PSIXOLOGIYA FANINING ILMIY TADQIQOT METODLARI (Psixologik tadqiqot metodlari (kuzatish, eksperiment, suhbat va so’rov, test), Psixologiya sohasida ilmiy-tekshirish olib borishning o’ziga hosligi)

Yuklangan vaqt

2024-04-11

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

24,1 KB


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
PSIXOLOGIYA FANINING ILMIY TADQIQOT METODLARI 
 
 
 
1. Metod haqida tushuncha  
2. Psixologik tadqiqot metodlari (kuzatish, eksperiment, suhbat va so’rov, test) 
3. Proektiv metodikalar tasnifi 
 
 
Tayanch iboralar: 
Metod: asosiy: kuzatish, eksperiment, yordamchi: suhbat, so`rov, test, 
korrelyatsiya, modellashtirish, faoliyat natijasini o`rganish, egizaklar, B.G.Ananev 
bo`yicha metod turkumi: 
 
 
 
 
 
 
 
 
PSIXOLOGIYA FANINING ILMIY TADQIQOT METODLARI 1. Metod haqida tushuncha 2. Psixologik tadqiqot metodlari (kuzatish, eksperiment, suhbat va so’rov, test) 3. Proektiv metodikalar tasnifi Tayanch iboralar: Metod: asosiy: kuzatish, eksperiment, yordamchi: suhbat, so`rov, test, korrelyatsiya, modellashtirish, faoliyat natijasini o`rganish, egizaklar, B.G.Ananev bo`yicha metod turkumi:  
 
