Psixologik xizmatning tashkil etishning xozirgi xolati va xorij tajribasi
Yuklangan vaqt
2024-03-08
Yuklab olishlar soni
23
Sahifalar soni
20
Faytl hajmi
63,7 KB
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI XUZURIDAGI
PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, KASB-HUNAR TA’LIMI
BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA
TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
“Personalni boshqarish” kafedrasi
Kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarining
malakasini oshirish kursi
BITIRUV
MALAKAVIY ISH
Mavzu: Psixologik xizmatning tashkil etishning xozirgi xolati va
xorij tajribasi
Toshkent - 2021
MUNDARIJA
T/r
Malaka ishi boblari nomlanishi
Betlar
Kirish
5-6
1 bob
Psixologik xizmatni tashkil etishning umumiy mezonlari.
1.1
Psixologik xizmatning yuzaga kelish tarixi
7-8
1.2
Ta’lim sohasida psixologik xizmatni tashkil etishning
tamoyillari va stukturasi
9-12
2 bob
Psixologik xizmatni tashkil etishning amaliy holati tahlili
2.1
Psixologik xizmatni tashkil etish va xorijiy tajribasi
13-15
2.2
Psixologik xizmatni tashkil etishdagi muammolar va
ularni bartaraf etish yo‘llari
16-19
Xulosa va takliflar
20
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
21
ANNOTATSIYA
Mazkur bitiruv malakaviy ishi Psixologik xizmatni tashkil etishning
hozirgi holati va xorijy tajribasi deb nomlangan bo‘lib, u Kirish 2 ta bob,
4 ta paragraf, xulosa, takliflar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan
iborat.
Bitiruv malakaviy ishning kirish qismida mavzuning maqsad va
vazifalari bayon etilgan, amaliy ahamiyati keltirilgan.
Bitiruv malakaviy ishni tayyorlashda ta’lim muassasaning fond
materiallaridan, rahbariy adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar, ilmiy va
ommaviy adabiyotlardan foydalanilgan.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda insonlarning psixolog hamda
psixoterapevtga murojaati yana ham ommalashmoqda. Odamlar har kuni stressga
tushiradigan, o‘zi hal qilishi qiyin bo‘lgan turli muammolar bilan to‘qnash
kelmoqdalar. Insonhar doim ham o‘zini qiynayotgan muammolarni yaqin
insonlariga ayta olmagani bois psixologik xizmatga ehtiyoj sezadi. SHuning uchun
ham bugun yurtimizda ham psixologik xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirish
hamda uning samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan,
YOshlar ittifoqi muassaisida ham psixologik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil
etildi. Vaziralar Mahkamasining 472-son 07.06.2019-yildagi qaroriga muvofiq
O‘zbekiston
Respublikasida
psixologik
xizmat
ko‘rsatishni
yanada
takomillashtirish bo‘yicha chora tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra
Respublikada bosqichma-bosqich reja asosida aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish
sifatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilishi belgilab
qo‘yildi. Uzluksiz ta’lim tizimida psixologik xizmatlarning uzviyligi va
uzluksizligini ta’minlash uchun “Psixologik xizmat” konsepsiyasini yaratish,
bolalar, kattalar ruhiyatidagi o‘zgarishlarni tezda aniqlash, bunga olib kelgan
sabablarni bartaraf etishga ko‘maklashish maqsadida psixolog mutaxassislarini
tayyorlovchi oily ta’lim muassasalari huzurida “Psixologik xizmat ko‘rsatish
labaratoriyalari”ni tashkil etish hamda ular uchun o‘quv va metodik adabiyotlar
yaratilishini tashkil etish kabi chora tadbirlar iishlab chiqildi. Bunda psixologik
xizmat ko‘rsatishning sifatli hamda samarali bo‘lishi bevosita psixolog faoliyatiga
bog‘liqligi tadqiq etilgan. Psixolog faoliyatining samaradorligi uning shaxsiy
sifalari, kasbiy malakasi hamda etikaviy tamoyillarga qanchalik amal qilgani bilan
o‘lchanadi. Etika masalasi psixologiyaning terapiya va tadqiqotlar bilan bog‘liq
bo‘lgan sohasida muhimdir. Patsientlar bilan ishlash va psixologik tadqiqotlar
o‘tkazish turli xil axloqiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Amerika
psixologlar assotsiatsiyasining etikaviy kodeksi psixologiya sohasida ishlaydigan
mutaxassislar ish jarayonida axloqiy dilemmalarga duch kelganda nima qilish
kerakligi haqida yaxshiroq ma’lumotga ega bo‘lishlari uchun ko‘rsatmalar beradi.
