ong
«nazorat»ini hosil qiladi, nevrotik asabiylashishlarda namoyon bo’ladigan ong osti
mayllar energiyasini susaytiradi. Individ nizoli vaziyatlardan xalos bo’lishga intilib,
himoya mexanizmlari – siqib chiqarish, sublimatsiya (o’rin olish), omilkorlik va
regressiyaga murojaat qiladi.
Shunday qilib, insonning psixik faoliyati, uning psixikasi bir-biri bilan o’zaro
bog’liq bo’lgan uch daraja: ongsizlik, ong osti va onglilikda faoliyat ko’rsatadi.
Psixik faoliyatning ongsizlik darajasi tug’ma instinktiv-refleksga asoslangan
faoliyat hisoblanadi; ong osti darajasi – ma’lum individ tajribasidagi hulq-atvorining
umumlashtirilgan, avtomatlashtirilgan bir qolipdagi nusxalari – malakalari,
ko’nikmalari, odatlari, ichki tuyg’ulari.
Tush ko’rish, affekt, vahima, gipnoz, ishonch, umid, sevgi, turli ko’rinishdagi
parapsixik hodisalar (bashorat qilish, telepatiya, ekstrasensor hodisalar), fobiyalar,
qo’rquvlar, asabiy xayollar, o’z-o’zidan paydo bo’ladigan xavotirlanish va oldindan
quvonchni sezish – sanab o’tilgan bu hodisalar anglanmaydigan va ong osti
hodisalari hisoblanadi.
Anglanmaganlik mezoni hisob berilmasligi, ixtiyorsizligi, noverballigi
hisoblanadi (so’z bilan ifodalanmaganlik).
Ong egasi bo’lgan inson motivatsiyalangan harakatlarni bajarishga, ko’zlangan
maqsadga erishishga yoki ma’lum vazifani bajarishga qodir, chunki inson o’zining
hulq-atvori yoki holatini anglaydi va nazorat qiladi. SHunday bo’lsa ham, odam
psixikasi uchun ob’ekt tomonidan anglanish darajasiga ko’ra farqlanadigan psixik
jarayonlar va hodisalarning ikki katta guruhi xosdir. Inson ongida kechishi yoki
ifodalanishi qisman aks etuvchi psixik jarayonlar va hodisalar. Bunday jarayonlar
anglanmagan jarayonlar guruhiga taalluqlidir.
Barcha anglanmagan psixik jarayonlar uch bo’limga ajratiladi: ongli
harakatlarning anglanmaydigan mexanizmlari, ongli harakatlarning anglanmagan
qo’zg’atuvchilari va «ong usti» jarayonlari.
O’z navbatida, ongli harakatlarning anglanmaydigan mexanizmlari bo’limi uch
sinfga bo’linadi: anglanmaydigan avtomatizmlar; anglanmaydigan mayl hodisalari;
ongli harakatlarning anglanmaganligi.
Anglanmagan avtomatizmlar deb, odatda, ongsiz ravishda o’z-o’zidan sodir
bo’ladigan harakatlar yoki aktlarga aytiladi. Anglanmaydigan avtomatizmlar sinfiga
kiradigan jarayonlar ikkilangan tabiatga ega. Ba’zi jarayonlar hech qachon
anglanmagan bo’lib, boshqalari esa avval anglangan, so’ngra esa ongda yozilib
qolmaydigan holatga o’tgan. Birlamchi jarayonlar birlamchi avtomatizmlar
guruhini tashkil etadi yoki ba’zida ular avtomatik harakatlar deb ataladi. Ushbu
guruhga tug’ma yoki bola hayotining dastlabki yilida shakllangan harakatlar kiradi.
Ularga: so’rish harakatlari, ko’zlar pirpirashi va konvergensiyasi, jismlarni ushlab
olish, qadam tashlash va boshqalar kiradi.
Anglanmaydigan avtomatizmlar sinfiga kiruvchi hodisalarning ikkinchi guruhi
avtomatlashtirilgan harakatlar yoki ko’nikmalar deb ataladi. Harakatlarning bu
guruhiga avvaldan anglangan holatda bo’lib, keyinchalik esa behisob takrorlashlar
va ular bajarilishining takomillashishi natijasida ong ishtirokini talab etmay
qo’ygan, avtomatik ravishda bajariladigan harakatlar kiradi. Ko’nikmalarning
shakllanish jarayoni bizning barcha malaka, bilim va qobiliyatlarimizning
rivojlanishi asosida yotganligidan har bir individ uchun muhim ahamiyatga ega.
Masalan,
fortepianoda
chalishni
o’rganish.