1. Psixologiya sohasida ilmiy-tekshirish olib borishning o’ziga hosligi.  
Aniq izlanish predmetiga ega bo’lgan har qanday fan o’sha predmetining mohiyatini 
yoritish va materiallar to’plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va 
ular fanning metodlari deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro’si ham birinchi 
navbatda o’sha metodlar yordamida to’plangan ma’lumotlarning ishonchliligi va 
validliligiga bog’liq bo’ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham aloqador bo’lib, 
metodlar masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga molik masala sifatida qaraladi. 
Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, psixik hodisalarni bevosita qo’l bilan ushlab, 
ko’z bilan ilg’ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko’plab fanlar bilan faol 
hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir tarmog’i o’z vazifalarini 
echish va ma’lumotlarga ega bo’lish uchun ko’plab metodlarni sinovlardan o’tkazib, 
eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan.  
Matematik statistika va ehtimollar nazariyasining psixologiya sohasida 
qo’llanilishi va unda erishilgan muvaffaqiyatlar avvalo har bir metodning 
ishonchlilik darajasini aniqlash, qolaversa, to’plangan ma’lumotlarning qay 
darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam beradi. 
Pasmlarda asosiy psixologik metodlar va ularni qo’llash shakllari keltirilgan. 
Ushbu metodlar yordamida tadqiqotchi yoki qiziqqan shaxs u yoki bu psixik 
jarayon, xolat yoki shaxs xususiyatlari to’g’risida birlamchi ma’lumotlar to’playdi, 
to’plangan ma’lumot yana tahlil qilinadi va maxsus tarzda ishlatilishi mumkin. 
Bu usul eng tabiiy va hayotiy metodlar jumlasiga kiradi. Chunki biz hayotda 
o’rgangan ko’p odatlarimiz, harakatlarimizning asosida o’zining bilim-bilmay 
kuzatgan, xotiramizda shu tarzda olib qolgan ma’lumotlarimiz yotadi. Ilmiy nuqtai 
nazardan esa kuzatuvning turlari va bosqichlari farqlanadi. 
2. Kuzatish, eksperiment, suhbat va so’rov, test. Tashqi kuzatuv mohiyatan 
kuzatiluvchi xulq-atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumotlar 
to’plash usulidir. Usulning o’ziga xosligi shundaki, tadqiqotchi kuzatiluvchining 
faoliyatiga aralashmagan va unga xalaqit bermagan tarzda, uning tashqi xulq-atvori, 
1. Psixologiya sohasida ilmiy-tekshirish olib borishning o’ziga hosligi. Aniq izlanish predmetiga ega bo’lgan har qanday fan o’sha predmetining mohiyatini yoritish va materiallar to’plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va ular fanning metodlari deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro’si ham birinchi navbatda o’sha metodlar yordamida to’plangan ma’lumotlarning ishonchliligi va validliligiga bog’liq bo’ladi. Bu fikrlar bevosita psixologiyaga ham aloqador bo’lib, metodlar masalasi bu fanda juda katta ahamiyatga molik masala sifatida qaraladi. Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, psixik hodisalarni bevosita qo’l bilan ushlab, ko’z bilan ilg’ab, quloq bilan sezish qiyin. Lekin juda ko’plab fanlar bilan faol hamkorlik shunga olib kelganki, psixologiyaning har bir tarmog’i o’z vazifalarini echish va ma’lumotlarga ega bo’lish uchun ko’plab metodlarni sinovlardan o’tkazib, eng ishonchli va mukammallarini saqlab qolgan. Matematik statistika va ehtimollar nazariyasining psixologiya sohasida qo’llanilishi va unda erishilgan muvaffaqiyatlar avvalo har bir metodning ishonchlilik darajasini aniqlash, qolaversa, to’plangan ma’lumotlarning qay darajada asosli va valid ekanligini isbotlashga yordam beradi. Pasmlarda asosiy psixologik metodlar va ularni qo’llash shakllari keltirilgan. Ushbu metodlar yordamida tadqiqotchi yoki qiziqqan shaxs u yoki bu psixik jarayon, xolat yoki shaxs xususiyatlari to’g’risida birlamchi ma’lumotlar to’playdi, to’plangan ma’lumot yana tahlil qilinadi va maxsus tarzda ishlatilishi mumkin. Bu usul eng tabiiy va hayotiy metodlar jumlasiga kiradi. Chunki biz hayotda o’rgangan ko’p odatlarimiz, harakatlarimizning asosida o’zining bilim-bilmay kuzatgan, xotiramizda shu tarzda olib qolgan ma’lumotlarimiz yotadi. Ilmiy nuqtai nazardan esa kuzatuvning turlari va bosqichlari farqlanadi. 2. Kuzatish, eksperiment, suhbat va so’rov, test. Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq-atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumotlar to’plash usulidir. Usulning o’ziga xosligi shundaki, tadqiqotchi kuzatiluvchining faoliyatiga aralashmagan va unga xalaqit bermagan tarzda, uning tashqi xulq-atvori, nutqi, o’zgalarga munosabatini “zimdan kuzatib”, qayd qilib boradi. Kuzatishning 
ikki asosiy turi bo’lib, tashqi – ob’ektiv kuzatish va ichki – o’z-o’zini kuzatish 
farqlanadi. O’z-o’zini kuzatish birovlarni tashqaridan kuzatishdan farqli, odamning 
o’zida kechayotgan biror o’zgarish yoki hodisani shaxsan o’rganishi maqsadida 
ma’lumotlar to’plash va qayd etish usulidir. 