Etikaviy tamoyillar psixologlar duch keladigan ko‘pgina holatlar va umumiy
qoidalarni qamrab olish orqali ularni turli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishini
ta’minlashga mo‘ljallangan.
Eng yuqori xulq- atvor standartlariga intilish har bir psixologning shaxsiy
burchidir. Bundan tashqari turli olimlar ilmiy izlanishlari asosida psixologik
maslahat jarayonida psixolog ega bo‘lishi lozim bo‘lgan shaxsiy sifatlar hamda
kasbiy malakalar bayon etiladi. Bitiruv malakaviy ishda psixologik xizmat
predmeti, maqsadi, vazifalari, ob’ekti, yo’nalishlari, uning fan sifatida rivojlanish
tarixi, chet ellardagi va respublikamizdagi rivojlanish tarixi, chet ellardagi va
respublikamizdagi holati bayon etilgan.
Shuningdek, unda professional ta’limdagi psixolog faoliyatining asosiy
shakllaridan - korreksion va maslahat berish ishlarining tamoyillari, bilish
jarayonlari,
shaxslararo
munosabatlar,
kasbiy
o‘zlikni
anglash, oilaviy
munosabatlar psixokorreksiyasi kabi dolzarb mavzular keng yoritilgan.
Ta’lim muassasasi to‘g‘risida ma’lumot.
Farg’ona soliq tehnikumi Farg’ona viloyati Farg’ona ko’chasi 122-uyda
joylashgan.
Farg’ona soliq kolleji 2000 YILDAN o’z faoliyatini boshlagan 2020-yilga
kelib Respublkamizda ko’llejlar tugatilishi munosabati bilan o’z faoliyatini
Farg’ona soliq tehnikumi sifatida boshladi.
Tehnikumda jami 50 nafar xodim bo’lib shulardan 18 nafari o’qituvchi
pedagog hodimlar 2-tashqi o’rindoshlar o’qituvchilar, 25 nafari texnik xodimlar va
5 nafar raxbariyat xodimlari faoliyat olib borishmoqda.
Farg’ona soliq tehnikumida Soliq va soliqqa tortish (kunduzgi), Buhgalteriya
hisobi va audit (kunduzgi) va Soliq va soliqqa tortish (sirtqi) yonalishlari mavjud
bo’lib hozirgi vaqtda jami 275 nafar o’quvchilar taxsil olishmoqda.
1 BOB. PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL
ETISHNING UMUMIY MEZONLARI
1.1 Psixologik xizmatning yuzaga kelish tarixi
Ijtimoiy turmushning tobora inson ezgu niyati bilan muvofiqlashtirish ma’lum
jihatdan psixologik xizmatni yo‘lga qo‘yish va uni takomillashtirishga bog‘liq.
SHuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, amaliy, xususiy ahamiyatga ega bo‘lgan
muommolarning
echimi
bilan
shug‘ullanish
uning
nazariy
ahamiyatini
kamaytirishga olib kelishi mumkin. Xuddi shu sababdan amaliyot jarayonida
nazariy xususiyatli masalalarni o‘rganish, yangi ma’lumotlar olishga puxta negiz
hozirlasa, ikkinchi tomondan tatbiqiy jihatlarni takomillashtirishga imkon yaratadi.
Psixologik ayniyatga aylangan fikrlashning amaliy va nazariy tarkiblarining
uyg‘unlashuvi progress, sivilizatsiya mohiyatini yangilik alomatlari bilan
kengaytirishga zamin hozirlaydi. SHuning uchun amaliy tafakkur o‘ta sodda degan
baholash mezonidan voz kechish, uning imkoniyati, mahsuldorligi yuksakligiga
ishonch hosil qilgan holda yo‘l tutish maqsadga muvofiq. Insoniyat tomonidan
to‘plangan bilimlarni, ko‘nikma hamda malakalarni ijtimoiy turmushga tadbiq etish
bilan chegaralanib qolmasdan, balki mazkur jarayonlarda yangicha yondashuv,
original munosabat, vaziyatga mos tushuvchi eksperimental texnologiyani qo‘llash
mutlaqo yangi nazariy ma’lumotlarni egallashga zarur shart-sharoitlar tug‘dirishi
ehtimol.