Barchasi
oddiy
harakatlarni
o’zlashtirishdan boshlanadi. Avvalo to’g’ri o’tirishni, musiqa asbobida qo’llar,
barmoqlarning to’g’ri holatini saqlashni o’rganish zarur. So’ngra har bir barmoq
zarbasi, qo’llarning harakatlari ishlab chiqiladi, sayqallanadi. Xuddi mana shu oddiy
asosda fortepianoda kuy chalish texnikasi elementlari yaratiladi: yosh pianinochi
kuy «olib borishni», akkordlar, stakkato va legato chalishni o’rganishi zarur…
Shunday qilib, oddiy harakatlardan murakkablariga tomon siljish yo’li bilan
harakatlarning anglanmagan darajalaridan o’zlashtirilgan darajalariga o’tkazish
hisobiga inson cholg’uchilik mahoratini egallaydi.
Harakatlarni ongli nazoratdan ozod qilish haqida gapirilganda umumiy
holatdagi ozodlik haqida o’ylash kerak emas, ya’ni, odam nima qilayotganini
anglaydi, faoliyat ustidan nazorat saqlanib qoladi. Gap shundaki, ong maydoni
(maydon – bu vaqtning ma’lum lahzasida anglanadigan ma’lumotlar sohasi) bir
jinsli emas. Ong fokusi, ong osti, shuningdek, ortidan ongsizlik sohasi
boshlanadigan chegarasini ham ajratish mumkin. Biror faoliyatni bajarishda uning
eng murakkab bo’lgan va doimiy nazoratni talab etuvchi harakatlari ongimiz diqqat
markazida bo’ladi. Ishlab chiqilgan yoki oddiy harakatlar ongimizning chetki
sohalariga surib chiqariladi, o’zlashtirilgan yoki egallangan harakatlar esa ongimiz
chegarasidan ongsizlik sohasiga o’tib ketadi. SHunday qilib, inson faoliyatining ong
tomonidan nazorat qilinishi butunlay saqlanib qoladi.
Ong va faoliyatning ayrim tashkil etuvchilarining nisbati barqaror
bo’lmaganligi sababli muntazam emas. Bu holat ongimizning diqqat markazida
joylashgan harakatlar muntazam ravishda o’zgarib turgani uchun sodir bo’ladi.
Inson
tomonidan
bajariladigan
ba’zi
harakatlar
ko’nikmalar
darajasiga
ko’tarilganida ongning chetki, so’ngra esa ongsizlik sohalarigacha surib chiqariladi,
lekin inson ko’plab xatoliklar sodir eta boshlasa, masalan, inson o’zini horg’in va
behol his etganida, qaytadan o’zining oddiy harakatlarini nazorat qila boshlaydi.
SHu kabi hodisani biror faoliyatni bajarishda uzoq davom etgan tanaffusdan so’ng
kuzatish mumkin.
Avtomatizmlar muammosini ko’rib chiqishda quyidagicha savol tug’ilishi
mumkin: tana harakati bilan bog’liq bo’lmagan inson faoliyati va psixik hayotning
boshqa sohalarida ham avtomatizmlar mavjudmi? Ha, mavjud, va ularning
ko’pchiligi bilan siz yaxshi tanishsiz. Masalan, istalgan matn ustidan ko’z
yugirtirgan holda ayrim harflarning ma’nosini anglamasakda, matn mazmunini
darhol idrok etamiz. Bu idrok avtomatizmlari. Avtomatik jarayonlar zehn sohasida
ham mavjud, masalan, algebra, matematikaga doir misol va masalalarni echish.
Endi esa ongli harakatlarning anglanmagan mexanizmlarining ikkinchi sinfini
– anglanmaydigan mayl hodisalarini ko’rib chiqamiz. «Mayl» tushunchasi
psixologiyada juda muhim o’rinni egallaydi, chunki uning ortida turgan hodisalar
inson psixologik hayotining deyarli barcha sohalarini qamrab oladi. Umumjahon
psixologiyasida mayl muammosi juda keng jabhalarda ishlab chiqilgan yaxlit bir
yo’nalish mavjud edi. Ushbu yo’nalish ko’p yillar mobaynida o’quvchilari bilan
tadqiqotlar olib borgan gruzin ruhshunoslar maktabining asoschisi D.N.Uznadze
(1886-1950) tomonidan yaratilgan edi.
D.N.Uznadze fikricha, mayl – bu organizm yoki sub’ektning ma’lum harakatni
bajarishga yoki ma’lum yo’nalishda harakatlanishga tayyorlik holati. Ushbu ta’rifda
bajarilishi lozim bo’lgan harakatga tayyorlik holatiga alohida urg’u beriladi.
Odamning biror seskantiruvchiga javoban harakat tezligi va aniqligi ma’lum
harakatlarni amalga oshirish ko’nikmasiga bog’liq, deb taxmin qilish mumkin,
shuning uchun ko’nikma va mayl bir xil ma’noni anglatadi. Lekin «ko’nikma» va
«mayl» tushunchalari umuman bir-biriga o’xshash emasligini ta’kidlab o’tish zarur.
Agar ko’nikma harakatni amalga oshirish davriga tegishli bo’lsa, mayl bungacha
bo’lgan davrga tegishlidir.