Erkin kuzatuv ko’pincha biror ijtimoiy hodisa yoki jarayonni o’rganish maqsad 
qilib qo’yilganda qo’llaniladi. Masalan, bayram arafasida aholining kayfiyatini 
bilish maqsadida kuzatuv tashkil qilinsa, oldindan maxsus reja yoki dastur 
bo’lmaydi, kuzatuv ob’ekti ham qat’iy bo’lishi shart emas. Yoki dars jarayonida 
bolalarning u yoki bu mavzu yuzasidan umumiy munosabatlarini bilish uchun ham 
ba’zan erkin kuzatish tashkil etilishi mumkin. Standartlashtirilgan kuzatuv esa, 
buning aksi bo’lib, nimani, qachon, kim va kimni kuzatish qat’iy belgilab olinadi va 
maxsus dastur doirasidan chiqmasdan, kuzatuv olib boriladi. 
Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq-
atvoriga ta’sirini o’rganish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil qilinadi, 
bunda kuzatuvchi shaxs o’sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda qo’shiladi va 
zimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Bu bir qarashda kontrrazvedkachilarning 
faoliyatini ham eslatadi. Shu yo’l bilan olingan ma’lumotlar bir tomondan tabiiyligi 
va mufassalligi bilan qimmatli bo’lsa, ikkinchi tomondan, agar kuzatuvchida 
konformizm xislati kuchli bo’lsa, o’zi ham guruh hayotiga juda kirishib ketib, 
undagi ayrim hodisalarni sub’ektiv ravishda qayd etadigan bo’lib qolishi ham 
mumkin. Guruhiy fenomenlarni tashqaridan kuzatish buning aksi – ya’ni kuzatuvchi 
guruhga yoki kuzatilayotgan jarayonga nisbatan chetda bo’ladi va faqat bevosita 
ko’zi bilan ko’rgan va eshitganlari asosida xulosalar chiqaradi. 
Umuman, kuzatish metodining ijtimoiy hayot, professional ko’rsatgichlarni 
qayd qilishda so’zsiz afzalliklari bor, lekin shu bilan birga kuzatuvchining 
professional mahorati, kuzatuvchanligi, sabr-qanoatiga bog’liq bo’lgan jihatlar, 
yana to’plangan ma’lumotlarni sub’ektiv ravishda tahlil qilish xavfi bo’lgani uchun 
ham biroz noqulayliklari ham bor, shuning uchun ham u boshqa metodlar bilan 
birgalikda ishlatiladi. Umuman kuzatish vositasida ma’lumotlar to’plashga qaror 
nutqi, o’zgalarga munosabatini “zimdan kuzatib”, qayd qilib boradi. Kuzatishning ikki asosiy turi bo’lib, tashqi – ob’ektiv kuzatish va ichki – o’z-o’zini kuzatish farqlanadi. O’z-o’zini kuzatish birovlarni tashqaridan kuzatishdan farqli, odamning o’zida kechayotgan biror o’zgarish yoki hodisani shaxsan o’rganishi maqsadida ma’lumotlar to’plash va qayd etish usulidir. Erkin kuzatuv ko’pincha biror ijtimoiy hodisa yoki jarayonni o’rganish maqsad qilib qo’yilganda qo’llaniladi. Masalan, bayram arafasida aholining kayfiyatini bilish maqsadida kuzatuv tashkil qilinsa, oldindan maxsus reja yoki dastur bo’lmaydi, kuzatuv ob’ekti ham qat’iy bo’lishi shart emas. Yoki dars jarayonida bolalarning u yoki bu mavzu yuzasidan umumiy munosabatlarini bilish uchun ham ba’zan erkin kuzatish tashkil etilishi mumkin. Standartlashtirilgan kuzatuv esa, buning aksi bo’lib, nimani, qachon, kim va kimni kuzatish qat’iy belgilab olinadi va maxsus dastur doirasidan chiqmasdan, kuzatuv olib boriladi. Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq- atvoriga ta’sirini o’rganish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs o’sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda qo’shiladi va zimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Bu bir qarashda kontrrazvedkachilarning faoliyatini ham eslatadi. Shu yo’l bilan olingan ma’lumotlar bir tomondan tabiiyligi va mufassalligi bilan qimmatli bo’lsa, ikkinchi tomondan, agar kuzatuvchida konformizm xislati kuchli bo’lsa, o’zi ham guruh hayotiga juda kirishib ketib, undagi ayrim hodisalarni sub’ektiv ravishda qayd etadigan bo’lib qolishi ham mumkin. Guruhiy fenomenlarni tashqaridan kuzatish buning aksi – ya’ni kuzatuvchi guruhga yoki kuzatilayotgan jarayonga nisbatan chetda bo’ladi va faqat bevosita ko’zi bilan ko’rgan va eshitganlari asosida xulosalar chiqaradi. Umuman, kuzatish metodining ijtimoiy hayot, professional ko’rsatgichlarni qayd qilishda so’zsiz afzalliklari bor, lekin shu bilan birga kuzatuvchining professional mahorati, kuzatuvchanligi, sabr-qanoatiga bog’liq bo’lgan jihatlar, yana to’plangan ma’lumotlarni sub’ektiv ravishda tahlil qilish xavfi bo’lgani uchun ham biroz noqulayliklari ham bor, shuning uchun ham u boshqa metodlar bilan birgalikda ishlatiladi. Umuman kuzatish vositasida ma’lumotlar to’plashga qaror qilgan kimsa har doim ham aniq kuzatuv ob’ektini ajratib olishi, undan nimalarni 
kutayotganligini tasavvur qilishi, kuzatuv daftarini tutib, kuzatilayotgan odam yoki 
guruhning faoliyatini ma’lum muddat davomida bosqichma-bosqich izchil tarzda 
qayd qilib borishi, izlanishlari nihoyasida esa barcha tuplangan ma’lumotlarni 
psixologik jiatdan tahlil qila olishi kerak. 
Eksperimentning mohiyati shundaki, aynan shu yo’l bilan bir omilning ta’siri 
ikkinchi bir omil ta’sirini ta’minlashi yoki hodisaning ro’y berishiga olib kelganligi 