Holbuki shunday ekan, psixologik xizmat ko‘rsatish jarayonida hal qilinmagan
psixologik, ijtimoiy psixologik nazariy muammolarni tadqiqot qilish ikki yoqlama
stimul, ikki yoqlama ta’sir, ikki yoqlama intensiv fikrlash, insontabiat muhit
kontekstidagi masala echimiga muayyan aniqlik kiritishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lar
edi.
Hozirgi davrning o‘ziga xos muammolarni o‘rganishga bo‘lg‘usi psixolog
mutaxassislarga izlanish faoliyatini uyushtirishga turtki, yo‘llanma berish orqali
faollashtirish ijobiy natija berishi shak-shubhasiz. Nazariy bilimlar amaliyotga
amaliy echimni topmagan masalalar esa tadqiqot predmetiga aylanishi magistratura
bosqichi talabalariga kasbiy tayyorgarligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Psixologik xizmat ko‘rsatish nazariyasi va amaliyoti fani psixodiagnostika,
psixokorreksiya, psixoterapiya sohalari, sotsiologiya, ijtimoiy falsafa va statistika
kabi tabiiy ilmiy fanlar bilan aloqador.
Inson psixologiyasini tushinish, tahlil qilish, rivojlantirishga jiddiy e’tibor berish
masalasi hamma zamonlarda va hamma davlatlarda ham ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotning etakchi vazifalaridan biri bo‘lib kelgan.
XX asr bo‘sag‘asida psixologiya fani va uning ilg‘or vakillari o‘zlarining
navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari - insonga, ayni paytda, jamiyatga
psixologik xizmat ko‘rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan
asoslab berishga muvaffaq bo‘ldilar. Psixologik xizmat AQSHda 1800 yillardan
boshlab rivojlana boshladi. AQSHning birinchi amaliyotchi psixologlari o‘z-o‘zini
tarbiyalash muammosini o‘rgangan eksperimental psixologlar edilar. Amerika
maktablarida aqliy taraqqiyot koeffitsientini aniqlash keng tarqalib, keyinchalik
"Gaydens" xizmatining rivojlanishiga olib keldi.
Fransuz maktab psixologiyasining otasi Alfred Bine bo‘lib, u bu sohada 1894
yildan ish boshlagan. 1905 yilda Fransiya ta’lim vazirligi Binega umumiy dastur
bo‘yicha o‘qiy olmaydigan bolalarni tekshirish muammosi bilan murojaat qiladi va
shu tariqa aqliy taraqqiyotda orqada qolgan bolalarni ajratadigan Bine-Simon testi
yaratildi. 1909 yilda Fransiyada maktab psixologik xizmati tashkil etiladi. 1970
yilda Fransiyada psixologik-pedagogik vordam guruhlari psixologik xizmatning
asosiy turini tashkil etdi. Bunday guruhlar maktab psixologiyasi bo‘yicha bir
mutaxassis, ta’lim psixologiyasi bo‘yicha bir mutaxassis, psixomotor rivojlanish
bo‘yicha bir mutaxassisni o‘z ichiga oladi. Bunday brigada 800-1000 o‘quvchiga
xizmat qiladi. bir maktabda joylashib. bir neclia maktabga xizmat qilishi mumkin.
1985 yilda Fransiya pedagog-psixologlarining funksiyalari aniqlab berildi.
Pedagog-psixolog shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun qo‘lidan kelgan
barcha ishlarni qilishi kerak, bunda u bu ishlarga o‘qituvchilarni va ota-onalarni ham
jalb etishi mumkin. Pedagogik psixolog o‘z ishida lozim topsa, maktab va oila
tarbiyasiga qarshi chiqishi mumkin, deb maxsus ta’kidlangan.