Maylning bir necha turlari mavjud: yugurishga tayyor turgan sportchining
holati – bu motorli mayl. Agar siz qorong’i xonada qo’rquv bilan biror tahdid
bo’lishini kutib o’tirsangiz, ba’zi holatlarda haqiqatdan ham qadam tovushlarini
yoki shubhali shovqinlarni eshita boshlaysiz. Bu perseptiv mayl.
Sizga trigonometrik ramzlar bilan ifodalangan misol berilganida garchi ba’zan
misolni oddiy usul bilan echish mumkin bo’lsada, sizda uni trigonometrik ifodalar
bilan echish mayli paydo bo’ladi. Bu aqliy maylga misol bo’la oladi.
Mayl bajariladigan vazifasiga ko’ra muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lum
harakatni bajarishga tayyorlangan sub’ekt uni tez va aniq, ya’ni, yanada samaraliroq
bajarish imkoniyatini beradi.
Lekin ba’zida mayl mexanizmlari insonni yanglishtirishi mumkin. Bunga
qadimgi xitoy adabiyotidan misol keltirish mumkin: «Bir odamning boltasi yo’qoldi.
U qo’shnining o’g’lidan gumonsirab, uni kuzata boshladi: qarashlari ham, gap-
so’zlari ham bolta o’g’risiga o’xshaydi. Qisqasi, har bir harakati o’g’riligiga ishorat
edi.
Lekin ko’p o’tmay o’sha odam vodiyda er haydab, o’zining boltasini topib
oladi. Ertasiga qo’shnining o’g’liga razm solsaki: na imo ishorasi va na harakati
bilan o’g’riga o’xshamas ekan».
Aynan yanglish harakatlar, idrok qilish yoki baholashlarda o’z ifodasini topgan
«mayl xatoliklari» hammadan avvalroq ruhshunoslarning diqqatini o’ziga qaratdi.
Mayllarning barchasi ham anglanmasligini ta’kidlab o’tish lozim. Ongli
ravishda dahshatli voqea sodir bo’lishini kutib – haqiqatdan ham uni ko’rish
mumkin, ongli ravishda odamni bolta o’g’rilashda gumonsirab – haqiqatda ham uni
«bolta o’g’risi sifatida» ko’rish mumkin.
Lekin aynan anglanmagan maylning ifodalanishi katta qiziqish uyg’otadi.
D.N.Uznadze maktabidagi amaliy va nazariy tadqiqotlar aynan shundan boshlangan.
D.N.Uznadze konsepsiyasining asosiy nuqtasi bo’lib xizmat qilgan tajribalar
quyidagi tarzda o’tkazilgan edi. Sinaluvchi qo’liga berilgan turli hajmdagi ikkita
pufakdan qaysi biri kattaroq ekanligini baholab berishi so’raladi. Kattarog’i chap
qo’lga, kichikrog’i – o’ng qo’lga beriladi deb faraz qilamiz. Sinaluvchi pufaklar
hajmini to’g’ri aniqlab bergach, tajriba yana takrorlanadi: chap qo’lga katta pufak,
o’ngiga – kichik pufak beriladi, va sinaluvchi hajmlarni yana to’g’ri baholaydi.
Sinov shu tariqa o’n besh marta takrorlanadi. Nihoyat, navbatdagi, o’n oltinchi
sinovda sinaluvchi uchun kutilmagan holatda bir xil pufaklar berilib, hajmlarini
taqqoslash so’raladi. Mana shu oxirgi, nazorat sinovida sinaluvchi pufaklarni
baholashda xatolikka yo’l qo’yishi ma’lum bo’ladi: u pufaklarni yana avvalgidek
hajm bo’yicha turlicha idrok qiladi. CHap qo’lga kattaroq pufak berilishining
saqlanib qolgan mayli perseptiv jarayonni aniqlagan yoki yo’naltirib bergan:
sinaluvchilar, odatda, chap qo’llaridagi pufak kichikroq deb baholaydilar. To’g’ri,
ba’zan maylli sinovlardagi kabi, ya’ni, chap qo’ldagi pufak kattaroq degan javoblar
ham bo’ldi. Birinchi xildagi xatoliklar maylning kontrast illyuziyalari, ikkinchi
xildagilari – maylning assimilyativ illyuziyalari deb ataldi.
D.N.Uznadze va uning hamkasblari har bir turga tegishli bo’lgan
illyuziyalarning yuzaga kelishini to’liq o’rganib chiqdilar. Ushbu vaziyatda
maylning haqiqatdan ham anglanmaganligi muhim bo’lib hisoblanadi, buning
tasdig’i sifatida pufaklar hajmini baholash bo’yicha o’tkazilgan tajribalardan birini
keltirish mumkin. Bu tajriba gipnoz yordamida o’tkaziladi. Tajribadan avval
sinaluvchi gipnoz holatiga tushiriladi va shu holatda unga birinchi o’n beshta
topshiriqni bajarish taklif etiladi. So’ngra unga bajargan topshiriqlarni yodidan
chiqarib yuborishi zarurligi uqtirildi. Gipnoz holatidan chiqqandan so’ng sinaluvchi
nima qilganini eslay olmasada, unga tetik holatida pufaklar hajmini baholash taklif
etilganida, hajmlari bir xilda bo’lsa ham, pufaklarning hajmi har xil deya uqtirib,
xatolikka yo’l qo’ydi.