isbotlanadi. Ya’ni, eksperiment psixik hodisalarning sabablarini aniqlash va ilmiy 
farazlarni isbot qilishga yordam beradi. Masalan, o’quvchilarning o’zlashtirish 
darajalari qanday omillarga bog’liq, degan savol paydo bo’lsa va bunday olmillardan 
biri o’quv jarayonida tarqatma materiallardan keng foydalanish lozimligi fikri 
taxmin qilinsa, o’sha eksperiment sinfida tarqatma materaillar ishlatiladi, ikkinchi 
sinov sinfda esa eskicha o’qitilaveradi. Natija ma’lum muddatdan keyin bolalarning 
o’zlashtirish darajasi, darsga munosabatlari, xotiralari kuchi orqali tahlil qilinadi. 
Mana shunga o’xshash jarayonlar va sinovlar eksperiment deyiladi va hayotda va 
psixologik amaliyotda ko’plab murakkab eksperimentlar aniq dasturlar asosida 
o’tkaziladi, yangiliklar ochiladi. 
Har qanday eksperiment uchun odatda ataylab shunday sun’iy bir vaziyat 
shakllantiriladiki, aynan shu vaziyatda tadqiqotchini qiziqtirayotgan psixik jarayon 
yoki hodisa ajratiladi, o’rganiladi, ta’sir ko’rsatiladi va baholanadi. Agar tabiiy 
eksperiment o’sha qiziqtirayotgan fenomen tekshiriluvchi uchun tabiiy hisoblangan 
sharoitlarda (masalan, mehnat jarayonida, ta’tilda yozgi oromgohda, litsey 
auditoriyasida va shunga o’xshash) maqsadli tashkil etilib, o’rganilsa, laboratoriya 
eksperimenti maxsus joylarda, maxsus asbob-uskunalar vositasida ataylab 
o’rganiladi. Masalan, diqqatingizning xususiyatlarini bilish kerak bo’lsa, 
psixologiya laboratoriyasida maxsus taxitsoskop deb atalgan moslama yordamida 
yoki “Landolt xalqachalari” deb nomlangan jadvallar yordamida o’rganish mumkin 
bo’ladi. Hattoki, ijtimoiy munosabatlar borasida ham o’zaro hamjihatlik, liderlik va 
konformlilik hodisalarini tekshirish uchun gruppaviy integratorlar va gomeotsat deb 
qilgan kimsa har doim ham aniq kuzatuv ob’ektini ajratib olishi, undan nimalarni kutayotganligini tasavvur qilishi, kuzatuv daftarini tutib, kuzatilayotgan odam yoki guruhning faoliyatini ma’lum muddat davomida bosqichma-bosqich izchil tarzda qayd qilib borishi, izlanishlari nihoyasida esa barcha tuplangan ma’lumotlarni psixologik jiatdan tahlil qila olishi kerak. Eksperimentning mohiyati shundaki, aynan shu yo’l bilan bir omilning ta’siri ikkinchi bir omil ta’sirini ta’minlashi yoki hodisaning ro’y berishiga olib kelganligi isbotlanadi. Ya’ni, eksperiment psixik hodisalarning sabablarini aniqlash va ilmiy farazlarni isbot qilishga yordam beradi. Masalan, o’quvchilarning o’zlashtirish darajalari qanday omillarga bog’liq, degan savol paydo bo’lsa va bunday olmillardan biri o’quv jarayonida tarqatma materiallardan keng foydalanish lozimligi fikri taxmin qilinsa, o’sha eksperiment sinfida tarqatma materaillar ishlatiladi, ikkinchi sinov sinfda esa eskicha o’qitilaveradi. Natija ma’lum muddatdan keyin bolalarning o’zlashtirish darajasi, darsga munosabatlari, xotiralari kuchi orqali tahlil qilinadi. Mana shunga o’xshash jarayonlar va sinovlar eksperiment deyiladi va hayotda va psixologik amaliyotda ko’plab murakkab eksperimentlar aniq dasturlar asosida o’tkaziladi, yangiliklar ochiladi. Har qanday eksperiment uchun odatda ataylab shunday sun’iy bir vaziyat shakllantiriladiki, aynan shu vaziyatda tadqiqotchini qiziqtirayotgan psixik jarayon yoki hodisa ajratiladi, o’rganiladi, ta’sir ko’rsatiladi va baholanadi. Agar tabiiy eksperiment o’sha qiziqtirayotgan fenomen tekshiriluvchi uchun tabiiy hisoblangan sharoitlarda (masalan, mehnat jarayonida, ta’tilda yozgi oromgohda, litsey auditoriyasida va shunga o’xshash) maqsadli tashkil etilib, o’rganilsa, laboratoriya eksperimenti maxsus joylarda, maxsus asbob-uskunalar vositasida ataylab o’rganiladi. Masalan, diqqatingizning xususiyatlarini bilish kerak bo’lsa, psixologiya laboratoriyasida maxsus taxitsoskop deb atalgan moslama yordamida yoki “Landolt xalqachalari” deb nomlangan jadvallar yordamida o’rganish mumkin bo’ladi. Hattoki, ijtimoiy munosabatlar borasida ham o’zaro hamjihatlik, liderlik va konformlilik hodisalarini tekshirish uchun gruppaviy integratorlar va gomeotsat deb nomlanuvchi moslamalar yaratilgan va ular yordamida guruhdagi turli xil hodisalar 
o’lchangan. 
Eksperiment o’tkazishning asosiy shartlaridan biri tekshirilayotgan ob’ektda 
eksperiment hamda nazorat guruhlarining bo’lishidir. Tadqiqotchining taxmini 
asosida birinchi guruhda u yoki bu o’lchovlar, tekshirishlar, shart-sharoitlar kiritilsa, 
nazorat guruhi o’sha yangiliklar va sun’iy kiritilgan omillar ta’siridan xoli qilinadi. 
Eksperiment so’ngida natijalar ikkala guruh misolida taqqoslanib, kerakli xulosalar 
chiqariladi. Oddiy qilib aytilsa, agar maosh mehnat motivatsiyalaridan biri deb, 
uning ta’sirini o’rganish kerak bo’lsa, eksperimental guruh a’zolariga maoshlar 
ko’paytirib beriladi, nazorat guruhi esa eski maoshda qoldiriladi. Ikkala guruh 
a’zolarining esa kundalik ish samaralari, ishga munosabati, ishlab chiqarishdagi 
mahsuldorlik maxsus mezonlar asosida taqqoslab chiqiladi. Demak, eksperiment 