Ko‘pchilik SHarqiy Evropa mamlakatlarida maktab psixologik xizmati tuman
yoki viloyat psixologik-pedagogik markazlari shaklida tashkil etilgan. Masalan,
1980 yilda CHexoslavakiyada tarbiya masalalari bo‘yicha modda maktab
to‘g‘risidagi qonunga kiritildi. Psixologik xizmatning asosiy mazmuni - sog‘lom
shaxsning o‘sishini ta’minlash, shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni
korreksiya qilish, kasb tanlash muammolaridir.CHexoslavakiyadagi psixolog
maslahatchining asosiy funksiyasi psixodiagnostik faoliyatdan iboratdir.
Ayniqsa, I.V.Dubrovina va X.Y.Liymets, YU.L.Sierdlarning ko‘p yillik
tadqiqotlari natijasi o‘laroq, umumta’lim maktablarida psixologik xizmatning joriy
etilishi bu boradagi MDH mamlakatlarida qo‘yilgan ilk qadam ekanligini alohida
qayd etish mumkin. Qolaversa, o‘zbek olimlaridan E.G‘.G‘oziev, M.G.Davletshin,
G‘.B.SHoumarov,
B.R.Qodirov,
R.Z.Gaynutdinov,
V.M.Karimova,
N.A.Sog‘inovlarning ham O‘zbekiston o‘rta umumta’lim maktablari va oila
tizimlarida psixologik xizmatni joriy etish borasida olib borayotgan qator nazariy-
ilmiy va amaliy-uslubiy ishlari Respublikamizda psixologik xizmatni joriy etish va
rivojlantirish uchun ma’lum darajada asos bo‘lmoqda. Xalq ta’limi tizimidagi va
o‘rta maxsus kasb-hunar tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi - shaxsning har
tomonlama garmonik kamoloti, to‘laqonli psixologik taraqqiyotni ta’minlovchi
qulay shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
1.2. Ta’lim sohasida psixologik xizmatni tashkil etishning tamoyillari va
stukturasi
Psixologik xizmatning mazmuni:
a) psixoprofilaktika,
b) psixologik maorif va ma’rifat
v) psixodiagnostika
g) psixik rivojlantirish va psixokorreksiya,
d) psixologik konsultatsiya
Psixologik xizmatda tadqiqot va ta’sir o‘tkazish ob’ekti maktabgacha
yoshdagi bolalar, o‘quvchilar, maxsus o‘quv yurti va oliy o‘quv yurti
talabalari,maktab, kollej talabalari, o‘qituvchilar bo‘lishi mumkin va ular bilan
alohida yoki guruhiy shaklda tadqiqot olib borish mumkin.
Psixologik xizmat uch asosiy bo‘g‘indan tuzilgan:
1) Aniq o‘quv muassasasida ishlaydigan bolalar amaliy psixologi.
2) Tuman xalq ta’limi qoshidagi tashhis markazi.
3) Respublika kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik
tashhis markazi.
Psixologik xizmat metodlari turli tuman bo‘lishi mumkin:
xalq ta’limi va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi xodimlari, o‘quvchilar.
talabalar bilan ma’ruzalar turkumi, aholining psixologik madaniyatini
o‘stirish maqsadida trening mashg‘ulotlari o‘tkazish;
ilmiy ommabop adabiyotlarni yaratish va ularni tarqatish;
ommaviy axborot vositalarida chiqishlar;
psixodiagnostik tadqiqotlar o‘tkazish, metodikalar ishlab chiqish (test savol
varaqasi, tajriba, kuzatish, suhbat va boshqalar);
psixologik maslahat berish:
psixologik konsiliumlar o‘tkazish;
ta’lim
va
tarbiya
beruvchi
dasturlardan
foydalanib
psixodrama,
psixokorreksion treninglarni amalga oshirish;
psixologik tadqiqot ob’ektining psixologik xususiyatlarini hisobga olgan
holda o‘quv dasturi, o‘quv tarbiya rejalarini tahlil qilish va hokazolar.
Hozirgi bosqichda psixologik xizmat faoliyatining 2 yo‘nalishi: dolzarb va
kelajak yo’nalishlari mavjud. Dolzarb yo‘nalish o‘quvchilar ta’lim
tarbiyasidagi qiyinchiliklar, ular xulq-atvoridagi, muloqotdagi va shaxsi
shakllanishidagi buzilishlar bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga
qaratilgan.