Shunday qilib, anglanmaydigan mayllar haqiqatdan mavjud bo’lib, anglangan
harakatlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
Endi e’tiborimizni anglanmaydigan mexanizmlarning uchinchi sinfi – ongli
harakatlarning anglanmaydigan jarayonlariga qaratamiz. Harakatning anglanmagan
jarayonlari ko’pchilikni tashkil etadi. Masalan, siz musiqa eshitayotgan
tinglovchining kuyga mos ravishda oyog’ini qimirlatganini, yoki qaychini ishlata
turib, jag’ini harakatlantirayotganini kuzatgansiz; qo’lini kesib olgan kimsani
kuzatayotgan odamning yuzida o’ziga sezilmagan holatda ayanchli ifoda namoyon
bo’ladi. Bunday misollarni juda ko’plab keltirish mumkin. Bu hodisalarning
barchasi ongli harakatlarning anglanmagan jarayonlaridir. Bundan kelib chiqadiki,
ongli xarakatlarning anglanmagan jarayonlariga beixtiyoriy harakatlar, quvvat
zo’riqishlari, mimika va pantomimika, shuningdek, inson holati va harakatlarini
kuzatuvchi vegetativ harakatlarning katta sinfini ham kiritish mumkin.
Bunday jarayonlarning ko’pchiligi, ayniqsa, vegetativ tarkibiy qismlar
fiziologiyani o’rganishning asosiy ob’ekti bo’lib xizmat qiladi. Lekin ularning
barchasi psixologiya uchun o’ta muhimdir. Birinchidan, bu anglanmagan jarayonlar
odamlar o’rtasidagi muloqotning qo’shimcha vositalari sifatida o’rganilishi
mumkin. Ba’zi holatlarda bunday vaziyatlar nutqqa faqat hissiyot tusini
bag’ishlabgina qolmay, nutqning o’zini ham o’zgartiradi. Ikkinchidan, ular inson
turli psixologik xususiyatlarining ob’ektiv ko’rsatkichlari sifatida qo’llanilishi
mumkin.
Yuqorida keltirilgan fikrlarga misol sifatida Yu.B.Gippenreyterning “Umumiy
psixologiyaga kirish” kitobidan bir ko’rinishni keltirish mumkin. 1920 yilda
A.R.Luriya tomonidan zamonaviy «yolg’onchilik detektorlari»ni qo’llashda
namoyon bo’ladigan hodisalarga o’xshash noyob hodisalar o’rganiladigan tajribalar
o’tkazilgan. Buning uchun u K.Yungning yashirin affektli majmualarni aniqlash
uchun qo’llagan assotsiatsiya tajribasidan foydalandi, tajribada sinaluvchiga so’zlar
ro’yxati taklif etilib, ularning har biriga miyasiga kelgan birinchi so’z bilan javob
berishi kerak edi. A.R.Luriya ushbu metodikaga o’zgartirish kiritdi, u sinaluvchiga
javob so’zni aytish bilan birga o’ta sezgir o’tkazuvchi – nog’orachaning pnevmatik
membranani bosib qo’yishni taklif etdi. Natijada so’z bilan aytilgan javob motorli
qo’l ta’siri bilan uyg’unlashtirildi, bu esa talaffuz etilgan so’zning o’zini emas, balki
uning qanday talaffuz etilishini ham hisobga olish imkonini berdi. Bu tajriba
odamning tashqi harakatlarni (so’zlar, harakatlar) oson, muskullar harakatini
(qomatni tutish, mimika, yuz ifodalar) qiyinroq nazorat qilishini ko’rsatdi.
Sinaluvchi uchun muhimligi jihatidan turlicha bo’lgan rag’bat sifatida tadqiqotchi
tomonidan talaffuz etilgan so’zlarga nisbatan betaraf tashqi ta’sirning saqlanib
qolishida turlicha motorli ta’sirlar qayd etildi. Bunday metodikani A.R.Luriya
uyg’unlashtirilgan motorli metodika deb atadi. Uning validligi va ishonchli ekanligi
jinoyat sodir etishda ayblanayotganlar tomonidan ham samarali tasdiqlandi.