uchun maxsus sharoitlar va natijalarni to’g’ri tahlil qilish uchun professional 
psixologlar kerak. 
3. Suhbat va so’rov, test, korellyatsiya, modellashtirish, faoliyat natijasini 
o’rganish. Odamlarni so’roq qilish, u yoki bu bilmagan yoki qiziqtirgan narsalarni 
so’rab o’rganish insonga xos xislat. Ko’cha-kuyda ketayotganimizda ham vaqtni 
yoki ko’chalar nomini so’rovchilar bo’ladi. Katta tadbirlar arafasida, mustaqillik, 
“Navro’z” bayramlari arafasida odamlar kayfiyatlarini bilish uchun ham oddiy 
odatiy so’roqlar o’tkazilishi rasm bo’lgan. Lekin bu hayotiy usul psixologiyada ham 
fikr-o’ylarni o’rganish orqali qimmatli ilmiy ma’lumotlar to’plash vositasi sifatida 
qadrlanadi. Shuning uchun so’roq metodlari psixologiyaning barcha tarmoqlarida 
birlamchi ma’lumotlar to’plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda 
tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo’yilgan qator savollarga muxtasar javob 
qaytarishi kerak bo’ladi. 
Og’zaki so’roqni yoki ba’zan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi, 
o’tkazadigan shaxs unga ma’lum darajada tayyorgarlik ko’rgach so’roq o’tkazadi. 
Agar mabodo uning professional mahorati yoki tajribasi bunga yetarli bo’lmasa, 
so’rov o’z natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli so’rovchi ushbu metod 
nomlanuvchi moslamalar yaratilgan va ular yordamida guruhdagi turli xil hodisalar o’lchangan. Eksperiment o’tkazishning asosiy shartlaridan biri tekshirilayotgan ob’ektda eksperiment hamda nazorat guruhlarining bo’lishidir. Tadqiqotchining taxmini asosida birinchi guruhda u yoki bu o’lchovlar, tekshirishlar, shart-sharoitlar kiritilsa, nazorat guruhi o’sha yangiliklar va sun’iy kiritilgan omillar ta’siridan xoli qilinadi. Eksperiment so’ngida natijalar ikkala guruh misolida taqqoslanib, kerakli xulosalar chiqariladi. Oddiy qilib aytilsa, agar maosh mehnat motivatsiyalaridan biri deb, uning ta’sirini o’rganish kerak bo’lsa, eksperimental guruh a’zolariga maoshlar ko’paytirib beriladi, nazorat guruhi esa eski maoshda qoldiriladi. Ikkala guruh a’zolarining esa kundalik ish samaralari, ishga munosabati, ishlab chiqarishdagi mahsuldorlik maxsus mezonlar asosida taqqoslab chiqiladi. Demak, eksperiment uchun maxsus sharoitlar va natijalarni to’g’ri tahlil qilish uchun professional psixologlar kerak. 3. Suhbat va so’rov, test, korellyatsiya, modellashtirish, faoliyat natijasini o’rganish. Odamlarni so’roq qilish, u yoki bu bilmagan yoki qiziqtirgan narsalarni so’rab o’rganish insonga xos xislat. Ko’cha-kuyda ketayotganimizda ham vaqtni yoki ko’chalar nomini so’rovchilar bo’ladi. Katta tadbirlar arafasida, mustaqillik, “Navro’z” bayramlari arafasida odamlar kayfiyatlarini bilish uchun ham oddiy odatiy so’roqlar o’tkazilishi rasm bo’lgan. Lekin bu hayotiy usul psixologiyada ham fikr-o’ylarni o’rganish orqali qimmatli ilmiy ma’lumotlar to’plash vositasi sifatida qadrlanadi. Shuning uchun so’roq metodlari psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma’lumotlar to’plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo’yilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak bo’ladi. Og’zaki so’roqni yoki ba’zan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi, o’tkazadigan shaxs unga ma’lum darajada tayyorgarlik ko’rgach so’roq o’tkazadi. Agar mabodo uning professional mahorati yoki tajribasi bunga yetarli bo’lmasa, so’rov o’z natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli so’rovchi ushbu metod yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador bo’lgan noyob ma’lumotlarni 
to’plash imkoniga ega bo’ladi. 
Yozma so’roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir 
vaqtning o’zida ko’pgina odamlar fikrini o’rganish mumkin bo’ladi. Unga kiritilgan 
savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o’z fikrini bayon 
etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so’rovnomalar aniq va ravon tilda javob 
beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo’lsa, shubxasiz, qimmatli 
birlamchi materiallar to’planadi. 
So’roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo’lib, 
birinchisida oldindan nimalar so’ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida 
esa, xattoki, komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar 
doirasida so’roq o’tkazilishi nazarda tutiladi. So’rovlar o’tkazilishida hal qilinishi 
lozim bo’lgan eng muhim masalalardan biri so’raluvchilarni tanlashdir. Chunki agar 
saylovoldi kompaniyalarida yoki talaba-yoshlarning o’z ijtimoiy harakatini tuzish 
borasidagi fikrlari o’rganilganda, tabiiy bir muammo paydo bo’ladi : necha kishini 
va qaerlardan so’rash lozim, degan. Tanlov ob’ektini tanlashda uning tarkibiga 
kiruvchilarning u yoki bu ijtimoiy qatlamga mansubligi muim rol o’ynaydi. 
Masalan, talaba yoshlarning fikrini o’rganish uchun barcha talabalar fikrini mutloq 