Kelajak yo‘nalishi har bir bola individualligini rivojlantirishga, jamiyatda
yaratuvchanlik hayotiga psixologik tayyorlikni shakllan- tirishga qaratilgan.
Psixolog pedagogik jamoa faoliyatiga har bir o‘quvchi shaxsi garmonik
rivojlanish imkoniyatlari haqida asosiy psixologik g‘oyani olib kiradi. Ikki
yo’nalish ham bir-biri bilan bog‘liq.
Texnikum va kollejlardagii psixologik xizmat o‘rta maxsus ta’limining
zaruriy tarkibiy qismidir. Bu xizmatning zaruriyligi texnikum va kollejlar
ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Har bir o‘quvchida hayotga ijodiy munosabat
va individual xususiyatlarning taraqqiyotini ta’minlaganligini psixologik
xizmat to‘g‘ri tashkil etilgan deyish mumkin. Psixolog o‘zining inson
xulqatvori va psixik faoliyati, psixik taraqqiyotning yosh qonuniyatlari
haqidagi kasbiy bilimlariga, ularning o‘quvchilar va kattalar, tengdoshlari
bilan o‘zaro munosabatxususiyatlariga, o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil
etishga bog‘liqligiga tayanib, bolaga individual. Bu bilan psixologik xizmat
maktabda o‘quv tarbiya ishining mahsuldorligini oshirishga yondashuv
imkoniyatlarini ta’minlaydi, uning qobiliyatlarini aniqlaydi. normadan
chetlashishlarning
bo‘lishi
mumkin
bo‘lgan
sabablarini
psixologikpedagogik korreksiya qilish yo’llarini aniqlaydi, ijodiy faol
shaxsni shakllantirishga imkon beradi.
Psixologik xizmatni uch nuqtai nazardan qarab chiqish mumkin: ilmiy
nuqtai nazar, tashviqot nuqtai nazar va amaliy nuqtai nazar.
Ilmiy nuqtai nazar, tashviqot nuqtai nazar va amaliy nuqtai nazarlarning
birligi psixologik xizmat predmetini tashkil etadi.
Ilmiy nuqtai nazar - psixologik xizmatning metodologik muammolarini
ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu yo’nalish ijrochilarining asosiy
funksiyasi
maktab
psixologik
xizmatida
ishning
psixodiagnostik,
psixokorreksion va rivojlantiruvchi metodlarini ishlab chiqish va nazariy
asoslashga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishdan iborat.
Tashviqot nuqtai nazari xalq ta’limi xodimlarining psixologik
bilimlardan foydalanishini nazarda tutadi. Bu yo’nalishda asosiy
harakatlantiruvchi shaxslar bo‘lib pedagoglar, metodistlar va didaktlar
maydonga chiqadi.
Amaliy nuqtai nazarni maktab psixologlari amalga oshiradilar. Ulaming
vazifasi bolalarning maktab ta’limiga tayyorligini aniqlash, o‘quvchilarning
o‘qish faoliyatini osonlashtirish, o‘quvchi shaxsini har tomonlama kamol
toptirish, o‘quvchilarning qobiliyat va moyilliklarini aniqlash, rivojlantirish,
talabalar bilan hunarga, kasbga oid suhbat, maslahat ishlarini olib borish,
turli xildagi "tarbiyasi qiyin" bolalar bilan ish olib borish kabi asosiy vazifani
hal qilishdan iboratdir.
Psixologik
tashviqot
ishlari
teleko‘rsatuv
va
radioda
chiqish,
yakkamayakka maslahatlar tashkil etish, muloqot treninglari uyushtirishdan
iboratdir.
Psixologik xizmatning uchala vazifasi o‘zaro chambarchas bog‘liq,
ularning birgalikda olib borilishi maqsadga muvofiq. Kollej, litseydagi
psixologlar direktorga va boshqarmaga bo‘ysunadi. Kollej, litsey
direktorlariga psixologik xizmat haqidagi Nizomda ko‘rsatilgan vazifalar
bilan bog‘liq bo‘lmagan vazifalarni kollej psixologiga topshiriq tariqasida
berishlariga ruxsat etilmaydi
Psixologik xizmatning tuzilishini quyidagi tarzda tavsiya etish mumkin.