Zamonaviy texnika shu kabi tajribalarni ong tomonidan nazoratga
bo’ysunmaydigan ob’ektiv indikatorlarni hisobga olgan holda yuksak darajada
o’tkazish imkonini beradi. Bunday indikatorlar sirasiga tomir urishi, nafas olish
tezligi, arterial qon bosim, miyaning elektr faolligi, ko’zning mikroharakatlari,
qorachiqning ta’sirlanishi va boshqalar kiradi. Shunday qilib, kamroq anglanadigan
ta’sirlardan muloqot va axborot o’tkazishda, shuningdek, odamni o’rganishda
ko’proq ma’lumotga ega bo’lishda foydalanish mumkin.
Anglanmagan jarayonlarning keyingi sinfi
– ongli harakatlarning
anglanmagan qo’zg’atuvchilarini ko’rib chiqamiz. Bu sinfga taalluqli bo’lgan
jarayonlarning tadqiqotlari, avvalambor, XX asrning mashhur ruhshunoslaridan biri
Zigmund Freyd nomi bilan bog’liq.
Freyd Vena universitetining tibbiyot fakultetini bitirgandan so’ng bir muncha
vaqt parijlik psixiatr J.Sharko klinikasida faoliyat yuritdi, keyinchalik Venaga
qaytib, amaliyotchi vrach sifatida ishlay boshladi. Nevrozlarni davolash bo’yicha
mutaxassis sifatida Freyd shaxsning nazariy muammolari bilan shug’ullandi,
natijada ruhiy kasalliklarni davolashning o’ziga xos uslubini ishlab chiqdi va uni
psixoanaliz deb atadi. Psixoanalizning keng doiralarda ommalashganiga qaramay,
mutaxassislar hanuzgacha unga nisbatan turlicha munosabat bildiradilar. Buni
Freydning o’zi o’ta ziddiyali odam bo’lganligi bilan tushuntirish mumkin. Bir
tomondan, u faktlarga nisbatan juda e’tiborli bo’lgan, Freydni faktlarning bilimdoni
deyish mumkin. U faktlar bilan juda oqilona va puxtalik bilan ish yuritadi, qiziqarli
tarzda umumlashtiradi, ilg’or nazariy qoidalarni ilgari suradi va ularni faktlar
yordamida qayta isbotlaydi. Ikkinchi tomondan, Freyd matnlarida ko’pgina
asoslanmagan nazariy qoidalar keltiriladi. Freyd bilan yaqindan tanish
bo’lganlarning fikriga ko’ra, uning faktlarga nisbatan bunday munosabatini
o’rganilgan muammolarning shaxsan uning o’ziga xosligi bilan tushuntirish
mumkin. Shu bilan birga, Freyd inson ba’zi harakatlari va ruhiy hodisalarning
anglanmagan sabablarini o’rganishga salmoqli hissa qo’shdi.
Anglanmagan jarayonlarni chuqur o’rganishga gipnozdagi bemor ayolga
o’ziga kelgandan so’ng joyidan turib, qatnashchilardan biriga tegishli bo’lgan
soyabonni olishi kerakligiga ishontirilgan gipnoz seanslaridan birida ishtirok
etganligi Freyd uchun turtki bo’ldi. Bunda ayolga uyg’onishidan avval bunday
ishontirish o’tkazilgani haqida yodidan chiqarishi kerakligi uqtirildi. Gipnozdan
uyg’ongan ayol o’rnidan turib, soyabonni oldi va uni ochdi. Uning nega bunday
qilganligi so’ralganida, soyabonning ishlashini tekshirib ko’rganligini aytdi. Ayolga
soyabonning uniki emasligini eslatganlarida, u uyalib qoldi. Bu tajriba Freydning
diqqatini o’ziga tortdi va unda juda kuchli taassurot qoldirdi. Unda qator noyob
hodisalar:
birinchidan,
amalga
oshiriladigan
harakatlar
sabablarining
anglanmaganligi; ikkinchidan, bu sabablarning ta’sirchanligi: odam topshiriqni
nima uchun bajarayotganligini bilmasdan turib, vazifani bajaradi; uchinchidan, o’z
harakatini tushuntirib beruvchi dalil izlab topish va, nihoyat, ba’zan davomli
so’rovlar usuli yordamida odamni harakatlarining asl sababi haqidagi xotiralarga
yo’naltirish imkoniyati qiziqish uyg’otdi. Bu tasodifga binoan va qator boshqa
faktlarga tayangan holda Z. Freyd o’zining ongsizlik nazariyasini yaratdi.
U o’z nazariyasida ongsizlik ifodalanishining uch asosiy shakli: tush ko’rish,
yanglish harakatlar (narsalar, bajarmoqchi bo’lgan vazifalar, ismlarning xotiradan
ko’tarilishi, jumlalarni aytishda, yozishda xatolikka yo’l qo’yish va boshqalar) va
nevroz belgilarini ajratdi. Psixoanaliz nazariyasida ongsizlik ifodalarini tadqiq qilish
uchun ularni o’rganish metodlari: erkin assotsiatsiyalar metodi va tush ko’rish
tahliliy metodi ishlab chiqildi.