o’rganish shart emas. Tanlov agar 10% deb belgilansa, O’zbekiston oliy o’quv 
yurtlarida tahsil olayotgan barcha talabalar sonidan kelib chiqib, o’shaning 10 foizi 
o’rtasida, bir necha oliygohlarda so’roq o’tkazilishi kifoya qiladi. Barcha 
nafaqaho’rlarning ijtimoiy himoya borasidagi fikrlarini o’rganish kerak bo’lganda 
ham shu tamoyil nazarda tutiladi. Demak, tarkiban monand guruhlar ajratib 
olingach, tadqiqotchi o’sha guruhning tushunish darajasi va ehtiyojlaridan kelib 
chiqib, so’roq o’tkazadi yoki intervyular uyushtiriladi. 
Savolnomalarda savol berish tartibi va mazmuni ham katta ahamiyatga ega. 
Yoshlarga 
“Siz 
vatanparvarmisiz?” 
yoki 
jamoatchilikka 
“Siz 
tinchlik 
tarafdorimizsiz?” kabi savollar oldindan javobi aniq bo’lgani uchun ham odatda 
respondentlarga havola etilmaydi. Psixologik nuqtai nazardan o’sha vatanparvarlik 
belgilarining namoyon bo’lishini savollarda mujassam etish yoki dunyoda tinchlik 
yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador bo’lgan noyob ma’lumotlarni to’plash imkoniga ega bo’ladi. Yozma so’roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o’zida ko’pgina odamlar fikrini o’rganish mumkin bo’ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o’z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so’rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo’lsa, shubxasiz, qimmatli birlamchi materiallar to’planadi. So’roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo’lib, birinchisida oldindan nimalar so’ralishi qat’iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, xattoki, komp’yuterda dasturi ishlab chiqilib, minglab odamlarda bir xil talablar doirasida so’roq o’tkazilishi nazarda tutiladi. So’rovlar o’tkazilishida hal qilinishi lozim bo’lgan eng muhim masalalardan biri so’raluvchilarni tanlashdir. Chunki agar saylovoldi kompaniyalarida yoki talaba-yoshlarning o’z ijtimoiy harakatini tuzish borasidagi fikrlari o’rganilganda, tabiiy bir muammo paydo bo’ladi : necha kishini va qaerlardan so’rash lozim, degan. Tanlov ob’ektini tanlashda uning tarkibiga kiruvchilarning u yoki bu ijtimoiy qatlamga mansubligi muim rol o’ynaydi. Masalan, talaba yoshlarning fikrini o’rganish uchun barcha talabalar fikrini mutloq o’rganish shart emas. Tanlov agar 10% deb belgilansa, O’zbekiston oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan barcha talabalar sonidan kelib chiqib, o’shaning 10 foizi o’rtasida, bir necha oliygohlarda so’roq o’tkazilishi kifoya qiladi. Barcha nafaqaho’rlarning ijtimoiy himoya borasidagi fikrlarini o’rganish kerak bo’lganda ham shu tamoyil nazarda tutiladi. Demak, tarkiban monand guruhlar ajratib olingach, tadqiqotchi o’sha guruhning tushunish darajasi va ehtiyojlaridan kelib chiqib, so’roq o’tkazadi yoki intervyular uyushtiriladi. Savolnomalarda savol berish tartibi va mazmuni ham katta ahamiyatga ega. Yoshlarga “Siz vatanparvarmisiz?” yoki jamoatchilikka “Siz tinchlik tarafdorimizsiz?” kabi savollar oldindan javobi aniq bo’lgani uchun ham odatda respondentlarga havola etilmaydi. Psixologik nuqtai nazardan o’sha vatanparvarlik belgilarining namoyon bo’lishini savollarda mujassam etish yoki dunyoda tinchlik bo’lishi uchun har bir insondan nimalar talab qilinishini o’rganish birinchidan, turli 
xil fikrlarni to’plashga yordam beradi, ikkinchidan, ijtimoiy xulqning turli qirralarini 
aniqlashga imkon beradi. Yanada sodda qilib aytilsa, odamga “Siz aqllimisiz?” 
degan savolni intellektual darajani aniqlashga imkon beruvchi savollar, topshiriqlar 
yoki testlar bilan almashtirishni nazarda tutadi. 
Ko’pincha psixologik so’rovlarda odam o’z fikrini ochiq va erkin bayon etishi 
uchun ismi-sharifini aytmasligi tavsiya etiladi, bu anonim so’rov deyiladi. Ba’zi bir 
so’rovnomalarda esa “Ismingiz” deyish o’rniga “O’zingiz o’ylab topgan ism-
sharifingiz?” deb ham qator ajratiladi. Bu ham anonim so’rov o’tkazish usuli sifatida 
oxirgi yillarda qo’llanib kelinmoqda. Xulosa qilinadigan bo’lsa, shuni aytish 
kerakki, so’rov metodlari inson psixologiyasini o’rganish, uning dunyoqarashi, 
saviyasini aniqlashning qimmatli usulidir. Lekin uni professional tarzda to’g’ri 
ishlatish va natijalarni to’g’ri tahlil qilish juda katta amaliy ahamiyatga egadir. 
Hozir butun dunyoda “test” so’zi jamiyatda va kishilar orasida keng 
qo’llaniladigan so’zlardan bo’lib qoldi. CHunki biror kasb-hunar orttirish uchun 
ham odam test sinovidan o’tadi, ya’ni testning “sinov uslubi” ekanligi ko’pchilikka 
ayon bo’lib qoldi. 
Psixologik testlarning har qanday boshqa testlardan farqi shundaki, ular 
yordamida shaxs va jamiyatga aloqador bo’lgan o’rganilayotgan hodisa xususida 
ham sifat, ham miqdor xarakteristikalarini olish, ularni ko’pchilikda qayta-qayta 
sinash va ma’lumotlarni korrelyasion analiz orqali ishonchlilikka tekshirish mumkin 
bo’ladi. Ayni testga qo’yilgan talab hech qachon o’zgarmaydi, xattoki, shunday 
testlar borki, ular turli millat va elat vakillarida, turli davrlarda ham o’zgarmagan 