Xalq ta’limi tizimida psixologik xizmat uch bosqichdan iboratdir: 1.
YUqori
bosqich
-
psixologiya
kafedralari
tomonidan
psixologik
markazlarning buyurtmalariga binoan . Psixologik xizmatning eng yuqori
darajasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi psixologik xizmatni
tashkil etish va boshqarishning muvofiqlashtirilgan Respublika tashhis
markazi tariqasida xizmat qiladi. Bu markazning psixologlar, pedagoglar va
tibbiy xodimlardan iborat 3-5 kishilik doimiy ishlaydigan xodimlari
bo‘lishlari zarur.ilmiy-amaliy hujjjatlar, ko‘rsatmalar va metodikalar ishlab
chiqariladi.
2. O‘rta bosqich - psixologik markazlar tomonidan yangi diagnostik
amaliyotga tatbiq qilib ko‘riladi.
3. Quyi yoki ommaviylashgan darajada barcha amaliy psixologlar
faoliyatini yo’lga qo‘yadilar.
4. Psixologik xizmat nazariyasi va amaliyotidagi zamonaviy tendensiyalar
va muammolar
Transakt tahlil. (E.Bernning transakt tahlili) E.Bern ildizi psixoanalizga
taqaluvchi taniqli konsepsiyani yaratdi. Biroq E.Bern konsepsiyasi
shaxsning o‘zi va boshqalar bilan munosabatini dasturlovchi xulq-atvor
kognitiv sxemalarini aniqlash va belgilashga urg‘u qiluvchi ham
psixodinamik, ham bixeviorial yondashuvlar, g‘oyalar va tushunchalarni
o‘zida mujassam etgan.
Zamonaviy transakt tahlil
- shaxs nazariyasini, kommunikatsiyalar
nazariyasini, bolalar rivojlanish nazariyasini o‘z ichiga oladi. Amaliyotda u
alohida odamlar bilan ishlashdan tashqari er-xotin, oilalar va turli guruhlarni
korreksiyalash
tizimini
tashkil
etadi.
Bern
bo‘yicha
shaxs
tuzilishi(strukturasi) uch "Men" yoki "Ego- ho!atlar"ning mavjudligi bilan
xarakterlanadi: "Ota yoki ona", «Farzand», "Katta". "Ota yoki ona" - shartlar,
talab va ta’qiqlarning interiorizatsiyalashgan ratsional me’yorlari bilan
namoyon bo‘luvchi "Ego-holat". "Ota yoki ona" - bu bolalikda otaonadan
yoki boshqa obro‘li shaxslardan olingan ma’lumot bo‘lib, o‘z ichiga xulq-
atvor qoidalarini, ijtimoiy me’yorlarni, u yoki bu vaziyatda amalga oshirish
mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan me’yor va ta’qiqlardir. Otaona
ta’siri ikki yo’nalishda amalga oshadi: birinchisi, "Mendek qil" shiori ostida
olib boriluvchi bevosita yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ikkinchisi, "Mendek
emas, men aytganimdek qil" shiori bilan amalga oshiriluvsi bilvosita ta’sir.
"Ota yoki ona" nazorat qiluvchi (ta’qiqlar, sanksiyalar) yoki g‘amxo‘rlik
qiluvchi (maslahat, qo‘llab-quvvatlash) bo‘lishi mumkin. "Ota yoki ona"ga
"Mumkin", "Majbur", "Hech qachon", "Demak, eslab qol", "Qanday
bema’nilik", "Bechora" kabi direktiv jumlalar xos.
«Farzand» - odamdagi mazkur emotiv asos ikki shaklda namoyon bo‘ladi.
"Tabiiy bola" - bolaga hos bo‘lgan barcha impulslar: ishonuvchilik,
bevositalik, to‘g‘rilik, qiziquvchanlikni o‘z ichiga oladi; bular odamga
munosabatlardagi o‘ziga xos mafitunkorlik va iliqlilikni baxsh etadi. SHu
bilan birga u injiq, tez hafa bo‘ladi, egotsentrik, o‘jar va agressivdir.