Freyd nevroz belgilariga alohida e’tibor qaratadi. Shifokorlik amaliyotidan bir
misol keltiramiz: yosh bir qiz dunyodan ko’z yumgan opasining tepasiga kelib, bir
daqiqaga pochchasi haqida: «Endi u erkin va menga uylana oladi» deb o’ylab, og’ir
nevrozga chalingan. Bu fikr ushbu vaziyatga umuman mos kelmasligi vajidan o’sha
zahotiyoq siqib chiqarilgan va kasallikka chalingan qiz opasining tepasida bo’lib
o’tgan bu ko’rinishni yodidan chiqarib yuborgan. Lekin davolanish vaqtida u katta
qiyinchilik va hayajon bilan uni esladi, shundan so’ng darddan forig’ bo’ldi.
Z. Freyd tasavvurlariga ko’ra, nevroz belgilari – bu ongsizlik sohasida kuchli
zararlangan o’choq hosil qiluvchi va o’sha erdan turib o’zining emiruvchi vazifasini
amalga oshiradigan siqib chiqarilgan shikastlovchi kechinmalarning izlari. O’choq
ochilishi va zararlantirilishi lozim, shunda nevroz keltirib chiqaruvchi sababdan
mahrum bo’ladi.
Belgilar asosini har doim ham so’ndirilgan jinsiy mayl tashkil etmaydi.
Kundalik hayotda ko’p hollarda jinsiy soha bilan hech qanday bog’liqligi bo’lmagan
noxush kechinmalar yuzaga keladi, va, shunga qaramay, ular sub’ekt tomonidan
so’ndiriladi yoki siqib chiqariladi. Ular, shuningdek, yanglish harakatlarda yuzaga
chiqadigan affektiv o’choqlar hosil qiladi. Z. Freydning «Psixoanalizga kirish.
Ma’ruzalar» asaridan ba’zi parchalarni keltiramiz. Keyingi misol noto’g’ri izohlarga
tegishli. Freyd fikriga ko’ra, noto’g’ri izohlar tasodifan yuzaga kelmaydi: ularda
insonning haqiqiy (yashirilgan) niyatlari va kechinmalari yuzaga chiqadi. Bir kuni
ba’zi bir shaxsiy sabablarga ko’ra yig’ilishning o’tkazilishini xohlamagan majlis
raisi uning ochilishida: «Janoblar, yig’ilishimizni yopiq deb hisoblashga ruxsat
berishingizni so’rayman» deb yuboradi.
Z.Freyd amaliyotidan noto’g’ri harakatga doir yana bir misol keltiramiz. U
yosh amaliyotchi shifokor sifatida bemorlarning uylariga tashrifi chog’ida o’zida
ba’zi bir eshiklarning qo’ng’irog’ini bosish o’rniga kissasidan shaxsiy kalitini olish
odatining paydo bo’lganiga e’tibor berdi. O’z kechinmalarini tahlil qilib, bu
odatning o’zini o’z uyidagidek his etadigan bemorlar uyining eshigi oldida yuzaga
kelishini aniqladi.
Anglanmagan jarayonlarni o’rganishda Freyd tomonidan erkin assotsiatsiyalar
metodi qo’llanilgan edi. Assotsiatsiyali tajribada sinaluvchi yoki bemorga
ko’rsatilgan so’zlarga javoban miyasiga kelgan istalgan so’zni darhol aytishi taklif
etiladi. Va, bundan ma’lum bo’ldiki, bir necha o’nlab urinishlardan so’ng
sinaluvchining javoblarida uning yashirin kechinmalari bilan bog’liq so’zlar paydo
bo’ladi.
Masalan, K.Chapekning «Shifokor Rousning tajribasi» hikoyasida erkin
assotsiatsiyalar metodining qo’llanilishi tasvirlanadi. Shu o’rinda bu hikoyaning
qisqacha mazmunini keltiramiz. Chexiya shaharchalaridan biriga kelib chiqishi chex
bo’lgan amerikalik ruhshunos professor tashrif buyuradi. Uning o’z mahoratini
namoyon qilishi e’lon qilinadi. Shahar aslzodalari, muxbirlar va boshqa shaxslardan
iborat haloyiq to’planadi. Qotillikda ayblanayotgan jinoyatchini olib kirishadi.
Professor unga tiliga kelgan birinchi so’z bilan javob berishni taklif etib, so’zlarni
aytib turadi. Avval jinoyatchi u bilan ish yuritishni umuman istamaydi. Lekin
keyinchalik so’zlar o’yini e’tiborini tortadi va u qiziqib ketadi. Professor avval
umumiy so’zlar: pivo, ko’cha, it kabilarni taklif etadi. Asta-sekin jinoiy vaziyatlar
bilan bog’liq so’zlarni kirita boshlaydi. «Kafe» so’ziga javob – «shoh ko’cha»,
«dog’lar» so’zi berilsa, javob «qop»; «yashirish» so’ziga - javob «ko’mib qo’yish»,
«belkurak» - «o’ra», «o’ra» - «devor» va h.k. Seansdan so’ng professor tavsiyasiga
ko’ra politsiyachilar devor oldidagi bir joyga borib, o’rani ochadilar va yashirib
qo’yilgan jasadni topadilar.