holda ishlatilaveradi. Masalan, Ravenning aqliy intellektni o’lchash, Kettelning va 
Ayzenkning shaxs testlari shular jumlasidandir. Ularning ham turlari mavjud. 
Test – so’rov oldindan qat’iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan 
javoblarni taqozo etadi. Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi 
introversiya-ektsroversiyani o’lchaydi, savollarga “ha” yoki “yo’q” tarzida javob 
berish so’raladi. 
bo’lishi uchun har bir insondan nimalar talab qilinishini o’rganish birinchidan, turli xil fikrlarni to’plashga yordam beradi, ikkinchidan, ijtimoiy xulqning turli qirralarini aniqlashga imkon beradi. Yanada sodda qilib aytilsa, odamga “Siz aqllimisiz?” degan savolni intellektual darajani aniqlashga imkon beruvchi savollar, topshiriqlar yoki testlar bilan almashtirishni nazarda tutadi. Ko’pincha psixologik so’rovlarda odam o’z fikrini ochiq va erkin bayon etishi uchun ismi-sharifini aytmasligi tavsiya etiladi, bu anonim so’rov deyiladi. Ba’zi bir so’rovnomalarda esa “Ismingiz” deyish o’rniga “O’zingiz o’ylab topgan ism- sharifingiz?” deb ham qator ajratiladi. Bu ham anonim so’rov o’tkazish usuli sifatida oxirgi yillarda qo’llanib kelinmoqda. Xulosa qilinadigan bo’lsa, shuni aytish kerakki, so’rov metodlari inson psixologiyasini o’rganish, uning dunyoqarashi, saviyasini aniqlashning qimmatli usulidir. Lekin uni professional tarzda to’g’ri ishlatish va natijalarni to’g’ri tahlil qilish juda katta amaliy ahamiyatga egadir. Hozir butun dunyoda “test” so’zi jamiyatda va kishilar orasida keng qo’llaniladigan so’zlardan bo’lib qoldi. CHunki biror kasb-hunar orttirish uchun ham odam test sinovidan o’tadi, ya’ni testning “sinov uslubi” ekanligi ko’pchilikka ayon bo’lib qoldi. Psixologik testlarning har qanday boshqa testlardan farqi shundaki, ular yordamida shaxs va jamiyatga aloqador bo’lgan o’rganilayotgan hodisa xususida ham sifat, ham miqdor xarakteristikalarini olish, ularni ko’pchilikda qayta-qayta sinash va ma’lumotlarni korrelyasion analiz orqali ishonchlilikka tekshirish mumkin bo’ladi. Ayni testga qo’yilgan talab hech qachon o’zgarmaydi, xattoki, shunday testlar borki, ular turli millat va elat vakillarida, turli davrlarda ham o’zgarmagan holda ishlatilaveradi. Masalan, Ravenning aqliy intellektni o’lchash, Kettelning va Ayzenkning shaxs testlari shular jumlasidandir. Ularning ham turlari mavjud. Test – so’rov oldindan qat’iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan javoblarni taqozo etadi. Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi introversiya-ektsroversiyani o’lchaydi, savollarga “ha” yoki “yo’q” tarzida javob berish so’raladi. Test – topshiriq odam xulqi va xolatini amalga oshirgan ishlari asosida 
baholashni nazarda tutadi. Masalan, shaxs tafakkuridagi kreaktivlilikni aniqlash 
uchun ko’pincha bir qarashda oddiygina topshiriq beriladi: berilgan 20 ta doira 
shaklidagi shakllardan o’zi xohlagancha rasmlar chizish imkoniyati beriladi. 
Ma’lum vaqt va tezlikda bajarilish sur’ati, rasmlarning o’ziga xos va betakrorligiga 
qarab shaxs fikrlashi jarayonining naqadar notsandart, ijodiy va kreaktivligiga baho 
berilib, miqdoriy ko’rsatgich aniqlanadi. 
Bu kabi metodlarning umumiy afzalligi ularni turli yosh, jins va kasb egalariga 
nisbatan qo’llashning qulayligi, bir guruhda natija bermasa, boshqa guruhda yana 
qayta tekshiruv o’tkazish imkoniyatining borligi bo’lsa, kamchiligi – ba’zan 
tekshiriluvchi agar testning mohiyatini yoki kalitini bilib qolsa, sun’iy tarzda uning 
kechishiga ta’sir ko’rsatishi, faktlarni falsifikatsiya qilishi mumkinligidir. 
Testlar ichida proektiv testlar deb nomlanuvchi testlar ham borki, testning asl 
maqsadi tekshiriluvchiga sir bo’ladi. Ya’ni, tekshiriluvchiga shunday topshiriq 
beriladiki, u topshiriqni bajarayotib, nimani aniqlashayotganligini, natijasi qanday 
bo’lishini oldindan bilmaydi. Masalan, mashhur Rorshaxning “Siyoh dog’lari” testi, 
yoki TAT (tematik apperseptsion test), tugallanmagan hikoyalar kabi testlarda bir 
narsaning proeksiyatsidan go’yoki ikkinchi bir narsaning mohiyati aniqlanadi. 1921 
yilda kashf etilgan “Siyoh dog’lari” va ularga qarab tekshiriluvchining nimalarni 
eslayotganligi, dog’lar nimalarga o’xshayotganligiga qarab, uning shaxs sifatidagi 
yo’nalishlari, hayotiy tamoyillari, qadriyatlariga munosabati, ishni bajarish 
paytidagi emosional holatlari aniqlanadi. Bu testlar juda noyob, qimmatli, lekin uni 
faqat professional psixologgina qo’llashi va natijalarni mohirona tahlil qilishi talab 
qilinadi. 
Kuzatish, so’roq, eksperiment yoki boshqa usullar yordamida o’rganilayotgan 
hodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda modellashtirish usuli qo’llaniladi. 
Bunda o’sha hodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, 
o’sha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o’rganiladi va xulosalar 
chiqariladi. 
 