"Adaptatsiyalangan bola" - ota-ona umid va talablariga mos keluvchi xulq-
atvorni nazarda tutadi. "Adaptatsiyalangan bola"ga yuqori konformlik,
o‘ziga ishonchsizlik, uyatchanlik, tortinchoqlik xos. "Adaptatsiyalangan
bola" qatoriga ota-onasiga qarshi chiquvchi "qo‘zg‘alonchi" bolalar ham
mansub. «Farzand»ga "Men xohlayman", "Men qo‘rqaman", "Men yomon
ko‘raman", "Meni ishim yo‘q" kabi jumlalar xos.
2 BOB. PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL ETISHNING
AMALIY HOLATI TAHLILI.
2.1. Psixologik xizmatni tashkil etish va xorijiy tajribasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “YOshlarni ma’naviy-
axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish
tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2018-yil 14avgustdagi PQ-3907-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek,
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni
psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish
maqsadida Vazirlar Mahkamasining 12.07.2019 yilda 577-sonli qarori qabul
qilindi va Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasalarida
psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.1
ilovada -Nizom 6 bobdan iborat bo‘ 2-bob Psixologik xizmatning maqsad va
vazifalari, 3-bob. Psixologik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari 4-bob.
Psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish 5-bob. Psixolog kadrlarning huquq
va majburiyatlari ochib berilgan.
Psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish
Ta’lim muassasasida psixologik xizmat muassasa rahbarining buyrug‘iga
muvofiq o‘quvchilar sonidan kelib chiqib 1 — 3 ta shtat birligidan iborat
tarkibda tashkil etiladi.
Psixologik xizmatning psixolog kadrlari (keyingi o‘rinlarda psixolog
kadrlar deb ataladi) soni bir nafardan ortiq bo‘lganda ulardan biriga
psixologik xizmat rahbarligi yuklanadi.
Psixolog kadrlar lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablari tegishli ravishda
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan
birgalikda belgilanadi.
Ta’lim muassasalarida psixologik xizmat faoliyatining nazorati bevosita
ta’lim muassasasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Psixolog kadrlar o‘z
faoliyati doirasida bevosita ta’lim muassasasi rahbariga bo‘ysunadi.
Psixolog kadrlar ta’lim muassasasining pedagog xodimlari bilan birgalikda
o‘quvchilarning psixologik holati, muassasaning psixologik muhiti,
korreksionrivojlantiruvchi va profilaktik tadbirlarning amalga oshirilishi,
kasb-hunarga yo‘naltirish va tashxis qo‘yish faoliyati uchun mas’ul
hisoblanadi.
Psixolog
kadrlar
o‘z
faoliyatini
ta’lim
muassasasining
ichki
tartibqoidalariga hamda o‘quv dasturi va o‘quv rejasida belgilangan dars
mashg‘ulotlari o‘tkazilishini inobatga olgan holda amalga oshiradi.
Ta’lim muassasalarida psixolog kadrlar uchun haftasiga 36 soatli ish tartibi
joriy etiladi.
Ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan psixolog kadrlarning faoliyat olib
borishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beriladi.
Psixolog kadrlar malakasini oshirish muvofiqligi bo‘yicha tegishli
muassasalarda har uch yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Psixolog kadrlarning vazifalari va funksiyalari ta’lim muassasasi ustavida
belgilanadi.
Ta’lim muassasalarida psixologik xizmatning faoliyati tegishliligi bo‘yicha
Respublika tashxis markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy ish reja asosida tashkil
etiladi.
Psixolog kadrlarning ish rejasi ta’lim muassasasining pedagogik kengashi
qarori asosida namunaviy ish rejaga muvofiq tasdiqlanadi.
Psixologik xizmatning tashkiliy, ilmiy-metodik va dasturiy ta’minoti
tegishli ravishda Respublika tashxis markazi hamda O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan boshqa
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Psixologik xizmatning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, psixolog
ta’lim muassasasida quyidagi vazifalarni bajarishi talab etiladi:
1.
O‘quvchilarning har-bir yosh bosqichida shaxs sifatida va
intellektual jihatdan to‘laqonli rivojlanishini ta’minlash, ularda o‘z -
o‘zini tarbiyalash va rivojlantirish qobiliyatini shakllantirish;
2.