Harakatlarning anglanmagan qo’zg’atuvchilari haqidagi suhbatni yakunlar
ekanmiz,
Freyd
nazariyasi
o’zining
ziddiyatliligiga
qaramay,
insonning
anglanmagan harakatlarining ko’pchilik mexanizmlarini tushunish imkoniyatini
yaratishini ta’kidlab o’tish lozim.
Anglanmagan jarayonlarning uchinchi sinfini «ong usti jarayonlari» tashkil
etadi. Bu darajaga yirik ongli faoliyat natijasida qandaydir yig’indi mahsulotning
hosil bo’lish jarayonlari kiradi. Bu hodisa bilan biz uchun muhim va murakkab
bo’lgan qandaydir muammoni hal etishga uringanimizda to’qnashamiz. Biz uzoq
vaqt turli usullarni ko’rib chiqamiz, mavjud axborotni tahlil qilamiz, lekin hanuz
muammoning aniq yechimini topa olmaganmiz. Shunda birdaniga o’z-o’zidan,
ba’zida kichik bir sababni qo’llagan holda ushbu muammoning yechimiga
erishamiz. Bizga barchasi ayon bo’ladi, bu muammoning asl mohiyatini aniq
tushunamiz va uni qanday hal etishni bilib olamiz. Bu endi qandaydir muammoning
yechimiga oddiy nigoh tashlash emas, aksincha, bu hayotimizni tubdan o’zgartirib
yuborishi mumkin bo’lgan sifat jihatidan yangi qarashdir.
Shunday qilib, nima uchun muammoning bunday yechimida to’xtalganimiz
haqida aniq tasavvur saqlanib qolmagan bo’lsa ham, ongimizga kirganlar haqiqatdan
ham yig’indi mahsulot bo’lib hisoblanadi. Biz faqat ma’lum daqiqada yoki vaqtning
ma’lum
oralig’ida
nimalar
haqida
o’ylaganimiz
yoki
boshimizdan
kechirganlarimizni bilamiz. Muammo yechimini ishlab chiqish jarayonining o’zi esa
bizlar uchun anglanmagan bo’lib qoldi. Kundalik hayotda shunga o’xshash hodisalar
ko’p hollarda ichki sezgi tuyg’usi, ya’ni, ong nazoratidan tashqarida joylashgan
darajada tahlil qilish usuli yordamida qaror qabul qilish deb ataladi.
Nima uchun shunga o’xshash jarayonlarni ongdan tashqarida joylashtirish
lozim? Chunki, ular ongli jarayonlardan o’zlarining ikki xususiyati bilan farq qiladi.
Birinchidan, sub’ekt «ong usti» jarayoni olib kelishi mumkin bo’lgan yakuniy
natijani bilmaydi. Ongli jarayonlar esa xarakat maqsadini, ya’ni, sub’ekt
intilayotgan natijani aniq anglagan holda belgilab beradi. Ikkinchidan, «ong usti»
jarayonning yakun topish vaqti noma’lum; ko’p hollarda u sub’ekt uchun
kutilmagan holatda to’satdan o’z nihoyasiga etadi. Ongli jarayonlar esa maqsadga
yaqinlashish va unga erishilgan lahzani taxminiy baholash ustidan nazoratni belgilab
beradi.
Ongli va ong usti jarayonlari bir-biri bilan muntazam ravishda aloqada bo’ladi.
Masalan, hammaga tanish bo’lgan – sevgi tuyg’usi. Bu insonni sevishingizni bilasiz,
lekin nima uchun uni sevasiz? Boshqa odamni emas, aynan shu odamni sevishga
sizni nima undaydi? Bundan tashqari sizning tanlovingiz tanishlaringiz ichida eng
yaxshisi bo’lmagan taqdirda. Buni faqat biz ong usti jarayonlari deb nomlagan
ma’lum mexanizlarning faoliyati bilan tushuntirish mumkin.
Shuning uchun ong usti jarayonlari insonlar hayotida juda muhim o’rin tutadi.
Bunday jarayonlarga to’laligicha ijodiy tafakkur jarayonlarini, og’ir qayg’u yoki
yirik hayotiy voqealar kechinmalari, tuyg’ular inqirozlari, shaxsiy inqirozlar va
shunga o’xshash jarayonlarni kiritish mumkin.
Birinchilar qatorida ong usti jarayonlariga maxsus e’tibor qaratganlardan biri
amerikalik ruhshunos U.Djeyms edi. U to’plagan ma’lumotlar «Diniy tajribaning
xilma-xilligi» kitobida bayon etilgan. Bu mavzuga oid keyingi ilmiy ishlar sifatida
Z.Freyd, E.Lindemanning maqolalarini va F.E.Vasilyuk kitobini keltirish mumkin.