Test – topshiriq odam xulqi va xolatini amalga oshirgan ishlari asosida baholashni nazarda tutadi. Masalan, shaxs tafakkuridagi kreaktivlilikni aniqlash uchun ko’pincha bir qarashda oddiygina topshiriq beriladi: berilgan 20 ta doira shaklidagi shakllardan o’zi xohlagancha rasmlar chizish imkoniyati beriladi. Ma’lum vaqt va tezlikda bajarilish sur’ati, rasmlarning o’ziga xos va betakrorligiga qarab shaxs fikrlashi jarayonining naqadar notsandart, ijodiy va kreaktivligiga baho berilib, miqdoriy ko’rsatgich aniqlanadi. Bu kabi metodlarning umumiy afzalligi ularni turli yosh, jins va kasb egalariga nisbatan qo’llashning qulayligi, bir guruhda natija bermasa, boshqa guruhda yana qayta tekshiruv o’tkazish imkoniyatining borligi bo’lsa, kamchiligi – ba’zan tekshiriluvchi agar testning mohiyatini yoki kalitini bilib qolsa, sun’iy tarzda uning kechishiga ta’sir ko’rsatishi, faktlarni falsifikatsiya qilishi mumkinligidir. Testlar ichida proektiv testlar deb nomlanuvchi testlar ham borki, testning asl maqsadi tekshiriluvchiga sir bo’ladi. Ya’ni, tekshiriluvchiga shunday topshiriq beriladiki, u topshiriqni bajarayotib, nimani aniqlashayotganligini, natijasi qanday bo’lishini oldindan bilmaydi. Masalan, mashhur Rorshaxning “Siyoh dog’lari” testi, yoki TAT (tematik apperseptsion test), tugallanmagan hikoyalar kabi testlarda bir narsaning proeksiyatsidan go’yoki ikkinchi bir narsaning mohiyati aniqlanadi. 1921 yilda kashf etilgan “Siyoh dog’lari” va ularga qarab tekshiriluvchining nimalarni eslayotganligi, dog’lar nimalarga o’xshayotganligiga qarab, uning shaxs sifatidagi yo’nalishlari, hayotiy tamoyillari, qadriyatlariga munosabati, ishni bajarish paytidagi emosional holatlari aniqlanadi. Bu testlar juda noyob, qimmatli, lekin uni faqat professional psixologgina qo’llashi va natijalarni mohirona tahlil qilishi talab qilinadi. Kuzatish, so’roq, eksperiment yoki boshqa usullar yordamida o’rganilayotgan hodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda modellashtirish usuli qo’llaniladi. Bunda o’sha hodisaning umumiy xossasi yoki asosiy parametrlari modellashtirilib, o’sha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o’rganiladi va xulosalar chiqariladi. Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 
1. Metod o`zi nima? 
2. Kuzatish metodining qanday ko`rinishlari mavjud? 
3. Suhbat metodi qanday metodlar sarasiga kiradi? 
4. Anketa metodi? 
5.Test metodi? 
6. Proektiv metodlar qanday metodlar sirasiga kiradi? 
 
 
Mavzu yuzasidan nazorat savollari: 1. Metod o`zi nima? 2. Kuzatish metodining qanday ko`rinishlari mavjud? 3. Suhbat metodi qanday metodlar sarasiga kiradi? 4. Anketa metodi? 5.Test metodi? 6. Proektiv metodlar qanday metodlar sirasiga kiradi?