Har bir o‘quvchiga indivudual yondashuvni va uning psixologik-
pedagogik o‘rganilishini taminlash;
3.
O‘quvchining intellektual jihatdan va shaxs sifatida rivojlanish
jarayonida yuz berishi mumkin bo‘lgan chetga chiqishlarni profilaktika
qilish kabilar.
1905 yilda, ya’ni frantsuz psixologi A. Bine va uning shogirdi
A.Simon insonning akliy usishi va iste’dodi darajalarini ulchash i mkoniyati
borligi goyasini ilgari surgandan keyin psixologiyada test metodining bir
necha xillari ko‘llana boshlandi. CHet el testologlari tadkikot ob’ektlarini
uzgartirib turadilar va kobiliyat, tafakkur, bilim, kunikma va malakalarni
aralash xolda urgan ishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning
emosional xolati va salomatliligiga boglik ruxiy kechinmalarni inobatga
olmaydilar. Psixologlar K.M.Gurevich, V.A.Kruteskiy, E.I.Rogov va
boshkalar kullaydigan testlar tubdan boshkacha prinsipda tuzilgan. Ular
testlar tafakkur kursatkichi (indikatori) bulishi uchun xarakat kildilar va
muayyan yutuklarga xam erishdilar. Xozirgi davrda Nodir testlar katoriga
psixologlar Rorshax, Rozensveyg, Kettel. Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk,
Agastazi, Raven va boshkalar ijodining namunalarini kiritish mumkin. Eng
kup tarkalgan testlar katoriga yutukka erishish erishish xarakatlari, intellekt
testlari, shaxs testlari (psixodiagnostika), shaxs "loyixasi" (proektiv) testlari
kiradi. Testlar yordamida ayrim kobiliyatlarning, ko‘nikmalarning,
malakalarning bor yoki yukligini aniqlashga yoki bu kasb sohasida ishlash
uchun layokatlilik darajasini va xokazolarni bilishga xarakat kilinadi.
Testning diagnostik qimmati ilmiy eksperiment darajasiga, test uchun asos
kilib olingan psixologik faktning xakikiyligiga, ya’ni mazkur test qay
tarzda tuzilganiga–uning oldindan utkazilgan juda katta eksperimental
ishning natijasi xisoblanadimi yoki taxmini, tasodifiy va yuzaki kuzatuvlar
natijasi ekanligiga ko‘p jixatdan bog‘liq.
Kasb-hunar tizimidagi psixologik xizmatning maqsadi – shaxsning har
tomonlama garmonik kamoloti, to‘laqonli psixologik taraqqiyotni
ta’minlovchi qulay shart sharoitlar yaratishdan iboratdir. Psixologik
xizmatda tadqiqot va ta’sir o‘tkazish ob’ekti maktabgacha yoshdagi
bolalar, o‘quvchilar, maxsus o‘quv yurti va oliy maktab, kollej talabalari,
o‘quvchilar, ota-onalar bo‘lib hisoblanadi, ularni alohida yoki guruhiy
shaklda tadqiq qilish mumkin.
2.2 Psixologik xizmatni tashkil etishdagi muammolar va ularni
bartaraf etish yo‘llari
Psixologik xizmatning asosiy mazmuni – sog‘lom shaxsning
o‘sishini
ta’minlash,
shaxs
rivojlanishidagi
turli
qiyinchiliklarni
aniqlash,korreksiya qilish, kasb tanlashga qaratilgandir.
Psixologik xizmat xaqida Nizom 6 bo‘limdan iborat
1. Umumiy qoidalar
2. Psixoprofilaktik ishlar
3. Psixodiagnostik ishlar
4. Rivojlantiruvchi va korreksion ishlar
5. Psixologning maslahat berish ishlari
6. Psixologik xizmat xodimlarning mas’uliyati aks etgan
Psixologik xizmat uch asosiy bo‘g‘indan tuzilgan:
1) aniq o‘kuv muassasasida ishlaydigan bolalar amaliy psixologi
2) tuman xalq ta’limi qoshidagi tashhis markazi
3) Respublika kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis
markazi.
Psixologik xizmatning mazmuni:
a) psixoprofilaktika