Kuzatiladigan jarayonlarni U.Djeyms ongsiz jarayonlar deb atagan edi. «Ong
usti jarayonlari» atamasini Yu.B.Gippenreyter o’z ishlarida keng qo’llaydi. U
jarayonlarning asosiy xususiyatlarini ajratib ko’rsatadi: bu jarayonlar ong ustida
sodir bo’lishining ma’nosi ularning mazmuni va vaqt o’lchamlari ong joylashtirishi
mumkin bo’lgan hajmdan yirik bo’lishidan iborat; ular o’zlarining alohida qismlari
bilan ong orqali o’tishida yaxlitligicha uning tashqarisida joylashadi.
Biz ko’rib chiqayotgan jarayonlar va ong nisbatini chizma tarzida tasavvur
qiladigan bo’lsak (4.1 rasm), markazga ongni joylashtirishimiz lozim, qolgan
jarayonlar uning atrofidan o’rin oladi. CHizmaning pastida ongli harakatlarning
anglanmagan mexanizmlari joylashadi (I). O’z mohiyatiga ko’ra ular ongli
aktlarning texnikaviy ijrochilaridir. Ularning ko’pchiligi ong vazifalarining
anglanmaydigan darajalariga o’tkazilishi natijasida sodir bo’ladi.
Ongli harakatlarning anglanmagan qo’zg’atuvchilarini ong darajasiga
joylashtirish mumkin (II). Inson uchun, balki, ular ongli qo’zg’atuvchilar kabi
ahamiyatlidir, lekin ongli harakatlarning anglanmagan qo’zg’atuvchilari ulardan
farqli ravishda ongdan siqib chiqarilgan, hissiyot bilan faollashtirilgan va ongga
alohida ramziy shaklda davriy holda o’tib turadi.
«Ong usti» jarayonlari (III) haqli ravishda psixik jarayonlar nisbatlar ketma-
ketligining cho’qqisini egallashi lozim. Ular davomli va shiddatli ong faoliyati
shaklida rivojlantiriladi. Buning natijasi bo’lib ongga yangi ijodiy g’oya, yangi
munosabat yoki tuyg’u ko’rinishida qaytib keladigan allaqanday yig’indi oqibat
hisoblanadi.
Biz to’xtalishimiz lozim bo’lgan yana bir muammo mavjud. Bu muammo
anglanmagan psixik jarayonlarni bilish tadbirlaridan iborat. Haqli ravishda
anglanmagan jarayonlarni agar ular anglanmaydigan bo’lsa, qanday o’rganish
mumkin degan savol tug’ilishi tabiiy.
Avvalambor, anglanmaydigan hodisalar ongimizda turli shakllar: idrok
illyuziyalari, mayl xatoliklari, freydning noyob hodisalari, ong usti jarayonlarining
yig’indi natijasida namoyon bo’lishini qayd etish lozim. Anglanmaydigan jarayonlar
haqidagi ma’lumotlarga ko’nikmalar shakllanishining o’sishini tahlil qilishda,
shuningdek, tadqiqotchining turli fiziologik indikatorlardan olgan axborotni
o’rganishda ega bo’lish mumkin (A.R.Luriya).
Bundan kelib chiqadiki, anglanmagan jarayonlarni o’rganishda biz xuddi o’sha
boshlang’ich ma’lumotlar: ong, hulq-atvor faktlari va fiziologik jarayonlarni
qo’llaymiz. Ular majmuasidan foydalanish ruhshunosga «ongsizlik» sohasiga
tegishli bo’lgan hodisalarni o’rganish imkonini beradi.
Shunday qilib, inson psixikasi juda murakkab bo’lib, o’zida faqatgina ongni
emas, balki, sub’ekt tomonidan nazorat qilinmaydigan jarayonlarni ham
birlashtiradi. Ongsizlik sohasi murakkab va tartibli zinapoya tuzilishiga ega.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
1. Anglanmagan psixik jarayonlarning umumiy xususiyatlari va tasniflanishi
haqida ma’lumot bering.
2. Ongli harakatlarning anglanmagan mexanizmlari nimani anglatadi?
3. Anglanmagan avtomatizmlarga misollar keltiring.
4. D.N. Uznadze va hamkasblarining anglanmagan mayllarga doir tadqiqotlari
haqida gapirib bering.
5. Psixik hodisalar va insonlarning kundalik hayotini o’rganishda ongli
harakatlar anglanmaganligining ahamiyatini ochib bering.
6. Ongli harakatlarning anglanmagan qo’zg’atuvchilarini o’rganish bo’yicha Z.
Freyd tadqiqotlari haqida gapirib bering.
7. Ong usti jarayonlari haqida nimalarni bilasiz?
8. Anglanmagan psixik jarayonlarni o’rganish metodlarini sanang.